www.sci-p.uz
II SON. 2025
744
HUDUDLARDA INSON SA
LOHIYATINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘
LLARI
Tojiyeva Muhayyo
Buxoro davlat texnika universiteti
Annotatsiya.
Hududlarda inson salohiyatini takomillashtirish iqtisodiy va ijtimoiy
barqarorlikni ta
’
minlashda muhim ahamiyatga ega. Maqolaning asosiy muammosi, hududlar
o‘rtasida salohiyatni teng rivojlantirishning zarurligi va inson resurslaridan samarali
foydalanish, aholining turli sohalardagi imkoniyatlarini oshirish, shu bilan birga, jamiyatning
umumiy farovonligini ta
’
minlashga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan.
Maqolada tasviriy statistika, Pearson korrelatsiya testi va regressiya tahlillari qo‘llanilib,
natijada, ta
’lim, sog‘liqni saqlash, ish o‘rinla
ri yaratish va sanoat sohasida innovatsiyalarni
rivojlantirish orqali inson salohiyatini oshirishni ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqqan holda, ilmiy
va amaliy nuqtai nazardan, hududlarda iqtisodiy rivojlanish va sanoat sohasidagi resurslarni
samarali boshqar
ish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so
‘
zlar:
inson salohiyati,
ta’lim sifati
,
bandlik va ish o‘rinlari,
hududiy rivojlanish,
innovatsiyalar va texnologiyalar, davlat siyosati.
ПУТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА В РЕГИОНАХ
Таджиева Мухайё
Бухарский государственный технический университет
Аннотация.
Повышение человеческого потенциала в регионах имеет важное
значение для обеспечения экономической и социальной стабильности. Основная проблема
статьи
-
необходимость равного развития потенциала между регионами и
эффективного использования человеческих ресурсов, направленного на развитие
потенциала населения в различных сферах, а также на разработку стратегий,
направленных на обеспечение общего благосостояния общества.
В статье используются
иллюстративная статистика, корреляционный тест Пирсона и регрессионный анализ,
чтобы показать, как в конечном итоге человеческий потенциал увеличивается за счет
образования, здравоохранения, создания рабочих мест и инноваций в промышленности.
Исходя из этого, с научно
-
практической точки зрения разработаны рекомендации по
экономическому развитию в регионах и эффективному управлению ресурсами в
промышленном секторе.
Ключевые слова
:
человеческий потенциал, качество образования, занятость и
рабочие места, территориальное развитие, инновации и технологии, государственная
политика.
UOʻK:
331.1
744-753
www.sci-p.uz
II SON. 2025
745
WAYS TO IMPROVE HUMAN POTENTIAL IN REGIONS
Tajieva Mukhayo
Bukhara State Technical University
Abstract.
It is important in improving human potential in the regions, ensuring economic
and social stability. The main problem of the article is the need for equal development of capacity
between regions and the effective use of human resources, the development of strategies aimed at
increasing the capabilities of the population in different areas, while ensuring the general well-
being of society. The paper uses pictorial statistics, the Pearson correlation test, and regression
analysis, and consequently shows human capacity building through education, health care, job
creation, and the development of innovation in the industry. From this point of view, from a
scientific and practical point of view, recommendations have been developed for the effective
management of resources in the field of economic development and industry in the regions.
Keywords:
human potential, quality of education, employment and jobs, territorial
development, innovation and technology, public policy.
Kirish.
Zamonaviy sanoat taraqqiyoti inson resurslariga bo‘lgan yondashuvni tubdan
o‘zgartirmoqda. Avvallari ishlab chiqarish jarayonida
jismoniy kuch asosiy omil sifatida
qaralsa, bugungi kunda intellektual salohiyat
–
ya’ni ishchilarning bilim darajasi, analitik
tafakkuri va texnologik ko‘nikmalari sanoat samaradorligining muhim mezoniga aylanmoqda.
Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va avtomatlashtirishning jadal sur’atlarda joriy etilishi
ishlab chiqarish tarmoqlarida yangi kasbiy talablarni yuzaga keltirmoqda.
Xalqaro mehnat bozori tahlillari, xususan, Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO) (Genkin,
Herbakov, & other, 1970) hamda McKinsey Global Institute (Genkin, 2004)
hisobotlariga ko‘ra,
2030-
yilga borib sanoat sohasidagi ish o‘rinlarining qariyb 40 foizi o‘z mazmunini o‘zgartiradi.
Bu esa, o‘z navbatida, ishchilarning intellektual salohiyatini oshirish bo‘yicha tizimli
yondashuv
va strategik choralarni talab etadi. Rivojlangan mamlakatlar allaqachon ushbu yo‘nalishda
kompleks dasturlarni amalga oshirib, raqamli savodxonlik, muhandislik va dasturlash bo‘yicha
doimiy o‘qitish orqali sanoat samaradorligini sezilarli darajad
a oshirishga erishmoqda.
O‘zbekiston ham global tendensiyalarga hamohang ravishda inson kapitalini
rivojlantirish, ayniqsa, sanoat tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan ishchilarning intellektual
salohiyatini oshirish borasida muhim qadamlar qo‘ymoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Inson kapitali g‘oyasi iqtisodiy tafakkur tarixida uzoq tarixiy ildizlarga ega. Uning
dastlabki nazariy asoslari klassik siyosiy iqtisod vakillari
–
Petti (1690), Smit (1776), Rikardo
(1817), Marshall (1890) va Markslarning (1867) asarlarid
a shakllangan bo‘lib, ular mehnat
unumdorligi, bilim va malakaning iqtisodiy qadriyat sifatidagi rolini e’tirof etganlar.
Zamonaviy inson kapitali nazaryasi1960-yillarda Shults (1961) va Bekker (1964)
tomonidan inson kapitali nazariyasiga asos solindi va b
u yo‘nalish zamonaviy iqtisodiyotda
alohida ilmiy oqim sifatida tan olindi. Ular inson kapitalini ishlab chiqarishda bevosita ishtirok
etuvchi, investitsiyaga loyiq resurs sifatida talqin etib, ushbu qarashlari uchun Nobel mukofoti
bilan taqdirlangan ayniqsa, inson kapitalini shakllantirishda oila institutining roliga katta
e’tibor bergan, uni bilim va malakaning avloddan
-
avlodga o‘tishini ta’minlovchi muhim omil
sifatida belgilagan.
So‘nggi yillarda turli xorijiy olimlar inson kapitali va salohiyati masala
larida strategik va
texnologik yondashuvlarni kuchaytirmoqdalar. Bulent Bayat (2019), Farsi va Toghraee (2015),
Dabić, Simić, Potocan va Slavković (2021), Canan Yilmaz va Alptekin Erkollar (2018), Filiz
Bozagach (2018) kabi tadqiqotchilar inson resurslar
ini boshqarish, raqamli ko‘nikmalarni
www.sci-p.uz
II SON. 2025
746
rivojlantirish, aqlli texnologiyalar va robototexnika orqali korxonalarning intellektual
salohiyatini oshirish masalalarini keng yoritganlar. Ularning ilmiy ishlari xodimlarning
intellektual epchilligi va innovatsion s
alohiyatining bevosita bog‘liqligini isbotlagan.
Rossiyalik iqtisodchilar
–
Genkin, Herbakov va Spivak (1970), Abalkin (1983) va
boshqalar inson salohiyatini mehnat bozori sharoitida shakllanishi, malaka tizimi va ta’limning
iqtisodiy o‘rni orqali tahlil qilganlar. Ular, ayniqsa, inson kapitalining takror ishlab chiqarilishi
va iqtisodiy barqarorlikdagi roli haqida fundamental tadqiqotlar olib borganlar.
Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha Abdurahmonov (2019), Xodiyev
va Shodmonov (2017), Yo‘ldoshev (2011), Tursunxo‘jayev va Raximova (2021), Zaynutdinov
(2022)
kabi olimlarning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular O‘zbekiston sharoitida
inson salohiyatining mehnat samaradorligi, ta’lim tizimi, kasbiy tayyorgarlik va ijtimoiy
taraqqiyotga ta’sirini har tomonlama tahlil qilganlar.
Mazkur tadqiqotlar O‘zbeki
stonda sanoat sohasida inson salohiyatini rivojlantirish
masalalariga ulkan hissa qo‘shgan bo‘lsa
-da, yangicha iqtisodiy munosabatlar sharoitida
mamlakatimizda sanoatdagi inson salohiyatini rivojlantirishga oid ilmiy asoslangan taklif va
tavsiyalar ishlab
chiqish zarurati dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda.
Tadqiqot metodologoyasi.
Ushbu tadqiqotda hududlarda inson salohiyatini rivojlantirish jarayoni va unga ta’sir
etuvchi asosiy omillar empirik va statistik usullar orqali tahlil qilindi. Tadqiqotning asosiy
maqsadi
–
inson salohiyatiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, ijtimoiy va ta’limiy omillar o‘rtasidagi
bog‘liqlikni aniqlash hamda ular asosida aniq ilmiy xulosalar va amaliy takliflar ishlab
chiqishdan iborat bo‘ldi.
Tadqiqot jarayonida asosan miqdoriy tahlil us
uli qo‘llanilib,
STATA 18.0
dasturidan
foydalanildi. Tahlilning dastlabki bosqichida tasviriy statistika, keyingi bosqichlarda esa
Pearson korrelatsiya testlari va
ko‘p o‘zgaruvchili regressiya tahlili
amalga oshirildi. Tasviriy
statistika
usuli orqali tadqiqotga jalb etilgan o‘zgaruvchilarning umumiy holati baholandi.
Pearson korrelatsiya koeffitsienti
yordamida inson salohiyati bilan asosiy ta’sir etuvchi omillar
(ta’lim darajasi, daromad, raqamli savodxonlik) o‘rtasidagi munosabat darajasi va yo‘nalishi
baholandi. Tadqiqotning asosiy qismi sifatida
ko‘p o‘zgaruvchili regressiya tahlili
(OLS)
o‘tkazildi. Unda inson salohiyati mustaqil o‘zgaruvchi sifatida belgilab olinib, unga ta’sir etuvchi
omillar regressiya modeliga kiritildi. Ushbu model orqali har bir omilning inson salohiyatiga
qanchalik ta’sir ko‘rsatayotgani (ta’sir kuchi va yo‘nalishi), statistik ahamiyatliligi hamda
modelning umumiy tushuntirish qobiliyati (R²) aniqlandi.
Tadqiqotda 626 nafar respondent ishtirok etdi. Ular 2 ta viloyat ya`ni Buxoro va Navoiy
hududlaridan tanlab olindi va tanlov stratifikatsiyalangan usul asosida amalga oshirildi (yosh,
jins, ta’lim darajasi,ish haqi,lavozim va hudud bo‘yicha).
Tadqiqot gepotezasi.
1.Ta'lim yillari soni ortishi ish haqi miqdorining o'sishiga olib keladi.
2. Ish tajribasi ish haqi va mehnat samaradorligi o'rtasida ijobiy korrelyatsiyani
ta'minlaydi.
3. Salomatlik ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan xodimlar yuqori samaradorlik bilan
ishlaydilar.
4. Erkak va ayollar o'rtasida ish haqi bo'yicha statistik nomutanosiblik mavjud.
5. Sanoat tarmoqlarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish hududlarda inson
salohiyatining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
6. Raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirish sanoat ishlab chiqarishida ishchilarning
intellektual salohiyatini oshiradi va iqtisodiy samaradorlikni kuchaytiradi.
7. Kasb-
hunar ta’limi va malaka oshirish kurslarida qatnashgan ishchilarning bilim va
ko‘nikmalari oshadi, bu esa ishlab chiqarish samaradorligini yaxshilaydi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
747
8. O‘quv
-tren
inglar va qayta tayyorlash dasturlari hududiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
9. Sanoat tarmoqlarida moslashuvchan kadr siyosati (malaka, tayyorgarlik va qayta
o‘qitish) hududlar bo‘yicha iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi.
10. Innovatsion boshqaruv tizimlari va xodimlarni qayta tayyorlash dasturlari ularning
kasbiy salohiyatini oshiradi, bu esa butun hududning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Mintaqaviy
zavodlar
hududiy
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning
asosiy
harakatlantiruvchisi bo‘lib, bandlik, infratuzilma va umumiy iqtisodiy o‘sishga sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi. Ularning muvaffaqiyati bevosita ishchilarning malakasi, fidoyiligi va
mahsuld
orligiga bog‘liq. Kompaniya samaradorligini oshirishda ishchi kuchining rolini chuqur
anglash
–
mintaqaviy raqobatbardoshlikni mustahkamlash va barqaror o‘sishga zamin
yaratishda muhim omil hisoblanadi.
Navoiy va Buxoro viloyatlari O‘zbekistonning strategik sanoat markazlaridan bo‘lib, yirik
korxonalar joylashuvi bilan ajralib turadi. Jumladan, Navoiydagi uran zavodi va kon-
metallurgiya kombinati hamda Buxorodagi neft va gazni qayta ishlash zavodlari mamlakat
iqtisodiyotining tayanch ustunlaridir. Ushbu korxonalardagi ish haqi dinamikasini tahlil qilish
orqali malaka, tajriba, ta’lim va inson kapitaliga kiritilgan investitsiyalarning ishchi kuchi
samaradorligiga ta’sirini o‘rganish mumkin.
Navoiy sanoati yuqori malaka, texnik bilim va xavfsizlikka e’tibor ta
lab qiladigan
sohalardan iborat. Ishchilarning oylik maoshlari odatda ta’lim darajasi, ish tajribasi, salomatlik
holati va ixtisoslik darajasi kabi ko‘rsatkichlar asosida belgilanadi. Shunga o‘xshash tarzda,
Buxorodagi energetika sohasida ham murakkab texnologik jarayonlarni boshqarishga qodir
malakali ishchi kuchi talab etiladi. Bu yerda ham ta’lim, ish faoliyati reytingi va sog‘liq
tekshiruvlari asosiy tahlil mezonlaridir.
Ish haqi tuzilmasi ijtimoiy adolat darajasini ham aks ettiradi. Jins, yosh, tajriba kabi
omillar orqali martaba va daromad o‘sishi o‘rganiladi. Ayniqsa, yuqori malaka talab etuvchi
sohalarda maoshlarning raqobatbardoshligi iste’dodlarni jalb qilish va ularni ushlab qolishda
muhim ahamiyatga ega.
1-rasm. Ishchi-xodimlarning tajribasi bilan korxona umumiy samardorligiga
qo`shayotgan hissasining graf boks chizmasi
www.sci-p.uz
II SON. 2025
748
Mazkur tahlillar zavodlarda ishchi kuchiga qaratilgan ta’lim, salomatlik va kasbiy
rivojlanish siyosatlarining samaradorlikka ta’sirini yoritadi. Ishchilarga sarmoya
kiritish
kompaniya samaradorligini oshiribgina qolmay, balki hududiy iqtisodiy barqarorlikka ham
hissa qo‘shadi.Ushbu aniq hududlardagi ishchilarning sanoatda qo`shadigan hissalarini tasviriy
statistika, Pearson korrelatsiya testi hamda regressiya tahlillari orqali ko`rib chiqamiz va
O'zbekistondagi inson salohiyatining kengroq ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirini ta'minlovchi omillar
haqida qimmatli tushunchalarga ega bo'lamiz.
Yuqoridagi graf boksda ta'lim yillari (x o'qi) va hissa darajalari (y o'qi) o'rtasidagi
bog'liqlik ko'rsatilgan, "Hissa_qoshish". Ma'lumotlar har bir o'quv yili uchun quti uchastkalari
yordamida tasvirlangan bo'lib, hissalarning shaxslar yoki guruhlar bo'yicha taqsimlanishini
ko'rsatadi. Har bir quti ma'lumotlarning o'rta 50% ni ifodalovchi kvartillararo diapazonni (IQR)
ta'kidlaydi, mo'ylovlar esa IQRning 1,5 barobari ichida minimal va maksimal qiymatlarga
cho'ziladi. Chiqib ketishlar ushbu diapazondan tashqarida alohida nuqtalar sifatida belgilanadi.
Ushbu vizualizatsiya yillar davomida sezilarli o'zgarishlar bilan ta'lim darajasi hissa darajalari
bilan qanday bog'liqligini anglatadi.
Masalan, ma'lim yillari oshgani sayin, o'rtacha hissa (qutilar ichidagi gorizontal chiziq),
ayniqsa 13 yildan keyin o'sish tendentsiyasiga ega bo'lib, ta'lim va hissa o'rtasidagi ijobiy
korrelyatsiyani ko'rsatadi.
2-rasm. Ishchilarning o`z zavod iqtisodiy samaradorligiga qo`shayotgan
hissalarini ish razrayadi vositasida normal taqsimot qonuniyat testi
Biroq, kengroq IQR va oliy ta'lim darajalarida ko'proq chetlab o'tishlar mavjudligi
ko'rsatganidek, hissalarning o'zgaruvchanligi ham ortadi. Bu shuni ko'rsatadiki, oliy ta'lim
odatda hissa darajasini oshirsa-da, individual farqlar yoki kontekst omillari (masalan, sanoat
yoki mintaqaviy nomutanosiblik) hissa miqdoriga ta'sir qilishi mumkin. Jadvalda ta'limning
mintaqaviy kontekstlarda samaradorlik va samaradorlikka qanday ta'sir qilishini yanada
o'rganish muhimligi ta'kidlangan.
Rasmda "Hissa_qo`shish"ning to'rt xil tajriba guruhlari bo'yicha taqsimlanishi
ko'rsatilgan: 0-5, 6-10, 11-15 va 15+ yil, oddiy taqsimot egri chiziqlari bilan qoplangan zichlik
chizmalaridan foydalangan holda. Har bir subplot tajriba yillarining ma'lum diapazonini
ifodalaydi, x o'qi hissa darajalarini va y o'qi zichlikni ko'rsatadi. Ko'k chiziqlar kuzatilgan
taqsimotni ifodalaydi, qora egri esa taqqoslash uchun mos keladigan normal taqsimotni
ifodalaydi. Ushbu ikki tomonlama vakillik ma'lumotlarning haqiqiy taqsimlanishini va uning
mutlaqo normal naqshdan chetlanishini ta'kidlaydi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
749
Tajriba guruhlarida zichlik taqsimotining shakli va kontsentratsiyasida farqlar mavjud.
Misol uchun, 6-10 yoshli guruh 0-5 guruhga nisbatan ko'proq nosimmetrik va aniqroq
cho'qqiga ega, bu esa tekisroq taqsimotni ko'rsatadi. Shu bilan birga, 11-15 va 15+ guruhlari
o'zlarining taqsimlanishida ozgina o'zgarishlarni ko'rsatadi, bunda hissaning yuqori qiymatlari
(49-50) atrofida yuqori konsentratsiyalar mavjud. Bu shuni ko'rsatadiki, tajriba ortib borishi
bilan, ishchilarning o'zgaruvchanligi saqlanib qolsa-da, yuqori badallarga erishish
tendentsiyasi aniqroq bo'ladi. Ushbu tendentsiyalar mintaqaviy kompaniyalarda ish tajribasi
va samaradorlik o'rtasidagi nozik bog'liqlikni ta'kidlaydi.
Ilmiy tadqiqot, Kasbiy mahorat, Transport va tekshirishlik (Xavfsizlik) subplot qiyosiy
maqsadlar uchun normal taqsimot egri chizig'i (qora chiziq) bilan birga kuzatilgan zichlik
taqsimotini (ko'k chiziqlar) taqdim etadi. X o'qi hissa darajasini, y o'qi esa zichlikni bildiradi.
3-rasm. Ishchilarning o`z zavod iqtisodiy samaradorligiga qo`shayotgan hissalarini
salohiyatga investitsiya qilish kesimidagi normal taqsimot testi
Grafiklar ushbu omillar ishchilarning hissalariga qanday ta'sir qilishida sezilarli
o'zgarishlarni ko'rsatadi. Masalan, Kasbiy mahorat o'rtacha atrofida nisbatan konsentratsiyali
va simmetrik taqsimotni namoyon qiladi, bu uning hissa qo'shishdagi kuchli va izchil rolini
anglatadi. Aksincha, Ilmiy ko'rsatkich tekisroq taqsimotni ko'rsatadi, bu esa ushbu turkumdagi
hissalarning kengroq o'zgarishini ko'rsatadi.
4-rasm. Ishchilar salohiyatining zavod iqtisodiy samaradorligiga
kumulativ ta`sir bahosi
www.sci-p.uz
II SON. 2025
750
Shunga o'xshab, Transport va jadvallik o'ziga xos shakllarni namoyish etadi, stollik esa
yuqori hissa qiymatlarida bir oz cho'qqini ko'rsatadi. Ushbu farqlar ushbu omillarning ishchi
samaradorligiga o'zgaruvchan ahamiyati va ta'sirini ta'kidlab, mintaqaviy kompaniyalarda
ushbu ta'sirlarga muvofiq hissalarni oshirish uchun maqsadli strategiyalar zarurligini
ta'kidlaydi.
5-rasm. Ishchilar razryadi va mehnat stavkalarining zavod iqtisodiy
samaradorligiga hissasini hudud kesimida skatter plot garafigi
Taqdim etilgan chiziqli regressiya modelida t-testning p-qiymati har bir mustaqil
o'zgaruvchining bog`liq o'zgaruvchi bilan statistik jihatdan ahamiyatli munosabatini tekshiradi.
Statistik jihatdan ahamiyatga ega bo'lgan o'zgaruvchilar (p-qiymati <0,05) mazmunli ta'sir
ko'rsatadi, p-qiymati 0,05 dan yuqori bo'lganlar esa sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi.
Navoiydagi zavod ishchilari ta'lim yillari va jins kabi bir qancha asosiy bog`liq omillar
mustaqil o'zgaruvchisi bilan sezilarli bog'liqlikni ko'rsatadi. Masalan, Navoiydagi ishchilar
Buxorodagi zavod ishchilariga qaraganda 0,224 koeffitsientga past hissa qo`shmoqda. Bu t-
testning p-qiymati 0,009 bo'lib, bu mintaqa bog'liq statitik jihatdan ahamiyatli. Ta`lim yillari 14
yil bo`lganlar 11 yillliklarga qaraganda hissa ulushi 1.6 ga yuqori bo`lsa 22 yillik ishchilar esa
2.57 ga yuqori deb topilmoqda.
Ishchilarning razyarydi 11-15 oraliqda bo`lganlar 6-10ga qaraganda 0.30ga yuqori bo`lsa
15dan yuqorilar esa 0.432 balga yuqoriligi aniqlanmoqda. Lavozimi odiy ischilar menegerlarga
qaraganda 0.43 balga past. Ovqatlanishni tashkil qilishi yuzasidan qo`yilgan savolga korxona
tomonidan tashkil qilinadi deb hisoblaydigan ishchilar ko`chadan ovqatlanaman deganlarga
qaraganda ishchilarning o`z zavod iqtisodiy samaradorligiga qo`shayotgan hissalari 0.281
balga past.
Ta'lim yillari 14, 16, 18, 19, 20 va 22 yillar statistik jihatdan muhim ijobiy koeffitsientlarni
ko'rsatadi, bu oliy ta'lim yillariga qaram o'zgaruvchining yuqori qiymatlari bilan bog'liqligini
ko'rsatadi. "Talim_yillari" o'zgaruvchisi 20 yillik ta'limga ega bo'lgan shaxslar uchun
koeffitsient 2,317 ni tashkil etishini ko'rsatadi, bu statistik ahamiyatga ega (p-qiymati = 0,002).
Bu ta'lim yillari va qaram o'zgaruvchi o'rtasida kuchli ijobiy munosabatni ko'rsatadi. Bunday
natijalar shuni ko'rsatadiki, ko'proq yillik ta'limga ega bo'lgan shaxslar bog'liq natijada yuqori
qiymatlar haqida xabar berishadi.
Jins o’zgaruvchisi biroz zaifroq ta'sir ko'rsatadi, erkaklar (Erkak)
-0,128 salbiy
koeffitsientga ega, ammo 0,05 darajasida statistik ahamiyatga ega emas (p-qiymati = 0,126). Bu
shuni ko'rsatadiki, gender natijaga ta'sir qilishi mumkin bo'lsa-da, uning ta'siri ta'lim yillari
yoki kasb-hunar kabi boshqa omillarga nisbatan kamroq aniqlanadi. Kasb-hunar va biznesga
egalik qilish bilan bog'liq boshqa toifali o'zgaruvchilar (masalan, "Korxona tashkiloti ~i")
sezilarli ta'sir ko'rsatadi, xususan, kompaniyada ishlashning o'z-o'zini ish bilan ta'minlashga
nisbatan salbiy ta'siri, koeffitsienti -0,281 (p-qiymati) = 0,009), bandlik turiga asoslangan
hisobot natijalaridagi mumkin bo'lgan nomutanosiblikni ta'kidlaydi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
751
1-jadval
Ishchilarning o`z zavod iqtisodiy samaradorligiga qo`shayotgan hissalarining OLS
model regressiya natijalari
Hissa_qo`shish
Coef.
St.Err.
t-value p-value
[95% Conf
Interval]
Sig
Hudud : base Buxoro
0
.
.
.
.
.
Navoiy
-.224
.085
-2.63
.009
-.391
-.056
***
Ish haqi
0
.
.
.
.
.
3-5
.081
.104
0.77
.44
-.124
.286
5+
.013
.12
0.11
.911
-.223
.25
Talim_yillari: base:11 0
.
.
.
.
.
13
1.049
.685
1.53
.126
-.297
2.394
14
1.591
.681
2.34
.02
.254
2.929
**
15
1.015
.668
1.52
.129
-.296
2.327
16
1.504
.687
2.19
.029
.155
2.853
**
17
1.15
.671
1.71
.087
-.167
2.468
*
18
1.713
.692
2.48
.014
.354
3.072
**
19
1.647
.764
2.16
.031
.147
3.147
**
20
2.317
.75
3.09
.002
.844
3.79
***
22
2.577
.93
2.77
.006
.75
4.404
***
Jins : base Ayol
0
.
.
.
.
.
Erkak
-.128
.083
-1.53
.126
-.291
.036
21b
0
.
.
.
.
.
0-5
.044
.091
0.48
.634
-.136
.223
11-15
.304
.074
4.12
0
.159
.45
***
15+
.432
.136
3.18
.002
.165
.698
***
Lavozim
0
.
.
.
.
.
Oddiy xodim
-.43
.101
-4.28
0
-.627
-.233
***
Professional xodim
.037
.082
0.45
.653
-.124
.198
Rahbar
.023
.094
0.25
.804
-.161
.208
33b
0
.
.
.
.
.
Yo`q
.015
.091
0.16
.871
-.163
.193
Ovqatlanish bahosi
0
.
.
.
.
.
Korxona tomonidan ~i -.281
.107
-2.62
.009
-.491
-.07
***
O`zim bilan olib k~n
-.023
.134
-0.17
.865
-.287
.241
Constant
47.522 .692
68.65
0
46.163
48.882
***
Mean dependent var
48.030
SD dependent var
0.792
R-squared
0.357
Number of obs
626
F-test
12.774
Prob > F
0.000
Akaike crit. (AIC)
1262.019 Bayesian crit. (BIC)
1381.881
*** p<.01, ** p<.05, * p<.1
Nihoyat, umumiy model R-kvadrat qiymati 0,357 bo'lgan ma'lumotlarga mos keladigan
moslikni ta'minlaydi, bu qaram o'zgaruvchidagi o'zgarishlarning taxminan 35,7% kiritilgan
mustaqil o'zgaruvchilar bilan izohlanganligini ko'rsatadi. F-testi (p-qiymati = 0,000) modelning
statistik ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi, bu mustaqil o'zgaruvchilar birgalikda qaram
o'zgaruvchiga mazmunli ta'sir ko'rsatishini ko'rsatadi. Mo'tadil R-kvadratiga qaramay, model
natijaga ta'sir qiluvchi bashorat qiluvchilar haqida qimmatli tushunchalarni beradi, ayniqsa
mintaqa, ta'lim va bandlik turi kabi muhim o'zgaruvchilarni hisobga olgan holda.
Tahlil natijalariga ko`ra ikkala mintaqa, ya'ni Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi ishlab
chiqarish tarmoqlari va mehnat bozori ehtiyojlari o
‘
rtasidagi nomuvofiqlik, ayniqsa, Navoiyda
diversifikatsiya va ixtisoslashgan tarmoqlar rivojlanayotgani sababli, sezilarli darajada
kuzatilmoqda. Ushbu nomuvofiqlikni bartaraf etish uchun, ayniqsa, texnik va kasbiy ta'limni
mahalliy sanoat talablariga moslashtirish zarur.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
752
Bu borada,
universitetlar, texnik institutlar va ish beruvchilar o
‘
rtasidagi
hamkorlikni yanada kuchaytirish,
o
‘
quv dasturlarini
sanoat talablariga moslashtirish
orqali malakali ishchi kuchini tayyorlashga erishish mumkin. Bu o
‘
z navbatida, mintaqaviy
iqtisodiy o
‘
sishni ta
’
minlashga va mehnat bozoridagi nomuvofiqlikni kamaytirishga yordam
beradi.
Xulosa va takliflar.
O‘rganilgan tahlillar asosida sanoat korxonalarida ishchi kuchining iqtisodiy
samaradorlikka qo‘shayotgan hissasi bir qator omillar bilan chambarchas bog‘liq ekani
aniqlandi. Ta’lim yillari, ish tajribasi, lavozim, jins, ovqatlanish sharoitlari va kasbiy salohiyat
kabi ko‘rsatkichlar samaradorlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Navoiy va Buxoro
viloyatlari o‘rtasid
agi tafovutlar, hududiy imkoniyatlar va inson kapitalining rivojlanish
darajasi mintaqaviy iqtisodiy o‘sishga bevosita ta’sir qilayotgan omillardan hisoblanadi.
Ushbu tahlillar asosida quyidagi taklif va tavsiyalar ilgari suriladi:
1. Sanoat xodimlarining malakasiga sarmoya
—
uzoq muddatli samaradorlik
kafolati.
Ta’lim yillari oshgani sari ishchilarning ishlab chiqarishdagi hissasi ortmoqda. Shu
sababli, sanoat korxonalari va hududiy hokimliklar o‘rtasida hamkorlikda kasb
-hunar va oliy
maxsus ta’lim dasturl
arini ishlab chiqish, bu dasturlarga soddalashtirilgan kirish
imkoniyatlarini yaratish zarur.
2. Hududlar kesimida teng imkoniyatlar
—
Buxoro va Navoiy o‘rtasidagi
nomutanosiblikni kamaytirish.
Navoiy ishchilari ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha Buxoroga
nisba
tan past hissa qo‘shmoqda. Bu esa, innovatsion texnologiyalarga sarmoya kiritish va
ishchilarni qayta tayyorlash zarurligini ko‘rsatadi.
3. Ish tajribasining iqtisodiy qiymatini tan olish
—
rag‘batlantiruvchi tizimni
kuchaytirish.
Yuqori tajribaga ega ishchilar samaradorlikda yetakchi. Shu bois, tajriba yillariga
asoslangan bonus tizimlarini joriy etish, ishchilarga o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirilgan
grantlar ajratish maqsadga muvofiq.
4. Lavozim bo‘yicha teng mehnat —
teng haq tamoyiliga amal qilish.
Oddiy ishchilarning samaradorlikdagi hissasi kamroq. Korxonalarda xodimlarning lavozim
o‘sishi yo‘l xaritasi ishlab chiqilishi, karera rivojlanish yo‘nalishlari ochiq va shaffof bo‘lishi
lozim.
5. Gender tengligi
—
erkak va ayol xodimlar uchun adolatli imkoniyatlar yaratish.
Maoshda ayrim farqlar mavjud, ammo u kuchli statistik asosga ega emas. Shunga qaramay,
gender auditi o‘tkazish, ayol xodimlar uchun rahbarlik kurslari va motivatsion dasturlar tashkil
etish foydalidir.
6. Sifatli ovqatlanish va ishlab ch
iqarish samaradorligi o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Korxona tomonidan ta’minlanmagan ovqatlanish sharoitlari ishchi samaradorligini
pasaytirmoqda. Har bir yirik zavodda sog‘lom, subsidiyalangan ovqatlanish tizimi joriy etilishi
tavsiya etiladi.
7. Zamonaviy salohiyatni aniqlovchi indikatorlar
–
inson kapitalining real o‘lchovi.
Kasbiy mahorat, ilmiy salohiyat, transport imkoniyati va boshqa "yumshoq ko‘nikmalar" ishlab
chiqarish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois, hududiy
hokimiyatlar va
korxonalar tomonidan "Inson salohiyati indeksi" ishlab chiqilishi va uni raqamli platformalarda
muntazam baholab borish zarur.
Adabiyotlar
/Литература/Reference:
Abalkin L. (1983) "Iqtisodiy islohotlar va ularning ijtimoiy ta'siri", Moskva.
Abdurahmonov Q.X., Xodiyev B.Yu. (2019) Mehnat iqtisodiyoti, Toshkent: Iqtisod-Moliya.
Becker G.S. (1964) Human Capital: A Theoretical and Empirical Analysis, University of
Chicago Press.
Fisher I. (1907) The Rate of Interest, Macmillan.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
753
Genkin B.M. (2004) Ekonomika i sotsiologiya truda, Moskva.
Genkin, B. M., Herbakov, A., Spivak, V., & Abalkin, L. I. (1970). Politicheskaya ekonomiya i
ekonomicheskaya politika. Moskva: Ekonomika
Marshall, A. (1890). Principles of Economics. London: Macmillan and Co.
Marx, K. (1867). Das Kapital: Kritik der politischen Ökonomie (Vol. 1). Hamburg: Otto
Mill J.S. (1848) Principles of Political Economy.
Petty, W. (1690). Political Arithmetick. London: Robert Clavel and Hen. Mortlock.
Ricardo, D. (1817). On the Principles of Political Economy and Taxation. London: John
Murray.
Schultz T.W. (1961) Investment in Human Capital, The American Economic Review.
Smith, A. (1776). An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations. London:
W. Strahan and T. Cadell.
Tursunxo‘jayev M.L., Raximova D.N. (2021) Inson kapitalini rivojlantirish strategiyalari, –
Toshkent: Fan.
Xodiyev, B. Yu., & Shodmonov, Sh. Sh. (2017). Iqtisodiyot nazariyasi (Darslik). Toshkent:
Barkamol Fayz Media. ISBN 978-9943-5142-4-9.
Yo‘ldoshev, N. Q. (2011). Iqtisodiyot nazariyasi (O‘quv qo‘llanma).
Zaynutdinov Sh.N., (2022) Zamonaviy iqtisodiy taraqqiyotda inson omili, Iqtisodiyot va
innovatsiyalar.
