www.sci-p.uz
II SON. 2025
815
SURXONDARYO VILOYATIDA TURISTIK-
RЕKRЕATSION KLASTЕRLARNI
SHAKLLANTIRISHGA XIZMAT QILUVCHI OMILLAR SWOT TAHLILI
Shodmonova Saltanat
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
ORCID:
0009-0001-5836-6502
Annotatsiya.
Mazkur maqolada turizmni rivojlantirish va turistik-rekreatsion
obyektlardan samarali foydalanish va Surxondaryo viloyatida turistik-rekreatsion klasterlarni
shakllantirishga xizmat qiluvchi omillar SWOT
tahlili haqida ma’l
umot beriladi.
Kalit so‘zlar:
r
ekreatsion turizm, “health and fitness tour” yoki “resort tour”, sarguzasht,
sport va ekstremal turizm, speleoturizm, ekzotik turizm, ekoturizm, SWOT tahlil.
SWOT-
АНАЛИЗ ФАКТОРОВ, СПОСОБСТВУЮЩИХ ФОРМИРОВАНИЮ ТУРИСТСКО
-
РЕКРЕАЦИОННЫХ КЛАСТЕРОВ В СУРХАНДАРЬИНСКОМ ОБЛАСТИ
Шодмонова Салтанат
Термезский университет экономики и сервиса
Аннотация.
В данной статье представлена информация по SWOT
-
анализу
факторов, способствующих развитию туризма и эффективному использованию
туристско
-
рекреационных объектов и формированию туристско
-
рекреационных
кластеров
в Сурхандарьинской области.
Ключевые слова:
рекреационный туризм, «оздоровительный тур» или «курортный
тур», приключенческий, спортивно
-
экстремальный туризм, спелеотуризм, экзотический
туризм, экотуризм, SWOT
-
анализ.
SWOT ANALYSIS OF FACTORS CONTRIBUTING TO THE FORMATION OF TOURIST
AND RECREATIONAL CLUSTERS IN SURKHANDARYA REGION
Shodmonova Saltanat
Termez University of Economics and Service
Abstract.
This article provides information on the SWOT analysis of factors contributing to
the development of tourism and the effective use of tourist and recreational facilities and the
formation of tourist and recreational clusters in the Surkhandarya region.
Keywords:
recreational tourism, "health and fitness tour" or "resort tour", adventure, sports
and extreme tourism, speleotourism, exotic tourism, ecotourism, SWOT analysis.
UOʻK:
379.85
815-820
www.sci-p.uz
II SON. 2025
816
Kirish.
Hozirgi kunda turizm sohasida klaster usuli jahon tajribasida samarali modellardan biri
sifatida keng qo‘llanilmoqda. Turizm sohasidagi klaster rivojlanishi
rekreatsion faoliyat bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir qator davlatlarda ushbu yondashuv muvaffaqiyatli qo‘llanilgan.
Klaster konsepsiyasining yangiligi va ahamiyati turizm sohasida tashkilotchilik va ilmiy
tadqiqotlarning ko‘paytirilishini talab qilad
i.
Turistik klasterlar iqtisodiy jarayonlarda qo‘shimcha qiymat zanjiri sifatida faoliyat
yuritadi. Ya’ni, hududdagi turizmga bog‘liq bizneslar o‘zaro hamkorlik qilish orqali umumiy
iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Bu jarayonda mehmonxonalar, restoranlar, transport
kompaniyalari, ekskursiya tashkilotlari va savdo markazlari birgalikda ish yuritib, bir-biriga
qo‘shimcha qiymat yaratish orqali turistik sohaning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
Shu tariqa, turistik klasterlar nafaqat ma’lum bir hududd
agi infratuzilmani rivojlantirish,
balki mamlakat iqtisodiyotiga ham katta hissa qo‘shadi. Ular turistik xizmatlarning sifatini
oshirish, raqobatbardoshlikni kuchaytirish va mahalliy iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim
rol o‘ynaydi.
Adabiyotlar sharhi.
Tadqiqotimiz davomida bir qator taniqli xorijiy olim va tadqiqotchilar tomonidan
rekreatsiya va turizm sohasiga oid nazariy-
uslubiy masalalar o‘rganildi.
Yevropalik
olimlardan Piter Kellerning fikricha, turistik klasterlar
–
bu muayyan turistik
yo‘nalishdagi turli kompaniyalar va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi bo‘lib, ular
birgalikda turistik mahsulotlarni yaratish va rivojlantirishga qaratilgan
1
.
Gans Xrummen turistik klasterni muayyan hududdagi turizm bilan bog‘liq bo‘
lgan
korxonalar va tashkilotlarning tarmog‘i sifatida ta’riflaydi, bu tarmoq o‘zaro hamkorlik
va raqobat orqali innovatsiya va samaradorlikni oshirishga qaratilgani haqida
ta’kidlaydi
2
.
MDH davlatlarining olimlari Bublik, Gubaryovalar
(2018)
“turistik
-re
kreatsion resurs”lar
atamasiga “bu ma’lum bir obyekt (hudud) bilan bog‘liq tabiiy va texnogen jismlar va hodisalar,
shuningdek turistik mahsulotni shakllantirish va tegishli sayohatlar, ekskursiyalar, dasturlarni
amalga oshirish uchun mos sharoitlar, imkon
iyatlar va vositalar to‘plami” deya ta’rif beradi.
V.S.Krutov esa “turistik
-rekreatsion resurslarni geografik omillar orqali tavsiflab, ularni
hududiy o‘rganish muhimligini ta’kidlagan. Krutov turistik
-rekreatsion resurslar nafaqat tabiat
yoki madaniy meros obyektlaridan, balki iqtisodiy va infratuzilmaviy imkoniyatlardan ham
iboratligini ta’kidlagan
(Alimov, 2018
)
.
Ushbu olimlarning ilmiy adabiyotlarini tahlil qilish orqali turizm sohasidagi eng so
‘
nggi
nazariyalar, uslublar va tendentsiyalar bilan tanishish va nazariy asos yaratishga, turizmning
iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlarini chuqurroq tushunishga va O
‘
zbekistonda turizmni
rivojlantirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga yordam beradi.
Tadqiqot metodologiyasi
.
Tadqiqot jarayonida abstraksiya, tahlil va sintez, monografik kuzatish, taqqoslash,
statistik guruhlash, tizimli tahlil, grafik ifodalash va boshqa usullardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Rekreatsion turizm (recreation
–
tiklanish)
–
insonning dam olishi va jismoniy
tiklanishiga qaratilgan sayyohlik turi bo‘lib, u asosan sog‘lomlashtirish va davolash
maqsadlarini qamrab oladi. Turizmning ushbu yo‘nalishi ayrim davlatlar uchun eng ommaviy
va rivojlangan soha hisoblanadi.
https://www.researchgate.net/publication/284762862_Peter_Keller_A_Pioneer_of_a_Sustainable_
Policy. "Tourism Clustering & Innovation - Paths to Economic Growth & Development"
Tourist destination governance through local elites: Looking beyond the stakeholder level"
.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
817
Sog‘lomlashtirish va davolash maqsadida amalga oshiriladigan turizm “health and fitness
tour” yoki “resort tour” sifatida belgilanadi. Bu yo‘nalishda sanatoriylar, kurortlar, pansionatlar
kabi tibbiy-reabilitatsiya muassasalari shifobaxsh suvlar, davolovchi balchiqlar va boshqa
tabiiy resurslar yordamida sog‘lomlashtiruvchi xizmatlar ko‘rsatadi.
Mineral suvlar dam olish va sog‘lomlashtirish turizmida muhim o‘rin tutadi. Ular oddiy
suvlardan yuqori mineral tarkib, harorat, mikroelementlar, organik moddalar va erigan gazlar
miqdori bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar ularning shifobaxshlik imkoniyatlarini oshiradi.
Xususan, Surxondaryo viloyati tabiiy shifobaxsh resurslari bilan boy hududlardan biri
hisoblanib, bu yerdagi Boysun tumanidagi Omonxo
na va Xo‘jamayxona, Oltinsoy tumanidagi
Xo‘jaipok, Sherobod tumanidagi G‘o‘rinbuloq va Jarqo‘rg‘on tumanilagi Gidrouzel kabi mineral
va yer osti suvlari Gruziyaning Barjomi mashhur suv manbalaridan farq qilmaydi.
Rekreatsion turizm insonning dam olishi va
sog‘lomlashishiga qaratilgan sayyohlik turi
bo‘lib, uning asosiy xususiyati –
sayyohlarning bir hududda uzoq muddat qolishi va sayohat
marshrutlarining nisbatan cheklangan bo‘lishidir. Bu turizm yo‘nalishida aviatsiya transporti,
ayniqsa, charter reyslari keng foydalaniladi.
Surxondaryo viloyati tabiiy shifobaxsh resurslari bilan boy hududlardan biri hisoblanib,
bu yerdagi Omonxona, Xo‘jamayxona, Xo‘jaipok, G‘o‘rinbuloq va Gidrouzel kabi mineral va yer
osti suvlari hamda Xo‘jaikon tuz g‘ori sog‘lomlashtiruv
chi turizmni rivojlantirish uchun qulay
sharoit yaratadi. Bu tabiiy shifo manbalari Boysun, Sherobod, Jarqo‘rg‘on va Oltinsoy
tumanlarida joylashgan bo‘lib, Xo‘jaipok, Sangardak, Omonxona, Xo‘jaikon tuz g‘ori sanatoriy
va sog‘lomlashtirish maskanlari tashk
il etilgan.
Sarguzasht, sport va ekstremal turizm -
Mazkur turizm turi qo‘rqinch va adrenalinni his
qilishni istagan sayyohlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Surxondaryoning keng dasht va cho‘llari
(Katta Qo‘m –
Baqtriya cho‘li), tog‘ yonbag‘irlari va darala
ri ushbu turizmni rivojlantirish uchun
katta imkoniyat yaratadi.
- Boysun-Tangisar darasi va Sariosiyo-
Hazrati Sulton cho‘qqisi ekstremal sport turlariga
–
alpinizm, qoyatoshdan tushish va tog‘ sayyohati uchun juda mos joylardir.
-
Milliy sport o‘yinlari, xususan, kurash va ko‘pkari musobaqalari ham sayyohlarning
qiziqishini orttirib, ular uchun mahalliy madaniyatni o‘rganish imkonini beradi.
Speleoturizm -
G‘orshunoslik bilan qiziquvchi turistlar uchun Surxondaryodagi g‘orlar
ayniqsa qiziqarli manzil hisob
lanadi. Boysun tumanida joylashgan Xo‘ja G‘ur
-
G‘ur ota massivi
va undagi Boybuloq
–
Qorong‘u yulduz g‘ori sayyohlar uchun noyob tabiat va sirli joylar bilan
tanishish imkonini beradi. Bu yerda ekspeditsiya usulidagi sayyohatlar uyushtirilib, tabiat va
geologiya bilan qiziquvchi mutaxassis va tadqiqotchilarni jalb qilish mumkin.
Ekzotik turizm -
Ekzotik turizm tabiat va milliy an’analar bilan bog‘liq bo‘lib, Surxondaryo
viloyati bu sohada ham katta salohiyatga ega.
- Ov va baliq ovlash
–
sayyohlar uchun qiziqarli va noyob tajriba taqdim etadi.
- Madaniy-
ta’limiy tadbirlar –
teatrlashtirilgan sahnalar va xalq an’analari bilan bog‘liq
tadbirlar sayyohlar uchun milliy madaniyatni yaqindan his qilish imkonini yaratadi.
- Ekologik turizm - Surxondaryo viloyati noy
ob tabiat va qo‘riqxonalarga boy
hududlardan biri bo‘lib, ekologik turizm rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar mavjud.
-
Surxon davlat qo‘riqxonasi –
O‘zbekistonning biologik xilma
-xilligini saqlab qolishga
xizmat qiladigan hudud bo‘lib, bu yerda sayyohlar
noyob o‘simliklar va hayvonot dunyosini
ko‘rishlari mumkin.
- Oqtepa suv ombori
–
tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish, sayr qilish va suvda dam olish
uchun juda qulay joy.
- Ekoturizm maskanlari
–
Surxondaryoda ekoturizmni rivojlantirish uchun maxsus
hududlarni ajratib, sayyohlarga tabiatni asrab-
avaylashga yo‘naltirilgan madaniy
-
ta’limiy
sayohatlar taklif etish mumkin.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
818
Rekreatsion turizm ijtimoiy-madaniy xizmatlar turi sifatida insonlarning
sog‘lomlashishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. U
sanatoriy-
sog‘lomlashtirish
xizmatlarini ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Sanatoriy-
kurort xizmatlari sog‘lomlashtirish yo‘nalishida muhim hisoblanib, ularning
rivojlanishi mintaqadagi iqlim sharoiti va tabiiy resurslardan samarali foydalanishga bog‘liq.
Rekreatsion zonalar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim:
-
Shifobaxsh iqlim va tabiiy resurslarga ega bo‘lishi,
- Tegishli infratuzilma obyektlari mavjudligi,
- Sanatoriylar va davolash-
profilaktika muassasalari joylashgan hudud bo‘lishi,
- Mineral suvlar, davolovchi balchiqlar va tabiatning boshqa shifobaxsh elementlaridan
foydalanish imkoniyati.
Sanatoriy
–
insonlarning dam olishi va davolanishi uchun mo‘ljallangan muassasa bo‘lib,
u tabiiy resurslar asosida samarali faoliyat yuritishi kerak. Sanatoriy-kurort xizmatlari bir
nechta yo‘nalishlarga bo‘linadi:
- Yashash uchun qulay sharoitlar (mehmonxona, pansionat) yaratish,
- Sanatoriylarda davolash va tiklanish xizmatlari,
- Kasalliklarni oldini olish maqsadida tashkil etilgan sanatoriy profilaktoriylar,
- Kurort poliklinikalaridagi tibbiy xizmatlar,
- Mineral suvlar bilan davolash markazlari (balneologik davolash xonalari),
- Balchiq bilan davolash joylaridagi xizmatlar.
Turistik-rekreatsion klasterlarni rivojlantirishda SWOT tahlili muhim ro
l o‘ynaydi. Ushbu
tahlil orqali viloyatning kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, imkoniyatlar va taxdidlar
aniqlanadi. Quyida Surxondaryo viloyati uchun har bir kategoriyaga batafsil tahlil keltiriladi.
1-jadval
Turistik-rekreatsion klasterlarni rivojlantirish SWOT tahlili
S
Strengths -
Kuchli tomonlar
Boy tarixiy va
madaniy meros
-
YUNЕSKOga nomzod bo‘lgan Boysun madaniy
landshafti
–
noyob etnografik va folklor an’analari
mavjud.
- Arxeologik yodgorliklar
–
Kampirtepa, Fayoztepa,
Dalvarzintepa kabi qadimiy shaharlar sayyohlarni jalb
qiladi.
- Ziyorat turizmi
–
Hakim at-Termiziy, Imom Termiziy
va boshqa muqaddas joylar ziyoratchilar uchun jozibali
maskanlar hisoblanadi.
Tabiiy resurslar
va ekoturizm
imkoniyatlari
Hisor
tog‘lari, Boysun tog‘lri, Surxon daryosi –
ekologik
va ekstremal turizmni rivojlantirish imkoniyatini
beradi.
G‘orlar turizmi –
Teshiktosh, Machay, Xo‘ja g‘ur
-
g‘ur ota
kabi g‘orlar turistlar uchun qiziqarli manzillar
hisoblanadi.
Geostrategik
joylashuvi
-
Afg‘oniston, Tojikiston va Turkmaniston bilan
chegaradosh
–
xalqaro turizmni rivojlantirish imkonini
beradi.
-
Respublikada yagona daryo porti, temir yo‘l va xalqaro
aeroport mavjudligi
–
transport logistikasi uchun
qulaylik.
W
Infratuzilmaning
yetishmovchiligi
- Mehmonxonalar va dam olish zonalari kamligi
–
sayyohlar uchun qulay mehmonxonalar, kempinglar va
kurortlar yetarli emas.
-
Yo‘l
-transport infratuzilmasi muammo-lari
–
ba’zi
sayyohlik joylariga yo‘llar yaxshi holatda emas.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
819
Weaknesses -
Kuchsiz
tomonlar
Turistik-
rekreatsion
klasterlarni
shakllantirishda
to‘sqinlik
qiladigan asosiy
kamchiliklar
- Sanoat va maishiy chiqindilar
–
ayrim hududlarda
ekologik holat turizm uchun noqulay.
Marketing va
reklama kamligi
- Xalqaro darajadagi reklama kamligi
–
chet el
sayyohlari uchun reklama va PR ishlari yetarlicha olib
borilmayapti.
-
Turistik onlayn platformalarda ma’lumotlarning
kamligi
–
sayyohlar uchun qulay axborot manbalari
cheklangan.
Xizmat
ko‘rsatish
sifatining pastligi
- Gidlar va ekskursovodlar kamligi
–
turistlarga sifatli
xizmat ko‘rsatadigan malakali kadrlar yetishmaydi.
-
Turistik xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya
etilmasligi
–
mehmonxona va restoranlar servisining
yuqori darajada emasligi.
O
Opportunities -
Imkoniyatlar
Davlat va xalqaro
qo‘llab
-
quvvatlash
-
Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari –
hukumat tomonidan turizmni qo‘llab
-quvvatlash uchun
turli imtiyozlar va subsidiyalar ajratilmoqda.
- Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati
–
yirik
investorlar uchun maxsus imtiyozlar yaratish orqali
turistik biznesni rivojlantirish mumkin.
- Xayraton chegarasida Xalqaro savdo markazida 15 kun
vizasiz bo‘lish, davolanish va davlat bojisiz savdo
qilish.
Yangi turistik
klasterlarni
yaratish
- Ziyorat turizmi klasterlari
–
islomiy va buddaviy meros
obyektlari asosida ziyorat turizmini rivojlantirish.
- Ekologik va ekstremal turizm
–
rafting, velo-turizm,
tog‘ sayyohati yo‘nalishlarini ochish.
-
San’at va hunarmandchilik klasterlari –
milliy
hunarmandchilik va an’anaviy mahsulotlar ishlab
chiqarishni rivojlantirish.
Xorijiy
hamkorlikni
kuchaytirish
-
Qo‘shni davlatlar bilan transchegaraviy turizm –
Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston bilan qo‘shma
turistik yo‘nalishlarni yaratish, tibbiyot turizmini
rivojlantirish.
-
Xalqaro aviaqatnovlarni ko‘paytirish –
Termiz
aeroporti orqali xalqaro yo‘nalishlarni ochish.
T
Threats -
Taxdidlar
Turistik
klasterlarni
rivojlantirish
jarayonida bir
qator tashqi va
ichki xavflar
mavjud
Turizm
sohasidagi
yuqori
raqobatchilik
-
Qo‘shni mamlakatlardagi turizm rivoji –
Tojikistonda
turistik infratuzilma tez rivojlanmoqda, bu esa
raqobatni kuchaytiradi.
Afg‘onistondagi harbiy
-siyosiy
vaziyatning kirish turizmini rivojlanishiga ta’siri.
-
O‘zbekistondagi boshqa turistik hududlar bilan
raqobat
–
Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlar
bilan raqobat qilish kerak.
Ekologik va
iqlimiy xavflar
- Iqlim
o‘zgarishi –
issiq va quruq iqlim turistik
mavsumni cheklaydi.
-
Afg‘on shamoli –
qum bo‘ronlarining tez
-
tez bo‘lib
turishi.
- Tabiiy ofatlar
–
tog‘li hududlarda sel kabi xavflar
sayyohlar oqimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Investitsiya va
moliyalashtirish
muammolari
- Iqtisodiy noaniqliklar
–
turizm sohasidagi
sarmoyadorlarni jalb qilishda muammolar tug‘ilishi
mumkin.
-
Qonunchilikdagi o‘zgarishlar –
yangi soliq va
investitsiya siyosatlari biznes uchun noqulay bo‘lishi
mumkin
www.sci-p.uz
II SON. 2025
820
Xulosa va takliflar.
Surxondaryo viloyati o‘zining boy madaniy va tabiiy resurslari bilan O‘zbekistonda
turizmni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega. Viloyatda turistik-rekreatsion klasterlar
shakllantirish va ularning raqobatbardoshligini oshirish orqali mintaqaning iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shish mumkin. Davlat qo‘llab
-quvvatlashi, infratuzilmani
yaxshilash va innovatsion yondashuvlar orqali Surxondaryo turistik markazga aylanishi
mumkin.
O‘zb
ekistonda turizm sohasini rivojlantirish hududlarning mavjud imkoniyatlari va
salohiyatini hisobga olgan holda amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega. Mamlakat
mintaqalarida turistik-rekreatsion obyektlarni rivojlantirish darajasini baholash va ulardan
samarali foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Shu
bilan birga, rekreatsion turizmni keng qamrovli yo‘nalish sifatida rivojlantirish va turistik
xizmatlar bozorida uning samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish orqali turizm sohasini qisqa
muddatda rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Mamlakat hududlarida turistik-rekreatsion
faoliyatni samarali boshqarish tizimini takomillashtirish yo‘nalishlaridan b
iri sifatida turistik-
rekreatsion xizmatlar klasterlarini shakllantirish orqali turistik bozorni rivojlantirish istiqbolli
yo‘nalishlardan biri deb qaralmoqda.
Xalqaro turizmni rivojlantirish va turistik-rekreatsion obyektlardan samarali foydalanish
O‘zbekistonda turizmning bir qancha yo‘nalishlari, jumladan, ekoturizm, ma’rifiy, madaniy,
jismoniy sayohatlar, ekstremal turizm, arxeologik sayyohatlar, rafting, xeliski, sport, folklor-
etnografik, tibbiy, agroturizm va geoturizm kabi turlarni jadal rivojlantirish imkoniyatlarini
yaratadi. Bunday imkoniyatlar klaster yondashuvi orqali turizm sohasini rivojlantirish uchun
strategik muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar / Литература/Reference:
Alimov A.K. (2018) Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik turizmni
rivojlantirishning
asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari. (Ph.D) falsafa doktori
.diss.avtoref. Samarqand.
Hamidov O.H. (2017)
O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirishni boshqarish
mexanizmini takomillashtirish. i.f.d. (DSc) dissertasiyasi avtoreferati. Samarqand.
Ibadullaev N. (2010) Turistik resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish
imkoniyatlari (Samarqand viloyati misolida). Iqt.fan.nomzodi diss. avtoreferati. Samarqand.
Matyakubov U.R. (2011) Ekologik vaziyatni inobatga olib turizm samaradorli-gini oshirish
yunalishlari va istiqbollari (Xorazm viloyati misolida). Iqt.fan.nomz.diss.avtoref. Samarqand.
Ro‘ziev S.
(2009)
O‘zbekiston madaniy turizm bozori va uning istiqbollari. Iqt. fan...diss. –
Toshkent.
Бублик В.А., Губарева А.В., Щекочихина Е.П., Гудовичева Л.Б. и др. (2018) Стратегия
развития международных и внешнеэкономических связей Российской Федерации: колл.
монография / М.
