Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
196
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
IQTISODIY TARBIYA.
Sattorov Ravshan Tojiddinovich
DTPI Pedagogika fakulteti
Jismoniy madanyat talabasi
Akhmedovdiyorbek7@gmail.com
ANNOTATSIYA:
Iqtisodiy tarbiya, jamiyatning iqtisodiy bilimini oshirish, va yurtdoshlar o'rtasida
iqtisodiy ongni rivojlantirish maqsadida zarur bo'lgan jarayondir. Ushbu maqolada
iqtisodiy tarbiyaning o'ziga xos xususiyatlari, zamonaviy muammolari va uning
ijtimoiy hayotdagi ahamiyati to'g'risida batafsil ma'lumot beriladi.
Kalit so‘zlar:
Iqtisodiy tarbiya, Iqtisodiy bilim, Davlat siyosati, Ta'lim tizimi, Ijtimoiy
ong
АБСТРАКТНЫЙ:
Экономическое образование является необходимым процессом для повышения
экономических знаний общества и развития экономического сознания
соотечественников. В данной статье представлена подробная информация об
особенностях экономического образования, современных проблемах и его
значении в общественной жизни.
Ключевые слова:
Экономическое образование, Экономические знания,
Государственная политика, Система образования, Общественное сознание
ABSTRACT:
Economic education is a necessary process in order to increase the economic
knowledge of society and develop economic consciousness among compatriots. This
article provides detailed information about the characteristics of economic education,
modern problems and its importance in social life.
Key words:
Economic education, Economic knowledge, State policy, Education
system, Social consciousness
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
197
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Kirish
Iqtisodiy tarbiya jamiyatning iqtisodiy ko'nikmalarini oshirishda, ijtimoiy ongni
shakllantirishda va iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. U
o'quvchilarga iqtisodiy jarayonlarni tushunishga yordam berish bilan birga, kelajakda
iqtisodiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo'lgan bilimlarni beradi.
Iqtisodiy tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri fuqarolarni iqtisodiy bozorga
tayyorgarlik ko'rishdir. Bunga iqtisodiy bilimlarni kengaytirish, tadbirkorlik
ko'nikmalarini rivojlantirish va ijtimoiy mas'uliyat hissini shakllantirish kiradi.
Iqtisodiy tarbiyaning asosiy jihatlari
1. Iqtisodiy bilimlarning oshirilishi: Iqtisodiy tarbiya sifatida iqtisodiy nazariyalar,
tushunchalar va amaliy ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. O'quvchilar iqtisodiy
faoliyatning asosiy jihatlari, mablag'larni taqsimlash va xarajatlarni boshqarishni
o'rganadilar.
2. Davlat siyosati va ta'lim tizimi: Iqtisodiy tarbiyaning muhim elementlaridan biri
davlatning ta'limga bo'lgan siyosati hisoblanadi. Davlat mazkur jihatni qo'llab-
quvvatlash orqali fuqarolarning iqtisodiy bilimlarini oshirishga intiladi.
3. Ijtimoiy ongni rivojlantirish: Iqtisodiy tarbiya orqali shaxs va jamiyatning ijtimoiy
mas'uliyatini oshirishga yordam beradi. Bu, o'z navbatida, iqtisodiy barqarorlik va
rivojlanishga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Iqtisodiyotni
rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5975-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(keyingi o‘rinlarda — vazirlik) hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali
tashkil etish maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
vazirligining markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
to‘g‘risida nizom 3-ilovaga muvofiq;
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
198
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
vazirligining tuzilmasi, shuningdek, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish bosh boshqarmalarining hamda tumanlar (shaharlar) Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari namunaviy tuzilmalari 4, 4a, 4b va 4v-
ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh
boshqarmalari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 5-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish bosh boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash
razryadlari 6, 6a va 6b-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi
tadqiqotlari markazi tuzilmasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks
rivojlantirish bosh boshqarmasi hamda tumanlarning iqtisodiyot va hududlarni
kompleks rivojlantirish bo‘limlarining amaldagi nomini, tashkiliy tuzilmasi va shtat
birliklari sonini ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirish choralarini ko‘rsin.
2. Belgilansinki:
vazirlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 298 tani
tashkil etadi. Bunda, vazirlik va uning quyi tizimi tashkilotlarining boshqaruv
xodimlari cheklangan sonini oshirish vazirlik huzuridagi Urbanizatsiya agentligini
tugatish hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo‘mitasining, shuningdek, ularning hududiy bo‘linmalari xodimlari sonini qisqartirish
hisobiga amalga oshiriladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va
Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlarining moliya-iqtisodiyot va
kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari bir vaqtning
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
199
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish bosh boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari boshlig‘i hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Prognozlashtirish va
makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut), Biznes va
tadbirkorlik oliy maktabi, Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi
markazi, Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi xodimlariga vazirlik
markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy
rag‘batlantirish, tibbiy xizmat, transport ta’minoti va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq
etiladi, shuningdek, ularga ko‘p yillik xizmatlari uchun ustama to‘lovlari davlat budjeti
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh
boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
bo‘limlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-
yanvardagi “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish
va xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-2722-son qarori 1-bandida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq
etiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh
boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
bo‘limlarining joriy ta’minoti va ular faoliyatini, shuningdek, xodimlariga ko‘p yillik
xizmatlari uchun to‘lovlarni moliyalashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasining
respublika budjeti va viloyatlarning mahalliy budjetlari hisobidan amalga oshiriladi;
Institut hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorlari maqomi va
mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha vazir
o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Institut xodimlariga transport va ovqatlanish xarajatlari uchun har oylik to‘lovlar
hamda bayramlar munosabati bilan mukofot pullari vazirlikning budjetdan tashqari
mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
200
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
vazirlik, uning markaziy apparati va tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari respublika
darajasidagi, vazirlikning hududiy bo‘linmalari rahbarlari hudud darajasidagi davlat
ulushiga ega xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining a’zolari sifatida belgilangan
tartibda ishtirok etishi mumkin;
vazirlik va uning quyi tizimi tashkilotlari xodimlarini faoliyat yo‘nalishiga xos
bo‘lmagan ishlarga jalb qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
4. Vazirlik tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda qarorning 9-ilovasiga muvofiq
iqtisodiyotni bozor mexanizmlariga o‘tkazishdagi fundamental masalalar va
nomutanosibliklarni bartaraf etish, boshlangan islohotlarni mantiqiy davom ettirish,
navbatdagi islohotlarga zamin yaratish borasida birinchi navbatda amalga oshiriladigan
chora-tadbirlarning “Yo‘l xaritasi” ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlasin;
5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda
kambag‘al va ishsiz aholini, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb
qilish, mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan chora-tadbirlar
to‘g‘risida qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda:
kambag‘al, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitishni mahalla, tuman
(shahar) va hudud markazlari darajasida “mahallada kasb-hunarga o‘qitish maskanlari
— tuman kasb-hunarga o‘qitish markazlari — hudud “Ishga marhamat”
monomarkazlari” mexanizmi asosida amalga oshirish;
“mahallada kasb-hunarga o‘qitish maskanlari”ni Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirligi tizimidagi o‘quv markazlarining filiallari (bo‘linmalari) sifatida tashkil etish,
shuningdek, ishsiz fuqarolar, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni o‘qitish bilan bog‘liq
xarajatlarni Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirish
tartibi;
2020-yil 1-iyulga qadar har bir hududda kamida bittadan “Eng yaxshi kasbga
tayyorlash dasturi” bo‘yicha nodavlat tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish, tanlov
g‘oliblariga o‘z ishini tashkil qilish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat
jamg‘armasidan grant ajratish tartibi;
nodavlat o‘quv markazlari va kasb-hunar ta’limi tizimi bitiruvchilarining kasbiy
malakasini “vorld skils” (“world skills”) xalqaro standartlari asosida baholash tizimini
joriy etish;
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
201
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
2020-yil 1-oktabrga qadar har bir hududda kamida bittadan “Ishga marhamat”
monomarkazlari yoki kasb-hunarga tayyorlash markazlarini tashkil etish;
2020-yil 1-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Moliya
vazirligi bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasining o‘zbekistonlik mehnat migrantlari
eng ko‘p faoliyat yuritayotgan hududlarini aniqlab, dastlabki bosqichda kamida beshta
shaharda migrantlarni kasbga o‘qitish va rus tilini o‘rgatishni tashkil etish hamda
kelgusida ushbu ishlar qamrovi va ko‘lamini kengaytirish nazarda tutilsin.
6. Vazirlik, Moliya vazirligi, Moliya vazirligining budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi,
Davlat statistika qo‘mitasi va Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari to‘liq safarbar
etilganligini hisobga olgan holda, ushbu tashkilotlarning axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirish ishlari Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
davlat jamg‘armasining qo‘shimcha daromadlari va respublika budjeti hisobidan
moliyalashtirilsin.
7. Vazirlik markaziy apparati Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 45a-uy
manzilida hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Toshkent shahri, Mirobod
tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy manzilida joylashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar
hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarning
barcha qulayliklarga ega bo‘lgan binolarda joylashtirilishini, shuningdek, zarur
hollarda, ularga davlat mulki obyektlarini operativ boshqaruv huquqi asosida bepul
berilishini ta’minlasin.
Institut Toshkent shahri, Xadra massivi, 33-uy manzilidagi bino-inshootlarni ularga
tutashgan yer maydoni bilan operativ boshqaruv huquqi asosida bepul qabul qilib olgan
holda, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari yakunlangandan so‘ng joylashtirilsin.
8. Institut huzuridagi “Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar” jurnali” tahririyati” davlat
unitar korxonasi tugatilsin hamda korxonaga yuklatilgan vazifalar va jurnalni chop
qilishni tashkil etish ishlari Institut tarkibida tuzilgan tahririy-nashriyot bo‘limiga
yuklatilsin.
Qayd etilsinki, jurnalni chop etish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti, Institutning
budjetdan tashqari hamda xo‘jalik faoliyatidan tushgan mablag‘lari va qonunchilikda
taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
202
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi vazirlik buyurtmanomasiga
muvofiq Institutga nashriyot uskuna-jihozlari xarid qilish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish
uchun zaruriy miqdordagi grant mablag‘lari ajratsin.
9. Vazirlik tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
vazirlik huzurida yangi tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan va uning tizimiga kiritilgan
tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish, ularning Nizomlarini tasdiqlash, barcha
qulaylik va sharoitlarga ega bo‘lgan binolarga beg‘araz joylashtirish, moddiy-texnika
bazasini yaratish va boshqa tashkiliy-texnik masalalarni hal etishni ta’minlasin;
vazirlik markaziy apparati hamda vazirlik huzurida yangi tashkil etilgan, qayta tashkil
etilgan va uning tizimiga kiritilgan tashkilotlarning shtat jadvallarini ikki hafta
muddatda tasdiqlasin hamda ularning malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;
bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni mazkur
qarorga muvofiqlashtirsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining ayrim qarorlariga 10-
ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri
A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A.
Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Foydalanuvchi adabyotlar;
1. Asimov, F. "Iqtisodiy tarbiya: nazariya va amaliyot", 2021.
2. Abdullaeva, N. "Iqtisodiy bilimlarni oshirish yo'nalishlari", "O'zbekiston ta'limi",
2023.
3. OECD, "Economic Education: A Key to Sustainable Development", 2022.
4.
https://lex.uz/en/docs/-4776766?ONDATE=28.12.2020
