Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
361
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
SURXONDARYO VILOYATI SANOAT ISHLAB CHIQARISH HAJMINI
EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH
Xolmamatova Surayyo Baxrom qizi
TISU 2-kurs talabasi
B.E.Turayev
TISU dotsenti v.b
Annotatsiya
: Maqolada Surxondaryo viloyati Sanoat ishlab chiqarish hajmini
ekonometrik modellashtirish masalalarini bayon etilgan.
Kalit so’zlar
: Trend modellari, eksponentsial, chiziqli, parabola, darajali,
logarifmik.
Abstract:
The article describes the issues of econometric modeling of industrial
production in Surkhandarya region.
Keywords:
Trend models, exponential, linear, parabolic, graded, logarithmic.
Аннотация:
В статье рассмотрены вопросы эконометрического
моделирования промышленного производства в Сурхандарьинской области.
Ключевые слова:
Трендовые модели, экспоненциальные, линейные,
параболические, степенные, логарифмические.
2010-2024 yillar oralig’ida Surxondaryo viloyati sanoat ishlab chiqarish hajmi
katta o’sishni ko’rsatdi. 2010 yilda 756,4 mlrd so’m bo’lgan sanoat ishlab chiqarish
hajmi 2024 yilga kelib 14888,6 mlrd so’mga yetdi. Bu 2024 yilda sanoat ishlab
chiqarish hajmining 2010 yilga nisbatan 19,7 barobarga oshganini ko’rsatadi. Ayniqsa
2018 yildan boshlab sanoat ishlab chiqarishining o’sish tempi tezlashdi va 2020 yildan
keyin turli sohalarda modernizatsiya, yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini tashkil etish
innovatsiyalar va investitsiyalarni jalb etish orqali yanada yuksak sur’atda o’sish
kuzatidi.
Ayniqsa 2024 yildagi hajmning 2023 yilga nisbatan yanada katta o’sishi, bu
sanoat sohasida yirik loyihalarning amalga oshirilishini va yangi investorlar tomonidan
qo’shimcha kapital kiritilganliligini ko’rsatadi. Bundan tashqari, sohaga yangi
texnologiyalarni joriy etish va ekologiyaga muvofiq ishlab chiqarishni rivojlantirishga
katta e’tibor qaratilayotgani natijasida, Surxondaryo viloyati sanoat ishlab chiqarishda
kelajakdagi o’sish uchun mustahkam asos yaratilgan.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
362
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
1-rasm. 2010-2024 yillar uchun Surxondaryo viloyati Sanoat ishlab chiqarish
hajmini ekonometrik modellashtirish (mlrd so’m)
Surxondaryo viloyatining 2010-2024 yillardagi sanoat ishlab chiqarish hajmini
tahlil qilishda trend modellari muhim ahamiyatga ega. Ushbu davrdagi ko‘rsatkichlar
o‘sish tendensiyasini ko‘rsatib, ayniqsa, 2024-yilda sezilarli o‘sish kuzatilgan. Trend
modellari vaqt o‘tishi bilan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini aniqlash imkonini
beradi. Xususan, oddiy chiziqli trend, eksponensial trend yoki polinom trend
modellaridan foydalanish orqali sanoat ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlarini,
dinamikasini va kelajakdagi prognozlarini aniqlash mumkin.
Ekonometrik modellashtirish sanoat ishlab chiqarish hajmini tahlil qilishda
chuqurroq tushuncha beradi. Masalan, vaqt qatorlari (time series) modeli yordamida
mavsumiylik, sikliklik va tasodifiy o‘zgarishlarni ajratish mumkin. Autoregressiv
(AR), ko‘p o‘zgaruvchili regressiya (Multiple Regression) yoki Autoregressive
Integrated Moving Average (ARIMA) kabi modellardan foydalanish orqali sanoat
hajmidagi o‘zgarishlarga ta’sir qiluvchi omillar, masalan, investitsiyalar, xom ashyo
narxlari, eksport-import dinamikasi kabi omillarni baholash mumkin. Bu esa tahlilni
nafaqat o‘tgan davr uchun, balki kelajak uchun ham ishonchli prognozlar qilish
imkoniyatini yaratadi.
Trend modellari yordamida sanoat ishlab chiqarish hajmining kelajakda qanday
o‘zgarishi mumkinligini oldindan aytish mumkin. Masalan, 2024-yildagi keskin o‘sish
tendensiyasini davom etishi yoki barqarorlashishi kutilayotganini modellash orqali
aniqlash mumkin. Ushbu prognozlar esa mahalliy hokimiyat va investorlar uchun
iqtisodiy rejalashtirishda, yangi sanoat loyihalarini ishga tushirishda va resurslarni
0
2000
4000
6000
8000
10000
12000
14000
16000
2008
2010
2012
2014
2016
2018
2020
2022
2024
2026
sanoat
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
363
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
samarali taqsimlashda muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, trend modellari yordamida
iqtisodiy xavflarni oldindan aniqlash va tegishli choralarni ko‘rish imkoniyati ham
mavjud.
Vaqtli qatorlarni prognozlash uchun trend modelidan foydalanildi. Bunda
quyidagi natijalarga erishildi:
1-jadval
Model turlari.
T/R
Model
Tenglamasi
Determinantsiya
koeffitsiyenti
1.
Eksponentsial
y = 6E-172e
0,1994x
R² = 0,9879
2.
Chiziqli
y = 768,98x -
2E+06
R² = 0,7769
3.
Logarifmli
y = 2E+06ln(x) -
1E+07
R² = 0,7762
4.
Polinom
y = 91,695x
2
-
369127x + 4E+08
R² = 0,9396
5.
Darajali
y = 0x
402,22
R² = 0,9878
1-jadvalda determinatsiya koeffitsiyenti eksponentsial modelda eng katta. Demak, u
eng sifatli model. Uning chizmasi quyida berilgan:
y = 6E-172e
0,1994x
R² = 0,9879
0
2000
4000
6000
8000
10000
12000
14000
16000
2008
2010
2012
2014
2016
2018
2020
2022
2024
2026
sanoat
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
364
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
1-rasm. 2010-2024 yillar uchun Surxondaryo viloyati Sanoat ishlab chiqarish
hajmini ekonometrik modellashtirishning eksponentsial modeli.
Xulosa qilib, 2010-2024 yillar uchun Surxondaryo viloyati Sanoat ishlab
chiqarish hajmini ekonometrik modellashtirish uchun mos model eksponentsial trend
modeli hisoblanadi. Uning determinatsiya koeffitsiyenti R² = 0,9879. Ushbu modeldan
foydalanib prognoz qiymatlar ishlab chiqarish mumkin.
1
Foydalanilgan adabiyotlar
.
1.F.T. Alimardanova, B.E. Turayev Trend modellari yordamida sanoat ishlab
chiqarish hajmini modellashtirish // Журнал «образование и наука в ХХI веке» №45-
4( декабрь, 2023)
2.
–Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi sayti.
1
Muallif ishlanmasi
