Authors

  • Iskandarova Dilnoza Tolibjon qizi
    Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti 3-kurs talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.127790

Keywords:

musiqa terapiya Motsart effekti bilish jarayonlari xotira plastiklik ruhiy jarayonlar davolovchi ta’sir.

Abstract

Mazkur maqolada musiqa inson psixikasiga ko‘rsatadigan ta’sirining dolzarbligi asoslab beriladi. Maqolada V.A.Motsartning klassik asarlari va rok musiqasining e’tiborni jamlash, xotira faolligi, shuningdek, emotsional holatni boshqarish qobiliyatiga ta’siri tahlil qilinadi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 7

10

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

MUSIQANING INSON PSIXIKASIGA TA’SIRI: TARIXIY, ILMIY VA

TERAPEVTIK YONDASHUVLAR

Iskandarova Dilnoza Tolibjon qizi

Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti

3-kurs talabasi.

Annotatsiya:

Mazkur maqolada musiqa inson psixikasiga ko‘rsatadigan

ta’sirining dolzarbligi asoslab beriladi. Maqolada V.A.Motsartning klassik asarlari va
rok musiqasining e’tiborni jamlash, xotira faolligi, shuningdek, emotsional holatni
boshqarish qobiliyatiga ta’siri tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

musiqa terapiya, Motsart effekti, bilish jarayonlari, xotira,

plastiklik, ruhiy jarayonlar, davolovchi ta’sir.

Ma’lumki, barcha tirik mavjudotlar atrof-muhitni qabul qilish va anglash

imkonini beruvchi sezgi organlariga ega. Hayotimiz davomida rang, tovush va hid
bizni doimiy ravishda kuzatib boradi. Ushbu axborotni qabul qilish, uni qayta ishlash
va o‘zlashtirish usullari, ularning psixikaga, kayfiyatga, xatti-harakatga va inson
qarorlariga ta’siri qadim zamonlardan beri insoniyat e’tiborida bo‘lgan. Rangi inson
psixikasiga ko‘rsatadigan ta’siri haqida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar mavjud [1], ushbu
maqolada esa musiqaning ta’siri tahlil qilinadi. Bu fenomenni o‘rganishga ham ko‘plab
tadqiqotlar bag‘ishlangan.

Ma’lumki, qadimgi Yunonistonda odamlar bilan ishlaydigan mutaxassislar

hisoblangan shifokorlar, sudyalar, o‘qituvchilar uchun maxsus kasbiy talablar mavjud
bo‘lgan. Ularning eng asosiy sharti musiqani chuqur o‘rganish va uning inson
psixikasiga ta’sirini tushunish edi. O‘sha davrda umumiy uyg‘unlik sog‘lomlik kafolati
deb hisoblangan, har qanday muvozanatsizlik esa kasallikning sababi sifatida qaralgan.
Hatto Eski Ahd kitobida ham musiqaning shifobaxsh kuchi haqida rivoyat keltirilgan:
Dovud ruhiy tushkunlikda bo‘lgan Shoh Shaulni arfa chalish orqali davolagan.
San’atlar homiysi Apollon va uning o‘g‘li Eskulap qadimgi yunon mifologiyasida
shifobaxshlik xudosining musiqaga aloqasi mavjudligini bildirgan. Pifagor, Aristotel,
Platon kabi antik davrning mashhur olimlari musiqaning davolovchi va oldini oluvchi
kuchi borligini ilmiy jamoatchilik e’tiboriga havola qilganlar. Ularning fikricha,
musiqa faqat inson ichki olamida emas, balki butun koinotda ham uyg‘unlik va


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 7

11

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

muvozanatni ta’minlaydi. Aristotel musiqani nafaqat davolash, balki ruhni poklash
vositasi deb ham hisoblagan. Qadimgi Rimning Minerva ma’budasi esa musiqachilar
va shifokorlarga birdek ehtirom bilan munosabatda bo‘lgan [2].

Qadim zamonlardayoq olimlar musiqaning inson psixikasiga, ayniqsa,

psixoemotsional sohasiga kuchli va qarama-qarshi yo‘nalgan ta’sir ko‘rsatishini
kuzatganlar. Filosofiga xos bo‘lgan bu kuzatuvlar, asosan, tavsifiy xarakterga ega
bo‘lsa-da, fan taraqqiyoti jarayonida “nima uchun?” va “qanday qilib?” kabi savollarga
ilmiy javoblar topish zarurati tug‘ilgan. Fan rivojlangani sayin, musiqani psixiatriyada
davolovchi vosita sifatida qo‘llash tajribasi ham shakllandi. XIX asr boshlarida
frantsuz psixiatr J.E.D.Eskirrol ruhiy kasalxonalarida musiqa terapiyani amaliyotga
joriy etishni taklif qilgan.

Keyinchalik, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida musiqaning psixikaga ta’sir

mexanizmini empirik tarzda o‘rganishga qaratilgan ilk harakatlar boshlangan.
V.M.Bexterev, I.M.Dogel, I.R.Tarxanov kabi olimlar musiqaning markaziy asab tizimi,
nafas olish, qon aylanish faoliyatiga foydali ta’siri haqida ilmiy ma’lumotlar keltirgan.
Masalan, I.M.Dogel (1888) va I.M.Sechenov (1901) marsh musiqasining mushak
faoliyatini rag‘batlantiruvchi ta’sirini kuzatganlar. Rus fiziologi I.R.Tarxanov esa
quvonch bag‘ishlaydigan kuylar yurak urishini sekinlashtirishi, yurak qisqarishlarini
kuchaytirishi, qon tomirlarni kengaytirishi va qon bosimini me’yorga keltirishi
mumkinligini isbotlagan. Aksincha, asabiylashtiruvchi musiqa bu holatlarning mutlaqo
qarama-qarshi natijasini keltirib chiqaradi [3].

Zamonaviy ilm-fan taraqqiyot bosqichida amaliy fanlar orasida

neyropsixologiya alohida maqom kasb etmoqda. Ushbu soha faol rivojlanmoqda va
turli yo‘nalishlari bilan ajralib turadi. Bir tomondan, u nevrologik amaliyot doirasidan
chiqib, psixosomatik kasalliklarni o‘z ichiga oluvchi boshqa klinik holatlarga kirib
bormoqda. Boshqa tomondan, ushbu sohada neyropsixologik bilimlar pedagogikada
qo‘llanilmoqda, bu esa sog‘lom odamlar psixikasini o‘rganishda neyropsixologik
yondashuvning kengayishini anglatadi. Zamonaviy neyropsixologiyaning yana bir
muhim rivojlanish yo‘nalishi bu psixofiziologiya bilan birlashish bo‘lib, u psixik
jarayonlar va holatlarning psixofiziologik mexanizmlarini o‘rganishga asoslangan.
Yuqori psixik funksiyalar yoki ongli psixik faoliyatning murakkab shakllari tizimli
tuzilishga ega ekani va ular ko‘p komponentli funksional tizimlar ko‘rinishidagi
fiziologik asosga tayanuvchi hodisalar ekani isbotlangan.

Musiqa terapevtik amaliyot ikki yo‘nalishga bo‘linadi: passiv yo‘nalish bunda

bemorga taklif etilgan kompozitsiyalarni tinglash taklif qilinadi, va aktiv yo‘nalish
bunda bemorning o‘zi musiqiy ijroga jalb qilinadi. XX asr boshida musiqaning insonga


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 7

12

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

ta’sirini o‘rganish boshlandi: “Ba’zi musiqalar mavjudki, ular sog‘lom odamga ham,
bemorga ham umumiy ijobiy ta’sir ko‘rsatadi” [4]. Ushbu fikr, avvalo, V.A. Motsart
musiqasiga taalluqlidir. U og‘riqli nuqtalarni topadi va har qanday odam bola yoki
keksada, sog‘lom yoki bemorda, boy yoki kambag‘alda, professional musiqachi,
musiqani sevuvchi yoki oddiy tinglovchida ongga tabiiy singib ketadi: “Motsart
musiqasining insonga tushuntirib bo‘lmas ta’siri, adolatli tarzda, ‘Motsart effekti’ deb
ataluvchi hodisa haqida so‘z yuritishga imkon beradi”.

L.I.Dvoretskiyning “Musiqa va tibbiyot” kitobida uchta orkestrdagi

musiqachilar guruhida o‘tkazilgan psixosomatik tadqiqotlar misol qilib keltiriladi: A
orkestr zamonaviy musiqa, B orkestr asosan klassik asarlar, S orkestr esa opera va
operetta ijro etgan. Eksperiment natijalariga ko‘ra, A orkestr musiqachilarining
jismoniy va psixik salomatligi B guruhdagilarnikiga nisbatan ancha yomon bo‘lgan. A
guruhda uyqusizlik 22 % holatda, subyektiv asabiylik holati esa 52 % da qayd etilgan,
B guruhda esa mos ravishda 2 % va 11 %.

Talabalarning o‘qishga qobiliyati, kayfiyatdagi o‘zgarishlar va stressga

chidamliligiga V.A.Motsart musiqasining ta’sirini aniqlash maqsadida K.A.Lobanova
tomonidan 14 kunlik eksperiment o‘tkazildi. Har biri 15 nafar ko‘ngillidan iborat ikki
guruh tuzildi va ularga beshta mantiqiy masala yechimi taklif etildi. Kompozitorning
asarlarini tinglaganlarida e’tibor va konsentratsiya darajasi oshdi, eshitish va nutq
yaxshilandi, sinovdan o‘tganlar o‘ziga xos ijodiy fikrlash va topshiriqlarga noodatiy
yondashuvni namoyon etishdi [5].

Klassik musiqa, xususan, V.A. Motsart asarlarining insonga ta’siri o‘n yillab

davomida tadqiq etilmoqda. Amerikalik tadqiqotchi D. Kempbell fransuz
otorinolaringologi A. Tomatis V.A. Motsart musiqiy dahosi yordamida aktyor J.
Depardeni ikki yil ichida og‘ir darajadagi to‘xtalib gapirish muammosidan to‘liq xalos
etganini ta’riflaydi [6].

Qadimgi davrlardan boshlab musiqaning ruhiy holat, kayfiyat va sog‘liqqa

bo‘lgan ta’siri insoniyat e’tiborida bo‘lib kelgan. Aristotel, Pifagor va Platon kabi
olimlarning nazariy qarashlari, shuningdek, zamonaviy neyropsixologik va
psixofiziologik tadqiqotlar musiqaning markaziy asab tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatishini isbotlaydi. Motsart musiqasiga oid tajribalar, xususan “Motsart effekti”,
musiqaning kognitiv salohiyat, stressga chidamlilik va umumiy psixoemotsional
holatga samarali ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Ushbu ilmiy asoslar musiqani nafaqat
estetik tajriba, balki psixologik va terapevtik vosita sifatida faol qo‘llash imkoniyatini
tasdiqlaydi. Shunday qilib, musiqa inson psixikasini tiklash, ruhiy holatni me’yorga


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 7

13

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

keltirish va sog‘lomlashtirishda samarali omil sifatida ilmiy asoslangan holda qaralishi
mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ber, U 1997,

What Do the Colors Mean

, Rostov-on-Don, 224 p.

2.

Davidson, R & Begley, S 2017,

Emotional Life of the Brain

, St.

Petersburg, 256 p.

3.

Батаршев А.В. Диагностика черт личности и акцентуаций:

практическое руководство. М., 2006. 283 с.

4.

Дворецкий Л.И. Музыка и медицина. Размышление врача о музыке

и музыкантах. М., 2007. 295 с.

5.

Лобанова К.А. Целебные свойства музыки В.А. Моцарта. «Эффект

Моцарта» // Молодой ученый. 2019. № 6. С. 52–53.

6.

Кэмпбелл Д.Дж. Эффект Моцарта / пер. с англ. Л.М. Щукин. Минск,

1999. 320 с

References

Ber, U 1997, What Do the Colors Mean, Rostov-on-Don, 224 p.

Davidson, R & Begley, S 2017, Emotional Life of the Brain, St. Petersburg, 256 p.

Батаршев А.В. Диагностика черт личности и акцентуаций: практическое руководство. М., 2006. 283 с.

Дворецкий Л.И. Музыка и медицина. Размышление врача о музыке и музыкантах. М., 2007. 295 с.

Лобанова К.А. Целебные свойства музыки В.А. Моцарта. «Эффект Моцарта» // Молодой ученый. 2019. № 6. С. 52–53.

Кэмпбелл Д.Дж. Эффект Моцарта / пер. с англ. Л.М. Щукин. Минск, 1999. 320 с