Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
255
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
EKOLOGIK TARBIYA
Normoʻminov Dilshodning
Umumiy pedagogika "fanidan.
DTPI Pedagogika fakulteti
Jismoniy madanyat talabasi
ANNOTATSIYA:
Ekologik tarbiya va uning ahamiyati, maqsadlari, usullari va
xalqaro tajribalari tahlil qilinadi. Ekologik tarbiya insonlarning muhitni anglashlari va
tabiatni saqlash to'g'risida bilimlarini oshirishga yordam beradi. Bunday tarbiya,
avvalo, yosh avlodni tabiiy resurslarni tejashga va ekologik muammolarni hal qilishga
tayyorlaydi.
Kalit so`zlar:
Ekologik tarbiya, atrof-muhit, tabiat, ekologik muammolar, ijtimoiy
mas'uliyat, ta'lim, inson.
АБСТРАКТНЫЙ:
Анализируются экологическое образование и его значение,
цели, методы и международный опыт. Экологическое образование помогает
повысить осведомленность людей об окружающей среде и знания об охране
природы. Такое образование, прежде всего, готовит молодое поколение к
сохранению природных ресурсов и решению экологических проблем.
Ключевые слова:
Экологическое образование, окружающая среда, природа,
экологические проблемы, социальная ответственность, образование, человек.
ABSTRACT:
Ecological education and its importance, goals, methods and
international experiences are analyzed. Environmental education helps to increase
people's awareness of the environment and knowledge about nature conservation. Such
education, first of all, prepares the young generation to save natural resources and solve
environmental problems.
Key words:
Ecological education, environment, nature, ecological problems, social
responsibility, education, human.
Kirish
Ekologik tarbiya - bu insonlarning atrof-muhitga bo'lgan munosabatini
rivojlantirish, tabiatga zarar yetkazmaslik va barqaror rivojlanishni ta'minlashga
qaratilgan ta'lim jarayoni. Bugungi kunda, global isish, ekologik muammolar va inson
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
256
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
faoliyatining tabiatga ta'siri ortib borayotganligi sababli, ekologik tarbiyaning
ahamiyati beqiyosdir. Har bir inson ekologik mas'uliyatini anglab, atrof-muhitga e'tibor
berdi, buni o'z hayotida tatbiq etishi lozim.
Ushbu maqolada, ekologik tarbiyaning asosiy tamoyillari, metodlari va jahon
tajribalari haqida ma'lumot beriladi. O'zbekiston kabi mamlakatlarda ekologik
tarbiyani qo'llab-quvvatlashning qanday yo'llari borligi hamda uning samarasini
ko'rish imkoniyatlari mulohaza qilinadi.
Asosiy qism
Ekologik tarbiyaning maqsadi, insonlarning ekologik bilimlarini oshirish,
ekologik mas'uliyatni shakllantirish va atrof-muhitni muhofaza qilishdir. Buni amalga
oshirish uchun, ta'lim jarayonida turli usullar, o'yinlar, tabiat bilan bevosita
munosabatda bo'lish imkoniyatlari va amaliy tadbirlar qo'llaniladi.
1. Ekologik ta'lim dasturlari: Har bir ta'lim muassasasi o'z o'quv dasturiga ekologik
ta'limni kiritishi, darslarda ekologik mavzularni muhokama qilishi zarurdur.
2. Ommaviy tadbirlar: Ekologik tozalash, daraxt ekish kabi tadbirlar, o'z navbatida,
yoshlarni tabiatga nisbatan mas'uliyatli munosabatda bo'lishga undaydi.
3. Axborot tarqatish: Maktablarda, kollej va universitetlarda talabalar uchun ekologik
muammolar bo'yicha ma'lumotlar simpoziumlari va seminarlari o'tkazilishi lozim.
Ushbu tadbirlar orqali, ekologik tarbiyani kuchaytirish orqali jamiyatga foyda
keltiradigan barqaror rivojlanish imkoniyatlari yaratiladi.
1. Ekologik ta'lim-tarbiyannig mohiyati. O'zbekiston Respublikasi rahbariyati
tomonidan chiqarilgan ko'p qarorlarda tabiat muhofazasiga oid ishlarni kengaytirish va
takomillashtirish hamda bu soha bo'yicha mutaxassislarni fan-texnika taraqqiyoti
talabiga javob beradigan darajada tayyorlash ko'zda tutiladi. Bu muammolarning hal
bo'lish mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yangi bosqichga ko'tarishda
koinotning bir qismi bo'lmish ona tabiatimizni saqlash, uning tabiiy boyliklaridan rejali
va tejamkorlik bilan foydalanish, tirik jonzotlar; shu jumladan, inson uchun toza havo,
suv va tuproq, o'simlik va hayvonlarning yashash muhitini saqlashda kerak.
Mamlakatimizda fan-texnika, ishlab chiqarishda moddiy va ma'naviy
kuchlarning rivojlanishi uchun ma'lumotli ekolog tarbiyachilar, ekolog-pedagoglar,
ekolog-texnologlar, ekolog-injener, ekolog-instruktorlarning bo'lishi hozirgi zamon
talabi bo'lib qoldi.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
257
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Xalq xo'jaligining turli sohalari o'yicha ma'lumotli, tajribali ekolog-agroximik,
ekolog-entomolog, ekolog-agrobiologlar kerak bo'lib, ular ish jarayonida kelib
chiqadigan har xil muammolarni echish borasida ekologik chora-tadbirlarni qo'llab,
atrof muhit muhofazasiga oid ekologik ta'lim-tarbiya oila, bog'chalar, maktablar, oliy
va o'rta maxsus o'quv yurtlari, turli korxonlar, tashkilotlarda uzluksiz olib borilishi
kerak. Natijada o'rta va oliy ma'lumotli mutaxassislar bilan hamjihatlikda qishloq
xo'jalik, turli yo'nalishdagi og'ir va engil sanoat korxonalari, transport xo'jaliklarida
ekologik tozalikka rioya qilgan holda ish olib boradilar.
Kelajakda etishib chiqadigan turli sohadagi ekologlar zamonaviy fanlardan
ma'lumot oladilar, fan-texnika yutuqlari bilan tanishadilar. Bog'cha, maktab,
korxonalarda ishlab chiqarish tajribasini o'tib, o'zlarining amaliy qobiliyatlarini
oshiradilar. Yuqori darajali yosh mutaxassislar bo'lib, tabiat va jamiyat qonunlarini
mukammal o'rganib, atrof muhit muhofazasini ijobiy hal etadilar.
Ekologik ta'lim-tarbiyaning nazariy asosi – atrof muhit muhofazasiga oid
ta'limni bog'cha, maktab, katta-kichik o'quv yurtlari, oliy o'quv yurtlarida ma'lum o'quv
reja va dasturlari asosida olib borish hamda malakali mutaxassislar tayyorlashdan
iborat. Yig'ilgan tajribalar umumlashtirilib, bir pedagogik shaklda keltirilib, o'quv
dasturi, darsliklar tuziladi.
2. Ekologik tarbiyaning maqsadi va vazifalari. Ekologik ta'lim-tarbiyaning
asosiy vazifa va maqsadlari insonni tabiat bilan va unda sodir bo'layotgan voqeliklar
bilan qiziqtirish, inson, tabiat o'rtasidagi muammolarning kelib chiqish sabablarini
aniqlash, echish yo'llari, chora-tadbirlarini topish yetarli ekologik bilimlarga ega
bo'lgan holda atrof muhit muhofazasini amalga oshirishdir. Ekologik ta'lim tarbiyaning
vazifalari quyidagilardan iborat:
jamiyat va tabiatning rivojlanish qonunlari; ular o'rtasidagi munosabatlarni chuqur
o'rgatish va zamonaviy fikrlay oladigan shaxsni tayyorlash;
ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish va ishlab chiqarish kuchlarini yo'naltirishda turli tabiiy
hududlarning ekologik holatini biladigan va kelajakning ekologik rejasini tuzadigan
avlodni tayyorlash;
har bir inson, jamiyat va jamiyat ichidagi turli guruhlar, toifalar, sinflarning o'zlari
yashab turgan tabiat, uning boyliklarni saqlashga xizmat qiladigan yoshlarni etishtirish;
jamiyat a'zolariga o'zlarining ijtimoiy, madaniy, diniy qarashlari va urf-odatlarini
rivojlantirishda yashab turgan joy, vodiy, adirlar, tog'larning go'zalligi, ularning inson
xayoti va saloamatligidagi ahamiyatini tushuntirish ishlarini olib borish.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
258
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda bog'cha tarbiyachilari, maktab va o'quv
yutrlari o'quvchilari, turli o'yinlar, kinotfilmlar orqali tabiiy va ijtimoiy fanlarni o'tishda
o'zlari yashab turgan joydagi tabiiy voqelik va ekologik holatlarga bog'lab, ta'lim-
tarbiya ishlarini olib borishi xamda darslar o'tishi kerak.
Shunday ishlar amalga oshirilganda har bog'cha bolasi, maktab o'quvchisi va
talabalar o'simlikning qurishi, qushning ucholmasligi, adir yoki to'qayning yonishi,
suvning befoyda oqishiga befarq bo'lmaydi. Tabiat, uning jonzotlariga, o'zi ichadigan
suvga nisbatan joni achiydi, ahvolni yaxshilash uchun ichki intilish tuyg'usi vujudga
keladi. Bu esa insondagi yangi biologik kuchdir. Uning yangi aql-zakovatining
inqilobi, ekologik ta'lim-tarbiyaning g'alabasi bo'ladi.
Ekologik ta'lim asosida inson, jamiyat a'zolarini tabiat va uning boyliklarini
saqlash, tejamkorlik bilan foydalanishda to'g'ri va oqilona yo'l tutishi, amaliy ishlarni
muhit muammolarini echishga bag'ishlashi, shaxsning ekologik ta'limoti, tarbiyasi va
madaniyatiga befarqdir.
3. Ekologik ta'lim-tarbiyaning yunalishlari. Ekologiyaning ta'lim-tarbiyaning
asosiy yo'nalishlaridan biri jumhuriyatimizda tabiatni saqlash, uning turli boyliklaridan
tejamkorlik bilan foydalanish borasida uzluksiz ekologik ta'limni tashkil qilish va shu
sohaga oid umumiy ta'limni bog'chadan tortib turli korxonalarning xizmatchilari,
rahbarlari orasida olib borishdan iborat.
Бунинг учун қуйидаги ишларни амалга ошириш шарт:
Tabiat muhofazasiga oid ekologik ta'lim-tarbiyani kuchaytirish va to'g'ri yo'lga
qo'yish uchun pedagogik tajribalar, kuzatishlar olib borish bilan bir qatorda o'quv
darsliklarini yaratish, etarli darajadagi yuqori ma'lumotli mutaxasislar tayyorlash shart;
Ekologik ta'lim-tarbiyani hamma joyda aholining turli guruhlari o'rtasida
uzluksiz olib borish, o'quvchilarga tabiatga mehr-muhabbat uyg'otish, ularning
malakalarini oshirish, tabiiy boyliklarni saqlash, tejash borasida yoshlarni ekologik
iqtisodchi qilib yetishtirish kerak;
Voqelikni o'rganish, muhitni muhofaza qilish borasida bog'cha, maktab
bolalaridan toritib, yuqori yoshdagi rahbarlarda ekologik ta'lim-tarbiyaga nisbatan
chidam, bartosh, toqat ko'nikmalar hosil qilib, ularga atrof-muhitga oid ta'lim
beradigan qisqa va ko'p yillik kurslarni tashkil qilish shart;
Ekologik ta'lim-tarbiya olgan kishilar o'zlari yashab turgan joylarning ekologik
holatidan xabardor bo'lishlari, yoshlarga o'rgatishlari, tabiatda biror-bir ekologik
o'zgarish sodir bo'lsa, kerakli tashkilotlarga xabar berish yo'llarini bilishlari kerak.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
259
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
4. Ekologik ta'lim-tarbiyani o'quv muaassalarida olib borish. Ekologik ta'lim-
tarbiyani bog'chalar va maktablarda olib borish yo'llari. Tabiat, uning go'zalligi va
tabiiy boyliklarni saqlash borasidagi ishlarni oila, bog'cha bolalari va maktab
o'quvchilari orasida olib borishdan boshlab, yosh va o'sib kelayotgan avlodni atrof
muhit, undagi o'simlik, hayvon, suv va tuproqqa mehr-shafqatli, ularni asraydigan,
boyitadigan jonkuyar qilib tarbiyalash kerak.
Shu maqsadlarga erishish uchun bog'cha bolalarini maxsus «Ekologik ta'lim-
tarbiya metodikasi», «Tabiat bilan tanishish» kabi dasturlar asosida tarbiyalash hamda
turli o'yinlar vositasi bilan tabiatga oid ekologik ta'lim elementlarini bolalar ongiga
singdirish kerak;
Bolalarda tabiatga nisbatan mehr-muxabbat uyg'otish borasida olib boriladigan
ishlar maxsus metodik qo'llanmalar, tavsiyalar, «Atrofimizdagi olam», «Atrofimizdagi
tabiat», «Tabiatshunoslik» kabi o'quv-o'yin materiallari asosida oddiy, sodda va
tushunarli formalarda olib borilishi kerak;
Bolalarga atrof muhit borasida ekologik ta'lim-tarbiya beradigan tarbiyachi va
metodistlarning o'zlari maxsus kurslarni tamomlagan, tajribali mutaxasislar bo'lishlari
shart;
«Ekologik ta'lim va tabiya uslubi» dasturi asosida tarbiyachilarni qayta
tayyorlash kurslari, leksiyalar, tajriba almashish seminarlari tashkil qilib,
xizmatchilarning bilim va saviyalari, ishlash qobiliyatlarini oshirish kerak;
Maktablarda «Atrofimizdagi olam», «Tabiatshunoslik» o'quv kitoblari asosida
«atrof muhit», «tabiat», «atrof muhit muhofazasi», «ekologiya», «ekologiya
ziddiyatlari» kabi tushunchalar botanika, zoologiya, adabiyot, kimyo, fizika va
ayniqsa, «Umumiy biologiya» fanlarini o'tishda alohida o'rin olishi kerak;
Maktab o'quvchilarini tabiat, agrotsenozlarga, ekskurssiyalarga olib chiqishda
atrof muhit holati, uning muxofazasi alohida o'rin olishi, o'quvchilar shu ekskursiya
davomida o'zlari yashayotgan joyning tabiati, uning ekologik holati, unga ta'sir
qilayotgan salbiy va ijobiy omillar, tabiat boyliklarini saqlash va boyitish borasida
chora-tadbirlar ko'ra bilish bo'yicha bilim, ko'nikmalar va fikrlash qobiliyatiga ega
bo'lib, ekskursiyadan qaytishlari kerak;
Maktab va litsey o'quvchilari «yosh tabiatshunoslar», «Yashil patrullar»
«Jonivorlarni asrovchi jonkuyarlar», «Ona-er patrullari», «Toza havo», «Moviy suv»
patrullari, sog'lomlashtirish lanerida tuzilgan «Tabiat va fantaziya», «Yosh fenologlar»,
«Tabiatni muhofaza qilish» kabi to'garaklarda maxsus tayyorlagan «Yosh ekologlar»,
«Tabiatni muxofaza qilish» kabi to'garaklarni maxsus tayyorlagan «Yosh ekologlar»
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
260
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
o'quv dasturi asosida atrof muhit muammolarini har tomonlama o'rganib borishlari
kerak;
XXI - asr ekologiya asri bo'lishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatiga
ziyon etkazmasdan o'zgartirish, tabiiy boyliklaridan okilona foydalanish va yashash
muhitini saqlashdek muqaddas ishga o'zining munosib hissasini qo'shishi lozimdir.
Foydalangan adabyotlar;
1.
Jumanov, B. (2022). Ekologik tarbiya: nazariya va amaliyot. Tashkent: O‘zbekiston
davlat nashriyoti.
2. Karimov, R. (2021). Inson va tabiat: muammolar va yechimlar. Tashkent: Toshkent
davlat pedagogika universiteti nashri.
3. "Global Ecological Education" yangiliklari. (2023). URL:
4. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik
shartlari va taraaqqiyot kafolatlari. -T.: O'zbekiston,
5. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. -T.: O'qituvchi, 1991.
6. Novikov Yu.I. Oxrana okrujayuey sredi. –M.: Vishaya shkola, 19987.
7. Egamberdiev R. Ekologiya. –T.: O'zbekiston, 1993.
8. Tursunov X.T. Ekoloiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Saodat RIA, 1997.
9. Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Yangi
asr avlodi, 2005.
10. To'xtaev A., Xamidov A. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.:
O'qituvchi, 1995.
11. Otaboev Sh., Nabiev M. Inson va biosfera.-T.: O'qituvchi, 1995.
12. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. –Qarshi: Nasaf,
13. To'xtaev A. Ekologiya.-T.: O'qituvchi, 1998.
