Authors

  • To’xtasinov Rashidbek Yo’ldashali o’g’li
    Jismoniy madaniyat 1-kurs 111-gurux talabasi.
  • G’aniyev Suxrob
    O’qituvchi:

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.76007

Keywords:

Milliy xalq o‘yinlari Boshlang‘ich ta’lim Madaniy identifikatsiya Jismoniy rivojlanish Guruhda ishlash O‘qitish metodikasi

Abstract

Boshang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyasida milliy xalq o‘yinlaridan foydalanish metodikasi madaniy elementlarni ta'limga kiritish muhimligini ta'kidlaydi. Ushbu o‘yinlarni qo‘shish, o‘qituvchilarga jismoniy rivojlanish, guruhda ishlash va ijtimoiy ko‘nikmalarni oshirishda yordam beradi. Bu yondashuv o‘quvchilarda mansublik va madaniy identifikatsiyani shakllantiradi, o‘qishni qiziqarli va yoqimli qiladi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 3

145

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

"BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TARBIYASIDA MILLIY

XALQ O‘YINLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI"

To’xtasinov Rashidbek Yo’ldashali o’g’li

Jismoniy madaniyat 1-kurs 111-gurux talabasi.

O’qituvchi: G’aniyev Suxrob

dalda444p@gmail.com

ANATATSIYA:

Boshang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyasida milliy xalq

o‘yinlaridan foydalanish metodikasi madaniy elementlarni ta'limga kiritish
muhimligini ta'kidlaydi. Ushbu o‘yinlarni qo‘shish, o‘qituvchilarga jismoniy
rivojlanish, guruhda ishlash va ijtimoiy ko‘nikmalarni oshirishda yordam beradi. Bu
yondashuv o‘quvchilarda mansublik va madaniy identifikatsiyani shakllantiradi,
o‘qishni qiziqarli va yoqimli qiladi.

Kalit so'zlar:

Milliy xalq o‘yinlari , Boshlang‘ich ta’lim,Madaniy

identifikatsiya,Jismoniy rivojlanish , Guruhda ishlash, O‘qitish metodikasi

Аннотация:

Методика использования национальных народных игр в

воспитании учащихся начальных классов подчеркивает важность интеграции
культурных элементов в обучение. Включение этих игр помогает развивать
физические навыки, командный дух и социальные навыки. Этот подход
способствует формированию чувства принадлежности и культурной
идентичности у учеников, делая процесс обучения более увлекательным и
интересным.

Ключевые слова:

Национальные народные игры, Начальное

образование, Культурная идентичность, Физическое развитие,Командный дух,
Методика обучени

Anatatsiya

:

The methodology of using national folk games in educating primary

school students emphasizes the importance of integrating cultural elements into
learning. By incorporating these games, educators can enhance physical development,
teamwork, and social skills. This approach fosters a sense of belonging and cultural
identity among students, while also making learning more engaging and enjoyable.

Key words:

National folk games, Primary education,Cultural identity, Physical

development, Teamwork, Educational methodology


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 3

146

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Jismoniy tarbiya yosh avlodni taraqqiy ettirishda muhim vosita hisoblanadi. Tana
a'zolarining mo`tadil faoliyati uchun harakat juda zaruriydir. Buyuk hakim, mutafakkir
Abu Ali ibn Sino: «Badantarbiya-sog`liqni saqlashda ulug`vor usuldir», -deydiki, bu
fikr xalq pedagogikasidagi: «Kimki qilsa harakat- sog`ligida bo`lar barakat» degan
naqlni eslatadi. Jismoniy tarbiyaga e'tiborni kuchayganligini umumiy o`rta ta'lim
maktab o`quvchilari o`rtasida «Umid nihollari», kollej va akademik litsey
tinglovchilari ishtirokida «Barkamol avlod», oliygoh talabalari o`rtasida
«Universiada» sport musobaqalarining tashkil etilganligi va muntazam o`tkazilib
kelinayotganligida, yoki sportning ko`plab turlari bo`yicha O`zbekistondan Olimpiada
va jahon chempionlari etishib chiqib, mamlakatimiz dovrug`ini butun dunyoga
tarannum etishida ham ko`rish mumkin. Bundan tashqari barcha maktablarda,
mahallalarda ham turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda, ayrim oilaviy
musobaqalar ham o`tkazish yo`lga qo`yilib borilmoqda.

Maktab o`kuvchilarida ahloqiy fazilatlarni milliy harakatli o`yinlar orqali
shakllantirish jamiyatimizdagi madaniy-ma'rifiy sohalarda ilgari bosilgan qadam
bo`lib hisoblanadi. Milliy tavsifga ega bo`lgan jismoniy mashqlar, sport va harakatli
o`yinlarning hilma-hilligi ularni o`quv-tarbiya jarayonining juda ko`p sohalarida
qo`llash imkonini beradi. Bola maktabga qadam qo`ygan birinchi kunidan boshlaboq,
unda mehnatga nisbatan muhabbat uyg`otish, uyushqoqlik, shuchanlik va boshlagan
ishini oxiriga yetkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning
barcha vositalaridan, jumladan bolalarni sevimli harakatli o`yinlaridan (sport va
harakatli o`yinlardan) foydalanish ayni muddodir. O`quvchi yoshdagi bolalarni
jismoniy rivojlantirish muammolarini hal etishning yangi yo`llarini izlash, birinchidan,
ko`rsatilgan ziddiyatlarni hal etish zarurati bilan, ikkinchidan, o`sib kelayotgan yosh
avlodni jismoniy tayyorgarligi rivojlanish jarayonini takomillashtirish qonuniyatlarini,
metodologik va usuliy sharoitlarini o`rganish zarurati bilan bog`liq. Sog`lom, jismonan
baquvvat bola kasalliklarga kamroq chalinish bilan birga ruhiy jihatdan ham yaxshiroq
rivojlanadi. Taniqli pedagoglar ta'rificha, nafaqat maktabgacha yoshda balki maktab
davrida ham o`yin yetakchi faoliyat bo`lib, u tufayli o`quvchilar ruhiyatida katta
o`zgarishlar yuz beradi. Harakatli o`yinlar o`quvchi yoshdagi o`quvchilari uchun ham
eng qulay faoliyat shakli bo`lib, harakatlar ko`nikmasini ongli ravishda takrorlashni
ko`zda tutadi. Ko`pgina tadqiqotchilar harakatli o`yin tufayli bolalar tabiiy harakat
faolligi sharoitida o`z jismoniy imkoniyatlarini namoyish etib, tengdoshlari bilan
murakkab munosabatlarga kirishishlarini qayd etadilar. Biroq harakatli o`yinlar asosida
o`quvchi yoshdagi o`quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish masalasi xususida
ayrim ishlarda to`htalib o`tilgan bo`lsa ham, batafsil so`z yuritilmagan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 3

147

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda ibtidoiy ovchilar hayotida ovchilik o`yinlari muhim
o`rin tutgan. Ba'zi manbalarda ular ovdan oldin o`tkazilishi yozilgan bo`lsa,
boshqalarida ovdan so`nggi o`yinlar o`yinlar haqida fikrlar bayon etilgan. Agar bu
ma'lumotlarni chuqurroq tahlil etadigan bo`lsak, unda ovchilik o`yinlari ovdan oldin
ham, undan so`ng ham o`tkazilgan, deyish mumkin. Ovdan oldingi o`yinlar - avvalda
mashq (ovga tayyorgarlikni tekshirish, ovga ruhiy va jismoniy tayyorgarlik) vazifasini
o`tagan hamda jiddiy o`ziga hos kichik ibtidoiy odamlar o`ljani osongina qo`lga
tushirish, unga yaqinlashishni o`rganishgan, buning uchun niqob kiyib, hayvon
qiyofasiga tushishni, uning yurish-turishlari va tovush chiqarishlarini mashq qilishgan.
Aynan ana shunday o`yinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga o`rgatishgan. Shu
boisdan ham u o`ziga xos maktab vazifasini o`tab, bir tomondan, ovchilar mahoratini
o`stirishga yordam bergan bo`lsa, ikkinchi tomondan esa, ularda taqlid san'atini
shakllantirgan va rivojlantirgan. Ovdan so`ngi o`yinlar ov muvoffaqiyatli
tugagandangina uyushtirilgan deb tahlil qilish mumkin. Chunki obdon o`lja bilan
qaytish, bu ziyofat, hursandchilik qilishga, butun jamoaning bayram qilishiga imkon
yaratgan. O`rta Osiyo territoriyasida ibtidoiy odamlar hayotida ham ovchilik o`yinlari
bo`lgan degan tahminiy isbotni biz paleolit davri Boysun tog`idagi Teshiktosh g`oridan
bundan yuz ming burungi pespertol (o`rta paleolit) odam suyagini topilishi,
Samarqandagi Omonko`ton qishlog`idagi gordan topilgan tosh qurollar.
Surhandaryoning Zarko`t kamarida olvon rangdagi suratlar. Ho`jakent qishlog`idagi
toshlarga chizilgan kiyik va ho`kiz tasviri va boshqa ko`pgina arheologik topilmalar va
ulardagi tasviriy san'atga oid elementlar, bu raqs o`yinlarining, shu jumladan bolalar
folklor o`yinlarining eng sodda shahobchalarga ega ekanligidan dalolat beribgina
qolmay, balki uning tug`ilishi bosqichlarini aniqlashga ham yordam beradi. Mazkur
suratlarda ibtidoiy kishilarning qadimgi ovchiligi, hayvonat va tabiiy borliq bilan
bog`liq rituallaraks etib, ov vaqtida janivorlar terisidan niqob qilib yurishlari, bir
tomondan ov jarayonida yovvoyi hayvonlarni hurkitib yubormaslikni ko`zlasa,
ikkinchi jihatdan, ularning tushuncha va e'tiqodlarini etnografik hamda urf-odatlari,
qadriyatlarining ham ifoda etadi. Farg`onaning Saymalitosh tog`i g`orlariga chizilgan
rasmlar (Eramizdan oldingi II- I asrlar) hayvon terisini yopinib, o`yinga tushayotgan
ishkor marosimlaridan dalolat beradi. Hayvonlar to`dasiga yaqinlashish uchun ibtidoiy
odam hayvon yoki qushlarga aynan taqlid qilish, buning uchun esa ularning o`ziga hos
xususiyatlarini, yurish-turishlarini, o`tlashlarini, bir-birlari bilan olishishlarini, hurkib
qochishlarini, hatto tovushlarini ham o`rganishga to`g`ri kelardi. Nihoyat, yovvoyi
hayvonlarni ov lish shart-sharoiti odamning chaqqon va abjir, jasur va toliqmas
bo`lishini, buning uchun doim tinimsiz shug`ullana borishini talab qilardi. Bularning
hammasini o`z navbatida ibtidoiy odamda jismoniy - ritmik harakatning fe'li yoki tabiat


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 3

148

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

hodisalariga taqmod qiluvchi pantomim harakat va o`yinlarning,qahramonlik
raqslarining tug`ilishiga olib kelar edi. Tog` qoyalari va g`orlarda chizilgan suratlardagi
o`yin tasviri mazmun-ma'no, va shakl-shamoyiljihatdan turlariga xarakterga ega.
Ayrimlari ov va mehnat jarayonini, ba'zilari esa tabiat stihiyalariga taqlid shaklida,
boshqalari jangovorlikni, afsungarlikni, imo-ishora va pontomima sa'natini eslatadi.
Dastlabki paytlarda shavqinli betartib o`yinlar bora- bora musiqaviy ohang pantomim
hamda plastik harakatlar orqali amalga oshirila boshlangan keyingi davrlarda, bunday
etnografik talqindagi o`yinlar turli shakllarga ko`chib "Ayiq o`yini", "Dev o`yini",
"Maymun o`yini", so`ngra "Pishiq o`yini", "Ot o`yini", "YUmron qoziq o`yini", "Echki
o`yini", "Bo`ri o`yini", "Kaltak o`yini", "Burgut o`yini", "It o`yini (irrilatar o`yini)",
"Quyon o`yini", "Tulki o`yini", "Jak-jaku o`yini" kabi ko`pgina o`yinlar,
pantomimalari avloddan- avlodga o`tib suyak surib kelayotgani ma'lum. Ular bevosita,
yohud bilvosita bolalar folklor o`yinlariga aloqadordir. Shu tariqa "o`yin" so`zi turkiy
xalqarining o`ynamoq so`zi bilan bog`liq holda (uy, aql, hikmat ma'nolarni beradi). Aql
faqimni, harakat va imo-ishoralar vositasida ifoda etmoqlik esa o`yinlarning dunyoga
kelishida muhimdir. O`zbek an'anaviy bolalar folklor o`yinlarining mavzu qamrovi,
ijro uslublari juda keng. Ijtimoiy hayot, kishilar munosabatlarining biron bir jabhasi
yo`qki, ular o`yinlar nazariga tushmagan bo`lsin. Xalqimizning dehqonchilik,
chorvachilik, bog`dorchilik, polizchilik, madaniyati deysizmi, kasb-hunar va ilim-
bilim sohasi deysizmi, falsafiy, estetik, ahloqiy yohud ta'lim-tarbiya, ahloq-odob
bobidagi qarashlari deysizmi-barchasi an'anaviy o`yinlarga mavzudir. Xususan, o`zbek
bolalar folklor o`yinlari boshdan oyoq ma'naviy, ma'rifiy, ahloqiy tushunchalar bilan
yo`g`rilgan. Xalqimizning ming-ming yillarda bosib o`tgan tarixiy yo`lida, tajriba-
sinovlardan qayta-qayta o`tib, yahlit va mukammal holga kelib, bizgaga etib kelgan
bolalar folklor o`yinlarning mazmuni yo`nalishiga qarab quyidagiga turlarga bo`lish
mumkin. 1.Mavsumiy bolalar folklor o`yinlari: ilk bahor, yoz, qish mavsumlarida
o`ynaladigan folklor o`yinlar. 2.Marosim bolalar folklor o`yinlari: rasm-rusumlar,
odatlar, marosimlar, an'anaviy bayramlarda o`ynaladigan o`yinlar. 3.Mehnat bilan
bog`liq bolalar folklor o`yinlari: "Erni tobigi keltirish, haydash", "Ekin ekish",
"Qovun-qovun", "O`rik qoqish", "Qovun sayli", "YAnchiq", "Hush-hush", "CHurey-
churey", "Sigr sog`di", "Tuya qaytarish", "Ot sug`arish" va boshqalar. 4.Oilaviy-
maishiy bolalar folklor o`yinlari: "Mehmon-mehmon", "Kelin tushirish", "Kelin-
kuyov", "Ona bola", "Ovqat pishirish", "Uy jihozlash", "Qo`g`irchoq o`yini", "Non
yopish", "Er-hotin", "Alla-alla", "Beshik bezash", "Beshikka belash" va boshqalar.
5.Jismoniy harakatli bolalar folklor o`yinlari: "Quvlashmachoq", "Kes-kes", "Ko`rpa
yopildi", "Ziyrak", "G`oz-g`oz", "Koptokni quvib et", "Olar soka", "Oq suyak", "To`p-


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 3

149

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

tosh", "Sinish", "CHiqildoі", "CHopish", "Zuv-zuv", "Oq terakmi- ko`k terak", "Eshak
mindi", "Lanka", "Ot o`yini", "Qiz quvdi" va boshqalar. 7

6.Mantiqiy bolalar folklor o`yinlari: tez aytishlar, topishmoqni topish o`yinlari,
sanimoqlar, aytishuvlar, savol javoblar, o`ylab toplar, xotirani tiklashlar, chamalashlar
va boshqalar. 7.Hayvonlar va tabiat hodisalari bilan bog`liq bolalar folklor o`yinlari.
8.Ermak bolalar folklor o`yinlari. 9.Musiqa o`yinlari. Xalq o`yinlari, jumladan bolalar
folklor o`yinlari, eng qadim vaqtlarda boshlab xalq hayoti tarzini, ma'naviy-ma'rifiy,
jismoniy tayyorgarligini, estetik dunyoqarashini mujassamlashtirgan holda shu
kunimizga qadar o`sib, mazmun maqsadiga ko`ra teranlashib bizga etib kelgandir.
Boshqa san'at turlaridan farqligi o`laroq o`yinlarda xalq ruhiyati, psixologiyasi,
koloriti, yosh avlod tarbiyasiga bo`lgan munosabatida yorqin aks etadi. Tarixiy
ma'nbalarga qaraganda, kechki poleolit davrida (tahminan miloddan 40-41 ming yil
ilgari) er yuzining shmoliy qismida Totemga oid "Ayiq bayramlari" bo`lgan. Totem -
ayiqqa bag`ishlangan afsonalardan bu bayram haqida ba'zi ma'lumotlarni topish
mumkin (ularning birida ayiq odamlarni ofatdan saqlab qoladi, buning evaziga
qobilining eng go`zal qizini ayiqqa turmushga berishadi. Ular o`rtasidagi to`y
tasviridagi "Ayiq bayramiga" oid ba'zi elementlarini bilsa bo`ladi). Shuni eslab o`tish
kerakki, "Ayiq bayramlaring variantlari va elementlari Sibir xalqalarining ba'zilarida
XX asr boshlarida ham saqlangan va bunday bayramlarda ayiq obrazidagi kishi bosh
qahramon bo`lib, u ayiq xarakterini qilib, raqsga tushib yurgan. O`rta Osiyoda esa
"Ayiq o`yini" (pontomimik raqs sifatida) keyingi vaqtlarga yetib kelgan. Hatto hozirgi
kunda ham O`zbekiston Respublikasi hududida va shuningdek Turkiya, Hindiston,
Kavkaz kabi joylarda ko`chalarda ayiq o`ynatib yurgan odamni ya'ni ayiqchini ko`rish
mumkin. Ular odamlar g`ovjum joylarda kichik tomosha ko`rsatib yurishadi. Balki bu
qadimgi ayiq o`yinidan bizgacha etib kelgan elementlarning bir bo`lagi bo`lishi ham
mumkin. Mehnat taqsimotining vujudga kelishi munosabati bilan qadimgi
odamlarning chorvachilik va dehqonchilikka o`tishi (Bu jarayon O`rta Osiyoda
miladdan oldingi III- ming yillik oxiri II- ming yillik boshlariga to`g`ri keladi) ana shu
yangi sohaga oid odat, marosim va o`yinlarni vujudga keltira boshladi. Ma'lumki,
dehqonlarning hayotida eng quvonchli vaqia-bu hosilni yig`ish va yangi noz-
nematlarni totib ko`rish jarayoni bo`lgan. Yil bo`yi kutilgan bunday jarayon, tabiatni,
dehqonlarda bayram kayfiyatini vujudga keltirgan. Bunday ko`tarinki kayfiyatni
harakatlarda aks ettirish maqsadida kishilar o`yinlar va marosimlarni tashkil qilgan,
"Mehnat o`yinlari" yaxshi kayfiyat, keng ma'noda aytganda, bayram holatini vujudga
keltirgan. Broiza davrlaridan boshlab o`troq dehqonchilikning vujudga kelishi va uning
tez rivojlanishi natijasida bahorda mehnat mavsumiga kirishish, kuzda hosilning yg`ib


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 3

150

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

olish yakuniga bag`ishlangan bayramlar va o`yinlar shu tariqa yuzaga kelib, ular yillar
o`tishi bilan an'anaga aylana boshlagan. Demak insoning "Birinchi kasbi" - ovchilik
asosida - "Ovchilik o`yinlari" vujudga kelgan bo`lsa uning dehqonchilikka o`tishi va u
bilan shug`ullanishi natijasida "Mehnat o`yinlari" shakllanib, yangi mehnat o`yinlari
va bayramlari uchun zamin yaratgan.

Adu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklari" asari

muhim rol o`ynaydi. Aniqsa "Navro`z" kunlarida har hil musobaqalar va o`yinlar
"Ko`pkarra, kurash", "Ekin ekish", "Ho`rozlar jangi", poyga bayramining ko`rki
sanalgan. Shu bilan birga bedana, ho`roz, qo`chqor urishtirish o`yinlari ham
o`tkazilgan. Shuning uchun xalq o`yinlarining dastlabki namunalari insoniyat ongi,
tafakkuri bilan bog`liqdir. Uning paydo bo`lishida o`sha davr shart-sharoitlari,
odamlarning ov va turmush tajribalari, dunyo qarashi, urf-odat va marosimlari asosiy
rol o`ynagan. Avvalo oddiy og`zaki bayoning dastlabki namunalari paydo bo`lgan. Ular
nihoyatda sodda bo`lib, turli hildagi undov hitoblar va voqialar bayonidan iborat
bo`lgan. Ov jarayoni hamda tafakkurning rivojlanishi voqia va hodisalar talqinida
oddiy bayondan obrazli tasvirlashga olib keldi. Eng qadimgi xalq o`yinlari namunalari
yozuv yuzaga kelmasdan ancha ilgari paydo bo`lgan. Ilk xalq o`yinlari asl holda,
to`laligicha bizga etib kelmagan. U otadan - bolaga, avloddan-avlodga o`tib har bir
o`yin turli hil ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarni bosib o`tganligi sababli uning shakli va
mazmunida yangi-yangi variantlari yuzaga kelgan. Xalq o`yinlarining eng qadimgi
namunalari ba'zi tarixiy yodgorliklar, ilmiy asar va yodnomalar orqaligina bizga etib
kelgan. Eng qadimgi o`yinlar, jangnomalar, miflar, afsona va rivoyatlar, qahramonlik
eposlari, sanoqlar, raqslardan tashkil topgan. Jahonga mashhur bo`lgan olim, tibbiyot
ilmining buyuk nomoyandalaridan biri Abu Ali ibn Sino tibbiyotda jismoniy
mashqarning roli katta ekanligini ilmiy asoslab, o`sha vaqtlardayoq xalq milliy
o`yinlari va milliy kurash haqida qimmatli fikirlarni yozib qoldirgan. Masalan, u
quyidagi o`yinlarni "YOydan o`q otish", "Kichik kurrolar bilan chovg`on o`yinlar",
"Bir oyoqda sakrash", "YUqoridagi bir narsaga irg`ib osilish", "Nayza otish", "Tosh
ko`tarish" va shunga o`hshash o`yinlarni yozib qoldirgan. Unga tevarak-atrofidagi
shaxslar sen bilimdon va aqlli o`zing bolalarga har hil fanlardan bilim berasan u, yana
ular bilan o`ynaysan, deganlar, Ibn Sino bunday tanqidiy mulohazaga: "Inson
hayotining har bir davri o`zining go`zalligiga ega. Bolalikning xususiyati esa o`yin"
deb javob bergan edi. XI asrda yashab, ijod etgan Mahmud Kashg`ariy "Devonu
lug`atit - turk", yani turkiy so`zlar devonini tuzib chiqdi, unda xalq o`yinlarining 150
ga yaqin turlari tilga olinadi va shundan 20 ga yaqin o`yinlarga ta'rif beriladi. Olim
o`yin turlari, o`yinlarning bola va kattalarning yosh xususiyatlariga nisbatan taqsimoti,


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 3

151

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

mashg`ulot, musobaqa turlarini bayon qiladi. Mahmud Qashg`ariy bayonida o`yinlar
nafaqat jismoniy, balkiy aqliy mashg`ulotlarga ham bo`linadiki, ular diqqat bilan
o`rganilishga loyiq. Hozirda biz "Sport musobaqalari" - deb qo`llab yurgan ibora,
Mahmud Qashg`ariy devonida "bahs" atamasi bilan berilgan. Bunday "bahslar"ning
turlari ko`p bo`lgan. Masalan, merganlikda bahs qilmoq, o`q yoy otib qush va
hayvonlarni ovlamoq, shuningdek, arqon tahtali sopqonlarda tosh otmoq bahsi. Buni
"Oltin qovoq" o`yini deb ataganlar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Tashkent, M. "Milliy o‘yinlar tarbiyada" - Bu kitobda milliy o‘yinlarning ta’limdagi
o‘rni va roli tahlil qilinadi.

2. Xo‘jaev, A. "Boshqalar uchun o‘yin: milliy o‘yinlarning ahamiyati" – Ushbu
maqolada milliy o‘yinlarni tarbiyada qo‘llash usullari ko‘rib chiqilgan.

3. Sadriddinov, R. "Boshqichli ta’limda milliy yondoshuv" - Kitobda boshlang‘ich
ta’limda xalq o‘yinlarining integratsiyasi haqida ma'lumot beriladi.

4. Rahmonov, M. "Madaniyat va ta'lim: milliy o‘yinlar" - Ushbu asarda xalq
o‘yinlarining madaniy va ta'limdagi roli ishlab chiqiladi.

5. Isroilov, S. "O‘yin va ta’lim: metodik yondashuvlar" – Oqituvchilar uchun
o‘yinlarni qanday qilib dars jarayonida qo‘llash mumkinligi haqida qo‘llanma.

References

Tashkent, M. "Milliy o‘yinlar tarbiyada" - Bu kitobda milliy o‘yinlarning ta’limdagi o‘rni va roli tahlil qilinadi.

Xo‘jaev, A. "Boshqalar uchun o‘yin: milliy o‘yinlarning ahamiyati" – Ushbu maqolada milliy o‘yinlarni tarbiyada qo‘llash usullari ko‘rib chiqilgan.

Sadriddinov, R. "Boshqichli ta’limda milliy yondoshuv" - Kitobda boshlang‘ich ta’limda xalq o‘yinlarining integratsiyasi haqida ma'lumot beriladi.

Rahmonov, M. "Madaniyat va ta'lim: milliy o‘yinlar" - Ushbu asarda xalq o‘yinlarining madaniy va ta'limdagi roli ishlab chiqiladi.

Isroilov, S. "O‘yin va ta’lim: metodik yondashuvlar" – Oqituvchilar uchun o‘yinlarni qanday qilib dars jarayonida qo‘llash mumkinligi haqida qo‘llanma.