Authors

  • G.A.
    Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar Universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv kafedrasi mudiri, dotsent
  • Sabina Abdukarimova
    Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar Universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv BMK 22-01 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.63240

Keywords:

Asosiy vositalar amartizatsiya yangi texnika va uskunalar binolar inshootlar mashinalar aktivlar buxgalteriya balansi.

Abstract

Mazkur maqolada korxonalarda asosiy vositalar hisobining o‘rni va roli, ularni hisobga olinishi, samarali boshqarilishi, foydalanish muddati, amartizatsiya hisobi kabi masalalar, shuningdek yangi texnika va uskunalar sotib olish, eski vositalarni yangilash korxonaning bozor pozitsiyasini mustahkamlash kabi  masalalari bayon qilingan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 2

39

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

KORXONALARDA ASOSIY VOSITALAR HISOBINING O‘RNI VA ROLI

Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar

Universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv

kafedrasi mudiri, dotsent

G.A. Adilova

,

BMK 22-01 guruh talabasi

Abdukarimova Sabina Botir qizi

Tel:+998993051729

e-mail:

sabinaabdukarimova176@gamil.com

Annotatsiya

: Mazkur maqolada korxonalarda asosiy vositalar hisobining o‘rni va

roli, ularni hisobga olinishi, samarali boshqarilishi, foydalanish muddati, amartizatsiya
hisobi kabi masalalar, shuningdek yangi texnika va uskunalar sotib olish, eski
vositalarni yangilash korxonaning bozor pozitsiyasini mustahkamlash kabi masalalari
bayon qilingan.

Tayanch soʻzlar

: Asosiy vositalar, amartizatsiya, yangi texnika va uskunalar,

binolar, inshootlar, mashinalar, aktivlar, buxgalteriya balansi.

Abstract

: This article outlines issues such as the place and role of fixed asset

accounting in enterprises, their accounting, effective management, service life,
depreciation accounting, as well as issues such as the purchase of new equipment and
equipment, the renewal of old assets, and the strengthening of the enterprise's market
position.

Keywords

: Fixed assets, amartization, new equipment and techniques, buildings,

structures, machines, assets, balance sheet.

Аннотация

: В данной статье изложены такие вопросы, как место и роль учета

основных средств на предприятиях, их учет, эффективное управление, срок
службы, учет амортизации, а также такие вопросы, как приобретение новой
техники и оборудования, обновление старых средств, укрепление рыночных
позиций предприятия.

Ключевые слова

: Основные средства, амортизация, новая техника и

оборудование, здания, сооружения, машины, активы, бухгалтерский баланс.

KIRISH

Asosiy vositalar korxonalar uchun muhim moddiy resurslardan biri bo‘lib, ularning

samarali boshqarilishi va hisobga olinishi biznesning muvaffaqiyati va moliyaviy
barqarorligi uchun zarurdir. Asosiy vositalarga binolar, inshootlar, texnikalar,
mashinalar va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan moddiy aktivlar kiradi. Ushbu


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 2

40

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

maqolada korxonalarda asosiy vositalarning hisobining o‘rni va roli, ularning
moliyaviy holatga ta’siri va samarali boshqarishning ahamiyati tahlil qilinadi.

TADQIQOT METADOLOGIYASI

Maqolaning metodologik asoslarini O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari,

Prezidentimizning qaror va farmonlari, asarlari va ma’ruzalari, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari, Vazirliklar, Davlar qo‘mitalari va idoralarining hujjatlari,
buxgalteriya hisobiga oid milliy va xalqaro standartlar, Nizomlar, yo‘riqnomalar,
xorijda va Respublikamizda chop qilingan ilmiy ishlar, darsliklar va qo‘llanmalar,
ilmiy maqolalar, internet tarmog‘i materiallari hamda izlanishlar olib borilgan
korxonalarning amaliy materiallari tashkil etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Asosiy vositalar hisobi korxona egaligidagi uzoq muddat foydalaniladigan moddiy

aktivlarning holatini, qiymatini va ulardan foydalanish muddatini aniq va to‘g‘ri aks
ettirishni ta’minlaydi. Bu vositalar nafaqat ishlab chiqarish jarayonini qo‘llab-
quvvatlaydi, balki ular korxonaning asosiy kapital qismiga kiradi va buxgalteriya
balansi tarkibida katta ulushga ega.

Asosiy vositalarning hisobga olinishi moliyaviy hisobotning to‘g‘riligini ta’minlash

bilan bir qatorda, investitsiya rejalarini tuzishda, amortizatsiyani hisoblashda va
soliqqa tortish masalalarida ham muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, bu hisob korxona
aktivlarining haqiqiy qiymatini aniqlash va samarali boshqaruv qarorlarini qabul
qilishda katta ahamiyatga ega.

Asosiy vositalarning hisobi va buxgalteriya talablari

Buxgalteriya standartlariga ko‘ra, asosiy vositalar ularning dastlabki qiymati,

foydalanish muddati va amortizatsiya xarajatlari asosida hisobga olinadi. Korxonalar
aktivlarning qiymatini to‘g‘ri hisoblash va ulardan foydalanish muddatini belgilash
orqali buxgalteriya balansini aniq va ishonchli shakllantirishi lozim. Amortizatsiya esa
vositalarning foydali xizmat muddati davomida ularning qiymatini teng taqsimlash
jarayonidir.

Asosiy vositalarning eskirishi va ularning yangilanishi doimiy ravishda kuzatilib

borilishi kerak. Shuningdek, asosiy vositalarni hisobga olishda ularning texnik holati,
xizmat muddati va foydalanish darajasiga alohida e’tibor beriladi.

Asosiy vositalar hisobi korxona moliyaviy holatiga ta’siri

Asosiy vositalar korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda asosiy

omillardan biridir. Ularning to‘g‘ri hisobga olinishi va boshqarilishi korxonaning
umumiy moliyaviy ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladi:

1. Moliyaviy barqarorlik


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 2

41

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Korxonaning moliyaviy barqarorligi asosiy vositalarning to‘g‘ri hisobga olinishi va

ularning holatiga bog‘liqdir. Agar asosiy vositalar samarali ishlatilsa, bu korxonaning
ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga yordam beradi.

2. Amortizatsiya xarajatlari
Asosiy vositalar eskirish jarayonida amortizatsiya hisoblanadi. Amortizatsiya

xarajatlari korxonaning umumiy xarajatlari tarkibiga kiradi va moliyaviy hisobotda aks
etadi. To‘g‘ri hisoblangan amortizatsiya xarajatlari soliqqa tortish va foyda
ko‘rsatkichlarini aniqlashda muhim omildir.

3. Investitsiya va rivojlanish
Asosiy vositalarning samarali boshqarilishi va to‘g‘ri hisobga olinishi kelajakda

yangi investitsiyalarni jalb qilish va rivojlanish imkoniyatlarini yaratadi. Yangi texnika
va uskunalar sotib olish, eski vositalarni yangilash korxonaning bozor pozitsiyasini
mustahkamlashga yordam beradi.

Asosiy vositalar hisobi samaradorligini oshirish yo‘llari

Korxonada asosiy vositalar hisobi samaradorligini oshirish uchun quyidagi

qadamlar amalga oshirilishi lozim:

Yangi texnologiyalarni joriy qilish
Korxonalarda raqamlashtirish va avtomatlashtirilgan buxgalteriya tizimlaridan

foydalanish asosiy vositalarni hisobga olish va boshqarish jarayonini ancha
osonlashtiradi. Raqamli tizimlar orqali aktivlar harakati, eskirishi va amortizatsiyasi
aniq kuzatib boriladi.

Doimiy monitoring
Asosiy vositalar holatini doimiy kuzatib borish va ularni texnik xizmat ko‘rsatish

orqali ishlab chiqarish quvvatlarini maksimal darajada saqlash mumkin. Eskirgan
vositalarni yangilash, texnik holatini tekshirish va ta’mirlash ishlarini rejalashtirish
ularning uzoq muddat ishlashini ta’minlaydi.

Amortizatsiyani optimallashtirish
Amortizatsiyani to‘g‘ri va aniq hisoblash orqali korxona xarajatlarini samarali

boshqarish mumkin. Buning uchun amortizatsiya usullarini tanlashda iqtisodiy
jihatdan

eng

maqbul

usullarni

qo‘llash

kerak.

Asosiy vositalarni amartizatsiyasini hisoblashning 4 xil usuli mavjud va bular
quyidagilar.

Teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash.

Uskunaning boshlangʼich qiymati-1 mln soʼm, tugatish qiymati-100 ming soʼm,

foydali xizmat muddati-5 yil


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 2

42

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli).

Uskunaning boshlang‘ich qiymati-1 mln so‘m, tugatish qiymati-100 ming so‘m,

foydali xizmat muddati-5 yil, foydalanish umumiy vaqti-9000 soat

Ikki karra amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli.

Uskunaning boshlang‘ich qiymati-1 mln so‘m, tugatish qiymati-100 ming so‘m,

foydali xizmat muddati-5 yil

DAVR

Boshlang’ich

qiymat

Yillik

amortizatsiya

summasi

Yig‘ilgan

eskirish

Qoldiq
qiymat

Sotib olingan

(foydalanish

boshlangan)

sana

1000000

-

-

1000000

1-yil oxirida

1000000

180000

180000

820000

2-yil oxirida

1000000

180000

360000

640000

3-yil oxirida

1000000

180000

540000

460000

4-yil oxirida

1000000

180000

720000

280000

5-yil oxirida

1000000

180000

900000

100000

DAVR

Boshlang’ich

qiymat

Yillik

amortizatsiya

summasi

Yig‘ilgan

eskirish

Qoldiq
qiymat

Sotib olingan

(foydalanish

boshlangan)

sana

1000000

-

-

-

1-yil oxirida

1000000

2000

200000

200000

2-yil oxirida

1000000

3000

300000

500000

3-yil oxirida

1000000

1000

100000

600000

4-yil oxirida

1000000

2000

200000

800000

5-yil oxirida

1000000

1000

100000

900000

DAVR

Boshlang’ich

qiymat

Yillik amortizatsiya

summasi

Yig‘ilgan

eskirish

Qoldiq
qiymat


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 2

43

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Yillar summasi usuli (kumulyativ usul)

Uskunaning boshlang‘ich qiymati-1 mln so‘m, tugatish qiymati-100 ming so‘m,

foydali xizmat muddati-5 yil

Har hil turdagi asosiy vositalarga nisbatan amortizatsiya hisoblashning turli

usullarini qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Shu bilan birga, asosiy vositalarning bir hildagi
obyektlari (rusumi, turi) bo‘yicha faqat bir hil usul qo‘llaniladi.

Amortizatsiya hisoblashning tanlangan usuli korxonaning hisob siyosati bilan

belgilanishi va bir hisobot davridan boshqasigacha yil davomida o‘zgarmagan holda
ketma-ket qo‘llanilishi lozim.

XULOSA

Korxonalarda asosiy vositalar hisobi moliyaviy barqarorlik, samarali boshqaruv va

rivojlanish uchun juda muhim hisoblanadi. Asosiy vositalarni to‘g‘ri hisobga olish
korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash va kelgusida yangi investitsiyalarni jalb
qilish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirish

Sotib

olingan

(foydalanish

boshlangan)

sana

1000000

-

-

1000000

1-yil oxirida

1000000

(40% х 1000000) = 400000

400000

600000

2-yil oxirida

1000000

(40% х 600000) = 240000

640000

360000

3-yil oxirida

1000000

(40% х 360000) = 144000

784000

216000

4-yil oxirida

1000000

(40% х 216000) = 86400

870400

129600

5-yil oxirida

1000000

29600

900000

100000

DAVR

Boshlang’ich

qiymat

Yillik amortizatsiya

summasi

Yig‘ilgan

eskirish

Qoldiq
qiymat

Sotib olingan

(foydalanish

boshlangan)

sana

1000000

-

-

1000000

1-yil oxirida

1000000

(5/15 х 900000) = 300000

300000

700000

2-yil oxirida

1000000

(4/15 х 900000) = 240000

540000

460000

3-yil oxirida

1000000

(3/15 х 900000) = 180000

720000

280000

4-yil oxirida

1000000

(2/15 х 900000) = 120000

840000

160000

5-yil oxirida

1000000

(1/15 х 900000) = 60000

900000

100000


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 2

44

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

yordamida asosiy vositalarni samarali boshqarish imkoniyatlari yanada kengayib
boradi.

Asosiy vositalarni buxgalteriyada hisobga olishning eng asosiy vazifalaridan biri

shundan iboratki, u mavjud asosiy vositalardan to‘g‘ri va unumli foydalanib, imkoni
boricha ko‘p va sifatli mahsulot ishlab chiqarishni va ishlab chiqarishga sarflangan har
bir so‘mning rentabellik darajasini oshirishni ta‘minlashi kerak. CHunki mavjud
qarorlarga ko‘ra, barcha sub‘ektlar mulklar uchun byudjetga soliq to‘lashlari kerak. Bu
to‘lovlarning summasi mulklarning miqdoriga qarab mutanosib ravishda o‘zgaradi,
asosiy kapitalning qiymati oshgan sari to‘lovlarning summasi ham oshib boradi, bu esa
sub’ekt foydasining kamayib ketishiga ta’sir qiladi. Bunday iqtisodiy siyosat
sub’ektlarni ortiqcha asosiy mablag‘lardan voz kechishga, eng zarur bo‘lgan asosiy
vositalarni olib qolib, ulardan unumli foydalanishga majbur qiladi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni. –

T.: 13.04.2016.

2.

5-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti “Asosiy vositalar” (O‘zR AV

tomonidan 20.01.2004 yilda 1299-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan).

3.

M.Sh. mamatkulov, A.Z. Tabayev Buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma

Toshkent 2022.

4.

B. Isroilov, Buxgalteriya hisobi nazariyasi: Darslik - Toshkent: Tafakkur ,

2020. - 240 b.

5.

Karimov А.А., Ochilov I.K., G‘aniyev Z.U. Buxgalteiya hisobi (II qism)

Darslik, Toshkent “Iqtisod-moliya”, 2020

6.

B.A.Xasanov,

A.A.Xashimov,

A.B.Muxametov,

A.A.Abduvohidov

Buxgalteriya hisobi Darslik “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi
Toshkent – 2021

7.

I.Ochilov,

U.То‘lаkоv

va

A.Xudaykulovlar.

Darslik/Toshkent:

“PUBLISHING HIGH FUTURE” OK nashriyoti 2024.–568 bеt.

References

O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni. – T.: 13.04.2016.

5-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti “Asosiy vositalar” (O‘zR AV tomonidan 20.01.2004 yilda 1299-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan).

M.Sh. mamatkulov, A.Z. Tabayev Buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma Toshkent 2022.

B. Isroilov, Buxgalteriya hisobi nazariyasi: Darslik - Toshkent: Tafakkur , 2020. - 240 b.

Karimov А.А., Ochilov I.K., G‘aniyev Z.U. Buxgalteiya hisobi (II qism) Darslik, Toshkent “Iqtisod-moliya”, 2020

B.A.Xasanov, A.A.Xashimov, A.B.Muxametov, A.A.Abduvohidov Buxgalteriya hisobi Darslik “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Toshkent – 2021

I.Ochilov, U.То‘lаkоv va A.Xudaykulovlar. Darslik/Toshkent: “PUBLISHING HIGH FUTURE” OK nashriyoti 2024.–568 bеt.