Authors

  • Vaqqosova Sh
    Central Asian Medical University
  • Ismoilova M
    Central Asian Medical University
  • Axmedova Z.Q
    Central Asian Medical University

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.68417

Keywords:

Digitalis purpurae

Abstract

Ayrim o’zida yurak glikozidlarini saqlovchi o’simliklardagi biologic faol birikmalarni o’rganish va ularni tibbiyotdagi qo’llanilishi va boshqa hususiyatlari bilan tanishish.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 2

292

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

YURAK GLIKOZIDLARINI O’ZIDA SAQLOVCHI O’SIMLIKLARNI

BIOLOGIK FAOL MODDALARINI O‘RGANISH

Vaqqosova Sh, Ismoilova M, Axmedova Z.Q

Central Asian Medical University

Annotatsiya

: Ayrim o’zida yurak glikozidlarini saqlovchi o’simliklardagi

biologic faol birikmalarni o’rganish va ularni tibbiyotdagi qo’llanilishi va boshqa
hususiyatlari bilan tanishish.

Kalit so‘zlar:

Folia digitalis,

Digitalis purpurae, yirik gulli angishvonagul,

digitalis grandiflora; sigirquyruqdoshlar,

Scrophulariaceae,

Digitalis purpurae

Аннотация:

Изучение биологически активных соединений некоторых

растений, содержащих сердечные гликозиды, и ознакомление с их применением
в медицине и другими особенностями.

Ключевые слова:

Folia digitalis, Digitalis purpurae, наперстянка

крупноцветковая; коровьи хвосты, Scrophulariaceae, Digitalis purpurae

Abstract:

Study of biologically active compounds in some plants containing

cardiac glycosides and get acquainted with their use in medicine and other features.

Key words:

Folia digitalis, Digitalis purpurae, digitalis grandiflora; cowtails,

Scrophulariaceae, Digitalis purpurae

Kirish: Angishvonagul bargi – Folia digitalis

ikki yillik va ko‘p yillik o‘tlar

turkumi. Yevropa va Osiyoda 25 ga yaqin turi bor barchasi zaharli o’simliklardir.
Angishvonaning poyasi tikka uzunligi 40– 150 sm. Qizil angishvona va sariq
angishvonaning bargidan purpurea A, purpurea B, digitoksin, gitoksin va yurak
kasalliklariga qarshi ishlatiladigan boshqa glyukozidlar olinadi.

O’simlikning nomi.

Angishvonagul o’simligining quyidagi ikki turidan

foydalanilanadi: qizil angishvonagul – Digitalis purpurae va yirik gulli
angishvonagul – digitalis grandiflora; sigirquyruqdoshlar -

Scrophulariaceae

oilasiga

mansub o’simlik.

Qizil angishvonagul ko’p yillik o’t o’simlik bo’lib, bo’yi 30-120 sm ga yetadi.

Ildizidan birinchi yili faqat ildizoldi to’pbarglar, ikkinchi yili esa poya o’sib chiqadi.
Poyasi bitta yoki bir nechta tik o’suvchi bo’lib, tuklar bilan qoplangan. Ildizoldi
barglari cho’ziq tuxumsimon, o’tkir uchli, to’mtoq tishsimon qirrali, uzun bandli


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 2

293

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

bo’lib, uzunligi 12 -25 sm. Poyaning pastki qismidagi barglari uzun bandli, uzunligi
12-20 sm. Barg poyasining yuqori qismiga chiqqan sari kichiklashadi, bandi esa
qisqara boradi. Poyaning hamma qismidagi barglari to’mtoq tishsimon qirrali, barg
bandi esa qanotli bo’ladi. Barg plastinkasining yuqori tomoni burishgan, to’q yashil,
pastki tomoni esa kulrang, sertuk, to’rsimon tomirlangan. Barg plastinkasining pastki
tomonidagi tomirlari juda yaxshi taraqqiy etgan, ular aniq bilinib turadigan mayda
to’r hosil qiladi. Barg plastinkasi pastki tomoning sertuk bo’lishi va tomirlarining
o’ziga hos to’r hosil qilishi bu o’simlikning asosiy xarakterli belgilaridan biridir.
Gullari egilgan bo’lib, bir tomonli shingilga to’plangan. Gulkosachasi
qo’ng’iroqsimon, asos qismiga qadar 5 bo’lakka qirqilgan. Tojbargi 5 ta,
angishvonasimon yoki naychasimon – qo’ng’iroqsimon birlashgan, pastki qismi
ingichkaroq, usti qizil, ichi oq, ikki labli, yuqori labi sal qirqilgan 2 bo’lakli, pastki
labi 3 bo’lakli bo’lib, to’toq uchburchak shakliga ega. Otaligi 4 ta, onalik tuguni 2
xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – ikki xonali, ko’p urug’li ko’sakcha. Iyun – iyul
oylarida gullaydi, urug’i iyul – avgust oylarida yetiladi.

O’simlikning hamma qismi

zaxarli!

Yirik gulli angishvonagul

ko’p yillik, bo’yi 40-100 sm ga yetadigan o’t

o’simlik. O’simlikda birinchi yili faqat ildizoldi to’pbarglar, ikkinchi yili esa poya
hosil bo’ladi. Poyasi tik o’suvchi, shoxlanmagan. Bargi lansetsimon yoki cho’ziq
lansetsimon, o’tkir uchli , bir oz o’tkir arrasimon qirrali. Poyaning pastki qismidagi
barglari keng qanotsimon bandli, yuqori qismidagilari esa bandsiz. Barg
plastinkasining har ikkala tomoni yashil rangga bo’yalgan. Tuklar bargning pastki
tomonidagi tomirlar bo’ylab joylashgan. Barg uzunligi 7-25 sm, eni 2-6,5 sm,
tomirlari kam shoxlangan. Gullari egilgan bo’lib, bir tomonli shingilga to’plangan.
Gullari sariq, gulkosachasi 5 bo’lakli, tojbargi 5 ta, birlashgan – angishvonasimon.
Mevasi – ko’p urug’li, ikki xonali ko’sakcha. Iyun – iyul oylarida gullaydi.

Kimyoviy tarkibi.

Angishvonagul o’simligining hamma qismi tarkibida yurak

glikozidlari bo’ladi. Qizil angishvonagul o’simligining bargida purpureaglikozid A,
prupuraglikozid B, 0,25-0,3% digtoksin, gitoksin, 0,11% gitaloksin va boshqa yurak
glikozidlari bor. Purpureaglikozid A ferment ta’sirida glyukozaga va digitoksin
glikozidiga, digitokzin glikozidi esa kislota ta’sirida 3 molekula digitoksozaga va
digitoksigenin aglyukoniga parchalanadi. Shuningdek, purpureaglikozid B
glyukozaga va gitoksin glikozidiga, so’ngra 3 molekula digitoksozaga hamda
gitoksigenin aglikoniga parchalanadi.
O’simlik urug’i tarkibida digitalinum verum, gitoksin va boshqa yurak glikozidlari
bo’ladi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 2

294

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Barg va urug’ tarkibida yurak glikozidlaridan tashqari, steroid saponinlar, flavonoidlar
hamda organik kislotalar bor.

Qo’llanilishi.

Angishvonagul o’simliklarining preparatlari yurak porogi hamda

yurak kompensatsiyasi buzilishi natijasida qon aylanishining II va III darajali
buzilishini, gipertoniya va yurakning tebranuvchi aritmiyasini davolashda ishlatiladi.
Ular strixnin, kofein va kamfora bilan birlikda og’ir yuqumli kaslliklardan keyingi
yurak va qon tomirlarining zaralanishidan kelib chiqqan yurak faoliyati susayishini
davolashda ishlatiladi.

Angishvonagul o’simligining bargi, glikozidlari, shuningdek bargdan

tayyorlangan preparatlar kumulyatsiya ta’siriga, ya’ni organizmda to’planib qolib,
so’ngra ta’sir qilish hususiyatiga ega. Ular ko’p iste’mol qilinsa, kishi zaxarlanishi
mumkin. Shuning uchun angishvonagul o’simligi preparatlari yurakka ta’sir etuvchi
boshqa preparatlar bilan birga navbatma-navbat ishlatilishi kerak.

Dorivor preparatlari.

Bargdan tayyorlangan poroshok, tabletka, damlama,

kordigit hamda tabletka holidagi digitoksin va boshqalar.
Angishvonagul o’simligining boshqa turlari ham o’rganilgan. Ular tarkibida qizil
angishvonagul singari yurak glikozidlari hamda ularning preparatlari tibbiyotda
ishlatilishiga ruxsat etilgan. Boshqa angishvonagul o’simliklarining preparatlari ham
yurak kasalliklarida ishlatiladi.

Kimyoviy tarkibi.

Barg tarkibida yurak glikozidlari bor. Bulardan tashqari,

bargdan apigenin, lyuteolin flavonoidi ham ajratib olingan. Urug’i tarkibida 6,67%
digitonin steroid saponini bor.

Qo’llanilishi.

Dorivor preparati qizil va yirik gulli angishvonagullar

preparatlari bilan birgalikda yurak kasalliklarini davolashda qo’llaniladi.

Sertuk angishvonagul bargi – folia digitalis lanatae

Mahsulot tayyorlash.

Sertuk angishvonagulning birinchi yili ildizoldi

to’pbarglari yil bo’yi 2 marta, ikkinchi yili o’simlik gullagunicha 2-3 marta yig’iladi.
Terilgan barglar tezlikda 50-60

0

C quritgichlarda quritiladi.

Kimyoviy tarkibi.

Sertuk angishvonagul o’simligining bargi tarkibida 0,5-1%

gacha yurak glikozidlari bo’ladi. Glikozidlar summasidan lanatozid A, lanatozid B,
lanatozid C va boshqa yurak glikozidlari ajratib olingan. Sertuk angishvonagul urug;i
tarkibida ham yurak glikozidlari bor. Barg va urug’ tarkibida yurak glikozidlardan
tashqari steroid saponinlar, atsetilholin, flavanoidlar va boshqalar bor. Har uchchala
A, B va C lanatozidlar ferment ta’sirida o’zidan bir molekula glyukoza hamda atsetil


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 2

295

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

radikali ajiratib, digitoksin, gitoksin va digoksin glikozidlariga kislota ta’sirida uch
molekula digitoksozaga va o’zining aglikoniga parchlanadi.

Qo’llanilishi.

Sertuk angishvonagul o’simligining dorivor preparatlari qizil va

yirik angishvona gul preparatlari singari yurak kasaliklarini davolashda qo’llaniladi.
Farqi shundaki, sertuk angishvonagul dorivor prepatlari tezroq organizmga so’riladi,
organizmda ko’p yig’ilib qolmaydi va siydik haydash – diuretik ta’siri kuchliroq.
Lekin bu o’simlikni preparatlari ham boshqa angishvonagul preparatlari singari
ehtiyotlik bilan va faqat shifokor maslahatiga ko’ra ishlatilishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. Xolmatov H.X., Qosimov I.A. Ruscha-lotincha-o'zbekcha dorivor o'simliklar
lug'ati.T.: Ibn Sino. 1992. 9-10 bet.

2. D.T. Abdukarimov, Gorelova e.P., Xalilova N.X. Dehqonchilik asoslari va yem-
xashak etishtirish. Toshkent: Mehnat. 1987. 359 bet.

3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil eniskilopediyasi.

References

Xolmatov H.X., Qosimov I.A. Ruscha-lotincha-o'zbekcha dorivor o'simliklar lug'ati.T.: Ibn Sino. 1992. 9-10 bet.

D.T. Abdukarimov, Gorelova e.P., Xalilova N.X. Dehqonchilik asoslari va yem- xashak etishtirish. Toshkent: Mehnat. 1987. 359 bet.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil eniskilopediyasi.

Зубтиев, С. У. (2024). МОРФОЛОГИЯ ТИМУСА У НОВОРОЖДЁННЫХ С РЕСПИРАТОРНЫМ ДИСТРЕСС-СИНДРОМОМ (РДС).