Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
251
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
TUN VA TONG DIALEKTLARINING TARIXIY TARAQQIYOT
BOSQICHLARIDAGI TAHLILI
Toshqulova Zebiniso Baxriddin qizi
Termiz davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tun hamda tong so‘zlarining ma’nolari, ularning
tarixiy asarlarda qanday shaklda ishlatilganligi, ayrim tarixiy asarlaridagi ularning
ma’no ottenkalari, shaxs nomlarida, makon-zamon nomlarini ifodalashda bu
so‘zlardan foydalanilgan qismlarini yoritib berish asos qilib olingan. Bundan tashqari
tun va tongning qismlarining nomlari bilan ham yoritishga, asarlarda ularning
berilishiga ham to‘xtalgan.
Kalit so‘z:
Tun, tong, shaxs nomi, ma’no ottenkalari, kunning qismlari, tunning
qismlari, “Kultegin”, “Qudatg‘u bilig”, mifologiya.
Kunning qismlari sanalgan tun hamda tong dialekti adabiyot yaratilgandan
buyon, ya’ni insoniyat ibtidoiy tarzda hayot kechira boshlaganidan buyon, o‘zini
qurshab turgan dunyonining turli xil mo‘jizalari va ofatlarini o‘rganishga harakat
qilishi natijasidan paydo bo‘lgan turli masaladagi mifologiyalarda ham namoyon
bo‘lgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Vaqtlar o‘tgani sayin insoniyat rivojlanib borganligi, adabiyot sanalmish buyuk
so‘z san’atining ham rivojlanib kamol topib borganligiga guvoh bo‘lamiz, endilikda
insonlar o‘z so‘z san’atlarini adabiyotning ajralmas bo‘laklari bo‘lmish turli janrlarda
ham sinab ko‘rishdi. Bu so‘zlar eng qadimgi she’rlardan tortib, dostonlarda ham o‘z
ifodasini topgan. Davlatning humoyunlari sanalmish hukmdorlar, imperatorlar,
shohlar-u malikalar aynan tong va tun konseptidagi turli xildagi mo‘jiza va
go‘zalliklarga qiyoslanib maqtalgan, qog‘ozlarga muhrlanib qolgan. Bunday
o‘xshatishlari-u qiyoshlashlarning vaqt o‘tgani sayin makon va zamonda semantik
xususiyatlari o‘zgarib, sayqallanib brogan.
Bu borada o‘zbek va jahon adabiyoti vakillari o‘z asarlarida o‘zlarining
mahoratlarini namoyon etib borganlar. Gapimizni qadimgi dunyo tarixi bilian
boshlagan edik, bilaks, adabiyotning eng qadimgi janrlaridan biri sanalmish
mifologiyada bu ikki tushuncha konfilikt kuchlar tarzida ifodalangan. Ezgulik hamda
yozuvlikning kurashi va unga hamisha ezgulikning g‘alaba qozonishiqorong‘u tunning
ortidan, yorug‘ kunning otishi bilan dalillangan. Davrlar o‘tishi bilan bu tushunchalar
o‘zlarining ma’no qirralarini kengaytirib, boyitib brogan, albatta, buni Qalam egalari
o‘zlarining tasavvur olamlari orqali yuzaga keltirganlar. Endi tun va tong hamda bu
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
252
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
so‘zlar bilan mahalliy aholi orasida bir xil ma’no anglatadigan kun va kecha
so‘zlarining tarixiy ko‘rinishi va taraqqiyot bosqichi haqida biroz to‘xtalsak.
Qadimgi turklarda kecha-kunduz quyoshning harakati, kun bilan tunning
almashinuviga qarab o‘lchanadi.
Kečä-kündüz
deganimizning o‘zida bir kunning to‘liq
yigirma to‘rt soati, Yerning o‘z o‘qi tevaragida to‘liq aylanib chiqish vaqti tushuniladi.
Kecha-kunduz boshlab ikkiga bo‘linadi:
Kün – tün. Kün
ning ikki xil ma’nosi bor:
“Kun, Quyosh” hamda “kecha-kunduzning kunduzgi bo‘lagi”
. Uning ikkinchi
ma’nosi asli
“Quyosh”
ma’nosidan urchigan. Kecha-kunduzning kunduzgi bo‘lagini
kün deyishimizning boisi, Kunning yorug‘liq sochib turishi, kunning yorishishiga
nisbatan olingan. [Turkiy tillar tarixi. Qosimjon Sodiqov. O‘quv qo‘llanma. -Toshkent:
2009. 233-bet]
Demak, qadimgi turk astronomik o‘lchoviga ko‘ra kun hozirgiday yarim tundan
(soat 24 dan o‘tib) boshlanmaydi. Yangi kun quyoshning ko‘tarilishidan, kunning
yorishishidan boshlanadi. Kunni qadimgi turkiy tilda
kündüz / küntüz
ham deyiladi.
Bu ham
kün (kun, yorig‘liq
) so‘zidan yasalgan. Solishtiring:
yulduz
–
“yorig‘liq
sochuvchi”
degani.
Tün
so‘zining sinonimi
kečä
bo‘ladi. [Turkiy tillar tarixi. Qosimjon
Sodiqov. O‘quv qo‘llanma. -Toshkent: 2009. 242-bet]
Hozirgi kunda adabiy tilda tong, azon, subh, subhidam, sahar kabi bir qator
so‘zlar kunning erta boshlanish qismi sanaladi. Bular ishlatilishi bilan kunning bir
necha qismlarini ifodalaydi. Shu bilan birga adabiyotlarda, lug‘atlarda ham subhning
ikki qismga bo‘linishini ko‘rishimiz mumkin. Bular: subhi kozzib va subhi sodiq
sanaladi. Ilm-fanda subhi kozzib va subhi soddiq o‘rtasidagi vaqt aniqlab bo‘lmas
darajada qisqa deb aniqlangan.
Mumtoz adabiyot vakillari ijodida bu ikki so‘zning ham mahurat bilan qalamga
olganliklarini ko‘ramiz. Qoraxoniylar davri adabiyoti vakillari sanlamish Mahmud
Koshg‘ariy, (Turkshunoslik ilmining asoschisi bo‘lgan mashhur olim Mahmud
Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘otit turk” (1071-1072) kitobida Alp so‘zini
quyidagicha izohlaydi: “Alp – botir, qahramon”. So‘ngra kitobda Alp Er To‘nga
haqidagi mashhur marsiya keladi.[ Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. Uch
tomlik. 1-tom. S.M.Mutallibov tarjimasi. –T.: O‘zSSR FA nashriyoti, 1960. 77-bet.]
To‘nga (tonga) so‘zi esa devonda quyidagicha izohlanadi: “Tona – yo‘lbars
jinsidan bo‘lgan bir xil hayvon. U filning kushandasidir. Bu so‘zning asosiy ma’nosi
shudir. Lekin bu so‘z turklarda ma’nosi o‘zgargan holda qo‘llanadi. Bu so‘z,
ko‘pincha, odamlarga laqab o‘rnida ishlatiladi. Adibning mana shu qahramonini
tariflashda ham tun leksemasidan unumli foydalangan, biz esa birini misol qilib
keltirmoqchimiz.
Qanda erinch qaniqi,
Emdi o‘zun urg‘urur
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
253
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
[Qayda ekan sevgiliv,
Kechalari
yo‘q uyqu]. [Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. Uch tomlik.
1-tom. S.M.Mutallibov tarjimasi. –T.: O‘zSSR FA nashriyoti, 1960. 332-bet.]
Bundan tashqari bizning tariximiz haqida ma’lumot beruvchi ko‘k turk bitigi
ham mavjud bo‘lib unda siz, qadimgi turkey tilga tegishli bo‘lgan ko‘plab so‘z
shakllari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. “Ko‘k turk” bitigidagi tun so‘zining
ayrim shakllari bilan tanishar ekansiz hozirgi kun shakli bilan u qadar farqlanmasligiga
farqlar faqat harflar yozilishida bor ekanligiga guvoh bo‘lasiz.
Mahmud Ko‘shg‘ariy o‘zining “Devoni lug‘otit turk” asarida quyidagi
misolni keltirib o‘tgan: tünlä keldim – tunda keldim.
Ko‘k
turk
bitiglarida:
Äkinti
kün
kälti,
örtčä
qïzïp
kälti.
–
Ikkinchi
kun
keldi,
yong‘inday
qizib
keldi
(Ton.40). ko‘rinib turibdiki, ikki keltirilgan misolda ham shakl bir xillikni tashkil
etadi.
Yusuf Hos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” [Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig
//Qadimiy hikmatlar. Tuzuvchi: N.Rahmonov. –T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot
va san’at nashriyoti, 1987. 100-bet.] (Fitrat ushbu asarni “Baxtliklanish bilimi” deb
tarjima qilgan) asarining bosh qahramonlari sanalmish Kuntug‘di va Oyto‘ldi nomlari
zamirida ham bu ikki konseptga tegishli bo‘lgan hislatlar asar qahramonlariga fazilat
tarzida ko‘chma ma’noda qo‘llangan. Kunning yorug, iliq, nurli bo‘lishini yer yuzidagi
barcha mavjudot-u mahluqotlarga bir xil tarzda ta’minlaguvchi Quyoshning vazifalari
Kuntug‘di obraziga ko‘chiriladi, bu narsa nafaqat obrazga, balki uning nomiga ham
moslashtirilgan.
Kunning vaqt birligi sifatida
ertä, keč
so‘zlari ham qo‘llaniladi. Bular aslida,
kunduzning vaqtini emas, zamonni bildirgan. Kunning vaqti sifatidagi ma’nosi ana
shuning asosida yuzaga kelgan.
Ertä
so‘zining ilk lug‘aviy ma’nosi
“bo‘lib o‘tgan,
burungi”
degani,
ertäk
so‘zi ham shundan. Yoki
ertäki
deydi, bu
“o‘tgan zamonga oid,
burungi, ilk”
degani. [Turkiy tillar tarixi. Qosimjon Sodiqov. O‘quv qo‘llanma. -
Toshkent: 2009. 245-bet]
Ertä
so‘zi kunning vaqt birligi sifatida
“tong”
ni bildiradi. Muhimi shundaki,
so‘zning har ikkala ma’nosi tilimizda yonma-yon qo‘llaniladi:
ertä taŋ
deganda
“tongning boshlanishi”
yoki
ertä
keldi deganda
“vaqtning boshlanish paytida, hatto
undan ham ilgariroq keldi”
deb tushuniladi. [Turkiy tillar tarixi. Qosimjon Sodiqov.
O‘quv qo‘llanma. -Toshkent: 2009. 246-bet]
Hozirgi o‘zbek tilidagi
ertäläb
so‘zi ham shundan yasalgan
(ertä-lä-b)
: “erta
bilan” degan ma’noni bildiradi.Hozirgi o‘zbek tilidagi
ertäläb
so‘zi ham shundan
yasalgan
(ertä-lä-b): “erta bilan”
degan ma’noni bildiradi [Turkiy tillar tarixi.
Qosimjon Sodiqov. O‘quv qo‘llanma. -Toshkent: 2009. 247-bet].
Keč
so‘zining ham
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
254
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
ilk ma’nosi “
kechgan, bo‘lib o‘tgan”
degani.
Kečki söz
deydi, bu “burungi so‘z,
qadimgi masal, hikmat” degani. Bu so‘z kunning vaqt birligi sifatida “kechib o‘tilgan,
tugagan” ma’nosini bildiradi. Hozirgi o‘zbek tilida u “kunning kechki pallasi”,
“zamonning oxiri” ma’nosida ham yonma-yon qo‘llanilaveradi: keč keldi deganda
“muddati tugash chog‘ida, hatto muddatidan keyin keldi” deb tushuniladi. [Turkiy tillar
tarixi. Qosimjon Sodiqov. O‘quv qo‘llanma. -Toshkent: 2009. 247-bet]
Kečqurun
so‘zi ham shundan yasalgan:
keč-qur-un
. Qur so‘zida
“qorong‘i”
ma’nosi bor, -un – tarixan vosita kelishigi. Hozirgi turk tilida kecha-kunduz bilan
bog‘liq vaqtlar shunday ataladi:
imsaq – sahar, bomdod vaqti, güneš
– kun chiqishi,
öğle
– tush payti,
ikindi
– kunning ikkinchi yarmi, tush bilan kechki payt oralig‘idagi
vaqt, nomozga nisbatan kunning ikkinchi yarmida o‘qiladigan asr nomozi vaqti,
aqšam
– oqshom, shom,
yatsï
– yotar payt,
gecä
– kecha,
gecä yarïsï
– yarim tun. [Turkiy tillar
tarixi. Qosimjon Sodiqov. O‘quv qo‘llanma. -Toshkent: 2009. 248-bet]
Xulosa qilib shuni aytamizki, tun va tong dialekti tarixiy bosqichlar davrida
o’zining shakl-shamoyili qisman o‘zgartirgan bo‘lsa ham, (bu aytim harflar
o‘zgaruvidan iborat) o‘zining ma’no ottenkasini saqlab qolgan. Bundan tashqari bu
ikki so‘z mumtoz adabiyotda oshiq mashuqasinining jamolini ta’rif etishda, uning
sochlari, ko‘z-u qoshlarini tasvirlashda tun qorong‘uligidagi sirlilik va mo‘jizalilikga
qiyoslashda foydalanilgan. Tun insonni turli his-tuyg‘ulari, emotsiyalarini uyg‘otib,
uni turli xildagi o‘ylovlarga g‘arq qilganiday, oshiq ham yor ishida, uning husni,
ohayollari og‘ushida shunchalar taslim bo‘lishini tunning tasviridan foydalanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Turkiy tillar tarixi. Qosimjon Sodiqov. O‘quv qo‘llanma. -Toshkent: 2009.
2.
Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig //Qadimiy hikmatlar. Tuzuvchi: N.Rahmonov.
–T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987.
3.
Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. Uch tomlik. 1-tom. S.M.Mutallibov
tarjimasi. –T.: O‘zSSR FA nashriyoti, 1960.
4.
Toshqulova Zebiniso. (2024). TUN VA TONG OBRAZINING TARIXIY
DAVRLARGA XOS NAMOYON BO‘LISHI .
Uz Conferences
,
2
(4), 413–417.
5.
Xudoyberdiyeva Dinara, Hamidova Nodira, & Toshqulova Zebiniso. (2024).
BADIIY MATNDA RANG-TUS SIFATLARINING USLUBIY
VOQELANISHI .
Uz Conferences
,
2
(4), 209–213.
6.
Узбек тилининг тарихий лексикаси.Тошкент: Фан, 1972
