Authors

  • Adiba Pardaboyeva
    Nukus davlat pedagogika instituti o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.92523

Keywords:

Tuhmat yomonlik

Abstract

Ushbu maqolada “maraz” singari odamlar jamiyatda teshik izlab yurgan sichqon kabi, birovning nomi, mehnati, obro‘sini kemirib yutib yashashi,  bu odamlar qiyin yo‘ldan emas, oson yo‘ldan - ya’ni, tuhmat, ig‘vo, yolg‘on, laganbardorlik orqali maqsadga yetishga harakat qilishi haqidagi voqealar ochib berilgan. Hikoyada marazning shaxsiy qilmishlari orqali katta bir ijtimoiy muammo ochiladi: jamiyatda ig‘vo va tuhmat bilan lavozimga chiqish, adolatli insonlarni yo‘q qilish, obro‘ orttirish uchun o‘limni ham vosita qilish. Bu aynan o‘zbek ijtimoiy hayotida tez-tez uchrab turadigan holatga ishora qiladi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

18

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

ABDULLA QAHHORNING “IG’VOGAR” HIKOYASI TAHLILI.

JAMIYATDAGI YOMON ILLATLARNING ASORATLARI HAQIDA

Pardaboyeva Adiba Shuxrat qizi

Nukus davlat pedagogika instituti o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi.

pardaboyevaadiba@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada “maraz” singari odamlar jamiyatda

teshik izlab

yurgan sichqon

kabi, birovning nomi, mehnati, obro‘sini kemirib yutib yashashi, bu

odamlar

qiyin yo‘ldan emas,

oson yo‘ldan - ya’ni, tuhmat, ig‘vo, yolg‘on,

laganbardorlik orqali maqsadga yetishga harakat qilishi haqidagi voqealar ochib
berilgan. Hikoyada marazning shaxsiy qilmishlari orqali katta bir ijtimoiy muammo
ochiladi:

jamiyatda ig‘vo va tuhmat bilan lavozimga chiqish, adolatli insonlarni

yo‘q qilish, obro‘ orttirish uchun o‘limni ham vosita qilish.

Bu aynan o‘zbek

ijtimoiy hayotida tez-tez uchrab turadigan holatga ishora qiladi.

Kalit so’zlar:

Tuhmat, yomonlik, kapitan, militsiya, rais, kotib, ovchi, to‘rt yil,

yomon insonlar, lavozim, manfaat,ish.

АНАЛИЗ РАССКАЗА АБДУЛЛЫ КАХХОРА “ПЛОХОЙ ЧЕЛОВЕК”.

ОБ ОСЛОЖНЕНИЯХ ПЛОХИХ ПОРОКОВ В ОБЩЕСТВЕ

Пардабоева Адиба Шухрат кизи

Студент по направлению Узбекский язык и литература Нукусского

государственного педагогического института.

pardaboyevaadiba@gmail.com

Аннотация:

Эта статья повествует о том, как такие люди, как «мараз»,

живут, как мышь, ищущая дыру в обществе, пожирая чье-то имя, работу,
репутацию, пытаясь достичь цели не тяжелым путем, а легким путем – то есть
через клевету, обман, обман, обман. По сюжету главная социальная проблема
раскрывается через личные поступки умерших: приход к власти в обществе с
презрением и клеветой, уничтожение праведников, использование смерти как
инструмента ради престижа. Имеется в виду ситуация, которая часто встречается
в узбекской общественной жизни.

Kлючевые слова:

Клевета, зло, капитан, полиция, председатель, секретарь,

охотник, четыре года, плохие люди, должность, интерес, работа.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

19

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

ANALYSIS OF ABDULLAH QAHHOR'S STORY “BAD MAN”.

ABOUT THE COMPLICATIONS OF BAD VICES IN SOCIETY

Pardaboyeva Adiba Shuxrat qizi

Student majoring in Uzbek language and literature at Nukus State Pedagogical

Institute.

pardaboyevaadiba@gmail.com

Abstract:

. This article tells the story of how people like "maraz" live like a

mouse looking for a hole in society, devouring someone's name, work, reputation,
trying to achieve the goal not the hard way, but the easy way - that is, through slander,
deceit, deceit, deceit. In the story, a major social problem is revealed through the
personal actions of the deceased: the rise to power in society with contempt and slander,
the destruction of righteous people, and the use of death as a tool for the sake of
prestige. This refers to a situation that often occurs in the Uzbek social life.

Keywords:

Slander, Evil, Captain, Police, Chairman, Secretary, Hunter, Four Years,

Bad People, Position, Interest, Work.

KIRISH

Hikoya ikki kishi - muallif va zahiraga chiqqan militsiya kapitani o‘rtasidagi

suhbat tarzida boshlanadi. Ular birga choy ichib o‘tirishganda, kapitan qorong‘i bir tor
ko‘chadan chiqib kelayotgan shubhali odamga e’tibor qaratadi. Shu odam -“maraz”,
hikoyaning markaziy obrazidir. Kapitan so‘ng uning to‘rt yil davomida qilgan
ig‘volari, ayyorliklari, tuhmatlari, yolg‘onlari va nihoyat, o‘z aybining jazosi sifatida
qanday yo‘qolib ketgani haqida hikoya qiladi.

Hikoyada “maraz” deb berilgan tuhmatchi personaji bo‘yi, bo‘yni, burni, yuzi

uzun va qora plash, qora shlyapa kiygan, qora ko‘zoynak taqqan, iyagining ostiga
ikkita suyakni chalmashtirib qo‘yilsa, kallasi ajalning ramziga o‘xshab qolishi ham
tuhmatchiga xos tarzda berilgan. Albatta, bu yerda yozuvchining mahoratini yuksak
baholasak bo‘ladi. Chunki,tuhmatchidan zax,sovuq,eskirib qolgan go‘shtdan keladigan
“soya hidi” kelishi ham uning qanchalik qabih va buzuq niyatli kishi ekanligini asoslab
beradi.

Jamiyatimizda bu kabi insonlar juda ham ko‘p. Har doim o‘z foydasi yo‘lida

qabih ishlar qiladigan, boshqalarning hurmati va obro‘sini tushurishga harakat
qiladigan, o‘zining yolg‘on fitnalariga boshqalarni ishontirishga urinadigan insonlar
yo ‘q emas. Hikoyada ismi keltirilmagan personajimiz ham to‘rt yildan beri ana
shunday qabih niyatlarini yolg’on aralash qilib, kapitanning qulog‘iga shivirlar, to‘rt
yildan beri uni xilvatga tortardi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

20

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Kapitan uning hikoyasini aytib berar ekan, bir narsaga guvoh bo ‘lishimiz

mumkin: ya’ni, bunaqa niyatli insonlar doim hammanu o‘zlariga o‘xshatishadi, ishga
kirmoqchi bo‘lsa, mehnat qilib, suhbatdan o‘tib emas, kimnidir amal kursisidan
tushurib yoki yengil shaklda ishga kirib olishning razil tomonlarini o‘ylab yurishadi.
Kapitan aytganidek: “Qora ko‘ngilda odamlarga yomonlikdan boshqa narsa
yo‘q,odamlardan ham faqat shuni kutadi, shuning uchun hamisha xavotirda, ovqatni
ham yashirincha og‘ziga oladi, yashirincha chaynaydi, yashirincha yutadi!..” .

“Maraz” obrazining ichki dunyosini hikoya voqealaro orqali tahlil qilar

ekanmiz, o‘qimagan, hunar o‘rganmagan, ammo

orzu-havasi katta

– bu uni

murosasiz, ig‘vogar insonga aylantirganligini, iqtidor emas,

tasodifiy voqea

orqali

“ovchi” bo‘lish orzusiga berilgani, tovuqni pichoq bilan urib o‘ldirgani –

zo‘ravonlik

va zo‘ravorlikka moyillik

ifodasi ekanligini, kotibni yo‘q qilish orqali lavozimga

erishish –

shaxsiy manfaat uchun hammani qurbon qilishga tayyorlikga moyilligi

bor inson ekanligini ko‘rsatadi. Bu inson juda ko ‘pchilikning halovat va tinchini
buzadi, qanchadan-qancha ahil ovchilarni bir-biriga yomonlaydi, ularni
urishtirib yana orada ularga yaxshi ko‘rinishga ham urinadi.

Qilgan ishlarida aybdorlikni his qilmasligi esa uning hayotda hatto

iymoni ham mustahkam emasligi, vijdonsiz inson ekanligidan darak beradi.
Kotib voqeasidan so‘ng, bir muddat ishiga o‘rgangach, ko‘ngli rahbarlik
kursisini tusab qolishi, ammo muammo: rahbarning hali-beri tetik ekanligini,
tezroq o‘lsa bo‘lmasmidi deb o‘ylashi “maraz” obrazining ne qadar yomon illatli
tuhmatchi inson ekanligini ko‘rsatadi. U boshqa yo‘lga o‘tadi: shu o‘ringa
o‘tirganda qilishi mumkin bo‘lgan barcha jinoyatlarni raisga to‘nkab, militsiyaga
turli imzo bilan, lekin adressiz xatlar yog‘dira boshlaydi.

Demak, bu ham avvalgi qilgan kirdikorlarida aybdorlik hissini

sezmaganligidan dalolatdir. Jamiyatimizda ishda bo‘lsin, turmushda bo‘lsin, shu
toifadagi insonlar yo‘q deb o‘ylaysizmi? Hatto o‘z jigarlari orasida ham ig‘vo
tarqatadigan, biri qolib biriga yomonlik qiladigan, bo‘lmagan ishlarni bo‘ldi deb
yetkazadigan, sizga tuhmat toshlarini yog‘diradigan… Aslida ular ig‘vochi bo‘lsa,
birovning gapi orqali ishonib ketadigan insonlar asli fitnachidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

E.Xudoyberdiyev “ Adabiyotshunoslikka kirish’’

2.

H. Umurov “Adabiyor nazariyasi’’ Toshkent, “Merius’’ 2004

3.

Abdulla Qahhor “Anor” hikoyalar to‘plami, Toshkent, 2012

4.

Abdulla Qahhor .Asarlar.Besh jildlik.Birinchi jild .”Gʻafur Gʻulom nomidagi
Adabiyot va sa'nat nashriyoti” Toshkent 1987


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

21

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

5.

Marxabo Qoʻchqorova Abdulla Qahhor - istiqlol adabiyotshunosligi koʻzgusida
( monografiya) Toshkent : Akademnashr,2018

6.

https://tafakkur.net/hikoyalar/abdulla-qahhor




References

E.Xudoyberdiyev “ Adabiyotshunoslikka kirish’’

H. Umurov “Adabiyor nazariyasi’’ Toshkent, “Merius’’ 2004

Abdulla Qahhor “Anor” hikoyalar to‘plami, Toshkent, 2012

Abdulla Qahhor .Asarlar.Besh jildlik.Birinchi jild .”Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sa'nat nashriyoti” Toshkent 1987

Marxabo Qoʻchqorova Abdulla Qahhor - istiqlol adabiyotshunosligi koʻzgusida ( monografiya) Toshkent : Akademnashr,2018