Authors

  • Xojiakbar Ramizov
    TDIU, Turizm fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.63210

Keywords:

o‘simlik turlari muhofaza qilish сhiqindilarni qayta ishlash

Abstract

Turizmning tabiatiga ta’sirini kamaytirish, Turizmning tabiat uchun foydalari va xatarlari, Ekoturizm. Ushbu maqolada turizmda chiqindilarni to’g’ri boshqarish hamda ularni qayta ishlash bo’yicha konsepsiyalarni ishlab chiqishni ko’rib chiqadi. Turizmda chiqindilarni to’g’ri tashkil etishda tashkilotlar o’rtasidda hamkorlik mexanizmlarini tahlil qilgan. Chiqindilarni qayta ishlash  bo’yicha yangi takliflar etilgan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 3

83

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

TURIZMDA CHIQINDILARNI BOSHQARISH

TDIU, Turizm fakulteti talabasi,

Ramizov Xojiakbar Muzaffar o’g’li

Anatatsiya:

Turizmning tabiatiga ta’sirini kamaytirish, Turizmning tabiat uchun

foydalari va xatarlari, Ekoturizm. Ushbu maqolada turizmda chiqindilarni to’g’ri
boshqarish hamda ularni qayta ishlash bo’yicha konsepsiyalarni ishlab chiqishni
ko’rib chiqadi. Turizmda chiqindilarni to’g’ri tashkil etishda tashkilotlar o’rtasidda
hamkorlik mexanizmlarini tahlil qilgan. Chiqindilarni qayta ishlash bo’yicha yangi
takliflar etilgan.

Kalit so’zlar:

o‘simlik turlari, muhofaza qilish, сhiqindilarni qayta ishlash, milliy

bog‘.

Abstaract

Reducing the impact of tourism on nature, benefits and risks of tourism for nature,

Ecotourism. This article examines the development of concepts for proper waste
management and recycling in tourism. He analyzed the mechanisms of cooperation
between organizations in the proper organization of waste in tourism. New proposals
for waste processing have been made.

Key words

: plants, conservation, sewage treatment, national park.

Аннотация

Снижение воздействия туризма на природу, риск туризма для природы.

Данной статье рассматривается развитие концепций правильного обращения с
отходами и их переработки в туризме. Он проанализировал механизмы
сотрудничества между организациями в вопросах правильной организации
отходов в туризме.

Ключевые слова.

виды растений, сохранение, разработать отводы,

национальный парки

Kirish.

O’zbekistonga turizmning yangi turlarining rivojlanishi, olib

borilayotgan siyosiy say-harakatlar natijasida xorijdan ko‘plab turistlarni jalb
qilinmoqda. Respublika iqtisodiyotida turizmni strategik darajaga ko‘tarish, ichki
turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va hajmini keskin ko‘paytirish, fuqarolarni
mamlakatimizning turizm salohiyati bilan tanishtirish uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish, taqdim etilayotgan turizm xizmatlari sifatini yaxshilash va jahon bozorlarida


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 3

84

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

raqobatbardoshligini oshirish, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik
sub’ektlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, zamonaviy xizmatlar
infratuzilmasini jadal rivojlantirish, shuningdek, aholini ish bilan ta’minlash va
ularning daromad manbaini kengaytirish maqsadida:

1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022 yil 1 iyundan boshlab

«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida:

jamoa shartnomalariga ish beruvchilar tomonidan xodimlar uchun yiliga bir

marotaba mahalliy sayohatga chiqish imkonini yaratish qoidalari kiritiladi;

sayohat xarajatlarining bir qismi ish beruvchilarning byudjetdan tashqari

jamg‘armalari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar
hisobidan qoplab beriladi.

2. Quyidagilar «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida ichki

turizmni rivojlantirish uchun mas’ul etib belgilansin:

Oldingi tahrirga qarang.

yoshlar, ayniqsa, ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun turizmning

tarixiy bilim beruvchi, madaniy-ko‘ngilochar, ekstremal, ekologik, etno- va plyaj
turizmi turlari bo‘yicha — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Maktabgacha
va maktab ta’limi vazirligi;

(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023

yil 12 iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 13.06.2023 y., 06/23/92/0366-son)

mehnat, mahallalar jamoalari uchun turizmning ishbilarmonlik, ekstremal,

ekologik, agro-, etno- gastronomik turlari bo‘yicha — O‘zbekiston kasaba uyushmalari
Federatsiyasi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi;

xotin-qizlar uchun turizmning ziyorat, ma’rifiy, ijtimoiy, madaniy-

ko‘ngilochar, ekologik, etnoturizm turlari bo‘yicha — Oila va xotin-qizlar davlat
qo‘mitasi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi;

faxriylar, nuroniylar va pensionerlar uchun turizmning ziyorat, tibbiyot,

sog‘lomlashtirish turizmi turlari bo‘yicha — Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-
quvvatlash vazirligi va «Nuroniy» jamg‘armasi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 3

85

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Mazkur mas’ul tashkilotlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha har yili ish beruvchilar

bilan birgalikda xodimlar respublika bo‘ylab sayohatga chiqishi uchun sayohat
grafiklarini tasdiqlashni hamda sayohatni amalga oshirishni ta’minlasin.

Samarqand, Toshkent va Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘ hududlarida
agroturizm, tabiat qo‘ynida tamaddi uchun joylar, sanatoriyalar, dam olish bazalari
bunga misol bo’ladi. Tog‘ oldi va vodiylarda sayyohlar uchun ko‘proq bahor,kuzga
to’g’ri keladi. Tog‘larda qishki sport turlari mashhur, issiq yozda plyajdagi dam olish,
tog‘ kurortlari va sayr qilish imkoniyatlari mavjud. Turizm o’zining mavsumligi bilan
jozibalidir. Turizm mahalliy aholi, tadbirkorlar va davlat uchun muhim daromad
manbai hisoblanadi. Turizmga ichki va xalqaro sarmoyalar ko‘paytirilsa, xizmat
ko‘rsatish sifati yaxshilanadi, tashrif buyuradigan manzillar geografiyasi kengayadi.
Tog‘ zonasida kurort dam olish, turistik transport yo‘laklari va karvonsaroylar,
turizmning yangi shakllari faol rivojlana boshlaydi. Turizmning jadal rivojlanishi
jamiyatga iqtisodiy foyda va manfaat keltirishi bilan birga ekologik oqibatlarga olib
kelishi mumkin. Avtomobillar soni va atmosferaga chiqindi gazlar soni ortib boradi,
ko‘llar, daryolar, o‘rmonlar va muzliklarga tez va ko‘proq tashrif buyuruvchilarni jalb
qilish uchun baland tog‘larda yangi yo‘llar quriladi. Tabiatning tegilmagan hududlariga
kirish ortib boradi, bu esa ekologik xavfni oshiradi. Turizmning noto’g’ri tashkil
qilinishi tabiatning plastmassa va chiqindi bilan ifloslanishiga, noyob o‘simlik va
hayvonlarning yo‘q bo‘lib ketishiga va ularning yashash muhitining buzilishiga olib
keladi, ehtiyotsizlik oqibatida yong‘inlar kelib chiqa boshlaydi.

Shu tufayli turizmda ekologiyani ham o’ylagan holda tabiiy resurslardan

foydalanish zarur. Yaniki, Milliy tabiat bog‘lar va mahalliy hokimiyat organlari
turistlarni jalb qilishdan manfaatdor va tadbirkorlar bilan birgalikda tashrif dasturlarini
tashkil etish va qulay infratuzilmani rivojlantirishlari mumkin. O‘zbekistonda milliy
bog‘larning soni va maydoni muttasil o‘sib bormoqda, biroq ular aholi va hokimiyat
vakillari tomonidan ko‘pincha dam olish maskanlari sifatida qabul qilinmoqda, bu esa
hududlarni rivojlantirish, daraxtlarni kesish, sanitariya qoidalarining buzilishi va suv
havzalarining ifloslanishiga olib keladi. Olov yoqish va shovqin qilish tabiatga zarar
keltiradi. Shuning uchun birinchi navbatda tabiat bog‘i rahbariyati va ekologlar bilan
turizmning maqbul variantlari va ko‘lamini muhokama qilish muhimdir. Keyinchalik,
ekologik baholashni amalga oshirish va ruxsatnoma olish kerak. Biznes loyihalarini
amalga oshirishda zararni oldini olish uchun atrof-muhit monitoringi muntazam
ravishda amalga oshirilishi kerak. Hozirgi kunda O‘zbekistonning tog‘li tabiati nafaqat
mas’uliyatsiz turizmdan aziyat chekmoqda. Zararli va issiqxona gazlarining emissiyasi
havo sifatiga ta’sir qiladi va iqlim o‘zgarishiga olib keladi. Iqlim xizmatlari, chiqindi


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 3

86

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

tashlamalarini kamaytirish, qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish va yashil
maydonlarni ko‘paytirish bo‘yicha choratadbirlar tabiatga salbiy ta’sirni kamaytirishi
va uni turizm uchun jozibadorligini saqlashi mumkin. Chiqindilarning hajmining
ko‘payishi, qayta ishlash darajasining pastligi va chiqindilarni boshqarish madaniyati
ko’plab ekologik muammolarni, jumladan, tabiatning plastmassa bilan ifloslanishini
keltirib chiqaradi. Chiqindilarni saralash va utilizatsiya qilish hamda suv omborlari va
tog‘ cho‘qqilarini chiqindilardan tozalash bo‘yicha ommaviy tadbirlar tabiatga
ifloslanishdan yetkazilgan zararni kamaytirish va tozalikni yaxshilashga yordam
beradi. Tog‘li o‘rmonlarda chorva mollarining o‘tlanishini qisqartirish, yong‘inga
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va yong‘inning oldini olish, shuningdek,
hayvonlarni noqonuniy ovlash va o‘simliklarni yig‘ish holatlariga chek qo‘yish
O‘zbekistonning betakror tog‘ tabiatini asrab-avaylashga xizmat qiladi.

Atrof muhit va chiqindilarni bartaraf etish borasida hozirgi kunda Maishiy

chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish maqsadida, hududiy “Toza
hudud” DUKlari uchun maxsus texnika xarid qilish bo‘yicha manzilli dastur doirasida
2020-yilda 122,6 mlrd. so‘m byudjet mablag‘lari hisobidan 225 ta maxsus texnikalar
xarid qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunga qadar 134 ta maxsus texnika uchun
105,5 mlrd. so‘mlik mablag‘lar moliyalashtirilib, jami 78 ta maxsus texnikalar yetkazib
berildi. Hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 sentyabrdagi PQ–
4845-son “ Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi

1

. Qarorda

maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarga davlat-xususiy sheriklikni joriy etiladi va bu
borada Buxoro, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida joriy yilda
qiymati 32,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan bo‘lgan 16 ta, 2021 yil davomida 46 ta
loyiha amalga oshiriladi, buning natijasida 725 ta maxsus texnika, 64 ta chiqindilarni
qayta ishlash, 43 ta chiqindilarni saralash uskunalari xarid qilinadi

2

.

Bu esa o‘z navbatida, davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilayotgan

hududlarda sanitar xizmat ko‘rsatish qamrov darajasining 100 foizga yetkazilishiga
hamda 2 650 ta yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Bugungi kunda, hududlarda jami 333 ta chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya

qilish joylari mavjud bo‘lib, shundan, chiqindilarni ko‘mish joylari 310 tani,
chiqindilarni utilizatsiya qilish joylari 23 tani tashkil etadi.

Jumladan:
– qattiq maishiy chiqindilarni ko‘mish poligonlari 235 ta;

1

Lex.uz

2

Uzbektourism.uz


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 3

87

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

– zaharli kimyoviy chiqindilarni ko‘mish maxsus poligonlari 14 ta (shunndan, 1

ta poligon Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan margimush tarkibli
chiqindilar ko‘milgan joy);

– sanoat va qurilish chiqindilarini ko‘mish poligonlari 20 ta;
– foydalanib bo‘lingandan keyin ko‘mib tashlanadigan shlam to‘plash joylari

(shlamonakopitel) 21 ta;

– kul-shlak tashlash joylari (foydali qazilmalarni qazib olishda va qayta ishlashda

hosil bo‘ladigan suyuq va nam chiqindilarni saqlash joyi (xvostoxranilisha) 15 ta;

– radioaktiv va noradioaktiv chiqindilarni ko‘mish joylari 5 ta;
– chiqindilarni utilizatsiya qilish joylari 23 ta.
Bugungi kunda, 333 ta ob’ektdan 320 tasi (96 %) bo‘yicha chiqindilarni ko‘mish

va utilizatsiya qilish davlat kadastri ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan. Bu ishlar
bejisga emas barchasi turizmda barqarorlikni umuman ekalogiyani muhofaza
qilishdir. Toza havo — dardga davo deganlaridek har birimiz tozalikga rioya qilishiz
lozim.

Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona

foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilash sohasida izchil ishlar olib
borilmoqda.

Shu bilan birga, bu borada o‘tkazilgan taxlil natijalari atrof-muxitni muhofaza

qilish sohasida kompleks yondashuv va strategik rejalashtirishning samarali va
zamonaviy usullarini joriy etish zaruratini ko‘rsatmoqda.

Sohalar va tarmoqlarda ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning atrof-

muhitga va aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish, shuningdek, muqobil
energiya resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi
vazirligining quyidagi takliflari kiritilgan:

“yashil” texnologiyalardan foydalanish, chiqindisiz ishlab chiqarish,

chiqindilarni qayta ishlash imkonini beruvchi texnologiyalarni va xavfsiz kimyoviy
moddalarni qo‘llashga o‘tish bo‘yicha quyidagi tarmoq korxonalarida ustuvor
yo‘nalishlarni belgilash:

atrof-muhit obyektlarini (atmosfera havosi, suv, yer, tuproq, yer qa’ri va

bioxilma-xillik) antropogen ta’sir va boshqa salbiy ta’sir qiluvchi omillardan himoya
qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

ekologik jihatdan eng kam xavf tug‘diruvchi materiallar, mahsulotlar, ishlab

chiqarish obyektlari va boshqa obyektlardan ustuvor ravishda foydalanish;


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 3

88

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning ekologik xavfsiz tizimini

takomillashtirish;

“yashil” iqtisodiyot va “yashil” o‘sish tamoyillarini joriy etish;

aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish orqali tabiiy resurslardan

oqilona foydalanish hamda hosil bo‘ladigan chiqindilarni “nol” chiqindi tamoyili
asosida to‘liq qayta ishlashga yo‘naltirish;

korxona va unga tutash hududlarda tuproq unumdorligini hisobga olgan holda

iqlimga mos “yashil belbog‘”larni barpo etish;

suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llagan holda, yog‘ingarchilik davrida bino va

inshootlarning tom qismlarida hosil bo‘ladigan suvdan keyinchalik sug‘orish va
obodonlashtirish maqsadlari uchun foydalanish;

qayta tiklanuvchi energiyani joriy etish va o‘ziga tegishli bo‘lgan xizmat

avtotransportlarini bosqichma-bosqich elektromobil va gibrid avtomobillarga
almashtirish;

ish jarayonida hujjatlar almashinuvini qog‘oz shaklidan to‘liq elektron shaklga

o‘tkazish.

Ekologik beqarorlikderganda asosan inson faoliyati, iqlim o’zgarishi, ifloslanish

va tabiiy resurslarni noto’gri boshqarish natijasida yuzaga keladi. Shunday ekan
ekologik beqarorlik, biologik xilma xillikning kamayishi, tuproq evaziga, suv
resurslarining kamayishi kabi muammolarga olib kelishi mumkin. Bunaqa holatlar
nafaqat tabiiy muhitga balki insoniyatning iqtisodiy va ijtimoiy farovonligiga ham
salbiy ta’sir qiladi.

Аgar ekologiya buzilsa insonlarda mutatsiya jarayoni sodir bo’lishi mumkin.

Masalan mutatsiyalar turli omillar jumladan tabiiy, radiatsiyali, kimyoviy moddalar
yoki viruslar ta’sirida paydo bo’lishi mumkin. Shuningdek, mutatsiyalar insonlarning
ko’rinishida, qobiliyatlarida va boshqa xususiyatlarida farqlarini keltirib chiqarishi
mumkin. Bu esa jamiyatda qator muammolarni yuzaga keltiradi.

Adabiyotlar ro’yxati

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4845-son Qarori hamda

«Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori 2020 yil 29 sentyabr. –

www.lex.uz


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 3

89

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi

«Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6165-son farmoni

3. M. Amonboyev, Sh. Sayfutdinov, M. Nurfayzieva Fundamentals of tourism.

Textbook. TSUE. 2021

4. M. Aliyeva. Turizm asoslari.darslik –T.: Fan va texnologiya, 2022. - 400 b.

5. Sayyora Rikhsibaevna et al. Organizational and Economic Aspects of the

Development of the International Tourism and Hospitality Industry.

Journal of

Environmental Management and Tourism

, [S.l.], v. 11, n. 4, p. 913-919, june 2020.

ISSN 2068-7729.

6. Juraeva, N. ., Nurfayzieva, M. ., Bakhromov, A. ., & Oppokkhonov, N. . (2023).

"Exploring the Potential of Rural Tourism Development: A Case Study of Ovjazsoy in
the Tashkent Region, Uzbekistan.

EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS

AND

OPEN

SOCIETY

,

3

(5),

171–176.

Retrieved

from

https://www.inovatus.es/index.php/ejbsos/article/view/1745

.

12. Klaus Schwab, Saadia Zahidi. The Global Competitiveness Report Special

Edition 2020: How Countries are Performing on the Road to Recovery. World
Economic Forum 2020.

www.uzbektourism.uz

References

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4845-son Qarori hamda «Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori 2020 yil 29 sentyabr. –

www.lex.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi «Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6165-son farmoni 3. M. Amonboyev, Sh. Sayfutdinov, M. Nurfayzieva Fundamentals of tourism.

Textbook. TSUE. 2021 4. M. Aliyeva. Turizm asoslari.darslik –T.: Fan va texnologiya, 2022. - 400 b.

Sayyora Rikhsibaevna et al. Organizational and Economic Aspects of the Development of the International Tourism and Hospitality Industry. Journal of Environmental Management and Tourism, [S.l.], v. 11, n. 4, p. 913-919, june 2020.

ISSN 2068-7729.

Juraeva, N. ., Nurfayzieva, M. ., Bakhromov, A. ., & Oppokkhonov, N. . (2023). "Exploring the Potential of Rural Tourism Development: A Case Study of Ovjazsoy in the Tashkent Region, Uzbekistan.EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY, 3(5), 171–176. Retrieved from

Klaus Schwab, Saadia Zahidi. The Global Competitiveness Report Special Edition 2020: How Countries are Performing on the Road to Recovery. World Economic Forum 2020