Ushbu maqolada epileptik o‘choqlarni davolashda neyrostimulyatsiya usullarining samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotda 100 nafar bemor, jumladan, turli yoshdagi epilepsiya bilan og‘rigan shaxslar ishtirok etdi. Neyrostimulyatsiya usullari, xususan, transkranial magnit stimulyatsiya (TMS) va invaziv elektr stimulyatsiya (IES) qo‘llanildi. Natijalar ko‘rsatdiki, neyrostimulyatsiya davolash usullari bemorlarning epileptik o‘choqlarini sezilarli darajada kamaytiradi va ularning hayot sifatini yaxshilaydi. Maqolada shuningdek, ushbu usullarni qo‘llashning afzalliklari, klinik amaliyotdagi ahamiyati va mumkin bo‘lgan nojo'ya ta'sirlari ham ko‘rib chiqildi.