www.sci-p.uz
II SON. 2025
718
O
‘
ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA TA
’
MINOT ZANJIRINING TA
’
SIRI VA AHAMIYATI
i.f.n., dots.
Ismoilova Gulnora
Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
ORCID: 0000-0002-0740-3510
Pardaboyeva Xusnora
Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
ORCID: 0009-0002-8553-621X
Annotatsiya
.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston iqtisodiyotida taʼminot zanjirining taʼsiri va
ahamiyati tahlil qilingan. Xususan,
logistika tizimining milliy iqtisodiyotdagi oʻrni, uning
rivojlanish tendensiyalari hamda mavjud muammolar va ularning yechimlari koʻrib chiqilgan.
Taʼminot zanjiri infrastrukturasining zamonaviy holati, davlat tomonidan qoʻllab
-quvvatlash
choralari va xal
qaro logistika tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar berilgan. Tadqiqot
natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda taʼminot zanjiri samaradorligini oshirish uchun raqamli
texnologiyalardan foydalanish, transport infratuzilmasini takomillashtirish va mintaqaviy
hamkorlikni kengaytirish zarur.
Kalit soʻzlar:
taʼminot zanjiri, logistika, transport, iqtisodiy samaradorlik, raqamlashtirish,
eksport, import.
ВЛИЯНИЕ И ЗНАЧЕНИЕ ЦЕПОЧКИ ПОСТАВОК В ЭКОНОМИКЕ УЗБЕКИСТАНА
к.э.н
.,
доц
.
Исмоилова Гульнора
Ташкентский университет информационных технологий имени Аль
-
Хоразмий
Пардабоева Хуснора
Ташкентский университет информационных технологий имени
Аль
-
Хоразмий
Аннотация.
В данной статье анализируется влияние и значение цепочки поставок
в экономике Узбекистана. В частности, рассматривается роль логистической системы
в национальной экономике, тенденции ее развития, а также существующие проблемы и
их решения. Дается оценка современного состояния инфраструктуры цепочки поставок,
мер государственной поддержки и рекомендации по развитию международных
логистических сетей. По результатам исследования, для повышения эффективности
цепочки поставок в Узбекистане необходимо использование цифровых технологий,
совершенствование транспортной инфраструктуры и расширение регионального
сотрудничества.
Ключевые слова:
цепочка поставок, логистика, транспорт, экономическая
эффективность, цифровизация, экспорт, импорт
.
UOʻK:
351.712.2
718-723
www.sci-p.uz
II SON. 2025
719
IMPACT AND SIGNIFICANCE OF SUPPLY CHAIN IN THE ECONOMY OF UZBEKISTAN
PhD, assoc. prof.
Ismoilova Gulnora
Tashkent University of Information
Technologies named after Al-Khwarizmi
Pardaboyeva Khusnora
Tashkent University of Information
Technologies named after Al-Khwarizmi
Abstract.
This article analyzes the impact and significance of the supply chain in the
economy of Uzbekistan. In particular, it examines the role of the logistics system in the national
economy, its development trends, as well as existing problems and their solutions. An assessment
of the current state of the supply chain infrastructure, government support measures, and
recommendations for the development of international logistics networks are provided. According
to the research results, to increase the efficiency of the supply chain in Uzbekistan, it is necessary
to use digital technologies, improve transport infrastructure, and expand regional cooperation.
Keywords:
supply chain, logistics, transport, economic efficiency, digitalization, export,
import.
Kirish.
Ta'minot zanjiri zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismi bo'lib, mahsulot ishlab
chiqaruvchidan to iste'molchigacha bo'lgan harakatini ta'minlaydigan tizimni o'z ichiga oladi.
O'zbekistonning geografik joylashuvi
—
Markaziy Osiyoning markazida, dengizga chiqish
imkoniyatiga ega bo'lmagan davlat sifatida
—
ta'minot zanjiri va logistika tizimining samarali
ishlashini yanada muhim qiladi. So'nggi yillarda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar doirasida logistika va ta'minot zanjirini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda, global raqobat va tez o'zgaruvchan iqtisodiy sharoitlarda, ta'minot
zanjirining samaradorligi milliy iqtisodiyot va biznes sub'ektlari raqobatbardoshligining
muhim omili hisoblanadi. O'zbekiston iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, eksport salohiyatini
oshirish va investitsion jozibadorlikni kuchaytirish uchun zamonaviy logistika tizimlarini joriy
etish zaruriyati ortib bormoqda.
Ushbu maqola O'zbekiston iqtisodiyotida ta'minot zanjirining o'rni va ahamiyatini tahlil
qilishga, sohada mavjud muammolarni aniqlashga va ularni hal qilish yo'llarini taklif qilishga
qaratilgan. Xususan, logistika tizimining rivojlanish tendensiyalari, transport infratuzilmasi
holati, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash choralari hamda raqamli texnologiyalarni joriy
etish imkoniyatlari batafsil o'rganiladi.
Adabiyotlar sharhi.
Ta'minot zanjiri va logistika sohasidagi tadqiqotlar ko'plab olimlar tomonidan o'rganilgan
bo'lib, ular orasida O'zbekistonlik mutaxassislarning ham ishlari mavjud. Bakhtiyar
Makhkamov va Gulnora Ismoilovaning "Peculiarities of geo-economic formation of e-commerce
infrastructure" (2022) maqolasida elektron tijorat infratuzilmasining geo-iqtisodiy
shakllanishi, shahar tuzilmalarining bozor infratuzilmasini takomillashtirish yo'nalishlari va bu
jarayonning mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta'siri tahlil qilingan
“Ta’minot zanjirida boshqaruvni tashkil etish “
Dinara Ishmanova, Alimardon Zoirov,
Ahmadxon Jalolov (2024), ta'minot zanjiri ko'plab sanoat tarmoqlarining asosini tashkil etadi,
bu esa tovarlar va xizmatlarning xom ashyo etkazib beruvchilardan yakuniy iste'molchilarga
uzluksiz oqib borishini ta'minlaydi. Ta'minot zanjirida samarali boshqaruv operatsion
samaradorlikka erishish, xarajatlarni kamaytirish va mijozlar ehtiyojini qondirish uchun juda
muhimdir. Ushbu maqola ta'minot zanjirida boshqaruvni tashkil etishning asosiy tamoyillari va
strategiyalarini o'rganadi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
720
Xorijiy tadqiqotchilardan Christopherning (2022) "Logistics and Supply Chain
Management" asarida ta'minot zanjiri boshqaruvining zamonaviy konsepsiyalari,
globallashtirish sharoitida logistikaning o'zgarishi va barqaror rivojlanish tamoyillari batafsil
yoritilgan. Muallif logistik jarayonlarni optimallashtirishning innovatsion usullarini taklif etadi.
“Ta'minot zanjirini tushunish: Samarali biznes yuritishning asosiy omil” Iskandar
Makhmudov. Ushbu maqola samarali ta’minot zanjiri kompaniyalarga xarajatlarni
optimallashtirish, mahsulot sifatini ta’minlash, yetkazib berish muddatlarini qisqartirish va
mi
jozlar talablariga tezkor javob qaytarish imkonini beradi. Shu bilan birga, ta’minot
zanjirining uzilishi yoki buzilishi jiddiy moliyaviy yo’qotishlarga va kompaniya obro’si
tushishiga olib kelishi mumkinligi haqida
Ushbu adabiyotlar sharhi O'zbekistonda ta'minot zanjiri va logistika sohasidagi
tadqiqotlarning asosiy yo'nalishlari va mavjud bilimlar bazasini aniqlashga imkon beradi.
Mazkur tadqiqotlar milliy iqtisodiyotda logistika tizimining rolini, uning rivojlanish
tendensiyalarini va samaradorligini oshirish yo'llarini tushunishga yordam beradi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqotda O'zbekiston iqtisodiyotida ta'minot zanjirining ta'siri va ahamiyatini
o'rganish uchun kompleks yondashuv qo'llanilgan. Tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan
foydalanilgan:
Tizimli tahlil metodi
- O'zbekistonda ta'minot zanjiri va logistika tizimining tuzilishi,
uning elementlari va ular o'rtasidagi o'zaro aloqalarni aniqlash uchun qo'llanilgan.
Statistik tahlil metodi
- O'zbekistonda transport va logistika sohasining rivojlanish
dinamikasini, asosiy ko'rsatkichlarini tahlil qilish hamda tendensiyalarni aniqlash uchun
foydalanilgan. Ushbu metod orqali yuk tashish hajmi, transport turlari bo'yicha tashish
ko'rsatkichlari, logistika xarajatlari va boshqa muhim statistik ma'lumotlar o'rganilgan.
Tadqiqot uchun ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi, Markaziy Osiyo mintaqaviy
iqtisodiy hamkorlik dasturi (CAREC) va boshqa rasmiy manbalardan olindi. Shuningdek, ilmiy
maqolalar, tadqiqot ishlari va hisobotlardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O'zbekiston Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan davlat bo'lib, strategik muhim
geografik o'ringa ega. Biroq, dengizga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkoniyatining yo'qligi
transport va logistika tizimini rivojlantirishda qo'shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
So'nggi yillarda O'zbekistonda logistika va ta'minot zanjiri sohasida sezilarli o'zgarishlar
kuzatilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilda
mamlakatda yuk tashish hajmi 1,5 milliard tonnani tashkil etdi, bu 2020-yilga nisbatan 12% ga
ko'pdir. Bu mamalaktimizda yuk tashish hajmi sezilarli darajada ko’taril
ganligidan dalolat
beradi. Yuk aylanmasi esa 79,2 milliard tonna/km ni tashkil etdi. Transport turlari bo'yicha
yuk tashish tarkibida avtomobil transporti 85%, temir yo'l transporti 12%, havo transporti
0,5%, quvur transporti 2,5% ni tashkil etadi. Ushbu
ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki hozirgda
to’g’ri yo’lga qo’yilgan ta;minot zanjiri boshqaruvi, nafaqat elektron tijoratda balki
mamalakatimiz iqtisodiyotida ham muhim o’rin egallab kelmoqda.
Mamlakatda logistika infratuzilmasi rivojlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda O'zbekistonda
20 dan ortiq zamonaviy logistika markazlari faoliyat ko'rsatmoqda. Aksariyat logistika
markazlari Toshkent viloyati, Samarqand va Buxoro shaharlarida joylashgan. Bu markazlar yuk
tashish, saqlash, qayta ishlash va taqsimlash xizmatlarini ko'rsatadi. Bundan tashqari ushbu
markazlar chegara orti hududlarga ham yetkazib berish imkoniyatiga ega va bunday fullfilment
markazlar soni kundan kunga ortmoqda.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
721
1-rasm. O'zbekistonda transport turlari bo'yicha yuk tashish tarkibi (2023-yil)
Manba:
O’zbekiston Resoublikasi milliy statistika qo’mitasi (STAT ) 2023
.
Dunyo banki tomonidan chop etiladigan Logistika samaradorligi indeksi (LPI) bo'yicha
O'zbekiston 2023-yilda 167 mamlakat orasida 118-o'rinni egalladi. Bu ko'rsatkich 2018-yilga
nisbatan 20 pozitsiyaga yaxshilangan bo'lsa-da, hali ham mintaqadagi boshqa davlatlarga
nisbatan past hisoblanadi.
Sababi O'zbekistonda ta'minot zanjiri samaradorligiga ta'sir qiluvchi bir qancha asosiy
muammolar quyidagilardir:
Transport infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi -
Temir yo'l va
avtomobil yo'llarining texnik holati, logistika markazlari bilan bog'langan transport yo'llari
sifatining pastligi.
Tartibga solish va ma'muriy to'siqlar
- Bojxona protseduralarining murakkabligi,
hujjatlashtirish va tekshiruvlar soni ko'pligi, turli nazorat organlariga hisobot berish zaruriyati.
Raqamlashtirish darajasining pastligi
- Ta'minot zanjirida zamonaviy raqamli
texnologiyalar (blokchein, sun'iy intellekt, bulutli hisoblash) dan foydalanish darajasining
pastligi.
Kadrlar tayyorlash masalalari
- Logistika va ta'minot zanjiri boshqaruvi sohasida
malakali mutaxassislarning yetishmasligi.
2-rasm. Logistika xarajatlarining YIMdagi ulushi bo'yicha mamlakatlar qiyosi
(2023-yil)
85%
12%
2,5%0,5%
Transport
Avtomobil
transporti
Temir yo'l
transporti
quvur transporti
havo transporti
www.sci-p.uz
II SON. 2025
722
Ta'minot zanjiri va logistika tizimining samaradorligi O'zbekiston iqtisodiyotiga bevosita
ta'sir ko'rsatadi. Xalqaro tadqiqotlarga ko'ra, logistika xarajatlari O'zbekistonda YIMning 20-
22% ni tashkil etadi, bu ko'rsatkich rivojlangan davlatlardagi o'rtacha 8-10% ga nisbatan ancha
yuqori hisoblanadi.
Yuqori logistika xarajatlari O'zbekiston mahsulotlarining raqobatbardoshligiga salbiy
ta'sir ko'rsatadi, eksport imkoniyatlarini kamaytiradi va ichki bozorda narxlarning oshishiga
olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, transport va logistika xarajatlarining 10% ga
qisqarishi eksport hajmini 8-9% ga oshirish imkonini beradi.
Ta'minot zanjiri samaradorligi quyidagi yo'nalishlarda O'zbekiston iqtisodiyotiga ijobiy
ta'sir ko'rsatadi.
Eksport salohiyatini oshirish
- Samarali logistika tizimi eksport qilinayotgan
mahsulotlarning narxini kamaytiradi va xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
- Just-in-time va boshqa zamonaviy ta'minot
usullarini joriy etish orqali, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mahsulot sifatini
oshirish mumkin.
Tashqi savdo hajmini kengaytirish
- Samarali ta'minot zanjiri tashqi savdo
operatsiyalari xarajatlarini kamaytirib, savdo hajmini oshiradi.
Investitsion jozibadorlikni oshirish
- Rivojlangan logistika tizimiga ega hududlar
investorlar uchun jozibadorroq bo'ladi.
Yangi ish o'rinlarini yaratish
- Logistika markazlari,
transport kompaniyalari va yordamchi xizmatlar sohasida yangi ish o'rinlari yaratiladi.
O'zbekistonda logistika sohasining rivojlanishida so'nggi yillarda amalga oshirilgan
islohotlar muhim rol o'ynadi. 2019-2023 yillarda logistika va transport sohasiga 4,5 milliard
dollardan ortiq investitsiyalar kiritildi. Bu mablag'lar asosan temir yo'l va avtomobil yo'llarini
modernizatsiya qilish, logistika markazlarini qurish va transport korxonalarini texnik jihatdan
yangilashga yo'naltirildi. Bundan tashqri hozirgi kunda Afg’oniston orqali Eronga olib
chiquvchi temir yo’l qurilishi olib borilmoqda.
Texnika davrida Yashar ekanmiz,
O'zbekistonda ta'minot zanjiri samaradorligini
oshirish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi
kunda rivojlangan davlatlarda logistika jarayonlarini raqamlashtirish tez sur'atlarda amalga
oshirilmoqda. Bu tendensiya O'zbekiston uchun ham dolzarb hisoblanad. Tadqiqotlar
natijalariga ko'ra, O'zbekistonda logistika kompaniyalarining atigi 30% dan kam qismi logistika
jarayonlarini boshqarishda raqamli texnologiyalardan foydalanadi. Bu ko'rsatkich rivojlangan
davlatlarda 70-80% ni tashkil etadi.
O'zbekistonda ta'minot zanjirini raqamlashtirish quyidagi yo'nalishlarda amalga
oshirilmoqda:
-
Elektron hujjat almashinuvi tizimlarini joriy etish
- Bojxona, transport va savdo
operatsiyalarini elektron hujjatlar orqali amalga oshirish. "Yagona oyna" tizimini rivojlantirish.
-
Transport va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish
- Omborlar, transport
vositalari va yuk oqimlarini avtomatik boshqarish tizimlarini joriy etish.
-
Ma'lumotlar tahlili va monitoring tizimlarini rivojlantirish
- Logistika jarayonlarini
real vaqt rejimida kuzatish va nazorat qilish, analitika asosida qaror qabul qilish.
-
Bulutli texnologiyalardan foydalanish
- Logistika kompaniyalari o'rtasida ma'lumot
almashinuvini yaxshilash, xarajatlarni kamaytirish va tizim integratsiyasini ta'minlash.
O'zbekiston hukumati tomonidan 2022-2026 yillarda O'zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida logistika va
ta'minot zanjirini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Ushbu strategiya doirasida
transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, logistika markazlarini rivojlantirish va
raqamli texnologiyalarni joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar belgilangan.
Xulosa va takliflar.
O'zbekiston iqtisodiyotida ta'minot zanjirining ta'siri va ahamiyati juda katta bo'lib,
samarali logistika tizimi milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va barqaror rivojlanishining
muhim sharti hisoblanadi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, O'zbekistonda ta'minot zanjiri sohasida
www.sci-p.uz
II SON. 2025
723
sezilarli ijobiy o'zgarishlar kuzatilmoqda, biroq sohani rivojlantirish uchun hali ko'p ishlar
qilinishi lozim.
O'zbekistonda logistika xarajatlarining YIMdagi ulushi rivojlangan davlatlarga nisbatan
yuqori bo'lib qolmoqda, bu esa mahsulotlar raqobatbardoshligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Transport infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi, ma'muriy to'siqlar va
raqamlashtirish darajasining pastligi ta'minot zanjiri samaradorligini pasaytiruvchi asosiy
omillar hisoblanadi.
Ta'minot zanjiri samaradorligini oshirish uchun raqamli texnologiyalarni keng joriy etish,
logistika markazlari tarmog'ini kengaytirish, transport infratuzilmasini takomillashtirish va
mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish zarur. Bunday chora-tadbirlar eksport salohiyatini
oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini ko'tarish va investitsion jozibadorlikni kuchaytirish
orqali O'zbekiston iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Yuqorida keltirilgan tahlillar va tavsiyalar O'zbekistonda ta'minot zanjiri va logistika
tizimini rivojlantirish bo'yicha strategik qarorlar qabul qilish uchun asos bo'lib xizmat qilishi
mumkin.
Adabiyotlar
/Литература/Reference:
"Logistika samaradorligi indeksi" haqida Jahon banki (LPI) hisoboti (2023).
Ablazov, L., Xurramov, R., & Xoliyarov, F. (2024). BULUTLI HISOBLASH XIZMATLARINING
BUGUNGI HOLATI: AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI. Raqamli Iqtisodiyot Va Axborot
Texnologiyalari,
4(1),
65
–
71.
Retrieved
from
https://dgeconomy.tsue.uz/index.php/dgeco/article/view/138
Christopher M. (2022) "Logistics and Supply Chain Management".
Ishmanova , D., Zoirov , A., & Jalolov , A. (2024).
TA’MINOT ZANJIRIDA BOSHQARUVNI
TASHKIL ETISH. Raqamli Iqtisodiyot Va Axborot Texnologiyalari, 4(4), 92
–
99. Retrieved from
https://dgeconomy.tsue.uz/index.php/dgeco/article/view/282
Makhkamov B., Ismoilova G.F. (2022)
Elektron tijorat infratuzilmasi va uning geoiqtisodiy
ahamiyati. innovations in Technology and Science Education, 2 (10), 974
Farmon (2022) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarda O'zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi
to'g'risida"gi Farmoni.
