YASHIL ENERGIYA – BU ZAMON TALABI

Аннотация

21-asrga kelib dunyoning rivojlangan davlatlari dunyodagi ayrim ekologik muamolarni bartaraf qilish maqsadida issiqlik energiyasida  asta sekinlik bilan voz kechmoqda. Jumladan yurtimizda ham yashil iqtisodiy ko’rsatkichlar jaddalik bilan o’sishda davom etmoqda

ACUMEN: International journal of multidisciplinary research
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

21-asrga kelib dunyoning rivojlangan davlatlari dunyodagi ayrim ekologik muamolarni bartaraf qilish maqsadida issiqlik energiyasida  asta sekinlik bilan voz kechmoqda. Jumladan yurtimizda ham yashil iqtisodiy ko’rsatkichlar jaddalik bilan o’sishda davom etmoqda


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

50

Acumen: International Journal of Multidisciplinary

Research

YASHIL ENERGIYA – BU ZAMON TALABI

Abduqayumov Abdushukur Abdujalil o’g’li

Termiz davlat universiteti talabasi

Ahmedov Alim Babaniyazovich

Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi

Annotatsiya:

21-asrga kelib dunyoning rivojlangan davlatlari dunyodagi ayrim

ekologik muamolarni bartaraf qilish maqsadida issiqlik energiyasida asta sekinlik
bilan voz kechmoqda. Jumladan yurtimizda ham yashil iqtisodiy ko’rsatkichlar
jaddalik bilan o’sishda davom etmoqda.

Kalit so’zlar:

Quyosh panellari, shamol generatorlari, ekologiya, yashil siyosat,

elekton avtomobillar.

Kirish:

Hozirgi kunda dunyo aholisi jaddal ko’paymoqda afsuski yer resurlari

buncha aholi uchun yetarli emas, Bugungi kungacha yer aholisi soni

1

8 186,481,118

kishini tashkil etmoqda, albatta har bir insondi vazifasi o’zidan

Keyingi avlod uchun yaxshi kelajak qoldirish. Ho’sh biz resurslardan ayamay

foydalansak kelgusi avlod uchun yaxshi kelajak qoldiraolamizmi bu xozir bir emas
balki butun insoniyat muamosidir. Shunin uchun bu muamolarni oldini olish
maqsadida Rivojlangan davlatlar yashil energiyadan foydalanishmoqda

Xususan Yaponiyada va Xitoy davlatlari Quyosh fotoelektr stansiyalari shamol

Generatorlari orqali elektr olishni boshlab yubordi. Xattoki Janubiy Koreyada

Hokimyat binosi ustida 1000 dan ziyod quyosh panelari o’rnatilgani bu davlatni

Yashil iqtisodiyotga jiddiy kirishganligi.

"Yashil Energiya" MChJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-

fevraldagi "2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi
texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-57-sonli
qaroriga asosan tashkil etilgan.

"Yashil Energiya" MChJ tashkil etilishidan asosiy maqsad:
- qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o'rnatish va ularni

ekspluatatsiya qilish;

1

© 2024 Population Matters

Charity

1114109

, Company 3019081.

The Chandlery, 50 Westminster Bridge Rd, London SE1 7QY, UK


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

51

Acumen: International Journal of Multidisciplinary

Research

- qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ishlab chiqarilgan elektr

energiyasini iste’molchilarga yetkazish;

- respublika hududlarida o'rnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari

qurilmalariga servis va texnik xizmat ko'rsatish.

Chirchiq olimpiya va paraolimpiya sport kolleji 100 kVt

Toshkent viloyati

08.04.2023

Energetika vazirligi joriy yilda ishlab chiqarilgan «yashil energiya» miqdori

haqida ma’lumot berdi

Hozirda O‘zbekistonning 7 ta viloyatida umumiy quvvati 2,7 GVt bo‘lgan 9 ta

quyosh fotoelektr stansiyasi hamda bitta shamol elektr stansiyasi «yashil» energiya
ishlab chiqarayotgani aytilmoqda.


Joriy yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 4 mlrd

kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar
bermoqda.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

52

Acumen: International Journal of Multidisciplinary

Research

Ma’lum qilinishicha, bugun, 20 oktyabr soat 12:00 holatiga ko‘ra,

O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2024 yil boshidan
beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 4 mlrd kVt soatni tashkil qilgan.


Ushbu «yashil» elektr stansiyalar tomonidan 2024 yil 31 mayga qadar 1 mlrd kVt

soat, 2024 yil 30 avgust holatiga ko‘ra esa 3 mlrd kVt soat miqdorida elektr energiyasi
ishlab chiqarilgan.


«Bugun soat 12:00 da mamlakatimizdagi barcha quyosh va shamol elektr

stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori joriy yil boshidan
4 mlrd kVt soatni tashkil qildi», deyiladi vazirlik xabarida.


Shundan quyosh elektr stansiyalari tomonidan 3 mlrd 493,6 mln kVt soat, shamol

elektr stansiyasi tomonidan esa 506,4 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.


Buning natijasida:

- 1,2 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishilgan;

- atmosferaga 1 mln 680 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olingan.

Ta’kidlanishicha, mazkur hajmdagi elektr energiyasi 2 mln xonadonning 10 oylik

yoki 1 mln 666 mingta xonadonning bir yillik ijtimoiy normasini tashkil qiladi.


Qayd etilishicha, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr

stansiyalari 2022 yilda 434 mln kVt soat, 2023 yilda esa 576,9 mln kVt soat elektr
energiyasi ishlab chiqargan.


Yashil energiya - bu qayta tiklanadigan va atrof-muhitga zarar keltirmaydigan

tabiiy manbalardan olinadigan energiya. Bu insonlar hayoti uchun zarur bo'lgan
energiyani tabiatning kuchidan foydalangan holatda olishdir. Bu manbalarga quyosh
nuri, shamol, yomg'ir, suv toshqini, to'lqinlar va geotermal issiqlik kiradi.


DASTLABKI MA'LUMOTLAR:


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

53

Acumen: International Journal of Multidisciplinary

Research

Ko‘pchilikka ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida

faoliyat yuritayotgan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati
aholi, ijtimoiy soha obyektlari, yirik sanoat korxonalari va o‘rta va kichik biznes
vakillarni sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashning ishonchliligini oshirishga
qaratilgan loyihalashtirish-hujjatlashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish
bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati o‘z tasarrufidagi 78 ta yuqori
kuchlanishli podstansiyalar hamda 10 ming kilometrdan ziyod uzunlikka ega 220–500
kVli elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish, ularni kapital, joriy va mavsumiy
ta'mirlash, yuqori kuchlanishli elektr uskuna-jihozlarini modernizatsiya va
rekonstruksiya qilish, shu bilan bir qatorda, Markaziy Osiyo hamda mintaqadagi
boshqa chegaradosh davlatlar bilan elektr energiyasi importi va eksporti amaliyotlarini
bajaradi. Strategik ahamiyatga ega korxonalar qatorida faoliyat yuritayotgan
tashkilotda mehnat faoliyati olib borayotgan qariyb 5 ming ishchi-xodimlardan iborat
jamoa, shuningdek, yuzlab og‘ir va yengil avtomobil hamda mexanizmlar tunu kun
iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot negizi bo‘lgan elektr energiyasi ta'minoti bilan mashg‘ul.

«O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati taqdim etgan

ma'lumotlarga qaraganda, mustaqillikning dastlabki yillarida gidroenergetikaning
elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi ulushi 10 foizga ham yetmagan. O‘zbekiston
gidroelektr inshootlari tomonidan o‘tgan davr mobaynida, aniqrog‘i 2017-yilda 7 mlrd
947 mln. kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018-yilda bu ko‘rsatkich
6 mlrd 126 mln. kVt•soatni tashkil etgan. 2019-yilda esa ishlab chiqarilgan 6 mlrd 513
mln. kVt•soat elektr energiyasi umumtizim orqali iste’molchilarga yetkazib berilgan.
Ushbu ko‘rsatkich mamlakatimizda ishlab chiqariladigan jami elektr energiyasining 13
foizini tashkil etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonning tabiiy suv
resurslaridan samarali foydalanilib, aholini qayta tiklanadigan, ekologik toza va arzon
elektr energiyasi yetkazib ta'minlanayotganini anglatadi. «O‘zbekgidroenergo» AJ
ma'lumotlarini keltirayotganda yildan-yilga suv omborlaridagi suv sathining pasayib
ketayotganiga alohida e'tibor berishimiz zarur. Ekotizimga ko‘rsatilayotgan salbiy
asoratlar nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo davlatlarida
kuzatilmoqda. Joriy yilda gidroenergetika imkoniyatlaridan keng foydalanadigan
qo‘shni Tojikiston energetiklarining bu yilgi havzalardagi suv sathining avvalgi
yillarga nisbatan keskin kamaygani haqidagi bayonotlari yuqoridagi fikrlarning
tasdig‘idir.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

54

Acumen: International Journal of Multidisciplinary

Research

2017-yilda 52 142,1 mln. kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun

mamlakatimizda mavjud issiqlik elektr stansiyalari tomonidan 15,21 mlrd metr/kub
tabiiy gaz, 268,3 mln metr/kub yerosti gazi, 148,6 ming tonna mazut, 3,31 mln
tonnadan ziyod ko‘mir, 13,7 ming tonna neftekoks yoqilgan.

2018-yilda esa jami 56 311,3 mln. kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish

uchun bu ko‘rsatkichlar umumiy hisobda 8,7 % ga oshgan, ya'ni 16,42 mlrd metr/kub
tabiiy gaz, 326,6 mln metr/kub yerosti gazi, 154,8 ming tonna mazut, 3,34 mln tonna
ko‘mirdan issiqlik energiyasi olinib, elektr energiyasiga aylantirilgan.

2019-yilda esa o‘tgan yillarga nisbatan yirik miqdorda import qilingan elektr

energiyasi hajmidan tashqari 56 413,8 mln. kVt•soat elektr energiyasi ishlab
chiqarilgan. Buning uchun 15,81 mlrd metr/kub tabiiy gaz, 269,2 mln metr/kub yerosti
gazi, 204,4 ming tonna mazut va 3,57 mln. tonna ko‘mir yoqilgan.

O‘z-o‘zidan ma'lumki, yuqorida keltirilgan raqamlar atmosferaga chiqarilgan

behisob uglerod oksidi, minglab tonna kul va boshqa zararli moddalar haqida so‘zlab
turibdi. Ammo na chora, dunyo miqyosidagi Ekotizimga yetkazilayotgan ekologik
talafotlar tarkibida bu raqamlar dengizdan tomchi...


E'tibor bergan bo‘lsangiz, oxirgi 3 yilda «yashil energiya», «muqobil energiya»

deb ta'riflanuvchi fotoelektrstansiyalari hamda shamol generatorlarini qurish bo‘yicha
xabar-yangiliklar tez-tez qulog‘ingizga chalinib qoldi. Hukumat qarorlariga asosan
Energetika vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari
salmog‘ini 2030-yilgacha 25–30 foizgacha oshirishi strategik rejasi haqidagi eshitgan-
o‘qigan bo‘lishingiz mumkin.

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA NIMA?

Keling, avval muqobil (alternativ) yoki qayta tiklanuvchi energiya («yashil

energiya») nima ekanligi bilan tanishib olsak...


2019-yil 16-aprelda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va Senat

tomonidan 2019-yil 3-mayda ma'qullangan «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida (2019-yil 21 may,
O‘RQ-539-son) unga quyidagicha ta'rif beriladi:


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

55

Acumen: International Journal of Multidisciplinary

Research

qayta tiklanuvchi energiya manbalari — atrof-muhitda tabiiy holda qayta

tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining
tabiiy harakati, biomassa energiyasi.


Xullas, «yashil energiya»ning asosida Yer yuzidagi hayot manbayi bo‘lgan

Quyosh yotibdi. Shamol ham, suvning tabiatda erkin aylanishi va boshqa iqlim sharoiti
bilan bog‘liq jarayonlarning barchasi gallaktikamizning markaziy sayyorasi —
Quyoshning faolligi hisobiga amalga oshadi. U qayta ishlangani uchun «qayta
tiklanuvchi» deb, ekologiyaga deyarli zarari bo‘lmagani uchun «yashil energiya» deb
ta'riflanadi va, yuqorida ta'kidlanganidek, bugungi kunda Yer yuzida, shu jumladan
O‘zbekistonda ham asosiy ishlab chiqarish neft mahsulotlari evaziga bo‘lgani uchun
unga «muqobil» maqomi berilgan.


«YASHIL ENERGIYA»NING INVESTITSION LOYIHALARI
1. Karmanada 100 MVt quvvatli quyosh elektr stansiyasini qurish loyihasi

Xalqaro moliya korporatsiyasining texnik ko‘magida, davlat-xususiy sherikligi

asosida «Navoiy viloyatining Karmana tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh
elektr stansiyasini qurish» bo‘yicha e'lon qilingan xalqaro tenderda Birlashgan Arab
Amirliklarining «Masdar Energy» kompaniyasi g‘olib deb topilgan.


2019-yil 8-noyabr kuni «O‘zbekiston MET» AJ va «Masdar Energy»

kompaniyasi o‘rtasida «Elektr energiyasini sotib olish» hamda Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi bilan «Investitsiyaviy kelishuvlar» imzolandi. Buning asnosida «Nur
Navoi solar» MChJ loyiha kompaniyasi tashkil qilindi. 2019-yilning dekabr oyida
«Masdar Energy» kompaniyasi va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ
tomonidan tanlov asosida «AF Aries» (Ispaniya) kompaniyasi «Mustaqil muhandis»
sifatida tanlandi.


Loyihaning umumiy qiymati 100 mln. AQSh dollariga baholangan va investor

tomonidan 100% to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirilishi belgilangan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

56

Acumen: International Journal of Multidisciplinary

Research



2. Zarafshonda quvvati 500 MVtdan kam bo‘lmagan shamol elektr stansiyalarini

qurish loyihasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2 apreldagi «O‘zbekiston

Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni
yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4256-sonli
qarorida belgilangan topshiriqlar asosida Navoiy viloyatining Tomdi tumanida
(Zarafshon shahri hududi) «Quvvati 500 MVtdan kam bo‘lmagan shamol elektr
stansiyasi qurish» loyihasi rejalashtirilgan.

Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/376
2020-yil 8-iyunda Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar Energy»

kompaniyasi «O‘zbekiston MET» AJ bilan «Elektr energiyasini sotib olish» hamda
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan «Investitsiyaviy kelishuvlar» imzolandi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

57

Acumen: International Journal of Multidisciplinary

Research

Loyihaning umumiy qiymati 705 mln. AQSh dollariga baholangan va investor

tomonidan 100% to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtiriladi. Loyiha doirasida «Shamol
Zarafshon Energy» MChJ deb nomlangan loyiha kompaniyasi tashkil etildi.

Loyihalashtiruvchi tashkilot — «Sredazenergosetproekt» AJ bilan quvvatni

uzatish sxemasi ishlab chiqildi. «Navoiy tog‘-kon metallurgiyasi» davlat kompaniyasi
tomonidan quvvatni uzatish sxemasiga bir qator o‘zgartirishlar kiritish taklifi bildirildi.
Hozirgi kunda «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh
Vazirining 2020-yil 17-iyuldagi 06/1-65-sonli topshirig‘iga asosan Navoiy viloyati
hududidagi texnologik bo‘lmagan podstansiya va 220 kV kuchlanishli elektr uzatish
havo tarmoqlarini xatlovdan o‘tkazib, o‘rnatilgan tartibda balansdan balansga qabul
qilib olish ishlari amalga oshirilmoqda. Ajratilgan yer maydonida qo‘shimcha shamol
o‘lchash asboblarini o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda.

Loyiha quvvati 200 MVtdan 500 MVtga oshganligi sababli pudratchi

tashkilotlar bilan shartnomalar imzolash uchun tegishli hujjatlashtirish ishlari olib
borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, mazkur loyiha 2024-yilning to‘rtinchi choragida
foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Shu o‘rinda bir narsani alohida ta'kidlash lozimki, ushbu loyiha O‘zbekiston

energetika tizimida «yashil energiya» salmog‘ini birmuncha oshirishga xizmat
qiladigan yirik loyiha bo‘lib, Navoiy viloyati va uning hududlaridan tashqari qo‘shni
viloyatlarda istiqomat qiluvchi aholi, ijtimoiy soha obyektlari hamda kichik, o‘rta va
yirik ishlab chiqaruvchilarni elektr ta'minoti darajasi yuksalishiga xizmat qiladi.

Xulosa:

O’zbekiston Respublikasining Samarqand, Navoiy, Surxondaryo va

Buxoro, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Jizzax viloyatlarining hududlarida
Shamol va quyoshdan quvvat olish uchun o’rnatilish ishlari boshlandi bu loyihalarni
BAA, Xitoy va Yevropa mamlakatlari qurib bitqazishdi. Yuqorida sanab o‘tilgan
loyihalar mamlakatimizda «yashil energiya» salmog‘ini yuksaltirishga qo‘yilgan
dastlabki qadamlardir. Shu o‘rinda bir narsani alohida ta'kidlash joizki, elektr
energiyasi ishlab chiqarishdagi an’anaviy uslub, ya’ni neft mahsulotlarini yoqish
evaziga hosil bo‘ladigan issiqlik energiyasini mexanik energiyaga, mexanik harakatni
elektr energiyasiga aylantirish usuli ekomuhitga birmuncha zararli bo‘lsada kundan-
kunga, yildan-yilga oshib borayotgan ehtiyojni qondirishga safarbar etilayotgan arzon
va qulay ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Undan kunning istalgan paytida
(ayniqsa, tonggi va kechki maksimumda) ehtiyojga qarab foydalanish, ma'lum ma'noda
turli vaziyatlar uchun zaxira qilish (yoqilg‘i zaxirasi) imkoniyatlari mavjud. Biroq
hozirda yirik miqdorda ishlab chiqarilib, xalq xo‘jaligi va sanoatga yo‘naltirilayotgan


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

58

Acumen: International Journal of Multidisciplinary

Research

tabiiy gazdan oqilona foydalanish, unda kimyo sanoatida turli material va xomashyo,
o‘g‘it va minerallar tayyorlash, ichki bozor ehtiyojini qondirilgan holda tayyor
mahsulotlar eksportiga yo‘naltirish ham mumkin. Tabiiy gazni aholi ehtiyoji qondirish,
soni yildan-yilga oshib borayotgan avtomobil va mexanizmlarga yonilg‘i sifatida
yetkazib berish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Qolaversa, neft va boshqa
uglerodli qazilmalarning yerosti manbalari behisob emas. Kelajak avlodlarga tabiiy
boyliklarni ma'lum ma'noda asrab qo‘yish, ulardan oqilona foydalanish ham strategik
ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

http://uza.uz/oz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

2.https://yashil-energiya.uz/articles/page2
3. Wikipedia internet ensiklopediyasi
4. https://senat.uz/post/post-1673
5. https://kun.uz/news/2024/10/20/energetika-vazirligi


Библиографические ссылки