Authors

  • Burxanov A.U.,
    i.f.d., prof.
  • Bo‘riyev Suhrob Muzaffarvch
    ISFT instituti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.109150

Abstract

Iqtisodiyot tarmoqlarini ustuvor rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish va ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan davlatning izchil siyosatini davom ettirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Buning natijasi sifatida korxonalarning moliyaviy barqarorligi ko‘p jihatdan aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish asosida ishlab chiqarishni ustuvor rivojlantirishga bo‘lgan ilmiy va uslubiy asoslarni takomillashtirishdan iborat.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

276

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

KORXONALARDA AYLANMA MABLAG‘LARDAN SAMARALI

FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Burxanov A.U., i.f.d., prof.

Bo‘riyev Suhrob Muzaffarvch, ISFT instituti magistranti

Iqtisodiyot tarmoqlarini ustuvor rivojlantirish borasida olib borilayotgan

islohotlarning asosiy maqsadi sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish
va ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan davlatning izchil siyosatini
davom ettirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Buning natijasi sifatida korxonalarning
moliyaviy barqarorligi ko‘p jihatdan aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish
asosida ishlab chiqarishni ustuvor rivojlantirishga bo‘lgan ilmiy va uslubiy asoslarni
takomillashtirishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining Xalqaro standartining 36-sonli

“Aktivlarning qadrsizlanishi” bo‘limida bevosita korxonalarda “Pul mablag‘larini
hosil qiluvchi birlik – bu boshqa aktivlar yoki aktivlar guruhlaridan kelib tushadigan
pul mablag‘lari kirimlaridan ahamiyatli darajada mustaqil tarzda pul mablag‘lari
kirimlarini hosil qiluvchi eng kichik identifikatsiyalanadigan aktivlar guruhidir” deb
ta’rif berilgan

1

.

Darhaqiqat, yuqorida keltirilgan izohga ko‘ra, mualliflik qarashlarini ilgari

suradigan bo‘lsak, bugungi kunda aylanma mablag‘larning hosil bo‘lishi bevosita
korxona tomonidan jalb qilinadigan pul mablag‘lari evaziga shakllantirilishi hamda
korxonaning aktivi sifatida doimiy aylanma aktiv sifatida harakatlanuvchi mexanizm
sifatida talqin qilish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2022 yil 9-dekabrda 3400-son bilan

ro‘yxatga olingan me’yoriy-huquqiy hujjatda korxonaning operatsion faoliyat bo‘yicha
pul oqimlari birinchi navbatda tashkilotning asosiy daromad keltiruvchi faoliyatidan
kelib chiqishi, ular odatda foyda yoki zararni aniqlashda hisobga olinadigan
operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasi hisoblanishi keltirib o‘tilgan

2

.

1

Ўзбекистон Республикаси Бухгалтерия ҳисобининг Миллий стандарти “Асосий воситалар”ни тасдиқлаш тўғрисидаги

5-

сонли БҲМС.:Т.

-2003, 114-

сон.

2

Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигида 2022 йил 9-декабрда 3400-сон билан рўйхатга олинган

Ўзбекистон Республикаси Молия вазирининг 2022 йил 10-ноябрдаги 61-сонли

буйруғига

4-ИЛОВА.

https://buxgalter.uz/doc?id=708839


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

277

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 76-moddasida bevosita

muassasa o‘z majburiyatlari bo‘yicha ixtiyoridagi pul mablag‘lari bilan javob beradi.
Bu mablag‘lar yetarli bo‘lmasa, tegishli mol-mulkning egasi uning majburiyatlari
yuzasidan subsidiar javobgar bo‘ladi

3

.

Har qanday korxona shartnoma bo‘yicha majburiyatlari bo‘yicha subsidiar

javobgar hisoblanadi, shu bois, korxona shartnoma tuzishdan avval ishlab chiqarish
bo‘yicha o‘z rejalarini aylanma mablag‘lar va ishlab chiqarish quvvatiga qarab
belgilashi maqsadga muvofiq.

Aylanma mablag‘larni shakllantirish, rejalashtirish va samarali boshqaruvni

tashkil etish to‘g‘ri tanlanlansa, korxona samaradorligini oshishga xizmat qiladi.
Korxona tomonidan doimiy ravishda axborotlarni umumlashtirish, moliyaviy holatini
tahlil qilish va nazorat to‘g‘ri tashkil etilmasi, korxona aylanma mablag‘larining
hajmining pasayishi va uning tuzilishi bilan bog‘liq turli iqtisodiy xavflarning paydo
bo‘lishi mumkin:

korxona tomonidan tuzilgan shartnomaga ko‘ra ta’minotchilar va xaridorlar

oldidagi vazifalarni bajara olmaslik xavflari;

korxonada ortiqcha xarajatlarning paydo bo‘lish xavfi, korxona faoliyatini

tugatish yoki faoliyatini vaqtincha to‘xtashi hamda turli mahsulotlarning yetishmasligi
bilan bog‘liq xavf-xatarlar;

korxonaning istiqbolli faoliyatida to‘lovga qobiliyatililik darajasi bilan

bog‘liq turli xavflar;

korxonaning kreditni to‘lash bilan bog‘liq imkoniyatlarning pasayishi bilan

bog‘liq xavflar;

aylanma mablag‘lar xajmining pasayishi bevosita ishlab chiqarish

jarayonining to‘xtab qolish xavfining yuzaga kelishi bu esa korxona oldidagi
majburiyatlarning bajarilmaslik tahdidini yuzaga keltirishi;

korxonaning moliyaviy barqarorligiga ta’sir etadigan tahdidlar sifatida

aylanma mablag‘larning ortiqcha miqdori turli moliyalashtirish xarajatlarini ortishiga
va korxona daromadini pasayish xavfiga sabab bo‘ladi.

Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va faoliyatini yuritishda har bir

korxona korxona faoliyatidan kelib chiqqan holda pul mablag‘lariga ega bo‘lishi talab
etiladi. Bevosita korxona tomonidan shakllantirilgan pul mablag‘lariga ishlab

3

Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодекси. Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-

сонли

Қонуни

таҳририда - Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон

.

https://lex.uz/docs/111189


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

278

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

chiqarishni tashkil etish maqsadida turli yetkazib beruvchi va ta’minotchi korxonalar
bilan shartnomalar tuzadi. Shartnoma ko‘ra, korxona ishlab chiqarishni tashkil etish
maqsadida xom ashyo, turli materiallar, yordamchi materiallar, yoqilg‘i resurslarini
xarid qiladi, shuningdek, gaz, elektr energiya, suv va boshqa xizmatlar uchun
to‘lovlarni to‘lab berishi, korxona xodimlari va ishchilarga ish haqi va bo‘naklar
to‘lashni amalga oshiradi. Shu bilan birga innovatsiya va nou-xaular, sanoat
namunalari va ixtirolarni xarid qilish uchun ham to‘lovlarni amalga oshiradi.

Sanoat korxonalarida aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini

oshirish va tahlil qilishning mantiqiy ketma-ketligini quyidagicha izohlash mumkin:

Birinchidan, aylanma mablag‘lar holatini vertikal tizimli tahlil qilishdan maqsad

korxonada aylanma mablag‘larni shakllantirish va undan samarali foydalanish yo‘llari
bo‘yicha uning hajmi, tarkibiy tuzilishini aniqlashga qaratilgan individual tarzda jami
ko‘rsatkichlar nisbatlarini aniqlash va baholashga qaratiladi. Korxonada aylanma
mablag‘larning umumiy hajmini tahlil qilishda, bevosita ularning tarkibi va tuzilishini
tizimli tahlil qilish, aylanma mablag‘lar harakati, pul mablag‘larining shakllanish
manbalari va turlarni tahlil qilishdan iborat.

Ikkinchidan, aylanma mablag‘larni bosqichma-bosqich gorizontal tahlil qilishdan

asosiy maqsad aylanma mablag‘larning hajmi va tuzilishi ko‘rsatkichlarini o‘rganish,
vaqt o‘zgarishi tendensiyalarini aniqlash va miqdoriy jihatdan baholash (mutlaq o‘sish
ko‘rsatkichlarini aniqlash, o‘rtacha o‘sishi).

Uchinchidan, korxonada aylanma mablag‘larni qiyosiy jihatdan tahlil qilish,

shuningdek, rejali, avvalgi yillardagi me’yoriy yoki mos yozuv ko‘rsatkichlarini
o‘rganilayotgan yillar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslama tahlil qilish maqsadga muvofiq.

To‘rtinchidan, aylanma mablag‘larning koeffitsient tahlilida oldindan asoslangan

turli ko‘rsatkichlar tizimida aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini
baholashni nazarda tahlillar amalga oshiriladi.

Beshinchidan, korxonada aylanma mablag‘larni boshqarish samaradorligiga ta’sir

qiluvchi ichki va tashqi muhitning asosiy omillarini aniqlashni o‘z ichiga olgan
omillarni tahlil qilishdan asosiy maqsad aylanma mablag‘lardan foydalanish
samaradorligiga ta’sir qiluvchi tashqi va ichki omillar tahlil qilinadi va ularni bartaraf
etish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Korxonada aylanma mablag‘lar holati bo‘yicha


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

279

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

umumiy xulosalar shakllantiriladi va aylanma mablag‘larni samarali boshqarish va
holatni baholash bo‘yicha yakuniy hisobot tayyorlanadi

4

.

Sanoat korxonalarida aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish asosida

moliyaviy barqarorlikni oshirish borasida o‘z hissasini qo‘shgan iqtisodchi olim,
professor A.U.Burxanov tomonidan korxonaning aylanma mablag‘lari o‘zini-o‘zi
moliyalash talablari zarurati bilan izohlanashi hamda u korxona mustaqilligining asosi
hisoblanishi haqida o‘z fikrlarini bayon etgan. Shuni inobatga olish kerakki, korxona
faoliyatini moliyalash o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirish har doim ham foydali
hisoblanmasligi, bu asosan mavsumiy xarakterga ega ishlab chiqarishda o‘z aksini
topishi, bunda ayrim vaqtda bank hisob-raqamlarida katta hajmda mablag‘lar yig‘ilib
qolishi va aksincha boshqa vaqtda mablag‘larni topib bo‘lmasligi haqida batafsil
to‘xtalib o‘tgan

5

.

A.U.Burxanovning fikrlariga qo‘shilgan holda aytish joizki, har qanday

korxonaning moliyaviy barqarorligi bevosita aylanma mablag‘lardan samarali
foydalanish va uni doimiy aylanib turishini ta’minlash maqsadga muvofiq. Ayrim
mavsumiy ishlaydigan korxonalar mavsum davrida katta miqdordagi aylanma
mablag‘larni jalb qilgan holda ishlab chiqarishni tashkil etishi, mavsum yakunlanishi
bilan hisob-raqamida bo‘sh turgan mablag‘lar jamg‘arilishiga olib keladi.

Professor T.S.Malikov tomonidan keltirilgan izohlarga ko‘ra, aylanma

mablag‘larning foydalanish samaradorligini tavsiflovchi umumlashtiruvchi
ko‘rsatkichlar aylanma mablag‘lar aylanishining soni va aylanma mablag‘lar bir marta
aylanishining uzoqligi hisoblanadi va ular quyidagicha aniqlanadi

6

:

𝐴𝑌𝑎𝑚 = 𝑇: 𝑄𝑢

(1)

𝑈1𝑎𝑚 = 𝐾𝑠: 𝐴𝑌𝑎𝑚

(2)

bu yerda:

AYam

– aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi,

4

Н.Т.Тошмаматов, С.К.Хабижанов, А.А.Темиркулов. Особенности организaции внутренного аудита

промышленного предприятия на примере Республики Узбекистан. Ж//Аудит и финансовый анализ. №1,2019. 77-
81 стр.

https://www.elibrary.ru/item.asp?id=39539179

5

А.У.Бурханов. Саноат корхоналари молиявий барқарорлигини баҳолаш усули

.

“Иқтисодиёт ва инновaцион

технологиялар” илмий электрон журнали. № 6, ноябрь

-

декабрь, 2018 йил

. 18-

бет.

6

Т.С.Маликов. Молия

-

хўжалик юритувчи субъектлар молияси. Ўқув қўлланма.

-

Т.: “ИҚТИСОД

-

МОЛИЯ”, 2009, 93

-94-

бетлар.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

280

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

𝑇

– mahsulotlarning sotishdan kelib tushgan daromad,

𝑄𝑢

– aylanma mablag‘larning yillik o‘rtacha qoldig‘i,

𝑈1am

– aylanma mablag‘larning bir marta aylanish uzunligi (davriyligi),

𝐾𝑠

– tahlil davridagi kunlar soni.

1-jadval

Korxonada aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligiga erishish

ko‘rsatkichlarining guruhlanishi

7

Korxonada aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligiga erishish

ko‘rsatkichlari

Ayriboshlash

Rentabellik

Korxonaning boshqaruv

samaradorligiga ta’sir
etuvchi ko‘rsatkichlar

Aylanma
mablag‘larning aylanish
davri

Rentabellik darajasi

Aylanma

mablag‘larning

o‘rtacha (yillik, choraklik)
summasi

va

aylanmani

o‘zgartirish

orqali

daromadlarning o‘zgarishi

Aylanma
mablag‘larning guruhiy
aylanmasi

O‘z

aylanma

mablag‘lari-ning
rentabelligi

Aniqlanish koeffitsenti

Tezlashtirilgan
ayirboshlash natijasida
daromad miqdorining
o‘sishi

Ayirboshlash davomiyligini
o‘zgartirish orqali operatsion
xarajatlar

darajasini

o‘zgartirish

Aylanma

mablag‘lar

ayrim elementlarining
aylanish davri

Operatsion

aylanish

uzunligi

Iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda sanoat korxonalarining aylanma

mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish ko‘plab iqtisodiy va moliyaviy
omillarga bog‘liqdir. Shuningdek, aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi
korxonalarning to‘lov intizomining darajasiga hamda aylanma mablag‘larning turli

7

B.Abduraximov, N.Qudbiev, I.Muminov. Aylanma mablag‘larni boshqarish tijorat korxonasi muvaffaqiyatining asosi.

Scientific Journal Impact Factor. VOLUME 1 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784. SJIF 2021: 5.423


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

281

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

vazifalarni bajarish uchun joylashtirilgan kapital qo‘yilmalarning hajmi bilan
ifodalanadi. Shuningdek, korxonalarning ishlab chiqarish tarmoqlarida aylanma
mablag‘lardan samarali foydalanishiga ishlab chiqarishda kam chiqim innovatsion
texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etganligi, xom ashyo va materiallar
narxining pasayishiga ta’sir qiladi.

Korxonada aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligiga erishish

ko‘rsatkichlarini uch guruhga ajratish mumkin, ya’ni ayriboshlash, rentabellik,
korxonaning boshqaruv samaradorligiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlardan iborat.

Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini minimallashtirish,

ishlab chiqarish zaxiralari hamda ularning harakatini oqilona tashkil qilinishi o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. Aylanma mablag‘larning (umumiy hajmi, tuzilishi, moliyalashtirish
yo‘nalishlari bo‘yicha) holatini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan foydalanish aylanma
mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalari faoliyatida mavjud

aylanma mablag‘lardan foydalanish va uni samarali boshqarishda ularning to‘lovga
qobiliyatlilik darajasi bo‘yicha tizimlashtirish muhim ahamiyatga kasb etadi. Shu bois,
turli maqsadlar uchun to‘lovga qobiliyatlilikning quyidagi ikki ko‘rsatkichidan doimiy
foydalaniladi:

-

joriy likvidlilik koeffitsienti;

-

absolyut likvidlilik koeffitsienti.

Shuningdek, joriy to‘lovga qobiliyatlilik koeffitsienti ma’lum bir sana uchun

aniqlanib, uning aniqlanish tartibini quyidagi formula asosida keltirishimiz mumkin

8

:

𝐾𝑗𝑡𝑞 = 𝐴𝑎: 𝑄𝑚𝑝 ≥ 2

(1)

bu yerda:

Kjtq

– joriy to‘lovga qobiliyatlilik koeffitsenti,

𝐴𝑎

– aylanma aktivlar hajmi,

𝑄𝑚𝑝

– qisqa muddatli passivlar.

Sanoat korxonalarida aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini

oshirishda quyidagi omillarga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega:

8

Маликов

Т.С. Молия

-

хўжалик юритувчи субъектлар молияси. Ўқув қўлланма.

-

Т.: “ИҚТИСОД

-

МОЛИЯ”, 2009, 93

-94-

бетлар.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

282

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

birinchidan, korxonada mavjud pul mablag‘larini sarflash jarayonini nazoratga

olish (sarflashning real holatini analitik tahlil qilish, pul mablag‘lari kirimini
bashoratlash);

ikkinchidan, debitorlik qarzdorligi holatini doimiy nazoratga olish (o‘tgan

yillardagi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, debitorlik qarzdorligini undirishga ta’sir
qiladigan omillarni tahlil qilish);

uchinchidan, debitorlik qarzini undirishning yangi shakllarini joriy etish;

xaridorlar bilan hisob-kitoblar holatini tahlil qilish va debitorlik va kreditorlik
nisbatlarini nazoratga olish, shuningdek, debitorlik qarzdorligi bo‘yicha bir yoki bir
nechta yirik xaridorlar tomonidan to‘lanmaslik xavfini pasaytirish uchun doimiy
ravishda xaridorlar ko‘lamini kengaytirib borish;

to‘rtinchidan, sanoat korxonasining kreditorlik qarzlari darajasini doimiy

nazoratga olish qilish, kreditorlik qarzlarini kamaytirish choralarini ko‘rish.

Umuman olganda, sanoat korxonalarida aylanma mablag‘lardan foydalanish

samaradorligini oshirishda korxonaning ishlab chiqarishga sarflanayotgan pul
mablag‘larini doimiy ravishda tahlil qilish, sanoat korxonasining moliyaviy
barqarorligini ta’minlash hamda korxonaning yetarlicha to‘lov qobiliyatini ta’minlash
masalalariga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.