Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 2
34
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Marketing tushunchasi va uning bozor iqtisodiyotidagi muhim roli.
Sayfullayeva Nigora Fayzulla qizi
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti talabasi
+99891 583 00 53
nigorasayfullayeva1001@gmail.com
The concept of marketing and its important role in the market economy.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada marketing, marketingning maqsad va vazifalari
haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek firma va kompaniyalar rivojida
strategik marketingning ham o’rni haqida to’xtalib o’tilgan.
Abstract:
This article provides detailed information about marketing, the goals
and objectives of marketing. The role of strategic marketing in the development of
firms and companies was also discussed.
Аннотация:
В данной статье представлена подробная информация о
маркетинге, целях и задачах маркетинга. Также обсуждалась роль
стратегического маркетинга в развитии фирм и компаний. .
Kalit so’zlar:
Iqtisodiyot, marketing, strategik marketing, marketing maqsad
va vazifalari.
Keywords:
Economy, marketing, strategic marketing, marketing goals and
objectives.
Ключевые слова:
Экономика, маркетинг, стратегический маркетинг,
цели и задачи маркетинга.
Kirish:
Bugungi tobora rivojlananib borayotgan tadbirkorlik va bisnes yo’qki, jahonda
o’z o’rnini topish maketingdan foydalanmagan. Shu sababli mamlakatimiz ham bozor
iqtisodiyotiga bosqichma bosqich o’tar ekan, bunda tadbirkorlikni va biznesni qo’llab
quvvatlash muhim rol o’ynashini va marketing ham buning bir qismi ekanligini
ta’kidlab o’tishadi. Hususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mikrodan kichik
biznesga o‘smoqchi bo’lgan tadbirkorlarga marketing bilimlarini olish uchun quyidagi
so’zlarni ta’kidlab o’tdi, “Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida tajriba orttirgan 500
mingdan ziyod mikro-biznes vakillari bor. Endi 9 ming 400 ta mahalladagi hokim
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 2
35
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
yordamchilari o‘z hududida mikrodan kichik biznesga o‘smoqchi bo‘lgan 3-4 nafar
tadbirkorni har oyda biznes markazlariga jalb qiladi. Markazlar esa
tashabbuskorlarning biznes loyihalarini ishlab chiqishga ko‘maklashadi, o‘z hisobidan
yangi loyiha qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarni o‘qitadi, yangi loyihalarga zarur
mutaxassislarni jalb qiladi, tadbirkorlar uchun buxgalteriya, soliq, audit, marketing,
huquqiy va boshqa konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi”.
1
Ko’rinib turibdiki mamlakatda
va biznes olamida har bir tadbirkorlik bilan shug’illanmoqchi bo’lgan shaxslarda,
bizneslari rivoji uchun marketingni o’rni juda muhimdir.
Marketing-
bu hozirgi paytdagi biznes falsafasi bo’libgina qolmay shuningdek faol
jarayondir ham. U harakatdagi jarayon sifatida bozor iqtisodiyoti aniq faoliyati
ko’rsatishi uchun muhim hisoblangan bir qancha vazifalarni hal qiladi.
Marketing
-bu reklama, xaridorga ta’sir qilgan holda sotish hajmini oshirish uchun
qilinadigan jarayon.Shu bilan birgalikda mahalliy va jahon bozorini ishlab chiqaruvchi
o’z o’rnini egallash uchun qo’llanadigan vositadir ham.
Raqobatbardosh bozor sharoitida tadbirkorlik rivoj topishi uchun, marketologlar bu
jaryonda kerakli shaxslar hisoblanadi. Bozor sharoiti va iste’molchi talabani o’rganish
orqali kerakli, mahsulotlarni reklama qilish va qanaqa yo’l bilan bo’lmasin xaridorga
o’z ta’sirini ko’rsatish va mahsulotni sotish bilan o’rin egallash bu marketologning
muhim bir vazifasi hisoblanadi.
S
hu o’rinda biz Marketingning tahlil va tadqiq ob’ektlarini ko’rib chiqsak:
• bozor;
• tovarlar va xizmatlar;
• tovarlar va xizmatlaming sifati;
• baholar va tariflar;
• xaridorlar va xizmatlardan foydalanuvchilar;
• firmalar, tovarlar, xizmatlaming raqobatbardoshligi;
• raqobat kurashi;
• talab va taklif;
• bozor konyunkturasi;
• tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarishga, sotishga ketadigan xarajatlar;
• tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish texnologiyalari;
1
“
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot shaklida
o‘tkazilgan uchrashuvdagi nutqi” dan
18.08.2023
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 2
36
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
• marketing strategiyasi.
Marketingning maqsadlari va vazifalari:
•
tovarlar va xizmatlami ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish;
• sarf-xarajatlami kamaytirish;
• foydani oshirish;
• tovarlar va xizmatlaming raqobatbardoshligini ko’paytirish;
• tovarlar va xizmatlarni yangi bozorlarga kirgizish;
• tovar va xizmatlar siyosatini yaratish;
• narx va tarif siyosatini yaratish;
• marketing dasturini yaratish.
Muvaffaqiyatga erishgan va yuqori daromadga ega kompaniyalar tajribasidan
kelib chiqib aytadigan bo’lsak, “Marketing” atamasi bozor sari harakatlanish va yuqori
daromadning kaliti ekanligini ko’rsatadi. Dunyo bo’ylab turli jarayonlarni
oynayijahonda tomosha qilar ekanmiz, ko’zimiz beixtiyor turli tuman reklamalarga
tushadi. Shulardan biri “Pepsi” kompaniyasi reklamasidir. Kompaniya yuqori daromad
va iste’molchilarga ega bo’lishiga qaramasdan, reklamaga millonlab pul sarf qiladi va
bu yo’lda u mashxur fudbolchilardan foydalanishi hech kimga sir emas.
2
Ko’rib
turibmizki har qanday sharoitda marketing bu ishlab chiqaruvchilarning ajralmas
qismidir desak mubolag’a bo’lmaydi.
Kompaniyalarda marketing yana qanday yo’llar bilan muhim rol o’ynashini
ko’rib chiqsak:
1)
Operatsion marketing-
qisqa muddatga rejalashtirilgan bozorlarga qaratilgan faol
jarayondir.
Bu jarayonda quyidagi hollar ham kiritiladi.
Ya’ni;
• Maqsadli segmentni tanlash;
• Marketing rejasi;
• Kompleks marketing bosimi
• Marketing budjeti
• Rejani amalga oshirish va nazorat
2
https://www.marketing-interactive.com/pepsi-football-film-nutmeg-royale
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 2
37
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Shuningdek operatsion marketingda yana bir muhim vazifa turadi va u
mahsulot qancha sifatli ishlab chiqarilganiga qaramay, tovarga bozor talablaridan kelib
chiqqan holda narx qo’yishdir. Misol sifatida olaylik past daromadli mamlakatda eng
kam oylik ish haqi $30, lekin yuqori daromadli mamlakatda esa $300. Lekin mahsulot
sifati va narxi, ikkala turdagi davlat uchun ham teng. Shuni nazarda tutish lozimki, real
holatda mahsulot ikkala davlatga har xil narxlarda sotiladi. Biz ma’lum bir shokoladni
Amerikada $10 olsak, lekin uni O’zbekistonda bozor sharoitidan kelib chiqin pastroq
$5 olishimiz mumkin. Bu albbatta Operatsion marketingning faolligidan dalolat beradi.
2)
Strategik marketing
- bu, jismoniy shaxslar va tashkilotlar ehtijoylarining tahlilidir.
Mareking jihatidan olib qaraydigan bo’lsak, iste’molchi faqatgina tovarga emas va
balki shu tovar orqali yechiladigan muammoning hal qilinishiga muhtojdir. Bu yerda
yechimning eng asosiy yordamchisi bu texnologiyalar hisoblanadi.
Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, strategik marketing kompaniyaning istiqboli uchun,
o’rta va uzoq muddatli jarayonni o’z ichiga oladi.Uning vazifasi kompaniya
missiyasini aniqlash, maqsad qo’yish va tovar xilma xilligi muvozanatini
ta’minlashdan iboratdir.
Xulosa va takliflar:
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki yuqorida ko’rsatganimizdek marketing bu har
bir muvaffaqiyatli biznesmen va tadbirkorning suv va havosidek. Eng yaxshi
marketingga ega bo’lish uchun ham bizda kuchli va tajribali marketoglar bo’lishi
kerakligini ham yuqorida ko’rib o’tdik. Har bir boshlangan biznesda asosiy narsa
daromad va pul hisoblansa, shuni unutmasligimiz joizki, ularni bizga olib keltiradigan
vosita bu marketingdir. Bir so’z bilan aytgan hech qachon marketingsiz uzoqqa borib
bo’lmaydi.
Takliflar:
1)
Marketingni rivojlantirish uchun avvalo kompaniyada kuchli va xilma xil portfeli
bo’lishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
2)
Ajoyib dizayn, bu marketingning kuchi hisoblanadi.
3)
Marketingni har bir davlatga mos tarzda qilish, ya’ni mamlakatning madaniyatini
hisobga olish.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 2
38
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
4)
Marketing jarayonida agar kompaniya kamida 10 ta davlat marketologlari bilan
hamkorlikda ishlab, o’z qarashlarni almashsa va mahulotga reklama yaratsa, bu eng
yaxshi marketing bo’lar edi. Zero dunyoni o’rganish marketingda muhim rol o’ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1)
SH.DJ. Ergashxodjayeva “Strategik Marketing” 2019 yil. 9-27 betlar.
2)
S.A.Salimov “Marketingni boshqarish” 2010 yil. 5-6 betlar.
3)
