Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
226
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
TOVUSHNING FIZIKAVIY XARAKTERISTIKALARI
Ashurova Dilobar Maratovna
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
tibbiyot fakulteti 1-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: PhD, dots, v. b T.O.Buzrukov
Annotatsiya
: Mazkur maqolada tovushning fizikaviy va sub’ektiv
xarakteristikasi, eshitish organining funksiyasi, infratovush, ultratovush, ton, shovqin
va vibratsiyalar organizmga ta’siri aytib o’tiladi. Jumladan, tovushdan tibbiyotda
foydalanish, perkussiya va auskultatsiya asoslari haqida fikr yuritiladi.
Kalit soʻzlar:
chastota, infratovush, ultratovush, gidroakustika, akustik spektr,
tovush intensivligi, ton, shovqin, tovush zarba, audimetriya, binaural effekt,
perkussiya, auskultatsiya, stetoskop, fonendoskop, yarimdoira kanalchalar, chig’anoq,
perilimfa.
ФИЗИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ЗВУКА
Термезский университет экономики и сервиса
студентка 1 курса медицинского факультета
Ашурова Дилобар Маратовна
Научный руководитель: к.т.н., доцент, с. б Т.О. Бузруков
ashurovadilobar319@gmail.com
+998(94)919-11-03
Аннотация
: В статье описаны физические и субъективные характеристики
звуков, функция нового органа, влияние инфразвука, ультразвука, тона, шума и
вибраций на организм. В частности, обсуждаются основы перкуссии и
аускультации.
Ключевые слова
: частота, инфразвук, ультразвук, гидроакустика,
акустический спектр, интенсивность звука, тон, шум, звуковой шок,
аудиометрия, бинауральный эффект, перкуссия, аускультация, стетоскоп,
фонендоскоп, полукружные каналы, оболочка, перилимфа.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
227
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
PHYSICAL CHARACTERISTICS OF SOUND
Termiz University of Economics and Service
1st year student of the Faculty of Medicine
Ashurova Dilobar
Scientific leader: Ph.D., associate professor, v. b T.O. Buzrukov
ashurovadilobar319@gmail.com
+998(94)919-11-03
Abstract
: This article describes the physical and subjective characteristics of
sound, the function of the hearing organ, the effect of infrasound, ultrasound, tone,
noise and vibrations on the div. In particular, the use of sound in medicine, the basics
of percussion and auscultation are considered.
Key words
: frequency, infrasound, ultrasound, hydroacoustics, acoustic
spectrum, sound intensity, tone, noise, sound shock, audiometry, binaural effect,
percussion, auscultation, stethoscope, phonendoscope, semicircular canals, shell,
perilymph.
Kirish.
Biz atrofimizdagi asosiy ma'lumotlarni eshitish va ko'rish organlari
orqali qabul qilamiz. Ikkala holda ham biz ob'ektlar haqida ma'lumotlarni ular bilan
jismoniy kontaktsiz olamiz. Tovush va yorug'lik turli fizik hodisalar bo'lishiga
qaramay, ularning har ikkisi ham to'lqindir. To'lqinlar tomonidan tashiladigan energiya
bizning sensor mexanizmlarimizni qo'zg'atadi.
Tovush vibratsiya bo'layotgan jism tomonidan chiqariladigan mexanik
to'lqindir. Masalan, kamerton yoki inson tovush paylari tebranma harakat qilsa,
ularning atrofidagi havo molekulalari harakatlanib, tebranayotgan jism harakatiga
monand ravishda o'zgaradi. Tebranayotgan molekulalar o'z navbatida harakatini
qo'shni molekulalarga uzatadi. Havo tebranishlari quloqqa yetib borganida ular nog'ora
pardaning vibratsiyasiga sababchi bo'ladi. Bu esa o'z navbatida bosh miyasi tomonidan
qabul qilinuvchi nerv impulslarini keltirib chiqaradi.
Agar havoda tarqalayotgan elastik to'lqinlarning chastotasi taxminan 16 Hz
dan 20000 Hz oralig'ida bo'lsa, u holda ular inson qulog'ida tovush sezgisini uyg'otadi.
Shuning uchun chastotasi ana shu ko'rsatilgan chegarada yotgan istalgan muhitdagi
elastik to'lqinlar tovush to'lqinlari yoki to'g'ridan - to'g'ri tovush deb ataladi. Chastotasi
20 Hz dan kichik bo'lgan elastik to'lqinlar
infratovush
deb ataladi: chastotasi 20000 Hz
dan katta bo'lgan to'lqinlar
ultratovush
deyiladi. Infratovush va ultratovushni inson
qulog'i eshitmaydi. Gaz va suyuqliklarda tovush to'lqini faqat bo'ylama to'lqin bo'lishi
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
228
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
mumkin va galma-gal keluvchi siqilish va siyraklashishlardan iborat bo'ladi. Qattiq
jismlarda tarqalayotgan to'lqinlar ham bo'ylama, ham ko'ndalang bo'lishi mumkin.
Tovushning fizik xarakteristikasiga chastota, tezlik, to'lqin uzunlik, amplituda va
shu kabi kattaliklar kiradi.
Tovushning muhitda tarqalishi tezligi muhitning zichligiga va uning
temperaturasiga bog'liq. Agar muhit temperaturasi 1°C ga ko'tarilsa, tovushning
tarqalish tezligi tahminan 0,5 m/s tezlikga ortadi.
Tovushning havoda yutilishini hisoblash shuni ko'rsatadiki, 20°C
temperaturada chastotasi 1000 Hz bo'lgan to'lqin taxminan 115 km masofada e marta
susayadi. Issiqlik oʻtkazuvchanlik hisobga olinganda bu masofa 81 km gacha
qisqaradi. Lekin amalda tovush atmosferada bunga qaraganda anacha tez susayadi.
Buning sababi shuki, shamol, havoning temperaturasi va namligi, har xil zichlikka ega
boʻlgan qatlamlarning borligi tovushning tarqalishiga ta'sir qiladi. Bir jinsli muhitda
nuqtaviy manbadan tarqalayotgan sferik to'lqin hamma yo'nalishlarda bir xil tezlikka
ega bo'lishi kerak. Lekin shamol esayotgan bo'lsa, uning tezligi bilan to'lqin tezligi
o'zaro geometrik tarzda qo'shiladi. Yer sirtida ishqalanish bo'lishi tufayli shamolning
yer sirti yonidagi tezligi kichik bo'lib, balandlik ortishi bilan kattalashib borgani
sababli, to'lqin frontining ayrim qismlari yerga nisbatan har xil tezlik bilan
harakatlanib, tovush to'lqinlarining sinishi kuzatiladi.
Havodagiga nisbatan tovush suvda uzoqroq masofalarga yetib boradi. Suvda
yorug'lik va radio to'lqinlari juda tez (amalda bir necha o'n metr masofada) soʻnadi, shu
sababli suv ostida signal yuborishning yagona usuli sifatida tovush va ultratovush
to'lqinlaridan foydalaniladi. Mazkur to'lqinlarning suvda tarkalishini o'rganadigan soha
gidroakustika
deb ataladi.
Har qanday real tovush oddiy garmonik tebranish emas, balki ma'lum chastotalar
to'plamiga ega bo'lgan garmonik tebranishlarning yig'indisidan iborat. Berilgan
tovushda ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari to'plami tovushning
akustik spektri
deb ataladi.
Tovush to'lqinlarining intensivligi,
deb to'lqin o'zi bilan olib yurgan energiya
oqimi zichligining o'rtacha qiymatiga aytiladi. To'lqin tovush sezgisini uyg'otish uchun
eshitish chegarasi deb ataluvchi biror minimal intensivlikka ega bo'lishi kerak. Eshitish
chegarasi hammada har xil bo'lib, tovushning chastotasiga bog'liq. Odam qulog'i 1000-
4000 Hz orasidagi chastotali tovushlarga juda sezgir bo'ladi. Intensivlik taxminan 103
-104 erg/sm2 sek atrofida bo‘lganda to‘lqin tovush sifatida sezilmay qoladi va quloqda
faqat og‘riq hamda bosim sezgisini uyg‘otadi. Intensivlikning ana shunday sezgi
uyg‘otadigan qiymati
og‘riq sezish chegerasi
deb ataladi.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
229
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
1-rasm: Odam qulog’i eshitish va og’riq bo’sag’alari
Ton va shovqinlar
. Davriy jarayondan iborat bo‘lgan tovush
ton
deb aytiladi. Agar
bu jarayon garmonik bo‘lsa, unda ton oddiy yoki sof deb aytiladi. Sof tonning asosiy
fizik xarakteristikasi uning chastotasidir. Angarmonik tebranishlarga murakkab ton
mos keladi. Sodda tonli tovushni, masalan, kamerton chiqaradi, murakkab tonli
tovushni musiqa asboblari, nutq apparati (unli tovushlar) va hokazo hosil qiladi.
Murakkab ton oddiy tonlarga ajratilishi mumkin. Ajratilgan tonlarning eng kichik
𝜗
0
chastotasi asosiy tonga mos keladi, qolgan garmonikalari (obertonlar),
𝜗
0
, 2
𝜗
0
va
hokazo chastotalarga ega bo‘ladi.
Vaqt o‘tishi bilan takrorlanmaydigan, o‘zining murakkabligi bilan farq qiluvchi
tovushga
shovqin
deb aytiladi. Mashinalarning vibratsiyasi, qarsaklar, gorelka
alangasinig shovqini, shitirlash, g‘ichillash, so‘zlaganda chiqadigan undosh tovushlar
va hokazolar shovqinga ta'lluqlidir.
Shovqinni tartibsiz o‘zgarib turuvchi murakkab tonlar birikmasidan iborat deb qarash
mumkin. Agar shovqinni biror shartlilik darajasida spektrga yoyishga harakat qilib
ko‘rilsa, unda bu spektr uzluksiz bo‘ladi, masalan, 3-rasmda bunzin gaz gorelkasining
yonishi paytida shovqindan hosil bo‘ladigan spektr tasvirlangan.
Tovush zarba
– bu tovushning qisqa muddatli ta'siridir: chapak chalinganda, portlash
yuz berganda va hokazolarda hosil bo‘ladi. Zarba to‘lqinlar bilan tovush zarbalarini
bir-biri bilan chalkashtirib yuborish yaramaydi. Havoning siqilgan sohasini normal
holatdagi sohadan ajratib turuvchi sirtga fizikada zarb to’lqin deb aytiladi. Zarb to‘lqin
juda katta energiyaga ega bo‘lishi mumkin, masalan, yadroviy portlashlarda, atrof-
muhitda zarb to'lqin hosil bo'lishida portlash energiyasining 50 foizga yaqini sarf
bo'ladi.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
230
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
TOVUSHNING SUB’EKTIV XARAKTERISTIKASI
Tovush ikki xil turdagi: uning kishi tomonidan his qilinishi xususiyatlariga bog‘liq
bo‘lmagan (ob'ektiv yoki fizik) hamda kishi tomonidan his qilinishiga asoslangan
(sub'ektiv) kattaliklar bilan xarakterlanishi mumkin. Albatta, har ikkala turdagi
kattaliklar o‘zaro muayyan tarzda bog‘langan bo‘ladi. Tovushning subektiv
xarakteristikasiga odamlar qabul qilgan tovushlarni balandligi, tembri va qattiqligiga
qarab bir-biridan farq qiladi. Ana shu har bir sub'ektiv bahoga tovush to‘lqinining aniq
fizikaviy xarakteristikasi mos keladi.
Balandlik
dastavval asosiy ton chastotasi bilan shartlangan tovushning subyektiv
xarakteristikasidir, ya’ni balandlik chastota bilan bog’liq. Balandlik tonning
murakkabligi va intensivligiga juda kam darajada bogiiq: intensivligi katta bo’lgan
tovush birmuncha past tonli tovushga o'xshab eshitiladi.
Tovush tembri
deyarli spektral tarkibi bilangina aniqlanadi. Tovushning spektral tarkibi
mazkur tovush qanday chastotadagi tebranishlardan tarkib topganini hamda ular
orasida amplitudalar qanday taqsimlanganini ko‘rsatadi. Masalan, musiqiy tovush
chiziqli spektrga, shovqin esa tutash spektrga ega.
Qattiqlik
— tovushning yana bir subyektiv bahosi bo'lib, u eshituv sezgisi darajasini
xarakterlaydi. Subyektivligiga qaramasdan tovushning qattiqligini ikki manbadan
chiqayotgan tovushning eshituv sezgisiga ko‘rsatadigan ta’sirlarini taqqoslash yo'li
bilan miqdoriy jihatdan baholash mumkin. Tovush qattiqligi amplitudaga bog’liq.
Eshitish o‘tkirligini aniqlash usuliga
audiometriya
deyiladi. Audiometriyada
maxsus asbob audiometr (4-rasm) yordamida turli xil chastotalarda eshitish sezgisi
bo‘sag‘asi aniqlanadi; olingan egri chiziq audiogramma deyiladi. Bemor odam
audiogrammasini normal eshituv sezgi bo‘sag‘asini egri chig‘i bilan solishtirish
eshituv a‘zolari kasalliklariga diagnoz qo‘yishga yordam beradi.
4-rasm: Audiometrlarning tashqi ko’rinishi va audiokarta blankasi.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
231
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Normal xolatdagi kishining qulog‘i 16 Hz dan 20 kHz gacha bo‘lgan chastotadagi
tovushlarni sezadi, lekin uning turli chastotadagi tovushlarga sezgirligi har xil.
Kishining qulog‘i bo‘lgan tovush manbaining kishiga nisbatan qanday yo‘nalishda
joylashganini aniqlash imkonini beradi. Bu hodisa
binaural effekt
deyiladi. Tovush
manbaining o‘rnini ungacha bo‘lgan masofa va vertikal hamda gorizontal
tekisliklardagi burchaklar bilan aniqlanadi. Gorizontal tekislikda kishi burchakni 3°
gacha aniqlikda sezishi mumkin. Vertikal tekislikdagi burchak va manbagacha bo‘lgan
mosafa nisbatan ancha noaniq his qilinadi.
Tovushdan klinikada foydalanish
Tovushning eng asosiy mohiyati shundaki, u ham yorug‘lik kabi axborot manbai
hisoblanadi. Tabiat tovushlari, atrofimizdagi odamlarning gaplari, ishlab turgan
mashinalarning shovqini bizga ko‘p ma’lumotlarni beradi. Tabiiyki, tovush odam ichki
organlarining holati to‘g‘risida ma’lumot beruvchi manba ham bo‘lishi mumkin.
Kasallikni diagnostika qilishning keng tarqalgan usullaridan biri
perkussiya
usuli
bo‘lib, bunda tananing turli qismlariga urib ko‘rishda chiqayotgan tovush eshitib
ko‘riladi.
Faraz qilaylik, biror jism ichida havo bilan to‘ldirilgan berk soha berilgan bolsin. Agar
bu jismda tovush tebranishlari hosil qilinsa, tovush tebranishlarining ma’lum bir
chastotasida bu berk sohadagi havo rezonanslana boshlab, shu berk sohaning olchami
va turish vaziyatiga mos keluvchi tonni ajratadi va kuchaytiradi. Odam tanasini ham
sxematik ko‘rinishda gaz bilan to’ldirilgan (o‘pka), suyuqliklar (ichki a’zolarda), qattiq
jismlar (suyaklar) hajmlarining yig‘indisidan iborat deb tasavvur etish mumkin. Tana
sirti bo'ylab urib ko‘rilganda tebranishlarning keng diapazondagi chastotasi hosil
bo’ladi. Bu diapazon oralig‘idagi ayrim tebranishlar yetarlicha tez so‘nadi, boshqalari,
ya’ni havo bo‘shlig‘ining xususiy chastotasi bilan mos kelgani esa rezonans tufayli
kuchayib, eshituvchan bo’lib qoladi. Tajribali vrach perkussiya tovushlari toniga qarab,
ichki a’zolar holatini va topografiyasini aniqlaydi.
Perkussiya usuli bilan yurakning katta – kichikligi (chegaralari) aniqlanadi. Yurak
mushak va qondan iborat havosiz a’zo bo’lgani uchun uni tukillatib ko’rganda bo’g’iq
tovush beradi. Lekin u qisman o’pka bilan qoplanib turganligi sababli bo’g’iq tovush
nisbiy va mutlaq bo’ladi. Yurakning nisbiy bo’g’iqlik chegarasi uning haqiqiy
chegaralariga, mutlaq bo’g’iqlik chegarasi esa o’pka bilan qoplanmagan yuzasining
kengligiga mos keladi. Bu yerda o’ng qorinchaning oldingi devori joylashgan bo’ladi.
Perkussiya vaqtida bemor tik turishi, o’tirishi va yotishi mumkin. Yurakning nisbiy
bo’g’iqlik chegaralarini aniqlashda o’rtacha perkutor zarbadan, absolyut bo’g’iqlik
chegaralarini aniqlashda esa kuchsiz zarbadan foydalaniladi. Kasallikni diagnostika
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
232
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
qilishning keng tarqalgan usullaridan biri auskultatsiya (eshitib ko‘rish) eramizdan
oldingi II asrdayoq ma’lum bo'lgan.
Auskultatsiya
(lotincha auscultatio - eshitish) — ichki aʼzolarda yuzaga keladigan
tovushlarni eshitib, ular faoliyatini va holatini tekshirish usuli. Masalan, yurak urishini
eshitib, uning sogʻ yoki kasalligini aniqlash. Auskultatsiyada badanning tegishli
qismiga shifokor quloq tutadi (bevosita auskultatsiya) yoki maxsus asboblar
(stetoskop, fonendoskop yoki stetofonendoskop) qoʻyib eshitib koʻradi (bilvosita
auskultatsiya). Auskultatsiya tibbiyot amaliyotida yurak, oʻpka, qon tomir
kasalliklarini, shuningdek qon bosimini aniqlashda muhim diagnostik ahamiyatga ega.
Auskultatsiya
uchun
stetoskop
yoki
fonendoskop
qo'llaniladi.
Fonendoskop (5-rasm) kovak kapsuladan va tovushni uzatadigan membranadan iborat.
Membrana bemor tanasiga qo'yiladi, undan chiqqan ikkita trubka vrach qulog'iga
boradi. Ichi kovak kapsula ichidagi havo ustunida rezonans hodisasi vujudga kelib,
tovush chiqarish kuchayadi va auskultatsiya yaxshilanadi,
5-rasm: Fonendoskopning tuzilishi.
1- kovak kapsula, 2-tovushni uzatuvchi membrana, 3-rezina trubka
Xulosa:
Ushbu maqolada eshitish organining funksiyasi, infratovush va
ultratovushning organizmga ta’siri haqida fikr yuritiladi. Eshitish organi tashqi, ichki
va o’rta qismlardan iboratligi aytib o’tilgan va har biriga alohida to’xtalgan.
Shuningdek, tovushdan klinikada foydalanish usullaridan perkussiya va auskultatsiya
haqida batafsil ma’lumot berilgan. Quloqlar inson eshitish qobiliyatining asosidir, va
uning ishlash mexanizmlarini chuqur tushunish eshitish bilan bog‘liq kasalliklarni
davolash va oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
233
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
"Biofizika" oʻquv darsligi E. Ismailov Toshkent 2012
2.
. "Biofizika" oʻquv darsligi Rezimov A.N 2005.
3.
"Anatomiya" 2-jild oʻquv darsligi Ahmedov 2018.
4.
"Normal Fiziologiya" oʻquv darsligi SH.Q.Qodirov 2007.
Foydalanilgan internet saytlari:
1.
2.
