Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024, VOLUME-2, ISSUE-6
176
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
ELBEK MASALLARINING TARBIYAVIY XUSUSIYATLARI
Olimova Mashhura
O‘zDSMI Kutubxona – axborot faoliyati
fakulteti 1-bosqich talabasi
Annotatsiya.
Mazkur
maqolada
o‘zbek
adabiyotining
iste’dodli
namoyondalaridan biri – Elbek taxallusi bilan tanilgan Yunusov Mashriqning hayoti va
ijodiy merosi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Elbek o‘z davrining ijtimoiy- siyosiy
voqealiklariga befarq bo‘lmagan, adabiy ijodi orqali xalq dardini, millat taqdirini aks
ettirishga intilgan ijodkorlardan biridir. Elbekning ijodiy faoliyati milliy uyg‘onish
ruhini va adolat g‘oyalarini targ‘ib etgani bilan ajralib turadi.
Kalit so‘zlar:
jadid adabiyoti, bolalar adabiyoti, folklor, masal, she’riyat,
didaktik adabiyot.
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ПРИТЧА ЭЛЬБЕКА
Аннотация.
В статье научно анализируется жизнь и творческое наследие
одного из талантливых представителей узбекской литературы Юнусова
Машрика, известного под псевдонимом Элбек. Элбек относится к числу творцов,
неравнодушных к общественно-политическим событиям своего времени и
стремившихся отразить страдания народа и судьбу нации через свое
литературное творчество. Творчество Элбека отличается тем, что оно
пропагандировало дух национального возрождения и идеи справедливости.
Ключевые слова:
джадидская литература, детская литература, фольклор,
притча, поэзия, дидактическая литература.
EDUCATIONAL FEATURES OF THE PARABLE OF ELBEK
Abstract.
The article scientifically analyzes the life and creative heritage of one
of the talented representatives of Uzbek literature Yunusov Mashrik, known under the
pseudonym Elbek. Elbek is one of the creators who were not indifferent to the socio-
political events of his time and sought to reflect the suffering of the people and the fate
of the nation through their literary work. Elbek's work is distinguished by the fact that
it promoted the spirit of national revival and the ideas of justice.
Keywords:
Jadid literature, children’s literature, folklore, parable, poetry,
didactic literature.
Elbek (taxallusi; asl ismi Yunus Mashriq) 1898-yilda Bo‘stonlik tumanining
Xumson qishlog‘ida tug‘ilgan. U o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos poetik uslubga ega
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024, VOLUME-2, ISSUE-6
177
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
bo‘lgan shoir, tilshunos va folklorshunos sifatida tanilgan. Elbek ijodining
shakllanishida Turkiston matbuoti, jadid maktablari, zamonasining ilg‘or ziyolilari
katta rol o‘ynagan. Shoir faoliyatini turli bosqichlarga bo‘lish mumkin: she’riyatdagi
ilk izlanishlari, bolalar uchun yaratilgan didaktik asarlar, masallar janridagi namunalar
va tarjima faoliyati.Jadid adabiyoti- o‘zbek xalqining ma’naviy uyg’onish davrida
shakllangan, zamonaviy bilim, tarbiya va jamiyatni yangilash g’oyalari bilan
sug’orilgan madaniy merosidir. 1911-yilda Toshkentga kelgan Elbek dastlab “Xoniy”
maktabida, so‘ng A.V. Avoloniyning “usuli savtiya” maktabida tahsil olgan. 1920-
yildan boshlab pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanib, ilmiy xodim sifatida ham xizmat
qilgan. Uning dastlabki she’rlari 1917-yildan boshlab “El bayrog‘I”, “Turon”, “Turk
so‘zi”, “Ulug‘ Turkiston” kabi gazetalar sahifalarida e’lon qilingan. Elbek 2–4-sinf
o‘quvchilari uchun “Eʼzuv gullari” (1921), “O‘rnak”, “Guzal yozuvchilar” (1925),
“Boshlang‘ich maktabda ona tili” kabi darslik va qo‘llanmalarni yozgan. U maktab
bolalari uchun mo‘ljallangan o‘quv adabiyotlarida milliy qadriyatlarni, axloqiy-
me’yoriy tushunchalarni singdirishga intilgan.
Elbek A.S. Pushkin, I.A. Krilov, N.A. Nekrasov kabi rus shoiri va adiblarining
asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Bu esa o‘zbek kitobxonining estetik
dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Elbek til va adabiyotimiz bo‘stoniga turfa gullar ekib o‘z hissasini qo‘shgan. Shu
davrning ijtimoiy-siyosiy voqeliklari, ma’rifatparvarlik g‘oyalari yosh avlod ongida
katta o‘zgarishlar yasagan edi. Elbek singari ijodkorlar ham aynan shu muhitda
shakllanib, hayotining ilk bosqichlaridayoq bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi bilan ajralib
turardi. Uning Toshkentga kelib, mehnat qilish bilan birga ta’limni davom ettirishi, o‘z
mehnati evaziga bilimli bo‘lishga intilishi — o‘sha davr yoshlariga xos bo‘lgan
fidoyilik namunasi hisoblanadi.
Elbekning o‘qituvchilik faoliyati, pedagogik kurslarni tamomlab, xalq maorifi
sohasida ishlashni boshlashi, uning nafaqat adabiy, balki ijtimoiy faolligidan ham darak
beradi. Bu davrda u faqat shoir sifatida emas, balki o‘z she’rlari bilan yoshlarni ilm,
ma’rifat va ezgulik sari chorlovchi ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatida ham tanilgan.
Ayniqsa, uning “Armug‘on” to‘plamidagi masalalar orqali ijtimoiy muammolarni
yoritishga uringani, badiiy shakllar orqali ijtimoiy ongni uyg‘otishga intilgani e’tiborga
loyiq. Shoirning bolalar adabiyotiga qo‘shgan hissasi alohida bahoga loyiqdir. U
bolalar uchun yaratgan she’rlari, ertak va dostonnari orqali yosh avlodni ma’naviy-
axloqiy tarbiyalashga xizmat qilgan. “G‘unchalar”, “Ona”, “Bolalar qo‘shig‘i” kabi
asarlarining barchasi yosh kitobxon ongida ezgulik, mehr va mehnatga hurmat
tuyg‘ularini shakllantirgan.
Elbek ijodidagi yana bir muhim yo‘nalish — hikoyachilik san’atidir. Uning
hikoyalari o‘zbek nasriy adabiyotida soddaligi, hayotiyligi va xalqona tili bilan ajralib
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024, VOLUME-2, ISSUE-6
178
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
turadi. “Men kim bo‘laman”, “Chirchiq”, “Anorqiz” kabi hikoyalarida muallif xalq
hayotini realistik ruhda tasvirlagan. Aynan mana shu jihatlar uni o‘zbek adabiyotida
o‘z o‘rniga ega ijodkor sifatida e’tirof etilishiga sabab bo‘lgan.Elbek “Ot ila odam”,
“Qaysi biri bo‘ri”, “Sichqonxonning qiz uzatishi”, “Olaqarg‘a bilan qurbaqa”, “Quyan
bilan toshbaqa”, “Itlarning o‘rtoqligi” singari masal janrining o‘ziga xos namunalarini
yaratdi. Asar sarlavhasidanoq ma’lum bo‘ladiki, hikoya markazida sichqonlar oilasi va
ularning qiz uzatish jarayoni turadi. Masalda sichqonning ota-onasi o‘z qizini eng
kuchli, qudratli “kishiga” uzatmoqchi bo‘lishadi. Ular eng avvalo Quyoshga murojaat
qilishadi:
Quyoshdek kuchli kim bor, qizimizni o‘shanga beramiz!
Biroq Quyosh ularning istagini rad etadi va aytadiki:
Mendan kuchli bulut bor, u kelganda men ko‘rinmay qolaman.
Shundan so‘ng ular Bulutga borishadi, Bulut esa Shamolni kuchli deb ko‘rsatadi,
Shamol esa Tog‘ni… Biroq yakunda Tog‘:
Men kuchli emasman, sichqon men teshik ochib, meni ham yengadi, – deydi.
Shunday qilib, sichqon ota-ona o‘zlari baribir o‘z turiga mos ravishda qizini
sichqonga uzatishadi.
Ushbu masalda chuqur ramziy ma’no yotadi. Asarda hayotiy haqiqat – har kim
o‘z turiga munosib bilan hayot qurishi lozimligi haqida ibratli g‘oya ilgari suriladi.
Masal orqali adib me’yor va mantiqqa asoslangan tanlov muhimligini,
ko‘zbo‘yamachilik yoki faqat kuchga tayanib qaror qabul qilish noto‘g‘riligini
ko‘rsatadi.
Elbek yaratgan “Sichqonxonning qiz uzatishi” masali o‘zbek adabiyotida o‘ziga
xos didaktik mazmun kasb etadi. “Sichqonxonning qiz uzatishi” masalida Elbek
qadimiy xalq og‘zaki ijodiga xos motivni zamonaviy talqinda qayta ifoda etgan. Asarda
kuch-qudrat izlash orqali har kimning o‘ziga mos juft topishi, ya’ni hayotda tabiiy
muvofiqlikning ahamiyati ulug‘lanadi. Sichqonlar Quyosh, Bulut, Shamol va Tog‘
orqali borib, yakunda o‘z turiga qaytadi. Bu syujet orqali muallif odamzod o‘zligiga
mos tanlov qilishi, tashqi ko‘rinish emas, ichki moslik ustuvor ekanini
ta’kidlaydi.Sichqonlarning sayohati davomida kuchlilik haqida tushunchalari tobora
chuqurlashib boradi va ular haqiqiy kuch – o‘zligini anglash va haqiqatni tan olishda
ekanligini tushunishadi. “Qaysi biri bo‘ri?” masali esa zamonaviy jamiyatdagi niqobli
yovuzlik, ikkiyuzlamachilik va yolg‘onning g‘alabasini fosh etadi. Masalda bo‘ri
haqiqiy qiyofasini yashirib, begunoh ko‘rinishga kiradi, shu bois hayvonlar uni
tanimaydi va bir-birini ayblash bilan ovora bo‘ladi.
Ushbu masal ixtilof, shubha, ishonchsizlik va yolg‘onning jamiyatga soladigan
xavfi haqida ogohlantiradi. Asar orqali muallif insonlarni hushyorlik, tafakkur bilan
baho berish, va haqiqatni yuzaga chiqarishga undaydi. “Bir kuni o‘rmonda hayvonlar
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024, VOLUME-2, ISSUE-6
179
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
yig‘ilishdi. Sababi — ichkarida bir bo‘ri paydo bo‘libdi. U hech kimni tinch
qo‘ymayapti: kimningdir bolasini cho‘qib ketar, kimningdir qulog‘ini tishlar,
kimningdir oziqini o‘g‘irlar. Ammo hech kim uning qiyofasini aniq ko‘rmagan.
Qushlar bir ovozdan dod soladi:
— Bo‘ri o‘rtamizda, lekin kimligini bilmayapmiz!
Shunda eshak aytdi:
— Menimcha, bu ishning ortida tulki turibdi. Juda ayyor, har kuni boshqa
niqobda yuradi.
Tulki shosha-pisha javob berdi:
— Yo‘q, yo‘q! Men emasman! Balki kuchukdir? U juda ko‘p narsa biladi, har
yerga kiradi, chiqadi.
Kuchuk esa javoban irshaydi:
— Men qorovulman! Balki bu... jim yuradigan echkidir? Uning nigohi har
narsani kuzatadi.
Echki esa bosh irg‘ab:
— Men faqat o‘zimning o‘t-o‘lanimni yeyman. Balki bu qarg‘adir? Doim
balanddan kuzatadi...
Shunday qilib, hayvonlar bir-biridan gumon qila boshladi. Har kim bo‘ri deb
o‘ylaganini aytdi. Har kim o‘zini oqlab, boshqani aybladi.
Shu payt mayin tovushda bir hayvon chiqdi. U to‘g‘ri gapirardi, muloyim edi.
— Men bo‘ri emasman. Faqat tartibni xohlayman. Men faqat sizning
tinchligingizni istayman. Kim bo‘lsa ham, biz birga uni topamiz, — dedi u jilmayib.
Hayvonlar unga ishonishdi. Uning sokin ovozi, toza libosi, shirin muomalasi
barchani aldagandi. Hech kim o‘ylamadi: bo‘ri aynan shu bo‘lishi mumkinligini.
Oradan vaqt o‘tdi. Bo‘ri yana o‘g‘rilik qildi, yana biror hayvon yo‘qoldi. Ammo
hayvonlar hanuz bir-biridan shubhalanardi. Asl bo‘ri esa o‘z niqobi ostida yurishda
davom etardi…
Umuman olganda, Elbek masallarida ramziy ifoda, badiiy vositalarning sodda,
ammo chuqur ma’noli qo‘llanilishi orqali yuksak axloqiy-falsafiy g‘oyalar ilgari
suriladi. Bu masallar yosh avlod tarbiyasida, ijtimoiy tanqid va o‘zlikni anglash
jarayonida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bu masalda Elbek jozibali personajlar,
sodda, ammo hikmatli syujet, va muvozanatli dialoglar orqali o‘quvchiga murakkab
hayotiy haqiqatni oson yetkazishga erishgan. Elbekning qamoqqa olinishi va
hayotining fojeali yakuni o‘z davrining murakkab siyosiy iqlimi. Bu yillarda yuzlab
ziyolilar, ma’rifatparvarlar, san’atkorlar “xalq dushmani” tamg‘asi bilan tuhmatga
uchrab, qatag‘on qilindi.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024, VOLUME-2, ISSUE-6
180
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Elbek ham bunday fojiali taqdirga duch kelgan ko‘plab iste’dod egalari qatorida
edi. Uning hech bir jinoyat sodir etmagani, aksincha, butun umri davomida xalq
maorifi va bolalar tarbiyasiga xizmat qilgani tarixiy haqiqatdir.
Shoirning Magadandagi sovet lagerlaridan birida jon berishi — nafaqat bir
ijodkorning, balki butun bir avlodning ma’naviy boyligiga qaratilgan zo‘ravonlikning
timsolidir. U qoldirgan asarlar, tarbiyaviy ahamiyatga ega she’rlari, dostonlari va
hikoyalari bugun ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Ayniqsa, bolalar adabiyoti
sohasidagi xizmatlari orqali Elbek o‘zbek adabiy merosida muhim o‘rin egallaydi.
Bugungi kunda Elbek kabi qatag‘on qurbonlari xotirasi tiklanib, ularning ijodiy merosi
chuqur o‘rganilmoqda. Adibning adolatga intilgan qalbi, xalqparvarlik ruhi, ma’rifatga
bo‘lgan sadoqati yosh avlodga ibrat bo‘lib qolaveradi. Elbekning adabiy merosi o‘zbek
bolalar adabiyotining shakllanishi va rivojida muhim rol o‘ynagan. Uning didaktik
ruhdagi asarlari, masallari, she’rlari va tarjimalari bugungi kunda ham ahamiyatini
yo‘qotmagan. Ayniqsa, bolalar uchun yozgan asarlaridagi milliy qadriyatlar, axloqiy
g‘oyalar yosh avlod tarbiyasida muhim vositadir.
Adabiyotlar:
1.
Aliyev A. Elbek va davr adabiy jarayoni. “O‘zbekiston Adabiyoti va san’ati”
gazetasi, 1989-yil, oktabr.
2.
Elbek. Tanlangan asarlar. Toshkent: “Sharq”, 1999-yil
3.
Qobulov N. Elbek. Toshkent: “Fan”, 1988.
4.
https://oyina.uz/storage/publications/June2024/cRLbI0OMl37l6QeNzZKT.p
df
