Authors

  • Boyto’rayev Sirojidin
    DTPI Pedagogika fakulteti Jismoniy madanyat talabasi
  • Nurbayev xurshid Erkin o`g`li
    DTPI Pedagogika fakulteti Jismoniy madanyat talabasi :

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.62939

Keywords:

Mustaqillik G'oya Millat Tarix O'zbekiston

Abstract

Mustaqillik g'oyasi, uning shakllanishi va rivojlanishi haqida so'z 
yuritiladi. Mustaqillik — har bir xalqning erkin, o'z taqdirini o'zi belgilash 
imkoniyatidir. Maqola shuningdek, O'zbekiston tarixi kontekstida Mustaqillik 
g'oyasining qanday shakllanganini, ushbu g'oyaning xalq hayotidagi o'rnini va 
ahamiyatini ko'rsatadi. 


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

118

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

MUSTAQILLIK G'OYANING SHAKLLANISHI

Boyto’rayev Sirojidin

Nurbayev xurshid Erkin o`g`li

DTPI Pedagogika fakulteti

Jismoniy madanyat talabasi :

Akhmedovdiyorbek7@gmail.com

ANNOTATSIYA:

Mustaqillik g'oyasi, uning shakllanishi va rivojlanishi haqida so'z

yuritiladi. Mustaqillik — har bir xalqning erkin, o'z taqdirini o'zi belgilash
imkoniyatidir. Maqola shuningdek, O'zbekiston tarixi kontekstida Mustaqillik
g'oyasining qanday shakllanganini, ushbu g'oyaning xalq hayotidagi o'rnini va
ahamiyatini ko'rsatadi.

Kalit so‘zlar:

Mustaqillik, G'oya, Millat, Tarix, O'zbekiston

АБСТРАКТНЫЙ:

Обсуждается идея независимости, ее становление и

развитие. Независимость – это возможность каждой нации свободно определять
свою судьбу. В статье также показано, как формировалась идея независимости в
контексте истории Узбекистана, место и значение этой идеи в жизни народа.

Ключевые слова:

Независимость, Идея, Нация, История, Узбекистан

ABSTRACT:

The idea of independence, its formation and development are discussed. Independence
is the opportunity of each nation to freely determine its own destiny. The article also
shows how the idea of independence was formed in the context of the history of
Uzbekistan, the place and importance of this idea in the life of the people.

Key words:

Independence, Idea, Nation, History, Uzbekistan

Kirish

Mustaqillik g'oyasi har bir millat uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, u erkinlik,
rivojlanish va o'z-o'zini ifoda etish prinsiplariga asoslanadi. O'zbekiston tarixida


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

119

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Mustaqillikka erishish va uni mustahkamlash jarayonlari mustaqil davlat sifatida
rivojlanishda muhim rol o'ynaydi. Ushbu maqolada Mustaqillik g'oyasining
shakllanishi va uning tarixiy, ijtimoiy shart-sharoitlari o'rganiladi. Shuningdek,
Mustaqil O'zbekistonning ta'siri, esa o'z navbatida, kelgusi avlodlarga qanday saboqlar
berishi haqida fikrlar bildiriladi.

Mustaqillik G'oyasi Shakllanishining Tarixiy Asoslari

Mustaqillik g'oyasining shakllanishi bir qancha omillar bilan bog'liq. Bu jarayonlar
ichida tarixiy voqealar, ijtimoiy-siyosiy inqiloblar, milliy ongni shakllantirish va
xalqaro munosabatlar alohida o'rin egallaydi.

1. Tarixiy fon

O'zbekiston tarixida mustaqillik g'oyasi qadimdan shakllana boshlagan. Xususan,
buyuk ajdodlarimizning qahramonligi va ularning ozodlik uchun kurashi zamonlar
davomida kelayotgan g'oyalarni doimiy ravishda yuksaltirib kelgan. Milliy
qadriyatlarimiz, adabiyot va san'atdagi yutuqlar ham Mustaqillik g'oyasini
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

2. Ijtimoiy-siyosiy omillar

O'zbekiston sovet davrida, o'z milliy madaniyati va an'analarini saqlab qolishga intildi.
Qizg'in kurashlar, ijtimoiy-siyosiy inqiloblar va xalq harakatlari natijasida Mustaqillik
g'oyasi yanada mustahkamlandi. Mustaqillik g'oyasi, shuningdek, xalqimizning erkin
fikrlash, o'z fikrini bayon qilish va o'z vataniga bo'lgan muhabbatining natijasidir.

3. Milliy ong

Mustaqillik g'oyasi xalqimizning milliy ongini, o'z tarixini anglashini va o'zligini his
qilishini mexanizmi sifatida ham namoyon bo'ldi. Milliy an'analar, urf-odatlar va
millatimiz tarixining o'rganilishi xuddi shu jarayonda muhim rol o'ynaydi.

Milliy gʻoya — muayyan millat hayotiga mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad
sari yetaklaydigan fikrlar majmui. U millatning oʻtmishi, buguni va istiqbolini oʻzida
mujassamlashtiradi, uning tub manfaatlarini, maqsadlarini ifodalaydi. Milliy gʻoya oʻz
mo-hiyatiga koʻra, xalq, millat takdiriga daxldor boʻlgan, qisqa yoki uzoq muddatda
hal etilishi kerak boʻlgan vazifalar va moʻljallarni ham aks ettiradi. Masalan, oʻz
davrida (1941—45) fashistlar bosib olgan Fransiyada "Qarshilik koʻrsatish" gʻoyasi
M.gʻ. darajasiga koʻtarildi va Fransiyaning ozod etilishi bilan bu gʻoya oʻz ahamiyatini
yoʻqotdi. Biror gʻoyaning M.gʻ. sifatida maydonga chiqishi millatning oʻtmishi,
mavjud holati bilan bevosita bogʻliq. Ana shu 2 negizga tayangan holdagina u
millatning qisqa vaqt va uzoq vaqtga erishish lozim boʻlgan maqsad-muddaolari va


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

120

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

moʻljallarini toʻgʻri ifodalay olishi mumkin. Har qanday M.gʻ.da umuminsoniy
moqiyat mavjud boʻladi. Ammo, aniq bir millat yoki umuman insoniyat uchun ahami-
yatli boʻlgan gʻoyalar ham bor. Masalan, "Milliy yarash" gʻoyasi fuqarolar urushi
ketayotgan davlat uchun hayotiy maz-munga ega boʻlsa, "Manfaatli hamkorlik"
gʻoyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir. Har bir xalq oʻz
tarixining burilish nuqtalarida, avvalo mafkura masalasini, uning oʻzagini tashkil
etadigan, oʻziga xos oʻq, birlashtiruvchi yadro vazifasini oʻtaydigan ijtimoiy gʻoyani
shakllantirish muammosini hal etadi. Bunga esa M.gʻ. orqali erishiladi. M.gʻ. muayyan
darajada insoniyat takdiriga taʼsir qiladi. M.gʻ.ning yosh avlodni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash, yoshlar qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini, umuminsoniy
qadriyatlarni singdirishda ahamiyati katta. M.gʻ. vositasida el-yurt birla-shadi, oʻz
oldiga buyuk maqsadlar qoʻyadi va ularni ado etishga qodir boʻladi.

Mustaqillik xalqimizning XX asr so‘ngida qo‘lga kiritgan ulkan tarixiy g‘alabasi
ekanini, o‘n yillik mustaqil taraqqiyot hayotimizda alohida bosqich, yangi bir davr
bo‘lib qolishini nazarda tutib, qutlug‘ an’anaga aylanib qolgan eng ulug‘, eng aziz
bayramimiz — istiqlol ayyomini keng nishonlash yurtdoshlarimizning ijtimoiy-
siyosiy, ma’naviy tafakkurini yuksaltirishda, oldimizda turgan buyuk maqsadlar sari
safarbar qilishda beqiyos ahamiyat kasb etishini, istiqbol rejalarini ana shu haqiqatni
chuqur anglash asosida belgilash zaruratini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror
qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik
ko‘rish va uni o‘tkazish respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston davlat mustaqilligining 10 yilligini keng nishonlash bo‘yicha dastur 2-
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari, vazirlik, idora, uyushma va jamg‘armalar mazkur dastur asosida tegishli
ma’naviy madaniy, ma’rifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va o‘n kun muddatda
Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

4. O‘zbek milliy davlatchiligi tarixini, uning taraqqiyot bosqichlari hamda ilmiy-
nazariy masalalarini o‘rganish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus
ishchi guruhi tarkibi 3-ilovaga binoan tasdiqlansin.

Quyidagilar ishchi guruhining asosiy vazifasi etib belgilansin:

milliy davlatchiligimizning ko‘p ming yillik tarixini, mustaqillik yillarida uning
negizida tiklangan zamonaviy o‘zbek davlatchiligining o‘ziga xos taraqqiyot
tamoyillari, jamiyatimizning pirovard maqsadlarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

121

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

berish, buyuk ajdodlarimizning dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan
bebaho hissasini, ular yaratgan falsafiy ta’limotlarni o‘rganish va zarur xulosa va
saboqlar chiqarish;

mustaqillik o‘z-o‘zidan kelmaganini, ozodlik yo‘lida ota-bobolarimiz asrlar davomida
kurash olib borganini milliy istiqlol g‘oyasi asosida fuqarolarimiz, ayniqsa,
yoshlarimiz ongiga singdirish;

yoshlar qalbida buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy ilmiy-madaniy merosga
vorislik va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otish, milliy va umumbashariy qadriyatlar
uyg‘unligiga erishish, jamiyatimizda turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik,
totuvlik, diniy bag‘rikenglik muhitini qaror toptirish borasidagi amaliy ishlar
mazmunini keng tahlil etish;

istiqlol sharofati bilan xalqimizning bunyodkorlik salohiyati tom ma’noda yuzaga
chiqqanini, xalq xo‘jaligining barcha sohalarida salmoqli yutuqlarga erishilganini,
erkin va farovon hayot barpo etish, barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida
amalga oshirilayotgan ulkan ishlar Vatanimizning dunyo hamjamiyatidan o‘ziga
munosib o‘rin egallashiga xizmat qilishini chuqur asoslab berish.

5. O‘zbekiston Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston
Milliy axborot agentligi (O‘zA), “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy
axborot vositalariga mustaqillikning 10 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha
amalga oshirilayotgan ishlarni keng va muntazam ravishda yoritib borish tavsiya
etilsin.

6. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda joylardagi
ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jaliklar, jamg‘armalar hisobidan;

Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari
hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.

7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.

Xulosa

Mustaqillik g'oyasi — har bir xalqning mukammal rivojlanishini ta'minlaydigan
muhim asosdir. O'zbekiston tarixida bu g'oya milliy mustaqillik va erkinlik uchun
kurashda amalga oshirilgan jiddiy qadamlar bilan bog'liqdir. Mustaqillik g'oyasining


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

122

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

muvaffaqiyati xalqimizning hamjihatligi, ma'rifati va zamonaviy fikrlash tarzining
natijasidir.

Foydalanuvchi adabyotlar;

1. "O'zbekistonning mustaqillikka erishishi va rivojlanishi" - O'zbekiston Respublikasi
Fanlar Akademiyasi.

2. "Mustaqillik g'oyalari: tarix, hozirgi va kelajak" - O‘zbekiston davlat universiteti
nashrlari.

3. "O'zbekistonning milliy g'oyalari va qadriyatlari" - Ma’rifat va ta’lim, 2020.

4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Milliy_g%CA%BBoya

5. https://lex.uz/docs/-2255571

References

"O'zbekistonning mustaqillikka erishishi va rivojlanishi" - O'zbekiston Respublikasi

Fanlar Akademiyasi.

"Mustaqillik g'oyalari: tarix, hozirgi va kelajak" - O‘zbekiston davlat universiteti

nashrlari.

"O'zbekistonning milliy g'oyalari va qadriyatlari" - Ma’rifat va ta’lim, 2020.

Most read articles by the same author(s)