Authors

  • Turdiyeva Shahzoda Eshdavlat qizi
    Termiz davlat pedagogika institute Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Texnologiya ta’lim yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.92548

Keywords:

kiyim mato to’qish san’at ipakchilik beqasam.atlas adras.

Abstract

Kiyimning sifati va ko’rki modaning asosiy talabidir. Xozirgi kunda o’zbek milliy matolarimizni to’qish san’ati xamda bu matolar uchun zarur xom-ashyo tabiiy ipak tolasini ishlab chiqarish, ya’ni ipakchilik tarmog’i jadal sur’atda rivojlanib bormoqda.“Ekspluatatsion xususiyatlar” deganda matolarning havo o’tkazuvchanligi, uzayish va ishqalanishga ta’siri, chidamliligi, kirishuvchanligi, rangining chiqish darajasi, bichimda shakl saqlovchanligi kabi sifatlari nazarda tutiladi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

169

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

O‘ZBEK MILLIY LIBOSLARIDA ATLAS VA ADRAS MATOLARINING

QO’LANILISHI

Turdiyeva Shahzoda Eshdavlat qizi

Termiz davlat pedagogika institute

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti

Texnologiya ta’lim yo’nalishi talabasi

Annotasiya.Kiyimning sifati va ko’rki modaning asosiy talabidir. Xozirgi kunda

o’zbek milliy matolarimizni to’qish san’ati xamda bu matolar uchun zarur xom-ashyo
tabiiy ipak tolasini ishlab chiqarish, ya’ni ipakchilik tarmog’i jadal sur’atda rivojlanib
bormoqda.“Ekspluatatsion xususiyatlar” deganda matolarning havo o’tkazuvchanligi,
uzayish va ishqalanishga ta’siri, chidamliligi, kirishuvchanligi, rangining chiqish
darajasi, bichimda shakl saqlovchanligi kabi sifatlari nazarda tutiladi.

Kalit so’zlar: kiyim, mato, to’qish, san’at, ipakchilik, beqasam.atlas,adras.

Annotasiya.Kiyimning sifati va ko’rki modaning asosiy talabidir. Xozirgi kunda o’zbek
milliy matolarimizni to’qish san’ati xamda bu matolar uchun zarur xom-ashyo tabiiy
ipak tolasini ishlab chiqarish, ya’ni ipakchilik tarmog’i jadal sur’atda rivojlanib
bormoqda.“Ekspluatatsion xususiyatlar” deganda matolarning havo o’tkazuvchanligi,
uzayish vaishqalanishga ta’siri, chidamliligi, kirishuvchanligi, rangining chiqish
darajasi, bichimdashakl saqlovchanligi kabi sifatlari nazarda tutiladi.
Kalit so’zlar: kiyim, mato, to’qish, san’at, ipakchilik, beqasam.atlas,adras.

Annotation.The quality and beauty of clothes are the main requirements of

fashion.Today, the art of weaving our Uzbek national fabrics and the production of
natural silk fiber, which is a necessary raw material for these fabrics, is developing
rapidly. "Performance"refers to the properties of fabrics such as air permeability,
elongation and friction,durability, permeability, color fastness, shape retention.

Key words: clothing, fabric, weaving, art, silk, beqasam.atlas,adras.

Kiyimning sifati va ko’rki modaning asosiy talabidir. Xozirgi kunda o’zbek

milliy matolarimizni to’qish san’ati xamda bu matolar uchun zarur xomashyo tabiiy
ipak tolasini ishlab chiqarish, ya’ni ipakchilik tarmog’i jadal sur’atda rivojlanib
bormoqda. Ayniqsa, birinchi Prezidentimiz I.Karimovning 2010 yil 30 martdagi “Xalq
badiiy xunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo’llab-quvvatlash
to’g’risida”gi Farmoni ushbu soxada va tarmoqlar taraqqiyoti uchun muxim omil
bo’lmoqda. Xonatlas, adras, beqasam, shoyi, olacha singari milliy matolarimizning
jilosi, ulardagi naqshlarning ko’zni quvnatishi, ranglarining uyg’unligi barchani lol


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

170

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

qoldiradi. Dunyoning turli mamlakqtlarida bu go’zallikka boy matolarimizdan
zamonaviy

uslubdagi

liboslar

tikilayotgan

va

ular

kishilar

egnida

tovlanayotganixammamizni faxrlantiradi. Tabiiy ipak matolarimizdan foydalanib,
liboslar kolleksiyasini yaratayotgan dizaynerlarning ishlarida zamonaviylik va
milliylik ruxi uyg’unlashmoqda. Ma’lumki, tabiiy ipak tolalaridan tayyorlangan
gazlamalar xamda ulardan tikilgan liboslar xar doim o’z chiroyi va yengilligi bilan
e’tiborni tortadi. Yildan-yilga qayta ommalalashib borayotgan bu matolar zamonaviy
libos ta’siriga tushushi barobarida, uzi xam ekspluatatsion va gigiyenik xususiyatlari,
sifat ko’rsatkichlari orqali xozirgi libos dizayniga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ushbu milliy
boyligimiz - matolarimizning ekspluatsion xususiyatlarini hisobga oladigan bo’lsak,
ulardan doimiy kiyishga mo’ljallangan, kundalik liboslar tikish maqsadga muvofiq
kelmaydi. Nima sababdan bunday to’xtamga kelganimizni izohlashdan oldin
matolarning ekspluatatsion xususiyatlari muammosiga e’tibor qaratmoqchimiz.
“Ekspluatatsion xususiyatlar” deganda matolarning havo o’tkazuvchanligi, uzayish va
ishqalanishga ta’siri, chidamliligi, kirishuvchanligi, rangining chiqish darajasi,
bichimda shakl saqlovchanligi kabi sifatlari nazarda tutiladi. Bu ko’rsatkichlar puxta
o’rgangan holda, libos loyixasi yaratilishi lozim. Laboratoriyada matolarimizning
ushbu sifatlarini o’rganib, ipak matolarimizning kundalik libos uchun noqulayroq,
ekanligiga ishonch xosil qildik. Misol tariqasida, bir necha matolarimiz xususida
alohida to’xtalib o’tamiz. Marg’ilon xonatlasi va ushbu atlas ko’rinishi va to’qilishi
xon atlas tipidagi ipak gazlamalarimizning chidamlilik, “ishonchlilik” xususiyatlarini
o’rgansak, bu mashxur va mato xavoni yaxshi o’tkazmasligi, yuvish jarayonidan so’ng
rangining asl xolati saqlanib qolmasliga xamda yaxshigina kirishishi, ya’ni
yuvilganidan keyin torayishi libos tikish vaqtida ma’lum qiyinchilik tug’dirishi
birmuncha qulaysizliklar tug’diradi. Xonatlas yoki atlas matolaridan tayyorlangan
liboslar, asosan, kimyoviy usulda tozalanganida go’zalligi va tovlanuvchanligini bir
qadar saqlab qolishi mumkin. Biroq, kir yuvish mashinasida, uy sharoitida yuvilganda,
agar unga aloxida avaylab yondashilmasa, mato o’z ko’rkini saqlab qololmaydi.
SHuningdek, uning xavoni qiyin o’tkazishini xisobga olib, atlasdan kengroq bichimda
kiyim tikilsa, bunday libos qizlarimiz, ayollarimizga unchalik ma’qul kelmaydi.
Atlasdan tikilgan tor bichimli ko’ylakdan esa atigi bir necha bor kiyilgandan so’ng
choklari va chokining atrofida tolalar ajrab qoladi. Shu bois atlasdan xar doim
kiyiladigan kundalik liboslar emas, balki tadbirlarda, bayramlarda kiyiladigan kiyimlar
loyihasi yaratilsa va tikilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.Azaliy qadriyatlarimizni o‘zida
ifoda etgan ushbu go‘zal matolar milliy boyligimiz sanaladi. Unda xalqimizning uzoq
hamda shonli o‘tmishi, qadimiy an’analari, estetik dunyoqarashi, didi va o‘ziga xos
xususiyatlari mujassam. “Atlas” so‘zi arab tilidan tarjima qilganda tekis, silliq degan


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

171

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

ma’noni anglatadi. U tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan to‘qiladigan bir
yuzlama silliq mato hisoblanadi. Alohida ishlov berib atlasga jilo beriladi. Shunga ko‘ra
u tovlanib turadi. Atlasning tabiiy ipakdan to‘qilgan eng a’lo navi sakkiz tepkili xonatlas
deb ataladi. Xonatlasning barcha siri uning tuzilish hamda to‘qilish usulidadir.
Atlas to‘qish Marg‘ilonda juda qadimdan rivojlangan va boshqa joylarga tarqalgan. XX
asr boshlarida bu yerda ko‘plab atlas to‘quvchi kosiblar bo‘lishgan. 2017 yilda o‘zbek
ipak matolarining to‘qish texnologiyasi YUNESKOning insoniyat nomoddiy madaniy
merosi ro‘yxatiga kiritilgani milliy matolarimizning jahon miqyosidagi yuksak o‘rnini
namoyon etadi. Bugungi kunda yo‘qolib borayotgan an’analarni asrab-avaylash,
jumladan, tarixiy matolarni qayta tiklash tobora muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, ipak matolar orasida eng mashhuri abrli atlas va xonatlasdir. Ularning
o‘ziga xosligi – bezak va gullar matoga emas, balki o‘rish ipining o‘ziga chiziladi.
Aytaylik, uzunligi 200 metr, eni 40 santimetr atlasni to‘qish uchun 3 ming 600ta ipak
tolani bir-biri bilan uyg‘unlashtirish lozim. Bitta tola uzilsa ham mahsulot sifatiga putur
yetadi. Shu bois matoga yangi element qo‘shish juda qiyin. Iplarni "abr" usulida bo‘yash
ham katta mahorat talab etadi. E’tiborlisi, barcha ranglar tabiiy usulda, bo‘yoq beruvchi
giyohlardan tayyorlanadi. Shu bois ular o‘z sifatini yo‘qotmaydi, ranglar qorishib
ketmaydi.

Atlasdan ayollar liboslari, ko‘rpa, ko‘rpachalar, erkaklar qiyig‘i va boshqa

buyumlar tikiladi. Adrasdan esa ayollarning kiyim-kechaklari bilan birga chopon,
ko‘rpa, ko‘rpachalar tikiladi.

Bugungi kunda ko‘plab hunarmandlarimiz tomonidan qadimiy namunalar asosida

ishlab chiqarilayotgan “O‘zbekiston go‘zali”, “Marg‘ilon”, “Bibixonim”, “Begoyim”,
“Kelinchak atlas”, “Bargi karam”, “Nomozshomgul”, “Guldasta”, “Navro‘z”,
“Qo‘chqorshox” deb nomlangan ipak matolari dunyo miqyosida e’tirofga sazovor.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

172

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Albatta, biz milliy matolarimizni yomonlamoqchi emasmiz. Axir ular bizning

milliy iftixorimiz, g’ururimizdir! Biroq, bu go’zallik,o’z o’rnida ishlatilmasa, ya’ni
matolarimizdan faqat bayramona, ma’lum bir kunlarga xos liboslar tikishsa, maqsadga
muvofiq demoqchimiz, xolos. Yosh dizaynerlarimiz xam, asosan, saxna liboslarini
yaratishmoqda. Bu esa fikrimcha, zamonaviy modada uslublar cheklanishiga odib
keladi. Bunday xolat yuzaga kelmasligi uchun matolarimizni to’qishda ishilatiladigan
tolalarning buyalishi jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Ilgarigi milliy matolarimiz bilan
xozirgi to’qilayotganlarini solishtirganimizda, qadimgi atlas-u beqasamning sifat
ko’rsatgichlari yuqori ekanligi, rangi juda uzoq muddat saqlanganligiga guvoh
bo’lamiz. Bundan ayon bo’ladiki, xozirda ipak tolalarning bo’yalishda kamchiliklarga
va ehtimol, ayrim e’tiborsizliklarga yo’l qo’yilmoqda. Xulosa o’rnida aytmoqchimizki,
mato to’quvchi ustalarimiz avvalgi tabiiy bo’yoqlar sirini, bo’yash jarayonini qayta
o’rganib chiqishsa va shu uslubni ish jarayoniga tatbiq etishsa va xar jixatdan
mukammal milliy matolarimizni yaratishsa, balki dizaynerlarimiz, tikuvchi
hunarmandlarimiz matolarimizdan kundalik liboslar tikishga xam dadil qo’l urishardi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. - T.: O’zbekistan, 1017. - 488 b.
2. Mirziyoev SH.M. Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - xar
bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak.- T.:O’zbekiston, 2017.-1046.
3. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratok O’zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz. - T.: O’zbekiston, 2016. - 56 b.
4. Xudoyberdiyev, M. (2021). “Manzara rangtasvirini” o ‘qitishda talabalarning ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirishning usullari.

Журнал музыки и искусства

,

2

(2).

References

Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: O’zbekistan, 1017. - 488 b.

Mirziyoev SH.M. Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - xar bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak.- T.:O’zbekiston, 2017.-1046.

Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratok O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - T.: O’zbekiston, 2016. - 56 b.

Xudoyberdiyev, M. (2021). “Manzara rangtasvirini” o ‘qitishda talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning usullari. Журнал музыки и искусства, 2(2).