RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA XALQARO KOMPANIYALARDA BOSHQARUV USLUBLARINING O‘ZGARISHI

Annotasiya

Ushbu maqolada global raqobat muhitida xalqaro kompaniyalarning boshqaruv uslublari va strategiyalarining raqamli transformatsiya sharoitida qanday o‘zgarayotgani tahlil qilinadi. Tadqiqotda M. Porter, Bartlett va Ghoshal, Kim va Mauborgne kabi zamonaviy menejment nazariyalari asos qilib olinib, yetakchi transmilliy korporatsiyalarning yillik hisobotlari va xalqaro konsalting kompaniyalarining tahlillari o‘rganildi

ACUMEN: International journal of multidisciplinary research
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Shukurov Sherzod Xolmo`min o`g`li. (2025). RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA XALQARO KOMPANIYALARDA BOSHQARUV USLUBLARINING O‘ZGARISHI. ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research, 2(8), 64–68. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/136256
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada global raqobat muhitida xalqaro kompaniyalarning boshqaruv uslublari va strategiyalarining raqamli transformatsiya sharoitida qanday o‘zgarayotgani tahlil qilinadi. Tadqiqotda M. Porter, Bartlett va Ghoshal, Kim va Mauborgne kabi zamonaviy menejment nazariyalari asos qilib olinib, yetakchi transmilliy korporatsiyalarning yillik hisobotlari va xalqaro konsalting kompaniyalarining tahlillari o‘rganildi


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

64

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA XALQARO

KOMPANIYALARDA BOSHQARUV USLUBLARINING O‘ZGARISHI

Shukurov Sherzod Xolmo`min o`g`li

Telfon raqam:

97-038-62-63

Anotatsiya;

Ushbu

maqolada

global

raqobat

muhitida

xalqaro

kompaniyalarning boshqaruv uslublari va strategiyalarining raqamli transformatsiya
sharoitida qanday o‘zgarayotgani tahlil qilinadi. Tadqiqotda M. Porter, Bartlett va
Ghoshal, Kim va Mauborgne kabi zamonaviy menejment nazariyalari asos qilib olinib,
yetakchi transmilliy korporatsiyalarning yillik hisobotlari va xalqaro konsalting
kompaniyalarining tahlillari o‘rganildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarorlari va farmonlari doirasida milliy biznesda xalqaro boshqaruv
uslublarini raqamli transformatsiya kontekstida joriy etishning ahamiyati yoritildi.
Tadqiqot natijalari xalqaro kompaniyalarning boshqaruv uslublari raqamli
texnologiyalar, innovatsiyalar, ijtimoiy mas’uliyat va ESG tamoyillariga asoslangan
holda shakllanganini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, milliy kompaniyalar uchun xalqaro
tajribalarni o‘zlashtirish va zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish biznes
samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Kalit so‘zlar:

raqamli transformatsiya, xalqaro kompaniyalar, boshqaruv

uslublari, innovatsiyalar, ESG tamoyillari, milliy biznes, O‘zbekiston Respublikasi
qarorlari, strategik boshqaruv.

Аннотация;

В этой статье будет проанализировано, как стили управления

и стратегии международных компаний меняются в условиях цифровой
трансформации в условиях глобальной конкуренции. В Исследовании М. За
основу были взяты современные теории управления Портера, Бартлетта и
гошала, Ким и Моборн, изучены годовые отчеты ведущих транснациональных
корпораций и анализы международных консалтинговых компаний. Также в
рамках постановлений и указов президента Республики Узбекистан была
освещена важность внедрения международных стилей управления в
национальном бизнесе в контексте цифровой трансформации. Результаты
исследования показали, что стили управления международными компаниями
формируются на основе принципов цифровых технологий, инноваций,
социальной ответственности и ESG. Кроме того, для национальных компаний


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

65

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

освоение международного опыта и внедрение современных систем управления
имеют важное значение для повышения эффективности бизнеса.

Ключевые слова:

цифровая трансформация, международные компании,

стили управления, инновации, принципы ESG, национальный бизнес, решения
Республики Узбекистан, стратегическое управление.

Anotation;

this article analyzes how the management styles and strategies of

international companies are changing in the context of digital transformation in a global
competitive environment. In The Study, M. Modern management theories such as
Porter, Bartlett, and Ghoshal, Kim, and Mauborgne were taken as the basis and the
annual reports of leading transnational corporations and analyses of international
consulting companies were studied. Also, within the framework of decisions and
decrees of the president of the Republic of Uzbekistan, the importance of introducing
international management styles in national business in the context of digital
transformation was highlighted. The results of the study showed that the management
styles of international companies were formed based on the principles of digital
technology, innovation, social responsibility and ESG. In addition, the acquisition of
international experience and the introduction of modern management systems for
national companies is important in improving business efficiency.

Keywords:

digital transformation, international companies, management styles,

innovation, ESG principles, national business, decisions of the Republic of Uzbekistan,
strategic management.

Kirish

Zamonaviy global biznes muhiti raqamli transformatsiyaning tezkor rivojlanishi

bilan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Xalqaro kompaniyalar nafaqat milliy, balki
global bozorlarda faoliyat yuritishda raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va
zamonaviy boshqaruv uslublaridan samarali foydalanishga intilmoqda. Shu sababli,
boshqaruv strategiyalarini raqamli transformatsiyaga mos ravishda tanlash va ishlab
chiqish kompaniyaning global muvaffaqiyati uchun muhim omilga aylanmoqda.

Xalqaro kompaniyalar global standartlashtirish, lokal moslashuv, innovatsion

yetakchilik, gibrid boshqaruv va ESG (atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv)
tamoyillariga asoslangan strategiyalarni birlashtirib, boshqaruv tizimlarini
modernizatsiya

qilmoqda.

Bu

yondashuvlar

nafaqat

kompaniyaning

raqobatbardoshligini oshirish, balki uzoq muddatli barqaror rivojlanishni ta’minlashga
xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan 2022-yil 18-

iyuldagi PQ–327-sonli qaror hamda 2021-yil 6-apreldagi PF–6199-sonli farmon


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

66

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

raqamli transformatsiya va xalqaro boshqaruv uslublarini milliy biznesga joriy etishni
rag‘batlantiruvchi muhim hujjatlardir. Ular orqali xalqaro investitsion hamkorlikni
rivojlantirish, eksportni oshirish va korxonalarda zamonaviy boshqaruv tizimlarini
yo‘lga qo‘yish vazifalari belgilangan. Shunday ekan, xalqaro kompaniyalarning
raqamli transformatsiya doirasidagi boshqaruv tajribasini o‘rganish va milliy
kompaniyalarda qo‘llash mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda
asosiy yo‘nalishlardan biridir.

Usul (Metodologiya)

Ushbu tadqiqotda xalqaro kompaniyalar tomonidan global raqobat sharoitida

qo‘llanilayotgan boshqaruv uslublarining o‘zgarishini chuqur o‘rganish maqsadida
ko‘p komponentli metodologik yondashuv qo‘llandi. Tadqiqotda nazariy-analitik,
kontent tahlil, empirik kuzatuv hamda normativ-huquqiy hujjatlar tahlili metodlari
birgalikda ishlatildi.

Birinchidan, tadqiqot nazariy asos sifatida klassik va zamonaviy menejment

nazariyalarini olgan. Jumladan, M. Porterning raqobat ustunligi konsepsiyasi, SWOT
va PESTEL tahlillari, Bartlett va Ghoshalning transmilliy menejment modeli, Chan
Kim va Mauborgne tomonidan ilgari surilgan Blue Ocean Strategy hamda strategik
rejalashtirishga oid differensial, narx ustunligi va fokus strategiyalari tadqiqotning
nazariy bazasini tashkil etdi. Ushbu yondashuvlar xalqaro kompaniyalarning raqamli
transformatsiya sharoitida boshqaruv uslublarini qanday o‘zgartirayotgani va yangi
strategiyalarni qanday tanlayotganini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ikkinchidan, empirik tahlil usuli asosida so‘nggi uch yil (2021–2024) davomida

Apple, Toyota, Nestlé, Huawei, Unilever, McDonald’s kabi yetakchi transmilliy
kompaniyalarning yillik hisobotlari, korporativ strategiya bayonotlari va ESG
hisobotlari batafsil tahlil qilindi. Ushbu tahlil orqali kompaniyalarning mintaqaviy
strategiyalari, raqamli transformatsiyaga munosabati va innovatsiyalarni boshqarish
uslublari o‘rganildi.

Uchinchidan, xalqaro statistika va konsalting hisobotlari, xususan

UNCTADning World Investment Report 2023, World Economic Forumning Global
Competitiveness Report, shuningdek McKinsey, BCG va Deloitte kabi yetakchi
kompaniyalarning tahlillari tadqiqot bazasiga kiritildi. Bu manbalar orqali global
kompaniyalar orasida keng tarqalgan boshqaruv strategiyalari va ularning
samaradorligi o‘rganildi.

To‘rtinchidan, O‘zbekiston kontekstida milliy boshqaruv tizimini xalqaro

standartlar va raqamli transformatsiya talablariga moslashtirish maqsadida
Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ–327-sonli qarori hamda 2021-yil 6-apreldagi


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

67

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

PF–6199-sonli farmoni asosida normativ-huquqiy tahlil amalga oshirildi. Ushbu
hujjatlar milliy kompaniyalar uchun xalqaro boshqaruv uslublarini joriy etishning
zaruriyati va istiqbollarini aniq belgilab berdi.

Tahlil (Muhokama)

Tadqiqot davomida tahlil qilingan xalqaro kompaniyalar faoliyati shuni

ko‘rsatdiki, global raqobat sharoitida muvaffaqiyat qozonayotgan korporatsiyalar
boshqaruv uslublarini mahalliy muhitga moslashtirish, innovatsion yondashuvlarni
joriy etish hamda barqaror rivojlanishni ta’minlashga yo‘naltirmoqda. Masalan, Apple
kompaniyasi bir necha mintaqalarda yagona mahsulot va xizmatlar dizaynini qo‘llash
orqali global standartlashtirish strategiyasini amalga oshiradi, bu esa xarajatlarni
qisqartirish va marketing samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Toyota esa lokal
ehtiyojlarga mos avtomobillar ishlab chiqarib, moslashuvchan ishlab chiqarish modeli
va yuqori sifat standarti orqali bozorda yetakchilik qilmoqda.

Nestlé kompaniyasi turli hududlar uchun individual marketing va mahsulot

siyosatini ishlab chiqish orqali “lokalizatsiyalangan boshqaruv” strategiyasini
tanlagan. Masalan, Islom davlatlarida “halol” mahsulotlar liniyasi, Osiyo
mamlakatlarida kam sho‘rli va kam yog‘li mahsulotlar orqali mijoz ehtiyojlariga
moslashtirilgan takliflar taqdim etmoqda. Ushbu kompaniyalar Porteringning farqlash
va fokus strategiyalarini uyg‘unlashtirib, o‘z brend imijini mustahkamlashga
erishmoqda.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, raqamli transformatsiya xalqaro kompaniyalar

boshqaruvining ajralmas qismiga aylangan. Sun’iy intellekt, katta hajmdagi
ma’lumotlar (Big Data), avtomatlashtirilgan yetkazib berish zanjirlari va mijozlar bilan
interaktiv

aloqalar

kabi

yechimlar

kompaniyaning

global

bozordagi

raqobatbardoshligini belgilaydi. Deloitte va McKinsey kompaniyalarining so‘nggi
yillik tahlillariga ko‘ra, raqamli texnologiyalarga sarmoya kiritgan kompaniyalar 25–
30 foizgacha tezroq o‘sish sur’atlariga erishmoqda.

Shuningdek, global kompaniyalar ESG tamoyillariga asoslangan strategik

boshqaruvga tobora ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Ekologik toza ishlab chiqarish,
gender tenglik, ijtimoiy barqarorlik va energiya samaradorligi kabi mezonlar xalqaro
bozorlarda ustuvor ahamiyatga ega. Unilever, IKEA, Tesla kabi kompaniyalar ushbu
yo‘nalishda ilg‘or strategiyalarni ishlab chiqib, faoliyatlarini “yashil iqtisodiyot”
tamoyillariga moslashtirmoqda.

O‘zbekiston korxonalari esa xalqaro boshqaruv tajribalarini o‘zlashtirish

bosqichida turibdi. Milliy biznes sub’yektlari eksportga yo‘naltirilgan, raqamli


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

68

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

texnologiyalarni faol qo‘llaydigan, moslashuvchan va ijtimoiy mas’uliyatni inobatga
olgan kompaniyalarga aylanishga intilmoqda.

Xulosa

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, global raqobat muhitida faoliyat

yuritayotgan xalqaro kompaniyalar boshqaruv uslublarini mukammal, moslashuvchan
va o‘zgaruvchan tashqi sharoitlarga tez moslashadigan tizim asosida shakllantirmoqda.
Muvaffaqiyatli kompaniyalar strategik boshqaruvda raqamli texnologiyalarni keng
qo‘llash, innovatsion yondashuvni ustuvor qilish, ijtimoiy mas’uliyatni birlamchi
vazifa sifatida belgilash va korporativ madaniyatni global mezonlarga moslashtirish
orqali jahon bozorlarida barqaror pozitsiyalarini saqlab qolmoqda. Differensial, fokus
va global standartlashtirish strategiyalarining vaziyatga qarab uyg‘unlashtirilishi esa
ularning muvaffaqiyat omillaridan biridir.

Shunday qilib, xalqaro kompaniyalar boshqaruv tajribasi — bu iqtisodiy

barqarorlik, innovatsion rivojlanish va institutsional yuksalishning kompleks namunasi
bo‘lib, uni o‘rganish va tatbiq qilish O‘zbekiston biznes muhitini jahon talablariga
moslashtirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori PQ–327-son, 18-iyul 2022-yil.

“Xalqaro investitsion va menejment strategiyalarini joriy etish to‘g‘risida”.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni PF–6199-son, 6-aprel 2021-yil.

“Eksport salohiyatini oshirish va korxonalarda menejment salohiyatini kuchaytirish
haqida”.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-410-

sonli Qarori. Innovatsion rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro standartlarga mos
boshqaruv tizimlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar. — Toshkent, 2024.

4.

World Economic Forum. (2023). Global Competitiveness Report 2023.

5.

Deloitte. (2023). Digital Transformation in Global Companies: Trends and

Insights. Deloitte Insights.

6.

McKinsey & Company. (2023). The State of Digital Transformation 2023.

McKinsey Global Institute.

7.

Porter, M.E. Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior

Performance. — New York: Free Press, 1985. — 557 b.

8.

Bartlett, C.A., Ghoshal, S. Managing Across Borders: The Transnational

Solution. — Boston: Harvard Business School Press, 1989. — 378 b.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori PQ–327-son, 18-iyul 2022-yil. “Xalqaro investitsion va menejment strategiyalarini joriy etish to‘g‘risida”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni PF–6199-son, 6-aprel 2021-yil. “Eksport salohiyatini oshirish va korxonalarda menejment salohiyatini kuchaytirish haqida”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-410-sonli Qarori. Innovatsion rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro standartlarga mos boshqaruv tizimlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar. — Toshkent, 2024.

World Economic Forum. (2023). Global Competitiveness Report 2023.

Deloitte. (2023). Digital Transformation in Global Companies: Trends and Insights. Deloitte Insights.

McKinsey & Company. (2023). The State of Digital Transformation 2023. McKinsey Global Institute.

Porter, M.E. Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior Performance. — New York: Free Press, 1985. — 557 b.

Bartlett, C.A., Ghoshal, S. Managing Across Borders: The Transnational Solution. — Boston: Harvard Business School Press, 1989. — 378 b.