Authors

  • SUBANOV Olimjon Suyarkul o‘g‘li
    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.135733

Keywords:

Ichki ishlar organlari kadrlar salohiyati xizmat intizomi kasbiy madaniyat Kodeks huquqiy asoslar islohotlar korrupsiyaga qarshi kurash xizmatga yaroqlilik ma’naviy-axloqiy tarbiya ichki ishlar xodimi xizmat tartibi normativ-huquqiy hujjat.

Abstract

Mazkur maqolada ichki ishlar organlari kadrlarining salohiyatini oshirishda huquqiy asoslarning, xususan, Kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Kodeksning xizmat intizomi, ma’naviy tarbiya va korrupsiyaga qarshi kurashdagi roli tahlil qilingan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

78

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA YOSHLARNING

IJTIMOIY ROLINI OSHIRISH

SUBANOV Olimjon Suyarkul o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi

katta o‘qituvchisi, dotsent (+99893) 551-71-30

Annotasiya.

Mazkur maqolada ichki ishlar organlari kadrlarining salohiyatini

oshirishda huquqiy asoslarning, xususan, Kasbiy madaniyat va xizmat intizomi
Kodeksining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Kodeksning xizmat intizomi, ma’naviy
tarbiya va korrupsiyaga qarshi kurashdagi roli tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

Ichki ishlar organlari, kadrlar salohiyati, xizmat intizomi, kasbiy

madaniyat, Kodeks, huquqiy asoslar, islohotlar, korrupsiyaga qarshi kurash, xizmatga
yaroqlilik, ma’naviy-axloqiy tarbiya, ichki ishlar xodimi, xizmat tartibi, normativ-
huquqiy hujjat.

ПОВЫШЕНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ РОЛИ МОЛОДЕЖИ В

ФОРМИРОВАНИИ ПРАВОВОЙ КУЛЬТУРЫ

Аннотация.

В статье рассматриваются роль и значение правовых основ, в

частности Кодекса профессиональной культуры и служебной дисциплины, в
повышении квалификации сотрудников органов внутренних дел. Анализируется
роль Кодекса в формировании служебной дисциплины, морально-нравственном
воспитании и борьбе с коррупцией.

Ключевые слова:

органы внутренних дел, кадровый потенциал, служебная

дисциплина, профессиональная культура, Кодекс, правовые основы, реформы,
борьба с коррупцией, годность к службе, морально-нравственное воспитание,
сотрудник органов внутренних дел, порядок прохождения службы, нормативный
правовой акт.

INCREASING THE SOCIAL ROLE OF YOUTH IN THE FORMATION

OF LEGAL CULTURE

Annotation.

The article examines the role and importance of legal frameworks,

in particular the Code of Professional Culture and Service Discipline, in improving the


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

79

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

qualifications of employees of internal affairs bodies. The role of the Code in the
formation of service discipline, moral and ethical education and the fight against
corruption is analyzed.

Key words:

internal affairs bodies, personnel potential, service discipline,

professional culture, Code, legal framework, reforms, the fight against corruption,
fitness for service, moral and ethical education, employee of internal affairs bodies, the
procedure for passing service, regulatory legal act.


Yangi O‘zbekistonning istiqboli, uning kelgusidagi rivoji va taqdiri jamiyat

a’zolari, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy ongda
huquqiy qadriyatlarni qaror toptirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni
mustahkamlashga bog‘liq. Jumladan, referendum yo‘li bilan qabul qilingan yangi
tahrirdagi Konstitutsiyamizda Oila, bolalar va yoshlarga oid alohida bobning kiritilgani
ham masalaning mohiyati va ko‘lami naqadar kengligini anglatadi.

Shuningdek, Konstitutsiyamizning 77-moddasida “Ota-onalar va ularning o‘rnini

bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi,
ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik
qilishga majbur...” ekanligi to‘g‘risidagi konstitusyaviy normaning mustahkamlangani
yoshlar tarbiyasi uchun mas’ul shaxslar kategoriyasi va ularning majburiyatini asosiy
qonunimizda aniq mustakamlab qo‘yyayotgani ham fikrimizning dalilidir.

Konstitutsiyamizning 79-moddasida esa “Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy,

iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoyaqilinishini ta’minlaydi,
ularning jamiyat va davlat hatida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi.

Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi

hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishiga, sog‘ligini saqlashga, uy-joyga,
ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun
shart-sharoitlar

yaratadi”48

deya

konstitutsiyaviy

darajada

belgilanishi

mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining naqadar dolzarbligini ko‘rsatadi.
Shu bois yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalasiga kompleks tarzda
yondashish, unda davlat organlari bilan birga nodavlat-notijorat tashkilotlari va
fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy sherikligini uyg‘un ravishda amalga
oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa sanaladi.

Agar mamlakatimiz aholisining 64 foizini yoshlar tashkil etishini insobatga olsak,

masalaning ustuvor ahamiyat kasb etishi ma’lum bo‘ladi. Ya’ni, yurt taraqqqiyoti
uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, huquqiy madaniyati yuksak yoshlarni
tarbiyalashning samarali tizimini yaratish strategik vazifa sanaladi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

80

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Prezident Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek: «Qonunlarga hurmat

odamlarimizning huquqiy ongi va madaniyati asosida shakllanadi. Ya’ni, ayrim
kishilar jazodan qo‘rqib qonunga itoat etsa, boshqalar bolalikda olgan tarbiyasiga ko‘ra
qonunni hurmat qiladi. Shu bois, birinchi navbatda, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida
huquqiy tarbiyani keng yo‘lga qo‘yishimiz lozim»49 .

Tabiiyki, yuqoridagi fikrlar yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga

yo‘naltirilgan faoliyatimizda ham dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek,
“...yoshlar o‘rtasida huquqiy niglizm holatlarini bartaraf qilish, ularda
huquqbuzarliklarning jamiyat vadavlat taraqqiyoti uchun salbiy illat ekanligiga oid
dunyoqarash shakllanishini targ‘ib qilishga qaratilgan kompleks targ‘ibot tadbirlarini
tashkil qilish”50ga ham bevosita nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Zero, huquqiy
tarbiya va axloqiy, madaniy saviya barkamol yoshlar ma’naviyatining uzviy tarkibiy
qismi sanaladi.

Mamlakatimizda 2022-2026 yillarga mo‘ljallab amalga oshirilayotgan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining maqsadi inson qadrini yuksaltirish va
erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish,
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy
va zarur shartiga aylantirishdan iboratdir. Binobarin, olib borilayotgan islohotlar
samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal
rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, fuqarolarning huquqiy
madaniyatini yuksaltirish, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha
sohalarini erkinlashtirish ham asosiy maqsad hisoblanadi. Bu taraqqiyot
strategiyasining 70-maqsadida Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish51
sifatida belgilangani ham bejiz emas.

Huquqiy madaniyat muayyan jamoada yashovchi odamlarning huquqiy ongi va

huquqiy madaniyatining yuksakligi darajasi, yuridik normalar va yuridik faoliyat
(huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash, huquqni muhofaza qilish faoliyati)ning yuksalish
darajasi bilan belgilanadi. Uning negizini huquq haqidagi bilimlar va uning talqinlari,
shuningdek, unga muvofiq bo‘lgan sa’y-harakatlar tashkil etadiki, bularning barchasi
jamiyatda fuqarolar huquqiy madaniyati darajasi bilan bevosita bog‘liq.

Huquqiy madaniyat bu har bir jamiyatda huquqning ijtimoiy qadriyat sifatida

mavjud bo‘lishi va rivojlanishida ifodalanadigan huquqiy ong va qonuniylik hamda
yuridik amaliyotning real ahvoli, qonunchilikning sifatdarajasi bo‘lib, u mazkur
jamiyatning o‘ziga xos yuridik boyligi ham sanaladi. Aynan shu bois aholi, ayniqsa
muhim ijtimoiy qatlam sanalmish yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish
vazifasi davlat va jamiyatimizning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashni talab


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

81

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

etadi. Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish vazifasining dolzarbligi
yoshlarning har bir yangi avlodi oldingi ajdodlar tajribasini o‘rganib, yangi ijtimoiy
munosabatlarni anglashi, ularga moslashish va jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini
qo‘shishga intilishi bilan izohlanadi. Bu holat esa o‘z navbatida, huquqiy madaniyatni
shakllantirishning yangi usul, shakl va vositalarini ishlab chiqishni taqozo etadi.

Madaniyat — insoniyat tarixida uning ma’naviy jabhasini tashkil etuvchi muhim

omildir. Madaniyat tushunchasi o‘zida falsafiy, tarixiy, etnografik, psixologik,
sotsiologik va boshqa yo‘nalishlarni mujassam etgan va u mazkur soha vakillarining
e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. O‘zbek tilining izohli lug‘atida:

«1. Madaniyat (arab. sivilizatsiya) — jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy,

ma’naviy-ma’rifiy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari majmui.

2. Biror ijtimoiy guruh, sinf yoki xalqning ma’lum davrda qo‘lga kiritgan shunday

yutuqlari darajasi.

3. O‘qimishlilik, ta’lim-tarbiya ko‘rganlik, ziyolilik, ma’rifat.
4. Madaniyatli shaxs talablariga javob beruvchi sharoit», deb ta’rif beriladi

[1].

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasiga ko‘ra: «Madaniyat jamiyat, inson, ijodiy

kuch va qobiliyatlari, tarixiy taraqqiyotning muayyan darajasi. Kishilar hayoti va
faoliyatining turli ko‘rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy
boyliklarda ifodalanadi. «Madaniyat» tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik
madaniyat) konkret jamiyat, elat va millat (o‘zbek madaniyati), shuningdek, inson
faoliyati yokiturmushining o‘ziga xos sohalari (masalan, mehnat madaniyati, badiiy
madaniyat, turmush madaniyati)ni izohlash uchun qo‘llaniladi. Tor ma’noda
«madaniyat» atamasi kishilarning faqat ma’naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.
«Madaniyat» arab tilidagi «madina» — shahar so‘zidan kelib chiqqan. Arablar kishilar
hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush
deb ataganlar. Badaviylik — ko‘chmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi
xalqlarga, madaniylik — shaharda o‘troq holda yashab, o‘ziga xos turmush tarziga ega
bo‘lgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan.

Yevropada «madaniyat» deyilganda, dastlab insonning tabiatga ko‘rsatadigan

maqsadga muvofiq ta’siri, shuningdek, insonga ta’lim-tarbiya berish tushunilgan (lot.
«cultura» — yerni ishlash, parvarishlash; ruschadagi «kultura» so‘zi ham shundan
olingan). Madaniyat faqat mavjud norma va urf-odatlarga rioya qilish istagini
rag‘batlantirishni ham o‘z ichiga olgan.

Yuqorida ta’kidlanganidek, «madaniyat» keng ma’noda inson aqlzakovati va

faoliyatining mahsuli hisoblanadi. Hozirgi kungacha «madaniyat» tushunchasiga
mutaxassislar tomonidan berilgan yuzlab ta’riflarga asoslanib biz uning quyidagi


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

82

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

umumiy xarakterli belgilarini qayd etamiz: birinchidan, eng muhimi madaniyatda
jamiyatdagi insonning ko‘p qirrali mehnat faoliyati o‘z aksini topgan bo‘ladi;
ikkinchidan, madaniyat o‘zida inson faoliyatining jamiyatdagi imkoniyati natijalarini
aks ettiradi; uchinchidan, madaniyatning mohiyatan insonparvar, yaratuvchanlik va
umuminsoniy qadriyatlarni birlashtirish kabi xususiyatlari har bir insonga, butun
jamiyatga xosligi bois ahamiyatlidir.

Bizningcha, madaniyat insonning dunyoga, jamiyatga hamda o‘ziga

munosabatlarining keng sohasini: savod chiqarish va oddiy axloq me’yorlariga rioya
etishidan boshlab, u yuksak ma’naviy qadriyatlardan bahramand bo‘lish darajasiga
qadar masofani qamrab oladi. Ma’lumki, umumiy madaniylik va o‘qimishlilikdagi
kamchiliklar yoshlarning huquqiy va siyosiy ongiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Yoshlarda
jamiyat huquqiytizimiga bo‘lgan qiziqishning sustligi ularda huquqiy madaniyatining
past bo‘lishiga olib keladi. Mazkur holatni ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish muhim
ahamiyat kasb etadi. Umuman madaniyat haqida fikr yuritganimizga sabab uning,
ya’ni huquqiy madaniyatning rivojlanishidagi yetakchilik rolini ilmiy-nazariy
asoslashdan iborat.

Huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muayyan

huquqiy ong va madaniyatga ega bo‘lgan yoshlarga ehtiyoj mavjud. Biroq, huquqiy
madaniyat o‘z-o‘zidan vujudga kelib qolmaydi, uni yoshlarimizda erta bolalikdan
boshlab ijtimoiy institutlar yordamida shakllantirish zarur.

Shuning uchun huquqiy tarbiyani Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev e’tirof

etganidek: “...maktabgacha ta’lim tizimidan boshlashimiz, bu boradagi ilk ko‘nikmalar
ona allasi kabi farzandlarimiz qalbidan umrbod joy olishi zarur”

[2].

O‘spirin yoshlarning aksariyati o‘z konstitutsiyaviy huquqlarini ma’lum darajada

biladi. Biroq, konstitutsiyaviy burchlariga kelganda, ahvol ancha salbiy. Bu
jamoatchilik fikrini o‘rganish «Ijtimoiy fikr» markazi bilan 2015 yil sentabr oyida
noyuridik yo‘nalishdagi o‘rta maxsus kasbhunar ta’limi tizimi muassasalari o‘quvchi
yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot jarayonida aniqlandi.

O‘quvchi yoshlarga «Sizning qanday konstitutsiyaviy huquqlaringiz mavjud?»

degan savol berilganda, respondentlarning faqat 52,3 foizi ijobiy javob berishdi.
Jumladan, respondentlarning 45,0 foizi ta’lim olish; 28,6 foizi so‘z erkinligi; 26,7 foizi
kasb tanlash va mehnat qilish; 14,5 foizi dam olish; 13,3 foizi sifatli tibbiy xizmatdan
foydalanish; 10,1 saylovlarda qatnashish huquqlarim bor, deb javob berishgan.
«Sizning qanday konstitutsiyaviy burchlaringiz bor?», degan savolga so‘ralganlarning
14,1 foizi qonunlargaitoat etish; 10,3 foizi ta’lim olish; 9,5 foizi ota-onaga
ko‘maklashish; 5,9 foizi soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash; 5 foizi tarixiy yodgorliklarni


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

83

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

asrash; 2,5 foizi bolalar tarbiyasi, oila qurish va uni ta’minlash, degan javoblarni
berishdi. Sotsiologik so‘rov davomida o‘quvchi yoshlar o‘zlarining konstitutsiyaviy
huquqlarini konstitutsiyaviy burchlariga nisbatan yaxshiroq bilishi ma’lum bo‘ldi.
O‘quvchi yoshlarning huquq va burchlarini teng anglamasligiga huquqiy ta’lim,
huquqiy tarbiya hamda huquqiy targ‘ibotning innovatsion zamonaviy, ta’sirchan
uslublari hamda ilmiy-nazariy asoslarining yaratilmaganligi sabab bo‘lgan.

Ijtimoiy madaniyatning muhim yo‘nalishi sanalmish huquqiy madaniyat ham

tadqiqotchilar uchun muhim izlanish ob’ektiga aylandi. Xususan, XX asrning ikkinchi
yarmidan boshlab huquqiy madaniyat ilmiy jamoatchilik, huquqshunoslar tomonidan
nazariy jihatdan e’tirof etila boshlandi. Huquqiy madaniyat insonning huquq, jamiyat
va davlatga bo‘lgan munosabati hamda jamiyat va davlatning har bir insonga, uning
huquq va manfaatlariga bo‘lgan munosabati bilan mohiyatan aloqador sanaladi.

Huquqiy madaniyat huquqiy tizim yuksalishining o‘lchovi bo‘lib, ayni vaqtda,

ijtimoiy, huquqiy va siyosiy institutlarning xalqchilligi, aholining savodxonlik darajasi,
huquqiy ongi hamda jamiyatdagi huquqiy mafkura bilan o‘zaro bog‘liq.

Mustaqilligimizning dastlabki davrida huquqiy madaniyat masalasi quyidagicha

ta’riflandi: «Huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo‘lishi huquqiy davlatning
o‘ziga xos xususiyatidir. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida huquqiy
madaniyatni oshirish muhim ish hisoblanadi. Shu bilan birga, huquqiy madaniyat
saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha
darajalardaijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda odamlarda qonunlarga va
normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida
ahamiyatga egadir. Zero, huquqiy normalar odamlarongiga singgan va ular orqali amal
qilgan taqdirdagina yashaydi va ro‘yobga chiqadi». Faqat qonunlarga asoslangan va
ma’rifiy oqilona boshqaruv orqaligina huquq hamda erkinliklari yuridik kafolatlangan,
yuqori huquqiy maqomga ega huquqiy faol shaxsni tarbiyalash mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoev huquqiy

madaniyatning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi: «... qonun ustuvorligini ta’minlashda
huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash
muhim ahamiyat kasb etadi».

Binobarin, huquqiy madaniyatning zaruriyati

davlatimizning strategik maqsadi bo‘lgan huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini
shakllantirish bilan bevosita bog‘liq.

Huquqiy madaniyat bo‘yicha shug‘ullangan olimlar: «Huquqiy madaniyat

xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslangan
holda insof va iymon, adolat va qonuniylik, insonga yuksak hurmat va e’tibor, sabr-
toqat kabi ma’rifat va haqiqat tuyg‘ularini ongimizga singdirishga xizmat qiladi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

84

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Shuning uchun ham kishilarning fikrini, dunyoqarashini mustaqilligimiz yo‘lida
fidokorona mehnat qilishga yo‘naltirilgan huquqiy madaniyatni yuksaltirish hayotiy
zaruriyatdir»56, deb qayd etishgan. Mazkur fikrdan ma’lum bo‘ladiki, huquqiy
madaniyat faqat tor va formal yuridik tushuncha emas. Huquqiy madaniyat
jamiyatimizda mavjud milliy qadriyatlar, ma’naviyat kabi ustuvor tushunchalar bilan
bevosita bog‘liqligi bois ham uni yuksaltirish bugungi kundagi ustuvor vazifalardan
sanaladi.

Huquqiy madaniyat — shaxs va jamiyatning huquqiy faoliyat sohasida erishgan

ijobiy darajalari holatini xarakterlovchi hamda sub’ektning yuridik normalarga
nisbatan huquqiy ongi va darajasining yuksalishi, shuningdek, davlat yoki fuqarolik
jamiyati tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklari ta’minlanishining
kafolatlanganligini anglatuvchi ijtimoiy hodisadir. Huquqiy madaniyat jamiyatning
ijtimoiy-huquqiy ongi va huquqiy faolligi hamda qonunchilik yuridik faoliyatning
rivojlanganlik darajasi kabi tarkibiy qismlardan iborat. Jamiyat huquqiy madaniyati
aholining huquqiy ongi qay darajada shakllanganligiga bevosita bog‘liq.

Jamiyat huquqiy madaniyati uning huquqiy ong darajasi, huquqiy institutlar

faoliyatining samaradorligi, mamlakatda qonunchilik holati va rivojlanganlik darajasi
hamda xalqaro va milliy huquq normalarining o‘zaro nisbati kabi belgilar bilan
tavsiflanadi. Shaxsning huquqiy madaniyati — bu huquqni tushunish, idrok etish va
uni qo‘llashni anglatadi. Shaxsning huquqiy madaniyati huquqiy ong bilan uzviy
aloqador bo‘lib, bevosita unga tayanadi. Shaxs huquqiy madaniyatining asosiy
elementlari tarkibiga: individning huquqiy ongi; shaxsning huquqqa itoatkorlik va
unga bo‘ysunish xulq-atvori; shaxsning huquqiy faolligi kabilar kiradi. Huquqiy
madaniyatning tahlili qonun chiqaruvchi organ, huquqni qo‘llovchi sub’ektlar orqali,
fuqaro va jamiyatning huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish maqsadini amalga
oshirishda insonning ijtimoiyiqtisodiy, ma’naviy ehtiyojlari, huquq va erkinliklarini
ta’minlashda huquqiy qadriyatlarni anglash, idrok etish hamda tushunish uchun zarur
bo‘ladi.

Xulosa:

Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish – Yangi O‘zbekiston

taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va fuqarolik jamiyati qurilishi yo‘lida hal qiluvchi
omildir. Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlarga alohida e’tibor qaratilishi, ularning
huquq va manfaatlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganini tasdiqlaydi.
Huquqiy madaniyatning shakllanishi esa faqat ta’lim tizimi yoki jazodan qo‘rqitish
orqali emas, balki erta yoshdan boshlab ongli tarzda huquqiy tarbiya, ijtimoiy
institutlarning faol hamkorligi, milliy qadriyatlar asosida yuritiladigan targ‘ibot ishlari
orqali amalga oshirilishi lozim.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

85

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Bugungi globallashuv va islohotlar sharoitida yoshlar ongida huquqiy qadriyatlar,

fuqarolik mas’uliyati, qonuniylikka hurmat singari tushunchalarni chuqur singdirish
zarurati dolzarb bo‘lib bormoqda. Huquqiy madaniyat – bu shaxsning huquqiy ongi,
huquqqa hurmat va faol fuqarolik pozitsiyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy
hodisadir. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar nafaqat davlat organlari, balki butun jamiyat
zimmasidagi umumiy va uzluksiz vazifa sanaladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J.P. — T.:

«O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti, 2006. — 521-b..

2.

Konstitutsiya va qonun ustuvorligi — huquqiy demokratik davlat va fuqarolik

jamiyatining eng muhim mezonidir. Prezident Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi, 2019-yil 8-dekabr.

References

O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J.P. — T.: «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti, 2006. — 521-b..

Konstitutsiya va qonun ustuvorligi — huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir. Prezident Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi, 2019-yil 8-dekabr.