Авторы

  • Дилдора Джураева
    Самаркандский институт экономики и сервиса

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.91240

Ключевые слова:

уровень жизни населения социально-экономическое развитие доходы бедность стратегия «Узбекистан - 2030» социальная политика система труда в махалле

Аннотация

В статье анализируются актуальные вопросы, связанные с уровнем жизни населения, а также динамикой его доходов. Также будет уделено внимание реализуемым мерам в рамках стратегии «Узбекистан – 2030» и актуальным задачам, направленным на повышение материального и духовного благосостояния населения. В свою очередь, будут обсуждаться направления дальнейшего развития с точки зрения разработки механизмов материальной поддержки малообеспеченных слоев населения.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

768


IJTIMOIY BАRQАRORLIK VА FАROVONLIKNI TА’MINLАSH

DАVR TАLАBI

Djuraeva Dildora

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

ORCID: 0009-0005-2344-1305

djurayevadildora77@gmail.com

Аnnotatsiya

.

Ushbu maqolada aholi turmush darajasining dolzarb masalalarini tahlil

qilish bilan birga, ular oladigan daromadlar dinamikasi va hukumat tomonidan bu borada

amalga oshiralayotgan islohotlar atroflicha o‘rganilgan. Shuningdek, “Oʼzbekiston –

2030”

strategiyasi doirasida amalga oshiralayotgan chora-tadbirlar va aholining moddiy hamda

ma

naviy farovonligini oshirishga qaratilgan

dolzarb vazifalarga e’tibor qaratiladi. O’z navbatida

kam ta’minlangan aholi qatlamini moddiy jihatdan qo‘llab

-quvvatlash mexanizmlarini ishlab

chiqish borasida kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari muho

kama qilinadi.

Kalit so‘zlar:

aholi turmush darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, daromadlar,

kambag‘allik, “Oʼzbekiston –

2030” strategiyasi, ijtimoiy siyosat, mahallabay ishlash tizimi

.

ОБЕСПЕЧЕНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ СТАБИЛЬНОСТИ И БЛАГОПОЛУЧИЯ –

ТРЕБОВАНИЕ ВРЕМЕНИ

Джураева Дилдора

Самаркандский институт экономики и сервиса

Аннотация

.

В статье анализируются актуальные вопросы, связанные с уровнем

жизни населения, а также динамикой его доходов. Также будет уделено внимание

реализуемым мерам в рамках стратегии «Узбекистан –

2030» и актуальным задачам,

направленным на повышение материального и духовного благосостояния населения. В

свою очередь, будут обсуждаться направления дальнейшего развития с точки зрения

разработки механизмов материальной поддержки малообеспеченных слоев населения.

Ключевые слова

:

уровень жизни населения, социально

-

экономическое развитие,

доходы, бедность, стратегия «Узбекистан

-

2030», социальная политика, система труда

в махалле

.

ENSURING SOCIAL STABILITY AND WELL-BEING IS THE DEMAND OF THE TIMES

Djuraeva Dildora

Samarkand Institute of Economics and Service

Abstract.

The article analyzes current issues related to the standard of living of the

population, as well as the dynamics of its income. Attention will also be paid to the measures being
implemented within the framework of the strategy "Uzbekistan - 2030" and current tasks aimed

at improving the material and spiritual well-being of the population. In turn, directions for further

development will be discussed in terms of developing mechanisms for material support for low-

income groups of the population.

Keywords:

standard of living of the population, socio-economic development, income,

poverty, strategy "Uzbekistan - 2030", social policy, labor system in the mahalla.

UOʻK:

369.014

768-774


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

769

Kirish.

Har bir mamlakat aholisining

turmush darajasini yaxshilash ijtimoiy-iqtisodiy

taraqqiyotinning muhim mezonlaridan biri hisoblanadi. Yashash sharoitining yuqori bo‘lishi

jamiyatning barqaror rivojlanishig

a, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga, ijtimoiy adolatning

tiklanishiga xizmat qilishi shax-shubxasizdir.

Shu boisdan, aholini turmush darajasini

oshirishga qaratish borasida olib borilayotgan davlat siyosati aholi farovonligini yuksaltirishda

muhim ahamiyatga ega.

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan hozirjavob iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, aholi

daromadlarning muntazam oshirilishi barobarida kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida olib
borilayotgan ishlar masalaning nechog‘li dolzarligini anglatadi. O’z

navbatida aholi turmush

darajasining to‘kin

-

sochinlik, yetarlilik, meʼyoriy daraja, kambag‘allik va qashshoqlik

borasidagi muammolarni izchillik bilan hal etish - davr talabidir.

Аdabiyotlar sharhi

.

Shuni taʼkidlash lozimki aholining turmush darajasini tadqiq qilishga qaratilgan ilmiy

izlanishlar ko‘p bo‘lib, ushbu masalalar mamlakatimiz va xorijlik olimlar tomonidan yetarlicha

tadqiq qilingan. Oʼtmishga tegishli bo‘lgan ilmiy tadqiqotlarda ijtimoiy i

shlab chiqarish va

farovonlik, turmush tarzi, uning darajasiga doir nazariy yondashuvlar asosan klassik iqtisod

vakillari hisoblangan А.Smit, А.Marshal va shu kabilarning nazariy qarashlariga monand

ravishda amalga oshirilgan.

O‘z navbatida O‘zbekistonda

qashshoqlikni kamaytirish va aholining turmush darajasini

oshirish muammolari

Аbduraxmonov

(2020)

, Аbduraxmanova, Gʼoyibnazarova, Qurbanova

(2021), Muhammedov, Isxaqova (2016), Qudbiev (2020) va boshqalarning ilmiy ishlarida ham

keng o‘rganilgan. Shuningdek, tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarida “turmush darajasi”,

“turmush sifati”, “turmush sharoitlari” va “turmush tarzi” tushunchalari bir biri bilan sinonim

tarzda qo‘llanilib kelinayotganl

igi, bu boradagi ilmiy-nazariy tahlillarni yanada kengaytirish

zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Аyniqsa, rossiyalik olimlari Bobkov va Bobkovalar

(2022)

“...turmush darаjаsini insоnlar,

ijtimоiy guruhlar va jamiyat aʼzolarining hayotiy faoliyatining rcha jabhalaridagi isteʼmolini aks

ettiradi va hayot kechirishning o‘ziga xosligini u yoki bu sifatini nisbiy qiymat ko‘rsatkichlarida

(

Беркинов

и

др.,

2024).

ifodalaydi”, deb bu boradagi fikrlarni yanada oydinlashtirdi.

Yana bir tadqiqotchi Gorelovning (2003)

taʼkidlashicha, turmush darajasi “...insonlarning

moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarining muayyan davrda qondirilganlik darajasini anglatuvchi

parametrik ko‘rsatkich” deb hisoblaydi. Demak, turmush darajasi isteʼmol qilingan neʼmatlar

va xizm

atlarning miqdor hamda sifat ko‘rsatkichlarini aks ettirib, ushbu masalaga mos bo‘lgan

ko‘rsatkichlar tizimi orqali baholanadi.

Shuni inobatga olish kerakki bir qator olimlarning bu boradagi ko‘p yillik olib borilgan

tadqiqotlarida turmush darajasi tushunc

hasini yoritishga qaratilgan o‘ziga xos qarashlar keng

qamrovli bo‘lishi bilan birga, ijtimoiy

-iqtisodiy qadriyatlarga ustuvorlik berilganligi bilan

izohlanadi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Ko‘p yillik ilmiy izlanishlar shuni qo‘rsatadiki, aholi

turmush darajasining bir biriga

o‘xshash va umumiy jihatlarini quyidagicha ko‘rib chiqish mumkin, yani:

• ijtimoiy

-iqtisodiy qadriyatlar, moddiy farovonlikka olib kelishi mumkin ekanligiga

alohida e’tibor qaratish;

• aholining turmush darajasi muayyan tovarlarga bo‘lgan ehtiyojining darajasi, bir

biridan jozibador va xaridbop bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatish va maʼnaviy neʼmatlarga bo‘lgan

talabini qondirish bilan tavsiflanadi;

• yalpi aholi yoki uy xo‘jaligi a’zolarining daromadi va isteʼmol darajasini har t

omonlama

taqqoslama tahlil qilishga asoslanadi. Shuni taʼkidlash joizki, “turmush darajasi”


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

770

tushunchasining iqtisodiy ma’nosi, ko‘p jihatdan “iqtisodiy o‘sish” sharti bilan ham uzviy
bog‘liqdir.

Bu borada ilmiy ish olib borgan xorijlik olimlar R.Аdams, M.

Ravayon fikriga kura,

“...iqtisodiy o‘sish insonlarni qashshoqlikdan chiqarish va yaxshi hayot kechirish maqsadlariga

erishish (Ranieri, Ramos, 2015)

”ning eng samarali usuli hisoblanadi. Mualliflarning tadqiqot

natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘rtacha daromad darajasining 10% ga ko‘tarilishi qashshoqlikni

20-

30% ga kamaytirib, aholi jon boshiga o‘rtacha daromadning 1% ga foizga oshishi esa

qashshoqlikni 1,7 % ga kamaytiradi.

Аholining o‘ziga to‘q hisoblangan toifasi daromadlarining 1% o‘sishi kelgusi 5 yi

lda yalpi

ichki mahsulot ko‘tariliish surʼatini 0,08% kamayitirar ekan. Olimlarning fikriga ko‘ra

“...jamiyatda o‘rta sinf va kam tʼaminlangan oilalalar daromadlarining 1 % ko‘tarilishi YaIM

0,38% ga o‘sishiga olib kelishi mumkin”. Mualliflarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, turmush

darajasi bilan bog‘liq masalalarida ko‘p qirralilik va murakkablik mavjud bo‘lib, ularni o‘rganish
va hal qilishda turli xil yondashuvlarni qo‘llash lozim. Shu bilan birga, aholining turmush

darajasini yaxshilash va kambagal

likni qisqartirishda mahalliy sharoit va hududlarning o‘ziga

xos jihatlarini ham hisobga olish zarur.

Turmush darajasini yaxshilashga imkon beradigan milliy iqtisodiyotda aholi bandligini

ta’minlashning muayyan darajasini bir meyorda, ayniqsa, inqirozli v

aziyatlarda barqaror

ushlab turishning iloji yo‘q.

O‘z

-

o‘zidan aholi hayot davomida duch keladigan turli hil vaziyatlarda yashash tarzini bir

maromda saqlab turish, bu holatni o‘z vaqtida aniqlash, kerak bo‘lsa, muammolarni zudlik bilan

bartaraf etgan hol

da hayotiy ko‘niqmalarni tanlash huquqini yaratib berish ayniqsa muhimdir.

Shularga asoslab aytish mumkinki, uy ho‘jaliklarida daromad topayotgan oila a’zolarining

turmush darajasini belgilovchi ko‘rsatkichlar doirasida, O‘zbekistonning

amaliy

makroiqtiso

diy o‘sish dinamikasini bugungi kunda imkoni aholi turmush darajasini

yaxshilashda asosiy vositasi bo‘layotgan yo‘q, ammo bu turmush darajasini yaxshilashga

mahallalarda ibratli ishlar misolida tahlil etmoq maqsadga muvofiqdir.

Bu fikrning yanada oydinroq

namoyon bo‘lishi uchun O‘zbekistondagi jahon tajribasiga

tayangan holda amalga oshiralayotgan islohotlar evaziga erishilgan makroiqtisodiy yutuqlarni

keltirib o‘tish joiz. 2019

-2023 yillarda aholi jon boshiga YaIMning hajmi 1,8 baravar oshgan

holda 29291,

4 ming so‘mni tashkil etdi. O‘

z navbatda sanoat ishlab chiqarish 9604,9 (2019) dan

18011 (2023) ming

so‘mga oshdi. Ushbu davrda respublikamizda ishlab chiqarilgan isteʼmol

tovarlari 3285,3 ming so‘mdan 5190,8 ming so‘mgacha yaʼni 1,6 marotaba, ko‘rsatilgan

xizmatlar hajmi esa 2,2 barobar oshdi.

2023 yilda O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jaligi, o‘rmon

xo‘jaligi va baliqchilik mahsulotlari (xizmatlari) yetkazib berish hajmi 11706,7 ming so‘mni

tashkil etmoqda, vaholanki bu raqam

2019 yilga nisbatan 1,8 barobar ko‘paydi. Bunga asosan,

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan, go‘sht, sut, tuxum, don, kartoshka, uzum, baliq va

boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan erishildi.

Shuni ta’kidlash

lozimki, mamlakatimizda shahar va qishloq joylarida kichik biznesni

rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar va

ko‘rilayotgan chora

-

tadbirlar ularning salmoqli ishtirokini taʼminlash imkonini bermoqda.

2023 yilda kichik biznesning YaIMdagi ulush 51,2%, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda

26,9%, qishloq, o‘rmon va baliqchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda 94,8% ni tashkil

etayotgani fikrimiz dalilidir (1-jadval).

2024 yil yakuni bo‘yicha mamlakatimizda doimi

y aholi soni 36799,7 ming kishini tashkil

etgan bo‘lsa, ulardan 50,9%i shaharlarda, va 49,1%i qishloq joylarda yashaydi. Mamlakatimiz
shahar va qishloqlarida 9349 ta mahalla mavjud bo‘lib, ularda 7257,8 ming xonadon

joylashgan.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

771

1-jadval

O

‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy ko‘rsatkislarning aholi jon boshiga

nisbatan o‘sish dinamikasi (ming so‘m)

1

Ko‘rsatkichlar

2019 y.

2020 y.

2021 y.

2022 y.

2023 y.

Yalpi Ichki Mahsulot

15862,8

17687,5

21149,3

24919,8

29292,4

Ishlab chiqarish (sanoat)

9605,9

10772,8

12936,0

15521,0

18012,0

Ishlab chiqarish

(isteʼmol tovarlari

3286,3

3779,6

4355,6

5552,3

5191,8

Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va

baliqchilik mahsulotlarini ishlab
chiqarish

6778

7660

9090

10236

11707,6

Investitsiyalar (asosiy fondga)

5835,6

6141,3

7016,9

7469,6

9668,9

Daromad (jami)

10891,2

12122,3

14869,9

17773,8

20016,9

хizmаtlar ulushi

5769,2

6426,2

8145,2

10293,0

12915,7

Bugungi kunda ro‘y berayotgan demografik o‘zgarishlar va yuzaga

kelayotgan shart-

sharoitdan kelib chiqqan xolda keksalar, ayollar, yosh avlod vakillarining iqtisodiy

muammolarni hal etish borasida dolzarb masalalar o‘z vaqtida yechimini topish barobarida

mahalla ahlining turmush darajasini muntazam yaxshilab borish muhim hisoblanadi.

Aholi yashash sharoitini tubdan yaxshilash borasida qabul qilingan “Oʼzbekiston

-

2030”

strategiyasini alohida ko‘rsatib o‘tmoq zarur. Shu bilan birga ushbu muhim hujjatni qo‘llab

-

quvvatlovchi huqumatning tegishli qarorlari asosida ko‘zlang

an natijaga erishish maqsadida

zarur vazifalar belgilanib, kerakli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu qarorlarda ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun eng avvalo, milliy iqtisodiyotni

tubdan isloh etgan holda aholining ijtimoiy qo‘llab

-quvvatlashga xizmat qiluvchi sohalarning

barqaror rivojlanishini yulga quymoq lozim. O’z navbatida uy ho‘jaliklarida ish bilan band

bo‘lgan aholi qatlami daromadlarini oshirish borasida davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan

yordam muhimdir.

Ayniqsa, kam ta’minlangan oilalarga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan milliy model yulga

qo‘ylganligini ta’qidlamoq darkor. Bu boradagi “Mahallabay” ishlash tizimining haraqatga

kelgani ayni muddaodir. O’z navbatida mahallarga bir qator huquqlar va imtiyozlar berilib,
ularning o‘z vaqtida bajarilishni nazorat qilish tartibi o‘rnatilgan.

Jumladan, 2022-

2024 yillar davomida “Mahallabay” dasturi doirasida aholiga 1,7 mlrd

АQSh dollari miqdoridagi kam foizli kreditlar ajratilib, 977,6 ming oilaviy biznes tashabbuslari

inobatga olindi.

Ula

rni moliyalashtirishga imkon berilgani ayni muddao bo‘ldi. Aholi turmush darajasini

yaxshilashga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab

-quvvatlash uchun 152 ming oila uchun

subsidiyalar shaklida 52 mln.АQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilgan.

Shuningde

k, “Yagona ijtimoiy himoya reestri” axborot tizimi joriy etilib, “ayollar daftari”,

“yoshlar daftari” va “temir daftar”ga kiritilgan aholini manzilli qo‘llab

-quvvatlash

taʼminlanmoqda. Bu esa aholi turmush darajasini oshirish bilan bir qatorda o‘zini o‘zi

band

qilish borasidagi yangi imkoniyatlarni yaratishga xizmat qilishi shubxasizdir.

Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan barcha aholini izchil qamrab olish

doirasida kasb-

hunarga o‘qitish tizimi ham joriy etildi. Buning natijasida aholining kam

taʼminlanganlik darajasi 2020 yilda 2017 yilga nisbatan 11,9% dan 11% gacha, shu jumladan,

qishloq joylarda 14,8% dan 13,9% gacha kamaydi. 2021-2023 yillarda respublikaning statistik

ko‘rsatkichlarida qashshoqlik darajasiga baho berila boshlandi va uning

darajasini 6,6 %

kamaytirishga erishildi.

Аholining daromadlari va ish haqi, taʼlim xususiyatlari va aholining sog‘lig‘i bilan bir

qatorda, turmush va rivojlanish darajasiga bevosita taʼsir ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlar

1

https://stat.uz/uz/nashrlar/3683-o-zbekiston-raqamlarda


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

772

hisoblanadi. Tahlil qilinayotgan davr (2019-

2023 yy)da aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan

umumiy daromad 10891,3 ming so‘mdan 20015,9 ming so‘mga yoki 1,8 baravarga oshgan.

Tahlil qilingan davrda respublikamizda ish haqi barqaror o‘sish surʼatiga ega bo‘lish bilan

birga uning hajmi or

tishi bilan tavsiflanadi. Mamlakatimizda o‘rtacha nominal oylik ish haqi

21,2 yilda 2022 yilda 21,2% ga (2021 yilda +20,3 %) oshgan, 2018-2022 yillar mobaynida esa

2,1 baravarga ko‘paygan. Eng kam ish haqi darajasining oshishi natijasida ish haqining o‘sis

hi

kuzatilgan.

Shuni ta’qidlash lozimki, mahallalarda aholini daromadli ish bilan taʼminlash imkoniyati

jamiyat turmush darajasi va farovonligi oshishida muhim hisoblanadi. Mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar tufayli 3,5 mln aholining daromadi yaxshilanib, ularni ijtimoiy

himoya qilish qamrovi

4,5 marotaba oshirildi. O’z navbatida ijtimoiy nafaqa oladiganlarning

umumiy aholidagi ulushi (16 yoshgacha bo‘lgan nogironlar uchun nafaqalar, boquvchisini

yo‘qotganlik) 1% dan (2001 y) 1,7% ga

cha (2022 y) oshdi.

2023 yilda aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori

12,3 trln. so‘mni tashkil qilganini ta’qidlash darkor. Bundan tashqari, 800 ming ishsizlarga,

asosan yoshlarga dehqonchilik uchun qishloq xo‘jaligida

muhim hisoblangan 260 ming gektar

yer ajratildi.

Аholi umumiy daromadining har bir mahallaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ko‘rsatkichlari,

jumladan, yalpi daromad, real jami daromadi va real jami daromadi ham muntazam oshib

borganligini kuzatish mumkin (2-jadval).

2-jadval

2023 yilda o‘rtacha har bir mahallaga to‘g‘ri keladigan aholi jami

daromadlarining turlari va hududlar bo‘yicha o‘rtacha hajmi

2

Hududlar

Аholining yalpi

daromadi

А

holining real

yalpi daromadlari

hajmi

А

holining real real

umumiy

daromadlari hajmi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

68,4

62,2

58,6

Аndijon viloyati

69,1

62,9

59,3

Buxoro viloyati

87,5

79,7

76,0

Jizzax viloyati

86,4

78,5

75,2

Qashqadaryo viloyati

69,7

63,5

60,9

Navoiy viloyati

101,5

92,5

86,9

Namangan viloyati

58,4

53,3

50,6

Samarqand viloyati

62,4

56,8

53,9

Surxondaryo viloyati

62,3

56,8

54,7

Sirdaryo viloyati

64,5

58,6

55,7

Toshkent viloyati

61,4

55,9

52,3

Farg‘ona viloyati

59,5

54,3

50,8

Xorazm viloyati

75,5

68,7

66,0

Toshkent shahri

230, 1

206,7

161,8

Respublikamizda uy xo‘jaliklari tomonidan isteʼmol sarflari tarkibida oziq

-ovqat

mahsulotlari ulushi sezilarli darajada bo‘lib, 55% ni tashkil etmoqda. Uy xo‘jaliklarining sarflari

tarkibida isteʼmol sarflari asosiy hisoblanib, deyarli 90% ni tashkil qilad

i. 2023 yilga kelib,

uning ulushi 5.2% ga ortgan.

Umuman olganda, 2019 yilga nisbatan taqqoslaydigan bo‘lsak, 2023 yilda isteʼmol

sarflari tarkibida o‘zgarish xizmatlar ulushida (

-3.4%) va nooziq-ovqat tovarlari ulushida (-

2.2%) kuzatilgan. Uy xo‘jalikla

ri sarflari tarkibida ham nooziq-ovqat mahsulotlari ulushida

pasyish kuzatilgan (-5.4%) (3-jadval)

2

https://stat.uz/uz/nashrlar/3683-o-zbekiston-raqamlarda


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

773

3-jadval

2019-

2023 yillarda Oʼzbekiston Respublikasi bo‘yicha uy xo‘jaliklari

xarajatlari tuzilishi, %

3

Ko‘rsatkichlar

2019-y. 2020- y. 2021- y. 2022- y. 2023- y.

2023 yilda

2019 yilga

nisbatan

o‘zgarish,+

-

Uy xo‘jaliklari sarflari, jami

Isteʼmol sarflari

84,7

88

91

91,2

89,9

5,3

Oziq-ovqat sarflari

38,9

40,4

51,9

52,3

49,9

12

Xizmatlar sarflari

17,9

17,7

14,7

13,8

14,5

-3,5

Nooziq-ovqat mahsulotlari

29

28,8

22,6

25,3

25,7

-2,3

Isteʼmol

uchun sarflar

Oziq-ovqat mahsulotlari

45,7

46,2

57,7

57,2

55,6

9,8

Xizmatlar uchun sarflar

22

20,5

16,4

15

17

-5,1

Nooziq-ovqat tov.

33,3

33,2

26,2

27,8

28,6

-4,8

Noisteʼmol sarflar

i

15,5

13,1

10,2

8,91

10,2

-5,5

Keyingi yillarda Oʼzbekistonda aholining turmush darajasini yaxshilash, qambag‘allikni

qisqartirish borasida meʼyoriy

-

huquqiy xujjatlarni ishlab chiqish ko‘lami kengayib, qator

xujjatlar qabul

qilindi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Oʼzbekiston —

2030” strategiyasi doirasida Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan va amalga

oshirilishi davom etayotgan vazifalarda

4

qashshoqlikni kamaytirish va aholi farovonligini

oshirish, davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati samarasi sifatida 2025 yilda 1 mln., 2030 yilga borib

1,1 mln aholini qashshoqlikdan chiqarish ko‘zda tutilgan

(Farmon, 2022).

Xulosa va takliflar.

Аholi daroma

dlarini oshirish, mehnat bozorini rivojlantirish va ijtimoiy kafolatlarni

mustahkamlash masalalari davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan. Shu
maqsadda, iqtisodiy rivojlanish va aholi farovonligini taʼminlash uchun kompleks chora

-

tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.

Hozirgi sharoitda kambag‘allikni qisqartirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish va ijtimoiy

himoya tizimini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha qator takliflar ilgari surish maqsadga

muvofiqdir:

1. Turmush daraj

asini oshirish uchun aholi daromadlarini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan

yangi iqtisodiy strategiyani ishlab chiqish.

2. Kam taʼminlangan oilalar uchun qo‘shimcha ijtimoiy yordam mexanizmlarini joriy

etish.

3. Mahalliy biznesni rivojlantirish orqali

yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida

tadbirkorlarni qo‘llab

-quvvatlash dasturlarini kengaytirish.

4. Bandlik darajasini oshirish uchun kasbiy tayyorgarlik va qayta o‘qitish dasturlarini

takomillashtirish.

5. "Mahallabay" tizimini takomillashtirib, uning samaradorligini oshirish maqsadida

jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

6. Ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirib, ehtiyojmand oilalarga moddiy yordamni

ko‘rsatish muntazam ravishda aniqlash tizimini joriy etish.

3

https://stat.uz/uz/nashrlar/3683-o-zbekiston-raqamlarda

4

https://lex.uz/ru/docs/-6600413


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

774


Adabiyotlar /

Литература

/Reference:

Bobkov V.N., Bobkova T.E. I dr. (2022) Uroven i kachestvo jizni naseleniya Rossii: ot

realьnosti k proektirovaniyu budu

sh

ego. / monografiya / FNISTs RАN.

-

M.: FNISTs RАN,

- 274 s.

Farmon (2022)

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22

yanvardagi PF-60-son

“2022

-

2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʼg‘risida”

Farmoni

Gorelov N.А.

(2003) Politika doxodov i kachestvo jizni naseleniya. - SPb. : Piter, - 119-120 s.

Kudbiev Sh.D. (2020) Otsenka razviti

ya rыnka truda i zanyatosti naseleniya. [Elektron

resurs]. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr

-dekabr,

URL: iqtisodiyot.tsue.uz

Muxammedov M.M., Isxakova S.А.

(2016)

Zanyatostь, doxodы i urovenь jizni. / Monograf

iya.

- T.: Iqtisodiet, - 255 s.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. (2023). O‘zbekiston raqamlarda

(Statistik to‘plam).

https://stat.uz/uz/nashrlar/3683-o-zbekiston-raqamlarda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2023). O‘zbekiston –

2030 strategiyasi. Farmon PF-

158.

O‘zbekiston

Respublikasi

Qonun

hujjatlari

malumotlari

milliy

bazasi.

https://lex.uz/ru/docs/-6600413

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardag

i PF-60-

son “2022

- 2026

yillarga mo‘ljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni

Ranieri R., Ramos R.A. (2015) After All, what is Indusive Growth? International Polky Centre

for Indusive Growth (IPC-IG). Originally published as IPC-IGs One Pager No. 188.

Аbduraxmanov K.X.

(2020) Ekonomika truda: Teoriya i praktika. / Uchebnik. - Moskva:

FGBOU VO «REU im. G.V. Plexanova».

- 664 s.

Аbduraxmanova G.K., Gayibnazarov T.B., Kurbanov S.P.

(2021)

Sokraщenie bednosti:

voz¬mojnosti, deystviya i rezulьtatы. / Monografiya. –T.: «Innovatsion rivojlanish nashriet

-

matbaa uyi»,

- 164 s.

Б.Б. Беркинов, Н.И. Неделькина and С.С. Амирджанова (2024). Современные реалии

повышения уровня жизни населения в махаллях в условиях развития нового Узбекистана.

Journal of Economics Entrepreneurship and Law, [online] 14(11), pp.7011

7026.

doi:https://doi.org/10.18334/epp.14.11.122031.

Библиографические ссылки

Bobkov V.N., Bobkova T.E. I dr. (2022) Uroven i kachestvo jizni naseleniya Rossii: ot realьnosti k proektirovaniyu budushego. / monografiya / FNISTs RАN. - M.: FNISTs RАN, - 274 s.

Farmon (2022) Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʼg‘risida” Farmoni

Gorelov N.А. (2003) Politika doxodov i kachestvo jizni naseleniya. - SPb. : Piter, - 119-120 s.

Kudbiev Sh.D. (2020) Otsenka razvitiya rыnka truda i zanyatosti naseleniya. [Elektron resurs]. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, URL: iqtisodiyot.tsue.uz

Muxammedov M.M., Isxakova S.А. (2016) Zanyatostь, doxodы i urovenь jizni. / Monografiya. - T.: Iqtisodiet, - 255 s.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. (2023). O‘zbekiston raqamlarda (Statistik to‘plam). https://stat.uz/uz/nashrlar/3683-o-zbekiston-raqamlarda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2023). O‘zbekiston – 2030 strategiyasi. Farmon PF-158. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/ru/docs/-6600413

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi PF-60-son “2022- 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni

Ranieri R., Ramos R.A. (2015) After All, what is Indusive Growth? International Polky Centre for Indusive Growth (IPC-IG). Originally published as IPC-IGs One Pager No. 188.

Аbduraxmanov K.X. (2020) Ekonomika truda: Teoriya i praktika. / Uchebnik. - Moskva: FGBOU VO «REU im. G.V. Plexanova». - 664 s.

Аbduraxmanova G.K., Gayibnazarov T.B., Kurbanov S.P. (2021) Sokraщenie bednosti: voz¬mojnosti, deystviya i rezulьtatы. / Monografiya. –T.: «Innovatsion rivojlanish nashriet - matbaa uyi», - 164 s.

Б.Б. Беркинов, Н.И. Неделькина and С.С. Амирджанова (2024). Современные реалии повышения уровня жизни населения в махаллях в условиях развития нового Узбекистана. Journal of Economics Entrepreneurship and Law, [online] 14(11), pp.7011–7026. doi:https://doi.org/10.18334/epp.14.11.122031.