SYNAPSES:
Insights Across
the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
234
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Boshlangʻich sinflarda ona tili va oʻqush savodxonligi darslarini samarali
tashkil etish usullari.
Termiz Davlat Pedagogika instituti
Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti
Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi
Allayorova Aziza
Ilmiy rahbar: Azimova Dilfuza
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqish savodxonligini
rivojlantirish uchun samarali oʻqitish usullari tahlil qilinadi. Maqolada oʻquvchilarning
nutqiy va yozma koʻnikmalarini shakllantirishda interaktiv metodlar, oʻyinlar,
individual yondashuvning ahamiyati taʼkidlanadi. Shuningdek, dars jarayonini qiziqarli
va mazmunli qilish orqali oʻquvchilarning ona tiliga boʻlgan qiziqishini oshirish yoʻllari
koʻrib chiqiladi.
Kalit soʻzlar
:ona tili va oʻqish savodxonligi darslarini tutgan oʻrni, interfaol metodlar
,ona tili va oʻqish savodxonligi, darslarini nazariy asoslari, multimediali
darslar,proyektli taʼlim, differensial yondashuv.
Bugungi kunda taʼlim tizimida boshlangʻich sinf oʻquvchilarining
savodxonligini shakllantirish muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa,
ona tili fanining oʻqish savodxonligi bosqichi bolalarning kelajakdagi taʼlimiy
faoliyatiga poydevor boʻlib xizmat qiladi. Zero, ilk sinflarda oʻquvchilarda toʻgʻri, ravon
va ongli oʻqish, yozish, fikrni ifodalash koʻnikmalarini shakllantirish nafaqat til va
adabiyot fanlari, balki boshqa barcha fanlar boʻyicha ham muvaffaqiyatli
oʻzlashtirishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu bosqichda ona tili
darslarini samarali tashkil etish, innovatsion usullardan foydalanish, oʻquvchiga
yoʻnaltirilgan yondashuvni amalga oshirish bugungi taʼlim jarayonida dolzarb
masalalardan biri sifatida eʼtirof etiladi.
Boshlangʻich sinflarda oʻqish savodxonligini shakllantirish — oʻquvchilarning
ogʻzaki va yozma nutqini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash va tafakkur qilish salohiyatini
oshirishning muhim bosqichidir. Bu jarayonni samarali tashkil etish uchun oʻqituvchi
zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalangan holda, har bir oʻquvchining yosh
xususiyati, qiziqishi va individual ehtiyojlarini inobatga olishi lozim.
SYNAPSES:
Insights Across
the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
235
Synapses:
Insights Across the Disciplines
1. Interfaol usullardan foydalanish
Interfaol metodlar — oʻquvchilarni dars jarayoniga faol jalb etish, ularning mustaqil
fikrlashini ragʻbatlantirishda muhim rol oʻynaydi.
Masalan, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “Bilaman – Bilmoqchiman – Oʻrgandim”
kabi usullar orqali matn ustida ishlash, tushunilganini ifodalash va o‘z fikrini bayon etish
imkoniyati yaratiladi. Bu esa savodxonlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
2. Oʻyin texnologiyalari.
Oʻyinlar kichik yoshdagi oʻquvchilar uchun eng qulay taʼlim shakllaridan biridir.
Harflarni oʻrganishda, soʻz va gap tuzishda, nutqni rivojlantirishda didaktik oʻyinlar,
topshiriqli krossvordlar va rol oʻyinlarining samarasi katta boʻladi. Bu nafaqat
savodxonlikni oshiradi, balki oʻquvchida ona tiliga nisbatan mehr uygʻotadi.
3. Vizual vositalardan foydalanish.
Tasviriy materiallar — darsni jonlantirish, tushunchalarni ongli oʻzlashtirishga yordam
beruvchi vositalardir. Harf va soʻz kartochkalari, rasmlar asosida hikoya tuzish,
interaktiv doskada ishlash orqali oʻquvchilar matn mazmunini chuqurroq anglaydi va
oʻz fikrini aniq ifoda etishga intiladi.
4. Differensial yondashuv
Oʻquvchilar individual qobiliyatga ega boʻlganligi sababli, dars jarayonida differensial
yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Kuchli oʻquvchilarga murakkab topshiriqlar
berish, sustroq oʻquvchilarga qoʻshimcha yengillashtirilgan ko‘mak ko‘rsatish orqali har
bir bola oʻz imkoniyatiga mos tarzda rivojlanishiga erishiladi.
Ona tili va oʻqish savodxonligi darslarining nazariy asoslari Boshlangʻich taʼlimda
ona tili va oʻqish savodxonligi darslari oʻquvchilarning til bilan bogʻliq boshlangʻich
ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bu darslar orqali oʻquvchilarda ogʻzaki va yozma nutq,
savodli oʻqish, tushunish va fikr bildirish, tovush-harf tizimi, soʻz boyligini kengaytirish
kabi asosiy til kompetensiyalari shakllanadi.
Ushbu fan darslarini tashkil etishda bir nechta muhim nazariy asoslar mavjud:
1. Tilni oʻrganishning psixolingvistik asoslari
Psixolingvistika tilni oʻrganish jarayonida inson tafakkuri va psixologik jarayonlar
qanday ishlashini oʻrganadi. Yosh bolalarning eshitish, idrok etish, yod olish va diqqatini
jalb etish qobiliyati cheklangan bo‘lishi mumkin. Shu sababli, darslar qisqa, qiziqarli va
ko‘rgazmali bo‘lishi kerak.
2. Bosqichma-bosqich oʻqitish nazariyasi
Oʻqish va yozishni oʻrgatish bosqichma-bosqich yondashuv asosida amalga oshiriladi:
tovush-harfni tanish, harflarni yozish, soʻz va gap tuzish, matnni tushunish va ifodalash.
Har bir bosqich o‘ziga xos metodik yondashuvlarni talab qiladi.
SYNAPSES:
Insights Across
the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
236
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Proyektli taʼlim yondashuvi va uning oʻqish savodxonligi darslaridagi
oʻrni.
Zamonaviy taʼlim jarayonida anʼanaviy bilim berish usullaridan faol, interfaol va
oʻquvchini markazga qo‘ygan metodlarga oʻtilmoqda. Shunday metodlardan biri –
proyektli taʼlim bo‘lib, u oʻquvchilarda mustaqil fikrlash, izlanish, axborotni qayta
ishlash, ijodiy yondashuv va jamoada ishlash koʻnikmalarini shakllantiradi. Ayniqsa,
boshlangʻich sinflarda proyektli taʼlimni ona tili va oʻqish savodxonligi darslariga
integratsiya qilish, oʻquvchilarni darsga faol jalb etishga xizmat qiladi.
Boshlangʻich sinflarda ona tili va oʻqish savodxonligi darslarini samarali tashkil
etish — o‘quvchilarning savodli, fikrlay oladigan, muloqotga kirisha oladigan shaxs
sifatida shakllanishida muhim omildir. Ushbu darslarda zamonaviy pedagogik
yondashuvlar, xususan, interfaol metodlar, proyektli taʼlim, differensial va
kommunikativ yondashuvlar qo‘llanishi darslarning mazmunini boyitadi va
samaradorligini oshiradi. Oʻyin texnologiyalari, ko‘rgazmali vositalar va mustaqil
izlanish asosidagi topshiriqlar esa oʻquvchilarda ona tiliga nisbatan qiziqish, nutqiy
faollik va mustaqil fikrlashni rivojlantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. // Barkamol avlod.
O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997.
2.Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. // Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining
poydevori T.: Sharq 1997
3. SH.M.Mirziyoev "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko'taramiz" asari. 1-jild, Toshkent, -"O'zbekiston" 2019.
4. Solnoma. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoev
faoliyat xronikasi. Toshkent - "O'zbekiston", 2022. 5.
Imom Buxoriyning "Odob durdonalari" (Al-Adab al-mufrad) 6.
R.X.Djuraev. Prezident SHavkt Mirziyoev yoshlarda ma'naviyatni tarbiyalash haqida.
7. “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-
tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
Qarori.
http://www.president.uz/uz/lists/viw/ 8.O‘zbekiston
SYNAPSES:
Insights Across
the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
237
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchi va murabbiylar
kuniga
bag‘ishlangan
tantanali
marosimdagi
nutqi.
https://president.uz/oz/lists/view/3864
9.Azimova D. The main Peculiarities of web tool 2 during teaching //Academic research
in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. 5. – С. 584-588. 10.
A. D. (2022). On the Example of Abdulla Avloni, The hero of the national Awakening
period. Middle European Scientific Bulletin 11. A.
D. (2023). Methods of Teaching Students to Grammatical Analysis in Mother Language
and Reading Literacy Lessons. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching,
18, 164-166. 12.Azimova D.
The main Peculiarities of web tool 2 during teaching //Academic research in educational
sciences. – 2021. – Т. 2. – №. 5. – С. 584-588.
13.Azimova D. SAVOD O ‘RGATISH DAVRIDA O ‘QUVCHILARNING IJODIY
TASAVVURINI RIVOJLANTIRISH //Interpretation and researches. – 2023. – Т. 2. –
№. 1
Tursunova, S. (2024). Innovatsion yondashuv asosida boshlang ‘ich sinf o
‘quvchilarining og ‘zaki nutqini rivojlantirishning asosiy mаzmuni.
Multidisciplinary
Journal of Science and Technology
,
4
(10), 176-185.
Ismatova, N., & Tursunova, S. I. (2023). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA
OG’ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH, TILSHUNOSLIK USLUBIY MUAMMO
SIFATIDA.
Interpretation and researches
,
2
(1).
Hikmatov, I., & Tursunova, S. (2023). Bo ‘lajak boshlang ‘ich sinf o ‘qituvchilarini
ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlashning imkoniyatlari.
Interpretation and
researches
,
2
(1).
SYNAPSES:
Insights Across
the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
238
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Allaberganova, Y., & Tursunova, S. (2023). BOSHLANG’ICH SINF
O’QUVCHILARINI
MILLIY
QADRIYATLAR
RUHIDA
TARBIYALASH.
Interpretation and researches
,
2
(1).
Tursunova, S. I. Uzbekistan is a country of friendship.
Web of Scientist: International
Scientific Research Journal
, 185-189.
Пономарева, Л. И., & Турсунова, С. И. (2023). Теоретические основы проблемы
обучения младших школьников элементам рассуждения в процессе знакомства с
художественными произведениями.
Вестник Шадринского государственного
педагогического университета
, (2 (58)), 53-59.
Турсунова, С. И. (2022).
Педагогические основы национализации школьного
образования. ТГПИ. 2022 год
.
Турсунова, С. И. (2024). Развитие словесного творчества младших школьников на
уроках литературного чтения.
Проблемы современного педагогического
образования. Сер.: Педагогика и психология.-Научный журнал:-Ялта: РИО ГПА
,
(82), 284-287.
Tursunova, S. I. (2024). SCIENTIFIC THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE
FORMATION OF ORAL SPEECH IN ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS.
World
of Scientific news in Science
,
2
(6), 137-143.
Isakovna, T. S. Linguistic-methodological problems of the development of oral speech
in primary classes of national schools.
Teacher of the Department of Primary Education,
Termiz State Pedagogical Institute
.
Tursunova, S. I., & Raxmatullayeva, F. A. (2025). MATN TURLARI, ULARNING O
‘ZIGA XOS JIHATLARI.
Multidisciplinary Journal of Science and Technology
,
5
(3),
602-607.
SYNAPSES:
Insights Across
the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
239
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Tursunova, S. I. (2025). BOSHLANG’ICH SINF DARSLIKLARIDA
PUNKTUATSIYAGA
OID
BERILGAN
MATERIALLAR
TAHLIL
QILISH.
ACUMEN: International journal of multidisciplinary research
,
2
(1), 342-347.
Bahodirovna, C. Z., & Tursunova, S. I. (2023). ON THE EXAMPLE OF RUSSIAN
EXPERIENCE IN CREATING PRIMARY SCHOOL TEXTBOOKS.
International
Journal of Pedagogics
,
3
(04), 1-11.
Tursunova, S., & Kh, T. M. (2023). REGARDING THE DEVELOPMENT OF
LINGUISTIC COMPETENCES IN PRIMARY EDUCATION.
International Journal of
Pedagogics
,
3
(04), 12-20.
Tursunova,
S.
(2023).
REASONS
FOR
CHOOSING
MODELS
OF
EXTRACURRICULAR ACTIVITIES FOR THE DEVELOPMENT OF ORAL
SPEECH OF PRIMARY SCHOOLCHILDREN.
Science and innovation
,
2
(B11), 262-
266.
Турсунова, С. (2022). Методика обучения русскому языку младших
школьников.
Общество и инновации
,
3
(8/S), 179-186.
Tursunova,
S.
(2025).
CUMINUM
CYMINUM
LO
‘SIMLIGINING
MORFOBIOLOGIK
VA
DORIVORLIK
XUSUSIYATLARI.
Теоретические
аспекты становления педагогических наук
,
4
(10), 171-176.
Tursunova, S. (2025). ABDULLA QODIRIY-O’ZBEK ROMANCHILIGI
ASOSCHISI.
Modern Science and Research
,
4
(4), 989-995.
Tursunova, S. I. (2025, April). ELEKTRON RESURSLARDAN FOYDALANISH
ASOSIDA BOSHLANG ‘ICH TA’LIMNING DIDAKTIK TA’MINOTINI
TAKOMILLASHTIRISH.
In
INTERNATIONAL
CONFERENCE
ON
INTERDISCIPLINARY SCIENCE
(Vol. 2, No. 4, pp. 60-64).
