Authors

  • Almardanov Inomiddin
    Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti 4mm-24 gurux talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.62973

Keywords:

mustaqillik millat vatan mustaqil davlat O’zbekistonning yangi tarixi

Abstract

O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi tarixiy-huquqiy fan sifatida 
milliy davlatchilik va huquqiy tizimning shakllanishi va rivojlanish jarayonlarini 
o‘rganishga qaratilgan. Ushbu fan mustaqillik davrida alohida ahamiyat kasb etib, 
davlat huquqi tarixining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi.


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

284

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI TARIXI TARIXIY-HUQUQIY FAN

Almardanov Inomiddin

Boyto’rayev Sirojiddin

Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti

4mm-24 gurux talabasi

inomiddinalmardanov@gmail.com

Anotatsiya

: O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi tarixiy-huquqiy fan sifatida

milliy davlatchilik va huquqiy tizimning shakllanishi va rivojlanish jarayonlarini
o‘rganishga qaratilgan. Ushbu fan mustaqillik davrida alohida ahamiyat kasb etib,
davlat huquqi tarixining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi.

Abstract:

The history of the state and law of Uzbekistan as a historical-legal

discipline focuses on studying the formation and development of the national statehood
and legal system. This field has gained particular importance during the independence
period, playing a key role in understanding the unique characteristics of the state's legal
history.

Аннотация:

История государства и права Узбекистана как историко-

юридическая дисциплина ориентирована на изучение формирования и развития
национальной государственности и правовой системы. Данная область
приобрела особое значение в период независимости, играя ключевую роль в
понимании уникальных черт истории государственного права.

Kalit so’zlar:

mustaqillik, millat, vatan, mustaqil davlat, O’zbekistonning yangi

tarixi

Keywords

: Independence, nation, homeland, sovereign state, the modern history

of Uzbekistan

Ключевые слова:

Независимость, нация, родина, суверенное государство,

новая история Узбекистана

Har bir millatni, har bir davlatni o‘z tarixi bor, Jumladan O‘zbekiston ham

o‘zining ko‘hna va boy tarixiga ega bo‘lgan mustaqil davlatdir.


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

285

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Yurtboshimiz ta’kidlab o‘tganidek, “O‘zlikni anglash tarixni bilishdan

boshlanadi...” tarix saboqlari insonni xushyorlikka o‘rgatadi, irodasini
mustahkamlaydi. Inson uchun tarixdan judo bo‘lish, hayotdan judo bo‘lish demakdir”.

Shunday ekan O‘zbekiston davlati va huquqi tarixini bilish avvalo hozirgi

mustaqil davlatchiligimiz va huquqimiz rivojlani-shi uchun asosiy vosita, kuch
hisoblanadi. Mustaqil O‘zbekiston davlati va huquqini paydo bo‘lishi va rivojlanishida
O‘zbekiston davlati huquqi tarixini, ularning qanday kelib chiqqanligi, o‘z
rivojlanishida qanday bosqichlarni bosib o‘tganligi, ularning paydo bo‘lishiga, tashkil
topishiga va rivojlanishiga qanday sabablar ta’sir ko‘rsatganligini bilish muhim
ahamiyat kasb etadi.

Ushbu fanning asosiy vazifasi O‘zbekiston hududidagi qadimgi davlatlardan to

hozirgi kungacha mavjud bo‘lgan davlat va ularning huquqlari rivojlanishining
umumiy qonuniyatlarini alohida davlatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini olishdan
iborat. Tarixshunos olim A.Ibroximovning fikricha “O‘zbek xalqi jahon xalqlari
orasida birinchilardan bo‘lib, turkiy xalqlar o‘rtasida birinchi bo‘lib, o‘troqlashgan,
madaniy turmush kechiruvchi jahon tsivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan millat”...

Haqiqatdan ham turkiy xalqlar, ularning o‘zagini tashkil qilgan o‘zbek xalqi

o‘zining boy madaniy-ma’naviy merosiga ega. Bu xalq orasidan yetishib chiqqan
alloma, mutafakkirlarning boy ilmiy merosida milliy davlatchiligimiz tarixiy asoslari,
g‘oyalari yozilgan.

Ushbu fan Vatanimiz hududida tashkil topgan barcha davlatlarning davlati va

huquqi tarixi, shuningdek alohida o‘ziga xos bo‘lgan davlatlarning davlati va huquqini
o‘rgatadi. Mazkur fan umumiy tarix fanidan farqli o‘laroq, jamiyatni to‘la butunligicha
o‘rganmaydi, balki davlat va yuridik muassasalarning murakkab tizimining tarixiy
rivojlanish jarayonini hamda huquqi, ularning alohida sohalari va institutlarining kelib
chiqishi, taraqqiy etish jarayonini o‘rganadi.

O‘zbekiston davlat va huquqi tarixi fani O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan

davlat va huquq masalalarini, ularning ma’lum rivojlanish bosqichidagi ko‘rinishlari,
shakllari va rivojlanishini o‘rganar ekan, ko‘plab dalillarga, davlatlar, tabaqalar va
boshqa vositalarga tayanadi, ilmiy-tarixiy, nazariy jihatdan asoslanadi. Shu bilan birga
davlat va huquqning tarixiy rivojlanish qonuniyatlarini aniqlashni asosiy vazifa qilib
qo‘yadi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi fani

barcha tarixiy jarayonlarni o‘zida mujassam etgan fan bo‘lib, jamiyat tarixi bilan uzviy
bog‘liq. Jamiyatdan tashqari davlat va huquq bo‘lmaganidek, davlat va huquqning


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

286

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

undan alohida, ajratilgan, holda tarixning bo‘lishi mumkin emas, chunki davlat va
huquq jamiyatning o‘z mahsuli o‘z kashf etgan siyosiy tashkiloti hamda unga xizmat
qiluvchi qoidalar to‘plamidir. O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi fani jamiyat
taraqqiyoti bilan uzviy ravishda mamlakatimiz hududida qadimdan to shu kungacha
bo‘lgan turli davlatlarning huquqiy tizimlarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi
qonuniyatlarini o‘rganadi.

O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi fanining vazifasi hozirgi O‘zbekiston

qo‘hna Turon doirasida tashkil topgan qadim davlatlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumi
hamda huquqiy masalalari haqida bilim berish, (Xorazm, qadimgi Baqtriya, So‘g‘d)
qadimgi davlatlar (mil.avv. IV asr millodiy IV asr) Xorazm, qang‘, Farg‘ona (Davan);
ilk (V-VIII asr) va rivojlangan (VIII-XIII asr boshlari) O‘rta asrlarda o‘zbek
davlatchiligi, Temur va temuriylar davri (XIV asr o‘rtalari XV asr) davlati va huquqi;
XVI-XIX asr boshlaridagi davlatchilik; Chor Rossiyasi davrdagi davlatchiligimiz
tarixi va huquqi haqida bilimlar berish; o‘zbek davlatchiligi va qonunchiligi tarixiga
oid manbalar :“Avesto”, “Qur’oni karim”, “Zafarnoma”, Gerodot, Ktesiy, Rim, Xitoy,
Yunon tarixchilarining ma’lumotlari asosida nazariy bilimlar berishdan iborat.
Shuningdek, ushbu fan bugungi kunda O‘zbekiston davlati va uning amalda bo‘lgan
huquq tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlarini yangi huquq institutlari faoliyatini
anglash, ular haqidagi nazariy bilimlar berish bilan birga bo‘lajak huquqshunoslarda
davlat va huquq tarixini yangicha tahlil qilishga, ularning eng qadimgi davrdan to shu
kungacha bo‘lgan taraqqiyoti tarixiy yaxlit uzviylikda tushuntira bera olish malakasini
shakllantirishni asosiy vazifa qilib oladi.

O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi fani ijtimoiy fan bo‘lib, davlatchilik tarixini

va huquqini o‘rganadi , shuning uchun ham bu fan yuridik fanlar qatori tarixiy-huquqiy
fan hisoblanadi. Bu fan davlat va huquq tarixini keng, tarixiy va daliliy manbalarga
asoslanib, taxlil qilib, davlat va huquqning vujudga kelishini; birin-ketin rivojlanishini,
ularning sabablarini, mohiyatini, mazmun va shakllarini turli rivojlanish bosqichida
davlat va huquq sohalarining mohiyatini ochib beradi. Mazkur fan yuridik va ijtimoiy
fanlar bilan o‘zaro bog‘liq va aloqador. O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi fani
Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi fani bilan chambarchas bog‘liq. Bularning
har ikkisi ham tarixiy-huquqiy fan oldida turgan vazifalarni hal qilishda o‘zaro
qiyoslash, taqqoslash bilan birga hal qiladi, lekin o‘rganadigan masalalari doirasida bir-
biridan farq qiladi.

Shuningdek O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi fani davlat va huquq nazariyasi

fani bilan ham uzviy bog‘liq. Davlat va huquq nazariyasi fani davlat va huquqni
rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Davlat va huquq tushunchalari toifalarini


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

287

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

tizimini ishlab chiqadi, bu tushunchalar esa mazkur fanda keng o‘rganiladi.
O‘zbekiston davlati va huquq tarixining siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi fani bilan
ham o‘zaro aloqador. Zero, siyosiy-huquqiy ta’limotlar tarixi qadim zamonlardan to
hozirgi kunga qadar mavjud bo‘lgan davlat va huquq haqidagi g‘oyalar taraqqiyotini
o‘rganar ekan, bunda davlat va huquqiy ta’limotlarning kelib chiqishi va rivojlanishi,
ijtimoiy samaradorligini tarixiy va xronologik tarzda o‘rganadi.

O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlar umumiy tarix,

falsafa, iqtisod nazariyasi, mantiq kabi fanlar bilan uzviy bog‘langan. O‘zbekiston
davlati va huquqi tarixi fanini ham o‘ziga xos o‘rganish usullariga ega. Ushbu usullar
orqali muayyan-tarixiy davlatning huquqiy hodisalarini, keng ma’noda tarixiy-huquqiy
fanning poydevori hisoblangan tarixiy faktlarni bilish vositalari, usullari ko‘llab
chiqiladi.

Fanlar uchun umumiy ilmiy bo‘lgan analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya,

analogiya, mantiqiylik va tarixiylik, mavhumlikdan aniqlikka borish va boshqalar
umumiy usullar ushbu fan uchun taalluqlidir. Yuqoridagi usullar bevosita dialektik usul
bilan bog‘langan. Dialektik usul real olamni ilmiy bilishning eng umumiy usuli bo‘lib,
barcha fanlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Davlat va huquq rivojlanadi, o‘zgaradi
bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tadi bu dialetik usuldir.

Dialektika hodisalarni rivojlanishida, boshqa hodisalar bilan aloqadorlikda, bir-

biri bilan bog‘liq holda, harakatda miqdoriy va sifat o‘zgarishida olib qaraydi. U real
mavjud, muayyan vaziyatda, muayyan vaqtda va hududda vujudga kelgan. Ularni
tushunish uchun ularni vujudga keltirgan sharoitni, mavjud bo‘lgan va yashayotgan
davrni o‘rganish lozim.

O‘rganishni analiz (tahlil qilish) usulida davlat va huquq tarixida yuz bergan

voqea, hodisa, jarayonlarni tarkibiy qismlariga tomonlarga fikran ajratish, bu tarkibiy
qismlarning mazkur hodisadagi voqeadagi, jarayondagi o‘rnini belgilash, hal qiluvchi
darajalarga ajratish o‘rganiladi. Tarkibiy qismlarni sintez qilish (umumlashtirish)
uchun analiz qilinadi. Turli davrda davlat va huquqni kelib chiqishi va rivojlanishi
xilma-xil xususiyatlarga ega. Murakkab bo‘lgan davlat va huquq tarixi hodisalarini
o‘rganish va bilish, ular to‘g‘risidagi tushunchalarni chuqurlashtirish uchun davlat va
huquqning tarixini alohida-alohida tarkibiy qismlarga ajratib analiz qilish zarur
bo‘ladi.Alohida bir davlat va huquqning kelib chiqishi va rivojlani-shining o‘ziga xos
xususiyatlarini to‘liq o‘rganish uchun sintez usulidan foydalaniladi.

Sintez-

davlat va huquq tarixida yuz berayotgan voqea-hodi-salarni

jarayonlarning qismlarini, tomonlarini fikran birlashtirish asosida yangi bilimlarga,


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

288

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

ya’ni yangilikka xos umumiy xususiyat-larni va alohida davlatlardagi o‘ziga xos
xususiyatini o‘rganadi.

Analiz tadqiqot jarayonida bilishning tayyorgarlik ko‘rish bosqichi hisoblansa,

sintez uni yakunlaydi. Analiz va sintez natijasida davlat va huquq tarixi bo‘yicha
umumiy tushuncha, muhokamalarni tarkib topib, ular yordamida davlat va huquq
rivojlanishining o‘ziga xos va umumiy sifatlari va qonuniyatlari aniqlanadi,
shakllanadi. Analogiya usulida davlat va huquq rivojlanishining turli davlatlardagi
biror xususiyatlarini o‘xshashligi o‘rganiladi. Analogiya-da ikki yoki bir necha
davlatning ayrim olingan davrda, turli rivojlanish bosqichlaridagi davlati va huquqi
rivojlanishining o‘xshash xususiyatlari o‘rganiladi.

Tarixiylik metodi – davlat va huquqning kelib chiqish va uning rivojlanib borishi

aniq vaqtini, davrini bilish usulidir. har bir davlat huquqiy hodisani tarixiy nuqtai
nazardan aniq tajribaga asoslanib o‘rganiladi. Tarixiylik usulining o‘ziga xos
xususiyati tarixiy harakatni uning butun boyligi bilan payqab olishga intilishdir.
Umuman olganda tarixiy metod - davlat va huquqning tarixiy rivojlanishidagi turli
bosqichlarni xronologik izchilikda o‘rganishni taqozo etadi.

Mantiqiylik usuli predmetning nazariy shaklda tadqiq qilish usuli hisoblanadi. U

tadqiqot ob’ektining eng muhim aloqalarini bilib olishga imkon beradi.Mantiqiy bilish
usuli davlat va huquqning tarixan ob’ektiv real mavjudligini, ularning o‘zaro
aloqalarining turli-tumanligi-ni aks ettirish vazifasini bajaradi.

Mantiqiy metod - davlat va huquq ob’ektining mohiyatini, asosiy mazmunini

nazariy shaklda, abstraktsiyalar, mantiq qonuniyatlari asosida o‘rganadi. O‘zbekiston
davlati va huquqi tarixi kursi xronologik izchillikda davrlarga bo‘lingan. Insoniyat
jamiyati taraqqiyoti qadimgi, o‘rta asarlar, yangi davr va eng yangi davrlarga bo‘lib
o‘rganilgan. Ushbu davrlarning har biri davlat va huquqning rivojlanishidagi alohida
tarixiy bosqich hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib O‘zbekiston davlati va
huquqi tarixi fanini quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganish mumkin:

1.

Qadimgi Turon davlati va huquqining paydo bo‘lishidan to o‘rta asrlargacha

ya’ni (VI-XIII asrlar)

2.

O‘rta asarlarda Movarounnahrda davlat va huquq (XIII asrgacha)

3.

Markazlashgan davlatni tashkil topishi, ya’ni Temur va temuriylar davlati va

huquqi (XIV asr o‘rtalari XV asr)

4.

Movarounnahr va Xuroson davlati va huquqi. Xonliklarning tashkil topishi

(XV-XIX asrning 1-yarmi)


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5

289

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

5.

Chor Rossiyasi davrida Turkiston davlati va huquqi, mustaqillik yillarida

O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi.

O‘quv kursi davlat va huquq tarixi masalalariga quyidagi tizim asosida

yondoshiladi: a) o‘rnatilayotgan davlatning tashkil topishi, ijtimoiy tuzumi, davlat
tuzumi, davlatning tipi, boshqarish shakli, armiyasi, politsiyasi, sud tuzilishi va
mahalliy hokimiyati, boshqaruv organlari, huquqining asosiy manbalari sohalari va
institutlari.Ayrim adabiyotlarda, ayrim olimlarni fikriga ko‘ra, O‘zbekiston davlat va
huquqi tarixini davrlarga bo‘lish ko‘p yoki kamligi uchrab turadi. Ammo bu davrlarni
yirikroq yoki maydalashishi fan-ning asosiy mazmuniga ta’sir qilmaydi.

Mazkur fanning asosiy manbalari: “Avesto”, “So‘g‘d” hujjatlari, klassik tarixchi

olimlar asarlari, “Qur’oni Karim”, “hadislar” to‘plami, “Zafarnoma”lar, sud-notarial ,
vaqf, savdo yer va boshqa huquqiy hujjatlar, “Temur tuzuklari”, turli davrlarda qabul
qilingan turli “Nizom”lar, TASSR, XXSR, BXSSR Konstitutsiyalari, 1927, 1937, 1978
yillardagi konstitutsiyalar shuningdek, Mustaqillik asoslari to‘g‘risidagi qonun, 1992
yildagi Konstitu-tsiya hamda shu yillarda qabul qilingan huquq institutlarining amal-
dagi qator qonunlari va ayniqsa yurtboshimizni nufuzli anjumanlarda o‘zbek
davlatchiligi va tarixiga oid qator ma’ruzalari, hamda asarlari kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1.-T., 1996
y.

2.

Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. T.5.-T., 1997 y.

3.

Karimov I.A. Havfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T.10.-T., 2002 y.

4.

4.Karimov I.A.Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va

yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. T: ’’O`zbekiston’’ 2005 - 96
bet
5.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T: «O’zbekiston” 2003 yil.

6.

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi. O`zbekiston

Respublikasi Oily Majlisining ahborotnomasi. 1997 yil 9-son
7.

.Saidov A.X.Hozirgi zamon huquqiy tizimlari T: TDYU 2004 – 428 B

8.

Saidov A.X.Xalqaro huquq. 2-tom T: 2001 yil

9.

Raxmonqulov X.-A. Mustaqil O`zbekiston yangi huquq tizimining shakillanishi va

rivojlanishi. “O`zbekistonda ijtimoiy fanlar”. 2006 yil 4-5 sonlar 8-14 betlar

References

Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1.-T., 1996

y.

Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. T.5.-T., 1997 y.

Karimov I.A. Havfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T.10.-T., 2002 y.

4.Karimov I.A.Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va

yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. T: ’’O`zbekiston’’ 2005 - 96

bet

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T: «O’zbekiston” 2003 yil.

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi. O`zbekiston

Respublikasi Oily Majlisining ahborotnomasi. 1997 yil 9-son

.Saidov A.X.Hozirgi zamon huquqiy tizimlari T: TDYU 2004 – 428 B

Saidov A.X.Xalqaro huquq. 2-tom T: 2001 yil

Raxmonqulov X.-A. Mustaqil O`zbekiston yangi huquq tizimining shakillanishi va

rivojlanishi. “O`zbekistonda ijtimoiy fanlar”. 2006 yil 4-5 sonlar 8-14 betla