Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024, VOLUME-2, ISSUE-6
120
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARI NUTQINI INTEGRATIV
YONDASHUV ASOSIDA O’STIRISH USULLARI
МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ РЕЧИ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ НА
ОСНОВЕ ИНТЕГРАТИВНОГО ПОДХОДА
METHODS OF DEVELOPING THE SPEECH OF PRIMARY STUDENTS
BASED ON AN INTEGRATIVE APPROACH.
Mamatraimova Dilshoda Chorshanbiyevna,
Termiz davlat pedagogika instituti,
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchi
Tel:
+998912387532
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqini
rivojlantirishda integrativ yondashuv usullari umumiy xususiyatlari atroflicha bayon
qilinadi.
Kalit so’zlar:
didaktik o’yinlar,notiqlik, nutqni o’stiruvchi topishmoqlar.
Аннотация:
В статье подробно излагаются общие черты методов
интегративного подхода к развитию речи учащихся младших классов:
дидактические игры, ораторское искусство, развивающие речь загадки.
Ключевые слова:
didactic games, oratory, and speech development riddles.
Abstract:
This article describes in detail the general features of the methods of an
integrative approach to the development of speech in primary school students. didactic
games, oratory, riddles that develop speech.
Keywords:
competence, integration, integrative approach, logical games.
Kirish.
.Har bir farzand insonlarga xos bo’lgan tug’ma xususiyatlar bilan dunyoga
keladi.Shuningdek, o’ziga xos o’quv, qobiliyat va imkoniyatlarga ham ega
bo’ladi.Odam bolasi tug’ilgandan so’ng, unda shaxs bo’lib shakllanish,yetuk inson
bo’lib voyaga yetish imkoniyati mavjud bo’ladi.Kishi mana shu imkoniyatlardan
to’g’ri va to’liq foydalana olsagina mehnati unumli bo’ladi. Bugungi kunda rivojlangan
mamlakatlar ta’lim tizimida bola shaxsiga qaratilgan ta’lim texnologiyalari,
boshlang’ich sinf o‘quvchilari ona tili va o‘qish savodxonligini oshirish muammosi,
ularning individual xususiyatlarini ro‘yobga chiqarish, qiziqishlari hamda ehtiyojlariga
tayanish tendentsiyalari ustunlik qiladi.
”Maktablarni chinakkam ma’naviyat va ma’rifat , madaniyat o’chog’iga aylantirish
uchun ta’lim- tarbiyaning integrativ usullarini qo’llash” [1;53] gi so’zlari, belgilab
bergan vazifalarini amalga oshirishda ushbu integrativ usullarni, ularning avzalliklarini
o’rganish lozim bo’ladi.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024, VOLUME-2, ISSUE-6
121
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
So‘zni qadrlash, yaxshi so‘zlay olish, so‘zlaganda o‘ylab, tushunib gapirish, chin
so‘zlash, tilni tiyish, suhbat sirlarini saqlash, ezma va vaysaqi bo‘lmaslik kabilarga
amal qilish nutq odobining asosiy talablari hisoblangan. Nutqiy muomaladagi bu
odatlar xalqimizning o‘ziga xos an’anasi sifatida yashab va takomillashib kelmoqda.
Nutq madaniyatini egallash birinchi galda hozirgi o‘zbek tili va uning mavjud ifoda
vositalarini puxta o‘zlashtirish, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilish kabi lisoniy
omillarga; ikkinchidan, so‘zlashganda muayyan axloq-odob me’yorlariga rioya etish,
o‘z va o‘zgalar gapiga e’tiborli bo‘lish, o‘rinli so‘zlash, tinglash, suhbatlashish,
munozara madaniyatini bilish kabi ijtimoiyruhiy omillarga bog‘liqdir.
Nutqning bosh aloqaviy sifatlaridan biri uning to’g’ri bo’lishidir. Nutqning
to’g’ri bo’lishi so’zlovchi va tinglovchi, yozuvchi va o’quvchining bir- birlarining
fikrlarini tushunib olishlarini ta'minlaydi. Nutqning to’g’ri bo’lishi uning adabiy til
mе'yorlariga muvofiq kеlishidir. Nutqning to’g’ri bo’lishi asosan ikki mе'yorga-urqu
va grammatik mе'yorga qattiq amal qilishni taqozo qiladi. Bunda o’zbеk tili uchun
urg’uning asosan, so’zning oxirgi bug’iniga tushishi, qo’shimchalar qo’shilishi bilan
urg’uning so’z oxiriga tomon siljib borishi nazarda tutiladi. Ba'zan urg’u noto’g’ri
tushsa, so’zning ma'nosi ham o’zgarib kеtadi. (qatlama-qatlama, olma- olma, yigitcha
kabi). Urg’uni farqlamaslik so’z ma'nosining buzilishiga olib kеladi. Bu holat gapdagi
ayrim olingan so’zga tushadigan urg’u (mantiqiy urg’u) misolida ham kuzatiladi.[3;61-
bet] Integratsiyalashgan ta’lim esa maktablarda fan asoslaridan beriladigan bilimlar
mazmuniga yangicha yondashuvni ko’zda tutadi va uning asosiy maqsadi o’quv
materiallarini mantiqan tugal mazmundagi muammolar majmuasi sifatida o’rganish
o’quvchilar ongida olamning ilmiy manzarasini shakllantirish, tabiat va unda
insonning o’rni haqida ilmiy tushuncha va bilimlarni tarkib toptirishdan iborat.
Metodlar va o‘rganilish darajasi
. O‘quvchilarga qanday qilib integrativ usulda
dars o`tishimiz, o`yinli texnologiyalardan qanday foydalanishimiz mumkinligi,
axborot texnologiyalari vositalaridan samarali foydalangan holda darslarni tashkil
etish, chet tilini o`rganish kabi dolzarb masalalar boshlang`ich ta`lim o`qituvchilari
oldiga ulkan vazifalarni belgilab berdi. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida
o‘quvchilarning mantiqiy fikrini o`stirish, ularning qobiliyatlarini, qiziqishlarini ham,
ijodiy fikrlashlarini ham to`g`ri yo`lga yo`naltirish kerak.Dastlab o‘qituvchi
o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda ikkita bir xil rangli, ammo turlicha uzunlikka ega
bo‘lgan qalamlar olib, o‘quvchilarga ularni ta’riflab berishni taklif etadi. O‘qituvchi
bolalarning javobini yo‘naltiruvchi savollar bilan ularning diqqatini aynan
qalamlarning tavsifiga qaratadi, ya’ni ularning biri uzunroq, ikkinchisi qisqaroq
ekanligini, qalamlarni bir-biriga taqqoslash yo‘li bilan isbotlashga erishadi. O‘qituvchi
bunday mashqlarni yana boshqa predmetlarda, modellar, rasmlarda davom ettirib,
o‘quvchilarda har bir predmet uchun zaruriy bo‘lgan sifat – rang bo‘lishini, ularni bir-
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024, VOLUME-2, ISSUE-6
122
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
biriga taqqoslash yo‘li bilan va chamalash yo‘li bilan aniqlash mumkinligini
tushuntiradi.
Boshlang`ich sinflarda ona tili bilan uzviy bog`liqlikda turli yangi so’zlarni ham
o`rganish nazarda tutilgan.Ta’lim o’quvchilarga ko’nikma va malakalarini
o’quvchilarga o’qib olishi egallab olishi va ularni mustahkamlab olishining rejali
jarayonidir.Ta’lim jarayoni bolalar xotirasining o’sishi va turli xil metod va usullar
yordamida sodir bo’ladigan vaziyatdir.O’yin o’quvchilarning eng ongi qalbiga singib
ketgan faoliyatidir .Ularning bu faoliyati o’yin turlariga qarab ob’ektiv voqeilikni
hayotiy muayyan darajada o’zida aks ettiradi.O’yin sinfda o’tilgan o’quv faoliyatining
ma’lum darajada davomi va mustahkamlanishi tartibida shu narsa isbotlandiki, o’yin
kichik maktab yoshidagi o’quvchi bolalarning zarur hayotiy ehtiyojidir.Didaktik o’yin
ta’lim beruvchi ma’sul bo’lib bu usul muayyan ta’limiy maqsadlarga erishuviga ya’ni
o’tilgan o’quv materialini aniqlashga mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga
qaratilgan bo’ladi, har bir didaktik o’yinni o’tkazishda muayyan bir vazifa maqsad
qilib olinadi.Masalan “Teatr” o’yini nutqni o'stirishda harakatlar, so'zlashuv va
muomala orqali nutqni rivojlantirishga yordam beradi. Bunday o'yinlar, asosan, nutqni
yanada ravon va ifodali qilishga yordam beradigan texnikalarni o'z ichiga oladi. Teatr
o’yinlariga misol qilib,tong vaqti (zalga kirib kelish o'yini): Ushbu o'yinda
ishtirokchilar bir-biriga kirib kelib, o'zlarining holatlari va harakatlari orqali izohlar
beradi. Har bir o'quvchi so'z bilan birgalikda, yuz ifodasi, qo'l harakatlari va tana tili
yordamida o'zini ifodalashi kerak. Bu o'yin nutqning o'ziga xos qismlarini yaxshilashga
yordam beradi.Sovg'a berish,ushbu o'yinda o’quvchilar bir-biriga tasodifiy sovg'alar
(masalan, kitob, gullar, muz) berishadi va bu sovg'ani so'zlar bilan izohlashadi. Har bir
sovg'aga o'ziga xos nutq va tasvir kiritish, nutqni aniq va ravon qilishga yordam
beradi.Tezkor o'zgarishlar (Speed Changes): Biror so'zni tezda talaffuz qilish yoki
qahramonning ruhiy holatini tezda o'zgartirishni talab qiladigan o'yin. Misol uchun,
o'yin ishtirokchilariga biror matn beriladi, va ular uni turli his-tuyg'ular bilan (baxtli,
g'azablangan, qo'rqqan) ifodalaydi. Bu nafaqat nutqni o'stiradi, balki ifodali nutqni
rivojlantirishga ham yordam beradi.
Tadqiqot natijalari
: Ona tili darslarini takomillashtirish, samaradorligini
oshirish ona tili va uni o‘qitish metodikasi fanining muhim vazifalaridan
biridir. Metodika o‘quvchilarning yosh xususiyati qobiliyatlariga asoslanib,
ularning har bir sinfda o‘zlashtirgan bilimlari hajmini belgilaydi. Shuningdek,
bu jarayonda uchragan qiyinchiliklarni ko‘rsatadi. O‘quvchilarning yoshi va
qobiliyatiga mos bo‘lmagan ta’lim uslublarini qo‘llash, ularning haddan
tashqari zo‘riqish va toliqishlariga, yuzaki bilim egallashlariga sabab bo‘ladi,
natijada fanga bo‘lgan qiziqish pasayib ketadi. Shuning uchun ham
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va uslubchilari maktab sharoiti, o‘quvchilar
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024, VOLUME-2, ISSUE-6
123
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
qobiliyati va milliy psixologik xususiyatlariga mos ta’lim uslublarini
takomillashtirishlari muhim va zarur tadbirlardan biri hisoblanadi. O‘quvchilar
bilimining puxta va mustahkam bo‘lishiga erishish uchun dars o‘tish
texnologiyasiga alohida e’tibor berish kerak.
Tahlil va natijalar.
O’quvchilar ona tili darslarida u yoki bu mashqni bajarilishini
albatta gapirib berishi va tushuntirishlari kerak bo’ladi. Ajratilgan so’zlar belgilar va
mos harakat usullari orasida bog’lanishlar ya’ni yangi bilimlar bilan ularning idrok
qilinishi orasida bog’lanishlar ya’ni bilimlar bilan ularning idrok qilinishi orasida
bog’lanishlar shu asosda o’rnatiladi. O’quvchilar uchun har bir yangi so’zni
o’qituvchining o’zi talaffuz qilib ko’rsatadi, uni aniq ko’rsatmalar, tushuntirishlar bilan
o’quvchilarga o’rgatadi. Bu ko’rsatma va tushuntirishlar mumkin bo’lgan xatolarning
oldini olishga yo’naltirilgan bo’ladi. Bunda hamma ish usullarini o’qituvchi o’zi
tushuntirib ko’rsatadi. Masalan o’qituvchi topishmoqlarni o’qiyotganda aniq sodda va
ravon o’quvchilar tushunadigan va javobini topa oladigan qilib aytishi kerak.
26-mashq. Topishmoqlarning javobini toping. Ularni
gaplarga aylantiring. Ikkinchi darajali bo‘laklarning
tagiga to‘lqinli chiziq chizing.
Qiladi to ‘s -to‘polon,
Yurgan izi - chang-to‘zon.
Olov koptok yumaloq,
U kunda o'chmas chiroq.
Yarim sharcha,
Ba’zan kulcha.
Ko‘kka soqchi -
Tong otguncha.
[2;25-bet]
Shuning uchun o’quvchilar nutqida ona tili darslarida nafaqat ravon so’zlashga, balki
odob bilan samimiy so’zlashni ham o’rgatish lozimdir. Оnа tili dаrslаridа fаqаt stаndаrt
tоpshiriqlаr bilаn chеgаrаlаnib qоlmаy, bаlki nоstаndаrt tоpshiriqlаrdаn hаm unumli
fоydаlаnishgа kоprоq zаrurаt sеzilmоqdа. Nоstаndаrt tоpshiriqlаr оquvchilаrning
fikrlаsh fаоliyаtini kuchаytirаdi, uni bаjаrishgа bоlgаn ishtiyоqini оshirаdi. Bu еsа
fаоllikni tаminlаshning muhim оmilidir.Ona tili darslaridа оlib bоrilаdigаn
о’yinlаrning qiziqаrli vа mаvzugа оid bо’lishi о’quvchilаrning dаrsdа fаоl ishtirоk
еtishigа оlib kеlаdi. Оnа tili dаrslаri mаzmunini tаkоmillаshtirish vа uni
о’quvchilаrning о’quv-biluv fаоliyаtini fаоllаshtirаdigаn muhim mаnbаgа аylаntirish
chоrаlаridаn yаnа biri fаn ichidаgi fаn vа fаnlаrаrо bоg’lаnish imkоniyаtlаrini kеngrоq
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024, VOLUME-2, ISSUE-6
124
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
ishgа sоlishdir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari tengdoshlari va kattalar bilan suhbat
hamda muhokama jarayonida muloqot odobiga, suhbat yoki muhokama jarayonida
boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi. Bu yoshdagi o’quvchilarga
she’rlarni,she’riy topishmoqlarni tez aytish kabi nutqlarini rivojlantira oladigan
topshiriqlarni zamonaviy metodlardan foydalangan holda integratsional yondashilib
olib borilsa,o’quvchilarning nutqi jarangdor va tiniq bo’lib boradi.
Bolaga ertak (hikoya) ni qayta hikoya qilishni taklif etish ham samarali
usullardan biri. Qayta hikoya qilayotganda voqealarni batafsil ravon so‘zlashga,
savollarga aniq, to‘liq javob berishga alohida e’tibor berish kerak. Bolaga noto‘g‘ri
aytgan joylarda, xotirasidan chiqqanida tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etmaganda asta-
sekinlik bilan unga ko‘maklashib boriladi. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarining
o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma kitobidan to‘g‘ri foydalanish ham o‘quvchilar
nutqini o‘stirishda yaxshi natija beradi. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda surat bo‘yicha
so‘zlab, hikoya tuzish, birgalikda she’r o‘qish mashg‘ulotlari ham keltirilgan.[4; 241-
bet]
Xulosa.
о‘quvchi nutqini rivоjlаntirish murаkkаb jаrаyоn bо‘lib, ungа mоnеlik
qilаyоtgаn оmillаr hаm fаqаt tа’lim mаzmuni yоki о‘qituvchigаginа bоg‘liq еmаs.Bu
jarayonga integrativ yondashilsagina fikrni оg‘zаki vа yоzmа rаvishdа tо‘g‘ri, rаvоn
ifоdаlаshgа о‘rgаtish jаrаyоni оsоn kеchаdi. О‘quvchi nutqini rivоjlаntirishgа kеng
yо‘l оchаdi. O‘quvchilаr bir хillikdаn zеrikаdi. Shuning uchun ulаrni nutqini
о‘stirishdа dоimо hаr хil mеtоd vа о‘yinlаrdаn fоydаlаnish lоzim.
ADABIYOTLAR:
1.
2022-2026
yillarga
mo’ljallanganYangi
O’zbekistonning
taraqqiyot
strategiyasi.”Adolat” milliy huquqiy axbarot markazi.-T.:2022 y.-152 b.
2 . Ona tili: umumiy o'rta ta’lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik.II qism. / D.
Baynazarova - Toshkent: “Novda Edutainment”, 2023. - 88 b.
3. Jo’raеv T.T., Halimov S.G`. Nutq madaniyati. O’quv qo’llanma.[matn]–Samarqand:
Samarqand: TIBBIYOT KO'ZGUSI, 2021. - 108 b.
4. “Ta’lim, fan va innovatsiya” jurnali. 6-son 2024-yil. 241-bet
