www.sci-p.uz
II SON. 2025
963
NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA
HISOBINING
OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Doʻsmuxamedova Nozima
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
ORCID:
0009-0007-8603-5616
Annotatsiya.
Ushbu maqolada nodavlat notijorat tashkilotlarida buxgalteriya hisobini
yuritish, takomillashtirish masalalari va oʻziga xos xususiyatlari haqida ma’
lumotlar keltirilgan.
Kalit soʻzlar:
n
odavlat notijorat tashkilot (NNT) lari mablagʻlari,
buxgalteriya hisobi
schotlari, grantlar, xalqaro grantlar, a
’zolik badallari, ixtiyoriy badallar, begʻaraz olingan mulk.
ОСОБЕННОСТИ БУХГАЛТЕРСКОГО УЧЕТА В НЕГОСУДАРСТВЕННЫХ
НЕКОММЕРЧЕСКИХ ОРГАНИЗАЦИЯХ
Дусмухамедова Нозима
Термезский университет экономики и сервиса
Аннотация
.
В стате изложены сведения по вопросам ведения, совершенствования
и особенностям бухгалтерского учета в негосударственных некоммерческих
организациях.
Ключевые слова:
негосударственные некоммерческие организации (НПО),
средства, бухгалтерский учет, гранты, международные гранты, членские взносы,
доброволные пожертвования, безвозмездно полученное имущество.
SPECIFIC FEATURES OF ACCOUNTING IN NON-GOVERNMENTAL
NON-PROFIT ORGANIZATIONS
Dusmukhamedova Nozima
Termez University of Economics and Service
Abstract.
The article presents information on issues of maintaining, improving and specific
features of accounting in non-governmental non-profit organizations.
Keywords:
non-governmental non-profit organizations (NGOs), funds, accounting, grants,
international grants, membership fees, voluntary donations, property received free of charge.
Kirish.
Oʻzbekiston demokrativ huquqiy davlat sifatida
shakillanishni davom etmoqda.
Demokrativ mamlakatda hokimiyat halqqa hizmat qilishini bilamiz. Fuqorolik davlatda siyosiy
va iqtisodiy sektorlardan tashqari 3 sektor ham mavjud. Yani 3-sektor, nodavlat notijorat
sektori juda muxim hisoblanadi.
UOʻK:
347.719
963-967
www.sci-p.uz
II SON. 2025
964
Bugungi kun
da yurtimizda toʻqqiz mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat
koʻrsatayotgan boʻlib, ular jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va maʼrifiy
maqsadlar
ga erishishda muhim rol oʻynamoqda.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida nodavlat notijorat tashkilotlariga qulaylik va
yengilliklar yaratish maqsadida zamonaviy demokratik talablarga va xalqaro standartlarga
javob beradigan normativ-huquqiy baza yanada takomillashtirildi. Buning natijasida yigirmaga
yaqin qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Hukumatning qarorlari
qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida” gi Qonunining
2-moddasiga asosan nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar
tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni oʻz faoliyatining asosiy
maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) oʻz qatnashchilari (aʻz
olari)
oʻrtasida taqsimlamaydigan oʻzini oʻzi boshqarish tashkiloti sanaladi
(Qonun, 1999).
Oʻzbekiston Respublikasi 1999
-yil 14-apreldagi 763-I-sonli Nodavlat notijorat
toʻgʻrisidagi qonunida
(1999) keltirilgan vazifalarni bajarish uchun nodavlat notijorat
tashkilotlari oldiga qator vazifalar belgilandi. Jumladan kambagʻallikni qisqartirish,
ijtimoiy
koʻmak berish,mahalla,oila institutlarini yanada rivojlantirish, ushbu tashkilotlarning vazifalari
qatoriga qoʻshildi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarida yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarish uchun
buxgalteriya hisobi va uni rivojlantirish talab
etiladi.Korxonalarda asosiy mablagʻ hisoblangan
yani “Maqsadli mablagʻlarni” hisobini tashkil etish va takomillashtirishni taqоzo etmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
NNTlarda buxgalteriya hisobining oʻziga xos xususiyatlari yuzasidan
Muxanovaning
(2018)
“Nodavlat notijorat tashkilotlarida xarajatlar hisobi va maqsadli mablagʻlardan
foydalanish” nomli dissertatsiya ishida xarajatlarni hisobga olishning ahamiyatli jihatlari,
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisob amaliyotidan farql
ari, shuningdek, maqsadli
mablagʻlar hisobini takomillashtirish yuzasidan oʻz qarashlarini keltirib oʻtgan.
Nodavlat notijorat tashkilotlarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish boʻyicha
xorijlik
iqtisodchi olimlardan Yegorova (2008)
oʻzining “Nodavla
t notijorat tashkilotlarida
buxgalteriya hisobini xususiyatlari” nomli asarida NNT larda foyda va zararlar
tushunchalarining mantiqsiz ekanligi, faqatgina maqsadli sarflanishi muhimligini taʼkidlaydi.
Mahalliy iqtisodchi olimlarimizdan Shodiyev (2024)
oʻzining “Nodavlat notijorat
tashkilotlarida buxgalteriya hisobi” nomli monografiyasida NNT larda asosiy vositalarni
hisobga olish, pul mablagʻlari va ularning hisobi, grant mablagʻlari nazorati va tahliliga toʻxtalib,
hisob ishlarini avtomatlashtir
ishni targʻib qilgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada maʼlumotlarni guruhlash, analiz va sintez, tizimli tahlil, taqqoslash, kompleks
baholash, qiyosiy va solishtirma tahlil hamda prognoz usullaridan samarali foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Fuqarolik jamiyatining eng asosiy instituti hisoblanadigan nodavlat notijorat tashkilotlari
soni bugungi kunda 20,7 foizga oshib, 187 ta yirik respublika nodavlat notijorat tashkilotlari
oʻz faoliyatini boshlagan.
NNT uchun buxgalteriya hisobini yuritishning maxsus tizimi ishlab chiqilmagan, shuning
uchun notijorat tashkilotlari barcha yuridik shaxslar uchun umumiy boʻlgan meʻyoriy
-xuquqiy
xujjatlardan foydalaniladi.
Maqsadli moliyalash mablagʻlarining xolati va xarakati, shuningdek aʻzolik
badallari va
qaytarilmaydigan,
maqsadli
tadbirlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan boshqa
www.sci-p.uz
II SON. 2025
965
mablagʻlar tushumi va sarflanishi toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish quyidagi 1
-jadval
hisobvaraqlarda aks ettirilgan:
1-jadval
Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar
№
Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar
Hisobraqam
kodi
1
Grantlar
8810
2
Subsidiyalar
8820
3
Aʻzolik badallari
8830
4
Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari
8840
5
Boshqa maqsadli tushumlar
8890
NNTlari maqsadli tushumlari tarkibida grantlar alohida ajralib turadi, yaʻni grantlar,
buxgalteriya hisobining asosiy faoliyatini amalga oshirish mexanizmi hisoblanadi. Shuning
uchun NNTlarda grantlar hisobini yanada takomillashtirishni taflif beraman.
Davlat tomonidan ajratiladigan grantlari uchun Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining
asosiy moliyaviy manbasi davlat byudjetining respublika darajasidagi byudjeti hisobidan
shakllansa, Hududiy jamoat fondlarining manbasi esa asosan mahalliy byudjet hisobidan
taʼminlanadi.
2- jadval
2008-2023-yillarda davlat granti tanlovlarida moliyalashtirilgan loyiha
va ajratilgan mablagʻlar toʻgʻrisida maʻlumot
Yil
Tashkilotlar soni
Ajratilgan mablagʻ
2008
7 ta
379 mln soʻm
2010
124 ta
1 mlrd. 138 mln
soʻm
2015
251 ta
4 mlrd. 750 mln
2018
231 ta
6 mlrd 550 mln soʻm
2020
237 ta
9 mlrd 200 mln soʻm
2021
290 ta
11 mlrd 900 mln soʻm
2022
160 ta
12 mlrd. soʻm
2023
192 ta
17 mlrd
soʻm
Grantlar hisobiga doir buxgalteriya hisobining normativ-huquqiy bazasini
takomillashtirish, chunonchi grantlar hisobiga doir 10-son BHMS (1998)
“Davlat
subsidiyalarining hisobi va davlat yordami boʻyicha koʻrsatiladigan maʻlumotlar”ni
buxgalteriya hisobining xalqaro standarti yani, №20 “Davlat grantlarini hisobga olish va davlat
yordami toʻgʻrisida maʻlumotlarni ochib berish”ga
(BHXS, 2013)
toʻ
liq moslashtirish kerak.
Oʻzbekiston Respublikasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarini xalqaro
standartlar asosidagi moliyaviy hisobotga oʻtkazish boʻyicha belgilangan tadbirlar, mos
ravishda, moliyaviy hisobotda maqsadli tushumlar, shu jumladan grantlarni xalqaro
standartlar talablari asosida aks ettirish kerakligini taqozo etmoqda.
NNTlarda kelib tushgan grantlar hisobidan turli asosiy vositalar sotib olinishi yoki yangi
bino va inshootlar qurilishi mumkin. NNTlarda ushbu maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlarni
grantlar evaziga amalga oshirilgan kapital investitsiyalar deb nomlashni lozim deb hisoblaymiz.
Shunga monan, grantlar evaziga asosiy vositalarni qurish va sotib olinishiga investitsiya
qilingan grantlarning tizimli hisobini yuritish uchun 21-
son BHMSda 0811 “Grantlar evaziga
amalga oshirilayotgan kapital qurilish”, 0821 “Grantlar evaziga sotib olingan asosiy vositalar”
va 0831 “Grantlar evaziga sotib olingan nomoddiy aktivlar” hisobvaragʻi
ni nazarda tutish
maqsadga muvofiqdir. Kapital investitsiyalarga sarflangan grantlar summasini qurilish
www.sci-p.uz
II SON. 2025
966
obyektlari hamda sotib olingan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar foydalanishga qabul
qilingach, yani grantlar summasini yopilishiga quyidagi keltirilgan yozuvlarni amalga oshirish
tartiblarini 21-son BHMSda nazarda tutish lozim:
Debet 8810 “Grantlar”
Kredit 8530 “Begʻaraz olingan mulk”.
Grantlar evaziga qurilgan obyektlar hamda sotib olingan asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlarning eskirishi summasiga quyidagicha qayd etib boradi:
Debet 8530 “Begʻaraz olingan mulk”
Kredit 0200 “Asosiy vositalarning eskirishi”, 0500 yo boʻlmasam “Nomod
diy aktivlarning
eskirishi” .
NNTlar tomonidan jalb etilgan grant mablagʻlari hisobidan turli tovar
-moddiy boyliklar
xarid qilinishi mumkin. Misol uchun, “MEGA SPORT” jamoa fondi yoki “Qalb koʻzi” jamgʻarmasi
tomonidan olingan grantlar evaziga sport va bos
hqa tanlovlar gʻoliblarini taqdirlash,
shuningdek, qariyalar hamda kam taʻminlangan oilalarni qoʻllab
-quvvatlash maqsadida oziq-
ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari xarid qilinadi.
Bundan tashqari, ushbu turdagi tashkilotlar grant mablagʻlari hisobidan oʻzla
rining joriy
faoliyati uchun zarur boʻlgan turli materiallar, yoqilgʻi, xoʻjalik inventarlari va boshqa zarur
vositalarni ham sotib olishadi.
NNTlarda grant mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan xaridlar natijasida olingan tovar
-
moddiy boyliklarni “grant
lar evaziga sotib olingan tovar-
moddiy boyliklar” sifatida nomlash
maqsadga muvofiqdir. Bu turdagi boyliklarning buxgalteriya hisobi tizimli tarzda yuritilishi
lozim.
Shu maqsadda, 21-sonli BHMS doirasida quyidagi hisobvaraq raqamlarini joriy etish
tavsiya etiladi:
1091
–
Grantlar evaziga sotib olingan materiallar,
2911
–
Grantlar evaziga sotib olingan tovarlar.
Grant mablagʻlari evaziga tovar
-moddiy boyliklarning xarid qilinishi va ularning
foydalanilishiga oid buxgalteriya operatsiyalari uchun quyidagi yozuvlar tartibini 21-son
BHMSda belgilash lozim:
Debet 1091 -
“Grantlar evaziga sotib olingan materiallar”, 2911
-
“Grantlar evaziga sotib
olingan tovarlar”
Kredit 6010 -
“Taʻminotchilarga toʻlanadigan schotlar”;
Grant mablagʻlari evaziga
tovar-moddiy boyliklar (materiallar yoki tovarlar) xarid
qilinganda, ularning buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda yozuvlar amalga oshiriladi:
Debet 8810 -
“Grantlar”
Kredit 8530 -
“Begʻaraz olingan mulk”.
Grant mablagʻlari hisobidan xarid qilingan to
var-moddiy boyliklarning tashkilot
balansiga qabul qilinishi buxgalteriya hisobvaraqlarida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 8530 -
“Begʻaraz olingan mulk”
Kredit 1091 -
“Grantlar evaziga sotib olingan materiallar”, 2911
-
“Grantlar evaziga sotib
olingan
tovarlar”.
Grantlarning ishlatilishi, sarflanishiga doir xarajatlar tarkibini ham nazariy va
metodologik asoslarini takomillashtirish lozim. Chunonchi, NNTlar uchun maxsus “Xarajatlar
tarkibi toʻgʻrisida Nizom”ni ishlab chiqish va 21
-son BHMSga xarajatlar hisobini aks ettirish
tartiblarini kiritish maqsadga muvofiq.
Grantlarni moliyaviy hisobot shakllarida aks ettirish tartiblarini ham takomillashtirish
zarur. 1-
sonli shakl “Buxgalteriya balansi”ning passivi 1
-
boʻlimida maxsus “Olingan grantlar”
moddasini, 5-
sonli shakl “Xususiy kapital toʻgʻrisida hisobot” “Olingan grantlar” va “Olingan
grantlarning ishlatilgan qismi” moddalarini nazarda tutish lozim deb hisoblaymiz.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
967
Xulosa va takliflar.
Olib borilgan tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki,
nodavlat notijorat tashkilotlarining
ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlardagi roli tobora ortib borayotgan boʻlsada, ularning moliyaviy
faoliyatini belgilovchi buxgalteriya hisobining nazariy-metodologik va amaliy jihatlari hali
toʻliq shakllanmagan. Xususan, grant mablagʻlari, maqsadli tushumlar va boshqa begʻaraz
moliyaviy resurslarning hisobini yuritish, ularning sarflanishi va yuridik jihatdan asoslangan
moliyaviy natijalarini shakllantirish jarayonida tizimli yondashuv yetarlicha yoʻlga
qoʻyilmagan.
Amaldagi normativ-
huquqiy baza umumiy korxonalar uchun moʻljallangan boʻlib, NNTlar
faoliyatining xususiyatlarini toʻliq qamrab olmaydi. Bu esa, grantlar evaziga amalga
oshirilayotgan kapital xarajatlar, tovar-moddiy boyliklar, xizmatlar va boshqa resurslarning
hisobini xalqaro standartlar talablari darajasida yuritishda muammolarni yuzaga keltiradi.
Shuningdek, moliyaviy hisobot shakllarida grantlar va boshqa maqsadli tushumlar toʻgʻrisidagi
maʻlumotlarning alohida ajratilmasligi shaffoflik va hisobdorlik prinsipla
rini buzilishiga olib
keladi.
Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib quyidagi takliflarni berib oʻtaman.
-NNTlar buxgalteriya hisobining huquqiy-
meʻyoriy bazasini takomillashtirish: Grantlar,
aʻzolik badallari, begʻaraz olingan mulk va boshqa maqsadli tushum
lar hisobini yuritish
boʻyicha alohida milliy buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy
etish zarur.
-Xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda 10-
son BHMSni IAS 20 bilan uygʻunlashtirish:
Grantlar va davlat yordami boʻyicha his
ob yuritishda xalqaro buxgalteriya standartlariga
muvofiqlashtirish lozim.
-
Yangi hisobvaraq schyotlarini joriy etish: Grant mablagʻlari evaziga sotib olingan asosiy
vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy boyliklar va kapital qurilishlar hisobini yuritish
uchun 0811, 0821, 0831, 1091, 2911 kabi schyotlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadga
muvofiq.
-
“Xarajatlar tarkibi toʻgʻrisida” maxsus nizom ishlab chiqish: NNTlar faoliyati
xarajatlarining tuzilmasini huquqiy asosda belgilovchi alohida normativ hujjat tayyorlash
orqali xarajatlar hisobini tizimlashtirish zarur.
-Moliyaviy hisobot shakllarini takomillashtirish: 1-
sonli shakl “Buxgalteriya balansi” va 5
-
sonli shakl “Xususiy kapital toʻgʻrisida hisobot”larda “Olingan grantlar” va “Olingan
grantlarning ish
latilgan qismi” moddalari alohida satrlar sifatida aks ettirilishi kerak.
-
Grant mablagʻlarining samarali boshqaruvini taʻminlash uchun monitoring tizimini
yaratish: Grantlar ajratilishi, sarflanishi va natijadorligi ustidan doimiy nazorat olib boruvchi
elektron va normativ monitoring tizimi ishlab chiqilishi lozim.
Adabiyotlar/
Литература
/Reference:
BHMS (1998) 10-son BHMS Moliya vazirligi tomonidan 19.10.1998-y. 52-son bilan tasdiqlangan
(AV tomonidan 03.12.1998-y. 562-
son bilan roʻyx atga
olingan).
BHXS (2013) 20-
son BHXS “Davlat grantlarini hisobga olish va davlat yordami toʻgʻrisida
maʻlumotlarni ochib berish”.
https://finotchet.ru/arti cles/142/.
Mukhanova I. (2018) The Role of Professional Accounting Societies in the Development of
Accounting in Russia from a Historical Perspective / I. Mukhanova // Muhasebe ve Finans Tarihi
Araştırmaları Dergisi, –
№. 15. –
pp. 189-210.
–
1,0 п.л.
Qonun (1999)
Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi . 1999
-yil
14-aprel.
Shodiyev A.A. (2024) Кичик бизнес субъектлари молиявий ҳисоботларини ишлаб чиқишда
мҳхсдан фойдаланиш истиқболлари. Журнал, “Mintaqani ijtimoiy
-iqtisodiy rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlari” № 1. 2024
-yil 14-15-iyun. 582-585-
б.
Егорова Л.В.
(2008)
Учет и аудит в некоммерческих организациях: теория, методология
и практика. Автореферат дисс. д.э.н. Ростов
-
на
-
Дону.
