Authors

  • Jalilbek Sharifjonov
    O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti 2 bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.63211

Keywords:

Bobur “Boburnoma” Markaziy Osiyo xalqlari Hindiston etnos Qobul.

Abstract

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari nafaqat Movarounnahr, balki Markaziy Osiyo va Hindiston xalqlari tarixini o’rganishdaham muhim tarixiy asar hisoblanadi. Manbada mintaqa xalqlarining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy tarixidan tashqari etnik tarixi, xalqlarning turmush tarzi, urf-odatlari xususida ham qimmatli ma’lumotlar mavjud.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 3

90

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

“BOBURNOMA” VA UNDA MOVAROUNNAHR AHOLISI TARIXINING

YORITILISHI

Sharifjonov Jalilbek Anvarovich

O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti

Xalqaro jurnalistika fakulteti 2 bosqich talabasi

Annotatsiya:

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari nafaqat

Movarounnahr, balki Markaziy Osiyo va Hindiston xalqlari tarixini o’rganishdaham muhim
tarixiy asar hisoblanadi. Manbada mintaqa xalqlarining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy
tarixidan tashqari etnik tarixi, xalqlarning turmush tarzi, urf-odatlari xususida ham qimmatli
ma’lumotlar mavjud.

Kalit so’zlar:

Bobur, “Boburnoma”, Markaziy Osiyo xalqlari, Hindiston, etnos,

Qobul.

XVI asrda yashab o’tgan yirik olim va davlat arbobi, Farg’ona hokimi Temuriy Umar

Shayx Mirzoning (1461-1494 yy.) katta o’g’li Zahiriddin muhammad Bobur 1483 yil 14
fevralda Andijonda tug’ilgan. 1494 yil 5 iyunda 12 yoshida otasi Umarshayx Mirzoning
vafotidan so’ng Farg’ona taxtiga o’tkaziladi. Lekin oradan ko’p vaqt o’tmay, mamlakatda
kuchayib ketgan feodal kurash natijasida, aniqrog’i Sulton Ahmad Tanbal boshchiligidagi
feodal guruh bilan bo’lgan kurashda mag’labiyatga uchraydi va Farg’onani tashlab chiqishga
majbur bo’ladi.

Bobur 1497-1500 yillari mobaynida Samarqand taxti uchun olib borgan kurashi ham

mag’lubiyat bilan tugaydi. Bobur 1504 yilga qadar, Farg’ona uchun kurashni davom ettiradi,
lekin g’alaba qozonmaydi. 1504 yil Movarounnahrni tark etib, Afg’onistonga ketadi. Bu
paytda Afg’onistonda feodal tarqoqlik yuzaga kelgan bo’lib, Bobur bundan ustalik bilan
foydalanadi va Qobulni egallaydi.

1511 yilning kuzida Bobur Eron shohi Ismoil Safaviyning (1502- 1524yy.) harbiy

yordamiga tayanib, Samarqandni qayta egallashga muvaffaq bo’ladi, lekin uning
hukmronligi bir yilga ham yetmaydi. 1512 yilning bahorida Ko’li Malik degan joyda bo’lib
o’tgan jangda Shayboniylarning birlashgan kuchlari uni tor-mor keltiradi. Bobur Hisorga,
undan yana Qobulga qaytadi.

Bobur 1514-1526 yillar davomida Shimoliy Hindistonga, uni bo’ysundirish

maqsadida 5 marta qo’shin tortadi va 1526 yilda bosib oladi. Boburiylar g’arbda Buyuk
mo’g’ul imperiyasi nomi bilan mashhur bo’lgan feodal davlatga asos soladi. Bobur 1530


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 3

91

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

yilning 26 dekabrida 47 yoshida vafot etadi. Bobur o’zining ajoyib lirik she‘rlari hamda
«Boburnoma» nomli memuar asari bilan tarixda o’chmas nom qoldirdi.

«Boburnoma» me‘muar tipda yozilgan asar bo’lib, o’zida Farg’ona, Toshkent,

Samarqand, Hisor, Chag’oniyon, Afg’oniston va Shimoliy Hindistonning XV asrning 80-
90 yillari va XVI asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli yoritiladi. Bundan
tashqari asar geografik va etnografik faktlarga (Farg’onaning turk-mo’g’ul qabilalari,
ko’chmanchi o’zbek qo’shinlarining tuzilishi, Movarounahr, Afg’oniston va Hindiston
xalqlarining urfodati va b.) ham juda boy. “Boburnoma” XVI asrdan boshlab hozirgacha
dunyoning ko’p tillari – ingliz, golland, fransuz, fors, nemis, italyan, rus, hind, urdu va
boshqa

tillariga

bir

necha

martalab

tarjima

qilingan.

“Boburnoma”ning jahonga mashhur bo’lishida, asosan ingliz sharqshunoslarining xizmati
katta. Negaki, manbaning jahonda birinchi to’liq nashri 1826 yilda ingliz tilida J. Leyden
va V. Erskin tomonidan amalga oshirilgan. Asarning tarjimalari Angliyada 9 marta nashr
etilgani ham “Boburnoma”ning ilmiy ahamiyati qanchalik yuqori ekanidan dalolat beradi.

Rus sharqshunoslaridan N. I. Pantusov, S. I. Polyakov, V. Vyatkinlar ham

“Boburnoma”dan parchalarni tarjima qilganlar. N. I. Ilminskiy 1857-yilda “Boburnoma”ni
Qozonda nashr ettiradi. “Boburnoma” asarining bir necha marta soddalashtirilib,
o’quvchiga tushunarli tilda nashr qilingan hamda undagi tarixiy voqealar yoritilgan ko’plab
asarlar yaratilgan va yaratilmoqda. Jumladan, P. Shamsiyev, V. Rahmonov, H.Qudratillayev,
T. Fayziyevlar bu sohada yirik tadqiqot ishlarini amalga oshirganlar.

“Boburnoma” asari yaratilishi Movarounnahr bilan bog’liq bo’lgani uchun ham

asarda mintaqa aholisining turmush tarzi, etnik holati, marosim va urf-odatlariga doir
ma’lumotlar o’rin olgan. Jumladan, Samarqand xalqi xaqida so’z ketar ekan, “Samarqand
eli turkdir (o’zbekdir). Shahar aholisi va bozorga keluvchilardan turkiyni bilmaydigan kishi
yo’q. Elining tili adabiy tilga muvofiq”, degan ma’lumotlar keltiriladi. Shuningdek, asarda
Farg’ona va uning atrofidagi hududlar aholisini ham tavsiflaganini ko’rishimiz mumkin.
Xususan, Isfara haqidagi ma’lumotlarda shahar Marg’inonning g’arbiy janubidadir.
Xalqining barchasi sort, forsiyda so’zlashadi, deyiladi “Boburnoma”da.

Shuningdek, asarda Andijon va uning atroflaridagi hududlar va aholisi haqida so’z

boradi. Andijon viloyatining dashtda yashovchi aholisidan biri odami ko’p “chakrak” elidir.
Besh-olti ming uylik eldir. Ular Farg’ona va Qoshg’ar orasidagi tog’larda istiqomat qiladi.
Otlari ko’p va qo’ylari behisob. U tog’larga qoramol o’rniga qo’tos o’rniga saqlaydilar.
Chakrak mol olib, lashkarga bo’lib berish uchun lashkarni Qosimbekka boshlatib,
Chakrakka yuborildi, deydi Bobur. Asarda Dahkat hududi to’g’risida ham quyidagi
ma’lumotlar keltiriladi: “Dahkat O’ratepaning tog’ etagidagi shaharlardandir. Bu tog’dan


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 3

92

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

o’tgach, Mascho keladi. Eli garchi sort va qishloqda yashasalarda, turklardek galo va
suruvli ellardir”.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, “Boburnoma”da hududlar

geografik, etnografik jihatdan to’liq ta’riflab berilgan. Asarda bayon qilingan hududlar
aholisi haqida so’z ketar ekan, aholining turmush tarzi, qaysi tilda so’zlashgani haqidagi
ma’lumotlarni ham aks etganini kuzatish mumkin.

Boburning yozishicha, Shayboniyxon Movarounnahrni to’la nazoratga olgach,

Samarqand, Hisor va Qunduzdan ko’plab xalqlar Qobulga ko’chib o’tadi. “Boburnoma”da
bu davrda Qobul viloyatida qanday xalqlar yashagani haqida ham ma’lumotlar keltiriladi.
Shunga ko’ra, Movarounnahr aholisining bir qismi ko’chib o’tgan Qobul viloyatida xilma-
xil qavmlar bo’lgan. Tog’ oraliqlari va tekisliklarga turklar, aymoqlar, sahroyi arablar,
shahar va ba’zi kentlariga sartlar istiqomat qilishadi. Yana ba’zi kentlari va viloyatda
pashoyi, parojiy, tojik, baroki va afg’onlar yashashadi. G’arbiy tog’lariga xazora va
nakdariylar yashaydilar. Bularning orasida ba’zilari mo’g’ul tilida gaplashgan. Qobul
viloyatida o’n bir –o’n ikki tilda so’zlashadilar. Bular arabiy, forsiy, turkiy, mo’g’uliy,
hindiy, afg’oniy, pashoyi, chabriy, barakiy, lamg’oniy va boshqalar.

“Boburnoma”da bir qancha etnoslar nomi tilga olingan. Masalan, do’ldoy, barin,

charos, sag’riychi, qavchin, tag’oyi, to’qchi, mo’g’ul, tarxon, o’g’loqchi, arg’un, uyg’ur,
qipchoq, barlos, chakrak, dug’lot, arab va boshqa etnonimlar qayd etilgan.

Bu davr tarixi aks etgan manbalaridan farqli o’laroq kichik urug’-qabilalar haqida

ham so’z yuritilgan. Jumladan, do’ldoy etnosi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib ko’rsak.
Do’ldoylar Umarshayx Mirzo va Bobur davrida yirik etnoslardan bo’lib, O’ratepaning
boshqaruvi Hofizbek do’ldoy qo’lida edi. Manbada do’ldoy qavmining yana ko’plab
vakillari nomi ham keltiriladi. Xususan, Jonibek do’ldoy, Qosim do’ldoy va boshqalar.
Qosim do’ldoy Sherozda hokimlik qilgani manbada ta’kidlanadi.

Bobur ko’p bor tilga olgan yana bir qabila to’qchi, tog’chi, tag’ochi kabi nomlar bilan

tilga olingan etnos hisoblanadi. To’qchilar Samarqand atroflarida yashagani va bu
hududdagi to’qchi elatiga Vays Log’ariy boshchilik qilgani manbada ta’kidlanadi.

“Boburnoma”da keltirilgan yana bir etnos arg’un qabilasi hisoblanadi. Arg’unlar

aslida Amir Temur davridan mintaqadagi eng faol etnoslar sifatida tarixiy manbalarda tilga
olingan. “Boburnoma”da bu davrda Movarounnahrdagi arg’unlar va ularning yetakchilari
haqida ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan, Boburning amakisi Ahmad Mirzoning eng yirik
amirlari qatorida Sulton Husayn arg’un nomi qayd etiladi. Shuningdek, Xurosonda davlatni
idora etayotgan Temuriy hukmdor Husayn Boyqaroning amirlari orasida Zunnun arg’un va
uning o’g’li Shoh Shujo’ arg’un nomlari eslatiladi. Bobur o’z faoliyatida Husayn


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 3

93

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Boyqaroga xizmat qilgan arg’unlar guruhi bilan to’qnashgani to’g’risida ham manbada so’z
yuritgan. Shunga ko’ra, Bobur Zunnun arg’unning o’g’illari Shoh Shujo’ (Shohbek) arg’un,
Muqim arg’unlar boshchiligidagi arg’unlarqo’shini bilan urushadi. “Boburnoma”da
keltirilishicha, to’qnashuvda arg’unlar lashkarining soni 6-7 ming kishi bo’lgan.

Xulosa o’rnida aytganda, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari

nafaqat Movarounnahr, balki Markaziy Osiyo va Hindiston xalqlari tarixini
o’rganishdaham muhim tarixiy asar hisoblanadi. Manbada mintaqa xalqlarining ijtimoiy,
siyosiy, iqtisodiy, madaniy tarixidan tashqari etnik tarixi, xalqlarning turmush tarzi, urf-
odatlari xususida ham qimmatli ma’lumotlar mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Абдураззоқ Самарқандий. Матлаъ ус-саъдайн ва мажмаъ ул-баҳрайн./ Форс

тилидан таржима, кириш сўз ва изоҳли луғатлар муаллифи А. Ўринбоев. II/1. – Т.:
Фан, 1969. – 463 б.; II/1. – Т.: Ўзбекистон, 2008. – 632 б.; II/2, 3. – Т.: Ўзбекистон, 2008.
– 832 б.

2.

Абулғозий. Шажарайи турк. – Т.: Чўлпон, 1992. – 189 б.

3.

Бобур. Бобурнома. – Т.: Ўзбекистон, 2008. – 287 б.

4.

Давлатшоҳ Самарқандий. “Тазкират уш-шуаро”дан // Амир Темур ва

Улуғбек замондошлари хотирасида. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – Б. 8-15.

5.

Мирхонд. “Равзат ус-сафодан” // Амир Темур ва Улуғбек замондошлари

хотирасида. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – Б. 100-135.

6.

Муҳаммад Солиҳ. Шайбонийнома. – Т.: Фан, 1961. – 360 б.

7.

Хондамир, Ғиёсиддин ибн Хумомиддин. Ҳабиб ус-сийар фи ахбори башар

(Башар аҳли сийратидан хабар берувчи дўст) / Масъул муҳаррир А. Аҳмедов; Форс
тилидан таржима, муқаддима муаллифлари: И. Бекжонов, Ж. Ҳазратқулов. –
Тошкент: Ўзбекистон, 2013. – 1272 б.

8.

Ҳофизи Абру. “География”дан (форс тилидан О.Бўриев таржимаси) //

Темурийлар бунёдкорлиги давр манбаларида. Тузувчилар: А.Ўринбоев, О.Бўриев. –
Тошкент, 1997. – Б. 62-75.

9.

Ҳофизи Абру “Зубдат ат-таворих”дан (форс тилидан О.Бўриев таржимаси) //

Темурийлар бунёдкорлиги давр манбаларида. Тузувчилар: А.Ўринбоев, О.Бўриев. –
Тошкент, 1997. – Б. 81-83.

10.

Ҳофизи Абру “Зубдат ат-таворих”дан (форс тилидан О.Бўриев таржимаси) //

Амир Темур ва Улуғбек замондошлари хотирасида. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – Б. 298-310.

References

Абдураззоқ Самарқандий. Матлаъ ус-саъдайн ва мажмаъ ул-баҳрайн./ Форс тилидан таржима, кириш сўз ва изоҳли луғатлар муаллифи А. Ўринбоев. II/1. – Т.: Фан, 1969. – 463 б.; II/1. – Т.: Ўзбекистон, 2008. – 632 б.; II/2, 3. – Т.: Ўзбекистон, 2008. – 832 б.

Абулғозий. Шажарайи турк. – Т.: Чўлпон, 1992. – 189 б.

Бобур. Бобурнома. – Т.: Ўзбекистон, 2008. – 287 б.

Давлатшоҳ Самарқандий. “Тазкират уш-шуаро”дан // Амир Темур ва Улуғбек замондошлари хотирасида. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – Б. 8-15.

Мирхонд. “Равзат ус-сафодан” // Амир Темур ва Улуғбек замондошлари хотирасида. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – Б. 100-135.

Муҳаммад Солиҳ. Шайбонийнома. – Т.: Фан, 1961. – 360 б.

Хондамир, Ғиёсиддин ибн Хумомиддин. Ҳабиб ус-сийар фи ахбори башар (Башар аҳли сийратидан хабар берувчи дўст) / Масъул муҳаррир А. Аҳмедов; Форс тилидан таржима, муқаддима муаллифлари: И. Бекжонов, Ж. Ҳазратқулов. – Тошкент: Ўзбекистон, 2013. – 1272 б.

Ҳофизи Абру. “География”дан (форс тилидан О.Бўриев таржимаси) // Темурийлар бунёдкорлиги давр манбаларида. Тузувчилар: А.Ўринбоев, О.Бўриев. – Тошкент, 1997. – Б. 62-75.

Ҳофизи Абру “Зубдат ат-таворих”дан (форс тилидан О.Бўриев таржимаси) // Темурийлар бунёдкорлиги давр манбаларида. Тузувчилар: А.Ўринбоев, О.Бўриев. – Тошкент, 1997. – Б. 81-83.

Ҳофизи Абру “Зубдат ат-таворих”дан (форс тилидан О.Бўриев таржимаси) // Амир Темур ва Улуғбек замондошлари хотирасида. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – Б. 298-310.