Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 3
135
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
O ̒ ZBEKISTONNING GO ̒ ZALLIGINI AKS ETTIRUVCHI MO ̒ YQALAM
USTASI.
Shahnoza Ergasheva
Buxoro tasviriy san'at muzeyi katta ilmiy xodimi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada rus rassomi Pavel Petrovich Benkovning hayoti
va ijodi yoritilgan. Uning san’atga qo‘shgan hissasi, O‘zbekiston tasviriy san’atini
shakllantirishdagi roli va o‘zbek milliy madaniyatini aks ettirishdagi o‘rni tahlil
qilinadi. Benkovning Samarqand va Buxorodagi ijodi, shogirdlari bilan ishlashi hamda
o‘ziga xos uslubi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Maqola rassomning O‘zbekiston
madaniy merosidagi ahamiyatini ta’kidlab, uning ijodiy merosining bugungi kungacha
saqlanib qolganligini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: Pavel Benkov, O‘zbekiston san’ati, tasviriy san’at, realizm va
impressionism, Samarqand rassomlari, Qozon rassomchilik maktabi, Benkov
maktabi, O‘zbek madaniyati, portret va landshaft, O‘rta Osiyo arxitekturasi.
Pavel Benkov o‘zining yorqin va unutilmas asarlari bilan mashhur bo‘lgan rus
rassomi va grafikidir. Uning ijodi realizmdan tortib abstraktsiyaga qadar turli janr va
uslublarni qamrab oladi, bu esa uni zamonaviy san’atning eng qiziqarli vakillaridan
biriga aylantiradi. Pavel Benkov o‘z ijodiy faoliyati bilan O ̒ zbekiston tasviriy san’ati
rivojiga katta hissa qo‘shgan rassomlardan biridir. Rassomning ijodi O ̒ zbekistonning
tarixiy shaharlari, milliy madaniyati va oddiy xalq hayotini tasvirlash orqali mamlakat
san’atining xalqaro maydonda tanilishiga yordam bergan. Ushbu maqolada uning
hayot yo‘li, rassomchilik san’atiga qo‘shgan hissasi va merosi haqida so‘z yuritamiz.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 3
136
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
1-rasm. Rassom Zinaida Kovalevskaya tomonidan chizilgan Pavel Benkov portreti
Pavel petrovich Benkov 1879-yil Rossiyaning Qozon shahrida tug’ilgan.
Benkovning otasi Pyotr Benkov o‘g’lining moddiy tomondan qiynalishini xohlamaydi
va yoshlikdan o‘g’liga hunar o‘rganinishini tavsiya qiladi. Otasi ishxonasi tomonidan
boshqa shaharga jo‘natiladi. Benkov Qozon shahrida qoladi, u rassomchilikka bo‘lgan
qiziqishi tufayli ota-onasidan yashirincha hunarmanchilik maktabining o‘rniga 1895-
yili yangi ochilgan Qozon rassomchilik maktabiga o‘qishga kiradi. Bu xabarni eshitgan
rassomning oilasi Benkovga xat va pul jo‘natmay qo‘yadilar. Ushbu hodisadan so‘ng
Benkov o ̒ rtog’i bilan rasm va afishalar chizib mustaqil pul ishlashni boshlaydi.
Rassomchilik maktabini 1901-yili bitiradi va shu yili Badiiy akademiyaning Sankt-
Peterburg oliy rassomchilik bilim yurtida o‘qib kasb-hunar ta’limini olib o‘z
mahoratini rivojlantirdi. Akademiya stipendiyasi bilan Fransiyaga borib u yerdagi
Julyen xususiy maktabida rassomchilikdan saboq oladi. Yevropaning Italiya va
Ispaniya kabi davlatlariga sayohat qiladi. 1909- yilda Badiiy akademiyaning oliy
rassomchilik bilim yurtini tugatib Qozonga qaytadi. Qozon rassomchilik maktabida
pedagog sifatida ish faoliyatini yuritadi. Bir muddat Qozon shahri teatrida rassom-
dekorator bo ̒ lib ishlagan, rasm va rasm chizish bo ̒ yicha xususiy darslar bergan. 1911-
yilda bir necha bor Italyaga borgan va u yerda rassomni birinchi jahon urushining
boshlanishi kutib olgan. 1910-1920- yillarda Qozon badiiy maktabida N.I.Feshin va
P.P.Benkov yetakchi pedagoglar bo'lishgan. Ko‘plab o‘quvchilarning xotiralariga
ko‘ra, maktab “Feshintsev” va “Benkovtsevlar”ga bo‘lingan. Pavel Benkovning
shogirdlari orasida F.Murodov, A.Korobkov, A. Samoylovskiy, P. Speranskiy va
boshqalar bor. Qozon inqilobidan oldingi davrda P. P. Benkov lirik landshaft va portret
ustasi sifatida namoyon bo‘ldi. Volga, shahar uylari va shahar tashqarisidagi dala
hovlilarini chizishni afzal ko‘rdi; portretlar uchun modellarni o‘ziga yaqin muhitda
— o‘z oilasida, Qozon badiiy maktabi o‘quvchilari, aktrisalar, universitet professorlari
orasida topdi.
Pavel Benkovning O ̒ zbekistonda tasviriy san’atni shakllantirishda qo ̒
shgan hissasi.
1922- yilda AHRRGA (revolyutsion Rossiya rassomlari uyushmasi),
1923 yilda TAHRRGA (revolyutsion Rossiya rassomlari tatar assotsiatsiyasi) a’zo
bo‘ldi. 1928 yilda birinchi marta Buxoroga bordi, Pavel Petrovich Benkov Buxoroda
deyarli bir yil davomida yashaydi, bu esa uning ijodiga va badiiy tasavvuriga sezilarli
ta’sir ko ̒ rsatdi. Buxoro, boy tarixi va madaniy merosi bilan, rassom uchun ilhom
manbai bo ̒ lib xizmat qildi va u bu yerda faol ravishda o ̒ z mahoratini rivojlantirdi. Bu
davrda mamlakatda madaniyat va san’at sohasida katta o‘zgarishlar ro‘y berayotgan
edi. Benkov shahar muhitidan, arxitekturasidan va an’analaridan ilhomlandi, bu esa
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 3
137
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
uning asarlarida aks etgan. 1930- yilda butunlay Qozon shahridan Samarqandga
ko‘chib o‘tadi.
«Rassomlar Shoxi- Zindada» 1943- yil
1931-1949 yillarda Samarqand badiiy bilim yurtining yetakchi pedagoglaridan
biri bo ̒ ladi. Rassom Samarqandda yashagan chog’ida an’anaviy hayot tarzini aks
ettiruvchi kompozitsiyalar chizadi, Kompozitsiyalarda choyxonalar, paxta dalalari,
ayollar mehnati, qadimgi masjidlar, ariqli hauzlar o ̒ rin oladi. U hayot tasvirini
kuchaytirish uchun inson figuralaridan foydalanadi. U o‘zbek gumbazlari, minoralari
va liboslarini yaxshi ko‘rardi.
U bulardan plener uslubidagi impressionizmdagi rangli palitrada foydalangan.
Yorqin ranglardan foydalanishiga qaramay, uning san’ati iliq va xotirjam ko’rinadi
.
Benkovning asarlarida rus akademik va realistik badiiy maktabi tomonidan yaratilgan
kompozitsion uyg’unlik, shaklning tuzilishi va tabiiy qarash impressionizm usullari
bilan birlashtirilgan. Ikkinchi jahon urushi paytida Samarqandga g’arb
mamlakatlaridan rassomchilik instituti evakuatsiya qilinadi va Benkov ular uchun
yashash joyi va auditoriyalar, inventar buyumlar topib beradi. Ko‘chib kelgan talabalar
tomonidan ko‘rgazmalar o‘tkazilgan chog’da Pavel Benkov ularning orasidan bir
necha kartinalar sotib oladi va judayam muhtoj talabalarga yordam sifatida moddiy
yordam beradi.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 3
138
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
«Suv tashuvchilar» 1929-yil
“Benkov umrining so‘ngi lahzalarigacha qo‘lidan molbertni qo‘ymadi” degan
rassomning rafiqasi Olga Petrovna. Benkov ko‘rgazmalarga qatnashishga harakat
qilgan. “Agar ko‘rgazmalarga qatnashmay qoysam meni unitishadi” deydi rassom
ayoliga. Rassom judayam ko‘p shogirdlar yetkazib chiqardan va rang tasvirda yangi
tushuncha «Benkov maktabi» paydo bo‘ladi. Uning shogirdlari biz
“Benkovtsevlarmiz” deb judayam faxirlanib yurishgan. Rassom bir necha oy
davomida kasalxonada va uyda davolanadi. Pavel Petrovich uni davolagan doktorga
juda ham minnatdorchilik bildirishni xohlab unga o‘zi rasm chizib yangi yilga sovg’a
qilib uzotadi. 1949-yil 16- yanvar kuni rassom Samarqandda vafot etadi.
Xulosa.
O ̒rta Osiyoning rang-barang madaniyatiga voqif bo‘lgan rassom bu
diyorga kelib uning go‘zalligini o‘z ijodida shunchalik yorqin aks ettirdiki, asarlari O ̒
zbekistonning timsoliga aylandi. Pavel Benkovning asarlari Rossiya va O ̒
zbekistonning boy xazinasiga aylandi. Uning ijodi o‘zbek san’atiga yangi nafas
baxshida etdi va bugungi kunda ham san’atkorlarning qalbini larzaga keltirmoqda.
Benkovning san’atga bo‘lgan sadoqati va ijodiy izlanishlari natijasida “Benkov
maktabi” shakllandi, bu esa uning merosi hali-hanuz san’at ixlosmandlari va yosh
rassomlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda ham uning
asarlari nafaqat o‘zbek san’ati, balki jahon tasviriy san’ati tarixida muhim o‘rin egallab
kelmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Umarov A. P.P.Benkov- O‘zbekistonning mashhur rassomi //San’at. 1961.
№4. B.25-28
2.
Шостко Л. Pavel Benkov O‘zbekistonda // Muzey dunyosi. 2008. № 11
(255).
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 3
139
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
3.
Apukhtin O. K., Chagin G. V. Samarqand rassomi: hujjatli qissa.
Toshkent, 1983.
4.
Klyuchevskaya E. P. Qozon badiiy maktabi 1895—1917. Sankt-
Peterburg, 2009.
5.
Kornilov P. E. Qozon badiiy maktabi tarixi // Rassom. 1966. № 2. B. 44-
45.
6.
XX asrning birinchi yarmida rus san’atida Sharq obrazi // Albom /
Muallif-tuzuvchilar: M. Filatova, S. Xromchenko. Moskva, 2015.
7.
Nikiforov B. M. Pavel Petrovich Benkov. Moskva, 1967.
8.
You tube «Фонд марджани» ko‘rsatuvi “Солнечный Павел Бенков”
filmi.
9.
Olimov S. S., Mamurova D. I. Information Technology in Education
//Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress. – 2022. – Т. 1. – №.
1. – С. 17-22.
10.
Olimov S. S., Mamurova D. I. Opportunities to use information
technology to increase the effectiveness of education //International Journal of Early
Childhood Special Education (INT-JECSE). – 2022. – Т. 14. – №. 02.
11.
Умедов, Шахзод, and Нафиса Авлиякулова. "КУЛЬТУРА И
ПСИХОЛОГИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ОБЩЕНИЯ." Современная педагогика
и психология: проблемы и перспективы. 2020.
12.
Азимов, Б. Б., Азимова, М. Б., Тухсанова, В. Р., & Сулаймонова, М.
Б. (2021). Педагогические, психологические и методические основы проведения
бесед об искусстве. European science, (2 (58)), 38-40.
13.
Ibatova,
Nigora.
"TALABALARNING
BADIIY-OBRAZLI
TAFAKKURINI
RIVOJLANTIRISH
TEXNOLOGIYALARI."
Science
and
innovation in the education system
3.6 (2024): 59-65.
14.
Авлиякулова, Н. М., Остонова, Г. Р., Ибадуллаева, Ш. И., &
Мусинова, А. С. (2021). Роль культуры и искусства в подготовке будущих
учителей к творческой деятельности.
European science
, (2 (58)), 95-97
15.
Остонова, Г. Р., Ибадуллаева, Ш. И., Мусинова, А. С., &
Авлиякулова, Н. М. (2021). Дидактические принципы обучения
изобразительному искусству в общеобразовательных школах.
European science
,
(2 (58)), 104-106.
16.
Mamurova, D., & Khusnidinova, N. (2024). Didactic possibilities of
using computer graphics programs in the educational process. In
BIO Web of
Conferences
(Vol. 84, p. 02020). EDP Sciences.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 3
140
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
17.
Mamurova D. I. Application of advanced information technologies of
training at drafting lessons //Eastern European Scientific Journal. – 2018. – №. 6.
18.
MAMUROVA, DILFUZA ISLOMOVNA. "The basis of the positive
results of teaching drawing using computer technology and
software."
THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и
прикладная наука
9 (2021): 530.
19.
Mamurova, D. I. Electronic Methodological Instructions on Computer
Graphics Preparation Methodology.
JournalNX
,
7
(05), 166-169.
