Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
210
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
XALQARO BAHOLASH DASTURLARI
Mamarahimova Dilshoda Ilhomovna
DTPI Pedagogika fakulteti
Jismoniy madanyat talabasi
Akhmedovdiyorbek7@gmail.com
ANNOTATSIYA:
Xalqaro baholash dasturlari zamonaviy ta'lim tizimlarining muhim qismi bo'lib, ta'lim
jarayonida o'quvchilarning bilimlarini va ko'nikmalarini baholashda muhim rol
o'ynaydi. Ushbu maqolada xalqaro baholash dasturlarining maqsadlari, uslublari,
hamda ular ta'lim sifatini qanday oshirishi to'g'risida muhokama qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Xalqaro baholash dasturlari, Ta'lim sifati, PISA, TIMSS, OECD
АБСТРАКТНЫЙ:
Программы международной оценки являются важной частью современных
систем образования и играют важную роль в оценке знаний и умений учащихся
в образовательном процессе. В этой статье рассматриваются цели и методы
международных программ оценки и то, как они могут улучшить качество
образования.
Ключевые слова:
Международные программы оценки, Качество образования,
PISA, TIMSS, ОЭСР
ABSTRACT:
International assessment programs are an important part of modern education systems
and play an important role in the assessment of students' knowledge and skills in the
educational process. This article discusses the aims and methods of international
assessment programs and how they can improve the quality of education.
Key words:
International assessment programs, Quality of Education, PISA, TIMSS,
OECD
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
211
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Kirish
Xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturi (inglizcha: Programme for International
Student
Assessment) —
turli
davlatlarda
15
yoshli
oʻquvchilarning savodxonligini (oʻqish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini
amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi dastur.
PISA testlari maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan
hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish
koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʼlim tizimining bu oʻzgarishlarga
qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Ushbu dastur 1997-yilda
joriy etilgan boʻlib, har uch yilda bir marta oʻtkaziladi, birinchi marta 2000-yilda
oʻtkazilgan. Har uch yilda bitta fan yoʻnalishiga afzallik berilib, jami testlar
majmuasining deyarli 50% shu fanga mansub boʻladi. 2000-yilda ilk bor oʻqish
savodxonligiga urgʻu berilgan.
Test Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan yetakchi
xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan konsorsiumda, milliy markazlar ishtirokida tashkil
etiladi. Tadqiqotda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo boʻlgan
davlatlar, shuningdek, OECD bilan hamkorlik aloqalari boʻlgan davlatlar ishtirok etadi.
PISA tadqiqoti monitoring tadqiqoti boʻlib, u turli mamlakatlardagi taʼlim
tizimlarida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni aniqlash va solishtirish, taʼlim sohasidagi
strategik qarorlar samaradorligini baholash imkonini beradi. 2000-2015-yillar
oraligʻida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari boʻyicha bugungi kunda Sharqiy
Osiyoda — Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada — Finlandiya, Estoniya,
Shveysariya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning oʻrta taʼlim tizimi yaxshi
rivojlangan.
PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻqish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy
fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik oʻtkaziladi.
Testlarda asosiy eʼtibor oʻquvchilarning mazkur yoʻnalishlar boʻyicha eng asosiy
tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va koʻnikmalarni egallagani, ulardan hayotiy
vaziyatlarda foydalana olishiga qaratiladi.
PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi:
Bir javobli testlar;
Bir nechta javobli testlar;
Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar;
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
212
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday savollarda
tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan
mos kelishi talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi).
Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda oʻquvchilardan anketalar ham olish nazarda
tutilgan.
PISA asosiy yoʻnalishlar
Oʻqish savodxonligi: Insonning matn shaklida berilgan maʼlumotlarni tushina
olish va ularga reaksiya bera olish koʻnikmasi, jamiyat hayotida faol qatnashish
jarayonida oʻqigan maʼlumotlaridan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalana olish, bilim va
imkoniyatlarini oshira olish layoqati.
Bu yerda, oʻqish savodxonligi tushunchasi keng maʼno kasb etadi. Bu yoʻnalish
maqsadi oʻquvchining berilgan badiiy asardan parcha, biografiya, xat, hujjat, gazeta va
jurnallardan olingan maqolalar, turli qoʻllanmalar, geografik kartalar kabi rangba-rang
tematikadagi, tarkibida matnni ochib berishga moʻljallangan diagrammalar, rasmlar,
kartalar, grafik va jadvallar berilgan matnni tushinishi, mazmuni haqida fikr yurita
olish, matn mazmuniga baho berish va oʻqiganlari haqida oʻz fikrini bera olishi kabi
kompetensiyalarini aniqlash hisoblanadi.
Matematik savodxonlik: Insonning matematikaning oʻzi yashayotgan olamdagi
oʻrnini bilishi, matematik jarayonlarni toʻgʻri va toʻliq asoslay olishini tekshiradi.
Shaxsning matematikadan yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi insonning hozirgi
va kelajakdagi matematik bilimlarga boʻlgan ehtiyojini qondira oladigan darajada
foydalana olishini taʼminlash bu boʻlimning asosiy maqsadidir.
Bu boʻlimdagi savodxonlik terminidan bu boʻlim maqsadi odatda maktab
dasturida beriladigan bilimlarni qay darajada oʻzlashtirganini aniqlash emasligni
koʻrsatish uchun foydalanilgan. Asosiy eʼtibor matematik bilimlardan turli xil hayotiy
vaziyatlarda fikrlash va intiutiv qaror qabul qilish talab qilinadigan turli uslublaridan
qoʻllagan holda foydalana olish nazarda tutiladi. Lekin bu turdagi savollarga javob
berishda maktab dasturida beriladigan bilim va koʻnikmalar zarur boʻlishi mumkin.
Bu yoʻnalish sinovlarida odatda hayotning turli sohalarida (tibbiyot, turar joy,
sport va hokazo) duch kelinishi mumkin boʻlgan matematikaga oid vaziyatlar taklif
qilinadi.
Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi: Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi
mumkin boʻlgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar
chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushinish va inson
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
213
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
faoliyati natijasida unda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni anglab yetish, shunga koʻra
kerakli qarorlar qabul qila olish koʻnikmasini rivojlantirish bu boʻlimning asosiy
maqsadidir.
Bu savodxonlik asosi bizning maktablarimizda fizika (astronomiya elamentlari
bilan birga), biologiya, kimyo va geografiya fanlari oʻqitilish jarayonida berilishi
koʻzda tutilgan.
2000-yilda 32 davlatdan 265 000 oʻquvchilar test sinovidan oʻtgan. Ushbu yilda asosiy
mavzu — oʻqish va oʻqilgan narsalarni tushunish qobiliyati tanlangan boʻlib, test
savollarining uchdan ikki qismi aynan shu mavzuga bagʻishlangan.
PISA-2003 da 43 mamlakatdan 275 000 dan ortiq oʻquvchi ishtirok etdi. Oʻqish
boʻyicha Finlandiya 543 ball bilan birinchi oʻrinni egalladi. Rossiya — 442 ball,
AQSh — 495 ball, Serbiya — 412 ball olgan.
Matematika yoʻnalishida Gonkong 550 ball bilan birinchi oʻrinda, AQSh 483 ball,
Italiya 466 ball, Rossiya 468 ball toʻplagan.
Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha Finlandiya yetakchilik qilgan (549 ball).
2006-yilda oʻqish savodxonligi boʻyicha 57 davlat orasida Janubiy Koreya 556 ball
bilan birinchi oʻrinni egallagan.
Matematika yoʻnalishida Taybey 549 ball bilan yetakchilik qilgan. AQSH 468 ball,
Isroil 442 ball toʻplagan.
Tabiiy fanlar savodxonligi boʻyicha Finlandiya 563 ball bilan birinchi oʻrinda, Italiya
475 ball, AQSh 489 ball toʻplagan.
2009 — yilda tadqiqotda 74 davlat ishtirok etgan. Oʻqish savodxonligi boʻyicha
Xitoyning Shanxay shahri 556 ball bilan yetakchilik qilgan. Koreya 539 ball bilan
ikkinchi va Finlandiya 536 ball bilan uchunchi oʻrinni egallagan.
Matematika yoʻnalishida ham Xitoyning Shanxay shahri 600 ball bilan yetakchi, MDH
davlatlaridan Rossiya 468 ball, Qozogʻiston 405 ball, Qirgʻiziston 331 ball toʻplagan.
2012-yilda PISA da 65 ta davlat, jumladan, OECDga aʼzo 34 ta davlati ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga anʼanaviy testlar bilan bir qatorda tadqiqot tarixida birinchi marta
yangi turdagi masala, yaʼni — interaktiv masalalar (interactive problems) taklif qilindi.
2015-yilda tadqiqotda 70 ta davlat ishtirok etdi Shu yili anʼanaviy testlar bilan bir
qatorda, moliyaviy savodxonlik boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazildi.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
214
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Singapur davlati oʻqish savodxonligi, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi
PISA tadqiqotining barcha yoʻnalishlari boʻyicha birinchilikni egallagan. MDH
davlatlaridan oʻqish savodxonligi boʻyicha Qozogʻiston 427 ball (53 — oʻrin),
matematik savodxonlik boʻyicha Rossiya 494 ball (23-oʻrin) va tabiiy fanlar boʻyicha
Moldova 428 ball (50-oʻrin) toʻplagan.
Respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning ilmiy-
tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va
ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat
qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Ta’lim inspeksiyasi deb ataladi), Xalq
ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining:
a) quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni (keyingi
o‘rinlarda xalqaro tadqiqotlar deb ataladi) tashkil etish:
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlang‘ich 4-sinf
o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash uchun;
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va 8-sinf
o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini
baholash uchun;
The Programme for International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli
o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik
darajasini baholash uchun;
The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va pedagog
kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini
hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun;
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat
qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro
tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini (keyingi o‘rinlarda Milliy markaz deb
ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari etib quyidagilar
belgilansin:
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
215
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O‘zbekiston
Respublikasining vakili sifatida ishtirok etish;
ta’lim tizimida o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik
darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga
yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish;
ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o‘rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab
chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish
va o‘tkazishda ishtirok etish;
ta’lim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;
ta’lim sifatini baholash bo‘yicha tadqiqotlarni ilmiy va uslubiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok
etishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini
boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash;
xalqaro baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha tizimli monitoring
olib borish, ushbu sohadagi ilg‘or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta’lim
muassasalari uchun tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish;
o‘qitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda o‘qish, matematika va tabiiy
yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha
o‘quv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash.
3. Quyidagilar:
Xalqaro tadqiqotlarda O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik
ko‘rish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni
amalga oshirish milliy markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘iga, zarur hollarda, Milliy markaz tuzilmasiga
xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi
doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
216
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Milliy markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z ustaviga,
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachilik bo‘linmasidagi shaxsiy g‘azna
hisob raqamiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va nomi
ko‘rsatilgan muhrga, o‘z nomi yozilgan shtampga, blankalarga ega bo‘ladi;
Milliy markaz xodimlariga Ta’lim inspeksiyasining tegishli lavozimlari uchun
belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi;
Milliy markaz direktori xalqaro tadqiqotlarning milliy loyiha menejeri hisoblanadi.
5. Milliy markazni moliyalashtirishning asosiy manbalari etib quyidagilar belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro donor tashkilotlarining grantlari;
xizmat ko‘rsatishdan tushgan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Ta’lim inspeksiyasi bir oy muddatda:
Milliy markazning ustavini ishlab chiqib, tasdiqlash va uni belgilangan tartibda davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish;
Milliy markazni ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida amaliy-metodik ish tajribasiga
ega bo‘lgan malakali mutaxassislar, shuningdek ilmiy-pedagogik stajga ega xodimlar
bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
7. Milliy markaz Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi, 21-uy
manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga:
bir oy muddatda hududlardagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va o‘quvchilar
sonidan kelib chiqqan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi,
viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi
hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining malakali mutaxassislaridan xalqaro
tadqiqotlarni amalga oshirish jarayoniga mas’ul xodimlarni tayinlash;
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
217
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
2019-yil 1-fevralga qadar Milliy markaz bilan birgalikda o‘quvchilarning qobiliyat va
iqtidorlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfidan boshlab aniqlash va
rivojlantirish, o‘quvchilarning savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro baholash
dasturlari va tanlovlarida ishtirok etishni ta’minlash dasturini ishlab chiqish;
xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘qish, matematika va tabiiy
yo‘nalishdagi fanlardan o‘quv dasturlari hamda o‘quv adabiyotlari mazmuniga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
xalqaro tadqiqotlarning baholash dasturlari yo‘nalishlaridagi savollar milliy bazasini
yaratish va o‘quv dasturlariga integratsiya qilish;
o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini takomillashtirish va 2019 —
2021-yillarda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan
sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borish;
xalqaro tadqiqotlarning baholash dasturlari yo‘nalishlaridagi savollarni o‘zida
mujassam etgan o‘quv dasturlari asosida qo‘shimcha metodik qo‘llanma va adabiyotlar
yaratish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahar hamda har
bir tuman (shahar)da xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan tayanch
maktablarni belgilash;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi iqtidorli pedagog kadrlarni xalqaro baholash
dasturlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari
bilan jihozlanganlik va Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanganlik holatini
inventarizatsiya qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf qilish choralarini ko‘rish;
o‘quvchilarning savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro baholash dasturlari va
tanlovlarida munosib ishtirok etishni ta’minlash maqsadida vazirlikning tarkibiy
bo‘linmalari (Respublika ta’lim markazi, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va
psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi) imkoniyatlaridan samarali
foydalanishni yo‘lga qo‘yish, zaruriyatdan kelib chiqib, tegishli bo‘limlarining
funksiyalarini qayta ko‘rib chiqish vazifalari yuklatilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga:
xalqaro tadqiqotlar o‘tkaziladigan o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar
bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari, malaka oshirish va qayta
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
218
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
tayyorlash hududiy mintaqaviy va tarmoq markazlarining o‘quv dasturlariga xalqaro
tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
xalqaro tadqiqotlar dasturlarining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, davlat ilmiy
dasturlari doirasida loyihalar tayyorlash va amalga oshirish vazifalari yuklatilsin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi Milliy markazning murojaatiga asosan uni belgilangan tartibda
zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan ta’minlash
choralarini ko‘rsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir hafta muddatda PISA va TALIS
xalqaro tadqiqotlarida O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishi yuzasidan
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan hamkorlik shartnomalarining
imzolanishini tashkil etsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi xalqaro
tadqiqotlarda ishtirok etish uchun xalqaro moliya institutlari va chet el hukumatlari
moliyaviy tashkilotlari kreditlarini jalb etish choralarini ko‘rsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Milliy markazni saqlash hamda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish uchun a’zolik
badallarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarga zarur bo‘lgan mablag‘larni 2018-yilda
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida ajratsin, 2019-yildan
boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida nazarda
tutsin;
ikki oy muddatda Milliy markazning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq uning
moddiy-texnika bazasini shakllantirish, shuningdek, zarur bo‘lgan jihozlar va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish uchun mablag‘lar ajratilishini
ta’minlasin;
Milliy markazga ikkita yengil xizmat, shu jumladan bitta personal avtotransport
vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
219
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Foydalanuvchi adabyotlar;
1. OECD, "PISA 2021 Results: A Focus on Reading", 2022.
2. Mullis, I.V.S., & Martin, M.O., "TIMSS 2019 International Results in Mathematics
and Science", 2020.
3. Tashkent State University of Economics, "Xalqaro Baholash Dasturlari: Rivojlanish
va Ta'lim", 2023.
4.
https://lex.uz/uz/docs/-4097073?ONDATE=05.04.2022
5.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xalqaro_o%CA%BBquvchilarni_baholash_dasturi
