www.sci-p.uz
II SON. 2025
724
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING ROLI
t.f.n., dots.
Jomonqulova Fazilat
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
ORCID: 0009-0008-9057-9648
Annotatsiya.
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning zamonaviy iqtisodiyotni
rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) jadal
rivojlanishi tufayli paydo boʻlgan raqamli iqtisodiyot global iqtisodiy jarayonlarga chuqur taʼsi
r
koʻrsatmoqda. Maqolada raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlari, jumladan, elektron
tijorat, Fintex
, katta maʼlumotlar tahlili, sunʼiy intellekt va bulutli texnologiyalar koʻrib chiqiladi.
Ushbu texnologiyalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish,
innovatsiyalarni ragʻbatlantirish va bozorga kirishni osonlashtirish orqali iqtisodiy oʻsishga
sezilarli hissa qoʻshmoqda. Shu bilan birga, maqolada raqamli tengsizlik,
kiber xavfsizlik va
maʼlumotlar xavfsizligi kabi raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan muammolar
ham muhokama qilinadi. Maqola yakunida raqamli iqtisodiyotning ijobiy va salbiy tomonlarini
muvozanatlash orqali barqaror va inklyuziv iqtisodiy oʻsishga erishish yoʻllari taklif etiladi.
Kalit soʻzlar:
elek
tron tijorat, fintex, sun’iy intellekt,
kiber xavfsizlik.
РОЛЬ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В ЭКОНОМИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ
к.т.н., доц.
Жомонкулова Фазилат
Самаркандский институт экономики и сервиса
Аннотация
.
В данной статье анализируется роль цифровой экономики в развитии
современной экономики. Цифровая экономика, возникшая благодаря бурному развитию
информационно
-
коммуникационных технологий (ИКТ), оказывает глубокое влияние на
глобальные экономические процессы. В статье рассматриваются ключевые
компоненты цифровой экономики, включая электронную коммерцию, Fintech, аналитику
больших данных, искусственный интеллект и облачные технологии. Эти технологии
вносят значительный вклад в экономический рост за счет повышения
производительности, создания новых рабочих мест, стимулирования инноваций и
облегчения доступа к рынкам. При этом в статье также рассматриваются вопросы,
связанные с развитием цифровой экономики, такие как цифровое неравенство,
кибербезопасность и безопасность данных. В заключение статьи предлагаются пути
достижения устойчивого и инклюзивного экономического роста путем балансирования
положительных и отрицательных аспектов цифровой экономики.
Ключевые слова:
электронная коммерция, финтех, искусственный интеллект,
кибербезопасность.
UOʻK:
001.895
724-728
www.sci-p.uz
II SON. 2025
725
THE ROLE OF THE DIGITAL ECONOMY IN ECONOMIC DEVELOPMENT
PhD, assoc. prof.
Jomunkulova Fazilat
Samarkand Institute of Economics and Service
Abstract.
This article analyzes the role of the digital economy in the development of the
modern economy. The digital economy, which has emerged due to the rapid development of
information and communication technologies (ICT), has a profound impact on global economic
processes. The article examines key components of the digital economy, including e-commerce,
Fintech, big data analytics, artificial intelligence and cloud technologies. These technologies
significantly contribute to economic growth by increasing productivity, creating new jobs,
stimulating innovation and facilitating market access. At the same time, the article also discusses
issues related to the development of the digital economy, such as digital inequality, cyber security
and data security. The article concludes by proposing ways to achieve sustainable and inclusive
economic growth by balancing the positive and negative aspects of the digital economy.
Keywords:
e-commerce, fintech, artificial intelligence, cyber security.
Kirish.
XXI asrda dunyo iqtisodiyotining rivojlanishida raqamli texnologiyalar tobora muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli iqtisodiyot
–
bu axborot va kommunikatsiya
texnologiyalariga (AKT) asoslangan yangi iqtisodiy model bo'lib, u iqtisodiyotning barcha
sohalariga ta'sir ko'rsatadi va yangi imkoniyatlar yaratadi. Uning roli shunchalik kattaki,
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o'sish strategiyasining muhim qismi
hisoblanadi.
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va
sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida
zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot
texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha
hududlarida IT-
parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’m
inlashni
ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan.
Bundan
tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan geoportalni ishga tushirish,
jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot tizimini yaratish,
ijtimoiy sohani raqamlashtirish masalalari bugungi kun talabidir.
Adabiyotlar sharhi.
Ma’lumki, AQSH texnologik innovatsiyalarning, shu jumladan raqamli texnologiyalarni
samarali rivojlantirib kelayotgan davlatlardan biri hisoblanadi. AQSHda ilmiy-texnik
innovatsiyalar (II mashinali o‘qitish, blokcheyn, Internet
-
a’zolar va h.k.) asosan yang
i
texnologiyalar yaratish va ularni yangillab turish mamlakat iqtisodiyotini harakatlantirishda
muhim o‘rinni egallamoqda.
Google, Apple, Amazon, Facebook va Microsoft kabi katta
texnologik kompaniyalar ushbu prosessda yetakchi kompaniyalar bo‘lib kelmoqda
.
AQSHda innovatsion hamkorlik aylanishining eng zarur asoslaridan biri startap-
ekosistemasi. Xususiy va davlat tomonidan yangi startap loyihalarni moddiy tomonlama
qo‘llab
-quvvatlash natijasida raqamli texnologiyalar samarali rivojlanib, virtual dunyoda turli
buyumlar va xizmatlar ko‘rsatish evaziga 2020 yilda Google 161,9 mlrd., Apple 260,2 mlrd.,
Amazon 386 mlrd., Facebook 70,7 mlrd. va Microsoft 143 mlrd.
aylanmasiga ega bo‘lgan.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
726
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatni raqamli infratuzilma egallaydi.
AQSHda viloyatlar bo‘yicha qulay internet tizimlari, mobil tizimlar va bulutli xizmatlar
infratuzilmasi yaxshi rivojlangan. Shuning uchun tadbirkorlik va biznes sohasi AQSHning
barcha hududlarida teng rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Rossiyalik olim Dalning (2022)
lugʼatida xizmat tushunchasi quyidagicha talqin etilgan:
Xizmat koʼrsatish, yordam, imtiyoz, koʼmak, koʼnglini topmoq, istagini bajo keltirmoq . Biroq
ushbu lugʼatlarda keltirilgan talqinlarda “xizmat” tushunchasining mohiyati toʼliq
ifodalanmagan.
Rossiyalik olim Ojegov (1985)
tahriri ostida chop etilgan rus tili gramatik lugʼatida
“xizmatlar” bu “naf, foyda keltiradigan harakat, boshqalarga yordam deb hisoblanadi” degan
fikr ilgari surilgan .
Аmerikalik iqtisodchi
Kotler (1992)
oʼzining “Marketing asoslari” nomli kitobida
“xizmatlar –
bu obʼektni sotish jarayonida oʼz manfaatini qondirish, muayyan bir naf olish
uchun qilingan harakt” degan holda, oʼzining fikrini davom ettirib, “ishlab chiqarishda xizmatlar
moddiy koʼrinishdagi tovarlar blan bogʼliq boʼlishi yoki boʼlmasligi mumkin” , deb hisoblagan.
Shiray (2003)
“Xizmat –
alohida olingan inson yoki bir butun jamiyatni qandaydir
ehtiyojini qondiruvchi, natijalari samarali foydada gavdalanuvchi, maqsadli mehnatning
faoliyatidir” .
Mashhur marketolog-nazariyotchi Levitt: (2016)
“Har qanday soha, xoh u katta boʼlsin,
xoh kichik boʼlsin, oʼzida xizmatlarni nomoyon etadi”,
- deydi. Levittning (2016) fikrini davom
ettirgan holda Kotler (2006)
uni quyidagicha izohlaydi: “Аslida tovar xaridori hisoblanmish
mijoz unga taklif etilgan tovar koʼrinishidagi xizmatni xarid etadi... Pirovard natijada hammasi
xizmat koʼrsatishga borib taqaladi” ,
- deb izoh berdi. Nikolaychukning (2005)
taʼkidlashicha
:
“Hamma sohada xizmatlar yaratiladi, ammo hamma sohada ham moddiy tovarlar yaratilmaydi
(bank, transport, konsalting va boshqalar)” .
Shakirov va Kiselyovlar (2013)
ta’kidlaganidek, “mijozlarning ehtiyojlarini qondirish
uchun xizmat ko‘rsatish zanjirining asosiy bo‘g‘inlari telekommunikatsiya xizmatlarini ishlab
chiqaruvchi, sotuvchi va xizmatni mavjud bo‘lgan davrda qo‘llab
-quvvatlaydigan xizmat
ko‘rsatuvchi tashkilotdir”
.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur tadqiqot ishida bilish nazariyasining mantiqiy yondashuv, induktsiya va
deduktsiya, qiyosiy va omilli taxlil, zamon va makon, taqqoslash, monografik koʼzatish kabi
usullardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Raqamli iqtisodiyot
–
bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli
texnologiyalarni qo‘llash asosida amalga oshirish tizimidir. Ba’zida u internet iqtisodiyoti, yangi
iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. 1995 yilda amerikalik
dasturchi Nikolas Negroponte “raqamli iqtisodiyot” terminini amaliyotga kiritdi.
Iqtisodiy va texnologik taraqqiyotning yangi bosqichi sifatida namoyon bo’layotgan
raqamli inqilob insoniyat hayotini shiddat bilan o’zgartirib,keng imkoniyatlar yaratish bilan
birga, xalqaro raqobat maydonining yanada keskinlashuv davrini boshlab berdi.
Mamlakatimizda ma’muriy tartibotlardan o‘tishni soddalashtirish, aholi turmushi sifatini
oshirish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan elektron hukumatni,
sh
u jumladan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish
va rivojlantirish
borasida izchil choralar ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, raqamlashtirishni ta’minlashga va
raqamli iqtisodiyotga o‘tishga to‘sqinlik qilayotgan qator hal qilinmagan muammo va
kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.
Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va
xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi
www.sci-p.uz
II SON. 2025
727
axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi
ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib
berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha,
raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet
savdo va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan
bog'langan faoliyatdir.
Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va
iqtisodiyotda ro‘y bergan jiddiy o‘zgarishlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy
texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy
muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni
qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga
imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot
paydo bo‘ldi. «Raqamlashtirish» so‘zi aslida yangi atama bo‘lib, innovatsion boshqaruv va ish
yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o‘laroq esa inter
net
buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo‘lgan barcha tizimlarda axborot
texnologiyalarini qo‘llashni ko‘zda tutadi. Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh
manba
–
trankzaksion sektorning o‘sishidir.
Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich YaIMning 70 foizdan ortiq miqdorni tashkil
etib, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion xizmat ko‘rsatish, moliya, ulgurji va chakana
savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini (kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) birlashtiradi.
Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo‘lsa, mamlakat ichida va
tashqarisida noyob axborotlar aylanmasi shunchalik ko‘p, milliy iqtisodiyotlar ichida axborot
trafigi esa shu qadar salmoqli bo‘ladi. Shu bois ishtirokchilar soni ko‘p va IT xizmatlar keng
tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot jadal sur'atlarda rivojlanadi. Shubhasiz, raqamli
iqtisodiyotning samaradorligiga nafaqat axborot texnologiyalarining qamrovi va
infratuzilmaning mavjudligi, balki ishbilarmonlik muhiti, inson kapitali va muvaffaqiyatli
boshqaruv instrumentlari kabi standart iqtisodiy mezonlar ham ta'sir ko‘rsatadi. Binobarin,
iqtisodiy taraqqiyot aynan ularga tayanadi, bu esa ushbu mezonlarning raqamli iqtisodiyot
rivojlanishida avvalgiday muhim o‘rin tutishini bildiradi. Raqamli iqtisodiyot ko‘z o‘ngimizda
yaralmoqda hozir butun dunyo bo‘ylab yangi servislar va biznes modellarni yaratish uchun IT
instrumentlardan foydalanadigan eski va yangi kompaniyalar aksariyat sohalarda yetakchi
bo‘lgan kompaniyalarga kuchli raqobat tug‘dirmoqda. Prognozlarga ko‘ra, yaqin yillarda
makroiqtisodiyot «lean production», addiktiv, nano va biotexnologiya mezonlariga
tayanadigan ishlab chiqaruvchilarga qattiq bog‘liq bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan
oqilona boshq
aruv uchun zarur hisoblangan axborot ko‘lami ham ortib boradi, ishlab chiqarish
va fuqarolarmuloqoti, biznes va davlat organlarini boshqarish tuzilmasi esa jiddiy
o‘zgarishlarni boshdan kechiradi.
Xulosa va takliflar.
Tadqiqot natijalaridan ko‘rinib turibdiki, Respublikamiz iqtisodiyotini samarali
rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish muhim va ustuvor ahamiyatga
ega.
Ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot yo‘liga bosqichma
-bosqich chiqish uchun asosiy shart va
omillar sifatida ko‘rsatilmoqda:
-
axborotlashtirish va davlat boshqaruvi organlari hamda munitsipal xizmatlarni
integratsiyalash hisobiga elektron hukumat va raqamli shahar konsepsiyalarini tatbiq etish;
- yangi texnologik avloddagi mahsulotlarni yalpi ishlab chiqarish (pilotsiz avtomobillar va
boshqalar singari);
-
o‘ziga xos bezak va qurilish materiallari yordamida «aqlli» va ekologik uylarni barpo
etishga oid g‘oyalarni amalga oshirish;
-
autsorsing, o‘zini band etish va boshqalar orqali bandlikning muqobil shakllarini keng
targ‘ib qilish;
www.sci-p.uz
II SON. 2025
728
- muayyan vazifalarni bajarish uchun ishchi-frilanserlarni izlashga xizmat qiladigan
professional tarmoqlarni yaratish.
Yuqoridagilar barchasi biznesga ishlab chiqarish va boshqaruvda tovar va elektron
xizmatlar integratsiyalanadigan zamonaviy platformalar yordamida xarajatlarni qisqartirishga
imkoniyat beradi. Birinchi galda bu masala xizmatlar buyurtmasi integratsiyasi, resurslardan
birgalikda foydalanish, kontragentlarni tanlash, elektron savdoni yuritish, to‘lovlar va
boshqalarga tegishlidir.
Texnologik raqamli muhit
–
bu yuridik va jismoniy shaxslar hamkorlikdagi faoliyat uchun
butunlay yangi muloqotni yo‘lga qo‘yadigan «akvarium» hisoblanadi. Axborot texnologiyalari
korxonalarga butunlay yangi, yanada jadal ish sur'atlarini o‘zlashtirish hamd
a xizmat va
mahsulotlar shaklini xilma- xillashtirishga imkoniyat yaratadi.
Bundan tashqari, tadqiqotchilar qisqa saqlanadigan mahsulotlarning bozorga chiqarilishi
haqida ham gapirishmoqda. Iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, ayni vaqtda bu kabi o‘zgarishlar
natijasida qo‘shimcha qiymatni chiqarib olish amaliyotiga asoslangan iqtisod
iyot hamkorlik va
manfaatlarni baham ko‘rish («sharing
-economy») iqtisodiyotiga almashmoqda. Bu esa
bozordagi raqobat o‘z o‘rnini o‘zaro manfaatli kooperatsiyaga va hamkorlikka faol bo‘shatishi,
shu bilan birga, vertikal muloqotdan o‘zaro teng munosabatlar
va bir-
birini to‘ldiruvchi
xizmatlarga o‘tishiga umid uyg‘otadi. Taxminlarga ko‘ra, bu servislar sonining ortishi va
xizmatlarga doir elektron savdo hajmining o‘sishida o‘z aksini topadi.
Adabiyotlar
/Литература/Reference:
Jamankulova, E. F., Ismailova, Z. A., & Nizomov, M. Q. (2021). The Notion Of Information And
Its Significance In The State Economy.
Экономика
и
социум
, (8 (87)), 26-29.
Jamankulova, E. F., Ismailova, Z. A., & Nizomov, M. Q. (2021). The Notion Of Information And
Its Significance In The State Economy.
Экономика
и
социум
, (8 (87)), 26-29.
Jamankulova, F., & Ergasheva, L. F. (2024). Information analytics and systems to increase
decision making. International journal of trends in business administration, 14(1).
Jamankulova, F., Fazliddin, S., & Tolmasjon, Q. (2024). Basic principles of artificial
intelligence. International Journal of Engineering Mathematics (Online), 6(1).
K
иселев
С
.
В
.,
Шакиров
М
.
М
.
(2013) “Содержание, характеристика и классификация
телекоммуникационных услуг как объекта исследования” [Текст]: Казанский
национальный исследовательский технологический университет, статья в журнале
-
научная статья Год: Страницы: 311
-316.
Даль В.И. (1882) Толковыий словарь великорусского языка. 2
-
е изд. –М., Т. IV. С.512.
Котлер Ф. (1992) Основы маркетинга. М. Прогресс.
-
734с.
Котлер Ф. (2006) Маркетинг
-
менежмент // Экспресс
-
курс. 2
-
е изд. С.301.
Николайчук В.Е. (2005) Маркетинг и менеджмент услуг // Деловой сервис. Спб.:
Питер, С.608
.
Ожегов С.И. и. Др. (1991) Граматический словарь русского языка. –М.: Русский язык. –
432стр.
Теодор Левитт. (2016) Глобализация рынков. Маркетинг для практиков. Дата
обращения: 28 декабря 2015. Архивировано 21 января.
Ширай В.И. (2003) Мировая экономика и международные отношения: Учебное
пособие. –М.: Дашков И. К. С.226.
