Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
431
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
O‘ZBEKISTONDA ISHSIZLIK VA MEHNAT BOZORI SIYOSATI
Jo‘rayeva Lola
Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi
Amonova M. Boboqulova R. va Xazratqulov B.
Termiz davlat universiteti
Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O’zbekistonda ishsizlik muammosi va mehnat
bozori siyosati tahlil qilinadi. Ishsizlikning sabablari, turlari va unga qarshi kurashish
bo’yicha davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari yoritiladi. Shuningdek, 2022-2024-
yillarda mehnat bozoridagi o’zgarishlar, qonunchilik islohotlari va hukumat tomonidan
ko’rilgan chora-tadbirlar batafsil ko’rib chiqiladi.
Ushbu maqolani yozishdan maqsad: Maqolaning asosiy maqsadi – O’zbekistonda
ishsizlik darajasini kamaytirish bo’yicha amalga oshirilayotgan siyosiy chora-
tadbirlarni tahlil qilish, mehnat bozoridagi muammolar va ularning yechimlari haqida
batafsil ma’lumot berishdir. Shuningdek, so’nggi yillarda mehnat bozorida yuz bergan
o’zgarishlar, hukumatning islohotlari va yangi qonunlarning ta’siri o’rganiladi.
Natija: Maqola natijasida O’zbekiston mehnat bozorida kuzatilayotgan
tendensiyalar va ishsizlik darajasining kamayishi bo’yicha olib borilayotgan chora-
tadbirlarning samaradorligi haqida xulosalar beriladi. Yangi ish o’rinlari yaratish,
bandlikni oshirish va iqtisodiy o’sishga ko’mak beruvchi omillar tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar:
Ishsizlik, mehnat bozori, iqtisodiy siyosat, bandlik, islohotlar, ish
bilan ta’minlash, mehnat munosabatlari, qonunchilik, O’zbekiston, iqtisodiy
rivojlanish.
Annotation:
This article analyzes the issue of unemployment and labor market
policy in Uzbekistan. The causes and types of unemployment, as well as the main
directions of state policy to combat it, are discussed. Additionally, changes in the labor
market from 2022 to 2024, legislative reforms, and government measures are examined
in detail.
Purpose of this article: The main goal of this article is to analyze the political
measures taken to reduce the unemployment rate in Uzbekistan and to provide detailed
information on labor market issues and their solutions. Furthermore, the study explores
labor market trends, government reforms, and the impact of new laws in recent years.
Results: As a result of the analysis, conclusions are drawn regarding trends in
Uzbekistan’s labor market and the effectiveness of measures taken to reduce
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
432
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
unemployment. The article also examines factors that contribute to job creation,
employment growth, and economic development.
Keywords:
Unemployment, labor market, economic policy, employment,
reforms, job creation, labor relations, legislation, Uzbekistan, economic development.
Аннотация:
В данной статье анализируются проблемы безработицы и
политики на рынке труда в Узбекистане. Рассматриваются причины и виды
безработицы, а также основные направления государственной политики по
борьбе с этим явлением. Кроме того, подробно изучается изменения на рынке
труда в 2022-2024 годах, законодательные реформы и меры, принимаемые
правительством.
Цель данной статьи: Основная цель статьи – проанализировать
политические меры, принимаемы для снижения уровня безработицы в
Узбекистане, а также подробно рассмотреть проблемы рынка труда и возможные
пути их решения. Также рассматриваются тенденции на рынке труда,
государственные реформы и влияние новых законов за последние годы.
Результаты: В результате проведенного анализа сделаны выводы о
тенденциях на рынке труда Узбекистана и эффективности мер по сокращению
безработицы. В статье также рассматриваются факторы, способствующие
созданию новых рабочих мест, увеличению занятости и экономическому
развитию.
Ключевые слова:
Безработица, рынок труда, экономическая политика,
занятость, реформы, создание рабочих мест, трудовые отношения,
законодательство, Узбекистан, экономическое развитие.
Ishsizlik har qanday iqtisodiyotning dolzarb muammolaridan biri bo’lib, u
iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikka ta’sir etadi. Mehnat bozori
1
siyosati esa
ish bilan ta’minlash darajasini oshirish, iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish va aholi
farovonligini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Ishsizlik turli sabablarga ko’ra yuzaga kelishi mumkin:
1. Tsiklik ishsizlik – iqtisodiyotdagi inqiroz yoki pasayish natijasida ish
o’rinlarning kamayishi.
2. Tuzilmaviy ishsizlik – mehnat bozoridagi talab va taklif o’rtasidagi muvofiqlik,
ya’ni yangi texnologiyalar joriy qilinishi natijasida ayrim kasblarga ehtiyojning
kamayishi.
1
Mehnat bozori – bu ish kuchiga bo’lgan talab va taklifning shakllanishi va muvozanatlashuvi sodir bo’ladigan ijtimoiy-iqtisodiy
tizimidir. Bunda ish beruvchilar (talab) va ish izlovchilar (taklif) o’zaro aloqaga kirishadi va mehnat shartlari, ish haqi
miqdori, ish joylari soni kabi omillar bo’yicha kelishuvga erishadilar.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
433
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
3. Frictional (o’tkinchi) ishsizlik – ish izlovchilar va ish beruvchilar o’rtasidagi
vaqtinchalik nomuvofiqlik sababli yuzaga keladi.
4. Yashirin ishsizlik – rasmiy statistikada kas etmagan, lekin real hayotda mavjud
bo’lgan ishsizlik turi.
Mehnat bozozri siyosati ishsizlikni kamaytirish va ishchi kuchining samarali
bandligini ta’minlashga qaratilgan. Ushbu siyosat ikki asosiy yo’nalishda olib boriladi:
1. Faol mehnat bozori siyosati: kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorlash dasturlari,
ish izlovchilarga ko’mak berish va maslahat xizmatlari, ish izlovchilarga ko’mak berish
va maslahat xizmatlari, davlat tomonidan ish o’rinlari yaratish dasturlari, ish bilan
ta’minlash dasturlarini rivojlantirish.
2. Noaktiv mehnat bozori siyosati: ishsizlik nafaqalarini taqdim etish, ijtimoiy
himoya tizimini rivojlantirish, ishsizlar uchun moliyaviy yordam dasturlarini amalga
oshirish.
2023-yil yakuniga ko’ra, O’zbekistonda ishsizlik darajasi 6,8% ni tashkil etdi, bu
2022-yilga nisbatan 2,1% punktga kamayishini anglatadi. 2022-yil 28-oktabrda yangi
Mehnat kodeksi
2
qabul qilindi, bu mehnat munosabatlarini tartibga solishda va ishchi
huquqlarini himoya qilishga qaratilgan muhim qadam bo’ldi. 2022-yilning ikkinchi
choragida 16-30 yoshdagi yoshlar orasida ishsizlik drajasi 14,5%ni, ayollar orasida
esa 12,8%ni tashkil etgan
3
. 2023-yilning 1-yanvar holatiga ko’ra, O’zbekistonda
mehnat resurslari soni 19,7 million kishini tashkil etdi. 2024-yilning noyabr oyida
ishga joylashishga muhtoj aholi soni 876000 kishini tashkil etib, yil boshidan buyon
148000 kishiga kamaydi. 2020-yilda ishsizlik darajasi 10,5% bo’lgan bo’lsa, 2024-
yilga kelib bu ko’rsatkich 5,8%ga tushdi. 2020-2023- yillar oralig’ida O’zbekiston
aholisi yillik o’sish sur’ati 2,1%ni tashkil etdi, bu esa yiliga tahminan 700-800 ming
kishiga oshishni anglatadi. Aholining 57% mehnatga layoqatli yosh toifasiga kiradi.
2023-yil sentabr oyida o’rtacha nominal ish haqi yil davomida 18%ga oshib, 4,4
million so’mga yetdi. IT sohasida ish haqi 44%, mehmonxona va restoran sektorlarida
38%, transportda 37%, savdoda 32% va moliya sohasida 30%ga oshdi. O’zbekiston
hukumati ishsizlikni kamaytirish va mehnat bozorini rivojlantirish maqsadida bir qator
chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
4
Xususan, kichik va o’rta biznesni qo’llab quvvatlash,
tadbirkorlikni rag’batlantirish, ta’lim tizimini mehnat bozozrining ehtiyojlariga
moslashtirish kabi islohotlarni o’tkazildi. Bundan tashqari, “Yashil” ish o’rinlarini
yaratishga alohida e’tibor qaratilib, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya
2
Mehnat kodeksi – 1994-yilning 1-aprelda qabul qilingan. Hozirda O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat
kodeksi 2023-yilning 30-aprelida kuchga kirdi va u 34 bob, 581 ta moddadan iborat. Shuningdek, mamlakat hududida
mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
3
https://www.gazeta.uz/oz/2022/03/08/unempoyment
4
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
434
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
samaradorligi va qishloq xo’jaligi kabi ekologik toza tarmoqlar ham rivojlandi.
Shuningdek, 2023-yilda kambag’allik darajasi 14,1%dan 11%gacha pasayishi
kuzatildi, bu esa bandlik darajasining oshishi va ishsizlikning kamayishi bilan bog’liq,
desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Eng ko’p bo’sh ish o’rinlari chakana savdo
5
,
qurilish,umumiy ovqatlanish, ishlab chiqarish hamda ta’lim sohalariga to’g’ri keladi.
Hududlar bo’yicha Toshkent shahri 60%, Samarand 115 va Toshkent viloyatlariga 9%
yetakchilik qildi. Bu haqda, Markaziy bankning 2024-yilning birinchi choragi bo’yicha
mehnat bozori sharhida keltirilgan. Qurilish va savdo tarmoqlaridagi ishchilar soni
oshib, qishloq xo’jaligida, aksincha – kamaygan. Birinchi chorakda bo’sh ish
o’rinlarining o’rtacha soni qariyb 36,8 mingtani tashkil etib, o’tgan yil yakuniga
nisbatan, 14%ga oshgan. Yattlar
6
soni 8,2%ga oshib, 262,8 ming kishini tashkil eydi.
Ular asosan, chakana savdo +8,6% va maishiy xizmat ko’rsatish +18,9%, faoliyat
yo’nalishlarida ro’yhatdan o’tmoqda. O’zini-o’zi band qilganlar soni yil boshidan 287
ming kishiga oshgan. Regulyator qurilish
7
va xizmatlar sohasi o’sishi iqtisodiy
o’sishning asosiy dravyerlari bo’lishini kutmoqda. Chakana savdoda bandlikning
yuqori o’sishi talab bilan bog’liq. Ish izlovchilar orasida transport, qurilish,
buxgalteriya va maishiy xizmat ko’rsatish sohalariga takliflar yuqori. Talab
mavjudligiga qaramay, ishchi kuchi taklifida nomutanosibliklar mavjud. Bu IT,
tibbiyot, ishlab chiqarish kabi sohalarda bo’sh ish o’rinlarining saqlanib qolayotgani
va xususiy sektordagi yuqori va o’rta malakali ishchilarning ish haqlari o’rtasidagi
tafovut ilan izohlanadi. Yangilanishlar maishiy xizmat, qo’riqlash\xavfsizlik va
talabalar uchun bo’sh ish o’rinlariga to’g’ri keladi. Ish haqining nominal o’sish sur’ati
yillik 19,8%ni, inflyatsiya hisobiga esa 9,8%ni tashkil etdi. Ishchi kuchiga bo’lgan
yuqori talab fonida savdo 24,4%ga, hamda axborot va aloqa 23,5%ga sohalarida yuqori
ko’rsatkichlar saqlanib qoldi. Biroq, qurilish sohasida takliflar oshishi bilan ish haqi
o’sishi pastroq 6,6%ga shakllandi. Tashqi mehnat migratsiyasi tendensiyalarida
8
o’zgarishlar hozircha mavjud emas. Transchegaraviy pul o’tkazmalari o’tgan yilning
mos davriga nisbatan 8,6%ga oshdi. Pul o’tkazmalaridagi o’sish migratsiya oqimi va
valyuta kurslarining barqaror saqlanib qolgani bilan izohlanishi mumkin. Ko’nikma
va malakalarga bo’lgan talab muhojirlarning ishga joylashishda asosiy to’siq bo’lb
5
Chakana savdo – tovar va xizmatlarning bevosita iste’molchilarga, ya’ni jismoniy shaxslarga shaxsiy foydalanish uchun sotilish
jarayonidir. Chakana savdo korxonalari, do’konlar, supermarketlar, bozorlar va onlayn savdo platformalari orqali amalga
oshiriladi.
6
Yatt (Yakka tartibdagi tadbirkor) – yuridik shaxs tashkil qilmasdan, mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini olib boruvchi
jismoniy shaxsdir.
7
Regulyator qurilish – bu muayyan soha yoki tarmoqda tartibga solish, nazorat qilish va boshqaruv mexanizmlarini yaratishga
qaratilgan qurilish jarayoni. Bu atama odatda muhandislik, infratuzilma va energetika sohalarida ishlatiladi.
8
Tashqi mehnat migratsiyasi – bu fuaqarolarning doimiy yashash joyini o’zgartirmasdan, xorijiy mamlakatlarda vaqtincha
mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonidir.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
435
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
qolmoqd. Ko’rilayotgan choralar esa qo’shimcha mehnat dividentini oshiradi. 2024-
yilda minimal iste’mol xarajatlari qiymati 648 ming so’m etib belgilangandi. 1-maydan
ayrim pensiya turlarining eng kam miqdorlari unga tenglashtirildi.
9
2025-yil ishsizlik va kambag’allikni qisqartirishda hal qiluvchi yil bo’ladi –
Shavkat Mirziyoyev. O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2025-yil ishsizlik va
kambag’allikni qisqartirishda hal qiluvchi yil bo’lishini ta’kidladi. Bu uchun 1,5 mln
aholi doimiy ishga joylashtirilib, 2 milliondan ziyod odam biznesga jalb qilinadi. 60 ta
tuman va shahar kambag’allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi. Prezident
Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash va yangi yondashuvlar asosida
kambag’illikni qisqartirishga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda,
Prezident matbuot xabar qildi. Bu yil 5 200 000 fuqaroning bandligini ta’minlash va
1 500 000 aholini kambag’allikdan chiqarish maqsad qilingan. Birinchi marta 60 ta
tuman va shahar kambag’allik va ishsizlikdan holi hududga aylantirilishi qayd etildi.
Mahalla bankirlari bilan birga 1,5 million aholi doimiy ishga joylashtirilib, 2 000 000
dan ziyod odam biznesga jalb qilinadi. Shu maqsadda bu yil kichik biznes loyihalariga
jami 120 trillion so’m kredit ajratiladi. Ta’kidlashicha, xorijiy tajriba asosida 32 ta
yo’nalishda kambag’allikni qisqartirish bo’yicha ambag’al oilalar a’zolari
kooperatsiya asosida ishga olinadi. 123 ta tumanda kambag’al aholi 20 000 gektar
o’rmon va ko’chatzor barpo etish hamda dorivor o’simliklar yetishtirishga jalb etiladi.
Ular ekkan har 100 ta daraxt uchun 375 000 so’m subsidiya to’lanadi. Turizm salohiyati
bor joylarda mehmon uylari va oshxonalar, muayyan pochta bo’limlarida elektron
tijorat markazlari ochilib, kambag’al oila vakillari ishga olinadi. Umuman, 2025-yilda
6000 nafar 472 ta mahallada yangi yondashuvlar asosida loyihalar amalga oshirilib,
210 000 nafar aholi kambag’allikdan chiqariladi. Shuningdek, chekka hududlardagi,
og’ir toifadagi qishloqlarga alohida e’tibor qaratilishi aytildi. O’zbekiston mahallalari
uyushmasi ularga ishchanlik ruhini olib kirib, boqimandalikni kamaytirishga,
kambag’al oilalar mehnatini qo’llab-quvvatlashga mas’ul bo’lishi belgilandi. Davlat
rahbari 2025-yil ishsizlik va kambag’allikni qisqartirishda hal qiluvchi yil boshini yana
bir bor ta’kidlab, bu boradagi chora-tadbirlarni tartibli va manzilli amalga oshirish
bo’yicha ko’rsatmalar berdi. Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga bu
vazifalarning bajarilishini qat’iy nazoratga olish topshirildi. Har bir loyiha, har bir
chora-tadbir elektron platformaga kiritilib, yaratilgan ish o’rinlari soliq bazasida
tekshirilishi belgilandi. Mahalliy hokimlik hodimlari va “mahalla yettiligi” uchun
o’quvlar tashkil etish, yaxshi tajribalarni targ’ib qilish muhimigi aytildi
10
.
9
https://www.spot.uz/oz/2024/05/13/labor-market/
10
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
436
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Xulosa.
O’zbekistonda ishsizlik va mehnat bozori siyosati so’nggi yillarda
sezilarli o’zgarishlarga uchradi. Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlar natijasida ishsizlik darajasi sezilarli darajada pasayib, mehnat bozozri
barqaror rivojlanmoqda. Xususan, yangi ish o’rinlarini yaratish, bandlik dasturlarini
qo’llab-quvvatlash va kasb-hunar o’rgatish tizizmini rivojlantirishga katta e’tibor
qaratilmoqda. 2022-2024-yillar davomida mehnat bozorida qator islohotlar amalga
oshirildi. Yangi Mehnat kodeksi qabul qilinib, ishchilarning huquqlari
mustahkamlandi. Kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash, “yashil” ish o’rinlarini
yaratish, hamda xorijiy mehnat migratsiyasini tartibga solish bo’yicha tizimli ishlar
olib borildi. Natijada, bandlik darajasi oshib, aholining o’zini-o’zi band qilish
imkoniyatlari kengaydi. Kelgusi yillarda mehnat bozozri siyosatini yanada
takomillashtirish uchun raqamli iqtisodiyot, kasbiy ta’lim, inklyuziv bandlik va ish
o’rinlari yaratish bo’yicha qo’shimcha islohotlar amalga oshirilishi kutilmoqda.
Xususan, 2025-yil mamlakatda ishizlik va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha hal
qiluvchi yil sifatida belgilangan bo’lib, bu borada aniq rejalashtirilgan tizimlar amalga
oshirilishi kutilmoqda.
Davlatning bandlik siyosati nafaqat qisqa muddatli
muammolarni hal qilish, balki uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlik va aholining
farovonligini oshirishga qaratilgan kompleks yondashuvga asoslanmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy
bayonotlari va farmonlari. – Prezident matbuot xizmati 2024.
2. O’zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag’allikni qisqartirish vazirligi
ma’lumotlari. – 2023-2024.
3. OAV materiallari: Gazeta.uz, Kun.uz, Spot.uz saytlari va boshqa manbalar. –
2023-2024-2025.
4. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. “Mehnat bozori va
bandlik holati” bo’yicha statistik hisbot. – 2024.
5. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. “Ishsizlik va bandlik
bo’yicha tahliliy sharh” – 2023.
