Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish jarayonida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ahamiyati, ularning iqtisodiy o‘sishga ta’siri va samaradorligi statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda 2015–2024-yillar davomidagi xorijiy investitsiyalar hajmi, ularning asosiy manbalari hamda iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimoti o‘rganilgan.