Authors

  • Chorsaidova Munisa Azamat qizi
    Termiz davlat pedagogika instituti texnologik ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi
  • Mirzakulova Risolat Musurmankulovna
    Termiz davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.104378

Keywords:

Yashil iqtisodiyot ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar ekologik barqarorlik bandlik resurslardan samarali foydalanish barqaror rivojlanish.

Abstract

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot sohasidagi global tendensiyalar va innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Barqaror rivojlanish maqsadlari asosida shakllanayotgan yashil iqtisodiyot kontseptsiyasi XXI asrda dunyo iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylanmoqda. Mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ekologik tashabbuslar, toza energiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va innovatsion texnologiyalar orqali iqtisodiy o‘sish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari keng muhokama qilinadi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6


16

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

YASHIL IQTISODIYOTDAGI GLOBAL TENDENSIYALAR VA

INNOVATSIYALAR

Chorsaidova Munisa Azamat qizi

Termiz davlat pedagogika instituti texnologik ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Mirzakulova Risolat Musurmankulovna

Termiz davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

Annotatsiya

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot sohasidagi global tendensiyalar va

innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Barqaror rivojlanish maqsadlari asosida
shakllanayotgan yashil iqtisodiyot kontseptsiyasi XXI asrda dunyo iqtisodiyotining
ajralmas qismiga aylanmoqda. Mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga
oshirilayotgan ekologik tashabbuslar, toza energiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va
innovatsion texnologiyalar orqali iqtisodiy o‘sish hamda ekologik xavfsizlikni
ta’minlash yo‘llari keng muhokama qilinadi.

Kalit so’zlar

: Yashil iqtisodiyot, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, ekologik barqarorlik,

bandlik, resurslardan samarali foydalanish, barqaror rivojlanish.

So‘nggi yillarda dunyo miqyosida ekologik muammolar keskin tus olmoqda.
Iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning kamayishi, havoning ifloslanishi kabi
muammolar iqtisodiyot va jamiyat hayotiga bevosita ta’sir qilmoqda. Shu bois,
an’anaviy iqtisodiy modeldan voz kechib, barqarorlikka asoslangan yangi yondashuv
– yashil iqtisodiyot konsepsiyasiga ehtiyoj ortmoqda. Yashil iqtisodiyot – bu iqtisodiy
o‘sishni ta’minlaydigan, shu bilan birga, tabiiy resurslar va ekologik muvozanatni
saqlaydigan tizimdir. Ushbu maqolada ushbu sohadagi global tendensiyalar, yetakchi
davlatlarning tajribalari, va innovatsion texnologiyalarning o‘rni chuqur tahlil qilinadi.
Bugingi kunda innovatsion taraqqiyotga erishish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish,
cheklangan resurslardan maksimal darajada oqilona foydalanish masalalari nafakat
milliy iqtisodiyotlar, balki butun dunyo hamjamiyati oldida amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan muhim vazifalardan sanaladi. Chunki, hozirgi davr iqtisodiyoti muayyan bir
tizim sifatida nafaqat iqtisodiy o‘sish, texnik mukammallik hamda raqobatbardoshlik
tamoyillari asosida shakllanishi, balki har bir inson yashash sharoitini yaxshilashi
hamda kelajak avlodlar uchun qulay iqtisodiy sharoit yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lishi
lozim. Iqtisodiyotning bunday transformatsiyasi bugungi kunda “yashil iqtisodiyot”
asosidagi barqaror taraqqiyot deb nomlanadi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6


17

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Bugungi kunda ko‘plab davlatlar yashil iqtisodiyotni milliy strategiyalar

darajasida qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, Yevropa Ittifoqi 2050 yilgacha
“karbonsiz iqtisodiyot”ga o‘tishni maqsad qilgan bo‘lsa, Xitoyda esa toza energiyaga
sarmoyalar ko‘paymoqda. AQShda esa qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish
jarayoni tezlashmoqda. Innovatsiyalar bu jarayonning yuragi hisoblanadi. Quyosh
panellari, shamol turbinalari, elektromobillar, aqlli shahar texnologiyalari,
chiqindilarni qayta ishlash tizimlari va raqamli monitoring vositalari yashil
iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishlariga aylanmoqda. Sun’iy intellekt, IoT (Internet of
Things) va katta ma’lumotlar (Big Data) ekologik barqarorlikni boshqarishda yangi
imkoniyatlar yaratmoqda.

Bundan tashqari, yashil moliya va “yashil obligatsiyalar” kabi moliyaviy vositalar
orqali ekologik loyihalarni moliyalashtirish kengaymoqda. Innovatsion startaplar
ekologik muammolarni hal qilishda faol ishtirok etmoqda.

Tadqiqotda tizimli yondashuv asosida tahlil, taqqoslash va statistik usullar

qo‘llanildi. Asosiy manbalar sifatida hukumat hisobotlari, xalqaro tashkilotlar
ma’lumotlari, hamda mahalliy iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlil etildi. Shuningdek,
ekspert fikrlari va ommaviy so‘rovlar orqali ijtimoiy kayfiyat va jamiyatda yuz
berayotgan real o‘zgarishlar baholandi. Barchamizga ma’lumki, iqtisodiy
rivojlanishning har bir bosqichida atrof-muhit, tabiat iqtisodiyotning asosiy elementi,
omili sanaladi. Tabiat va iqtisodiyotning mukammal muvozanatlashgan o‘zaro
munosabati yashil iqtisodiyot konsepsiyasida namoyon bo‘ladi. Yashil iqtisodiyot
oxirgi yigirma yillik mobaynida shakllangan iqtisodiy-ijtimoiy yo‘nalish bo‘lib, unga
ko‘ra iqtisodiyot tabiiy muhitning mustaqil bo‘lmagan komponenti hisoblanib, aynan
tabiiy muhit doirasida shakllanadi va rivojlanad

i

. Yashil iqtisodiyotning bosh vazifasi

ishlab chiqarish hamda iste’mol qilish jarayonlarini ekologik standartlarga mos tarzda
o‘zgartirish (ecologization) dan iboratdir

Yashil iqtisodiyot nazariyasi quyidagi uch

aksiomalar asosida qurilgan:

Globallashuv jarayoni turlicha qabul qilinadi va baholanadi. Rivojlangan va

rivojlanayotgan mamlakatlarda unga turlicha munosabatda bo'lishadi. Bir tarafdan,
xorijiy raqobat uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdo, kapital va mehnat
resurslari ko'chib yurishining kuchayishi jahon ishlab chiqarish omillaridan
samaraliroq foydalanish, jahon ishlab chiqarishini oshirish uchun yangi imkoniyatlar
yaratadi va unda ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun yutuq deb atash mumkin. Boshqa
tarafdan, global bozorlarda raqobatning kuchayishi, xo'jalik faoliyatining keng
erkinlashuvi mamlakatlar uchun xavf-xatarlar tug=dirishi muqarrardir. Rivojlangan


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6


18

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

mamlakatlar uchun buning foydali jihatlari aniq ko'rinib turibdi, biroq rivojlanayotgan
mamlakatlar haqida, ayrim hollarda, bunday deb bo'lmaydi. Ularning ko'pchiligi
baynalminallashuvda xomashyo va mehnat resurslari yetkazib beruvchilar sifatida
ishtirok etib, rivojlangan va qudratliroq davlatlarga qaram bo'lib qolishini e'tirof etish
mumkin.

Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotida sezilarli o'zgarishlarga olib

kelmoqda. Yangi iqtisodiy model va global integratsiyaning kuchayishi, shuningdek,
texnologik yangilanishlar va moliyaviy tizimlarning o'zgarishi jahon iqtisodiyotining
rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatmoqda. Ushbu maqolada globallashuv sharoitida jahon
iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari ko'rib chiqiladi.

1. Xalqaro savdo va investitsiyalarning o'sishi. Globallashuv jarayonida xalqaro

savdo va kapital harakati kuchaymoqda. Tovarlar va xizmatlarning transchegaraviy
harakati o'sib borar ekan, dunyo bo'ylab ishlab chiqarish va iste'mol zanjirlari tobora
integratsiyalanib bormoqda. Xalqaro investitsiyalarning oshishi ham iqtisodiy
o'sishning muhim omili hisoblanadi, chunki u global bozorlar o'rtasida integratsiyani
kuchaytiradi va mamlakatlar o'rtasida resurslarni taqsimlashni optimallashtiradi.

2. Texnologik yangilanish va raqamli iqtisodiyot. Texnologik inqilob va raqamli

iqtisodiyotning

rivojlanishi

jahon

iqtisodiyotida

yangi

tendensiyalarni

shakllantirmoqda. Yangi texnologiyalar, jumladan, sun'iy intellekt, robototexnika, katta
ma'lumotlar (big data), blokcheyn va raqamli valyutalar ishlab chiqarish va savdoda
yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Shuningdek, elektron tijoratning o'sishi va raqamli
to'lov tizimlarining joriy etilishi iqtisodiy jarayonlarni soddalashtirmoqda va xalqaro
savdo hajmini oshirmoqda.

3. Moliyaviy tizimlar va global moliya bozorlarining o'zgarishi. Moliyaviy

tizimlar va bozorlar o'rtasida o'zaro bog'liqlik kuchaymoqda. Global moliyaviy
inqirozlar va ularning ta'siri, xalqaro moliyaviy institutlar va davlatlar o'rtasidagi
hamkorlik, shuningdek, moliyaviy regulyatsiyalar va xavfsizlik choralari iqtisodiyotda
barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan yangi usullarni ishlab chiqishga olib keldi. Yangi
moliyaviy instrumentlar, masalan, kripto-valyutalar va fintech (moliyaviy
texnologiyalar) sektori rivojlanmoqda.

4. Ijtimoiy va ekologik masalalar. Globallashuv jarayonida ijtimoiy va ekologik

masalalar ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror
rivojlanish va ijtimoiy tenglikni ta'minlash bo'yicha global ko'p tomonlama
shartnomalar va tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Ekologik barqarorlikni ta'minlash


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6


19

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

va energiya samaradorligini oshirish, shuningdek, ijtimoiy adolatni ta'minlash iqtisodiy
rivojlanishning asosiy yo'nalishlariga aylangan.

5. Multilateral va regional hamkorlik. Global integratsiya jarayonida

mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalari kuchaymoqda. Xalqaro
tashkilotlar, masalan, Jahon savdo tashkiloti (WTO), Xalqaro valyuta jamg'armasi
(IMF), Jahon banki va boshqa ko'plab regionlararo va xalqaro tashkilotlar global
iqtisodiy muammolarni hal qilishda muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, regional
iqtisodiy integratsiya va savdo kelishuvlari (masalan, Yevroosiyo Ittifoqi, AFTA va
boshqalar) iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishga qaratilgan yangi mexanizmlar sifatida
rivojlanmoqda.

Bir qarashda oddiy iqtisodiyotdan yashil iqtisodiyotga o‘tish ancha ko‘p mablag‘

talab etadigan qiyin jarayondek tuyuladi, ammo, yashil iqtisodiyot tamoyillariga amal
qilish orqali resurlarni tejash, ishlab chiqarish harajatlarini minimallashtirish, uzoq
muddatga xizmat qiluvchi va to‘liq yangilangan ishlab chiqarish tizimini yo‘lga
qo‘yish imkoniyati yaratiladi. “Worldwatch Institute” taqdim etgan ma’lumotlarga
ko‘ra, o‘rta hajmdagi iqtisodiy tizimga ega mamlakatlar uchun yashil iqtisodiyotga
o‘tish oddiy ishlab chiqarish natijasida yuzaga keluvchi muammolarni echishga
qaraganda kamroq mablag‘ talab etadi Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, har bir
mamlakat o‘z iqtisodiy, tabiiy va inson resurslari potensiali, yutuq va kamchiliklaridan
kelib chiqgan holda, o‘z yashil iqtisodiyotini yaratadi chunki, hozirda universal yashil
iqtisodiy tizim modeli mavjud emas.O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash
sharoitida yashil iqtisodiyotning o‘rnini yuqori baholash mumkin. Chunki,
mamlakatimizda yashil iqtisodiyotni shakllantirish masalasining muhim ekanligi tabiiy
resurs potensialini saqlash, atrof-muhitga zarar keltirmaydigan ishlab chiqarishni
tashkil etish va shu bilan bir qatorda yuqori o‘sish sur’atlariga erishish lozimligi bilan
xarakterlanadi. O‘zbekistonning yuqori tabiiy resurs va inson kapitaliga ega ekanligini
unda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjudligini
ko‘rsatadi. O‘zbekistonda yoqilg‘i-energetika resurslarining hozirgi hajmda iste’mol
qilinishi davom etsa, ular mamlakatning yoqilg‘i-energetikaga bo‘lgan ehtiyojini 20-
30 yil davomida ta’minlab berishi bashorat qilingan. Shu sababli ham iqtisodiyotni
yashillashtirish jarayonini ushbu sohaga keng targ‘ib etish, O‘zbekistonda qayta
tiklanuvchi, alternativ energiya manbalaridan foydalanish darajasini oshirish muhim
masalalardan biri hisoblanadi. SHuningdek, BMT “Atrof muhit muhofazasi va
taraqqiyot xalqaro komissiyasi” ning hisobotida “Kelajak rivojlanishi, ravnaqi shunday
energiyalardan foydalanish formasi, ya’ni, atrof muhit holatiga zarar etkazmaydigan,


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6


20

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

xavfsiz, tiklanadigan, kafolatlangan, doimiy o‘sib, tiklanib boruvchi va foydalanish
imkoniyati mavjud bo‘lgan energiyalarga bog‘liq bo‘lib qoladi”, deya qayd
etilganligini e’tirof etish joiz. O‘zbekistonning quyosh energiyasi bo‘yicha yalpi
salohiyati 50973 mln. tonna neft ekvivalentiga (mln.t.n.e.) teng bo‘lsa, shamol
energiyasining yalpi salohiyati 2,2 mln.t.n.e. deb baholanadi. Bu sohada yurtimizda bir
qancha islohotlar amalga oshirilgan bo‘lib, ularga quyidagilarni misol qilib keltirish
mumkin:

Yashil iqtisodiyotga o‘tish nafaqat ekologik, balki keng ko‘lamli ijtimoiy-

iqtisodiy islohotlarni ham talab qiladi. Ushbu jarayonda yangi ish o‘rinlarining
yaratilishi, innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi va aholining ekologik ongining
o‘sishi kuzatilmoqda. Shuningdek, bu model jamiyatda sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish va barqaror iqtisodiy taraqqiyotga erishishda muhim vosita bo‘lib xizmat
qilmoqda.

Hulosa

Yashil iqtisodiyot – bu nafaqat ekologik xavfsizlik, balki yangi iqtisodiy

imkoniyatlar manbai. U insoniyatga tabiat bilan uyg‘unlikda yashashni, resurslardan
oqilona foydalanishni va kelajak avlodlarga sog‘lom muhitni meros qilib qoldirishni
ta’minlaydi. Innovatsiyalar esa bu yo‘lda asosiy harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat
qilmoqda. Shunday ekan, har bir davlat, har bir jamiyat, hatto har bir shaxs yashil
iqtisodiyot sari dadil qadam tashlashi lozim. Chunki bu faqat bugungi emas, balki
kelajak avlodlar oldidagi burchimizdir.

Foydananilgan adabiyotlar

1.

Mirzakulova Risolat Musurmankulovna ” YASHIL MOLIYA VA BARQAROR
INVESTITSIYA STRATEGIYALARI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA
ISTIQBOLLAR” MANAGEMENT, MARKETING AND FINANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 3. -158-160,
2025-yil.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15269292

2.

Mirzakulova Risolat Musurmankulovna “YASHIL IQTISODIYOTGA O’TISH

ZARURIYATI. THE NEED FOR A TRANSITION TO A GREEN ECONOMY.
НЕОБХОДИМОСТЬ ПЕРЕХОДА К ЗЕЛЁНОЙ ЭКОНОМИКЕ” . МЕДИЦИНА,
ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА. -SJIF2024 =5.444,
2025-yil.
3.

Mirzakulova Risolat Musurmonkulova, Qodirova Shohista “QISHLOQ
XO‘JALIGINI YASHIL IQTISODIYOT ASOSIDA BARQAROR
RIVOJLANTIRISH”

Международный

научный

журнал


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6


21

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

№ 33 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» Май
2025.

4.

Mirzakulova Risolat Musurmankulovna,Qurbonboyeva Marhabo Davlatboyevna
“YASHIL ENERGETIKA BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISH OMILI
SIFATIDA” ANALYSIS OF MODERN SCIENCE AND INNOVATION. -166-171,
2025-yil.

5.

Mirzakulova Risolat Musurmankulovna “WAYS OF EFFECTIVE USE OF
COCKTAIL RESOURCES IN ECONOMIC NETWORKS” EUROPEAN
INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND
MANAGEMENT

STUDIES.

-100-103,

2023-yil.

DOI:

https://doi.org/10.55640/eijmrms-03-02-19

6.

Baqirov, T. (2021). “Yashil iqtisodiyotga o‘tish: O‘zbekiston tajribasi.” O‘zbekiston
Respublikasi ilmiy jurnali.

7. «2019 — 2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining «yashil iqtisodiyot»
iqtisodiyotiga o'tish strategiyasini belgilash to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining PQ-4477 sonli Qarori

8. A.V.Vaxabov, Sh.X.Xajibakiyev. Yashil iqtisodiyot: Darslik. 2-nashr, qayta
ishlangan va to'ldirilgan / i.f.d., prof. A.V.Vaxabovning umumiytahriri ostida. -
Toshkent: "ZEBO PRINT", 2023. - 264 b.

9. Yaxshimuratova Sevara Rustam qizi, "MAMLAKAT IQTISODIYOTINI
RIVOJLANTIRISHDA "YASHIL" IQTISODIYOTNING O'RNI" Yashil iqtisodiyot
va taraqqiyot 2024-yil, oktyabr. № 10-son

10. https://uz.wikipedia.org/wiki/Yashil iqtisodiyot

References

Mirzakulova Risolat Musurmankulovna ” YASHIL MOLIYA VA BARQAROR INVESTITSIYA STRATEGIYALARI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA ISTIQBOLLAR” MANAGEMENT, MARKETING AND FINANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 3. -158-160, 2025-yil. https://doi.org/10.5281/zenodo.15269292

Mirzakulova Risolat Musurmankulovna “YASHIL IQTISODIYOTGA O’TISH ZARURIYATI. THE NEED FOR A TRANSITION TO A GREEN ECONOMY. НЕОБХОДИМОСТЬ ПЕРЕХОДА К ЗЕЛЁНОЙ ЭКОНОМИКЕ” . МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА. -SJIF2024 =5.444, 2025-yil.

Mirzakulova Risolat Musurmonkulova, Qodirova Shohista “QISHLOQ XO‘JALIGINI YASHIL IQTISODIYOT ASOSIDA BARQAROR RIVOJLANTIRISH” Международный научный журнал № 33 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» Май 2025.

Mirzakulova Risolat Musurmankulovna,Qurbonboyeva Marhabo Davlatboyevna “YASHIL ENERGETIKA BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA” ANALYSIS OF MODERN SCIENCE AND INNOVATION. -166-171, 2025-yil.

Mirzakulova Risolat Musurmankulovna “WAYS OF EFFECTIVE USE OF COCKTAIL RESOURCES IN ECONOMIC NETWORKS” EUROPEAN INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES. -100-103, 2023-yil. DOI: https://doi.org/10.55640/eijmrms-03-02-19

Baqirov, T. (2021). “Yashil iqtisodiyotga o‘tish: O‘zbekiston tajribasi.” O‘zbekiston Respublikasi ilmiy jurnali.

«2019 — 2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining «yashil iqtisodiyot» iqtisodiyotiga o'tish strategiyasini belgilash to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4477 sonli Qarori

A.V.Vaxabov, Sh.X.Xajibakiyev. Yashil iqtisodiyot: Darslik. 2-nashr, qayta ishlangan va to'ldirilgan / i.f.d., prof. A.V.Vaxabovning umumiytahriri ostida. -Toshkent: "ZEBO PRINT", 2023. - 264 b.

Yaxshimuratova Sevara Rustam qizi, "MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA "YASHIL" IQTISODIYOTNING O'RNI" Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot 2024-yil, oktyabr. № 10-son