Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
328
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB SODIR
ETILGAN FIRIBGARLIK JINOYATINING KRIMINALISTIK TAVSIFI
Nosirov Amirxon Bahodir oʻgʻli
Toshkent davlat yuridik universiteti
12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud
ekspertizasi ixtisosligi mustaqil izlanuvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik
jinoyatining umumiy tushunchasi va kriminalistik tahlili bayon etilgan. Unda axborot
texnologiyalaridan foydalanish bilan bogʻliq firibgarlik jinoyatining kriminalistik
tavsif elementlari, ya’ni jinoyat predmeti, jinoyat sodir etish usullari, jinoyat izlari,
jinoyatchining shaxsi haqidagi ma’lumotlar, jinoyat shart-sharoitlari yoritilgan. Shu
bilan birga, axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik jinoyatida
raqamli izlar bilan ishlash jarayoni, milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotida
yuzaga kelayotgan muammolar hamda boʻshliqlar tanqidiy koʻrib chiqilgan. Ularni
bartaraf etishning ilmiy asoslangan yoʻllari va mezonlari ishlab chiqilgan. Maqola
raqamli izlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar,
nazariyotchi olimlar hamda amaliyotchi xodimlar fikr-mulohazalari asosida
tayyorlangan.
Bundan tashqari, axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik
turlaridan biri boʻlmish internet tovlamachilik jinoyatini bank kartalari bilan bogʻliq
firibgarlik jinoyatiga oʻxshash jihatlari muhokama qilingan. Maqolada sohada yuzaga
kelayotgan muammolar tizimli, huquqiy, ilmiy-amaliy jihatdan tahlil etilgan, bu
yuzasidan mualliflik xulosalari shakllantirilgan. Qonun chiqaruvchi va uni qoʻllovchi
subektlar uchun ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar:
bank kartalari, bank kartalari bilan bogʻliq firibgarlik jinoyatlari,
jinoyat izlari, jinoyat usuli, jinoyatchi shaxsi, elektron toʻlov tizimlari.
Kirish
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar kundan kunga taraqqiy etib, oddiygina
bank plastik kartasi orqali oylik maosh, pensiya va nafaqalarni olish, kredit olish va
to‘lash, kamunal to‘lovlarni amalga oshirish, soliq va boshqa turli xil to‘lovlarni hech
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
329
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
qanday qiyinchiliklarsiz amalga oshirish mumkin. Mamlakatdagi raqamlashtirish
jarayonlari hamda onlayn xizmatlar bozoridagi talab va taklifni ortib borishi bank
kartalarini qulay toʻlov tizimiga aylanishiga olib keldi. Natijada, naqt toʻlovlarsiz
moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish kundalik ehtiyojlarni qondirishning
ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Ayni damda bu to‘lov tizimlari insonlar nigohida
qanchalar mukammal va universal bo‘lib tuyulsada, afsuski hozircha bu tizimni ham
nuqson va kamchiliklardan to‘la xoli va xavsiz deb bo‘lmaydi.
Global axborot almashinuvi asrida sunʼiy intelekt va raqamli texnologiyalarni
takomillashtirilishi axborot xavfsizligi bilan bog‘liq turli muammolarni yuzaga
keltirmoqda. Bunga asosiy sabab sohada kiberjinoyatchilikning avj olishi hamda unga
qarshi kurashning uslubiy taʼminotlarini ishlab chiqilmaganligi bilan bog‘lash
mumkin.
Jinoiy maqsadni amalga oshirishda kompyuter texnikasidan asosiy vosita yoki
quroli sifatida foydalanish kundan-kunga ommalashib bormoqda. Kompyuter
texnikasini mehnat munosabatlarining asosiy vositasiga aylanishi va maʼlumotmotlar
bazalari bilan samarali ishlash imkonini berishi moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish
sohasida inqilobiy o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Xususan, bugun iqtisodiyot sohasida
moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishning turli shakllarini joriy etilishi bu borada bank plastik
kartlari bilan bog‘liq kiberjinoyatlarni o‘sishi uchun ham zamin yaratmoqda.
Mulk
huquqining
daxlsizligi
konstitutsiyaviy
norma
darajasida
mustahkamlangan bo‘lib, unga har qanday tahdid, avvalo, konstitutsiyaviy normaning
buzilishini anglatadi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, Axborot texnologiyalaridan
foydalanib sodir etilgan firibgarlik jinoyati o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan
bog‘liq boshqa jinoyatlardan ijtimoiy xavfi yuqoriligi bilan farq qiladi.
2022 yil 28 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi
O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmoni (keyingi o‘rinlarda Farmon deb yuritiladi) bilan
tergov faoliyatini nazorat qilish, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir
etilayotgan yangi turdagi jinoyatlar, shu jumladan kiberjinoyatlarni fosh etish bo‘yicha
tezkor-qidiruv faoliyatini isloh qilish, qo‘shimcha kuch va vositalarni jalb qilish hamda
ushbu jinoyatlarga qarshi kurashish jarayonlarida fuqarolarning qadr-qimmati va
erkinligini himoya qilishning samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qator vazifalar
belgilandi
1
.
1
2022
йил
28
январдаги
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
«Янги
Ўзбекистоннинг
2022–2026 йилларга мўлжалланган тараққиёт стратегияси тўғрисида»ги ПФ–60-сон Фармони.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
330
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Farmonga binoan «2023–2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston
Respublikasining kiberxavfsizlik strategiyasi”ni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Bunda, kiberjinoyatchilik uchun jinoiy javobgarlikni qayta ko‘rib chiqish,
axborot maydonidagi kiberhujum va tahdidlarni monitoring qilish tizimini yanada
takomillashtirish, xususan, kiberxavfsizlikning yagona tarmog‘ining texnik
infratuzilmasini kengaytirish vazifalari belgilab olindi.
Firibgarlar tomonidan bank kartalaridan pul yechib olishning yangidan-
yangi usul va vositalarini qo‘llashi jinoyat mexanizmlarini murakkablashuviga olib
kelmoqda. Statistik maʼlumotlarga tayanib shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonda
firibgarlik so‘nggi 4 yilda 4 baravarga, yaʼni 2018 yilda 6 483 ta, 2019 yilda 6 321 ta,
2020 yilda 10 496 ta, 2021 yilda 24 554 taga, kiberfiribgarlik esa so‘nggi 3 yilda 8,3
baravarga ko‘payib, hozirda umumiy jinoyatchilikning qariyb 5 foiziga yetgan
2
.
“Kompyuter firibgarligi”
(computer fraud)
atamasi, o‘tgan asrning 70-
yillarida paydo bo‘lgan
3
bulib, hozirgi kunga qadar olimlar tomonidan bir qancha bahs
munozalarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, D.A Zakirova kompyuter firibgarligi bu
“kompyuter texnikasi yordamida aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan
o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish” degan
tushunchani ilgari suradi
4
. M.A. Yefremova esa, kiberfiribgarlik va kompyuter
firibgarligi bir xil tushuncha, yaʼni sinonimlar deb hisoblaydi
5
. Professor
N.Lopashenko, kompyuter firibgarligini naqd bo‘lmagan pul mablag‘larini va
nodokumentar
qimmatli
qog‘ozlarni
qo‘lga
kiritish
uchun
kompyuter
texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘liq firibgarlik deb tariflaydi
6
.
Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik jinoyati
huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan fosh etilishi juda qiyin bo‘lgan
jinoyatlardan biri bo‘lib, puxta rejalashtirilganligi, o‘ta murakkabligi hamda
transchegaraviy xususiyatga egaligi bilan boshqa turdagi jinoyatlardan farq qiladi.
Ushbu jinoyat tushunchasi baʼzi kriminalistik adabiyotlarda onlayn firibgarlik,
kiberfiribgarlik deb keltirilgan bo‘lsa, baʼzilarida esa kompyuter firibgarligi deb
keltiriladi.
2
https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/crime-and-justice-2
3
Комаров А.А. Криминологические аспекты мошенничества в глобальной сети Интернет. Дисс. на соис. уч. степ. канд.
юрид. наук. – Пятигорск, 2010. – С. 24.
4
Зыков Д.А. Виктимологические аспекты предупреждения компьютерного мошенничества. Владимир, 2002. – 211 с.
5
Ефремова М.А. Мошенничество с использованием электронной информации // Информационное право.
2013. № 4. С. 19-21.
6
Лопашенко Н.А. Посягательства на собственность: монография. – М.: Норма, Инфра-М, 2012. – С. 8.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
331
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ushbu jinoyatining kriminalistik tavsifi tarkibiy elementlari quydagilardan
iborat:
➢
jinoiy tajovuz predmeti;
➢
jinoyat sodir etish usullari;
➢
jinoyat izlari;
➢
shart-sharoitlar (vaqti, joyi va boshqa holatlar);
➢
jinoyatchining shaxsi haqidagi maʼlumotlar.
Jinoiy tajovuz predmeti
Odatda pul, qimmatbaho buyumlar, texnika va boshqa ashyolar firibgarlik
jinoyatining predmeti bo‘ladi. Ammo, Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir
etilgan firibgarlik jinoyatining bevosita predmeti bu o‘zganing mulki, yaʼni
o‘zgalarning bank karta hisob raqamlarida saqlanayotgan pulidir. Biroq, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bank kartasining o‘zi jinoyat predmeni bo‘la olmaydi, chunki jinoyatchining
motiv-maqsadi faqatgina karta hisob raqamlarida saqlanayotgan pulni jabrlanuvchini
aldash va ishonchini suiisteʼmol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish hisoblanadi.
Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik jinoyatini sodir
etishning usuli kriminalistik tavsifning markaziy elementi hisoblanadi. Chunki, u
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, amalga oshirish va jinoyatni yashirish bo‘yicha
jinoyatchilarning harakatlarini yagona maqsadda birlashtiradi.
Bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik jinoyatini sodir etishning bir necha xil
usullari mavjud. Xususan, amaliyotda keng tarqalganlar usullardan biri bu – internet
va mobil aloqa vositalari orqali sodir etiladigan firibgarlikdir. Jinoyatchilar jinoiy
qilmishni sodir etish vositasi sifatida internet, kompyuter va mobil qurilmalardan
foydalanishadi.
Jinoyat sodir etish usullari
Fishing
Bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik jinoyatini sodir etish usullaridan biri bu
“fishing”
yaʼni
“baliq
ovi”
usulidir.
Bunda
IT texnologiya sohasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega firibgarlar tomonidan
foydalanuvchining ishonchiga kirib, bank kartasiga doir maxfiy maʼlumotlari
egallanadi
7
.
Jinoyatni sodir etish usulining o‘ziga xos xususiyati shundaki, jinoyatchi
tomonidan masofadan turib aloqa vositalari yoxud sohta veb-sahifalar orqali
7
Shazzo S.K. Sposobi soversheniya moshennichestva v otnoshenii grajdan [Methods of committing fraud against citizens].
Vestnik Adigeyskogo gosudarstvennogo universiteta. Seriya 1: Yurisprudentsiya. 2008. № 2. S. 5.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
332
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
foydalanuvchining ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunti, elektron pochtasi yoki uyali aloqa
vositalariga sms habar yuboriladi. Bunda ijtimoiy muhandislik usullaridan
foydalaniladi. Bu xususida quyida batafsil tushuntirish keltirib o‘tamiz.
“Fishing” bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhlar jabrlanuvchidan shaxsiy
maʼlumotlarini kiritishni so‘rab turli shaklda xabarnoma jo‘natishadi. Jabrlanuvchi
bank
xizmatlaridan
foydalanish
uchun
bankning
rasmiy
veb-saytiga
kirayotganliklariga ishonadi. Biroq, firibgarlar tomonidan yaratilgan tuzoqlarga laqqa
tushadilar. Xususan, soxta saytga ism-sharifi, karta rekvizitlari, pin kodi kiritish orqali
o‘zlari bilmagan holda “fishing”chilar qarmog‘iga ilinishadi
8
. Soxta saytlar yaratish bu
zamonaviy fishing uslublaridan biridir. Bunday fishing saytlarini maxsus bilim va
ko‘nikmalarsiz aniqlash juda mushkul.
Vishing
Hozirgi kunda yurtimizda yeng kup kuzatilayotgan firibgarlik usulidan biri bu
vishing onlayn firibgarligidir. Firibgarlikning bu usulida firibgarlar o‘z “o‘ljalarini”
telefon orqali qo‘lga kiritishadi. Vishing so‘zi ingliz tilidan yaʼni, “voice” ovoz va
“fishing” baliq ovi so‘zlarining jamlanmasidan hosil bo‘lgan
9
. Yuqoridagi firibgarlik
usulida firibgarlar uzini bank xodimi, to‘lov tizimi xodimi, yoki shunga o‘xshash har
xil yolg‘on va uydirmalar orqali jabrlanuvchilardan ularga jo‘natilgan maxfiy sms
malumotlarini olishadi.
Mamlakatimizda ushbu holatlar keskin ko‘payib, xususan firibgarlar
tomonidan o‘zini “Click yoki boshqa bir to‘lov tizimi xodimi” deb tanishtirib,
fuqarolarni alash va ishonchiga kirish orqali go‘yoki tizimdagi ayrim kamchiliklarni
tuzatish hamda to‘lov bilan bog‘liq kamchiliklarni bartaraf etish niqobida
jabrlanuvchiga sms jo‘natib, undan sms raqamini aytishini so‘rashyapti.
SMS raqami aytilishi bilan pul mablag‘lari turli plastik kartalar yoki telefon raqamlarga
tranzaksiya qilinib, Click orqali Qiwi hamyonga o‘tkaziladi va jinoiy yo‘l bilan
undirilgan pul mablag‘lari (so‘m) xorijiy valyutga konvertatsiya qilinadi.
Meros firibgarligi
Jabrlanuvchi nomiga chet eldagi qarindoshidan katta miqdordagi meros
qoldirilgani haqidagi habar go‘yoki uning advokati niqobida beriladi.
Shundan so‘ng, pasport hamda plastik karta raqamlariga doir mahfiy maʼlumotlar
8
Izotov D. S., Bikova N. N. Vidi moshennichestva s bankovskimi kartami [See bank card fraud]. Vestnik NGIEI. 2015.
– № 3. – S.49-52.
9
Табак И.С. Мошенничество с банковскими картами / И.С. Табак // Современные инновации. – 2018. – № 4 (26). – № 1
(19). – С. 37-40.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
333
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
merosni rasmiylashtirish hamda dastlabki to‘lovlarni amalga oshirish uchun aldov yo‘li
bilan olib qo‘yiladi.
Xalqaro pochta jo‘natmalari
Jabrlanuvchiga maʼlum turdagi qimmatbaho yuk yuborilgani, qabul qilib olish
uchun pochta chiqimlarini to‘lash bo‘yicha turli xil pochta jo‘natmalari yorlig‘i yoxud
jo‘natma uning nomiga ekanligini tasdiqlovchi fotosuratlar jo‘natiladi. Shu orqali
plastik karta raqamiga doir mahfiy maʼlumotlar aldov yo‘li bilan olinadi.
Fishing tanlovlar
Ijtimoiy tarmoqlarda soxta tanlovlar tashkil qilish. Bu xolatda yutuq sifatida
avtotransport vositasi yoki oxirgi rusumli telefon apparati qo‘yiladi. Eʼtiborli jihati
shundaki, tashkilotchilar deyarli barcha ishtirokchilarni “Siz lotoreyada g‘olib
chiqdingiz yoki sovg‘alar soni cheklangan aksiyada ishtirok eting, sovg‘ani qo‘lga
kiriting” kabi yutuq bilan tabriklab yoxud tanlovda ishtirok etishi uchun qiziqtirib
habar jo‘natishadi. Odatda, fishing tanlovi ishtirokchilari tanlovda bir necha marotoba
ishtirok etganidan so‘ng ushbu jarayon firibgarlik ekanligiga tushunib yetishadi.
Internet-tilanchilik – soxta xayriya jamg‘armalari
Internet sahifalar hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli xil kasallikka chalingan
yoxud og‘ir ahvoldagi shaxslarni fotosuratlarini joylashtirib ularning nomidan moddiy
yordam so‘rash. Firibgarlar ko‘proq insoniylik, rahm-shavqat va ishonuvchanlik his
tuyg‘ularini uyg‘otuvchi psixologik taʼsir etish usullariga eʼtibor qaratishadi. Odatda,
nomi eʼlon qilinayotgan shaxslar ular uchun pul mablag‘lari jamg‘arilayotgani haqida
hech qanday maʼlumotga ega bo‘lishmaydi. Sababi, ehson qilingan har qanday pul
mablag‘lari to‘g‘ridan-to‘g‘ri firibgarlarning hisobraqamlariga o‘tkaziladi.
Internet do‘konlar bilan bog‘liq firibgarliklar
Bazi firibgarlar qalbaki, sifatsiz tovarlar yoki maxsulotlar savdosi bilan
shug‘ullanib xaridorlarni chuv tushursa, boshqalari maxsulot uchun oldindan qisman
yoki to‘liq to‘lov qilishni talab qiladi
10
. To‘lov amalga oshirilgach xaridorga tovar
yetkazilmaydi.
So‘nggi yillarda internet do‘konlari bilan bog‘liq firibgarlik mamlakatimiz
hududida ham o‘sib borayotganligi kuzatilmoqda. Xususan, hozirda “OLX.uz” onlayn
platformasi orqali amalga oshirilayotgan savdolarda bank plastik kartalaridan pul
mablag‘larini yechib olinishi bilan bog‘liq holatlar mavjud.
10
Kozodaeva O. N., Obidennova A. S. Sposobi soversheniya moshennichestva sispol`zovaniem bankovskix kart [Ways
to commit fraud using bank cards]. Uchenie zapiski Tambovskogo otdeleniya RoSMU. S. 52.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
334
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Firibgarlar jabrlanuvchiga boshqa viloyatda yoki xorijda ekanligini vaj qilib,
undan sotib olinishi rejalashtirilgan tovarga to‘lov qilish uchun bank karta raqami va
yuborilgan smsni aytishni aldov yo‘li bilan so‘rab olishadi. Shundan so‘ng, yuqorida
ko‘rsatilgan protsedura bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.
Nikoh firibgarligi
Ijtimoiy tarmoqdagi o‘zga shaxslarga doir fotosuratlaridan foydalanib, ularning
nomidan jabrlanuvchilar bilan yozishmalar olib boriladi va ishonchiga kiradi. Vaqt
o‘tishi bilan jabrlanuvchilardan moddiy yordam so‘rab, ko‘zlangan mablag‘ni qo‘lga
kiritganidan so‘ng akkaunt o‘chirib yuboriladi.
Frilanserlik xizmatlari
Frilanserlik xizmati – kelishilgan xizmat evaziga buyurtmachiga sayt yaratish,
maqola yozish, tarjima ishlari, reklama logotiplari, video meykerlik va boshqa
shakldagi onlayn xizmatlarni ko‘rsitishdir.
Ushbu usul mohiyati jabrlanuvchi (frilanser) buyurtmachiga (firibgar)
buyurtmani jo‘natish bilan jinoyatchi kelishilgan pulni to‘lamasdan g‘oyib bo‘lishida
namoyon bo‘ladi.
Jinoyat izlari
Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik jinoyati
natijasida qoldirilgan izlarni o‘rganish jinoyatni o‘z vaqtida aniqlash va tezkor ochish
imkonini beradi. Jinoyat izlari kriminalistik tavsif elementlaridan biri bo‘lib, hosil
bo‘lish mexanizmi jinoyatning moddiy va virtual olam bilan o‘zaro munosabati
xarakteridan kelib chiqadi
11
.
Taniqli kriminalist olim R.S. Belkin izlarni moddiy va ideal izlarga bo‘lishni
taklif qilgan. Ideal izlar deganda u jinoyat sodir etgan shaxsning, guvoh yoki boshqa
ishtirokchilarning xodirasida saqlangan izlar tushuniladi
12
. Raqamli
texnologiyalarning rivojlanib borishi bilan nazariyada “virtual” yoki “raqamli” izlar
tushunchalari ilmiy doira vakillari orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Kriminalistik adabiyotlarda “virtual” yoki “raqamli” izlar tushunchasi borasida
turli xil qarashlar mavjud. Xususan, V.A.Agibalov, V.A.Mesheryakovlar virtual iz bu
kompyuter tizimi orqali raqamli moddiy tashuvchida qayd qilingan real (fizik)
jarayonni tasvirlovchi yoki ushbu jarayonning raqamli shakldagi rasmiy (matematik)
11
Meshcheryakov V.A. Prestupleniya v sfere kompyuternoy informatsii: pravovoy i kriminalisticheskiy analiz
[Crimes in the sphere of computer information: legal and forensic analysis]. Voronezh, Voronezh State University, 200
1. 320 s.
12
Белкин Р. С. Курс криминалистики. – М., 1997. – Т. 2.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
335
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
modelidir, yaʼni jinoyat bilan bog‘liq bo‘lgan kompyuter tizimining boshqa harakatlari
natijasi deyishadi
13
.
V. A. Mesheryakov izlarning uchinchi guruhi sifatida virtual izlarni kiritish
kerakligini taʼkidlaydi. Uning fikricha, virtual izlar binar ko‘riniishda namoyon bo‘lib,
faqatgina dasturiy vositalarni ishlatuvchi qurilmalar hamda axborotni o‘ziga qabul
qilishga yaroqli bo‘lgan raqamli qurilmalarda qoladi
14
.
Internet orqali sodir etiladigan jinoyatlarda anonimlikni saqlash prinsipial
ahamiyatga ega. Shunga qaramay, ushbu jinoyatlarning deyarli barchasida texnik
tavsifdagi izlar mavjud.
O.Y.Vedenskaya raqamli izlar ro‘yxatiga IP-adreslar, ro‘yxatdan o‘tgan domen
nomlari, foydalanuvchilarning akkaunt maʼlumotlari, log-fayllar, cookie fayllari,
tashrif buyuurilgan saytlar kesh fayl maʼlumotlari (vaqtinchalik fayllar) va brauzer
tarixi, DNS-serverlar bilan bog‘liq izlar, xosting-provayderlardagi izlar, reklama veb-
sahifalari izlari, jabrlanuvchi raqamli qurilmasida saqlanib qolgan yozishmalar, qabul
qilingan buyurtmalar izlari, mobil qurilma unikal raqami (IMEI), sim karta
maʼlumotlari, bank karta hisob raqamlari, hisob raqamlardagi pul tushumi va chiqimi
bilan bog‘liq izlarni kiritgan
15
.
Jinoyatchi shaxsi
Jinoyatchi shaxsini kriminalistik jixatdan o‘rganish ijtimoiy-demografik,
psixologik va biologik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Kriminalistikada jinoyatchi
shaxsi uning individual xususiyatlari va fazilatlarini bilish orqali belgilanadi. Ushbu
sohadagi jinoyatni sodir etganlar orasida yuqori malakali mutaxassislar, turli
darajadagi taʼlim va ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan shaxslar yoxud havaskor
jinoyatchilar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, “xakerlar”ni yaʼni kiberjinoyatchilarni
ham bir nechta turga ajratish mumkin.
Karder
Karderlar bu bank plastik kartalari (karta raqami, to‘liq nomi, amal qilish
muddati, xavfsizlik kodi) maʼlumotlarini to‘plash, o‘g‘irlash bilan shug‘ullanadigan
shaxs yoki bir guruh shaxslardir. Ular asosan xizmat ko‘rsatish sohasida yaʼni
ko‘pincha ofitsiant yoki do‘kon sotuvchisi bank xodimi sifatida faoliyat yuritib,
mijozlarning plasik kartalaridagi maʼlumotlarini ularga sezdirmasdan o‘g‘rilashadi va
ushbu maʼlumotlardan firibgarlik sodir etishda foydalanishadi.
13
Агибалов В.А., Мещеряков В.А. Природа и сущность виртуальных следов, «Воронежские криминалистические
чтения», Выпуск 12, Воронеж, 2010. С. 17-19.
14
Meshcheryakov V.A. Prestupleniya v sfere kompyuternoy informatsii: osnovi teorii praktiki rassledovaniya. – Voronij, 2002.
15
Юридическая наука и правоохранительная практика 4 (34) 2015 Введенская О.Ю. Особенности следообразования
при совершении преступлений посредством сети интернет. С 213-214.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
336
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Fisher
Fisherlar yaʼni,
ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni buzib kiruvchi jinoyanchilar.
Ular ijtimoiy tarmoqdagi moliyaviy daromadi ancha yuqori bo‘lgan shaxslarning
sahifalariga o‘zlarini “do‘stlar qatoriga” qo‘shdirib ushbu shaxslar haqidagi
maʼlumotlarni o‘rganishadi va ulardan firibgarlik sodir etishda foydalanishadi.
Ushbu turdagi jinoyatlar ko‘pincha bank xodimlari, sobiq xodimlar, IT-sohasida
muayyan tajriba, bilim va ko‘nikmaga ega shaxslar tomonidan sodir etiladi. Internet
firibgarligi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni olim I.M.Rusakov ikkita katta guruhga
ajratadi:
birinchi guruhda, o‘z mansab vakolati chegarasidan chiqib jinoyat sodir etadigan
xodimlar, yaʼni texnik personal, xizmatchilar, xavfsizlikni taʼminlovchi xodimlar,
boshqaruv xodimlari, tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanuvchi xodimlar. Bundan
tashqari, operatorlar, dasturchilar, injenerlar va kompyuter axborotlariga ruxsatsiz
kirishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxslar.
ikkinchi guruhga, kompyuter tizimi xavfsizligi uchun javobgar shaxslar,
professional mutaxassislar va yuqori salohiyatga ega dasturchilarni kiritgan. Bu turdagi
firibgarlar odatda jinoyatga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rishi, uzgacha fikrlashi,
kompyuter atamalariga bog‘liq lahjada gapirishi bilan boshqa turdagi jinoyatchilardan
farq qiladi
16
.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, raqamli texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanib
borishi yangi munosabatlar vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda. Biroq, ushbu
munosabatlarni oʻz vaqtida nazorat qilish va tartibga solish muayyan kriminalistik va
huquqiy tadqiqotlarni olib borishni taqozo etmoqda. Aks holda, inson, jamiyat va
davlat manfaatlari turli iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va maʻnaviy tahdidlar ostida qolishi
ayni haqiqatdir. Amaldagi qonunchilikda onlayn firibgarlik, oʻgʻrilik va tovlamachilik
jinoyatlarini kvalifikatsiya qilish boʻyicha huquqiy boʻshliqlarning mavjudligi huquqni
qoʻllash sohasida muayyan uslubiy qiyinchiliklarni ham yuzaga keltirmoqda.
Shunga koʻra, amaldagi qonunchilikni takomillashtirish hamda huquqiy tartibga
solishning samarali mexanizmlarini joriy etish boʻyicha quyidagilar taklif etiladi:
1.
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida “elektron toʻlov
tizimlari bilan bogʻliq firibgarlik jinoyati”, “bank hisob raqami yoki elektron toʻlov
16
Криминалистическая характеристика личности преступника, совершившего мошенничество в сфере предоставления
интернет-услуг ВЕСТНИК КРАСНОДАРСКОГО УНИВЕРСИТЕТА МВД РОССИИ 2015 № 4 (30) с 207.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
337
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
tizimlari bilan bogʻliq oʻgʻrilik jinoyatlari” kabi alohida moddalarni belgilash (ushbu
moddalar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat qonunchiligida mavjud);
2.
Ushbu jinoyatlar yuzasidan alohida Oliy sud Plenumi qarorlarini va
amaliyot xodimlariga mo‘ljallangan ilmiy, amaliy o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqish;
3.
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga moʻljallangan
Harakatlar strategiyasida kiberjinoyatlarni tergov qilish uslubiyotini takomillashtirish
boʻyicha alohida vazifalar belgilash;
4.
Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlov va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi
qonunida toʻlov tashkilotlari (operatori) tomonidan amalga oshirilayotgan onlayn
moliyaviy xizmatlar xavfsizligini taʻminlash uchun toʻlov xizmatlaridan
foydalanuvchilarni autentifikatsiya qilishning samarali mexanizmlarini joriy qilish;
5.
Kadrlar masalasiga alohida eʼtibor qaratish, xorijiy mutaxassislarni jalb
qilgan holda tergov va sud tizimi xodimlarini kiberjinoyatlarni tergov qilish bilan
bog‘liq bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida, o‘quv kurslarini tashkil etish
va ularni malakasini oshirish.
Ushbu islohotlar oʻz navbatida qonunni toʻgʻri va oʻz oʻrnida qoʻllashga,
yuqorida keltirilgan jinoyatlarni oldini olishga va jinoyatchilikka qarshi murosasiz
kurashishga xizmat qiladi.
REFERENCES
1.
Комаров А.А. Криминологические аспекты мошенничества в глобальной сети
Интернет. Дисс. на соис. уч. степ. канд. юрид. наук. – Пятигорск, 2010. – С.
24.
2.
Зыков Д.А. Виктимологические аспекты предупреждения компьютерного
мошенничества. Владимир, 2002. – 211 с.
3.
Ефремова М.А. Мошенничество с использованием электронной информации
// Информационное право. 2013. № 4. С. 19-21.
4.
Лопашенко Н.А. Посягательства на собственность: монография. – М.: Норма,
Инфра-М, 2012. – С. 8.
5.
Жиноятларни тергов қилишнинг криминалистик методикаси: Ўқув қўлланма
/ Р.Р. Шакуров, Ш.Т. Джуманов, Н. Тоштемиров, Д.Р. Тураева, О.Д.
Алланазаров. – Т: Ўзбекистон Республикаси ИИВ академияси, 2013. – 5 б.
6.
Криминалистика. Дарслик. Муаллифлар жамоаси. Абдумажидов Ғ.А. ва б.қ. –
Т.: Адолат, 2003. Т. 2. – 74 б.
7.
Бахин В.П. Криминалистическая характеристика преступлений как элемент
расследования // Вестник криминалистики. – Москва, 2006. – Вып. 1. – С.
140.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
338
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
8.
Кудрявцев Д.С. Особенности криминалистической характеристики убийств,
замаскированных под безвестное исчезновение человека // Актуальные
проблемы современной криминалистики и судебной экспертизы: материалы
междунар. науч.-практ. конф., посвящ. 35-летию со дня образования кафедры
криминалистики Акад. МВД Респ. Беларусь (Минск, 3 июня 2011 г.). – Минск:
Акад. МВД, 2011. – С.160.
9.
Белкин Р.С. Криминалистика: Учебник для вузов. – М., 2001. – С. 126.
10.
Шаззо С.К. Способи совершения мошенничества в отношении граждан
[Метҳодс оф коммиттинг фрауд агаинст ситизенс]. Вестник Адигейского
государственного университета. Церия 1: Юриспруденция. 2008. № 2. С.
11.
Табак И.С. Мошенничество с банковскими картами / И.С. Табак //
Современные инновации. – 2018. – № 4 (26). – № 1 (19). – С. 37-40.
12.
Kozodaeva O. N., Obidennova A. S. Sposobi soversheniya moshennichestva
sispol`zovaniem bankovskix kart [Ways to commit fraud using bank cards].
Uchenie zapiski Tambovskogo otdeleniya RoSMU. S. 52.
