Авторы

  • Нодир Ходжаев
    Высшая школа бизнеса и предпринимательства при Кабинете Министров Республики Узбекистан https://orcid.org/0009-0007-1772-6827

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.91245

Ключевые слова:

социальное предпринимательство социальная справедливость инклюзивная экономика субсидии занятость узбекская практика социальные инновации государственная поддержка финансовая грамотность правовая база

Аннотация

В статье приводится глубокий анализ роли социального предпринимательства в современном обществе и его значения в обеспечении экономической и социальной стабильности. В исследовании рассмотрены тенденции развития социального предпринимательства, механизмы государственной поддержки, субсидии и практический опыт на основе льготного кредитования в Узбекистане. Также был проведен глубокий анализ основных проблем, препятствующих развитию социального предпринимательства, – пробелов в законодательстве, низкой финансовой грамотности, медленного внедрения инновационных технологий. В статье разработан ряд практических предложений и рекомендаций, основанных на существующих возможностях, направленных на создание институциональной основы сектора, укрепление законодательства и стимулирование социальных инноваций.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

729


ZAMONAVIY JAMIYATDA IJTIMOIY TADBIRKORLIKNING ROLI

Xodjayev Nodir

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

ORCID: 0009-0007-1772-6827

n.xodjaev@ung.uz

Annotatsiya.

Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda ijtimoiy tadbirkorlikning roli, uning

iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda
O‘zbekiston misolida ijtimoiy tadbirkorlikning rivojlanish tendensiyalari, davlat tomo

nidan

qo‘llab

-quvvatlash mexanizmlari, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar asosidagi amaliy tajribalar

o‘rganildi. Shuningdek, ijtimoiy tadbirkorlikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy

muammolar

huquqiy bo‘shliqlar, moliyaviy savodxonlikning

pastligi va innovatsion

texnologiyalarning sust joriy etilishi chuqur tahlil etildi. Maqolada mavjud imkoniyatlar asosida

bir qator amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular sohaga institutsional asos

yaratish, qonunchilikni mustahkamlash v

a ijtimoiy innovatsiyalarni rag‘batlantirishga

qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

ijtimoiy tadbirkorlik, ijtimoiy adolat, inklyuziv iqtisodiyot, subsidiyalar,

bandlik, O‘zbekiston amaliyoti, ijtimoiy innovatsiyalar, davlat qo‘llab

-quvvatlovi, moliyaviy

savodxonlik, huquqiy asoslar.

РОЛЬ СОЦИАЛЬНОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В СОВРЕМЕННОМ ОБЩЕСТВЕ

Ходжаев Нодир

Высшая школа бизнеса и предпринимательства при

Кабинете Министров Республики Узбекистан

Аннотация

.

В статье приводится глубокий анализ роли социального

предпринимательства в современном обществе и его значения в обеспечении
экономической и социальной стабильности. В исследовании рассмотрены тенденции
развития социального предпринимательства, механизмы государственной поддержки,

субсидии и практический опыт на основе льготного кредитования в Узбекистане. Также

был проведен глубокий анализ основных проблем, препятствующих развитию

социального предпринимательства, –

пробелов в законодательстве, низкой финансовой

грамотности, медленного внедрения инновационных технологий. В статье разработан

ряд практических предложений и рекомендаций, основанных на существующих

возможностях, направленных на создание институциональной основы сектора,

укрепление законодательства и стимулирование социальных инноваций.

Ключевые слова:

социальное предпринимательство, социальная справедливость,

инклюзивная экономика, субсидии, занятость, узбекская практика, социальные

инновации, государственная поддержка, финансовая грамотность, правовая база.

UOʻK:

330.564.22

729-736


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

730

THE ROLE OF SOCIAL ENTREPRENEURSHIP IN MODERN SOCIETY

Khodjayev Nodir

Graduate School of Business and Entrepreneurship under the

Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan

Abstract.

The article provides an in-depth analysis of the role of social entrepreneurship in

modern society and its importance in ensuring economic and social stability. The study examines

trends in the development of social entrepreneurship, mechanisms of state support, subsidies and
practical experience based on preferential lending in Uzbekistan. A deep analysis of the main

problems hindering the development of social entrepreneurship was also conducted - gaps in

legislation, low financial literacy, slow implementation of innovative technologies. The article

develops a number of practical proposals and recommendations based on existing opportunities
aimed at creating an institutional framework for the sector, strengthening legislation and
stimulating social innovation.

Keywords:

social entrepreneurship, social justice, inclusive economy, subsidies,

employment, Uzbek practice, social innovation, state support, financial literacy, legal framework.

Kirish.

Zamonaviy dunyoda yuz berayotgan tezkor ijtimoiy-

iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida

ijtimoiy tadbirkorlik fenomeni

alohida e’tiborni jalb qilmoqda. Bu hodisa an’anaviy

tadbirkorlikdan farqli o‘laroq, nafaqat moliyaviy foyda olish, balki dolzarb ijtimoiy

muammolarni hal etish, aholi zaif qatlamlarining hayot sifatini yaxshilash, mahalliy

hamjamiyatlarni rivojlantirish v

a barqaror taraqqiyotga hissa qo‘shishga qaratilgan faoliyatdir.

Bugungi kunda jamiyat ishsizlik, qashshoqlik, ekologik tahdidlar, ta’lim va sog’liqni

saqlash xizmatlariga teng imkoniyatlarning yo‘qligi kabi ko‘plab muammolarga duch kelmoqda.

Afsuski, davlat va bozor mexanizmlari bu muammolarni hal etishda har doim ham yetarli

samara bermayapti. Shu sababli, ijtimoiy tadbirkorlik ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni

ilgari surish va ularni amalda ro‘yobga chiqarishda muhim vositaga aylanmoqda. Innovatsion

yondashuvlar va barqaror natijalarga yo‘naltirilgan strategiyalar orqali ijtimoiy tadbirkorlik
jamiyatdagi mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirib, ijtimoiy qo‘llab

-quvvatlash infratuzilmasining

muhim qismi bo‘lib bormoqda.

Shu nuqtayi nazardan, ijtimoiy

tadbirkorlikning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni va

ahamiyatini o‘rganish nihoyatda muhimdir. Bu nafaqat ushbu hodisaning ijtimoiy

muammolarni hal etishdagi salohiyatini aniqlashga, balki ushbu sohani rivojlantirish uchun

davlat va fuqarolik jamiyati tomonidan

ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qo‘llab

-quvvatlash

yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi.

Adabiyotlar sharhi.

Ijtimoiy tadbirkorlik g’oyasi so‘nggi o‘n yilliklarda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning

innovatsion omili sifatida jahon miqyosida keng e’

tirof etila boshladi. Bu borada muhim ilmiy

ishlardan biri Gregory Dees (1998)

tomonidan yozilgan “The Meaning of Social

Entrepreneurship” nomli maqola bo‘lib, u ijtimoiy tadbirkorlikni ijtimoiy muammolarni hal

qilishga qaratilgan innovatsion faoliyat sifa

tida tavsiflaydi. Deesning ta’kidlashicha, ijtimoiy

tadbirkorlar moliyaviy foydadan ko‘ra, ijtimoiy ta’sirga ustuvor ahamiyat beradi. U klassik

tadbirkorlik tushunchasini ijtimoiy qadriyatlar bilan uyg’unlashtiradi, bu esa ijtimoiy

innovatsiyalarni ilgari

surishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi (Dees, 1998).

Muhammad Yunus o‘zining “Creating a World Without Poverty: Social Business and the

Future of Capitalism” asarida ijtimoiy tadbirkorlikning “ijtimoiy biznes” shakliga urg’u beradi.

U Grameen Bank modeli

orqali kambag’allikka qarshi kurashishda mikrokreditlar orqali

ijtimoiy o‘zgarishlarga erishish mumkinligini amalda isbotlaydi. Yunusga ko‘ra, ijtimoiy biznes


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

731

foyda olishni emas, balki muayyan ijtimoiy muammoni hal qilishni maqsad qiladi. U kapitalistik
t

izim ichida insonparvarlik yondashuvini qo‘llab

-quvvatlaydi (Yunus, 2007).

Nicholls (2006) tomonidan tahrirlangan “Social Entrepreneurship: New Models of

Sustainable Social Change” kitobida ijtimoiy tadbirkorlik turli shakllar va kontekstlarda qanday

namoy

on bo‘lishi tahlil qilinadi. Muallif ijtimoiy tadbirkorlikni barqaror rivojlanish, ijtimoiy

kapital shakllanishi va fuqarolik jamiyatining mustahkamlanishi bilan bog’liq jarayon sifatida

qaraydi. Nicholls ijtimoiy tadbirkorlikning jamiyatda institutsional

o‘zgarishlarni amalga

oshirish qudratiga egaligini ko‘rsatadi.

Bornstein va Davis (2010) o‘zlarining “Social Entrepreneurship: What Everyone Needs to

Know” nomli asarlarida ijtimoiy tadbirkorlarni “muammo hal qiluvchi liderlar” deb ataydi. Ular

ijtimoiy tadbirkorlar mavjud tizimlardagi nomukammalliklarni anglab, ularni isloh qilishga

intiluvchi tashabbuskor shaxslar sifatida namoyon bo‘lishini qayd etadilar. Asarda ko‘plab real

misollar orqali ijtimoiy tadbirkorlikning global miqyosdagi ta’siri ochib berila

di.

O‘zbekiston olimlaridan Davletova va Xidirovning tadqiqotida ijtimoiy tadbirkorlik milliy

kontekstda yoritiladi. Mualliflar O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rag’batlantirish

mexanizmlari, huquqiy asoslar va mavjud to‘siqlarni tahlil qilib, sohanin

g rivoji uchun aniq

takliflarni ilgari surishadi. Ularning fikricha, ijtimoiy tadbirkorlik jamiyatdagi zaif qatlamlarni

iqtisodiy faoliyatga jalb etishda muhim vosita bo‘lishi mumkin (Davletova, Xidirov, 2020).

MDH hududidagi yondashuvlarga

to‘xtaladigan bo‘lsak, Rossiyalik tadqiqotchilar

Lebedeva va Popova (2018) o‘zlarining ilmiy maqolalarida ijtimoiy tadbirkorlikning

jamiyatdagi inklyuziv rivojlanishga qo‘shgan hissasini tahlil qiladilar. Ularning tadqiqotida

ijtimoiy tadbirkorlik ijtimoiy xizmatlar sifati, mehnat bandligi va aholining zaif qatlamlarini

qo‘llab

-

quvvatlash orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishi ko‘rsatiladi.

Xalqaro miqyosda yana bir muhim tadqiqot Martin va Osberg tomonidan taklif etilgan

modeldir. Olimlar tomonidan ijtimoiy tadbirkorlik boshqa turdagi faoliyatlardan, xususan,

xayriya va klassik biznesdan ajratib ko‘rsatiladi. Ular ijtimoiy tadbirkorlikni innovatsionlik,
barqarorlik va keng ko‘lamdagi ijtimoiy ta’sir kabi belgilari asosida farqlaydilar (Ma

rtin,

Osberg, 2007).

Yuqoridagi adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy tadbirkorlik bugungi kunda turli

yondashuvlarga ega bo‘lgan murakkab tushuncha sifatida qaralmoqda. Ba’zi mualliflar ijtimoiy

tadbirkorlikni ijtimoiy muammolar yechimi orqali yangi qiymat yaratish vositasi sifatida

ko‘rishsa, boshqalar uni ijtimoiy adolat va tenglikni ta’minlovchi mexanizm sifatida

baholashmoqda. Umumiy xulosa sifatida aytish mumkinki, ijtimoiy tadbirkorlik nafaqat

iqtisodiy samaradorlikni, balki ijtimoiy ahami

yatni ham o‘zida mujassam etgan holda

zamonaviy jamiyat uchun muhim yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu maqola ijtimoiy tadbirkorlik haqidagi nazariy bilimlarga asoslangan. Tadqiqot

jarayonida qiyosiy tahlil, tizimlashtirish, induksiya, deduksiyadan foydalangan holda ilmiy
natijalar ishlab chiqildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Ijtimoiy tadbirkorlik zamonaviy jamiyatda an’anaviy biznes va ijtimoiy missiyani

uyg’unlashtiruvchi innovatsion faoliyat shaklidir. U klassik daro

mad olish modelidan farqli

o‘laroq, ijtimoiy muammolarni hal qilishni asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Ijtimoiy tadbirkorlar

odatda jamiyatda mavjud bo‘lgan tengsizlik, atrof

-

muhit ifloslanishi, nogironligi bo‘lgan

shaxslar, kam ta’minlangan qatlamlar va ishsizlik kabi dolzarb masalalarni o‘z biznes g’oyalari

orqali hal etishga intiladilar. Bu esa, ularni oddiy tadbirkorlardan ajratib turadigan muhim

jihatdir: foyda olish ular uchun yakuniy maqsad emas, balki ijtimoiy o‘zgarishlarga erishish

vositasidir.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

732

Zamonaviy ijtimoiy tadbirkorlikning yondashuvlarida iqtisodiy samaradorlik bilan bir

qatorda ijtimoiy adolatni ta’minlash, barcha qatlamlar uchun teng imkoniyatlar yaratish,

xizmatlar va resurslardan foydalanishda inklyuzivlik tamoyillarini qaror toptirish muhim

ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, raqamli transformatsiya bu sohada yangi ufqlarni ochib

bermoqda

masalan, sun’iy intellekt, mobil ilovalar va onlayn platformalar orqali aholining

zaif qatlamlariga sog’liqni saqlash, ta’lim va moliyaviy xizmatlar ko‘rsati

sh imkoniyatlari

kengaymoqda.

Global miqyosda ijtimoiy tadbirkorlikning roli kuchayib bormoqda. Birlashgan Millatlar

Tashkilotining 2030 yilgacha mo‘ljallangan Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDGs) doirasida
ijtimoiy tadbirkorlik ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarda kambag’allikni kamaytirish,

gender tengligini ta’minlash, ekologik barqarorlikni oshirish, sifatli ta’lim va sog’liqni saqlash

xizmatlarini rivojlantirishda muhim vosita sifatida e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, 4

-maqsad (Sifatli

ta’lim), 5

-maqsad (Gender tengligi), 8-

maqsad (Munozaratli iqtisodiy o‘sish va munosib ish

o‘rinlari) va 10

-maqsad (Tengsizlikni qisqartirish) ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatining

markazida turadi.

Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika mintaqalarida minglab ijtimoiy

startaplar va notijorat bizneslar hukumatlar bilan hamkorlikda ishlayapti. Masalan,

Hindistonda ayollarni tikuvchilik sohasida ish bilan ta’minlovchi SEWA (Self

-Employed

Women’s Association) kabi tashkilotlar millionlab ayollarga iqtisodiy musta

qillik bergan.

Ruandada esa, Zipline kompaniyasi dronlar orqali qishloqlarga tez tibbiy yordam yetkazish

bo‘yicha ilg’or model yaratdi. Bu kabi misollar ijtimoiy tadbirkorlikning iqtisodiy samaradorlik

va ijtimoiy transformatsiyani uyg’unlashtirgan samarali mexanizm ekanini ko‘rsatadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ijtimoiy tadbirkorlik

bu oddiy biznes emas, balki

jamiyatni ijobiy o‘zgartirishga qaratilgan harakatdir deb xech bir mubolag’asiz aytishimiz

mumkin. U innovatsion g’oyalar, barqaror modellar v

a insonparvar yondashuvlar orqali

jamiyat muammolarini hal qilishning ilg’or yo‘li bo‘lib, zamonaviy dunyoda ijtimoiy barqarorlik
va adolatni ta’minlashda tobora muhim o‘rin egallamoqda.

O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlik nisbatan yangi tushuncha bo‘lishi

ga qaramay, u

so‘nggi yillarda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Rivojlanayotgan

iqtisodiyot va jamiyatdagi ijtimoiy muammolar, ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj
qatlamlari

ayollar, yoshlar, nogironlar va kam ta’minl

angan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy

faolligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijtimoiy tadbirkorlik uchun real zamin yaratdi.

Ijtimoiy tadbirkorlik bugungi kunda nafaqat ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish, balki barqaror

bandlik, xizmat ko‘rsatish sifati

va mahalliy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish

vositasi sifatida ko‘rilmoqda.

Hukumat tomonidan so‘nggi yillarda amalga oshirilgan “Yoshlar –

kelajagimiz”, “Ayollar

daftari”, “Temir daftar” kabi ijtimoiy dasturlar ijtimoiy tadbirkorlikni rag’batlantirishda muhim

bosqich bo‘ldi. Ushbu dasturlar doirasida yoshlar va ayollar uchun imtiyozli kreditlar,
subsidiyalar, professional o‘qitish, yuridik yordam va marketing ko‘magi ko‘rsatildi.

2023-yil yakuniga qadar erishilgan natijalar sifatida quyidagilarni qayd etishimiz

mumkin:

-

185 mingdan ortiq yoshlar va ayollar ijtimoiy yo‘naltirilgan biznesni yo‘lga qo‘ygan. Bu

raqam O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlik tushunchasining nafaqat shakllanayotganini, balki

amaliyotda kengayib borayotganini anglatadi;

-

Har 4 nafar subsidiyalangan tadbirkordan 1 nafari ayollar yoki nogironligi bo‘lgan

fuqarolardan iborat bo‘lib, bu esa ijtimoiy adolat va inklyuzivlik tamoyillarining amalda tatbiq

etilayotganining isboti sifatida ko‘riladi;

- 2021

2023 yillar davomida davlat tomonidan taqdim etilgan imtiyozli kreditlar hajmi

2,3 trillion so‘mga yetgan bo‘lib, bu minglab yangi ish o‘rinlarini yaratdi va mahalliy

iqtisodiyotda barqaror bandlikni ta’minladi.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

733

Amaliyotda ijtimoiy tadbirkorlar jamiyat uchun zarur bo‘

lgan bir qator xizmat turlarini

taklif qilmoqda. Jumladan:

- Tikuvchilik sexlari

ayollarni ish bilan ta’minlash va milliy mahsulotlarni ishlab

chiqarish;

-

Xususiy bolalar bog’chalari —

ta’lim xizmatlarining inklyuzivligini oshirish va mehnat

qilayotgan onalarga qulaylik yaratish;

-

Reabilitatsiya markazlari va nogironlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar —

ijtimoiy muhofaza va tibbiy yordamni yanada qulay va sifatli qilish;

- Ekologik xizmatlar

chiqindilarni qayta ishlash, yashil energiya va ekolog

ik ta’lim

loyihalari orqali barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish.

Mahalla darajasida bu kabi faoliyatlar aholining o‘zini o‘zi band qilish darajasini

oshiribgina qolmay, balki jamiyatdagi ishonch va ijtimoiy birdamlik muhitini kuchaytirmoqda.

Ayniqsa, iqtisodiy faolligi past hududlarda ijtimoiy tadbirkorlik aholining daromad manbalarini

diversifikatsiya qilish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va yoshlar migratsiyasini

kamaytirish vositasi sifatida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Shu bilan birga, O

‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatini huquqiy asoslar bilan

tartibga solish bo‘yicha ham qadamlar qo‘yilmoqda. 2022

-

yilda “Ijtimoiy tadbirkorlik

to‘g’risida” qonun loyihasi ishlab chiqildi va 2023

-yilning oxirida uning ayrim normalari

eksperiment

sifatida ayrim viloyatlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu esa kelgusida ijtimoiy

tadbirkorlikni institutsional mustahkamlash imkonini beradi.

O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlik rivojining bosqichma

-bosqich kengayib

borayotganini kuzatish mumkin. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga qaratilgan

amaliy yondashuvlar, moliyaviy va tashkiliy ko‘mak mexanizmlarining takomillashuvi,

shuningdek, ijtimoiy mas’uliyatga asoslangan biznes modellarning paydo bo‘lishi bu

yo‘nalishda ijobiy siljishlarga asos bo‘lm

oqda. Endilikda ijtimoiy tadbirkorlik nafaqat

muammolarga yechim, balki innovatsion taraqqiyot va inson kapitalini rivojlantirishning
muhim omiliga aylanmoqda.

Ijtimoiy tadbirkorlik sohasi O‘zbekistonda jadal rivojlanayotgan bo‘lsa

-da, uni barqaror

va

keng ko‘lamli faoliyat shakliga aylantirish yo‘lida hali ham qator tizimli muammolar mavjud.

Bu muammolar nafaqat alohida tadbirkorlar darajasida, balki institutsional va strategik siyosat

yo‘nalishida ham yechimini kutmoqda. Ushbu sohadagi eng asosiy ucht

a muammo

quyidagilardan iborat (1-rasm).

1-

rasm. O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlanishida asosiy muammolar

O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlik hali qonunchilikda mustaqil faoliyat shakli sifatida

to‘liq tan olinmagan. Amaldagi “Tadbirkorlik faoliyati”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari”,

“Xususiy sektorni qo‘llab

-

quvvatlash” kabi huquqiy hujjatlarda ijtimoiy tadbirkorlik faqat

bilvosita tilga olinadi. Bu esa quyidagi holatlarga olib kelmoqda:

Ijtimoiy tadbirkorlar rasmiy imtiyozlarga, jumladan, soliq yengilliklari, davlat

tomonidan moliyaviy qo‘llab

-quvvatlash (grantlar, subsidiya) olish, hamda xalqaro donorlar

bilan shaffof hamkorlik qilishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda;

Huquqiy

maqomning

noaniqligi

Moliyaviy va

biznes

savodxonliknin

g pastligi

Innovatsion

texnologiyalarn

ing sust joriy

etilishi


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

734

Banklar va investorlar ijtimoiy tadbirkorlikni noaniq biznes shakli sifatida baholashi

sababli kredit ajratishda ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda;

Ijtimoiy natijalarni o‘lchash va monitoring qilish mexanizmlari mavjud emasligi bu

sohadagi faoliyatning samardorligini baholashni murakkablashtirmoqda.

Mazkur muammoni hal etish uchun institutsional darajada yechim topish zarur. Xususan,

“Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g’risida” alohida qonun loyihasi ishlab chiqish zarur. Bu qonun ijtimoiy

tadbirkorlikning aniq ta’rifini, subyektlarini, imtiyoz va majburiyatlarini belgilab, uni

institutsional maqomga ega qilishga xizmat qilishi lozim.

Ijtimoiy tadbirkorlikning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi nafaqat ijtimoiy g’oya, balki

uni moliyaviy jihatdan barqaror qilish bilan bog’liqdir. Afsuski, O‘zbekistonda ushbu sohada

ishtirok etayotg

anlar orasida biznes yuritish ko‘nikmalari hali yetarli emas. Bandlik va

kambag’allikni qisqartirish vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) ma’lumotlariga

ko‘ra 30% subsidiyalangan ijtimoiy tadbirkorlar faoliyatni davom ettira olmagan. Buning

sababi sifatida biznes-reja tuzish, moliya va soliq hisobotlari yuritish, maqsadli auditoriyani

aniqlash va bozor segmentatsiyasini tushunmaslik holatlari ko‘rsatilmoqda. Aksariyat hollarda

loyihalar grant olgandan so‘ng davomiyliksiz qolmoqda, bu esa “grantga bog’liqlik sindromi”ni

yuzaga keltiradi.

Bu muammoni bartaraf etish uchun ijtimoiy tadbirkorlik sohasidagi tashabbuskorlar

uchun maxsus o‘quv dasturlari, mentorlik tizimlari, inkubator va akselerator markazlari tashkil

etilishi zarur. Shuningdek, kasb-hunar

markazlari va oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy

tadbirkorlik fanini kiritish orqali yangi avlod tadbirkorlarining bilim salohiyati oshirilishi

mumkin.

Bugungi raqamli iqtisodiyot sharoitida har qanday tadbirkorlik, ayniqsa ijtimoiy

yo‘nalishdagi biznes raqamli texnologiyalarni faol qo‘llamasdan samarali faoliyat yuritishi

qiyin. Ammo O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlarning ko‘pchiligi hali ham an’anaviy faoliyat

shakllaridan chiqmagan. Davlat statistika qo‘mitasi (2023) ma’lumotlariga ko‘ra elektron

savd

o, onlayn xizmat ko‘rsatish, raqamli marketing va CRM tizimlaridan foydalanuvchi ijtimoiy

tadbirkorlar soni 12

–15% atrofida bo‘lib, ko‘plab ijtimoiy tadbirkorlar ijtimoiy tarmoqlar

orqali reklama, mijozlar bilan aloqalarni raqamli tarzda yuritish, to‘lov t

izimlari bilan

integratsiya qilish imkoniyatlariga ega emas. Raqamli infratuzilma va IT savodxonlik

yetishmasligi natijasida ularning xizmatlari bozor ko‘lami va raqobatbardoshligini cheklab

qo‘ymoqda.

Ushbu muammoning yechimi sifatida ijtimoiy tadbirkorlar uchun IT infratuzilmani

subsidiyalash, raqamli savodxonlik bo‘yicha treninglar tashkil etish, ularni elektron tijorat

platformalariga integratsiya qilish orqali ularning raqamli transformatsiyasini tezlashtirish

maqsadga muvofiqdir. Shuningdek

, “One Village, One Product” kabi onlayn sotuv

platformalarini ijtimoiy tadbirkorlar uchun ochish orqali ularga yangi bozorlar eshigini ochish

mumkin.

O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlik faoliyati uchun real shart

-sharoitlar yaratilayotgan

bo‘lsa

-da, uning samaradorligini oshirish uchun tizimli yondashuv talab etiladi. Huquqiy

asosning mustahkamlanishi, biznes va moliyaviy savodxonlikni oshirish, shuningdek, raqamli

transformatsiyani tezlashtirish orqali ijtimoiy tadbirkorlik mamlakatda nafaqat ijtimoiy

ten

glik, balki barqaror iqtisodiy o‘sish omiliga ham aylanishi mumkin. Chunki, O‘zbekiston

ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun salmoqli salohiyatga ega bo‘lib, bu yo‘nalishda bir

qator ijtimoiy, institutsional va xalqaro resurslardan foydalanish imko

niyati mavjud. So‘nggi

yillarda ijtimoiy tadbirkorlikni qo‘llab

-quvvatlash nafaqat davlat siyosatining ustuvor

yo‘nalishiga, balki mahalliy tashabbuskorlar va yoshlarning faolligi bilan ham

mustahkamlanmoqda.

Birinchidan, mamlakatda mavjud mahalla instituti ijtimoiy tadbirkorlikni hududiy

ehtiyojlarga mos holda shakllantirish uchun noyob infratuzilma vazifasini bajarmoqda. Mahalla

orqali ehtiyojmand aholining aniq segmentlari aniqlanib, tegishli xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

735

mahalliy tashabbuslar amalga osh

irilmoqda. Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz

onalar, ishsiz yoshlar uchun tikuvchilik sexlari, reabilitatsiya markazlari, ijtimoiy xizmat

ko‘rsatish punktlari kabi ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalar shakllantirilmoqda. Bunday

yondashuv, nafaqat mahalla darajasida bandlik va xizmatlar doirasini kengaytiradi, balki

jamiyatdagi ijtimoiy birdamlikni kuchaytiradi.

Ikkinchidan, O‘zbekiston ijtimoiy tadbirkorlik sohasida xalqaro tashkilotlar bilan faol

hamkorlik olib bormoqda. Xususan, UNDP, USAID, GIZ kabi donorlar tomonidan

moliyalashtirilayotgan grantlar orqali ko‘plab ijtimoiy startaplar shakllanmoqda. Misol

tariqasida, 2022-

yilda GIZ tomonidan moliyalashtirilgan “Imkon” nomli ijtimoiy loyiha

nogironlar uchun moslashtirilgan mehnat markazini tashkil etdi. Bugungi kunga kelib ushbu

markaz orqali 150 dan ortiq shaxs barqaror ish bilan ta’minlandi. Bu kabi tashabbuslar

O‘zbekistonda xalqaro hamkorlik asosida innovatsion ijtimoiy xizmatlar rivojlanayotganining

yaqqol dalilidir.

Uchinchidan, yoshlar saloh

iyati O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni yanada ilgari

suruvchi asosiy kuchlardan biri hisoblanadi. Yashil iqtisodiyot, ekologik toza mahsulotlar

ishlab chiqarish, raqamli platformalar va ijtimoiy xizmatlarni avtomatlashtirish kabi

yo‘nalishlarda yosh tadbirkorlar tobora faol bo‘lib bormoqda. 2023

-

yilda o‘tkazilgan “Startap

tashabbuslari” tanlovida 1 000 dan ortiq ijtimoiy yo‘naltirilgan loyiha ishtirok etgan bo‘lib, bu

yoshlarda ijtimoiy mas’uliyatli biznes yuritishga bo‘lgan qiziqish ortayotganini ko‘r

satadi.

Ularning yangi g‘oyalari innovatsion yechimlar yaratishda va mahalliy muammolarga

moslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatishda muhim o‘rin tutmoqda.

Umuman olganda, O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay

institutsional asoslar, xalqaro moliyalashtirish imkoniyatlari va yoshlar salohiyati mavjud

bo‘lib, ularni tizimli tarzda birlashtirish orqali mamlakatda barqaror va inklyuziv ijtimoiy

iqtisodiyot modelini shakllantirish mumkin. Kelgusida bu soha uchun normativ-huquqiy

asoslarni

mustahkamlash, startaplarni qo‘llab

-quvvatlash infratuzilmasini kengaytirish va

innovatsion ta’lim dasturlarini joriy etish orqali ijtimoiy tadbirkorlik O‘zbekiston

iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Xulosa va takliflar.

Ijtimoiy tadbirkorlik bugungi kunda faqat iqtisodiy daromad olishni emas, balki ijtimoiy

adolat, teng imkoniyatlar va inklyuziv rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim vosita

sifatida e’tirof etilmoqda. Bu turdagi tadbirkorlik modeli ja

miyatda mavjud muammolarni

kambag‘allik, bandlik yetishmasligi, nogironlar va ayollar uchun ish imkoniyatlarining
cheklanganligini bartaraf etishda sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, davlat tomonidan subsidiyalar,

imtiyozli

kreditlar va mahalliy dasturlar (masalan, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”) orqali ijtimoiy

tadbirkorlikka turtki berilmoqda. 2023-

yilgi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu sohaga jalb

etilganlar soni o‘nlab minglarga yetgan, natijada yangi ish o‘rin

lari yaratilgan va mahalliy aholi

daromadi oshgan. Biroq, qonunchilik asosining yetarli darajada shakllanmaganligi, moliyaviy

va biznes savodxonlikning pastligi, innovatsion texnologiyalardan foydalanishdagi sustlik bu

sohaga xos muammolar sirasiga kiradi.

Shu bois, ijtimoiy tadbirkorlikni milliy taraqqiyot strategiyasining bir bo‘lagi sifatida

ko‘rib chiqish zarur. Sohani huquqiy jihatdan mustahkamlash, soliq va moliyaviy imtiyozlarni

kengaytirish, xalqaro grantlar va texnologik inkubatorlardan foydalanish

ni rag‘batlantirish,

ayniqsa yoshlar va ayollarni o‘qitish orqali salohiyatini oshirish kabi chora

-tadbirlar eng

muhim ustuvor yo‘nalishlardir. Bu esa ijtimoiy tadbirkorlikni barqaror rivojlanishning muhim

mexanizmlaridan biriga aylantiradi.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

736

Adabiyotlar

/Литература/Reference:

Bornstein, D., & Davis, S. (2010). Social entrepreneurship: What everyone needs to know.

Oxford University Press.

Davletova, T., & Khidirov, A. (2020). Ijtimoiy tadbirkorlik: Nazariy asoslari va rivojlanish

yo‘nalishlari [Social entrepreneurship: Theoretical foundations and development directions].
Iqtisodiyot va Ta’lim Nashriyoti.

Dees, J. G. (1998). The meaning of social entrepreneurship. Kauffman Center for

Entrepreneurial Leadership.

https://entrepreneurship.duke.edu/news-item/the-meaning-of-

social-entrepreneurship

Lebedeva, N. M., & Popova, E. V. (2018). Sotsial'noe predprinimatel'stvo kak faktor

ustoichivogo razvitiia regiona [Social entrepreneurship as a factor of sustainable regional

development]. Vestnik Tomskogo Gosudarstvennogo Universiteta. Ekonomika, (43), 72

87.

Martin, R. L., & Osberg, S. (2007). Social entrepreneurship: The case for definition. Stanford

Social

Innovation

Review,

5(2),

28

39.

https://ssir.org/articles/entry/social_entrepreneurship_the_case_for_definition

Nicholls, A. (Ed.). (2006). Social entrepreneurship: New models of sustainable social change.

Oxford University Press.

Yunus, M. (2007). Creating a world without poverty: Social business and the future of

capitalism. PublicAffairs.

Библиографические ссылки

Bornstein, D., & Davis, S. (2010). Social entrepreneurship: What everyone needs to know. Oxford University Press.

Davletova, T., & Khidirov, A. (2020). Ijtimoiy tadbirkorlik: Nazariy asoslari va rivojlanish yo‘nalishlari [Social entrepreneurship: Theoretical foundations and development directions]. Iqtisodiyot va Ta’lim Nashriyoti.

Dees, J. G. (1998). The meaning of social entrepreneurship. Kauffman Center for Entrepreneurial Leadership. https://entrepreneurship.duke.edu/news-item/the-meaning-of-social-entrepreneurship

Lebedeva, N. M., & Popova, E. V. (2018). Sotsial'noe predprinimatel'stvo kak faktor ustoichivogo razvitiia regiona [Social entrepreneurship as a factor of sustainable regional development]. Vestnik Tomskogo Gosudarstvennogo Universiteta. Ekonomika, (43), 72–87.

Martin, R. L., & Osberg, S. (2007). Social entrepreneurship: The case for definition. Stanford Social Innovation Review, 5(2), 28–39. https://ssir.org/articles/entry/social_entrepreneurship_the_case_for_definition

Nicholls, A. (Ed.). (2006). Social entrepreneurship: New models of sustainable social change. Oxford University Press.

Yunus, M. (2007). Creating a world without poverty: Social business and the future of capitalism. PublicAffairs.