Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash jarayonida burg‘ilash eritmalarining xossasiga va parametrlariga katta talablar qo‘yiladi. Ushbu maqolada anomal past qatlam bosimiga ega bo‘lgan qatlamlarni ochishda eritmaning xossasini va parametrlarini noto‘g‘ri tanlanishi katta murakkabliklarni keltirib chiqarishi ilmiy asoslangan.