Authors

  • AMIRQULOV AZAMJON
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”kafedrasi o‘qituvchisi
  • Z.Axrarova
    taqrizi asosida

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.104404

Keywords:

boshlang‘ich sinf o‘quvchisi kreativ yondashuv iqtisodiy tarbiya iqtisodiy ta’lim iqtisodiy bilim iqtisodiy madaniyat.

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik yondashuv asosida iqtisodiy bilimlarini shakllantirish zaruriyati, mazkur jarayonga xos pedagogik asoslari va ta’sir etuvchi omillar mazmuniga doir ma’lumot keltirilgan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5


450

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

UDK: 33.2964

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KREATIVLIK QOBILIYAT

ASOSIDA IQTISODIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH

AMIRQULOV AZAMJON

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”kafedrasi o‘qituvchisi

E-mail:

a.amirqulov@dtpi.uz

Tel: +99897 846 00 97

UZMU f.f.d. dots.

Z.Axrarova

taqrizi asosida

Kalit so‘zlar:
boshlang‘ich sinf
o‘quvchisi, kreativ
yondashuv,
iqtisodiy tarbiya,
iqtisodiy ta’lim,

iqtisodiy bilim,
iqtisodiy
madaniyat.

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining

kreativlik yondashuv asosida

iqtisodiy

bilimlarini

shakllantirish zaruriyati, mazkur jarayonga

xos pedagogik asoslari va

ta’sir etuvchi omillar

mazmuniga doir ma’lumot keltirilgan. Shuningdek, ilmiy

tadqiqot ishlari tahlili hamda o‘quvchilarda ilk iqtisodiy
bilimlarni shakllantirish

bosqichlari mazmuni yoritilgan.

Ko‘pgina tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan nazariy
tahlillar shuni ko‘rsatadiki, nazariy va pedagogik amaliyotda
“iqtisodiy ta’lim”, “iqtisodiy tarbiya”, “iqtisodiy madaniyat”,
“iqtisodiyotda ta’lim” tushunchalari qo‘llaniladi. Bu
tushunchalar bir – birlarini to‘ldirib boradi, bu esa
o‘quvchilarda iqtisodiy bilimlarni shakllantirishda asos bo‘lib
xizmat qiladi.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ ФОРМИРОВАНИЯ

ЭКОНОМИЧЕСКИХ ЗНАНИЙ НА ОСНОВЕ ТВОРЧЕСКОГО ПОДХОДА У

УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Ключевые слова:
учащийся
начальных
классов,

Аннотация:

В

данной

статье

представлена

информация

о

необходимости

формирования

экономических знаний учащихся младших классов на
основе

творческого

подхода,

содержании


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5


451

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

творческий
подход,
экономическое
образование,
экономическое
образование,
экономические
знания,
экономическая
культура.

педагогических

основ

и

факторах

влияния,

специфичных для этого процесса. Также освещено
содержание анализа научно-исследовательских работ
и этапы формирования первых экономических
знаний у студентов. Теоретические анализы,
проведенные многими исследователями, показывают,
что

понятия

«экономическое

образование»,

«экономическое

образование»,

«экономическая

культура»,

«экономическое

образование»

используются в теоретической и педагогической
практике. Эти понятия дополняют друг друга, что
служит основой формирования экономических
знаний у студентов.

PEDAGOGICAL BASIS OF FORMING ECONOMIC KNOWLEDGE IN

PRIMARY STUDENTS BASED ON A CREATIVE APPROACH

ABSTRACT

Keywords: primary
school student,
creative approach,
economic education,
economic education,
economic knowledge,
economic culture.

Annotation.

This article presents information on the need

to form economic knowledge of primary school students
based on a creative approach, the pedagogical foundations
of this process and the content of influencing factors. It also
covers the analysis of scientific research works and the
content of the stages of forming initial economic
knowledge in students. Theoretical analyses conducted by
many researchers show that the concepts of “economic
education”, “economic upbringing”, “economic culture”,
“education in economics” are used in theoretical and
pedagogical practice. These concepts complement each
other, which serves as the basis for the formation of
economic knowledge in students.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5


452

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Kirish (Introduction)

O‘zbekiston Respublikasining yangi taraqqiyot bosqichida

zamonaviy

kreativlik yondashuv asosida

iqtisodiy bilimlar uchinchi ming yillikni

rivojlantirishning maqsadli mazmuni va global aspektlarini aks

ettiruvchi vazifalar

bilan o‘zaro hamohangdir. Iqtisod fani va ta’limga tegishli zaruriy talablar zamonaviy
pedagogika fani va amaliyoti oldiga bir qator o‘ta muhim vazifalarni qo‘yadi va ularga
to‘g‘ri yechim topishi yosh avlodni to‘laqonli va sog‘lom turmush tarziga tubdan
bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki iqtisodiy bilimlarni olish va qo‘llash jarayonidagi
ishga qodirligiga aloqador.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

Oliy

Majlisga qilgan murojaatnomasida

“Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar

va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart” [1.72]

. Bu

bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Shu sababli
hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak
madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak”ligi ta`kidlandi.
Iqtisodiyot jamiyat hayotining eng murakkab tizimlaridan biri sifatida oziq-ovqat,
kiyim-kechak, uy-joy, ishlab chiqarish qurollari hamda vositalari kabi cheksiz
narsalarga umumiy ehtiyojlar va ularni qondirishning usullari mavjudligini
gavdalantiradi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik yondashuv asosida iqtisodiy bilimi

albatta iqtisodiy ta’lim jarayonida amalga oshiriladi. Iqtisodiy ta’lim esa integral
tavsifga ega bo‘lib, falsafiy,huquqiy, iqtisodiy, sotsiologik, psixologik va pedagogik
jihatlar bilan bog‘liqlikda rivojlanib boradi. Ilmiy izlanishlar uzluksiz ta’lim tizimining
barcha bosqichlarida bolalarga iqtisodiy ta’lim berish dinamikasi oddiydan
murakkabga tomon, izchil, davomiy bo‘lishi zarurligini ko‘rsatdi. Ta’lim tizimining
biror bo‘g‘inida ta’lim sifatining susayishi yoki uzviylikning yo‘qolishi kelgusi
bosqichlarda o‘zining noxush sifat o‘zgarishlarini albatta namoyon qiladi. Iqtisodiy
ta’lim murakkab integral ta’lim jarayoni hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ijtimoiy
iqtisodiy madaniyatning mohiyatini bilish, shu jumladan uni bashorat qilish,
shakllantirish, saqlash va mustahkamlash usullarini hisobga olgan holda, insonning
ijtimoiy ahamiyatga ega hayotiy qadriyatlarini baholash tizimi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review)

Shaxs tomonidan iqtisodiy bilimlar o‘zlashtirilishining falsafiy jihatlari

B.Valiyev, L.Jo‘rayev, B.Tolipovlar, psixologik jihatdan esa I.Andreyeva o‘rganishib
ilmiy izlanishlarida tadqiq etishgan. Ta’lim – tarbiya jarayonida o‘quvchi-yoshlarning


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5


453

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

iqtisodiy bilimini rivojlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga
aylanib bormoqda [2. 236].

Ma’lumki, o‘tgan asrning oltmishinchi yillaridan Angliya, Germaniya,

Yaponiya, AQSh kabi taraqqiy etgan davlatlarning ta’lim muassasalari o‘quv
rejalariga, bolalarni kundalik hayotga tayyorlash maqsadida pul ishlab topish, uni
saqlash, mol-mulk yig‘ish, daromadli biznes, tejamkorlik, vaqtni foydali sarflash,
irodani mustahkamlash, salomatlikka e’tibor berish, foydali kasbni tanlash va iqtisodiy
bilim berish maqsadiga yo‘natirilgan “iqtisodiy pedagogika” fani kiritilgan. Ushbu fan
uchun alohida o‘quv dasturi va uslubiy tavsiyalar yaratilgani ma’lum.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kreativlik yondashuv asosida iqtisodiy tarbiya

berish borasida Germaniya tajribasi tengsizdir. Bu yurtning keng jamoatchiligi, oila va
ijtimoiy institutlarining maqsadi boshlang‘ich sinfdanoq aholida iste’mol madaniyatini
shakllantirishga qaratilgandir. Matbuot va ommaviy axborot vositalari ham bu borada
chetda turmaydilar, ular televideniya namoyish etayotgan reklamalar taklif qilayotgan
narsalarning barchasiga birdan ega bo‘lish mumkin emasligi, istaklarni jilovlay bilish
va taklif etilganlar ichidan eng zarur va foydalisini tanlab olish malakasini hosil
qilishda ota-onalarni bolalarga yordam berishga chaqiradilar. Germaniyada
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshlik chog‘idan pul toppish va uni sarflash
malakasiga ega bo‘lishi, xuddi ko‘chada yo‘lni kesib o‘tish qoidalarini bilish kabi
oddiy va muhim sanaladi.

Shu bois, bola son va sanoqni ilk bor o‘zlashtira boshlagan zahoti ularga mayda

sarf-harajatlar uchun haftalik pul ajratiladi. Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi bunday
“iqtisodiy munosabatlar”[ 3. 155] to‘rt asosiy qoidaga asoslanadi. Bugungi kunda
pedagogika oliy o‘quv yurti talabalari bo‘lgan bo‘lajak o‘qituvchilarni umumiy o‘rta
ta’lim maktab o‘quvchilariga iqtisodiy ta’lim-tarbiya berishga tayyorlash muammolari
ham o‘z yechimini kutib turgan dolzarb masalalardandir.

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)

Boshlang‘ich sinflar 1-4 sinf o‘quvchilarida kreativ yondashuv asosida

iqtisodiy-statistik bilimlar elementlarini shakllantirish” mavzusida ilmiy izlanish olib
borib, boshlang‘ich sinf “Matematika”, “Texnologiya”, “Tabiiy fanlar”, qisman “Ona
tili” fanlari mazmuniga iqtisodiy-statistik elementlarni kiritish jarayonida
o‘quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatini o‘rgangan.
Tadqiqot jarayonida izlanuvchi

Xol Jumayevich Xudoyqulov

matematik misollarni

yechish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy-statistik bilimlarni


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5


454

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

shakllantirish mumkinligi, bu ularning o‘qish faoliyati va o‘zlashtirish darajasini
yaxshilab, bilim olishiga ijobiy ta’sir etishi hamda hayotiy tayyorgarligining
faollashuviga sabab bo‘lishi mumkinligini isbotlagan.

Tahlil va natijalar (Analysis and results)

Boshlang‘ich 1-4-sinf o‘quvchilari kreativlik yondashuv asosida iqtisodiy

bilimdonligini modulli texnologiya asosida rivojlantirishning didaktik asoslarini tadqiq
etgan X.A.Umarova, “O‘qish”, “Ona tili”, “Matematika” fanlari mazmunida
boshlang‘ich sinf ta’lim oluvchilariga fanlar mazmunida iqtisodiy bilim berish
uslublarini tavsiya etgan.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mehnat ta’limi jarayonida
tejamkorlik hislarini singdirish muammosini hal qilish maqsadiga qaratilgan yana bir
tadqiqot ishi S.I.Musayeva tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, unda boshlang‘ich (1-
sinf) o‘quvchilarini oilada va mehnat darslarida tabiiy materiallar – qog‘oz, karton,
gazlama bilan ishlashda tejamkorlikka o‘rgatish imkoniyatlari tahlil etilgan. Mehnat
darslari va darsdan tashqari jarayonlarda maktab, oila, mahalla hamkorligida
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiyotga oid tushunchalarni shakllantirish
samaradorligini ilmiy o‘rganish maqsadiga qaratilgan yana bir tadqiqot ishi dissertant
X.J.Xudoyqulov tomonidan amalga oshirilgan. Izlanuvchi “Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarini tarbiyalashda iqtisodga oid tushunchalarni shakllantirishning nazariy va
amaliy asoslari” [4.22] muammolari ustida ish olib borib, kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarda ijodkorlik hissini o‘stirish va iqtisodiy ta’limtarbiya berishda Sharq
mutafakkirlari adabiy merosidan foydalanish, bunda davlat iqtisodiy siyosatining o‘rni
va ahamiyatini yoritib bergan. Tahlillar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilk iqtisodiy
bilimlarni shakllantirishga turtki bo‘lgan tushunchalar, ularga engyaqin bo‘lgan olam,
ularni o‘rab turgan atrof-muhit, narsa-hodisalar va bolalarning undagi faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lishi zarur degan xulosani beradi.

Ko‘pgina tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan nazariy tahlillar shuni

ko‘rsatadiki, nazariy va pedagogik amaliyotda “iqtisodiy ta’lim”, “iqtisodiy tarbiya”,
“iqtisodiy madaniyat”, “iqtisodiyotda ta’lim” tushunchalari qo‘llaniladi. Bu
tushunchalar bir – birlarini to‘ldirib boradi, bu esa o‘quvchilarda iqtisodiy bilimlarni
shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik faoliyatda ushbu tushunchalarni
quyidagicha tavsiflash mumkin:

Iqtisodiy tarbiya-bu tarbiyaning bir qismi bo‘lib, uning asosiy maqsadi shaxsda

iqtisodiy tarbiyani tavsiflovchi (iqtisodiy, ijtimoiy – iqtisodiy madaniyat, iqtisodiy
fikrlash) kabi fazilatlarni shakllantirish, zamonaviy iqtisodiy tarbiyaning eng muhim
belgisi bo‘lgan ma’naviy asosga ega bo‘lgan iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishdir.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5


455

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Iqtisodiy bilim-bu iqtisodiy ta’limning aniq – amaliy komponentlarini o‘z ichiga

oladi, shu bilan birga o‘qituvchi va o‘quvchining iqtisodiy bilimlarni rivojlantirishdagi
bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati. Iqtisodiy bilim berishning asosiy komponentlari
iqtisodiy ta’lim mazmuni (iqtisodiy kompetensiya), iqtisodiy savodxonlik, iqtisodiy
bilim, ko‘nikma va malaka, amaliy faoliyat tajribasi, kopetentlik.

Iqtisodiy ta’lim-bu ta’limning majburiy qismi bo‘lib, uning asosiy maqsadi

o‘quvchi shaxsini shakllantirish, bozor sharoitiga moslashtirish va o‘z faoliyatini
iqtisodiy jihatdan amalga oshira oladigan kadrlarni tayyorlashdir.

Iqtisodiy madaniyat

-bu shaxsning jamiyatda iqtisodiy faoliyat va xulq - atvorida

o‘z – o‘zini anglashiga, o‘ziga moslashishiga prognozlashgan ijtimoiy – iqtisodiy
sharoitlarga integratsiyalashuviga imkon beruvchi intellektual, hissiy va amaliy
komponentlar, axloqiy va ma’naviy munosabatlar majmuidir [5.152]. Boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantirishda mazkur jarayonning
psixologik-pedagogik xususiyatlari va ta’sir etuvchi omillariga e’tibor qaratish lozim.

Iqtisodiy bilimlarni o‘zlashtirgan o‘quvchilarda tashabbuskorlik, ijtimoiy

faollik, vatanparvarlik, halollik, mehnatsevarlik, kamtarlik, fidoyilik kabi fazilatlar
qaror topa boshlaydi. [6.148]. Ammo iqtisodiy jarayonlar haqida bilimga ega bo‘lish,
uni tushunish, ijobiy fazilatlarni tarkib toptirish hali o‘quvchi-yoshlarning iqtisodiy
madaniyat to‘liq shakllanganligini anglatmaydi. Iqtisodiy faoliyat ko‘nikmalari
qachonki hayotiy tajribalarda aks etib, shaxsning munosabatlarga kirishish faoliyatida
yorqin namoyon bo‘lsagina o‘quvchilar tomonidan iqtisodiy bilimlarning
o‘zlashtirilganlik darajasini belgilaydi.

Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations)

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida

kreativlik yondashuv asosida

iqtisodiy

bilimlarni shakllantirish bilan bog‘liqlikda quyidagi vazifalar nazarda tutiladi:

– uzluksiz ta’lim-tarbiyaning har bir bo‘g‘inida iqtisodiy tarbiya

maqsadiga

erishish yo‘llarini izlab topish;

– ta’lim-tarbiya jarayonida turli ta’sir vositalari orqali o‘quvchilarda

iqtisodiyfaoliyat ko‘nikmalarini shakllantirish;

– iqtisodiy ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan

metod

va vositalar, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish;


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5


456

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

– o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqish va ehtiyojlarini, iqtisodiy

bilim

darajasini aniqlash maqsadida kuzatish, suhbat va anketa so‘rovlarini o‘tkazib,

natijalarini qayd etib borish;

– o‘quvchilarda iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash orqali ularni

kompetentli

ijtimoiy faol yoshlar sifatida tayyorlashga erishish.

Iqtisodiy ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish muammosi pedagogika

fanining

yangi, to‘liq o‘rganilmagan sohasi sirasiga kirgani bois, uzluksiz ta’lim

tizimining

barcha bosqichlarida u bilan bog‘liq hal etilishi zarur bo‘lgan

muammolar mavjud.

Bunda asosiy e’tibor respublikada olib borilayotgan ta’lim

islohotlarida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga

oshirish, demak-ki,

uzluksiz ta’lim tizimining barcha

bosqichlarida ta’lim oluvchilarning iqtisodiy

tarbiyasini takomillashtirishga qaratilishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References)

1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi.[1] 2020 yil 24 yanvar. – Toshkent.: Tasvir nashriyot uyi, 2020.– 72
b.[1]

2. Андреева И.В. Экономическая психология. Социокультурный подход / И. В.
Андреева. - СПб, 2020. –С. 236. [2].

3. Artiqova M.B. Oilada o‘smirlarni tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlashning pedagogik
shart-sharoitlari: Ped.fan.nom. ... diss. – T.: 2018. –B. 155. [3]

4. Атоев Н.М. Педагогические условия экономического воспитания
старшеклассников (сельских школ Узбекистана): Автореф. дисс. канд. пед. наук.
Алма-Атинск. ГУ. 2023. ст 22.[4]

5.Tolipov B.X. Shaxs iqtisodiy madaniyatida moddiy va ma’naviy omillar uyg‘unligi:
Falsafa.fan.nom. ... diss.–T.: 2019. –B.152.[5]

6.Kamolova N.Q. O‘quvchi-yoshlarda iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarning
rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari Ped.fan.nom. ... diss. – T.: 2015. – B. 148.
[6]

7. Sadikova, S. (2020). University students training system for pedagogical activities.
InterConf.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5


457

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

8. Tolipov B.X. Shaxs iqtisodiy madaniyatida moddiy va ma’naviy omillar uyg‘unligi:
Falsafa.fan.nom. ... diss.–T.: 2019. –B.152.

9.

Azamjon, A. (2023). HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA O‘RTA

ASRLAR

SHARQ

MUTAFAKKIRLARI

MA’NAVIY

MEROSINING

ROLI.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

,

13

(4),

157-161.

10. Valiyev B.N. Iqtisodiy madaniyat va uni shakllantirish omillari. Falsafa.fan.nom....
diss. – T.: 2014. –B.134.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.[1] 2020 yil 24 yanvar. – Toshkent.: Tasvir nashriyot uyi, 2020.– 72 b.[1]

Андреева И.В. Экономическая психология. Социокультурный подход / И. В. Андреева. - СПб, 2020. –С. 236. [2].

Artiqova M.B. Oilada o‘smirlarni tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari: Ped.fan.nom. ... diss. – T.: 2018. –B. 155. [3]

Атоев Н.М. Педагогические условия экономического воспитания старшеклассников (сельских школ Узбекистана): Автореф. дисс. канд. пед. наук. Алма-Атинск. ГУ. 2023. ст 22.[4]

Tolipov B.X. Shaxs iqtisodiy madaniyatida moddiy va ma’naviy omillar uyg‘unligi: Falsafa.fan.nom. ... diss.–T.: 2019. –B.152.[5]

Kamolova N.Q. O‘quvchi-yoshlarda iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarning rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari Ped.fan.nom. ... diss. – T.: 2015. – B. 148. [6]

Sadikova, S. (2020). University students training system for pedagogical activities. InterConf.

Tolipov B.X. Shaxs iqtisodiy madaniyatida moddiy va ma’naviy omillar uyg‘unligi: Falsafa.fan.nom. ... diss.–T.: 2019. –B.152.

Azamjon, A. (2023). HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA O‘RTA ASRLAR SHARQ MUTAFAKKIRLARI MA’NAVIY MEROSINING ROLI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 13(4), 157-161.

Valiyev B.N. Iqtisodiy madaniyat va uni shakllantirish omillari. Falsafa.fan.nom.... diss. – T.: 2014. –B.134.