Authors

  • Turayev Diyorbek Niyatullayevich
    O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Siyosatshunoslik yo’nalishi talabasi, Toshkent sh

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.92540

Keywords:

Qishloq xo‘jaligi klasterlashuv agrar siyosat innovatsion yondashuv kooperatsiya.

Abstract

Mazkur tezisda zamonaviy davlat agrar siyosatining yangi bosqichida klasterlashuv konsepsiyasi asosidagi strategik yondashuvlar tahlil qilinadi. Unda qishloq xo‘jaligi klasterlarini shakllantirish orqali resurslardan samarali foydalanish, mintaqaviy ixtisoslashuvni chuqurlashtirish, ishlab chiqarish, qayta ishlashga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari yoritiladi


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

94

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

DAVLAT AGRAR SIYOSATINING KLASTERLASHUVGA

YO‘NALTIRILGAN STRATEGIYASI.

Turayev Diyorbek Niyatullayevich

O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

Siyosatshunoslik yo’nalishi talabasi,

Toshkent sh

.

Annotatsiya.

Mazkur tezisda zamonaviy davlat agrar siyosatining yangi bosqichida

klasterlashuv konsepsiyasi asosidagi strategik yondashuvlar tahlil qilinadi. Unda
qishloq xo‘jaligi klasterlarini shakllantirish orqali resurslardan samarali foydalanish,
mintaqaviy ixtisoslashuvni chuqurlashtirish, ishlab chiqarish, qayta ishlashga
qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari yoritiladi. Tadqiqotda klasterlashuv
orqali agrar tarmoqlarda innovatsion muhit, hamkorlik va raqobatbardoshlikni
kuchaytirishga doir xalqaro va mahalliy tajribalarga ham tayaniladi. Shuningdek,
klaster siyosatini amalga oshirishda institutsional va hududiy muvofiqlashtirish
mexanizmlarining ahamiyati alohida ko‘rsatib o‘tiladi.

Kalit so‘zlar.

Qishloq xo‘jaligi, klasterlashuv, agrar siyosat, innovatsion yondashuv,

kooperatsiya.

Agrar klaster tizimi bu qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha ishlab chiqarishdan

tortib, mahsulotni qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish va ilmiy-texnik xizmatlar
ko‘rsatishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar o‘zaro uzviy bog‘langan tarzda faoliyat
yuritadigan hududiy va funksional modeldir. Bu tizim davlat, xususiy sektor va ilmiy-
tadqiqot muassasalari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali qishloq
xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, eksport hajmini ko‘paytirish va mintaqaviy
iqtisodiyotni rivojlantirish imkonini beradi.

Agrar klasterlar odatda hududiy ixtisoslashuvga asoslanadi. Ya’ni, har bir klaster

o‘sha hududning agroiqlim sharoiti, yer resurslari va mahalliy tajribalarga mos
ravishda shakllantiriladi. Masalan, Toshkent viloyatida asosan meva-sabzavotchilikka
ixtisoslashgan klasterlar mavjud, Jizzax viloyatida donchilik yo‘nalishi ustuvor bo‘lsa,
Qashqadaryo viloyatida esa chorvachilik bo‘yicha klasterlar faoliyat yuritmoqda.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

95

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sharoitida davlatning agrar siyosatida

klasterlashuv yondashuvi muhim o‘rin egallamoqda. Ushbu siyosatning mohiyati
qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarish, qayta ishlash, logistika va ilmiy-
innovatsion faoliyatni bir zanjirda birlashtirish orqali mintaqaviy iqtisodiy salohiyatni
kuchaytirishga qaratilgan kompleks tarzdagi yondashuvdir. Bu strategiya davlat,
xususiy sektor va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida kooperatsiyani mustahkamlab,
agrar sohaning yuqori samaradorlikda ishlashiga zamin yaratadi.

Mazkur siyosat bir nechta nazariy paradigmalarga asoslanadi. Avvalo, regional

rivojlanish nazariyasini esga olish joiz. Bu nazariyada Perroux va Myrdal kabi
mutafakkirlar “rivojlanish qutblari” konsepsiyasini ilgari surgan bo‘lib, unga ko‘ra,
ishlab chiqarishning bir hududda to‘planishi va uning atrofidagi iqtisodiy subyektlar
bilan sinergiya hosil qilishi mintaqaviy taraqqiyotga turtki beradi[1]. Klasterlashuv
ham xuddi shunday mexanizmlar asosida shakllanadi.

Shuningdek, Michael Porter tomonidan ilgari surilgan klasterlashuv nazariyasi

davlat agrar strategiyasining g‘oyaviy asoslaridan biridir[2]. Unga ko‘ra, klasterlar
geografik yaqinlikda joylashgan, o‘zaro bog‘liq ishlab chiqaruvchilar, yetkazib
beruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar va ilmiy muassasalardan iborat bo‘ladi. Klasterlar
ichidagi raqobat va hamkorlik bir vaqtda innovatsiyalarni, samaradorlikni va
raqobatbardoshlikni kuchaytiradi.

Bundan tashqari, agro-industrial integratsiya nazariyasi ham agrar klasterlarning

nazariy negizini tashkil qiladi. Ushbu yondashuvga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi jarayonlari
- ya’ni xomashyo yetishtirishdan tortib, uni qayta ishlash, qadoqlash, logistika va
sotishgacha bo‘lgan barcha bo‘g‘inlar – yagona tizim sifatida qaraladi. Bunday
integratsiya mahsulotga qo‘shilgan qiymatni oshiradi va tarmoq ichidagi har bir
ishtirokchining manfaatini muvofiqlashtiradi.

Agrar klasterlashuv siyosatining amaliy afzalliklari esa quyidagicha izohlanadi:

Birinchidan, ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlarini birlashtirish orqali

iqtisodiy samaradorlik ortadi va ishlab chiqarish tannarxi pasayadi. Bu resurslardan
optimal foydalanish, yo‘qotishlarning kamayishi va mahsulot sifatining oshishini
ta’minlaydi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

96

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Ikkinchidan, klasterlar doirasida ixtisoslashgan ishchi kuchi shakllanadi. Bu esa

mehnat bozorining malakali segmentini yaratadi, tajriba va bilim almashuvi esa
jarayonlarni tezlashtiradi.

Uchinchidan, klasterlar orqali texnologik yangiliklar va ilmiy yutuqlar tezda

amaliyotga tatbiq etiladi. Fermerlar, ilmiy institutlar va sanoat vakillari o‘rtasidagi
yaqin hamkorlik natijasida innovatsiyalar joriy etiladi.

To‘rtinchidan, qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarilishi orqali

eksport salohiyati oshadi. Klasterlar xalqaro talabga javob beruvchi mahsulot ishlab
chiqarish imkonini yaratadi, bu esa global bozorga kirish uchun muhim shartdir.

Beshinchidan, davlat tomonidan beriladigan yordam va investitsiyalar maqsadli

va aniqlashtirilgan tarzda ajratiladi. Bu esa byudjet mablag‘larining optimal
taqsimlanishini va yuqori iqtisodiy qaytuvini ta’minlaydi[3].

Va nihoyat, klasterlar atrofida turli yordamchi xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar

logistika, qadoqlash, servis va boshqa kichik bizneslar shakllanadi[4]. Bu esa hududiy
iqtisodiy faollikni kuchaytiradi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi va ijtimoiy barqarorlik
mustahkamlanadi.

Jahon tajribasida agrar klasterlashuv siyosatini eng muvaffaqiyatli joriy qilgan

davlatlardan biri bu - Niderlandiyadir. Yer maydoni nisbatan kichik, tabiiy resurslari
esa cheklangan bo‘lishiga qaramay, ushbu mamlakat zamonaviy yondashuvlar orqali
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda global
yetakchilardan biri sifatida e’tirof etiladi. Bunda ayniqsa, “Agrofood Valley” va
“Greenport Holland” kabi ilg‘or agroklaster markazlari asosiy rol o‘ynaydi[5].

Klaster strukturasi va funksional modeli

Niderlandiyaning agroklaster tizimi uzviy bog‘langan va turli subyektlarning
hamkorlikdagi faoliyati asosida tashkil etilgan. Bu klasterlar o‘z ichiga quyidagi
muhim ishtirokchilarni birlashtiradi:

Fermer xo‘jaliklari- yirik agrokomplekslardan tortib, kichik oilaviy fermerlargacha;

Qayta ishlash sanoati- logistika, mahsulotni qadoqlash, saqlash va standartlashtirish
tizimlari;


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

97

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Ilmiy-tadqiqot institutlari- xususan, dunyoga mashhur Wageningen University &
Research;

Konsalting va axborot xizmatlari- agrotexnologiyalar, moliyalashtirish va marketing
yo‘nalishlarida maslahatlar;

Eksport va savdo markazlari- xalqaro bozorlar bilan uzviy integratsiyalashgan
tarmoqlar;

Davlat va mahalliy boshqaruv organlari – siyosiy va moliyaviy muvofiqlashtiruvchilar.

Bunday ko‘p qatlamli va zanjirli tizimda har bir ishtirokchi o‘z vazifasini

muvofiqlikda bajaradi va natijada yuqori qo‘shilgan qiymat yaratiladi. Klaster
modelining asosiy mohiyati- resurslar va bilimlar sinergiyasi orqali butun qishloq
xo‘jaligi ekotizimini barqaror rivojlantirishdir.

Wageningen universiteti butun dunyoda agrobiotexnologiyalar va zamonaviy

qishloq xo‘jaligi sohasida yetakchi ilmiy markaz hisoblanadi. Bu ilmiy muassasa
bevosita ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi, innovatsiyalarni tajriba
maydonlarida sinovdan o‘tkazadi va ularni tezkorlik bilan amaliyotga joriy etadi.
Vertikal

issiqxonalar,

sun’iy

intellektga

asoslangan

agroanalitika

va

avtomatlashtirilgan monitoring texnologiyalari aynan shu yerda ishlab chiqilgan.

Niderlandiyada yer va suv resurslari cheklangan bo‘lsa-da, tomchilatib

sug‘orish, raqamli agroxizmatlar, muvozanatli o‘g‘itlash kabi ilg‘or texnologiyalar
yordamida yuqori hosildorlikka erishilmoqda. Bu resurslar tejamkorligining klasterlar
orqali amaliy isbotidir.

Bugungi kunda Niderlandiya dunyodagi ikkinchi yirik qishloq xo‘jaligi

mahsulotlari eksportchisi (AQSHdan so‘ng) hisoblanadi. Har yili $100 milliarddan
ortiq qiymatdagi mahsulotlar xorijiy bozorlarga chiqarilmoqda. Bu natijaga zamonaviy
logistika, ekologik standartlar, brending va xalqaro talabga mos mahsulotlar hisobiga
erishilgan.

Klaster ishtirokchilari faoliyatini boshidanoq eksport yo‘nalishlariga

moslashtirgan. Har bir ishlab chiqaruvchi xalqaro talablarni chuqur anglagan holda,
yuqori sifatli va sertifikatlangan mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Bunday
tizimning afzalligi - bozor bilan uzviy uyg‘unlikda ishlashdir.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

98

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Agroklasterlar zamonaviy ish o‘rinlarini yaratish orqali qishloq joylarda mehnat

bozorini faollashtirgan. Ayniqsa, yosh kadrlarga ehtiyoj oshgan. Innovatsion fermerlik,
agroinjiniring, marketing kabi yo‘nalishlar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston agrar sohasida ham keng qamrovli islohotlar olib

borilmoqda. Ushbu jarayonlarda klasterlashuv tamoyillarining joriy etilishi alohida
e’tiborga molik bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdan tortib,
ularni chuqur qayta ishlash, saqlash, logistika va eksportgacha bo‘lgan bosqichlarni
yagona tizimga birlashtirishga xizmat qilmoqda.

2017-yildan

boshlab

mamlakatda

paxta-to‘qimachilik

hamda meva-

sabzavotchilik yo‘nalishlarida klaster tizimi bosqichma-bosqich joriy etila
boshlandi[6]. Dastlabki bosqichda bu tizim tajriba tarzida sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa-
da, keyinchalik ijobiy natijalar asosida respublika bo‘ylab keng miqyosda tatbiq etildi.
Xususan, 2017-2022 yillar davomida 506 ta agroklaster tashkil etildi. 2022-yil holatiga
kelib esa bu ko‘rsatkich 651 taga yetdi[7]. Bugungi kunda paxta va g‘alla
mahsulotlarining deyarli 100 foizi, meva-sabzavot mahsulotlarining esa 40 foizdan
ortig‘i klasterlar orqali yetishtirilmoqda. Bu esa tizimning qisqa muddat ichida butun
agrar tarmoqni qamrab olishga muvaffaq bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Paxta-to‘qimachilik klasterlari sohasida oxirgi yillarda sezilarli o‘sish qayd

etilgan. 2018-2022 yillar oralig‘ida klasterlar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat
mahsulotlari hajmi 32 baravarga ortgan. Bu esa klasterlashuv orqali yaratilgan
sinergiyaning amaliy samarasidir. Shu bilan birga, 2018-2020 yillar davomida soha
bo‘yicha 1 milliard 411 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalar jalb etilgan[8].
Paxtani qayta ishlash bosqichlariga kelsak, klasterlarning 14,4 foizida to‘liq beshta
bosqich (yetishtirishdan tortib tayyor mahsulotgacha), 15 foizida to‘rt bosqich, 19,6
foizida uch bosqich, 30 foizida ikki bosqich va 8,2 foizida faqat bir bosqich amalga
oshirilmoqda.

G‘allachilik klasterlari 2021-yilda 157 tani tashkil etib, ular 36 mingta fermer

xo‘jaligi bilan hamkorlikda 957 ming gektar yer maydonida g‘alla yetishtirish ishlarini
olib bordi. Klasterlar doirasida amalga oshirilgan 65 ta loyiha uchun xorijdan 547,2
milliard so‘mlik va 20,3 million dollarlik kredit mablag‘lari jalb qilindi. Natijada
qariyb 3 700 ta doimiy ish o‘rinlari yaratildi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

99

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Meva-sabzavotchilik klasterlari soni 146 taga yetdi. 2021-yilda ushbu

yo‘nalishda 589 milliard so‘mlik 63 ta loyiha rejalashtirildi. Bu loyihalar doirasida
qayta ishlash quvvatlari 1,1 million tonnaga, mahsulotni saqlash quvvatlari 308,5 ming
tonnaga, qadoqlash quvvati esa 62,2 ming tonnaga yetkazilishi belgilandi. Bunday
yondashuv mahsulotni yo‘qotishsiz bozorga yetkazish va eksportga chiqarishda
muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

2022-2026 yillar oralig‘ida paxtani chuqur qayta ishlash yo‘nalishida umumiy

qiymati 25,5 trillion so‘mlik 270 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi
rejalashtirilgan. Shuningdek, 2023-2025 yillarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan
qiymati 2,5 milliard dollarga teng bo‘lgan 1300 ga yaqin yangi loyihalar amalga
oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa nafaqat ishlab chiqarishni kengaytiradi, balki eksport
hajmini ham keskin oshirish imkonini beradi.

Biroq tizimda ayrim kamchiliklar ham mavjud. Jumladan, Toshkent viloyatida

o‘tkazilgan yig‘ilishda paxta va g‘alla yetishtiruvchi tumanlardagi klasterlar faoliyati
tanqidiy tahlil qilindi. Yig‘ilishda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev
fermerlar ko‘plab yo‘nalishlarda klasterlarning faoliyatidan norozi ekanliklarini
ta’kidladi[9]. Bunday holat klasterlar va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida shartnoma
intizomi, narx shakllanishi, texnik xizmat ko‘rsatish kabi jihatlarda muvofiqlik
yetishmasligini ko‘rsatadi.

Xulosa.

Shunday ekan, klaster tizimini yanada takomillashtirish uchun davlat tomonidan

monitoring mexanizmlarini kuchaytirish, shaffoflikni ta’minlash va ishtirokchilarning
manfaatini muvofiqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunindek sohibkor
dehqonlarga ham ruxlantirish maqsadida yangicha rag‘bat usullari va qo‘llab
quvvatlash tizimi ustida qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir, ko‘zlangan
natijalarga erishish jarayoni tezlashishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1.https://www.researchgate.net/publication/230270307_FRANCOIS_PERROUX%27
S_THEORY_OF_GROWTH_POLE_AND_DEVELOPMENT_POLE_A_CRITIQU
E

2.

https://journals.sagepub.com/doi/10.1177/0269094213475855


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

100

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

3.https://hbr.org/1998/11/clusters-and-the-new-economics-of-competition

4.

https://themys.sid.uncu.edu.ar/rpalma/Industrial/Casos/089124240001400105.pdf

5.

https://koreascience.kr/article/JAKO201718053155372.page

6.

https://imrs.uz/publications/articles-and-abstracts/cluster

7.

https://oyina.uz/uz/posts/2193?utm

8.

https://www.agro.uz/statistika-malumotlari

9.https://uza.uz/oz/posts/zoyir-mirzayev-fermerlarimiz-kop-yonalishlarda-klasterlar-
faoliyatidan-norozi_352180?

References