Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 7
81
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
ERKIN VOHIDOV IJODIDA POETIK LEKSEMALARIDAN
FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOSLIGI
Diyora Begjigitova Abdimannob qizi
Guliston Davlat universiteti magistranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada shoir ijodining o‘ziga xosligi, ijodkorning o‘z asarlaridagi
poetik leksemalardan yangicha uslubda foydalaganligi, shu bilan birga boshqa
ijodkorlarning namunalaridan ajralib turishi ko‘rsatib beriladi. Bundan tashqari
poeziya, poetika, poetiklik, poetik lingvistika terminlariga ham keng ko‘lamda to‘xtalib
o ‘tilgan.
Kalit so‘zlar: poeziya, poetika, poetiklik, poetik lingvistika, she’riyat, she’riy
sarlavhalar,
okkazional so‘zlar
THE UNIQUENESS OF THE USE OF POETIC LEXEMES IN ERKIN
VOHIDOV'S WORK
Diyora Begjigitova Abdimannob qizi
Master's student at Gulistan State University
Abstract
This article shows the uniqueness of the poet's work, the creative use of poetic
lexemes in his works in a new way, and at the same time, his distinction from the
examples of other creative people. In addition, the terms poetry, poetics, poeticity,
and poetic linguistics are also extensively discussed.
Keywords:
poetry, poetics, poeticity, poetic linguistics, poetry, poetic titles,
occasional words
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 7
82
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Biz shu narsani takidlashimiz kerakki, she’riyat olamiga qadam qo‘yarkanmiz
poeziya, poetika, poetik leksika, poetiklik nomli tushunchalarga duch kelamiz, bular
bir-biridan farq qilsa-da, bir-biridan ayro tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki ular har
doim bir birini to‘ldirishga xizmat qiladi. Poeziya (she’riyat) bu so‘zlar keng qamrovli,
u o‘z ichiga poetiklik va poetik leksika kabi tushunchalarni oladi. Badiiy asar tilining
badiiylik, obrazlilik va ta’sirchanlik ko‘lami janr xususiyatlariga ko‘ra, bir xil emas.
Bu vositalar nisbatan poeziya tilida bo‘rtibroq turadi.
Ma’lumki, biz shoir ijodiga nazar solar ekanmiz uning ijod gulshani qanchalar
rang-barang va betakror ekanligining guvohi bo‘lamiz. uning so‘z qo‘llash mahorati
hamda she’rlari orqali ma’lum mavzuni teran yoritib berishi barcha kitobxonni o‘ziga
jalb etadi. Iste’dodli shoir o‘zining iliq lirizm va hayotbaxsh romantika bilan
sug‘orilgan o‘ynoqi va ravon poeziyasi, o‘tkir publitsistik maqolalari, dramalari,
tarjima asarlari teran ilmiy tadqiqotlari bilan xalqimiz orasida keng hurmatga sazovor
bo‘lgan sevimli adiblardan biridir. Erkin Vohidov she’riyatining asosiy g‘oyasini
vatanparvarlik, o‘zbek xalqiga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat, mustaqillik, erkinlik,
insoniylik, ona vatanga sadoqat, vafodorlik va boshqa shu kabi xususiyatlar tashkil
etadi. Bu go‘zal she’riyat haqida o‘ylaganimizda ko‘z oldimizdan betakror tashbihlar,
latif tuyg‘ularga yo‘g‘rilgan quyma satrlar o‘ta boshlaydi. Uning “O‘zbegim” (1968)
qasidasidan olingan quyidagi misralar shoirning butun ijodiyoti uchun xos bo‘lgan
vatanparvarlik, ona xalqiga bo‘lgan sadoqat va o‘zbek millatiga bo‘lgan tuyg‘usini
ko‘rishimiz mumkin:
Men Vatanni bog‘ deb aytsam,
Sensan unda bitta gul.
Men Vatanni ko‘z deb aytsam,
Bitta mujgon o‘zbegim.
Shoirning Vatan, o‘zbek xalqi mavzusida yozgan misralari doimiy hamrohimiz
bo‘lib qoladi:
Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sut-u tuz hurmati,
Erkin o‘g‘lingman, qabul et,
O‘zbegim, jon o‘zbegim.
Bunga o‘xshash durlar shodasini maroq bilan yana davom ettirishimiz mumkin.
Yoshlar ongini shakllantirishda g‘oyaviy, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, nafosat ta’sir
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 7
83
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
kuchini o‘zida mujassamlashtirgan badiiy asarga xos tasviriy vositalar, o‘ziga xos
xususiyatlar o‘quvchiga tushunarli bo‘lgan taqdirdagina uning tarbiyaviy ahamiyati,
ta’sir kuchi to‘liq namoyon bo‘ladi. Buning uchun esa badiiy asar tilini lisoniy tahlil
qilmasdan turib, ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin. Badiiy asar tilini ongli ravishda
tahlil qilish ma’lum bir asar mazmunini, uning g‘oyaviy mohiyatini, yozuvchining
ijodiy mahorati va g‘oyaviy yo‘nalishini chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi.
Yuqoridagi matnlarda ham poetiklikning yuksak ko‘rinishlari mavjud. Shunga ham
alohida e’tibor qaratish lozimki, poetiklikni ifodalashda alohida poetik vositalar shart
bo‘lmasligi mumkin. Zero, ijodkorning yondashuvi asosida so‘zlarning mukammal
berilishi poetiklikni ta’minlaydi. Yuqoridagi misrada ham
mujgon
so‘zidan tashqari
alohida buyoqdorlikka ega bo‘lgan yoki keying misrada bo‘yoqdorlikning biroz yuqori
ko‘rsatuvchi
qabul et
fe’lining berilishi kabi vositalardan tashqari elementlar ko‘zga
tashlanmasligi mumkindir. Ammo bu misralarda shunday poetiklik, obrazlilik,
emotsional-ekspressivlik mavjudki, bu jihatlar misralarning mukammalligini
ta’minlagan. Shu bilan birga, har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga
ega bo‘lib, u og‘zaki hamda yozma ijod na’munasi hisoblanadi. Har bir matn ma’lum
bir mazmunni tashiydi va o‘z xususiyatiga ko‘ra turli xil ma’lumotlarni yetkazadi. Har
xil xabarlarni yetkazishiga ko‘ra matnlar badiiy matn, publitsisitik matn, ilmiy matn,
rasmiy matn shaklida bo‘ladi.
Leksikologiyada tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar, ya’ni o‘sha tilning lug‘at
boyligi haqida so‘z yuritadi. Tildagi leksik (o‘z va o‘zlashma) qatlamlarni lingvistik
tadqiq etish leksik-semantik taraqqiyot qonuniyatlarini belgilashda o‘ta muhimdir.
Leksika tarix, madaniyat, fan va xalqning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan o‘zaro bog‘liq
bo‘lib, ilmiy tahlilda ularni hisobga olmasdan turib, so‘z ma’nolarining o‘zgarish
manbalari va sabablarini aniqlash mushkul. Ana shu nuqtai nazardan o‘zbek tili
leksikasini o‘z qatlam va o‘zlashgan qatlam bo‘lish lozim. O‘zbek adabiy tilining
taraqqiyot bosqichlariga nazar solsak, mazkur so‘zlar turli davrlarda xilma-xil ijtimoiy
sabablar tufayli o‘zlashganligiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, fors-tojikcha leksemalar
o‘zbek va tojik xalqlarining qadimdan yonma-yon yashab, ijtimoiy va madaniy
munosabatda bo‘lib kelganligi natijasida, arabcha istilohlar esa, asosan kitobiy til va
fors-tojik tili, Shuningdek, qisman og‘zaki nutq orqali kirib kelgan. O‘zlashma so‘zlar
o‘zbek adabiy tilida o‘zlashtiruvchi til tomonidan faol o‘zlashtirilgan obyekt
maqomiga ega bo‘lgan. Bunday leksemalar she’riyatda anchayin sermahsul
hisoblanadi. Bugungi kunda ham ko‘plab o‘zlashmalar poetik leksika sifatida qaraladi.
Bu jihatdan poetik leksikani B.Umurqulov quyidagicha tasniflaydi:
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 7
84
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
1.
O‘zbek poetik leksikasining asosiy negizini asl turkiy so‘zlar tashkil
qiladi. Turkiy so‘zlar o‘zbek poeziyasida asrlardan buyon ishlatilishi bilan birga,
tilning qonun-qoidalariga muvofiq yangi so‘zlar yasalishi uchun o‘zak bo‘lib, o‘zbek
poeziyasida turkcha so‘zlarning yanada ko‘payishini ta’minlaydi. Turkiy so‘zlar
o‘zbek poeziyasining dastlabki davrlarida kam qo‘llanilgan. Chunki arab tili asosiy til
hisoblanib, badiiy asarlar shu tilda yozilgan. Asl turkiy so‘zlarning poeziya tilida keng
iste’moli A.Navoiy ijodiyoti bilan bog‘liqdir. Hozirgi o‘zbek poeziyasi tilida bitmoq,
bol, dudog‘, inju, nogoh, ochun, og‘u, tegra, chechak, erur, yalov, yor, o‘shal, qalb kabi
turkiy so‘zlar faol qo‘llanilmoqda.
2. Juda qadimdan buyon fors-tojiklar bilan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va
madaniy aloqalar, territorial yaqinlik natijasida o‘zbek poetik leksikasiga fors-tojik
tilidan ko‘pgina so‘zlar kirgan. Fors-tojik tilidan o‘zbek tiliga kirib, o‘zbek poeziyasida
qo‘llaniladigan so‘zlar ko‘proq ot turkumidagi so‘zlardir. Masalan, abr, anduh, afg‘on,
ashk, bo‘sa, bo‘ston, gardun, giryon, gulzor, gulruh, gulro‘, gulshan, diyor, kamand,
kishvar, mahvash, mahliqo, mohtob, mujda, nigoh va boshqalar.
3. VII-XIII asrlarda o‘rta Osiyoning arablar tomonidan istilo qilinishi madaniy
hayotga, jumladan, tilga ham ta’sir qildi. Arab tilining keng yoyilishi davlat, maktab,
madrasa ishlarini arab tilida olib borish, badiiy asarlar shu tilde yozilishi natijasida
o‘zbek poeziyasi tiliga ko‘pgina arabcha so‘zlar kirib, o‘zlashib ketdi. Jumladan: abad,
azim, ayyom, anbar, andalib, ag‘yor, bashar, bahr, boqiy, vasl, visol, zakiy, izhor, ishq,
kabir, malak, mahzun, nasim, oraz, sabo, sanam, uzor, falak, fano, xilqat, g‘anim,
g‘orat, hajr va boshqalar arab tilidan o‘zlashgan bo‘lib, hozirgi o‘zbek poeziyasi tilida
bulardan ayrimlari aktiv qo‘llanilsa, ba’zilari nisbatan arxaiklashmoqda. Shunga ko‘ra,
fors-tojik, arab tillari o‘zbek poetik leksikasining manbalaridan biri hisoblanadi.
4. O‘zbek poetik leksikasi so‘z san’atkorlari tomonidan ijod etilgan yangi so‘zlar
va yangi yasamalar bilan boyib boradi. Hozirgi o‘zbek poeziyasi tilida ko‘proq poetik
uslub uchun xos bo‘lgan shaxs otlari: yelkadosh, oyoqdosh, o‘lkadosh, qadamdosh,
g‘ururdosh, shuningdek, baxtnoma, sharafobod, nurobod, nurxona va boshqa ko‘pgina
so‘zlar qo‘llanilmoqdaki, bunday leksik vositalar asosan, keyingi yillarda poeziya
tiliga kirqb o‘zlashmoqda.
O‘zbek tili leksikasi tizimidan o‘rin olgan o‘zlashmalarning kattagina qismi
o‘zlashtiruvchi tilga xos so‘z yasash, so‘z o‘zgartirish va shakl yasash vositalari
negizida o‘z shaklini o‘zgartirgan. Erkin Vohidov o‘z she’rlarida ko‘plab o‘zlashma
so‘zlardan foydalangan, bu esa shoir she’rlarining o‘ziga xos ta’sirchanligini
oshirishga xizmat qilgan. Jumladan, shoir o‘z poeziyasida arabcha ruscha va fors-
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 7
85
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
tojikcha so‘zlardan keng foydalangan. Misol tarzida shoirning
“Kamtarlik haqida”
nomli she’rini olaylik:
Garchi shuncha mag‘rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibr-u havo nimaga kerak?
Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam
O‘tma g‘urur ostonasidan
Piyolani inson shuning - chun
O‘par doim peshonasidan.
Ushbu she’rdagi garchi forscha “agarchi” bog‘lovchisining qisqa shakli.,
mag‘rur (a. aqldan ajralgan, aldangan; o‘ziga bino qo‘ygan, kekkaygan; O‘z qadr-
qimmati, g‘ururini saqlagan; g‘ururli. 2. Asossiz yoki ortiq darajada g‘ururli bo‘lgan,
o‘zini Shunday tutadigan; kekkaygan; manman. 3. Ko‘chma: turishtuzilishi, ko‘rinishi
viqorli.; piyola f. [yun. phiale – suv ichiladigan yassi kosacha] Tubidan yuqoriga tomon
kengayib boradigan, kosadan kichik, taglikli idish (asosan choy ichish uchun
ishlatiladi. choynak [r. chаynik – choy idish] choy damlab ichiladigan, jo‘mrakli va
dastali idish, uy-ro‘zg‘or asbobi.; kibr (kibr-u havo- o‘ziga ortiqcha baho berish,
manmanlik) a. mag‘rurlik, kattalik, takabburlik; kamtarin (kamtar) f. ozroq, kamroq,
siyrakroq; maqtanishni istamaydigan, o‘zini boshqalardan past oladigan,
mag‘rurlanmaydigan; juda kamtar va itoatkor; qadam [a. oyoq kafti, tovon; oyoq,
odim] 1. Yurish jarayonidagi har bir oyoq tashlash, oyoq bosish; odim; 2. Har bir qadam
oralig‘iga teng masofa, oraliq masofa; 3. Ko‘chma: ish-faoliyat, rivojlanish va sh.k.da
olga siljish, ilgarilash; 4. Ko‘chma: biror joy, tomonga qaratilgan, yo‘nalgan yurish;
tashrif; 5. Ko‘chma: ish-faoliyatdagi har bir xatti-harakat; amal; g‘urur [a. jaholat; xom
(puch) xayol; manmanlik, mag‘rurlik; kibr-havo] 1. Insonning o‘zqadr-qimmatini
bilish, uni hurmat qilish hissi; izzat-nafs. 2. Faxrlanish, 1 mamnunlik tuyg‘usi; faxr,
iftixor. 3. Faxrlanishga asos bo‘ladigan narsa, kimsa va sh.k.lar. 4. Kibrlanish tuyg‘usi,
mag‘rurlik, kibr-havo; ostona [f. kiraverish, bo‘sag‘a; arafa; shoh saroyi; daxma] 1.
Eshik, darvoza chorcho‘pining ostki ko‘ndalang yog‘ochi; binoga, hovliga
kiraverishdagi yerga ko‘ndalang yotqizilgan yog‘och, taxta, xarsang va sh.k.; bo‘sag‘a.
2. Ko‘chma: uy, xonadon, dargoh. 3. Ko‘chma: qishloq yoki shaharga kirverishdagi
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 7
86
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
joy, bo‘sag‘a. 4. Ko‘chma: biror voqea yoki hodisaning boshlanishiga yaqin qolgan
payt; arafa. 5. Geogr. Daryo ostidagi, ba’zan suvdan chiqib ko‘rininb turadigan va suv
oqimini tezlashtirib, Misollar tahlilida kemalar qatnovini qiyinlasjtiradigan balandroq
joy, do‘nglik. inson [a. оdаm] 1. Odamzod, bashar. 2. Har bir yakka shaxs; odam. 3.
Kimsaga (odatda, salbiy munosabatli) murojaat shakli.; peshona [f. manglay, peshona]
1. Anat. Yuzning qoshdan sochgacha bo‘lgan qismi, manglay. 2. Ko‘chma: diniy
tasavvurlarga ko‘ra qismat, taqdir. 3. Bisot, bud-u Shud, bor-yo‘g‘i.
Misollar tahlilidan ko‘rinib turibdiki, E.Vohidov asarlari leksikasi turli ma’no
doiradagi leksemalar tizimidan iborat bo‘lib, qamrab olgan butun hayotning deyarli
barcha sohasiga oid tushunchalarni aks ettiruvchi leksik birliklar qo‘llanganligi bilan
ajralib turadi. Shuningdek,
shoir she’rlarida latif, kitob, sarhisob, ravon, past-u
baland, rishta, misra, ibtido, intiho, iztirob, dil, she’r, gulob, naqqosh, sarlavha,
Shu’la, koshona, parvona, qasd, sabo, parivash, hilol, qissa, qalb, sohibjamol,
barkamol, visol, xushhol, gulshan, poymol, timsol, ahvol, zinhor, alhol, daf’atan, chor
atrof, ma’yus, bemajol, alqissa, iqbol, sado, parishon, harorat, navbahor, g‘oyibona,
bahor, gul, dom, oshiq, hijron, po‘lat, bomba, nuqra, muqaddas, mo‘tabar, muborak,
madh, fusunkor, girdob, alvon, mohir, mehr, mahorat, ilm, olim, amal, mashaqqat,
Shuur, tafakkur, poyezd, meridian, pero, million, milliard, samolyot, traktor, teleskop,
atom, orden, pochta, informbyuro, gospital, razvedka, granata, avtomat, polk, soldat,
kvartal, eshelon, sirena, projektor, gorsovet, kabel, vokzal, front, tank, minut, grajdan,
ZAGS, byuro
va boshqa shu kabi arab, fors-tojik va rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlar
qo‘llanilganligini kuzatish mumkin.
Ul ruxi bayzoligin savdoligimdan qil qiyos,
Ul dili xoroligin
shaydo
ligimdan qil qiyos,
Zuhd eli taqvin
mug’a
oshno
ligimdan qil qiyos,
Voizin kufrin banim rasvoligimdan qil qiyos,
Anda sidq o’lsaydi ban taqvo shior etmasmidim.
(Erkin Vohodov, Fuzuliy g‘azaliga muxammas)
She’rlarning sarlavhasida ham o‘zlashgan qatlamga oid leksemalarni kuzatish
mumkin: “Manzara”, “Ekskavator”, “Majnuntol”, “Olimlar va shoirlar”, “Surat”,
“Firoq haqida”, “Kosmonavt va shoir”, “Asablar”, “Inson va fursat” va boshqa shu
kabi. Asar tilining betakrorligi uning uslubiy-semantik o‘ziga xosligi bilan belgilanadi.
Muallifning badiiy salohiyati, so‘z qo‘llash mahorati, voqea-hodisani“teranlik bilan
tasvirlashi, ruhiy kechinma, psixologik holatlarning san’atkorona ifoda etilishi asar
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 7
87
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
tilining o‘ziga xosligini ta’minlagan. U voqea-hodisalarni butun mohiyati bilan
yoritadi, uning voqelikka xolisona yondashuvi asar tiliga tabiiylik va asar matnining
uslubiy mukammalligini ta’minlagan. Xulosa qilib aytganda, Erkin Vohidov o‘z
she’rlarida o‘zlashgan qatlamga oid leksemalarni qo‘llash bilan chegaralanmaydi,
balki badiiy matn talabi bilan ulardan o‘z o‘rnida foydalanadi. Bu esa she’rda
o‘ynoqilik, ta’sirchanlik kabi xususiyatlarni ta’minlaydi
Bunday misralarda tarixiy so‘zlarni o‘rni alohida ahamiyat kasb etgan. Tarixiy
so‘zlar bugungi kun jonli tilimizda, balki badiiy uslubdan tashqari uslublarda faol
qo‘llanilmaydi. Shuning uchun ham bunday so‘zlarda badiiy adabiyotda, badiiy
asarlarda davrni yorqinroq ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. She’riyat nutqning oliy
ko‘rinishi bo‘lganligi sababli bunday vositalarda o‘rinli va keng foydalanish mumkin.
Shuning uchun ham shoirlar she’riy nutqning jozibadorligini oshirish, emotsionalligini
ta’minlash maqsadida bunday so‘zlarga murojaat qilishadi. Shuningdek, zabardast
shoir Erkin Vohidov ijodida ham buning nodir ko‘rinishlarini uchratish tabiiy hol.
Shams – dil taftingdadur,
Sayyoralar kaftingdadur,
Keng jahon zabtingdadur,
Bog‘bon o‘zing, posbon o‘zing
(Erkin Vohidov, “Inson qasidasi”)
Bunda tarixiy leksema sifatida shams so‘zi qo‘llanilgan. Shams leksemasi
tarixiy so‘z sifatida zamonaviy she’riyatda ko‘p murojaat qilinadi. She’riy nutqning
poetikligini ifodalaydi. Shu o‘rinda bu so‘zning quyosh sinonimi bilan almashtirish
kutgan natija bermaydi. Shuni ham yodda tutish lozimki, bir so‘zning o‘zi she’r
poetikligini bera olmasligi mumkin. Bunda morfologik birliklarning ham xizmatini
ko‘rish mumkin.
taftingdadur
so‘zi tarkibidagi
–dur
shakli ham poetiklikni
ta’minlagan va misralar oxirida takrorlanadi.
Dil
so‘ziga poetiklikni ifodalaydi.
Bularning barchasi birgalikda she’rning poetikligini ifoda etgan. Bunda qo‘llanilgan
shams leksemasi tarixiy leksema sifatida qaraladi.
Shoir ijodida poetiklikni ta’minlovchi leksemalarning turli variantlarini
uchratish mumkin. Yuqoridagi misrada tahlilga tortilgan shams leksemasi tarixiylik
jihatdan alohida qiymat kasb etgan.
Poetik leksemalar sinonimlik bilan bir qatorda antonim sifatida ham she’riy
misralarda keng qo‘llaniladi:
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 7
88
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Chog‘roq bo‘yli edi
“Oqsoqol” o‘zi,
Qaddida salobat bor edi lekin.
Yonib turar edi ko‘kimtir ko‘zi,
Sokin gapirardi,
Yurardi sekin.
(Erkin Vohidov, “Oqsoqol”)
Misralarda qo‘llanilgan
chog‘roq
va
salobat
leksemalari kontekstual antonimni
hosil qilgan. Misrada poetilikni ta’minlashga xizmat qilgan.
Bunda oq birla qaro,
Zulmat, ziyo, shoh-u gado,
Jang qilurlar doimo,
Ul yon o‘zing, bul yon o‘zing.
(Erkin Vohidov, “Inson” qasida)
Tarixan ma’lumki, oq va qora leksemalari zamirida doimo poetiklik ifodalanadi.
To‘g‘ri, birinchi qarashda bu leksemalar umumestemol leksemalar sifatida ko‘rinishi
mumkin, ammo bu rang bildiruvchi leksemalar ramz sifatida keng qo‘llanilgani
sababli ko‘pincha poetiklikni o‘zida namoyon qilib keladi. Konteksdan tashqarida
bunday belgiga ega bo‘lmasligi mumkin. Misrada kelgan
zulmat, ziyo
leksemalari bu
ikki leksemaga sinonim sifatida qo‘llanilgan va ularda poetiklik yaqqol namoyon
bo‘ladi. Shu sababli bu ikki leksemani poetik leksika sifatida olish to‘g‘ri bo‘ladi.
Bunda Shoir – Erkin Vohidovning mahoratini ham ko‘rish mumkin.
Tarixiy leksemalarda poetikning ifodalanishi yuqorida ta’kidlandi. Shunday
ekan, tojdor, qul leksemalari she’riy nutqda poetiklik ifodalaydi:
Xormisan yo gulmisan,
Tojdormisan yo qulmisan,
Chug‘zmisan, bulbulmisan,
Nodon o‘zing, xushxon o‘zing
(Erkin Vohidov, “Inson” qasida)
Umuman, she’riy parchada qo‘llanilgan barcha leksemalar poetiklikni
ifodalashga xizmat qilgan. Qaysidir jihati bilan poetik leksikalarni tashkil qiladi.
She’riy misralarda ramziy leksemalarga keng o‘rin beriladi. Ramziylik
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 7
89
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
tushunchasi mumtoz adabiyot tushunchasi bilan birga yursa-da, uning imkoniyatlari
keng. Chunki, she’riyatga chegara qo‘yib bo‘lmaydi, chunki shoir his-tuyg‘ularini
qaysi so‘z mukammal va maromida o‘quvchiga yetkazishi mumkin bo‘lsa, she’riyatga
olib kiradi. Shuning uchun uchun ham Erkin Vohidov ijodida ramziy leksika faol
qo‘llanilgan. Bunday leksemalar sirasiga
sarv
(qad-qomat),
sunbul
(soch),
g‘uncha
(lab),
gul
(yor, yuz),
mahvash, mohitobon, mohtob
(yor),
andalib
(oshiq),
kabutar
(yaxshilik) va boshqa shu kabi leksemalarni kiritish mumkin.
Lablaridan bo‘sa izlab,
Jon suvin topdim bu kech.
Sarv
tagida baxtli bo‘ldim,
Ham bu baxtga yor
sarv
.
Soch-u hadding yodin Erkin,
Gar unutsa bir nafas,
Unga
sunbul
sirtmog‘ ulsin,
Mayli, bo‘lsin dor
sarv.
(“Sarv”, Erkin Vohidov)
Erkin vohidov “Sarv” nomli she’ridan olingan. Ushbu g‘azalda sarv so‘zini
ijodkor
o‘n besh marta
qo‘llagan, shulardan
besh
o‘rinda ko‘chma ma’noda yor
timsolida, qolgan o‘rinlarda esa o‘z ma’nosida qo‘llagan. Bu daraxtga she’riyatda
ko‘p bora murojaat qilinadi. Bu o‘simlik turi bo‘lishi bilan birga mumtoz adabiyotda
ramziy ma’noga ega. Chunki, chiroyli shaklda oʻsishi tufayli Sharq sheʼriyatida
majoziy maʼnoda sarvqomat yor obrazini tasvirlashda koʻp qoʻllanilgan. Bu esa
shoirning so‘z qo‘llash mahoratini yanada ochib bergan. Qo‘llanilgan
lab, bo‘sa, jon
suvi, sarv,haddi, yod, gar, sunbul
so‘zlari alohida bo‘yoqdorlikka ega. Shuning uchun
ham bu leksemalar g‘azalning poetikligini oshirishga, taminlashga xizmat qilmoqda.
Shu bois bunday leksemalar poetik leksika hisoblanadi.
Bular orasida sarv so‘zi alohida ramziylikka ega. Ta’kidlanganidek, mumtoz
adabiyotda sarv yorning qomatiga ishora qiladi. Shuningdek, g‘azallarda ma’no
ko‘chishi asnosida yorga ko‘chishi ham mumkin. Shoir tilning bu imkoniyatidan ham
o‘rinli foydalanadi. Misrada keltirilgan
Sarv tagida baxtli bo‘ldim
va
Mayli, bo‘lsin
dor sarv
jumlalarida sarv so‘zi o‘z ma’nosida – daraxt ma’nosida qo‘llanganligini
ko‘rish mumkin.
okkazional so‘zlar: ya’ni ijodkor o‘z ijodida novatorlik asosida o‘z
xarakteridan kelib chiqib yaratadi. Bunday so‘zlarga Erkin Vohidov ijodida
uchraydigan
Kavkabiston, shu’laafshon
so‘zlarini misol keltirishimiz mumkin.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 7
90
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Ma’rifatning shu’lasiga
Talpinib zulmat aro,
Ko‘zlaringda oqdi tunlar
Kavkabiston,
o‘zbegim.
(Erkin Vohidov, “O‘zbegim”)
Sof poetik so‘zlar:
alvido, asriy, aro, beshak, butkul, vido, diyor, zakiy, zavol,
zarrin, lol, polon, nigoron, nisor, nido, nigoro, nigoh, otash, sabo, samo, sarxush,
siyna, shodon, fido, ulug‘vor, hayolot, xotirot, xushnud
Asta barg ostida tinglab,
Yotgan ermish sho‘x
sabo,
G‘uncha bulbuldan muhabbat
Dars olgan chog‘da
So‘zlarning poetik formalari:
gar
(agar),
lek
(lekin),),
ila
(bilan),
abad
(abadiy),
nechun
(nima uchun),
netmoq
(nima qilmoq),
nedur,nadur
(nimadir),
bu kun
(bugun),
qayga
(qayerga),
albat
(albatta) va boshqalar
Barg ostidan muloyim
Boqqan iboli g’uncha,
Ne sirni saqlagaysan,
Bag’ring
nechun
tuguncha
(Erkin Vohidov, “G‘uncha”)
So‘zlarning morfologik variantlari:
aytajak, aylagil, borur, borajak, topgay,
yozajak, olajak, olgay, kelmish, topmish, qolgali, borgali, borarkan, yurarkan
va
boshqalar.
Sevgini tortib
bo‘lurmu
Toshu tarozu bilan,
Mehrni o‘lchab bo‘lurmu
Zar bilan, inju bilan?
(Erkin Vohidov, “Sevgini tortib bo‘lurmu…”
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 7
91
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Bunday berilishlar poeziyada ko‘p uchrashi bilan birgalikda, shoir ijodida ham
bunday leksik birliklardan keng foydalanilgan va bu leksemalar alohida imkoniyat
kasb etgan.
Tilda shunga alohida e’tibor qaratish lozimki, poetik leksika va poetiklik
tushunchalari farqlanadi. Chunki bu alohida-alohida tushunchalarni beradi. To‘g‘ri,
poetiklik tushunchasining shakllanishida poetik leksika alohida o‘rin tutadi, ammo bu
poetiklik degani emas. Poetiklik keng tushuncha poetiklikni shakllantiruvchilar esa
ularning vositalari sanaladi. Bunday emotsional-ekspressivlikka ega bo‘lgan
leksemalar she’riy matnlarda qo‘llanilib, poetiklikni shakllantirganligi – poetiklikni
bera olganligi sababli poetik leksika sifatida qaraladi. Shuning uchun ham poetiklik va
poetiklikni bera oluvchi yoki poetiklikka xizmat qiluvchi vositalarni farqlay olish
lozim bo‘ladi. Masalan, B.Umurqulov ham bunday tushunchalarni farqlagan va
shunday fikr keltiradi: “Poetik matnlarni kuzatish shuni ko‘rsatadiki, matn asosan,
umumuslubiy so‘zlar negizida tuzilgan bo‘lib, poetik-emotsional fikr bor. Bunday
matndagi so‘zning qimmati poetik nutq jarayonida ifodalanadigan poetik tushuncha
bilan o‘lchanadi. Ana shu poetik tushuncha poeziya tili bilan so‘zlashuv tili orasidagi
keskin farqni ko‘rsatadi. Bu esa poetiklikdir”. Hamda Tushunchaning haqqoniy
ifodasini berish uchun Erkin Vohidovning “
O‘lka
” she’ridan misol keltiradi:
Jilmayadi o‘zida yo‘q shod,
Yangi oy ham ketmay qoshingdan.
Etak- etak olib koinot,
Yulduzlarni sochar boshingdan.
(E. Vohidov, “O‘lka”)
she’riy parchada poetik so‘zlarning qo‘llanilmaganligini, ammo poetiklik
mavjudligini aytib o‘tadi. Shundan ko‘rinadiki, poetiklik va poetik leksika
tushunchalari alohida hodisalar hisoblanadi.
E. Vohidov asarlarida uchraydigan poetik so‘zlar:
ichra, ulug‘vor, nigoh, moviy,
hilol, falak, o‘lka, ne ajab, boqdim, nogoh, zamin, uzra, bashar, qay, siyna, yuksak,
boqib, munis, yiroqlab, bitib, fido, tiyra, hayolot, ozor, judolik, ila, nasr, pinhona,
tug‘yon, tanho, shaydo, qoshimda, ummon, diyor, shavu, otash, ajib, quyoshiston,
yanglig‘, xutloliy, ul, aylab, maskan, navo, fido, rangin, chaman, bamisli, surur,
naqadar, samo, balqib, lol, samovot, xushnud, sarafroz, sado, nido, aro, otashin,
nigoron, sabo, zavol, moviy, shodon, bashariyat, lojuvard, jon baxsh, karashma,
malak, pari, sanam, visol, sukunat, munis, jilvakor, fusunkor, parivash, ovush,
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 7
92
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
barkamol, nigor, iqbol, nahot, sokin, osuda, xilqat, lolagun, faraxu samar, abadiyat,
lek, qayon, nechun, ne, neki, nechog‘lik, chumgan, mohitobon, koshona, ishvanoz,
xirom, dilband, davo, nurafshon, diltang, fido, sarafroz, ichra, kanora, jonfizo, ko‘ks,
sabot
va boshqalar. Shoir ijodini o‘rganish davomida, uning mumtoz adabiyotning
nozik jabhalarini chuqur bilishi va o‘z ijodida samarali qo‘llay olganligini guvohi
bo‘lishimiz mumkin. Bu jihat yuqorida sanalgan poetik leksikaning qo‘llanilishidan
ham guvoh bo‘lishimiz mumkin. Bularning ko‘pi ramziylikni ifodalashi bilan
poetiklikni yuzaga keltiradi yoki ramziylik asosi shu leksemaning poetikligini
ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Умурқулов Б. Поэтик нутқ лексикаси. – Тошкент: Фан, 1990. – 109 б.
2.
Умурув Ҳ. Адабиётшунослик назарияси. – Тошкент: А.Қодирий
номидаги халқ мероси нашриёти, 2004. – Б. 184 (264 б)
3.
Усмонов С. Умумий тилшунослик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1972. – Б. 22
.
4.
Хованская З.И. Анализ литературного произведения в современной
французской филологии. – Москва: Высшая школа, 1980. – С. 99.
5.
Шаропов А. Оламлар ичра олам. –Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги
адабиёт ва санъат нашриёти, 1978. – B. 120
6.
Эркин Воҳидов. Ишқ савдоси. –Т.: Шарқ, 2000. – Б. 359.
Lug‘atlar
1.
Mahmudov N. O‘zbek tili sinonimlarining kaеta izohli lug‘ati. II jild. –
Toshkent, G‘afur G‘ulom, 2022. – 489 b
2.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati”. – Toshkent: O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi, 2006, 1-5 jildlar
3.
Қуронов Д. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Академнашр, 2010. –
Б. 345.
4.
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Биринчи жилд. – Тошкент:
Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – 346-б
5.
Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент:
Ўзбекистон Миллий енсиклопедияси, 2002. – Б. 143
6.
Ҳожиев А. Ўзбек тилининг синонимлар луғати. – Тошкент, 1974. – Б. 91
