Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
234
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
TAFAKKUR
O’qtuvchi:
Ulug’bek Shomurodov
Talaba:
Ahmadjonov Diyorbek Abdusalom o’g’li
DTPI Pedagogika fakulteti
Jismoniy madaniyat talabasi:
Akhmedovdiyorbek7@gmail.com
ANNOTATSIYA:
Tafakkur va uning inson hayotidagi o'rni ko'rib chiqiladi. Tafakkur, fikrlash jarayoni
sifatida, insonning ma'naviy va intellektual rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Maqola tafakkurning asosiy turlari, uning jamiyatdagi roli va rivojlanishiga ta'sir
etuvchi omillarni tahlil qiladi.
Kalit so‘zlar:
Tafakkur, Fikrlash, Inson, Ma'naviyat, Rivojlanish
АБСТРАКТНЫЙ:
Рассматривается мысль и ее роль в жизни человека. Мышление как
мыслительный процесс имеет важное значение в духовно-интеллектуальном
развитии человека. В статье анализируются основные типы мышления, его роль
в обществе и факторы, влияющие на его развитие.
Ключевые слова:
Мышление, Мышление, Человека, Духовность, Развитие
ABSTRACT:
Thought and its role in human life are considered. Thinking, as a thinking process, is
important in the spiritual and intellectual development of a person. The article analyzes
the main types of thinking, its role in society and factors influencing its development.
Key words:
Thinking, Thinking, Human, Spirituality, Development
Kirish
Tafakkur, insonning fikrlash jarayonini ifodalaydi va bu jarayon hayotimizning har bir
sohasida muhim rol o'ynaydi. Tafakkur orqali insonlar o'z fikrlarini, his-tuyg'ularini va
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
235
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
qarorlarini shakllantiradilar. Bu jarayon, shuningdek, muammolarni hal qilish, yangi
g'oyalar ishlab chiqish va ma'naviy qadriyatlarni anglashda yordam beradi. Tafakkur,
shuningdek, ijtimoiy va madaniy rivojlanishning asosiy omillaridan biridir.
Tafakkurning turlari
Tafakkur bir necha turga bo'linadi, jumladan:
1. Mantiqiy tafakkur - bu jarayon, mantiqiy qoidalar asosida fikr yuritishni o'z ichiga
oladi. Mantiqiy tafakkur, muammolarni hal qilishda va qaror qabul qilishda muhimdir.
2. Ijodiy tafakkur - bu jarayon, yangi g'oyalar va yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan.
Ijodiy tafakkur, san'at, ilm-fan va boshqa sohalarda innovatsiyalarni keltirib chiqaradi.
3. Tanqidiy tafakkur - bu jarayon, fikrlarni tahlil qilish va baholashga qaratilgan.
Tanqidiy tafakkur, insonlarni o'z fikrlarini va qarorlarini qayta ko'rib chiqishga
undaydi.
Tafakkur va jamiyat
Tafakkur, jamiyatda muhim rol o'ynaydi. U odamlar o'rtasida muloqot va fikr
almashishni rivojlantiradi. Tafakkur orqali insonlar o'z fikrlarini ifoda etish, bahs-
munozaralar o'tkazish va yangi g'oyalarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Shuningdek, tafakkur, ijtimoiy muammolarni hal qilishda va jamiyatni rivojlantirishda
muhim ahamiyatga ega.
Tafakkur - ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog`liq, muhim bir yangilik
qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir. Tafakkur voqelikni analiz va sintez
qilish uni bavosita va umumlashtirib aks ettirishdan iborat jarayondir. Tafakkur amaliy
faoliyat asosida hissiy bilishdan paydo bo`ladi va hissiy bilish chegarasidan ancha
tashqariga chiqib ketadi.
Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan boshlanadi va keyin tafakkurga o`tib ketishi
mumkin. Biroq tafakkur, hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy bilish
bilan, ya`ni sezgilar, idrok va tasavvurlar bilan bog`langan bo`ladi. Tafakkur faoliyati
o`zining butun "materialini" faqat bitta manbadan, ya`ni hissiy bilishdan oladi.
Tafakkur faqat sezgilar va idrok orqaligina tashqi muhit bilan bog`lanadi va shu tariqa
tashqi olamni aks ettiradi. Ammo sezgilar va idrok kabi hissiy bilish jarayonlari
olamning turli xildagi aloqalarini, ular orasidagi bog`lanishlarni, paydo bo`ladigan turli
muammolarni hal qilish imkonini bermaydi.
Tafakkur qilish davomida tashqi olamni bilish chuqurroq amalga oshiriladi. Buning
natijasida narsalar, hodisalar va boshqa shuning kabilar o`rtasidagi murakkab o`zaro
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
236
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
bog`lanishlarni ajratish, echish mumkin bo`ladi. Zarur hollarda turli vositalar
qo`llaniladi. Quyidagi uch xil hodisalarni o`rganish davomida vositalar qo`llaniladi.
1. Hozirgi paytda bevosita idrok qilishning imkoni bo`lmagan hodisalarni o`rganish
uchun. Bunga tarixiy voqealar, kelajak rejalar, gipotezalar, umuman yoki o`tmishda ruy
bergan yoki kelajakda ruy berishi mumkin bo`lgan hodisalarni o`rganish davomida;
2. Sezgi organlarimizning moslashmaganligi sababli bevosita idrok qilishning imkoni
bo`lmagan hodisalarni o`rganishda. Bunga misol tariqasida juda kichik zarrachalar,
elementlar, inson sezgi organlari "sezmaydigan" turli to`lqin uzunliklari yoki juda uzoq
masofada joylashgan ob`ektlar (planetalar, yulduzlar va h.k.);
3. Bevosita idrok qilishning imkoni mavjud, ammo vosita kullash samarali bo`lgan
hollar. Masalan, o`sib turgan daraxtning balandligini trigonometrik funktsiyalar
yordamida o`lchash, havo haroratini termometr yordamida o`lchash kabilar.
YUqoridagilardan ko`rinib turibdiki, hissiy bilish samarali bo`lmay qolgan hollarda
tafakkur boshlanadi. Tafakkur hissiy bilish idrok qilish imkonini bermaydigan voqea,
hodisalarni ham o`rganish imkonini beradi. Masalan, yorug`lik tezligini o`lchash,
o`rganish, uning xossalaridan foydalanish faqat tafakkur orqaligina amalga oshirilishi
mumkin.
Qachon tafakkur faoliyati boshlanadi (qachon biz fikrlab boshlaymiz)? Biz
doimo fikrlamaymiz. Agar vaziyat bizga tushunarli bo`lsa, etarli hamma ma`lumot va
vositalarga ega bo`lsak biz "o`ylamaymiz". Tafakkur jarayoni muammo paydo bo`lsa,
muammoli vaziyatda paydo bo`ladi. Muammoli vaziyat - biror masalani echish uchun
zarur bilimlar, vosita yoki ma`lumot, malakalarning etishmasligi bilan bog`liq bo`ladi.
Muammoli vaziyatda bizning avvalgi vosita va usullarimiz etishmay qoladi. Shu
sababli oddiy, tushunarli, o`zida yangilikni aks ettirmaydigan ma`lumotni eshitayotgan
talaba va o`quvchi fikrlamaydi. Ularni fikrlashga undash uchun muammoli vaziyatlar
yaratish lozim.
Kelib chiqishi va rivojlanishi bo`yicha tafakkur ijtimoiy tabiatga ega. Chunki
bilishning barcha vositalari, usullari va manbaalari inson tomonidan yaratilgan moddiy
va ma`naviy boyliklar bilan bog`liqdir. Odamning aqliy taraqqiyoti insoniyatning
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida to`plangan bilimlarni o`zlashtirish jarayonida
amalga oshadi. Bu erda shaxsning faolligini inkor qilmaymiz. Mavjud, tayyor
bilimlarni o`zlashtirish boladan fikriy zur berish, ijodiy ishlash, yangilik ochishni
taqoza qiladi. Aks holda o`zlashtirilgan bilim yuzaki, mexanistik bo`lib qoladi.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
237
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
TAFAKKURNING MANTIQIY SHAKLLARI
Psixologiya fani mantiq fani bilan birgalikda tafakkurning mantiqiy shakllarini
o`rgandi. Tafakkurning mantiqiy shakllari -tushuncha, hukm va xulosa chiqarishlardir.
TUSHUNCHA shunday bir fikrki, bu fikrda voqelikdagi narsa va hodisalarning
umumiy, muhim, farq qiladigan belgilari aks ettiriladi. Masalan, odam tushunchasi
uning mehnat faoliyati, mehnat qurollarini ishlab chiqarish, nutq, inson ongi va shular
kabi nihoyatda muhim belgilarni o`zida mujassamlashtirgan. Mana shu belgilar bilan
odam hayvonlardan farq qiladi.
Tushunchalarning mazmuni HUKMlarda aks ettiriladi. Hukm narsa va hodisalar
o`rtasidagi mavjud bog`lanishlarning yoki shu narsa va hodisalarga xos bo`lgan
xususiyat va belgilari o`rtasidagi bog`lanishlarni o`zida aks ettiruvchi tafakkur shakli.
Hukmlar ob`ektiv voqelikni qanday aks ettirishlariga qarab CHIN va YOLG`ON
bo`lishi mumkin.
Chin - "Toshkent O`ZBEKISTONning poytaxti".
Yolg`on - "Hech qanday uchburchak o`tkir burchakka ega bo`la olmaydi".
Hukmlar UMUMIY, JU`ZIY va YAKKA bo`ladilar. Umumiy hukmda aks ettirilgan
xususiyat va bog`lanishlar biror sinfdagi barcha narsalarga taalluqli bo`ladi. "Barcha
metallar elektr tokini o`tkazadilar". Ju`ziy hukmlarda tasdiqlash yoki inkor qilish faqat
ayrim narsalargagina taalluqli bo`ladi. "Ba`zi o`quvchilar a`lochilardir". YAkka
hukmlarda tasdiqlash yoki inkor qilish faqat bitta narsaga tegishli bo`ladi. "Salimov A.
a`lochi o`quvchi".
Hukmlar ikkita yo`l bilan hosil qilinadi:
1) bevosita usul bilan, bunda idrok qilayotgan narsalar ifodalanadi ;
2) bavosita usul bilan, ya`ni xulosa chiqarish, mulohaza yuritish yo`li bilan.
Bir yoki bir necha hukmlar asosida yangi hukm keltirib chiqarish - xulosa chiqarishdir.
Masalan, "Barcha metallar elektr tokini o`tkazadilar", "Mis metall". Ana shu ikkita
asosdan yangi hukm - xulosa chiqariladi, "Mis elektr tokini o`tkazadi".
Xulosa chiqarish ikki usul bilan amalga oshiriladi:
1) induktiv xulosa chiqarish va 2) deduktiv xulosa chiqarish.
Induktsiya - ju`ziy hodisalardan umumiy qoidalarga qarata xulosa chiqarish.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
238
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Deduktsiya - umumiy qoidalardan ju`ziy hodisaga, faktga, misolga qarata xulosa
chiqarish.
TAFAKKUR JARAYONLARI
Tafakkur jarayoni (fikrlash) o`ziga xos qonuniyatlarga, qoidalarga bo`ysunadi.
Tafakkur jarayonining mohiyatini tushunish uchun uning qanday kechishini o`rganish
lozim. Tafakkur avvalo analiz, sintez va umumlashtirishdir.
ANALIZ - ob`ektning muayan bir tomonlarini, elementlarini, xossalarini,
munosabatlarini va boshqa shuning kabilarni ajratib olib, o`rganilayotgan ob`ektni
fikran bo`laklarga, qismlarga, elementlarga bo`lish demakdir. Biron narsani analiz
qilish davomida bu narsaning g`oyat muhim, kerakli va qiziqarli va shu kabi muayan
xususiyatlari ajratib olinadi.
SINTEZ. Bir butun narsani analiz qilish natijasida ajratilgan komponentlarni
birlashtirish sintezdir. Analiz va sintez jarayonlari hamma vaqt o`zaro bog`liqdir.
TAQQOSLASH - narsa va hodisalarni bir-biri bilan solishtirib ko`rish va ular orasidagi
o`xshashliklar, tafovutlarni topish. Taqqoslash albatta analiz va sintezni taqoza qiladi.
Narsa va hodisalarni oldin analiz keyin esa sintez kilmasdan turib ular orasidagi
o`xshashlik va tafovutlarni topib bo`lmaydi.
Taqqoslash davomida narsalarni UMUMLASHTIRISH amalga oshiriladi.
Umumlashtirish o`xshash tarzidagi umumiylik va muhim belgi tarzidagi umumiylik
sifatida amalga oshiriladi. Birinchi umumiylik bo`yicha kit baliq hisoblanadi (yuzaki
belgi), ikkinchi umumiylik asosida esa kit sut emizuvchilar sinfiga kiradi (muhim belgi
asosida).
TAFAKKUR TURLARI
Psixologiyada tafakkur turlarining quyidagi sodda va birmuncha shartli
klassifikatsiyasi tarqalgandir:
1) ko’rgazmali-harakat;
2) ko’rgazmali-obrazli;
3) mavhum (nazariy) tafakkur.
KO’RGAZMALI-HARAKAT TAFAKKURI.
Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o`z oldilarida turgan masalalarni dastlab
amaliy faoliyat nuqtai nazaridan echganlar; keyinchalik undan nazariy faoliyat ajralib
chiqqan. Dastlab erni qadamlab o`lchangan, keyinchalik uning asosida geometriya fani
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
239
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
shakllangan. Bu shuni anglatadiki, sof nazariy faoliyat birlamchi emas, balki amaliy
faoliyatning o`zi birlamchidir. Bog`chagacha yosh davrida bolada asosan ko`rgazmali-
harakat tafakkuri ustun bo`ladi. Hamma ish, "o`ylash", bilish jarayoni harakatlar
vositasida amalga oshiriladi.
KO`RGAZMALI-OBRAZLI TAFAKKUR.
Ko`rgazmali-obrazli tafakkur sodda shaklda asosan bog’cha yoshidagi bolalarda
nomoyon bo`ladi. Ularda tafakkurning harakatli shakllari saqlanib qolsa ham, ular
to`g`ridan-to`g`ri yuzaga chiqmaydi. endi bola narsa va hodisalarning bevosita idrok
qilinayotgandagi obraziga suyanib fikr yuritadi. Agar shu yoshdagi bolaga ikkita bir xil
xajmdagi xamirdan qilingan sokka ko`rsatilsa, u ularning tengligini aytadi. Keyin
ularning ko`z o`ngida soqqalardan biri non shakliga keltiriladi. Bolalar yassilantirilib,
non shakliga keltirilgan soqqani ko`p, katta deb ko`rsatadilar (J.Piaje tajribalaridan).
MAVHUM (NAZARIY) TAFAKKUR.
Bolalarning amaliy va ko`rgazmali-obrazli tafakkuri asosida ularda mavhum
tafakkur shakllanadi. Bu mavhum tushunchalarga asoslangan tafakkur. Bolalarning
juda ko`plab fanlardan, o`quv predmetlardan oladigan bilimlari mavhum tushunchalar
yordamida ifodalangan. Predmet va hodisalar urniga ularning nomlari (SO`Z-belgi)
qo`llaniladi. Mavhum tafakkur bolaga endi o`zi yo`q predmetlar bilan ham so`zlar
yordamida (nomlari) ishlash, ular ustida fikr yuritish, tafakkur operatsiyalarini amalga
oshirish imkonini beradi. Shu sababli mavhum tafakkur o`quvchining o`quv va hayot
faoliyatida eng muhim o`ringa ega bo`ladi. Maktabning, pedagoglarning asosiy
vazifalridan biri o`quvchilarning mavhum tafakko`rini rivojlantirish, ularda to`g`ri
shakllangan tushunchalar tizimini hosil qilishdan iboratdir.
TAFAKKURNING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI.
Turli kishilarda tafakkur xususiyatlar turlicha tarkib topgan va turlicha nomoyon
bo`ladi. Bir kishining o`zida ham tafakkurning turli xususiyatlari turlicha nomoyon
bo`ladi. Bularning hammasi tafakkurning individual xususiyatlarining asosini tashkil
qiladi. Tafakkurning individual xususiyatlariga bilish faoliyatining mustaqillik
darajasi, epchillik, fikrlashning tezligi kabilar kiradi.
Tafakkurning MUSTAQILLIGI dastavval yangi masala, yangi muammoni ko`ra
bilish va kuya bilishda, undan sung esa uni o`z kuchi bilan echa bilishda nomoyon
bo`ladi. Tafakkurning mustaqilligida uning ijodiy xarakteri o`z ifodasini topgan.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
240
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Tafakkurning IXCHAMLIGI shundan iboratki, masalani echishning boshda
belgilangan yo`li (rejasi) asta-sekin yuzaga chiqadigan, avvaldan hisobga olib
bo`lmaydigan muammo shartlarini qanoatlantirmasa, ana shu yo`lni o`zgartira olishdan
iboratdir.
Fikrning TEZLIGI biror qarorni qisqa muddat ichida qabul qilish talab qilingan
hollarda talab qilinadi.
Tafakkurning yuqorida ko`rsatilgan barcha va boshqa juda ko`p sifatlari uning
asosiy sifati yoki belgisi bilan chambarchas bog`liqdir. Har qanday tafakkurning eng
muhim belgisi, uning ayrim individual xususiyatlaridan qat`iy nazar, muhim
tomonlarni ajaratib, mustaqil ravishda tobora yangi umumlashtirishlarga kela bilishdan
iborat.
Foydalanuvchi adabyotlar;
1. A. A. Karimov, Tafakkur va uning ahamiyati (2020).
2. M. S. Tursunov, Fikrlash jarayonlari (2019).
3. R. A. Qodirov, Ijodiy tafakkur (2021).
4. D. M. Ismoilov, Tafakkur va jamiyat (2022).
5.
https://arxiv.uz/ru/documents/referatlar/psixologiya/tafakkur-7
