Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 4
12
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
ZAYTUN – SHIFO VA DAROMAD MANBAYI
Sharipov Zuhriddin Olim o’g’li
Termiz Davlat Unversteti talabasi
Ahmedov Alim Babaniyazovich
Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Malumki bugungi kunda aholi daromadini oshir borasida
davlat miqyosida keng islohatlar olib boriymoqda.Shu jumladan kichik biznes va
tadbirkorlarni qo’llab quvvatlash uchun ko’plab imkoniyatlar yaratilgan va insonlar
tadbirkorlik qilish uchun turli sohalar va yo’llar qidirmoqda.albatta ularga kengroq
malumot kerak.Maqolada biznes faoliyatini yo’lga qo’ymoqchi bo’lgan tadbirkorlar
uchun Zaytun o’simligi,uni yetishtirish va qanday daromad olish haqida batafsil
yoritilgan.
Kalit so’zlar:
zaytun o’simligi, shifobaxshkigi, daromad, mos iqlim, tashkiliy
ishlar, sotish va foyda.
Kirish:
Zaytun atalmish mo'jizakor o‘simlik. Ushbu o‘simlik Qur’oni Karimning
6 ta joyida kelgan. Ma’lumki, balandligi sakkiz metrgacha bo‘lgan zaytun o‘simligi,
o‘rta yer dengizi davlatlarining barchasida parvarishlanadi. Qadimda zaytun moyi
chiroqlar uchun mash’ala sifatida ishlatilgan. Zaytun moyining tiniq yonishi haqida
“Nur” surasining 35-oyatida shunday ma’lumot berilgan: “… U (chiroq) na sharqiy va
na g‘arbiy bo‘lmagan muborak zaytun daraxti (moyi) dan yoqilur. Uning moyi
(musaffoligidan),
garchi
unga
olov
tegmasada,
(atrofni)
yoritib
yuborgudekdir”…Zaytun moyi tibbiy nuqtai nazardan ham foydali daraxt hisoblanadi.
Abu Ali Ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari”da ta’kidlashicha zaytun moyi oshqozon
kasalliklari va o‘n ikki barmoqli ichak kasalliklariga davo hisoblanadi.Zaytun yog’i
asosiy qiymati uning boy tarkibida. Mahsulot yog’da eriydigan A, E, K vitaminlari, B
guruhining ba’zi vitaminlari manbai hisoblanadi. Bundan tashqari, tarkibida sog’lom
yog’lar ya’ni omega-3 va omega-6 mavjud. Ularni qabul qilish metabolizmni
yaxshilaydi va xolesterin blyashkalar paydo bo’lishining oldini oladi. Och qoringa
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 4
13
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
zaytun moyini iste’mol qilish quyidagi bir nechta jihatlardan yordam berishi
mumkin.Demak islom tibbiyotini ham yaxshi bilishlik nihoyatda hayotimiz uchun
foydalik ish ekan
U qurg'oqchilikka chidamli, ammo sovuqqa sezgir. U hatto eng kuchsiz
tuproqlarda, shu jumladan toshloq tuproqlarda ham o'sishi mumkin va uning ildizlari
suv uchun 6 metrga tushishi mumkin. Butun dunyoda 830 million zaytun daraxti
mavjud bo'lib, qulay sharoitlarda ular ming yilgacha yashashi mumkin.
Foydalanilishi
.
Endi zaytun yog‘ining inson salomatligi uchun foydalari haqida.
Birinchidan, bu mahsulot xolesterin darajasini pasaytirish bo‘yicha chempiondir. U
ateroskleroz, yurak-qon tomir kasalliklari, diabet, Alsgeymer va boshqa kasalliklarning
oldini oladi. Zaytun yog‘ining yana bir shifobaxsh xususiyati: u yallig‘lanishga qarshi
ta’sirga ega. Ya’ni zaytun yog‘i organizmdagi har qanday yallig‘lanishni bartaraf etadi
— anginadan tortib milk kasalliklarigacha, tromboflebit, oshqozon yarasi va boshqa
infeksiyalardan himoya qiladi. Shu bois shifokorlar oshqozon yarasi uchun
buyuradigan birinchi davolovchi parhez jadvalida zaytun yog‘i asosiy rol o‘ynaydi.
Zaytun yog‘i tarkibida ayniqsa qimmatli oleyk va linoleik kislotalar,
shuningdek, A, D, E, K vitaminlari mavjud. Asosan, aynan shu to‘plam zaytun
yog‘ining shifobaxsh xususiyatlarini ta’minlaydi. Ular orasida:
Ovqat hazm qilish jarayonini normallashtirish;
Oshqozon-ichak trakti ko‘pgina kasalliklarining oldini olish va davolash;
Immunitet funksiyalarini oshirish;
To‘qimalar, organlarning qarish jarayonini sekinlashtirish (zaytun yog‘ida
mavjud bo‘lgan ko‘p miqdordagi antioksidantlar tufayli);
Aqliy faoliyatni yaxshilash, xotirani mustahkamlash, asab kasalliklarining
samarali oldini olish;
Jarohat va yaralarni tezda davolashda faol ishtirok etish;
Oshqozon shilliq qavatini yaralar paydo bo‘lishidan himoya qilish;
Suyak to‘qimasini mustahkamlash;
Saraton kasalligining oldini olish;
Ekish: Qachon ekish kerak:
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 4
14
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
Ekish uchun eng yaxshi vaqt bahorda, sovuq xavfi o'tgandan keyin. Yangi
ekilgan daraxtlar birinchi qishda sovuqdan zarar ko'radi. Yozning jaziramasida ekish
tavsiya berilmaydi.
Qaerda ekish kerak
:
To'liq quyoshli joyda (kuniga 8 yoki undan ko'p) hududlarda ekish kerak.
To'g'ridan-to'g'ri suv to'plangan past joylarda ekmang. Zaytun daraxtlari
botqoqlangan tuproqda tez nobut bo’ladi.Zaytun o’simligi issiqqa chidamli bo’lib
quruq iqlimda ham o’ishi mumkin.Hatto tuprog’i eng unimsiz yerda hamda toshloq
joyda ham o’sadi.
“Bu issiqsevar ekin, asosan, nam sohilbo‘yi mikroiqlimga ega mamlakatlarda
yetishtiriladi. Biroq, bir necha yil avval ispan seleksionerlari 22 darajagacha sovuqqa
chidamli bo‘lgan ‘orbikina’ nomli zaytun daraxti navini yaratdi. Bu mamlakatimiz
fermerlariga ushbu tajribadan foydalanib Farg‘ona vodiysi va Surxondaryo
viloyatining bir qancha hududlarida zaytun plantatsiyalarini yaratish imkonini berdi”,
— deydi laboratoriya rahbari Ilyos
Qanday ekish kerak:
Zaytun o’simligini ko’chatidan ekish tavsiya etiladi. Agar urug’idan
ko’paytirmoqchi bo’lsangiz u yovvoyilashib ketishi mumkin va ko’zlangan foydani
olmasligingiz mumkin.Ildiz to'pi bilan bir xil diametrli va biroz sayozroq tchuqurcha
qazing, shuning uchun ildiz to'pi tepasi yer sathidan biroz balandroq bo'ladi. Ekish
chuqurchasiga kompost yoki organik moddalar qo'shmang. Ildizning mustahkam
o'sishiga erishish uchun yosh zaytun daraxti o'z ona tuprog'iga moslashishi kerak.
Changlanish:
Aksariyat zaytun daraxtlari o'z-o'zidan unumdor bo'lib, bir daraxtda ham
erkak, ham urg'ochi gullar hosil qiladi. Biroq, siz ko'pincha yaqin atrofga boshqa navli
daraxt ekish orqali meva hosildorligini oshirasiz va ularning changlanishiga imkon
berasiz.
Daromad:
O’zbekiston sharoitida 1 gektarga 800 ga yaqin ko‘chatlar ekilsa, uch yildan
so‘ng deyarli
bir tonna hosil terib, 300 litr yog‘ olish mumkin.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 4
15
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
Mutaxassislarning fikricha, zaytun qattiq sovuqqa bardosh bermasligini
hisobga olmaganda O‘zbekiston uchun ideal hosildor daraxtdir. U tuproq va uning
namlik darajasiga talabchan emas, toshloq va sho‘r yerlarda ham o‘sadi
Bugungi kunda zaytun mevasi va undan tayyorlangan yogʻga jahon
bozorlarida talab yuqori boʻlib, asosan aholi isteʼmoli va dorivor maqsadlarda
foydalaniladi. Maʼlumotlarga koʻra, 1 gektar zaytun plantatsiyasidan 15-17 ming
dollar, uni qayta ishlash orqali 45-50 ming dollar miqdorida daromad olish mumkin.
Oʻzbekiston sharoitida zaytun yetishtirish va uni qayta ishlash agrotexnologiyasi
boʻyicha aniq ilmiy asoslangan talab va tavsiyalar mavjud emas
Xulosa: Bugungi kunda aholining moliyaviy ahvolini va daromadini
oshirishning eng qulay yo’li tadbirkorlik bilan shug’ullanishdir. Albatta foydali biznes
bilan shug’ullanish oila uchun ham cho’ntak uchun ham foydalidir. Bugungi ekalogik
sharoit shuni taqozo qiladiki ,yashil biznesni tanlash maqsadga muofiq bo’ladi.
Foydalanilmayotgan yerlardan foydalanish orqali esa intensive qishloq xo’jaligini
rivojlantirish mumkin. Bu yerlarga ham oila istemoli uchun foydali ham daromadbop
mahsulotlar ekish mumkin. Misol qanday ? degan savol tug’ilishi mumkin. Shunday
mahsulotlardan biri Zaytundir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xalq so’zi gazetasi: https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-zajtun-etishtirish-va-
uni-qajta-ishlash-bojicha-aniq-ilmij-asoslar-yaratiladi
2. https://daryo.uz/2023/04/10/dunyodagi-eng-foydali-yog-zaytun-yogining-siz-
bilmagan-shifobaxsh-xususiyatlari
3. https://www.garden.ersworld.com/how-to/grow-plants/how-to-grow-olives/
4.https://translate.google.com/translate?hl=ru&sl=uz&u=https://kun.uz/uz/news/
5 .https://arroziy.uz/uz/news/353
6 Daryo internet nashri
7 Sabirov Mahmudjon Imom Faxriddin ar-Roziy O'MIBY mudarrisi
