Authors

  • Saparboyev Jamoladdin Yuldashevich
    Fan va texnologiyalar universiteti Aniq fanlar kafedrasi dotsenti v.b
  • Ro’zimurodova Dilroz
    Fan va texnologiyalar universiteti kunduzgi ta’lim, iqtisodiyot yo’nalishi 1/24-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.118772

Abstract

Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida oʻquv jarayonini qisman yoki toʻliq avtomatlashtirish uchun moʻljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ayniqsa, geometriya o’qitish jarayonining samaradorligini oshirish shakllaridan biri bo’lib, zamonaviy texnologiyalarning oʻqitish vositasi sifatida ishlatiladi.  Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: oʻquv fani boʻyicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik taʻminot, qoʻshimcha va yordamchi vositalar kiradi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

381

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

O’QUVCHILARINING FAZOVIY TASAVVURLARINI

RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK DASTURIY VOSITASINI

YARATISH TEXNOLOGIYALARI VA BOSQICHLARI

Saparboyev Jamoladdin Yuldashevich

Fan va texnologiyalar universiteti Aniq fanlar kafedrasi dotsenti v.b.

Ro’zimurodova Dilroz

Fan va texnologiyalar universiteti kunduzgi ta’lim, iqtisodiyot yo’nalishi 1/24-guruh

talabasi

Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida oʻquv

jarayonini qisman yoki toʻliq avtomatlashtirish uchun moʻljallangan didaktik vosita
hisoblanadi. Ular ayniqsa, geometriya o’qitish jarayonining samaradorligini oshirish
shakllaridan biri bo’lib, zamonaviy texnologiyalarning oʻqitish vositasi sifatida
ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: oʻquv fani boʻyicha aniq didaktik
maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik
va metodik taʻminot, qoʻshimcha va yordamchi vositalar kiradi.

O’quvchilarining fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishning pedagogik dasturiy

vositalarni yaratish bir nechta bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqichda pedagogik loyihalashtirish amalga oshiriladi. Bunda

o’quvchilarining fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, fazoviy tasavvurini
rivojlantirishning falsafiy, psixologik pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtiriladi, bu
imkoniyatlardan kelib chiqib oʻqitishning mazmuni va tuzilmasi tahlil qilinadi.

Ikkinchi bosqichda akademik litsey o‘quvchilarining fazoviy tasavvurni

rivojlantirishning modeli yaxlit tizim sifatida kommunikativ, elektron-axborot ta’lim
resursidan foydalanib ishlab chiqiladi. Mazkur bosqichda ilmiy nazariy maʻlumotlarni
oʻquv materiallariga aylantirish, oʻquv matnlari, illyustratsiyalar shakllantiriladi.
Fazoviy tasavvurni rivojlantirishga mos oʻquv materiallarining shakllari ishlab
chiqiladi, elektron oʻquv materiallaridan lokal, tarmoq, masofaviy taʻlim kabi
foydalanish sohalari aniqlashtiriladi.

Uchinchi bosqichda fazoviy tasavvurni rivojlantirish texnologiyalarining

didaktik, texnologik integrativ xususiyatlari– metodik komponent sifatida innovatsion
o‘qitishning kognitiv (axborotni qayta ishlash, saqlash, uzatish, kasbiy bilimga
yo‘nalganlik), o‘quv-ijodiy faoliyatga shaxsiy munosabatni qaror toptirish va tanlash


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

382

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

imkonini beruvchi, nazariy materialni tizimlashtirladi, uni masalalar tizimi orqali
bayon etish bilan bog‘liq mustaqil ijodiy izlanishlari komponentlari integratsiyasi
ustuvorligi asosida takomillashtirish uchun zarur dasturiy vositalar yaratiladi yoki
tanlanadi. Bunda foydalanuvchi va kompyuter oʻrtasidagi muloqot metodlari, dasturiy
vosita qobigʻi va muhiti qiyosiy tahlil qilinadi.

Toʻrtinchi bosqichda geometriya o’qitish jarayonida pedagogik dasturiy

vositalardan foydalanib, akademik litseylarda ta’lim jarayonida fazoviy tasavvurni
rivojlantirishning samaradorligi yangi sharoitlarda qo‘llash (analogiya)ni, metod va
usullar kombinatsiyasini o‘z ichiga olgan masalalar tizimidan foydalanish, masalaviy
yondashuv bosqichlari emotsionallik, progressivlik, motivatsiya, optimallik,
effektivlik baholash mezonlarini kiritish asosida metodikalari loyihalashtiriladi.
Foydalanuvchi va kompyuter oʻrtasidagi muloqot ssenariysi yaratiladi, o’quvchilar
fazoviy tasavvurlarining rivojlanganligini baholash darajalari (yuqori, o‘rta va past)ni
aniqlab, natijalarini taqdim etish shakllari ishlab chiqiladi.

Beshinchi bosqichda akademik litsey o‘quvchilarining fazoviy tasavvurini

rivojlantirish bo‘yicha elektron ta’lim resursini yaratishga oid tavsiyalar ishlab
chiqiladi. Mazkur jarayonda berilgan pedagogik xossalarga ega pedagogik dasturiy
vositalar pedagogik dasturiy vositalarning boshqaruv elementlari yaratiladi, fazoviy
tasavvurini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar to‘plami shakllantiriladi.

Oltinchi bosqichda yaratilgan pedagogik dasturiy vositalar geometriya oʻqitish

jarayoniga tatbiq etiladi, ularning dasturiy va metodik tarkibiy qismlariga zarur
oʻzgartirish va tuzatishlar kiritiladi. Pedagogik dasturiy vositalarning joriy etilishi
natijalari tahlil qilinadi, pedagogik imkoniyatlari aniqlashtiriladi.

Barcha pedagogik dasturiy vositalarni ikki guruhga ajratish mumkin:

anʻanaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlovchi vositalar; “Oʻqituvchi-
kompyuter-oʻquvchi” uch elementli pedagogik tizim texnologiyalari. Birinchi guruh
pedagogik dasturiy vositalarga qoʻyiladigan tizim talablari pedagogning samarali
oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq vazifalaridan kelib chiqadi.

Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish

maqsadida ularning anʻanaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar
mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga
ajratiladi.

Sh.Pozilovaning ta’kidlashicha, pedagogik dasturiy vositalarga qoʻyiladigan

didaktik talablarga quyidagilar kiradi:


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

383

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

ilmiylik;

tushunarli, qatʻiy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda pedagogika,

psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning
fundamental asoslarini hisobga olib, oʻquv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini
taʻminlash;

uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari oʻrganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati

hamda toʻldiruvchisi hisoblanadi);

izchillik;

muammolilik;

koʻrgazmalilik;

faollashtiruvchi (oʻqitish mustaqilligi hamda faollik xususiyatining

mavjudligi);

oʻqitish natijalarini oʻzlashtirish mustahkamligi;

muloqotning interfaolligi;

tarbiyalash;

rivojlantirish;

amaliyotning yaxlit birligi.

Metodik talablarga quyidagilar kiradi:

aniq oʻquv fanining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish;

maʻlum bir fanning oʻziga xosligini hisobga olish;

axborotning zamonaviy metodlar bilan oʻzaro bogʻliqligi, oʻzaro

aloqadorligi, turli-tumanligi.

Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-perseptiv),

tafakkur(tushunchaviy-nazariy, koʻrgazmali-amaliy), diqqati (qatʻiyligi, boshqa narsa
yoki obyektga qaratilishi), motivatsiya (ishlashning faol shakllari, yuqori darajada
koʻrgazmalilik, oʻz vaqtida qayta aloqa yordamida talabalarning yuqori darajadagi
motivatsiyalarini doimiy ravishda ragʻbatlantirish), xotira, tasavvur, yosh va individual
psixologik xususiyatlarni hisobga olish(egallagan bilim, koʻnikma va malakalarini
hisobga olib, oʻquv fani mazmuni hamda oʻquv masalalari murakkablik darajasining
talabalarning yosh imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos kelishi, oʻquv
materialini oʻzlashtirishda ortiqcha his-hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan
taʻsirlanishdan himoyalash) kiradi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

384

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Texnik talablarga zamonaviy universal shaxsiy kompyuterlar, tashqi qurilmalari,

test oʻtkaziladigan manbalar kiradi.

Tarmoq talablariga «mijoz-server» arxitekturasi, Internet-navigatorlar, tarmoq

operatsion tizimlari, telekommunikatsiya, boshqaruv vositalari (oʻqitish jarayonini
individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi.

Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari,

joylashishi, oʻlchami, rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik talablarga
mosligi.

Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yoʻnalganlik,

mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, koʻrgazmalilik, kirish nazorati,
intellektual rivojlanish, differensiatsiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik,
qayta aloqa, funksionallik, ishonchlilik.

Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: doʻstonalik, foydalanuvchiga

moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.

O’quvchilarining fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishning pedagogik dasturiy

vositalarni yaratishda amal qilinishi zarur boʻlgan tamoyillar (kvantlashtirish,
toʻliqligi, koʻrgazmaliligi, tashxislash, tarmoqlashuvi, boshqarish, tekshirish,
moslashtirish, kompyuterli taʻminot, toʻplanuvchanligi) hisobga olinib, ularni yaratish
texnologiyasini loyihalashtirish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

1)

konsepsiyasini ishlab chiqish (geometriya fani standarti va amaliy

mashgʻulot oʻtkazish metodikasiga tayanuvchi pedagogik dasturiy vositalarni
yaratishning asosiy gʻoyasini ishlab chiqish, uning mazmunli qismini tuzish);

2)

loyihalashtirish (geometriya fanidan ishchi namunasini, axborot bloklari

va ekran shakllari andozalari toʻplamini, murojaatlar interfaolligini taʻminlovchi
giperilovalar tuzilmasining tartibli sxemasini ishlab chiqish);

3)

ekran shakli va axborot bloklari dizayni (geometriya oʻqitish jarayoni,

psixologik-pedagogik xususiyatlari, ergonomik talablari, oʻquv materiallari tuzilishi va
mazmuniga mos ravishda dizayn tuzilishini qurish);

4) ilova tuzilmasi elementlarini toʻldirish (tayyorlangan materiallarni ishlab

chiqilgan andozalar va ekran shakllariga joylashtirish, ilovalar tizimini toʻldirish
hamda foydalanuvchi bilan qayta aloqa tashkil qilish);

5) test sinovlari va sozlash (har bir ilovada aloqa ishlari toʻgʻriligini va

foydalanuvchi harakatiga dasturning javobini toʻgʻriligini tekshirish);

6) geometriya oʻqitish jarayoniga tatbiq etish.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

385

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida geometriya oʻqitishga

moʻljallangan oʻquv fanining oʻziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini,
izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish
imkoniyatlarini hisobga olishni koʻzda tutadi. Geometriyadan yaratiladigan pedagogik
dasturiy vositalar quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak:

1.

Pedagogik dasturiy vositalar geometrik materialni taqdim etishning

tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining oʻzaro bogʻliqligiga tayangan
holda qurilishi.

2.

Pedagogik dasturiy vositalar geometrik materialni yuqori tartibli tuzilma

koʻrinishida taʻminlashi. Fanlararo mantiqiy oʻzaro bogʻliqlikning hisobga olinishi.

3.

Pedagogik dasturiy vositalarda taʻlim oluvchiga geometrik materialni

bosqichma-bosqich oʻzlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish
asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi.

Pedagogik dasturiy vositalarda oʻqitishning rivojlantiruvchi va tarbiyaviy

funksiyalari bajarilishi taʻlim vazifasidagi anʻanaviy nashrlarga qoʻyiladigan didaktik
talablardan tashqari, pedagogik dasturiy vositalarni yaratish va joriy qilishda
zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarning ustunliklaridan
foydalanish kabi quyidagi oʻziga xos didaktik talablar qoʻyiladi:

1.

Moslashuvchanlik talablari – pedagogik dasturiy vositalar taʻlim oluvchi

individual imkoniyatlariga, yaʻni geometriya oʻqitish jarayonida oʻquv materiallari
taʻlim oluvchi bilim va koʻnikmalari hamda uning psixologik xususiyatlariga
moslashtirilgan boʻlishi kerak. Pedagogik dasturiy vositalar moslashuvchanligining
uchta darajasi mavjud. Birinchi daraja o’quvchilarning oʻzlariga qulay boʻlgan
individual tempga mos holda geometriya oʻquv materialini oʻrganish imkoniyati
hisoblanadi. Ikkinchi daraja taʻlim oluvchi holatining diagnostik tahlili boʻlib, uning
natijalari asosida taʻlim berishning mazmuni va uslublari taklif etiladi. Uchinchi daraja
ochiqcha yondashuvga asoslanadi, unda foydalanuvchilarning guruhlanishi koʻzda
tutilmaydi va mualliflar taʻlim oluvchilarning imkon boricha barcha kontingenti uchun
koʻproq variantlar ishlab chiqishi tavsiya etiladi.

2.

Oʻqitishning interfaol talablariga geometriya oʻqitish jarayonida taʻlim

oluvchi bilan pedagogik dasturiy vositalarning oʻzaro hamkorligini taʻminlash kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalar interfaol muloqot va teskari aloqani taʻminlashi kerak.
Muloqotni tashkil etishning muhim sharti boʻlib, foydalanuvchi harakatiga pedagogik
dasturiy vositalarning reaksiyasi hisoblanadi. Nazorat teskari aloqa asosida amalga
oshiriladi va keyingi bajariladigan ishlar yuzasidan tavsiyalar beradi, maʻlumotnoma
va tushuntiruvchi axborotlar kirishtish amalga oshiriladi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

386

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

3.

Pedagogik dasturiy vositalarning oʻquv axborotini taqdim qilishida

kompyuter vizuallashtirish imkoniyatlarini joriy qilish talablari zamonaviy elektron
vositalar imkoniyatlari oʻquv axborotini namoyish qilish sifatini tahlil qilishni koʻzda
tutadi.

4.

Pedagogik dasturiy vositalar bilan ishlashda taʻlim oluvchining

intellektual qobiliyatini, fazoviy tasavvurini rivojlantirish talablari fikrlash va
murakkab vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qila olish mahorati, axborotga ishlov
berish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirishni koʻzda tutadi.

5.

Pedagogik dasturiy vositalar – geometriya oʻquv materialini namoyish

qilishning tizimlilik va funksional bogʻliqlik talablariga javob berishi kerak.

6.

Pedagogik dasturiy vositalar – taʻlim berishning toʻliqligi va

uzluksizligini taʻminlashi lozim.

3.

Pedagogik dasturiy vositalarni qoʻllash asosida o’quvchilarning mustaqil

taʻlim olish koʻnikma va malakalarini shakllantirishda talabalarning funksional va
psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning pedagogik
dasturiy vositalar asosida imkon qadar koʻproq maʻlumotlarni yoritishga intilishi
oʻquvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin. Oʻz navbatida maʻlumotlarni
uzatish tezligini oshirish esa maʻlumotlarni oʻzlashtirish sifatining pasayishiga,
xatoliklar sonining ortib borishiga, oʻquvchining oʻzini his qilishi va sogʻligiga salbiy
taʻsir qiladi.

Fiziologik-gigienik sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar kompyuterda ishlashda

bilim oluvchilarning

aqliy ish qobiliyati oʻzlashtiriladigan

maʻlumotlar hajmiga teskari proporsional ravishda oʻzgarib borishini eʻtirof etadi. Bu
quyidagi sabablar bilan izohlanadi:

-

koʻrish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi;

-

yangiliklarni qabul qilishda yuzaga keluvchi dastlabki ruhiy

koʻtarinkilikning tinib qolishi;

-

yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noaniqlik va xatoliklar tufayli salbiy

hissiyotlarning yigʻilib borishi;

-

katta miqdordagi taʻlimiy resurslarni qabul qilish undan keyingi axborot

resurslarini faol oʻzlashtirishga toʻsqinlik qilishi.

Bu holat taʻlim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va joriy

etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik talablarni hisobga olgan holda
ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga chiqaradi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

387

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va foydalanishga qoʻyilgan

umumiy talablarni hisobga olish bilan bir qatorda, uni yaratishning muvaffaqiyatliligi
va sifatiga taʻsir qiluvchi bir qator psixologik talablar ham qoʻyiladi. Quyida pedagogik
dasturiy vositalarga qoʻyiladigan psixologik talablar keltirilgan:

1.

Pedagogik dasturiy vositalarda geometrik materialni namoyish qilish

nafaqat verbal, balki kognitiv jarayonning sensorlik va namoyish qilish holatlariga ham
mos kelishi kerak. Pedagogik dasturiy vositalar qabul qilish, diqqat, tasavvur qilish,
xotirada saqlash kabi psixologik jarayonlar xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab
chiqilishi kerak.

2.

Pedagogik dasturiy vositalardagi geometrik materiali taʻlim

oluvchilarning yoshini, tayanch bilimlarini inobatga olib tuzilishi kerak.

3.

Pedagogik dasturiy vositalar fazoviy tasavvurni rivojlantirishga

yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.

Pedagogik dasturiy vositalarning tuzilmasi va mazmuni geometrik materialni

chuqur oʻrganishga moʻljallangan boʻlishi bilan bir vaqtda geometriya oʻquv dasturiga
mos kelishi kerak. Taʻlim tizimi uchun yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar
quyidagi umumiy talablarni ham qanoatlantirishi kerak:

-

pedagogik dasturiy vositalarning mazmuni va tarkibi taʻlim standartining

talablariga mos kelishi kerak;

-

pedagogik dasturiy vositalar oʻzida tashxislovchi va mashq qildiruvchi

topshiriqlarining tizimi intellektual xarakterga ega boʻlishi kerak;

-

pedagogik dasturiy vositalar oʻquv faoliyatining izlash, yigʻish, saqlash,

tahlil, ishlov berish kabi koʻrinishlarni avtomatlashtirishni; hisoblashlarni, loyihalash
va konstruksiyalashni, tajriba, eksperimentning natijalariga ishlov berishni, nazorat
topshiriqlarni, axborotli ishlov berishni avtomatlashtirishni koʻzda tutishi kerak;

-

pedagogik dasturiy vositalar murakkab obyektlar (mashina, uskuna,

apparat, moslama va x.q.) ishining imitatsiyasini, turli xildagi jarayonlarni real,
tezlashtirilgan yoki sekinlashtirilgan vaqt masshtabida namoyish etish vositalarini
tarkibida saqlashi kerak;

-

pedagogik dasturiy vositalari taʻlim oluvchini kelajakdagi kasbiy

faoliyatiga bogʻliq holda virtual muhitda tayyorlashni amalga oshirishi kerak;

-

pedagogik dasturiy vositalarda barcha amalga oshiriladigan hisoblashlar

vizuallashtirishning ochiq tizimiga ega boʻlishi, oʻrganiladigan oʻzgaruvchan
obyektlar yoki jarayonlarning bogʻliqligi namoyish qilinishi lozim.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

388

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqishda mos ravishdagi o’quvchilarining

intellektual darajasi, motivatsiyasi, funksional holati hamda ishchanlik darajasi
eʻtiborga olinishi lozim.

Motivatsiya tushunchasi amalga oshiriladigan faoliyatning individ uchun

ahamiyat kasb etishi, unga nisbatan barqaror qiziqishni yuzaga keltirishi hamda tashqi
belgilangan maqsadlarning ichki ehtiyojga aylanish jarayonini anglatadi. Demak,
motivatsiyani shaxsni oʻquv jarayoniga faol kirishib ketishini taʻminlovchi ichki
harakatlantiruvchi kuch sifatida eʻtirof etish mumkin. Shuni eʻtiborda tutish lozimki,
shaxsning motivatsion sifatlari bilish faoliyatining asosini tashkil qilib, bu jarayonda
talaba mos ravishdagi taʻlimiy maqsadlarni belgilaydi, jarayonni boshqaradi va uning
muvvafaqiyatlilik darajasini baholaydi. Bunda ehtiyoj mustaqil taʻlim jarayonida
talaba kasbiy shakllanishining turli motivatsiyalanganlik darajalarining rivojlanishiga
olib keladi.

O’quvchining

kasbiy

shakllanishi

jarayonida

quyidagi

uchta

motivatsiyalanganlik darajasini ajratib koʻrsatish mumkin:

Motivatsiyaning boshlangʻich darajasi kasbiy rivojlanishga boʻlgan ehtiyoj bilan

bogʻliq boʻlib, tashqi ijtimoiy va shaxsiy motivatsiyalar asosida yuzaga keladi.
Motivatsiyaning oʻrtacha darajasi kasbiy bilimlarni egallash jarayonida yuzaga chiqadi
va keyingi kasbiy faoliyat uchun zarur asoslarni yaratadi. Motivatsiyalanganlikning
yuqori darajasi esa talabaning rivojlanish va oʻz ijodiy potensialini roʻyobga chiqarish
bilan bogʻliq ehtiyojlarini oʻzida aks ettiradi. Ijodiy potensialning rivojlanib borishi
talabaning oʻz-oʻzini rivojlantirishidagi ehtiyojlarni qoniqtirish uchun maqbul
sharoitlarning yaratilishiga olib keladi.

Pedagogik dasturiy vositalarni qoʻllashning psixofiziologik jihatdan

samaradorligi talabalar mustaqil taʻlimini tashkil qilishda pedagogik dasturiy
vositalarni qoʻllash katta hajmdagi oʻquv materiallarini izlab topish hamda ularni
oʻzlashtirish uchun sarflanadigan vaqt miqdorini sezilarli darajada tejash,
motivatsiyani rivojlantirish, bilimlarning mustahkamligini oshirish imkonini berishi
bilan izohlanadi.

Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi

birinchidan: talabalarning oʻquv materiallarini oʻzlashtirishi, tarbiyalanganlik va
intellektual rivojlanganligi, ishchanlik koʻrsatkichlari, motivatsion barqarorlik
darajalari bilan belgilanadi. Ikkinchidan, oʻqituvchi faoliyati bilan bogʻliq boʻlib,
oʻqitish konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va taʻlim vositalaridan ratsional


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

389

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

foydalanish koʻrsatkichlari, oʻqituvchining mehnat faoliyatiga nisbatan barqaror
motivatsiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi.

Xulosa qilib aytaganda shuni aytishimiz joizki, hozirgi zamonaviy axborot

texnologiyalaridan geometriya o’qitish jarayonida foydalanish o’quvchilarning
fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishda ancha ustunliklarni yuzaga keltirmoqda.
O’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishda pedagogik dasturiy vositalarni
yaratish koʻplab yaʻni - didaktik, metodik, psixologik, texnik, tarmoq, estetik,
ergonomik va maxsus talablar qoʻyiladi. Hamda pedagogik dasturiy vositalarni
yaratishda foydalanuvchilarning psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olish ham
muhim ahamiyat kasb etadi.