Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
273
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
BOSHLANG’ICH SINFLARDA O’QUVCHILARNI IJOBIY
FIKRLASHGA O’RGATISH.
Allamurodova Sayyora
Termiz Davlat Pedagogika Instituti maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultet
boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 3-kurs 22-13-guruh talabasi
Saida Isakovna
Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’limda matematika va ona tili
kafedrasi o’qituvchisi pedagogika fanlari falsafa fanlari doktori(PhD)
Tursunova
Annotatsiya:
maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijobiy fikrlashga
o’rgatish,
mashg‘ulotlarda
shakllantirish
pedagogika
muammo
sifatida
takomillashtirish, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, darsda o‘qilgan
bilim va ko‘nikmalarni o‘quvchilarga tushunish, asosiy mazmun va g‘oyani anglab
yetishi uchun taxhil, taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullardan foydalanish
haqida so`z yuritiladi.
Kalit so’zlar:
Ijodiy fikrlash, bilim olish, adabiyot va san’at, mustaqil
fikrlash, yangilik yaratish, ochiq savollar, innovatsion, muammolar, tafakkurini
rivojlantirish.
Обучение учащихся позитивному мышлению в начальных классах.
Абстрактный:
В статье говорится о обучении учащихся младших
классов позитивному мышлению, совершенствовании формирования на уроках
как педагогической задаче, развитии творческого мышления учащихся,
использовании таких логических методов, как анализ, сравнение и обобщение,
для того, чтобы учащиеся осмыслили полученные на уроке знания и умения,
поняли основное содержание и идею.
Ключевые слова:
Развитие творческого мышления, обучение, литература
и искусство, самостоятельное мышление, новаторство, открытые вопросы,
новаторство, проблемы, мышление.
Teaching students to think positively in primary grades.
Abstract:
the article talks about teaching elementary school students to
positive thinking, improving formation in classes as a pedagogic problem, developing
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
274
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
students' creative thinking, using logical methods such as analysis, comparison, and
generalization in order for students to understand the knowledge and skills learned in
the lesson, to understand the main content and idea.
Keywords:
Developing creative thinking, learning, literature and art,
independent thinking, innovation, open questions, innovative, problems, thinking.
Kirish:
O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimini isloh qilish va
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu masalada boshlang'ich sinf
o’quvchilarini mustaqil va ijodiy fikrlashini rivojlantirish masalasi muhim o'rin
tutadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, xalqimizning intellektual va
ma'naviy salohiyati mamlakatimizning eng katta boyligi hisoblanadi[1]. Agar jamiyat
hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir, - dedi Shavkat
Mirziyoyev yig‘ilishda. - Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz,
ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan
kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga
asoslangan kuchli ma’naviyat.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan yirik tadbirlar - davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga
Murojaatnomasi, O‘zbekiston yoshlarining birinchi forumi hamda Xavfsizlik
kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’naviyat yo‘nalishidagi dolzarb vazifalar
belgilab berildi. Chunki bu borada yechimini kutib turgan, o‘zgarishlar shamoli kirib
bormagan masalalar ko‘p. Milliy g‘oyaning mohiyatini to‘liq anglab yetmagan, eski
mafkurani tasavvur qilib, bunga yuzaki qaraydiganlar ham yo‘q emas. Shu bois
Prezident mamlakatimiz mafkurasining asosiy g‘oyasini ta’kidlab o‘tdi:
- Biz yaratayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm
g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy
qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy
tushuncha va qadriyatlariga asoslangan, - dedi davlatimiz rahbari.Shu nuqtai nazardan,
boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijodiy fikrlashini shakllantirish, aynan boshlang’ich
sinfda, sinfdan tashqari mashg'ulotlarda, dolzarb pedagogik muammo sifatida
namoyon bo'lmoqda. Mustaqil fikrning mavjudligi va rivojlanishi ko‘p jihatdan
o‘quvchilarning erkinlik darajasiga bog‘liq. Mustaqil fikrlashni shakllantirish va
rivojlantirish uchun o‘quvchilarning individual va jomoaviy darajada erkinligiga
erishish zarur. Chunki mustaqil fikrlash shaxsning hislati sifatida har qanday
faoliyat turida individual va jamoaviy yutuqlarga erishishda yuqori kursatkichni
ta’minlaydigan muhim omillardan biri bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, mustaqil fikrlash
jamiyat insonga yaratib bergan imkoniyat va erkinliklarning mahsuli va inikosidir
. Fikrlash esa, shaxs bilish faoliyati jarayoni bo‘lib, voqelikni bevosita va
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
275
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
umumlashgan xolda aks ettirish bilan xarakterlanadi. Fikrlash fanlararo tadqiqotlarni,
kompleks fanlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Falsafa materiya bilan bog‘liqlikda
fikrlash yordamida dunyoni bilishning yo‘llari va imkoniyatlarini o‘rganadi.
Formal mantik fikrlashning asosiy shakllari (tushuncha, xukm, xulosa)ga etibor
qaratadi. Fikrlashga oid tadqiqotlarning sotsiologik jihati turli jamiyatlarning
ijtimony tuzilishi bilan bog‘liqlikda fikrlashning tarixiy rivojlanish jarayonini tahlil
qilish bilan tavsiflanadi.
Boshlang’ich sinflarda mustaqil fikrlashga o’rgatuvchi mashqlar bolalarning
narsa va atrof-muhit haqidagi bilimlarini tartibga soladi va ularga to’g’ri fikrlash
usullarini o’rgatadi. O’quvchi maktabga kelganda,keng lug’at boyligiga ega bo’lsa
ham, odatda, tafakkurning taqqoslash, qarshi qo’yish, umumlashtirish, guruhlash
usullaridan foydalanishni bilmaydi (ayniqsa, bilish faoliyatining ob‟ekti aniq
predmet emas, uni ifodalovchi so’zlar bo’lsa).Mustaqil fikrlashga o’rgatuvchi
mashqlar bolalarning so’z boyligi va tilining umumiy o’sishida katta ahamiyatga ega
bo’lib, lug’at ishi va tilga oid boshqa ishlar bilan bog’lab olib boriladi.
Boshlang’ich ta’lim insonning kelajakdagi bilim olish jarayonining
poydevorini yaratadi. Bu bosqichda bolalarning nafaqat bilim olishi, balki
mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirilishi muhim ahamiyat kasb
etadi. Ijodiy fikrlash nafaqat adabiyot va san’at kabi sohalarda, balki matematika,
fan va hayotiy muammolarni hal qilishda ham muhim rol o’ynaydi. Shu sababli,
boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish
uchun turli usullar va materiallardan foydalanishlari kerak.Ijodiy fikrlash bu-odatiy
yondoshuvlardan chiqib, yangi va noodatiy yechimlarni topaolish qobiliyatidir. U
bolalarda quyidagi jihatlarni rivojlantiradi:
-mustaqil fikrlash-muammolarga mustaqil ravishda javob topish qobiliyati
shakllanadi;
-muammolarni hal qilish har xil vaziyatlarga yangicha yondoshuvlar bilan
yechim topaolish qobiliyati rivojlanadi;
-innovatsion yondashuv-turli fanlar bo’yicha yangilik yaratish va qiziqarli
g’oyalarni ilgari surish ko’nikmasi xosil bo’ladi;
-o’ziga ishonch-o’z fikrlarini ifoda etish va himoya qilishga ishonchi ortadi;
Boshlang’ich sinflarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish usullari:
1.Savol-javob va ochiq savollar berish;
O’quvchilarga faqat aniq javob talab qiladigan savollar emas, balki ochiq
savollar berish muhimdir.
Masalan: “Agar yerda tortishish kuchi bo’lmasa nima bo’ladi?”
-“Quyosh ertalab emas, kechasi chiqsa dunyo qanday bo’lardi? ”
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
276
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Bu kabi savollar o’quvchilarning tasavvurini kengaytirib, mustaqil fikrlashga
undaydi.
2.Rolli va ijodiy o’yinlardan foydalanish:
Bolalar o’yin orqali yangi bilimlarni tez o’zlashtiradilar.
Masalan:-hikoyani davom ettirish o’yini-o’qituvchi bir hikoyani boshlab
beradi, bolalar esa o’z versiyalarini aytadilar.
-“Narsalar qanday gapiradi?”-bolalar atrofdagi buyumlarni tasavvur qilib,
ular qanday gapirishlarini tasvirlaydi.
3.Rasm chizish va vezual tasvirlash.
Bolalar ijodiy tafakkurini rivojlantirish uchun rasm chizish samarali usuldir.
Masalan - “Ertangi kunni qanday tasavvur qilasan?” mavzusida rasm chizish.
-Oddiy shakllardan foydalanib, yangi obrazlar yaratish. Bu usul tasavvur qilish
qobiliyatini oshiradi va ijodkorlikni rivojlantiradi.
4.Muammolarni turlicha hal qilishga o’rgatish.Bolalarga bitta mammoni turli xil
usullar bilan hal qilish imkoniyatini berish kerak.
Masalan:
-matematik misollarni turli usullar bilan yechish. Biror muammoga turli
vaziyatlarda yechim toppish. Bu o’quvchilarda muammolarni har tomonlama ko’rib
chiqish va noodatiy fikrlash ko’nikmasini shakllantiradi.
5.Guruhda ishlash va munozaralar tashkil qilish. Bolalar guruh bo’lib ishlash
orqali o’z fikrlarini ifoda etish va boshqalar bilan baxslashishni o’rganadilar.
Masalan:
-“Eng yaxshi ixtiro nima?” mavzusida munozara uyushtirish.
-“kelajakdagi maktab qanday bo’lishi kerak?”degan mavzuda guruh bilan loyiha
yaratish. Bu usul o’quvchilarning fikr almashish, muhokama qilish va tanqidiy
fikrlash ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Xulosa shuki, ijodiy fikrlashni rivojlantirish-zamonaviy ta’limning eng
muhim yo’nalishlaridan biridir. Boshlang’ich sinflarda ijodiy fikrlashga e’tibor
qaratish kelajakda bolalarning intellektual salohiyatini oshiradi. Ularni hayotdagi
muammolarga noodatiy yechim topaoladigan shaxsga aylantiradi. O’qituvchilar ochiq
savollar berish, ijodiy o’yinlar tashkil qilish, muammolarni turlicha hal qilish va
guruh ishlariga jalb etish orqali o’quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishlari
lozim. Shu tarzda ijobiy fikrlovchi, mustaqil va innovatsion fikrlaydigan avlod
tarbiyalanadi.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
277
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Adabiyotlar:
1.Sh.M.Mirziyoyev nutqi. «Ta’lim-tarbiya tizimi: taraqqiyotning yangi bosqichi.
https://yuz.uz/news/talim-tarbiya-tizimi-taraqqiyotning-yangi-bosqichi-muhokama-
qilindi/
2.Sh.M.Mirziyoyev nutqi. Maktablarda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan
ustuvor vazifalar belgilandi/ https://president.uz/uz/lists/view/6622
3.S.I.Tursunova The development of oral speech of younger schoolchildren in
extracurricular activities. Eurasian Research Bulletin, 2022.
4. S.I.Tursunova Pedagogical bases of nationalization of school education. Web
of Scientist: International Scientific Research Journal, 3 (02), 456–461.
5. Турсунова, С. И. (2023). Причины выбора модели внеучебной
деятельности по развитию устной речи младших школьников.
6. Tursunova, S. (2024). Innovatsion yondashuv asosida boshlang ‘ich sinf o
‘quvchilarining og ‘zaki nutqini rivojlantirishning asosiy mаzmuni. Multidisciplinary
Journal of Science and Technology, 4(10), 176-185.
7. Ismatova, N., & Tursunova, S. I. (2023). BOSHLANG’ICH SINF
O’QUVCHILARIDA OG’ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH, TILSHUNOSLIK
USLUBIY MUAMMO SIFATIDA. Interpretation and researches, 2(1).
8. Allaberganova, Y., & Tursunova, S. (2023). BOSHLANG’ICH SINF
O’QUVCHILARINI MILLIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASH.
Interpretation and researches, 2(1).
9. Hikmatov, I., & Tursunova, S. (2023). Bo ‘lajak boshlang ‘ich sinf o
‘qituvchilarini
ma’naviy-ma’rifiy
faoliyatga
tayyorlashning
imkoniyatlari.
Interpretation and researches, 2(1).
10. Турсунова, С. И. (2022). БОШЛАНҒИЧ СИНФ ЎҚУВЧИЛАРИДА
ИҚТИСОДИЙ ТАРБИЯНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ХУСУСИЯТЛАРИ. Scientific
Impulse, 1(4), 397-399.
11. Турсунова, С. И. (2022). БОШЛАНҒИЧ СИНФ ЎҚУВЧИЛАРИДА
ЭСТЕТИК ТАРБИЯНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Scientific Impulse, 1(4), 393-396
12.
Tursunova, S. I. (2024). SCIENTIFIC THEORETICAL FOUNDATIONS
OF THE FORMATION OF ORAL SPEECH IN ELEMENTARY SCHOOL
STUDENTS.
World of Scientific news in Science
,
2
(6), 137-143.
13. Yigitali Jo’ra o’gli, J., Ulug’bek, B., & Tursunova, S. I. (2025).
BOSHLANGʻICH
SINFDA
GAP
USTIDA
ISHLASHDAGI
IZCHILLIK.
SYNAPSES: Insights across the disciplines
,
2
(1), 136-139.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
278
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
14. Abzairov, T. Y., & Ibragimov, T. I. (2024). METHODS AND TECHNIQUES
OF TEACHING RUSSIAN LANGUAGE.
Modern Scientific Research International
Scientific Journal
,
2
(1), 71-84..
