Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
369
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
KIMYONING ASOSIY QONUNLARI VA AHAMIYATI
Muzafarova Nazokat
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali O’qituvchisi
Qurbonmurodov Shohrux
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabasi
Anotatsiya
. Har bir fan ma’lumotlar qonuniyatlar tajribalar izlanishlar natijasida
shakllanadi. Kimyo fani ham paydo bulishi shakllanishi uchun kuplab qonunlar kashf
qilindi va bu qonunlar hammamizga ma’lumki tajribalar asosida ma’lum bir xulosaga
kelinishi natijasidir. Butun bir borliq kimyoviy elementlardan (davriy sistemadagi 118
ta elemen) tashkil topgan, shu bilan bir qatorda kashf qilinishi mumkin bulgan
elementlar mavjud bulishi mumkin. Endi mana shu elementlar bir-biri bilan uzaro
ta’siri natijasida butun bir borliq mavjud. Elementlar bir-biri bilan qanday ta’sirlashadi
bu narsani kimyoviy qonunlar ochib beradi. Bu qonuniyatlar asosida odamlar turmush
tarzini yengillashtirishga, yangi kashfiyotlar qilishga erishilgan.
Kalit So’zlar
Hajmiy nisbatlar qonuni, Avagadro qonuni, Karrali nisbatlar qonuni,
Massani saqlanish qonuni. Tarkibning doimiylik qonuni, Ekvivalent qonuni, Gaz
qonunlari,
Kirish.
Kimyo fani moddalar tarkibi, ularning xossalari, tuzilishi va ular orasida sodir
bo‘ladigan kimyoviy o‘zgarishlarni o‘rganadi. Bu fan qadim zamonlardan buyon
insoniyat hayotida muhim o‘rin egallab kelmoqda. Kimyo fanining shakllanishi va
ilmiy asosda rivojlanishida eng muhim bosqichlardan biri – bu kimyoviy qonunlarning
kashf etilishi hisoblanadi. Ushbu qonunlar moddalar o‘zgarishini izchil va ilmiy asosda
tushuntirish imkonini beradi. Ular orqali kimyoviy jarayonlarni nafaqat tavsiflash,
balki oldindan taxmin qilish ham mumkin bo‘ladi.
Kimyoviy qonunlar — tajribaviy kuzatishlar asosida aniqlangan, doimiylik va
umumiylik xususiyatlariga ega bo‘lgan ilmiy qoidalar bo‘lib, ular kimyoviy
hodisalarning qanday yuz berishini belgilaydi. Masalan, moddalarning massasining
saqlanish qonuni, nisbiy miqdorlar qonuni, birikmalar tarkibining doimiylik qonuni,
Avogadro qonuni kabi qonunlar kimyo fanining asosini tashkil etadi. Ushbu qonunlar
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
370
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
o‘z navbatida kimyoviy elementlar va birikmalarning miqdoriy munosabatlarini
tushunishga yordam beradi va kimyoviy reaksiyalarni matematik jihatdan tahlil qilish
imkonini beradi.
Kimyoviy qonunlarning ochilishi bilan kimyo tajribaviy fan bo‘lishdan chiqib,
nazariy asoslangan aniq fan darajasiga ko‘tarildi. Bu esa fan-texnika taraqqiyotiga,
ayniqsa farmatsiya, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida katta turtki berdi.
Bugungi kunda ham bu qonunlar yangi dori vositalarini yaratishda, ekologik
muammolarni hal qilishda va materiallar ishlab chiqarishda keng qo‘llanilmoqda.
Mazkur maqolada kimyoviy qonunlarning ilmiy mohiyati, ularning tarixiy rivojlanish
bosqichlari, kashf etilgan olimlar va zamonaviy fan-texnikadagi amaliy ahamiyati
haqida batafsil tahlil qilinadi.
Asosiy qism
kimyo fani qonunlarini har bir muhim ahamiyatiga ega har bir
qonuni puhtalik bilan urganish kerak, bu qonunlar zanjir misolidir, biron bir tajribaga
qo’l o’rdikmi
unda yangi modda hosil bulish, issqlik chiqishi, reaksiya Tez borishi bu
xolatlari bir biri bilan chambarchas bog’liq.
Kimyoviy qonunlarning kashf qilinishi va tarifi
Moddalar massasining saqlanish qonuni
.
Bu qonun dastlab
1748-yilda M .V.Lom onosov tomonidan va keyinchalik 1789-yilda
A.Lavuaze tom onidan ta’riflangan:
«Kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi moddalar massasining yig'indisi reaksiya
mahsulotlari massalarining yig'indisiga tengdir»
Misol:C aC 0 3 + 2HC1 = CaCl2 + C 0 2 + H20
100 73 111 44 18
173. 173.
C aC 0 3 = C a 0 + C 0 2
100 56 44
1 0 0. 1 0 0.
Radioaktiv parchalanish, atom va vodorod bombalarining portlashi kabi katta
miqdorda eneigiya ajralib chiqishi bilan boradigan jarayonlar massalar saqlanish
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
371
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
qonuniga emas, balki materiyaning saqlanish qonuniga bo'ysunadi. Agar jarayon
davomida £ energiya ajralib chiqsa, bu jarayon davom ida m assaning o'zgarishi
Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi: E= m- c 2, bunda: — vakuumdagi yorug'lik
tezligi (c = 3-108 m/sek); —massa o'zgarishi; E — energiya. Reaksiyalarda massa
o'zgarishi nihoyatda kichik bo'ladi va uni odatdagi tarozi yordami bilan payqash qiyin.
Agar kim yoviy jarayonda issiqlik ajralib chiqsa, mahsulotlar massasi kamayishi kerak.
Kim yoviy reaksiyalarning issiqlik effektiga ko'ra mahsulotlarning massasini ortishi
yoki kamayishi to ‘g ‘risida xulosa chiqarish mumkin. Aslida kimyoviy reaksiyalarda
massa o'zgarishi juda kichik 10 м— 10'12 kg qiymatga ega bo'ladi. M asalan: H 2+ ^
0 2 = H 20 + 241,8 kJ/mol. Reaksiyada massa o'zgarishi 2,7 1 O'9 g ni tashkil etadi.
Massaning o'zgarishi kimyoviy reaksiyalarda juda oz bo'lganligidan amalda uni
o'zgarmaydi deb olinadi.
Tarkibning doimiylik qonuni.
1781-yilda A.Lavuaze karbonat angidridi gazini
10 xil usul bilan hosil qilib, gaz tarkibidagi uglerod va kislorod massalari orasidagi
nisbat (C 0 2) 3:8 ekanligini aniqladi.Bundan har qanday kimyoviy toza modda qaysi
va qanday usulda olinishidan qat’i nazaro'zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega degan
xulosa chiqarildi.Har qanday kimyoviy toza birikma, olinish usulidan qat’i nazar,
o'zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega».
Masalan, toza suvni bir necha xil usullar bilan olish mumkin:
1) vodorod va kisloroddan sintez qilib:
2H2 + 0 2 = 2H20
2) neytrallanish reaksiyasi asosida:
NaOH + HCI = NaCl + H20
3) metanni yondirib:
C H .+20, = CO. + 4 2 2 2 2 Қ
Hosil bo'lgan suvlarning tarkibida 11,11% vodorod va 88,89% kislorod bo'lib,
xossalari bir xilligi: suv 0°C da muzlaydi.lOCTC 100°Cda qaynaydi, 4,5°C da zichligi
1 g /sm 3 ga teng, o'zgarmas elektro'tkazuvchanlikka va qovushqoqlikka ega ekanligi
aniqlandi. Bu qonunga molekular tuzilishli moddalar — gaz, suyuqlik va oson
suyuqlanadigan qattiq moddalar bo'ysunadi.Mavjud anorganik moddalarning 95%
molekular tuzilishga
ega emas. Bunday moddalarning kristall tugunlarida alohida atomlar
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
372
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
yoki ionlar joylashgan bo'ladi. Zam onaviy tekshirishlar asosida
ko'pdan ko'p moddalar o'zgaruvchan tarkibga ega ekanligi aniqlandi. Masalan, titan
oksidi ТЮ 18 dan T i 0 12 gacha, mis (I)
oksidi tarkibi Cu, 8 О dan C u ,0 gacha, temir (II) oksidi Fe0 89O
dan Fe0 9jO gacha, TiO, 46 dan TiO, j6 gacha o'zgarishi aniqlangan.
Bunday moddalar d-elem entlarning oksidlari, gidridlari, karbidlari, nitridlari va
sulfidlari orasida keng tarqalgan
Hozirgi paytda tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha yangi ta’rifga ega: olinish
usulidan qat’i nazar molekular tuzulishga ega bo'lgan moddalar o'zgarmas sifat va
miqdoriy tarkibga ega
karrali nisbatlar qonuni.
1804-yilda ingliz olim i D .Dalton modda tuzilishi
to'g'risidagi atomistik tasawurlarga asoslanib, karrali nisbatlar qonunini ta’rifladi:
«Agar ikki element bir-biri bilan bir necha birikma hosil qilsa, elementlardan birining
shu birikmalardagi ikkinchi elem entning bir xil massa miqdoriga to‘g ‘ri keladigan
massa miqdorlari o'zaro kichik va butun sonlar kabi nisbatda bo'ladi»
formulasi
azot massasi
kislarod massasi
1 qism azotga
tug’ri keladigan
kislarod
1 qism azotga
tug’ri keladigan
kislarod massasi
nisbati
N20
NO
N2O3
NO2
N2O5
28
14
28
14
28
16
16
48
32
80
0.57
0.14
0.71
2.28
2.85
1
2
3
4
5
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
373
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Ekvivalent qonuni
.Moddaning ekvivalenti deb, uning 1 mol vodorod atomlari
bilan birikadigan yoki kimyoviy raksiyalarda shuncha vodorod atomlarining o’rnini
oladigan miqdoriga aytiladi.
Bir ekvivalent moddaning massasi ekvivalent massa, normal sharoitdagi hajm esa
ekvivalent hajm deyiladi.Vodorodning ekvivalent massasi 1 g, ekvivalent hajmi
1,2 l. Kislorod uchun bu qiymatlar mos ravishda 8 g va 5,6 l bo’ladi.
Elementning ekvivalent massasini hisoblash uchun uning atom massasini valentligiga
bo’lish kerak. Tabiiyki, o’zgaruvchan valentli elementlarning ekvivalenti massalari
ham o’zgaruvchandir.
Murakkab moddalarning ekvivalentlarini quyidagi formulalar asosida hisoblasa
bo’ladi:
E oksid =M oksid/n×v. M- molyar massa . n va v – oksid hosil qiluvchi elementning
soni va valentligi;
E kislota= Mkislota/n kislota . n- kislota kislotaning asosligi;
E asos= M asos/n×nasos. n-asos asosning kislotaligi;
Etuz= M tuz/nMe×vMe. n Me va vMe metall atomining soni va valentligi.
Masalan
, 49 g sulfat kislota 32,5 g rux bilan reaksiyaga kirishganda 1 g vodorod ajralib
chiqadi. Sulfat kislota o’rniga 36,5 g xlorid kislota olinsa ham o’shancha vodorod
ajralib chiqadi. Ruxning o’rniga alyuminiy olinsa, 1g vodorod ajralib chiqishi uchun
9 g alyuminiy kerak bo’ladi.
Murakkab moddalarning ekvivalent massalari quyidagi formulalar bilan hisoblanadi:
E MgO= 40/2= 20. EHCl=36,5/1= 36,5 E(AlCl3)= 133,5/3=44,5
Birinchi reaksiyada H3PO4 faqat bitta vodorod ioni bilan reaksiyada
qatnashyapti, shuning uchun bu reaksiyada H3PO4 ning ekvivalent massasi 98 g ga
teng. Ikkinchi reaksiyada H2SO4 ning har ikkala vodorod ioni almashgani uchun
uning ekvivalent massasi 49 ga teng: Masalan:
H3PO4 + NaOH = NaH2PO4 + H 2O E (H3PO4) = 98/1 = 98g
H3PO4 + 2NaOH = Na2HPO4 + 2H2O
E (H3PO4) = 98/2 = 49g
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
374
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Gaz qonunlari
Hajm iy n isb atlar qonuni. Fransuz olim i Gey-Lyussak gaz
moddalarning ta’sirlashuvini tekshirib, 0‘zining hajmiy nisbatlar qonunini kashf etdi.
Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi: « 0 ‘zgarmas haroratda va bosimda reaksiyaga
kirishgan gazlar hajmlarining o‘zaro nisbati hamda reaksiya natijasida hosil bo'lgan
gazlar hajmlariga nisbati butun kichik sonlar kabi bo‘ladi».
M asalan:
H2 + Cl2 = 2HC1 N2 + 3H2 = 2N H3
IV IV 2V 1:1 2 IV 3V 2V
Avogadro qonuni. Harorat 0°C, bosim 101,325 kPa (760 mm simob ustuni, yoki
1 atmosfera) bo'lgan sharoit normal sharoit (n.sh.) deyiladi. Hajmiy nisbatlar qonunini
tushuntirish uchun italiya olim Avogadro 1811-yilda quyidagi gipotezani oldinga surdi:
«Bir xil sharoitda (bir xil harorat va bir xil bosimda) va teng hajmda olingan gazlarning
molekulalari soni o'zaro teng bo'ladi» Bundan ikkita xulosa kelib chiqadi:
1) normal sharoitda 1 mol har qanday gazning hajmi 22,4 1 ga teng; 2) bir xil sharoitda
teng hajmli gazlar massalarining nisbati ular molekular massalarining nisbatiga teng
bo'lib, bu nisbat birinchi gazning ikkinchi gazga nisbatan zichligi deyiladi.
Boyl—M ario t
qonuni. D oim iy haroratda m a’lum miqdor gazning bosim i uning
hajmiga teskari proporsional:
Shari qonuni
. 0 ‘zgarmas hajmda gazning bosimi uning mutloq
haroratiga to‘g ‘ri proporsional:
G ey-Lyussak qonuni.
0 ‘zgarmas bosimda gazning hajmi uning
mutloq haroratiga to ‘g ‘ri proporsional:
Xulosa
: Kimyoviy qonunlar — kimyo fanining poydevorini tashkil etuvchi
asosiy nazariy tamoyillardir. Ushbu qonunlar moddalar tarkibi va ularning o‘zgarish
jarayonlarini chuqur tushunish, hamda ular o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlikni aniq
belgilash imkonini beradi.
Avvalo, modda saqlanish qonuni kimyoviy reaksiya jarayonida umumiy massa
o‘zgarmasligini, ya’ni reaksiya boshlanishidan oldin va keyin moddalarning umumiy
massasi bir xil bo‘lishini ta’kidlaydi. Bu qonun tajriba natijalarini tahlil qilishda va
kimyoviy tenglamalarni to‘g‘ri tuzishda muhim rol o‘ynaydi.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
375
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Doimiy nisbatlar qonuni esa har qanday kimyoviy birikma tarkibidagi
elementlar qat’iy, doimiy miqdoriy nisbatda birikishini ko‘rsatadi. Bu qonun
moddalarning formulalarini to‘g‘ri aniqlash va tahlil qilishda zaruriy ahamiyatga ega.
Nisbiylik qonuni bir necha birikmada qatnashayotgan elementlar massalari
o‘zaro oddiy sonli nisbatda bo‘lishini tushuntiradi. Bu qonun elementlar o‘rtasidagi
miqdoriy bog‘liqlikni aniqroq tushunishga yordam beradi.
Gazlar hajmiy nisbatlar qonuni — Gay-Lyussak qonuni — gazlar o‘rtasidagi
reaksiya jarayonida ularning hajmlari oddiy sonli nisbatda bo‘lishini isbotlaydi. Bu
qonun gaz fazasidagi reaksiyalarni modellashtirishda juda muhim.
Avogadro qonuni esa bir xil sharoitda olingan turli gazlar hajmida molekulalar
soni bir xil bo‘lishini ko‘rsatadi. Bu tamoyil gazlar hajmini, bosimini va massasini
hisoblashda keng qo‘llaniladi.
Xulosa qilib aytganda, har bir kimyoviy qonun kimyo fanining muhim va
ajralmas qismini tashkil etadi. Ularning barchasi moddalar xossalarini ilmiy asosda
tushunish, ularni o‘rganish va amaliyotga tadbiq etishda mustahkam ilmiy asos bo‘lib
xizmat qiladi. Ushbu qonunlarni mukammal egallash — kimyo fanini puxta
o‘zlashtirishning asosi hisoblanadi
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
H.R To’xtayev, R Aristanbekov, K.A CHo’lponov, S.N Aminov-Anorganik kimyo.
2.
Parpiyev N., Muftaxov A., Rahimov H.
Anorganik kimyo: Nazariy asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2000.
3.
Атков М.А., Бочкарев М.Н. Основы химии: Неорганическая химия. – Москва,
2018.
4.
Хакимов Ш.А. Anorganik kimyo nazariyasi. – Тошкент, 2021.
5.
Нейланд О.Я. Общая и неорганическая химия. – М.: Высшая школа, 2019.
