Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
433
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
DO’PPI TURLARI
Barotova Shahnoza
Termiz Davlat pedagogika instituti Tabiiy va aniq fanlar fakulteti Texnologik taʼlim
yoʻnalishi 201-guruh talabasi
Annotatsiya:
Do‘ppi, o‘zbek xalqi va boshqa Markaziy Osiyo xalqlarining
milliy kiyimlaridan biri bo‘lib, qadimiy va boy madaniyatimizning muhim qismidir.
Bu kiyim boshni yopish uchun ishlatiladigan, o‘ziga xos dizayni va shakli bilan ajralib
turadigan an’anaviy bosh kiyimidir. Do’ppi boshni issiqdan hamda sovuqdan himoya
qilish uchun foydalanilaniladi Ushbu maqolada asosiy do’ppining turlari do‘ppining
tarixi, uning ma'nosi, xalq orasida qanday qabul qilinishi va bugungi kunda uning
zamonaviy shakllaridagi o‘zgarishlari ko‘rib chiqiladi.do’ppi turli viloyatlarda tyrlicha
bo’lin naqsh bezaklari bilan ham farq qiladi
Kalit so’zlar:
Do’ppi,Do’ppiturlari, Naqsh turlari, kuloh, araqchin, tus to’ppi,
do’ppi tikish Do’ppi uchun mato tanlash texnоlogiyasi, doʻppi tarixi,
Do’ppi haqida.
— O’zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim.Do’ppi
boshni issiqdan sovuqdan saqlash uchun kiyiladigan bosh kiyim Do’ppi turli hil
viloyatlarda turli hilda tikiladi. Do’ppi kiyish dastlab Eronda va turkiy xalqlar
o’rtasida, Rossiyada esa XIII asrda rasm bo’lgan. Asrlar davomida do’ppining turli
xillari vujudga kelgan. Baxmalga, satinga, sidirg’a shoyiga ip, ipak va zar bilan do’ppi
gullari tikilgan. O’zbekistonda, Toshkent, Chust, Buxoro, Samarqand, do’ppilari
mavjud. Iroqi, Chust do’ppi, Gilam do’ppi, Chakma to’r, Zardo’ppi, To’ldirma deb
nomlanadigan milliy do’ppilar bor. Har bir do’ppi yaratilish uslubiga ega bo’lib, ular
naqshlari bezaklari bilan bir-biridan farqlanadi O’zbekistonda ommaviy bosh kiyimi
asosan uch xil shaklga ega bo’ladi. «Kuloh», «araqchin», «tusdo’ppi». Nomli turlari
mavjud
Kuloh
- konussimon bosh kiyim. U asosan darveshlar qalpog’i. Uning matohi
toq uchburchak parchalaridan bichilib yonlamasiga tikiladi. Kuloh (erkaklar bosh
kiyimi) judakam uchraydigan do’ppi hi
Araqchin
— sharsimon do’ppi, uni asosan keksalar kiyadi. Toshkentda
sharsimon do’ppilar kanda xayol, bosma, chakmato’r, iroqi chok usullarida tikiladi.
Tus do’ppi
— Keng tarqalgan yassi yuzali do’ppi. Ko’pincha tus do’ppi chust
do’ppi deb yuritiladi. Tus do’ppilarning birgina klassik variantining o’zida sakkizta
yuvelir chok uslubi qo’llaniladi. Masalan, zanjira, to’g’ri chok, chita, kungura,
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
434
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
yetalatma, taroq, ova, pildiroq. Chust do’ppisi-ning tepasiga kvadrat shaklida bo’rtib
chiqib, yarim shar ko’rinishida bo’ladi. Toshkent do’ppisi sidirg’a baxmaldan (gulsiz)
tikilgan bo’ladi. Buxoro do’ppilari sidirg’a yoki gulli baxmaldan jiyakli qilib tikiladi,
jiyagi turli xil ipaklardan rangdor naqshli yo’rma usulida tikilgan bo’ladi.
Qadimgi davrlarda bosh kiyimga qarab o`zbeklarning etnik va lokal guruhlari
bilan farq qilingan. Erkaklar boshiga asosan turli xildagi do`ppi (do`ppi, taqyo) kiygan,
ayollar esa ko`pincha rang -barang ro`mol yopingan. Do`ppining dastavval tagini va
gardishi (kizagi) ni ayrim holda tikib kashtalaganlar va mayda kavalab qo`shib
tikkanlar. Biroz yapaloq yassi shaklda ichiga o`rab qog`oz bilan mayda qaviq qilingan
do`ppilar asosan Farg`ona vodiysida ma`lum. Ayniqsa «Bodom» yoki «qalampir»
chaqish oq ipak ip bilan tagi qora matolarga kashtalangan Chust do`ppisi nafaqat
vodiyda, balki Chustdan tashqarida ham mashhur. Tagi kashta qilinib, rang -barang gul
shaklidagi Xo`jand-o`rtatepa do`ppilari butun O`zbekitonga tarqalgan. Odatda,
do`ppiga nozik gul qadab tikiladi, ayrim ayollarning do`ppisiga mayda munchoq,
marjonlar. Xorazmliklarda jiyak va popuk taqiladi. Ilgari konus shaklidagi do`ppilar
Toshkent, Samarqand, Shahrisabzda tarqalgan, endi esa Shahrisabzda saqlangan.
Bugungi kunda Respublika Davlat amaliy san’at muzeyida badiiy ijodiyotning
mustaqil turi bo‘lgan o‘zbek do‘ppilarining noyob namunalari saqlanadi. Xususan,
Toshkentning «iroqi», «chorgul», «chamanda gul», «takdo‘zi», «oqlar»,
Shahrisabzning «iroqi», «gilam do‘ppi» deb ataluvchi turlari, Chustning qora satinga
oq ipak bilan tikilgan «qalampir» nusxasi, Denov, Urgut, Samarqand va boshqa
joylarda tayyorlangan do‘ppilar bir-biridan o‘ziga xos kashta gullari bilan ajralib
turadilar, ulardan hayratlanmaslik mumkin emas.
Ayollar do‘ppilarini bezashda asosan gullar, mevalar va qushlardan
foydalaniladi. Gul naqshlari orasida keng tarqalgani atirgul, gulsapsar, chinnigul, lola,
gultojixo‘roz, olma gullari va boshqalar, mevalar orasida esa anor, olcha va gilos,
bodom va qalampir tasvirlari va boshqalar hisoblanadi. Gullar ko‘pincha yuqorida va
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
435
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
yon tomonda tasvirlanadi. Gullar ichidagi jihatlar, ayniqsa, ehtiyotkorlik bilan
ishlanadi. Qushlar ham bezakning asosiy naqshini tashkil qilishi mumkin. Asosan, bu
tustovuq, xo‘roz, bulbulning tasvirlaridir. Hunarmand ayollarning go‘zallikka,
mukammallikka intilishi ularning mehnatini hunarmandchilikdan eng yuqori san’at
darajasigacha ko‘taradi.
Shunday qilib,
o‘zbek do‘ppisi bezagining barcha elementlari
— rangi,
chiziqlari, rasmlari muhim ma’no yuklamasiga ega bo‘lib, ko‘pincha hayot va o‘lim,
yorug‘lik va qorong‘ulik, yer va osmon, yaxshilik va yomonlik kabi umumiy
tushunchalar bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘zbek do‘ppilari haqli ravishda butun dunyoda
talabga ega. Chet ellik sayyohlar bunday bosh kiyimlarini g‘ayrioddiy yodgorlik
sifatida sotib olishadi, aksariyat insonlar hatto ular bilan o‘z uylarini bezashadi.
Shaxsiy foydalanish uchun esa do‘ppini istalgan bozorda va sayyohlik markazlaridagi
maxsus sovg‘alar do‘konlarida xarid qilish mumkin.
"Do‘stlik" ordeni sohibasi
, marg‘ilonlik hunarmandning bichishicha
1 metr 60
sm surp matosidan 20 ta iroqi do‘ppi tayyorlash mumkin. Dastlab, kanva (to‘r) yoki
surpdan do‘ppining tepa va yon (kizak, gardish) tomonlari bichiladi. Ushbu jarayonda
gardish 4 bo‘lakka ajratilib, qirqiladi. Kizakning uzunligi 56-60, eni 7,5-8 santimetr
bo‘lishi kerak. Do‘ppi tepasining bo‘yi ham, eni ham 22 santimetr o‘lchamda kesiladi.
Do‘ppi uch qismdan
– tepa (aylana va to‘rtburchak shaklida bichiladi), kizak
(gardish shaklida) va jiyakdan iborat. Bichilgan matoning har bir qismi qora ipakda
tekis chok berib ajratiladi. Do‘ppiga kashta tikishdan oldin, uning gul nusxalari
andozasi chizib olinadi. Iroqi nusxa do‘ppilarida gullar ko‘pincha tepa va yon qismda
alohida tasvirlanadi.
Do‘ppining to‘rt tomoni qog‘ozga chizib olingan naqsh asosida turli rangdagi
ipaklarda kashtalanadi. Naqsh gullarining orasi esa oq ipak ip bilan to‘ldirib tikiladi.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysida Marg‘ilon iroqi nusxa
do‘ppisining naqshiga ko‘ra, 100 ga yaqin turlari mavjud bo‘lgan. Ayni kunda
“Gulnoz”, “Bulbul”, “Gullola”, “Bahor”, “Janon”, “Yong‘oq nusxa”, “Shabnam”,
“Farg‘ona tong otguncha” kabi do‘ppi nusxalari tayyorlanib, do‘ppido‘zlar tomonidan
yangi naqsh motivlari bilan boyitilmoqda.
Iroqi nusxa do‘ppi tepasiga kashta tikishda ko‘proq sanama chok qo‘llaniladi.
Uning zaminiga ikki xil uslubda ipak ipda kashta bosiladi: “sanama”, (sanab tikish)
yoki “chizma” (oldin chizib olib keyin tikish). 20 dona iroqi do‘ppisi bezagi uchun 400
grammdan 500 grammgacha turli rangdagi ipak ip ishlatiladi. Tabiiy bo‘yoq berilgan 1
kg ipak ip 1 mln. so‘m atrofida baholanadi.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
436
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Kashtalash jarayoni oxirigacha yetgach, dastlab do‘ppining kizagiga qora
baxmaldan jiyak o‘rnatiladi va astarlanadi. Tepa qismga moslab qog‘oz va astar ustma-
ust joylashtiriladi. So‘ngra gardish va tepa birlashtirilib, tayyor bo‘laklar bir-biriga
ulanadi va do‘ppi holatiga keltirib tikiladi. 20 asr oxirigacha do‘ppining astarlangan
tepa qismi mayda nozik chokda qavilgan. Choklar orasiga paxta yoki qog‘ozdan
piltakachda yupqa qog‘ozdan pilta qilingan. Piltalangan tepa qism va gardish
biriktirilganda, do‘ppi ko‘rinishi hosil bo‘lgan.
Tikish qilinayotganda tozalikka rioya qilinishi shart
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2
.6-sinf texnologiya kitobidan
3.
WWW.Google.uz
4.
WWW.ziyonet.uz
