Authors

  • Sobirjonova Manija
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Tadbirkorlik va boshqaruv” fakulteti 4MM-24 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.71861

Keywords:

moliyaviy savodxonlik ta’lim dasturlari investitsiya moliyaviy boshqaruv raqamli moliyaviy texnologiyalar iqtisodiy barqarorlik venchur fondlari Wefounder Kickstarter factoring forfeiting blokcheyn kriptovalyuta.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligi bilan bog‘liq muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Moliyaviy savodxonlik darajasi tahlil qilinib, mavjud muammolar statistik ma’lumotlar va real misollar asosida o‘rganilgan. Shuningdek, bu muammolarni hal etishda ta’lim tizimi va davlat dasturlarining o‘rni muhim ekanligi ta’kidlanib, moliyaviy bilimlarni keng targ‘ib qilish va ta’lim jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 3

31

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

O‘ZBEKISTON AHOLISI MOLIYAVIY SAVODXONLIGINI

OSHIRISH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Sobirjonova Manija

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

“Tadbirkorlik va boshqaruv” fakulteti

4MM-24 guruh talabasi

Gmail:

manijasobirjonova4@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligi

bilan bog‘liq muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Moliyaviy
savodxonlik darajasi tahlil qilinib, mavjud muammolar statistik ma’lumotlar va real
misollar asosida o‘rganilgan. Shuningdek, bu muammolarni hal etishda ta’lim tizimi
va davlat dasturlarining o‘rni muhim ekanligi ta’kidlanib, moliyaviy bilimlarni keng
targ‘ib qilish va ta’lim jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari
surilgan.

Kalit so'zlar:

moliyaviy savodxonlik, ta’lim dasturlari, investitsiya, moliyaviy

boshqaruv, raqamli moliyaviy texnologiyalar, iqtisodiy barqarorlik, venchur fondlari,
Wefounder, Kickstarter, factoring, forfeiting, blokcheyn, kriptovalyuta.

Moliyaviy savodxonlik, har bir oila uchun moddiy farovonlikni ta'minlashda

muhim rol o'ynaydi. Ammo xorijiy va mahalliy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki,
moliyaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo‘lgan aholi soni juda kam, bu esa nafaqat
oilalar barqarorligiga, balki makroiqtisodiy rivojlanishning muvozanatli bo‘lishiga
tahdid soladi. Oila uchun yetarli darajada moliyaviy savodxonlik bo‘lsa, bu oila
byudjetini ratsional tarzda rejalashtirishga yordam beradi, iqtisodiy inqirozlar vaqtida
zaiflikni kamaytiradi, firibgarlikning oldini olishga yordam beradi va shaxsiy
maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari, moliyaviy
savodxonlik moliya bozorining rivojlanishiga, moliyaviy institutlarga bo‘lgan
ishonchni oshirishga va davlat iqtisodiyotining qo‘shimcha investitsiya resurslari bilan
to‘lishiga hissa qo‘shadi.

1

1

Алексеева Н.В. (2017). "Повышение финансовой грамотности населения: необходимость, положительные эффекты,

роль и потенциал вузов". Вестник Российского университета кооперации, №3(29).


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 3

32

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Bugungi kunda moliyaviy savodxonlik tushunchasi moliyaviy ta'lim,

kompetensiya, xabardorlik kabi atamalar bilan chambarchas bog'liq.

2

Ushbu

tushunchalar o‘rtasidagi asosiy farq ularning moliyaviy savodxonlik bilan bog‘liq
elementlarni qamrab olish va amalga oshirishning chuqurligi bilan bog‘liq. Moliyaviy
savodxonlik, ko‘plab tadqiqotlarda, bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga olgan
kompetensiyalar yig‘indisi sifatida ta'riflanadi.

3

Moliyaviy savodxonlik keng qamrovli tushuncha bo‘lib, shaxsning moliyaviy

qarorlarni oqilona qabul qilishiga imkon beruvchi bilim va ko‘nikmalar to‘plamini
anglatadi. Xalqaro tashkilotlarning ta’rifiga ko‘ra, moliyaviy savodxonlik – bu
insonning moliyaviy xabardorligi, bilim darajasi, moliyaviy masalalarga bo‘lgan
yondashuvi va ushbu bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir.

Moliyaviy savodxonlikning rasmiy ta'rifi, OECD hujjatlarida keltirilgan bo‘lib,

bu ma'lumotlar, bilimlar, ko‘nikmalar, turmush tarzidagi yo‘nalishlar va xulq-atvorni
o‘z ichiga oladi. Ularning yordamida shaxsiy moliyaviy farovonlikni ta'minlash uchun
asoslangan moliyaviy qarorlar qabul qilinadi.

4

Moliyaviy savodxonlik quyidagilarni ta’minlaydi:

Oqilona byudjet tuzish va shaxsiy mablag‘larni to‘g‘ri boshqarish.

Moliyaviy firibgarliklarning oldini olish.

Iqtisodiy qiyinchiliklarga bardosh berish.

Moliyaviy bozorlarning rivojlanishiga hissa qo‘shish.

Shuning uchun, moliyaviy ta’limni rivojlantirish har bir fuqaro va butun jamiyat

uchun ijobiy natijalar beradi.

O'zbekistonda, boshqa ko'plab mamlakatlar singari, aholining moliyaviy

savodxonligini oshirish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ushbu sohada ba'zi
yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ko‘plab ishlar
mavjud:

1.

Moliyaviy ta’limning yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi:

O‘zbekistonda moliyaviy ta’lim tizimi hali yetarli darajada rivojlanmagan

bo‘lib, maktab va universitetlarda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha maxsus kurslarning
cheklanganligi bu sohadagi eng katta muammolardan biri hisoblanadi. Ko‘plab ta’lim
muassasalarida shaxsiy moliya, investitsiyalar, byudjet boshqaruvi va kredit tizimi kabi
muhim moliyaviy tushunchalar chuqur o‘rganilmaydi, bu esa yoshlarning moliyaviy

2

Судакова А.Е. (2017). "Финансовая грамотность: теоретическое осмысление и практическое исследование". Финансы

и кредит, Т.23, №26, с.1563-1582.

3

Huston S.J. (2010). "Measuring Financial Literacy". The Journal of Consumer Affairs, vol. 44, no. 2, pp. 296–316.

4

Bernheim B.D., Garrett D.M., Maki D.M. (2001). "Education and Saving: The long-term effects of high school financial

curriculum mandates". Journal of Public Economics, vol. 80, no. 3, pp. 435–465.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 3

33

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

barqarorligi va kelajakda mustaqil moliyaviy qarorlar qabul qilish qobiliyatiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, mavjud ta’lim dasturlarining eskirganligi ham dolzarb masala

bo‘lib, ba’zi o‘quv materiallari zamonaviy moliyaviy bozor talablariga javob bermaydi
va yangi moliyaviy texnologiyalar, raqamli to‘lov tizimlari, kriptovalyutalar, elektron
tijorat kabi sohalarni yetarli darajada qamrab olmaydi. Natijada, talabalarga
berilayotgan bilimlar tezda eskirib, ularning amaliy hayotga tatbiq etilishi qiyinlashadi.
Bundan tashqari, moliyaviy ta’lim dasturlarining aksariyati nazariy ma’lumotlar bilan
cheklanib qolmoqda, amaliy mashg‘ulotlar va real hayotiy vaziyatlarni o‘rganishga
yetarlicha e’tibor qaratilmaydi. Talabalarga shaxsiy byudjetni rejalashtirish,
investitsiyalarni to‘g‘ri yo‘naltirish, bank kreditlaridan oqilona foydalanish va
moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash bo‘yicha aniq ko‘nikmalar berilmagani sababli,
ular hayotga mustaqil kirib kelganida moliyaviy muammolarga duch kelishi mumkin.

Misol uchun, aholi hali Venchur fondlaridan foydalanish va ularga investitsiya

kiritish haqida ma’lumotga ega emas. Venchur kapitali — bu yuqori xavf va yuqori
daromad keltirishi mumkin bo‘lgan startaplar va kichik bizneslarga kiritiladigan
investitsiyalardir. An’anaviy bank kreditlariga nisbatan, venchur kapitali tadbirkorlarga
moliyaviy resurslarni jalb qilishda muqobil yo‘l hisoblanadi. Bu usul bank kreditlariga
qaramlikni kamaytirib, innovatsion loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

2.

Aholining moliyaviy xizmatlar va mahsulotlar haqidagi xabardorligi

pastligi:

O‘zbekistonda aholining moliyaviy mahsulotlar, investitsiyalar va kreditlash

bo‘yicha yetarli ma’lumotga ega emasligi moliyaviy barqarorlikka jiddiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Ko‘pchilik fuqarolar kredit olish shartlari, foiz stavkalari, investitsiya
imkoniyatlari va boshqa moliyaviy vositalarning afzalliklari hamda xavflari haqida
yetarlicha tushunchaga ega bo‘lmagani sababli noto‘g‘ri moliyaviy qarorlar qabul
qilishga moyil bo‘ladi. Bu esa ularning moliyaviy xavfsizligiga salbiy ta’sir qilib,
ortiqcha qarz yukiga tushib qolish yoki o‘z mablag‘larini samarasiz ishlatish xavfini
oshiradi. Shuningdek, investitsiya madaniyatining rivojlanmagani aholining
jamg‘armalarini samarali boshqarishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Odamlar o‘z mablag‘larini qanday qilib foydali investitsiya qilish, aktivlarini

qanday diversifikatsiya qilish va uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikni ta’minlash
bo‘yicha yetarli bilimga ega emas. Ko‘pchilik hali ham jamg‘armalarni faqat naqd
shaklda saqlash yoki juda kam foyda keltiradigan oddiy bank omonatlariga
joylashtirish bilan cheklanadi, bu esa ularning kelajakdagi moliyaviy imkoniyatlarini
kengaytirishga to‘sqinlik qiladi.

3.

Madaniy va til to‘siqlari:


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 3

34

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

O‘zbekiston ko‘p millatli va ko‘p madaniyatli jamiyat bo‘lgani sababli,

moliyaviy ta’limni barcha aholigacha yetkazish va ularning ehtiyojlariga moslashtirish
qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Turli milliy guruhlarning tili, madaniy qadriyatlari va
iqtisodiy tushunchalari bir-biridan farq qilgani uchun, moliyaviy ta’lim dasturlarini
ishlab chiqishda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarur. Aks holda,
ba’zi guruhlar moliyaviy xizmatlar va mahsulotlar to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega
bo‘la olmaydi, bu esa ularning iqtisodiy imkoniyatlarini cheklaydi.

Moliyaviy ta’lim materiallarining asosan o‘zbek va rus tillarida tayyorlanishi

boshqa milliy guruhlarga mansub aholining ushbu ma’lumotlardan to‘liq
foydalanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

4.

Bank xizmatlariga cheklangan kirish:

O‘zbekistonning ayrim hududlarida bank infratuzilmasining yetarli darajada

rivojlanmagani aholining moliyaviy xizmatlarga kirish imkoniyatini cheklab
qo‘ymoqda. Ayniqsa, qishloq joylarida bank filiallarining kamligi yoki umuman
yo‘qligi odamlarning asosiy moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishiga to‘sqinlik
qiladi. Shuningdek, bankomatlar va raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanish
imkoniyatlarining cheklanganligi ham moliyaviy tizimga to‘liq integratsiyalashish
jarayonini sekinlashtiradi. Bu esa aholining katta qismini norasmiy moliyaviy
operatsiyalarga yoki xavfli kredit sxemalariga murojaat qilishga majbur qilishi
mumkin.

Moliyaviy xizmatlarga kirishning cheklanganligi nafaqat infratuzilma

muammosi, balki aholining iqtisodiy holati va bilim darajasi bilan ham bog‘liq.
Ko‘pchilik fuqarolar bank xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha yetarlicha bilimga ega
emasligi sababli, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmaydi. Masalan, bank
kreditlari, depozitlar, sug‘urta xizmatlari yoki to‘lov tizimlaridan qanday foydalanishni
tushunmaslik odamlarning moliyaviy imkoniyatlarini cheklaydi.

Faktoring va forfeyting kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun muhim

moliyaviy vositalardir. Faktoring — bu kompaniyaning debitorlik qarzlarini moliya
muassasasiga sotish orqali naqd pul olish imkonini beruvchi xizmatdir. O‘zbekistonda
2024-yilda faktoring xizmatlari hajmi 1,9 trillion so‘mga yetdi, shundan 76% qismi
Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Forfeyting esa eksport qiluvchi korxonalarga uzoq
muddatli to‘lovlarni naqdlashtirishda yordam beruvchi moliyaviy instrument bo‘lib,
ularning likvidligini oshiradi. Faktoring kompaniyalarga debitorlik qarzlarini sotish
orqali naqd pul olish imkonini bersa, forfeyting eksport qiluvchi korxonalarga uzoq
muddatli to‘lovlarni naqdlashtirishda yordam beradi.



background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 3

35

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

YECHIM VA TAKLIFLAR

Aholi moliyaviy savodxonligini oshirish uchun kompleks yondashuv zarur.

Quyida ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar berilgan:

1.

Moliyaviy ta'limni kuchaytirish:

Moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish uchun ta’lim tizimini kuchaytirish va

uni zamonaviy talablar asosida rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Eng avvalo,
maktab va universitetlar dasturlariga moliyaviy savodxonlik bo‘yicha maxsus kurslarni
joriy etish lozim. Ushbu kurslar orqali o‘quvchilarga shaxsiy moliyaviy rejalashtirish,
investitsiya imkoniyatlari, byudjetni samarali boshqarish, kreditlash va moliyaviy
tavakkalchiliklarni baholash kabi asosiy tushunchalar o‘rgatilishi kerak. Shuningdek,
mavjud ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish zarur, chunki bugungi kunda
moliyaviy bozorlar va texnologiyalar jadal rivojlanmoqda, va mavjud darsliklar
aksariyat hollarda zamonaviy talablarni qondira olmaydi. O‘quv materiallari raqamli
moliyaviy xizmatlar, blokcheyn texnologiyalari, elektron tijorat va global moliya
bozorlari haqidagi dolzarb ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.

Nazariy bilimlarning amaliyot bilan bog‘lanmaganligi sababli, moliyaviy

ta’limga amaliy mashg‘ulotlarni kiritish ham muhimdir. Talabalar va o‘quvchilarga
real hayotiy vaziyatlar asosida moliyaviy rejalashtirish, sarmoya kiritish va
mablag‘larni oqilona boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalar berish maqsadida seminarlar,
ishchi guruhlar va amaliy treninglarni yo‘lga qo‘yish lozim. Bundan tashqari,
moliyaviy simulyatsiyalar, interaktiv o‘yinlar va virtual investitsiya loyihalarini tatbiq
etish orqali talabalar bilimlarini mustahkamlash mumkin.

Ushbu chora-tadbirlar aholi orasida moliyaviy madaniyatni rivojlantirishga

yordam berib, ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi.

2.

Aholining

moliyaviy

xizmatlar

va

mahsulotlar

haqidagi

xabardorligini oshirish:

Aholining moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar haqidagi xabardorligini oshirish

moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ko‘plab fuqarolar bank kreditlari, sug‘urta mahsulotlari, investitsiya imkoniyatlari va
moliyaviy boshqaruv vositalari haqida yetarli bilimga ega emasligi sababli, noto‘g‘ri
moliyaviy qarorlar qabul qiladi yoki mavjud imkoniyatlardan samarali foydalana
olmaydi. Vaholangki, Shaxsiy byudjetni boshqarish va kichik tadbirkorlar uchun
moliyaviy oqimlarni nazorat qilishda yordam beruvchi ko‘plab dasturlar mavjud.
Masalan, "Monefy", "YNAB (You Need a Budget)" va "PocketGuard" kabi ilovalar
shaxsiy moliyani boshqarishda samarali vositalardir.

Ushbu muammoni hal qilish uchun, avvalo, moliyaviy mahsulotlar haqida

to‘g‘ri va aniq ma’lumotlar taqdim etuvchi onlayn platformalar va mobil ilovalarni


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 3

36

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

yaratish zarur. Ushbu resurslar orqali foydalanuvchilarga kredit shartlari, depozit
turlari, sarmoya kiritish imkoniyatlari va boshqa moliyaviy xizmatlar haqida batafsil
va tushunarli ma’lumotlar taqdim etilishi kerak.

Shuningdek, investitsiya madaniyatini shakllantirish muhim ahamiyat kasb

etadi. Aholini investitsiyalar bilan tanishtirish, kapitalni samarali boshqarish va
moliyaviy strategiyalarni tushuntirish maqsadida maxsus kurslar va seminarlar tashkil
qilish lozim. Investitsiya bo‘yicha treninglar, interaktiv moliyaviy dasturlar hamda
muvaffaqiyatli investorlar ishtirokida o‘tkaziladigan tadbirlar orqali aholiga real
misollar asosida bilim berish mumkin. Bu chora-tadbirlar aholining moliyaviy
resurslarini yanada samarali boshqarishiga, investitsiya imkoniyatlaridan oqilona
foydalanishiga va uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikka erishishiga yordam beradi.

3.

Moliyaviy xizmatlarga kirishni oshirish:

Aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish

moliyaviy inklyuziyani oshirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning muhim
omillaridan biridir. Hozirgi kunda bank infratuzilmasining cheklanganligi, ayniqsa,
qishloq va olis hududlarda yashovchi aholining moliyaviy xizmatlarga kirish
imkoniyatlarini kamaytiradi. Ushbu muammoni hal qilishning eng samarali usullaridan
biri mobil bank xizmatlarini rivojlantirishdir. Mobil banking texnologiyalarining keng
joriy etilishi fuqarolarga bank filiallariga tashrif buyurmasdan turib, moliyaviy
operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali aholining nafaqat
hisob ochish va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, balki kredit olish, investitsiya
qilish va boshqa moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengayadi.

Mobil ilovalar orqali avtomatlashtirilgan xizmatlarni rivojlantirish va raqamli

to‘lov tizimlarini takomillashtirish aholiga bank xizmatlarini yanada qulay va tezkor
tarzda taqdim etish imkonini beradi. Shu bilan birga, mobil banking xavfsizligini
oshirish, aholiga raqamli moliyaviy savodxonlik bo‘yicha treninglar tashkil qilish ham
muhimdir.

Moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish nafaqat aholining bank tizimiga kirishini

osonlashtiradi, balki iqtisodiy o‘sishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

4.

Raqamli moliyaviy texnologiyalarni targ‘ib qilish:

Zamonaviy iqtisodiyotda raqamli moliyaviy texnologiyalar muhim o‘rin tutadi

va ularni keng targ‘ib qilish aholining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda
moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun zarurdir.
Bugungi kunda ko‘plab fuqarolar mobil bank ilovalari, onlayn to‘lov tizimlari va
raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda, bu esa
ularning moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish samaradorligini pasaytiradi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 3

37

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Yil

Internet

foydalanuvchilari

soni (mln)

Moliyaviy

hisob

raqamiga

ega

aholining

ulushi

(%)

Raqamli

to'lovlardan

foydalanganlar

(%)

Mobil

qurilma

yoki

internet

orqali

to'lovlar

amalga

oshirganlar

(%)

Mobil

qurilma

yoki

internet

orqali pul

o'tkazmalari

amalga

oshirganlar

(%)

Mobil

qurilma

yoki

internet

orqali

kommunal

to'lovlar

amalga

oshirganlar

(%)

2018

22.0

36.0

25.0

4.0

7.0

10.0

2019

24.5

38.5

28.0

5.0

8.5

12.0

2020

26.8

41.0

31.5

6.0

9.5

13.5

2021

29.0

43.5

35.0

7.0

11.0

15.0

2022

31.0

44.1

39.3

5.9

10.2

16.1

2023

33.0

46.5

42.0

8.0

12.5

18.0

2024

35.0

48.0

45.0

9.0

14.0

20.0

1-jadval. O’zbekiston aholisining 2018-2024 yillarda online moliyaviy

xizmatlardan foydalanish ko’rsatkichlarining o’zgarishi

Ushbu muammoni hal qilish uchun aholiga raqamli moliyaviy texnologiyalar

bo‘yicha maxsus seminarlar va ta’lim dasturlarini tashkil etish muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu dasturlar orqali fuqarolar mobil banking, elektron hamyonlar, kontaktsiz
to‘lovlar, blokcheyn texnologiyalari va kriptovalyutalar kabi zamonaviy moliyaviy
vositalarning ishlash tamoyillari haqida tushunchaga ega bo‘lishlari mumkin.

Blokcheyn texnologiyasi moliyaviy operatsiyalarning shaffofligi va

xavfsizligini ta’minlasa-da, kriptovalyutalar moliyaviy savodxonlikni oshirishda
cheklangan ta’sirga ega. Ularning yuqori volatilligi va spekulyativ xarakteri sababli,
aholining moliyaviy savodxonligini oshirishda ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim.
Shuningdek, raqamli moliyaviy xizmatlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha treninglar
o‘tkazish ham muhim bo‘lib, bu kiberxavfsizlik tahdidlariga qarshi samarali choralar
ko‘rishga yordam beradi. Interaktiv vebinarlar, video darsliklar va onlayn kurslar orqali
aholining istalgan joydan turib moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha bilim olish
imkoniyatlarini kengaytirish mumkin.

Yuqoridagi

jadvaldan

ko'rinib

turibdiki,

O'zbekistonda

internet

foydalanuvchilari soni va onlayn moliyaviy xizmatlardan foydalanish ko'rsatkichlari


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 3

38

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

yildan-yilga barqaror o'sib bormoqda. Xususan, 2018-yildan 2024-yilgacha internet
foydalanuvchilari soni 22 milliondan 35 milliongacha oshgan. Moliyaviy hisob
raqamiga ega aholining ulushi esa 36% dan 48% gacha ko'tarilgan. Bu esa aholining
moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengayib borayotganini ko'rsatadi.

Shuningdek, raqamli to'lovlardan foydalanganlar ulushi 2018-yildagi 25% dan

2024-yilda 45% gacha oshgan. Bu esa aholining raqamli moliyaviy xizmatlarga bo'lgan
ishonchi ortib borayotganini anglatadi. Mobil qurilma yoki internet orqali to'lovlar, pul
o'tkazmalari va kommunal to'lovlar amalga oshirganlar ulushi ham sezilarli darajada
oshgan. Bu ko'rsatkichlar O'zbekistonda raqamli moliyaviy xizmatlarning rivojlanishi
va ommalashib borayotganini tasdiqlaydi (1-jadval).

Raqamli moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish nafaqat aholining kundalik

moliyaviy hayotini osonlashtiradi, balki mamlakat iqtisodiyotining umumiy
raqamlashtirish jarayoniga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

XULOSA

O'zbekistonda moliyaviy savodxonlikni oshirish mamlakatning barqaror

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining muhim qismiga aylanishi kerak. Hozirgi
muammolarni tahlil qilish orqali, moliyaviy ta'limning yetishmasligi, moliyaviy
mahsulotlar haqida xabardorlikning pastligi va moliyaviy xizmatlarga kirishdagi
cheklovlarni hal etish uchun tizimli yondashuv zarurati ko‘rsatiladi. Maxsus ta'lim
kurslari, amaliy mashg‘ulotlar, raqamli moliya texnologiyalarini o‘rgatish va bank
xizmatlariga kirishni kengaytirish – bu sohada ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga
yordam beradi.

Moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun davlat, ta'lim muassasalari va

moliyaviy institutlar o‘rtasidagi hamkorlikning kuchaytirilishi muvaffaqiyatli
moliyaviy ta'lim dasturlarini joriy etishga olib keladi. Wefounder va Kickstarter kabi
kraudfanding platformalari startaplar va kichik bizneslar uchun moliyaviy resurslarni
jalb qilishda samarali vositalardir. Ushbu platformalar orqali tadbirkorlar o‘z
loyihalarini keng auditoriyaga taqdim etib, kerakli mablag‘ni yig‘ishlari mumkin.
O‘zbekistonda bunday platformalardan foydalanishni kengaytirish orqali, biznes
modellarini xalqaro darajaga olib chiqish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash
mumkin.

Moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan sarmoyalar nafaqat iqtisodiy

madaniyatni oshiradi, balki fuqarolarning farovonligini ta'minlaydi va mamlakatning
global maydonda raqobatbardoshligini oshiradi.



background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 3

39

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Алексеева Н.В. (2017). "Повышение финансовой грамотности

населения: необходимость, положительные эффекты, роль и потенциал вузов".
Вестник Российского университета кооперации, №3(29).

2.

Судакова А.Е. (2017). "Финансовая грамотность: теоретическое

осмысление и практическое исследование". Финансы и кредит, Т.23, №26,
с.1563-1582.

3.

Huston S.J. (2010). "Measuring Financial Literacy". The Journal of

Consumer Affairs, vol. 44, no. 2, pp. 296–316.

4.

Bernheim B.D., Garrett D.M., Maki D.M. (2001). "Education and

Saving: The long-term effects of high school financial curriculum mandates". Journal
of Public Economics, vol. 80, no. 3, pp. 435–465.

References

Алексеева Н.В. (2017). "Повышение финансовой грамотности населения: необходимость, положительные эффекты, роль и потенциал вузов". Вестник Российского университета кооперации, №3(29).

Судакова А.Е. (2017). "Финансовая грамотность: теоретическое осмысление и практическое исследование". Финансы и кредит, Т.23, №26, с.1563-1582.

Huston S.J. (2010). "Measuring Financial Literacy". The Journal of Consumer Affairs, vol. 44, no. 2, pp. 296–316.

Bernheim B.D., Garrett D.M., Maki D.M. (2001). "Education and Saving: The long-term effects of high school financial curriculum mandates". Journal of Public Economics, vol. 80, no. 3, pp. 435–465.