Authors

  • E’zoza Islomova
    Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.63245

Keywords:

metod ona tili tushuntirish – namoyish etish metodi qayta xotirlash metodi muammoli bayon qilish metodi bilimlarni tayyor holda bayon qilish metodi muammoli ta’lim qisman izlanuvchanlik.

Abstract

O‘zbek tili  O‘zbekiston Respublikasining davlat tili bo‘lib, uning ta’lim muassasalarida o‘qitilishi ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy ahamiyatga ega. Yoshlarga  ijodiy tafakkur, izlanuvchanlik, mavjud til  imkoniyatlaridan samarali va o‘rinli foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, ularni milliy qadriyat va an’analarga sodiqlik ruhida tarbiyalash Ona tili fanining murakkab, ayni paytda muhim vazifalaridan biridir. Ushbu maqolada  Ona tili fanining ta’lim va tarbiya bilan uyg’unlikdagi metodlari tahlil etilgan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 2

61

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Ona tili darslarida ta’limiy va tarbiyaviy metodlarning uyg‘unligi

Islomova E’zoza Yorqin qizi

Navoiy davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti

3-kurs talabasi

Annotatsiya:

O‘zbek tili

O‘zbekiston Respublikasining davlat tili bo‘lib, uning

ta’lim muassasalarida o‘qitilishi ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy ahamiyatga ega.
Yoshlarga ijodiy tafakkur, izlanuvchanlik, mavjud til imkoniyatlaridan samarali va
o‘rinli foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, ularni milliy qadriyat va an’analarga
sodiqlik ruhida tarbiyalash Ona tili fanining murakkab, ayni paytda muhim
vazifalaridan biridir. Ushbu maqolada Ona tili fanining ta’lim va tarbiya bilan
uyg’unlikdagi metodlari tahlil etilgan.

Tayanch so’zlar:

metod, ona tili, tushuntirish – namoyish etish metodi, qayta

xotirlash metodi, muammoli bayon qilish metodi, bilimlarni tayyor holda bayon qilish
metodi, muammoli ta’lim, qisman izlanuvchanlik.

Bugungi axborot texnologiyalari tinimsiz rivojlanayotgan yangi davrda

innovatsion texnologiyalarga asoslanib, ta’limning dunyo standartlariga javob bera
oladigan darsliklar yaratish asosiy talablardan biridir. Yurt ravnaqi uchun olib
borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-ma’naviy sohalardagi islohotlar jamiyat
taraqqiyotini ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini joriy etish, mustaqil fikrlaydigan,
erkin va ijodkor shaxsni tarbiyalash alohida ahamiyatga ega. O’zbekiston
Respublikasining “Talim to’g’risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”
ta’limning barcha bo’g’inlarida ona tili o’qitishni ham tashkiliy, ham mazmuniy
jihatdan qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi.

Har sohada boʻlganidek, hozirgi oʻzbek adabiy tili qurilishining ilmiy tahlillari

va grammatik tizimi, oʻqituvchi - oʻquvchi munosabatlari ham tubdan yangilanib
bormoqda. Yangilangan Ona tili darsliklarining asosiy maqsadi oʻquvchilarni mustaqil
fikrlashga va oʻz fikrini chiroyli ifodalashiga xizmat qilishdan iboratdir.

Hozirgi vaqtda ta‘lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng

qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida
yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik
vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. Darsning saviyali tashkil etilishi


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 2

62

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

o‘qituvchining o‘qitish metodlarini mukammal bilishi, uni to‘g‘ri tanlay olishi va
ularning har birini o‘z o‘rnida qo‘llay olishiga bog‘liq. O‘quv chilarning psixologik
holati, o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish, fan ta’limining mazmuni va maqsadiga
muvofiq keladigan topshiriqlar tizimi hamda metodlarini to‘g‘ri belgilash, o‘qituvchi
va o‘quvchi o‘rtasida pedagogik hamkorlikning o‘rnatilishi, darsda qo‘llanadigan
vositalarning o‘rinli tanlanishi samaradorlikni ta’minlash bilan aloqador.

Metod yunoncha so‘z bo‘lib, “tadqiqot” yoki “bilish yo‘li” ma’nolarini

ifodalaydi.

1

Bu tushuncha falsafiy va didaktik ma’nolarga ega. Falsafiy ma’noda tabiat

va jamiyat hodisalarini kuzatish hamda voqelikka ilmiy nuqtayi nazardan yondashish
demakdir. Didaktik ma’noda esa bu tushuncha o‘quvchilarni bilim, malaka,
ko‘nikmalar bilan qurollantirish yo‘lini ifodalaydi. Ona tili darslarida tushuntirish,
namoyish etish, muammoli bayon qilish, qayta xotirlash, qisman izlanuvchanlik,
tadqiqot kabi metodlar yetakchi sanaladi.

Tushuntirish – namoyish etish metodida

bilimlar o‘qituvchi tomonidan tayyor

holda beriladi. Tilning qonun-qoidalari tushuntiriladi va uni mustahkamlash maqsadida
misollar keltiriladi. O‘quvchilar bayon qilinayotgan fikrlarni tinglaydilar va xotirada
saqlashga harakat qiladilar. 7-sinf Ona tili darsligidagi quyidagini misol qilish mumkin:

Olmoshlar so‘z, so‘z birikmasi, gaplar va matnlarga ishora qiladi, ularning

o‘rnida almashib kela oladi. Masalan, Salimning sochlari sariq, ko‘zlari ko‘k. U
hecham o‘zbekka o‘xshamaydi gapida u olmoshi Salim o‘rnida qo‘llanmoqda. Asrora
sahnaga chiqmadi. Bu Lola opaning jahlini chiqardi gaplarida esa bu olmoshi butun
bir gapga ishora qilmoqda. Mazkur o‘rinlarda olmoshlarning qo‘llanishi nutqiy
qisqalikka, ravonlikka va o‘rinsiz takrorlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Bu metoddan til hodisalarining mohiyatini tushuntirish, o’quvchilar bilimidagi

bo’sh tomonlarni to’ldirish, savollarga javob berish, murakkab va oldindan ma’lum
bo’lmagan mavzuni tushuntirish maqsadida foydalaniladi. Ushbu metodda keltirilgan
misollarning ilmiy, badiiy, tarbiyaviy yo’nalishda bo’lishini ta’minlash,
o’rganilayotgan til hodisalarining asosiy tomonlariga diqqatni jalb qilish, mazvular
orasida mustahkam bog’lanishlarni vujudga keltirish o’quvchining faollik darajasini
oshiradi.

Muammoli bayon qilish metodida

o‘qituvchi o‘quvchilar oldiga ma’lum bir

muammo qo‘yadi va ularning mustaqil aqliy faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlash orqali

1

A. G‘ulomov va boshqalar. Ona tili o

‘qitish metodikasi. Toshkent, 2012. 69-bet.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 2

63

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

bu muammoni hal qilishga kirishadi. Ta’limning bu metodi o‘quvchilar tomonidan
o‘quv materialining o‘qituvchi rahbarligida mustaqil tahlil etilishi, kuzatilishi,
guruhlanishi, umumlashtirilishi bilan ajralib turadi.

Faraz qiling, siz Oliy Majlis deputatisiz. E’tiboringizni qaysi muammoni hal

qilishga qaratar edingiz? Nima uchun?

Ushbu muammoli savol 7-sinf darsligining “Oliy Majlis” bo‘limida berilgan.

Muammoli bayon qilish metodiga mansub ushbu savol o‘quvchini fandan tashqari
fikrlashga, bor tasavvur imkoniyatlarini ishga solishga, tafakkur qilishga o‘rgatish
orqali siyosiy jamiyatning muhim a’zosi sifatida fikr yuritishga undaydi. Bu metod
shaxs va uning ijtimoiy faolligini har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi.

Muammoli metodda til hodisalari tayyor holda o’zlashtirilmay, o’quvchi

tomonidan izlanadi, ijodiy faoliyat ko’rsatiladi va natijada muammoli ta’lim izlanish
va ijodiy faoliyat ko’rsatish uchun imkoniyat yaratadi.

“Muammoli ta’lim” tushunchasi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda keyin paydo

bo’lgan bo’lsa-da, izlanishga asolsangan g’oya tarixiy ildizga ega. Sharq
donishmandlari bilish izlanish mahsuli ekanligini qayd etgan. Xususan, O’rta asrning
buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sino o’zining “Donishnoma” asarida qiyinchiliklarni
yengish orqali bilimlarni egallash afzalligini ko’rsatgan.

Bilimlarni muammoli yo’l bilan bayon qilish o’quvchilarning ijodiy

imkoniyatlarini kengaytirishga, izlanish jarayonida o’zini namoyon etishga imkon
beradi. A.M.Matyushkin : “ Muammoli o’qitish ta’limning boshqa tizimlari va
metodlariga tamoman zid emas. Uning xususiyatlari ta’lim jarayonining ma’lum
bosqichida – yangi bilimlarni o’rganish jarayonida – yangicha faoliyat ko’rsatish
shartlari hamda usullarini o’rganish bilan xarakterlanadi” .

Til hodisalarini kuzatish tahlilning samarali shakli sanaladi. Bu usul orqali

o’quvchilardagi mavjud bilimlar asosida noma’lum muammoni aniqlashni o’zlarining
zimmasiga topshirish mumkin. Masalan, 9-sinf darsligidagi “Qoshma gaplar tasnifi”
mavzusini o’tishda quyidagi topshiriqlar asosida muammoli vaziyat yaratiladi:

1.

Bog’langan qo’shma gaplarga misollar keltiring.

2.

Biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar bilan zidlov

bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar o’rtasidagi farqni tushuntiring.

3.

Ayiruv va inkor bog’lovchili qo’shma gaplarga misollar keltiring.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 2

64

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Shuningdek, o’qituvchi darslikda berilgan matnning mazmunidan kelib chiqqan

holda muammoli vaziyat yaratishi ham mumkin:

KELAJAKDA ISHSIZ QOLMANG!

Bilasizmi, dunyo juda tez sur’atda rivojlanib, o‘zgarib bormoqda.

Mutaxassislarning aytishicha, yaqin kelajakda hozir mavjud kasblarning ko‘pi
keraksiz bo‘lib qoladi va yangi kasblar paydo bo‘ladi. Agar kelajakda ishsiz qolishni
xohlamasangiz, hoziroq kasb tanlash masalasida jiddiyroq o‘ylab ko‘ring. Robot
texnologiyalari biz kutgandan ham tezroq rivojlanmoqda. Ayrim zavod va fabrikalarda
ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilgan. Yaʼni robotlar kuchidan foydalaniladi,
odamlar esa deyarli ishlamaydi. Yaqin 20–30 yildan keyin esa robotlar hozir odamlar
bajarayotgan ko‘plab vazifalarni o‘z zimmasiga olar ekan. Shuning uchun kasb
tanlashda bu ishni kelajakda robotlar qila olishi yoki yo‘qligi haqida ham o‘ylab
ko‘ring. Kelajakda olimlarga, ayniqsa, fizika, matematika, astronomiya, kimyo,
biologiya kabi soha mutaxassislariga ehtiyoj ortadi. Axborot texnologiyalari
rivojlangani uchun dasturchilik eng daromadli kasbga aylanadi. Kompyuter va
axborot texnologiyalari bilan bog‘liq har qanday kasb egalari kelajakda yaxshi ish
bilan taʼminlanadi. Kelajakda shifokor, o‘qituvchi va murabbiylarga ham yaxshi oylik
beriladi. Chunki bu kasblarni robotlar hech qachon egallay olmaydi. Ammo kompyuter
grafikasining rivojlanishi tufayli kelajakda aktyorlarga ehtiyoj bo‘lmasligi mumkin.
Hatto bugun ham ayrim filmlarda aktyorlarning o‘rnini kompyuter dasturi orqali
yaratilgan qahramonlar egallab ulgurgan. Shuning uchun mashhur kino yulduzi
bo‘lishni orzu qilib yurgan bo‘lsangiz, bu haqda qayta o‘ylab ko‘ring.

1. Matn muallifi ushbu fikrlari orqali kimlarga murojaat qilmoqda?

2. Matnning asosiy maqsadi nimadan iborat?

3. Robotlarning asosiy vazifasi haqida gapiring.

4. Kelajakda qanday kasb egalariga ehtiyoj ortishi kutilmoqda? Buning sababini

tushuntirishga harakat qiling.

5. Aktyorlarning vazifasini kompyuterlar qay darajada uddalay oladi deb

hisoblaysiz? Kompyuter dasturlarida yaratilgan qahramonlar faoliyatini qanday
baholaysiz?

6. Tanlaydigan kasbingiz borasida kimlar bilan maslahatlashishni ma’qul

ko‘rasiz?


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 2

65

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

7. Matn bilan tanishganingizdan so‘ng sizda tanlagan kasbingizni o‘zgartirish

fikri paydo bo‘lmadimi? Javobingizni izohlang

Qayta xotirlash metodida

o‘quvchi muayyan andaza asosida harakat qiladi.

O‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘quv topshirig‘i egallangan bilimlarga asoslangan
holda yoki berilgan namunaga qarab bajariladi. Bu esa o‘quvchiga mashqni bajarishda
osonchilik yaratadi. Masalan:

Quyidagi gaplarda yuklama qanday ma’no bildirayotganini aniqlang.

Yuklamalar olib tashlanganda gap mazmunida qanday o‘zgarish bo‘layotganiga
e’tibor qarating.

Namuna

:

Raqib bu usuldan xabardor ekan-da. (ta’kid)

1. Bizni bu azobdan faqat direktorning qarori qutqarib qola oladi.

2. Ertangi o‘yin uchun ham, ehtimol, Sobirov qaydnomaga kiritilmagandir.

3. Abduxoliq otasining naq o‘zi.

4. Xafa bo‘lma: seni ham o‘zlari bilan olib ketishadi.

Qisman izlanuvchanlik metodi.

Bu metodda o‘qituvchi dars jarayonida ma’lum

o‘quv muammosini qo‘yadi. Ammo uni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatmaydi. Har bir
o‘quvchi muammoni mustaqil hal etish uchun o‘zi izlanadi. Izlanish vaqtida
qiyinchilik bo‘lganda unga yordam ko‘rsatiladi. O‘quvchi bu yordamni o‘qituvchining
tushuntirishidan, o‘zaro suhbatdan yoki darslikdan oladi. Topshiriqni bajarish
jarayonida olinadigan yordam metodni qisman ijodiy qiladi.

Quyidagi matnni berilgan savollar yordamida muhokama matniga aylantirib

yozing.

Ko‘p hollarda yong‘in gaz plitasidan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga amal

qilmaslik oqibatida ham kelib chiqadi. Odatda qarovsiz qolgan qozondagi suyuqlik
qaynab, toshib ketadi va olovni o‘chirib qo‘yadi. So‘ng gaz butun oshxona bo‘ylab
tarqala boshlaydi. Bunday paytda hatto chiroqning yonishi sababli yong‘in kelib
chiqishi mumkin.

Foydalanish uchun:

Siz nima deb o‘ylaysiz?

Gaz plitasidan foydalanganda nimalarga eʼtibor qilish kerak deb o‘ylaysiz?


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 2

66

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Gaz plitasidan to‘g‘ri foydalana olmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi

mumkin?

Ovqat pishirishni bilmaslik ham yong‘inga sabab bo‘lishi mumkinmi?

Ta’lim, tarbiya va rivojlanish bir butun jarayondir. Ularni alohida, bir-biridan

ajratgan holda amalga oshirib bo’lmaydi. Maktabda o’quvchilar tilning fonetikasi,
leksikasi va grammatikasi yuzasidan zarur bilimlar bilan qurollantirilar ekan, ular ona
tili imlosi, talaffuzi, yozma nutqda tinish belgilarini to’g’ri ishlatish yuzasidan zarur
ko’nikma va malakalar bilan ta’minlanadi. O’quvchilar til hodisalarini o’rganish
jarayonida ularga tarbiya beriladi, shaxsi rivojlantiriladi.

Ma’rifiy matnlar ta’lim, tarbiya va rivojlanishni ta’minlovchi muhim vositadir.

Oan tili darslarida tanlanadigan matnlar mavzu jihatidan rang-barang bo’lsa,
o’quvchilarning mavzuga qiziqishi oshadi. Masalan:

BIR HADIS HIKMATI

Hadis Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

“Faqat ikki narsadan boshqada hasad yo‘q. (Birinchisi) Alloh bir odamga mol-u
dunyo bersa-yu, u o‘shani to‘g‘ri yo‘lda sarf qilsa, (ikkinchisi) Alloh bir odamga ilm
bersa-yu, u o‘sha ilmi ila hukm chiqarsa va taʼlim bersa”, – dedilar.

Sharh “Hasad” aslida boshqaga berilgan neʼmatning zavolini orzu qilishni

anglatadi. Bu gunoh hisoblanadi. Gohida “hasad” so‘zi “havas qilish” maʼnosida,
yaʼni boshqa kishiga berilgan neʼmatni ko‘rib, o‘zida ham bo‘lishini orzu qilish
maʼnosida ham ishlatiladi. Bunga arablar “g‘ibta” deydilar. Ushbu hadisi sharifdagi
“hasad” so‘zi ana o‘sha g‘ibta – havas qilish maʼnosida kelgan. Demak, faqat ikki
narsadagina birovga berilgan neʼmatni ko‘rib turib, o‘ziga ham o‘shanday neʼmat
berilishini orzu qilish mumkin. “(Birinchisi) Alloh bir odamga mol-u dunyo bersa-yu,
u o‘shani to‘g‘ri yo‘lda sarf qilsa”. Yaʼni “Menga ham Alloh shu odamga bergani kabi
mol-u dunyo ato qilganida, men ham shu odamga o‘xshab, uni yaxshilik yo‘lida sarf
qilar edim”, deb havas qilsa bo‘ladi. “(Ikkinchisi) Alloh bir odamga ilm bersa-yu, u
o‘sha ilmi ila hukm chiqarsa va taʼlim bersa”. O‘sha odamga ham boshqa
musulmonlar havas qilsa bo‘ladi. Ilm bilan hukm chiqarish o‘sha ilm taqozo etgan
narsaga o‘zi amal qilish va odamlarni ham shunga chaqirishdan iboratdir.

6-sinf darsligidagi ushbu ma’rifiy matnda mol-dunyoni to‘g‘ri yo‘lda sarflashga,

mol-dunyosi yo‘q kishilar ham, agar mol-u dunyosi bo‘lsa, yaxshilik yo‘lida sarflashni
orzu qilishlariga, ilmga amal qilib, uni odamlarga o‘rgatishga, boshqalarni ham ilm
olish, unga amal qilib, boshqalarga o‘rgatishga targ‘ib qilinadi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 2

67

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Ona tili darslari ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko’zlar ekan,

bu prinsiplar uyg’un bo’lsa, darslarning samaradorligi yuqori bo’ladi.

Xulosa qilib aytganda, o’zbek tilshunosligida mavjud bo’lgan barcha bilimlarni

o’quvchiga yetkazishning iloji yo’q. Pedagoglar , asosan, o’zbek adabiy tilining boy
imkoniyatlaridan og’zaki va yozma nutqda bemalol foydalanish, xatosiz yozish, ifodali
o’qish, to’g’ri fikrlash va ravon so’zlash uchun zarur bo’lgan bilimlarnigina berish
imkoniyatiga ega. Demak, maktab ona tili dasrliklari o’quvchilarni ushbu malakalar
bo’yicha o’ta zaruriy bilimlar tizimi bilan qurollantiradi. O’qituvchi tomonidan
qo’llanadigan ta’limiy-tarbiyaviy metodlar esa dars samaradorligini, o’quvchilar
qiziqishi va faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

G‘ulomov A. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent – 2012.

2.

To‘xliyev B. va boshqalar. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. Toshkent –

2006.

3.

Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent – 2005.

4.

Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik.

Toshkent – 2022.

5.

Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik.

Toshkent – 2022.

6.

Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik.

Toshkent – 2019.


References

G‘ulomov A. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent – 2012.

To‘xliyev B. va boshqalar. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. Toshkent – 2006.

Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent – 2005.

Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. Toshkent – 2022.

Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik. Toshkent – 2022.

Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. Toshkent – 2019.