Asrlar davomida insonlar axloqiy tarbiyani yuksak qadrlab kelgan. Zamonaviy jamiyatda sodir bo'layotgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar bizni O‘zbekiston va uning yoshlari kelajagi haqida o'ylashga majbur qiladi. Hozirgi kunda axloqiy me’yorlar izdan chiqib, yosh avlodni ma’naviyatsizlik, e’tiqodsizlik, tajovuzkorlik xususiyatlarini shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun boshlang'ich maktab o'quvchilarida axloqiy fazilatlarni rivojlantirishda adabiy o'qish darslaridan o‘rinli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.